ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sharq va G‘arb mamlakatlari tarixshunosligidagi asosiy tafovutlar (XV–XVI asrlar)

Xolmonova Nodira, Murodov Muhammadqodir

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

Костецкий В.А. Россияне в Узбекистане/ Авт.- сост. В. А. Костетский; Ред
кол.: С.И. Герасимова и др. Ташкент: Нихол, 2008. С. 38.; Аллаева Н.А.
Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари. – Тошкент:
“Akademnashr”, 2019. – Б. 306.

24.Муҳаммад Ризо Огаҳий. Жоме ул-воқеоти султоний. VI жилд. Нашрга
тайёрловчи С. Долимов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1980. – Б. 62, 70, 79.

25.Костецкий В.А. Россияне в Узбекистане/ Авт.- сост. В. А. Костетский; Ред
кол.: С.И. Герасимова и др. – Ташкент: Нихол, 2008. – С. 45.

26.Ниязматов М. Поиск консенсуса: Российско-Хивинские геополитические
отношения в XVI – начале ХХ в. – С.Петербург: Петербургское
Востоковедение, 2010. – С. 71.

27.Otamurodova A., Abduraximov O. Xiva elchilari. – Toshkent: “Tafakkur
qanoti”. 2016. – B. 154-155.

28.Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX века).
– М., 1974. – С. 360.

29.Ниязматов М. Поиск консенсуса: Российско-Хивинские геополитические
отношения в XVI – начале ХХ в. – С.Петербург: Петербургское
Востоковедение, 2010. – С. 72.

SHARQ VA G‘ARB MAMLAKATLARI TARIXSHUNOSLIGIDAGI
ASOSIY TAFOVUTLAR (XV-XVI asrlar)

Nodira Xolmonova
Oriental universiteti
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi phD,
Muhammadqodir Murodov
Tarix fakulteti 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada XV-XVI asrlarda sharq va g‘arb mamlakatlari
tarixshunosligining rivojlanish jarayoni hamda ular o‘rtasidagi asosiy tafovutlar
tahlil etilgan. Shu bilan birga sharq tarixshunosligining diniy, siyosiy va axloqiy
yo‘nalishdagi xususiyatlari bilan bir qatorda, g‘arb tarixshunosligining ilmiy,
gumanistik va insonparvarlik ruhidagi qarashlari o‘zaro taqqoslab o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: Sharq tarixshunosligi, G‘arb tarixshunosligi, Renessans davri, ilmiy
tahlil, diniy yo‘nalish, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Leonardo Bruni,
Uyg‘onish davri.
Аннотация: В статье анализируется процесс развития историографии в
странах Востока и Запада в XV–XVI веках и общие различия между ними.
При этом в сравнительном аспекте изучаются религиозные, политические и

нравственные течения восточной историографии, а также научные,
гуманистические взгляды западной историографии.
Ключевые слова: Восточная историография, Западная историография, эпоха
Возрождения, научный анализ, религиозное направление, Хондамир,
Шарафиддин Али Язди, Франсис Бекон, эпоха Возрождения.
Annotation: This article analyzes the process of historiography in the Eastern and
Western countries in the 15th-16th centuries and the general differences between
them. At the same time, the religious, political, and moral orientations of Eastern
historiography are compared with the scientific, humanistic views of Western
historiography.
Keywords: Eastern historiography, Western historiography, Renaissance period,
scientific analysis, religious direction, Khondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Fransis
Bekon, Renaissance.

Tarixshunoslik fan doirasidagi insoniyat o‘tmishini o‘rganish jarayoni, tahlil
qilish va xulosa chiqarishning eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. XV-XVI
asrlar dunyo tarixshunosligining taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu
davrda sharq va g‘arb mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy hayotda, ilm-fan va
madaniyatda chuqur o‘zgarishlar yuz berganligi bilan ajralib turadi. Sharqda
tarixshunoslik asosan diniy, siyosiy va axloqiy yo‘nalishda bo‘lib, tarixiy asarlar
hukmdorlarni ulug‘lash va ilohiy qudratni tasvirlashga qaratilgan edi. G‘arbda esa
uyg‘onish davrining ta’siri ostida tarixiy bilimlarga yangi ilmiy, tanqidiy va
gumanistik yondashuv shakllandi. Bu davrda inson va jamiyat hayotiga e’tibor
ortib, tarixiy jarayonlar sabab–natija asosida tahlil qilina boshlandi. Sharqda esa
tarix asarlari ko‘proq an’anaviy uslubda yozilib, diniy va siyosiy g‘oyalar yetakchi
o‘rin tutdi.

XV-XVI asrlarda sharq va g‘arb tarixshunosligi o‘rtasida mazmun, maqsad va
metod jihatidan sezilarli farqlar vujudga keldi. Mazkur mavzuni o‘rganish, o‘tmish
tarixiy tafakkurning rivojlanish bosqichlarini anglashda, bugungi tarix ilmining
shakllanish jarayonini to‘liq tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davr
insoniyat tarixida muhim burilish davri bo‘lib, bu paytda sharq va g‘arb
mamlakatlarida siyosiy, madaniy hamda ilmiy hayotda katta o‘zgarishlar yuz berdi.
Uyg‘onish davri g‘oyalari g‘arb tarixshunosligiga yangicha ruh bag‘ishladi,
natijada tarixga ilmiy va tanqidiy yondashuv shakllana boshladi. Sharq
mamlakatlarida esa tarix yozish an’anaviy uslubda, ya’ni diniy va siyosiy
yo‘nalishda davom etdi. Ushbu davr tarixshunosligi inson tafakkurining,
dunyoqarashining o‘zgarishini aks ettirgan holda, bugungi zamonaviy tarix
fanining shakllanishida muhim o‘rin tutadi [1; B.15].

Ma’lumki, qadimdan sharq mamlakatlarida aholi zich yashagan ilk
tammadunlardan biri bo‘lib mazkur mintaqa ko‘plab siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy jarayonlar kesishgan markaz hisoblangan. Bundan tashqari ushbu
mintaqada Eron, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo hududlarni oz ichiga olgan
ulkan sivilizatsiyalar makoni bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, bu mintaqada
tarixshunoslikning yangi bosqichlari kuzatila boshlandi. Sharq mamlakatlarida,
xususan Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va Arab dunyosida tarix asosan diniy va

siyosiy yo‘nalishda yozilgan. Tarixchilar hodisalarni Allohning irodasi bilan
bog‘lab tushuntirishga intilganlar. Tarixiy asarlar ko‘pincha hukmdorlar faoliyatini
ulug‘lash, ularning adolatini va xalqparvarligini ko‘rsatish maqsadida yaratilgan.
Bu davrda sharq mintaqasida kuchli imperiyalardan biri bo‘lgan “Temuriylar
imperiyasi” hukmronlik qilgan. Temuriylar davrida tarixshunoslik bilimlari yagona
va markazlashgan davlatning paydo bo‘lishi bilan ancha ravnaq topdi [2; B.36].

Sharq va g‘arb sayohatchilari – Ibn Haldun, Ibn Arabshoh, Rui Gonsales De
Klavixo, mahalliy muarrixlar Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Sharafiddin Ali
Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy va Xondamir kabilar tomonidan yozilgan
asarlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Masalan: Xondamirning “Habib us-siyar”, Sharafiddin Ali Yazdiyning
“Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Ajoyib ul-maqdur fi tarixi taymur”, Nizomiddin
Shomiyning “Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla us-sadayn va
majma ul-bahrayn”, Hofizi Abruning “Jome ut-tavorix” kabi asarlari sharq
tarixshunosligining yirik namunalaridan biri hisoblanadi. Ushbu asarlarda tarixiy
voqealar sanalar, podshohlar avlodlari va urushlar ketma-ketligi asosida bayon
etilgan bo‘lib, ilmiy tahlildan ko‘ra badiiy va axloqiy jihatlar ustun turadi.

Mashhur tarixchi va olim G‘iyosiddin Xondamir (1475-1534) 1520-1524
yillarda o‘zining “Habib us-siyar” asarini yozib tugatgan. Bu asarda asosan
dunyoning yaratilishidan boshlab qadimgi Payg‘ambarlar, Xalifalar va eng asosiysi
Temuriylar davri haqida judda ko‘p ma’lumotlar uchraydi. Bu asar sharq
tarixshunosligining yuksak namunasi bo‘lib xizmat qilgan. U o‘z asarida diniy,
siyosiy va madaniy tarixni uyg‘unlashtirib, tarixni ibrat, saboq va ma’naviy
qadiryat manbai sifatida ko‘rsatgan. Shu bois asar XV-XVI asrlar sharq
tarixshunosligining eng muhim yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U o‘z davrining
eng mukammal umumiy tarixiy manbasi sifatida e’tirof etilgan. Bundan
ko‘rinadiki, sharq mamlaklarida tarix ko‘proq axloqiy saboq, diniy ibrat manbai
sifatida qaralgan.

Tanqidiy jihatdan, sharq tarixshunosligida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar,
xalq hayoti yoki ommaviy hodisalar chuqur o‘rganilmaganligini ko‘rish mumkin
[3; B.167].

G‘arb mamlakatlarida esa XV-XVI asrlardan boshlab ilm-fan, madaniyat va
ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ilohiyat bilan o‘z aloqasini uza boshlaydi. Asta-sekinlik
bilan mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tib, din cherkovga qarshi chiqa boshladi. Bu
davr g‘arb mamlakatarida “rennesans” ya’ni uyg‘onish va gumanistik g‘oyalar
davri nomi bilan ataladi. Bu jarayon yangi davr arafasida o‘ziga xos qadriyatlarga
ega bo‘lgan g‘oyaviy va ilmiy madaniy rivojlanishni boshlab bergan tarixiy
jarayon hisoblanadi. Uyg‘onish davri tarixshunoslikning shunday bosqichini o‘z
ichiga oladiki, unda xristian dini yaxlit bir mavqeni egallamaydi. Bu o‘zgarishlar
eng avvalo tarixshunoslikda yaqqol ko‘zga tashlandi. Endi asosan o‘rta asrlardagi
diniy, xristian ruhidagi tarixiy qarashlar o‘rnini insonparvarlik (gumanizm)
g‘oyalari egallay boshladi. Tarix endi faqat Xudoning irodasi bilan emas, balki
inson faoliyati, siyosiy voqealar, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan
izohlanadigan bo‘ldi. Tarixchilar antik (qadimgi yunon va rim) mualliflarning
asarlarini qayta o‘qish, tarjima qilish, tahlil etish bilan shug‘ullandilar. Masalan,

qadimgi dunyo tarixshunosligidagi Gerodot, Strabon, Arrian kabi tarixchi
faylasuflarning yozgan asarlari ilmiy tanqidiy holda tahlil qilina boshlandi [4;
B.78].

Shuningdek, XV-XVI asrlarda Yevropada yuz bergan “buyuk geografik
kashfiyotlar” ham tarixshunoslikka o‘z ta’sirni o‘tkazmay qolmadi. Kolumb,
Magellan, Vasko da Gama kabi dengizchilar yangi yerlarni kashf etishi bilan yangi
tarixshunoslik bilimlari kirib keldi. Bu kashfiyotlar g‘arb tarixshunosligining
ko‘lamini kengaytirdi va endi tarix faqat g‘arb mamlakatlariga emas, butun
insoniyatga oid fan sifatida qaraldi. Bu davr tarixchilari endi asosan tarixiy
voqealarni xolis tahlil qilishga va manbalarga tayangan holda yozishga kirishdilar.
Tarixni faqat qirollar va cherkov hayoti sifatida emas, balki xalq, davlat, madaniyat
tarixini ham o‘rganish boshlandi.

Bu davr mashhur tarixchilari Italiyalik Nikkolo Makiavelli (1469–1527)
“Italiya tarixi” asarida voqealarni real faktlar asosida yozdi.

Jan Bodin (1530-1596) esa tarixshunoslikda qonuniyatlar va sabab-natija
bog‘liqligini tushuntirishga urindi. Bu tarixchilarning ishlari tarixni ilmiy asosda
o‘rganishning dastlabki namunalarini yaratdi.

Ingliz tarixchisi va faylasufi Fransis Bekon (1561-1626) o‘z davrida o‘rta
asrlarning diniy va metafizik fikrlashiga qarshi chiqdi, fan va tajriba asosidagi
bilim tarafdori bo‘ldi. Uning asosiy fikrlari quyidagicha: empirizm (tajriba
asosidagi bilim) “bilim tajriba orqali olinadi” degan g‘oyani ilgari surdi. U
tarixshunoslikda bilish, kuzatish, tajriba, sinov va induksiya usullariga asoslanish
kerakligini ta’kidladi. Ya’ni, birinchi bo‘lib hodisalarni kuzatish, keyin umumiy
xulosaga kelish kerak degan g‘oyalarni ilgari surgan. Bu insonlar g‘arb
tarixshunosligi rivojlanishining ilk bosqichlarida o‘zining qarashlari va g‘oyalari
bilan katta hissa qo‘shgan [5; B.120].

Undan tashqari, g‘arb mamlakatlarida XVI asrlarda boshlangan Martin Lyuter
boshchiligidagi reformatsiya jarayoni ham tarixshunoslikning keyingi rivojiga
muhim ta’sir ko‘rsatdi. Diniy tarixshunoslik o‘zgarib turli konfessiyalar nuqtai
nazardan qarashlar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda asosan tarixshunoslik endi
cherkovdan ajralib chiqib, mustaqil yo‘lga o‘tgan. Tarixni yozishda insonning
o‘rni, davlat boshqaruvi, madaniyat, siyosat, fan yutuqlari kabi masalalarga e’tibor
berildi. Tarixchilar endi manbalarga tayangan holda yozishga o‘tdilar. Tarixiy
hujjatlar, xatlar, shahar arxivlari, yodgorliklar tahlil qilina boshlandi. Shu davrda
manbalarni tanqidiy tahlil qilish usuli shakllandi – bu esa tarixshunoslik fanining
ilmiy poydevorini mustahkamladi [6; B.84].

Xulosa qilib aytganda, XV-XVI asrlarda g‘arb va sharq mamlakatlari
tarixshunosligi o‘ziga xos yo‘nalishlarda rivojlandi. Bu davrda g‘arb
tarixshunosligi uyg‘onish davri ta’siri ostida ilmiy, dunyoviy va tanqidiy ruhda
rivojlandi. Tarixni yozishda manbalarga tayanish, tanqidiy yondashuv, sabab–
natija tahlili shakllandi. Tarixchilar Nikkolo Makiavelli, Franchesko Guichardini,
Jan Bodin va Fransis Bekon kabi olimlar tarixni siyosiy va ijtimoiy nuqtayi
nazardan tahlil qildilar. Tarixshunoslik asta-sekin mustaqil fan sifatida shakllandi,
diniy tasavvurlardan uzoqlasha boshladi. Tarixchilar inson faoliyatini, siyosiy

voqealarni, jamiyat taraqqiyotini o‘rganishga e’tibor berib, manbalarga asoslangan,
faktlarga tayanadigan ilmiy tarix yozuvini shakllantirdilar.

Sharq mamlakatlari tarixshunosligi esa bu davrda asosan diniy va axloqiy
yo‘nalishda bo‘lib, tarixni ibratli voqealar, podshohlar faoliyati va ilohiy irodaga
bog‘liq holda yoritdi. Tarix asarlari ko‘pincha podshohlar buyurtmasi bilan
yozilgan, voqealar esa maqtov va ibrat ruhida ifodalangan.

Shu tariqa, XV-XVI asrlarda g‘arb tarixshunosligi tanqidiy va ilmiy
yo‘nalishga o‘tsa, sharq tarixshunosligi hali ham an’anaviy, diniy va saroy
tarixchilik uslubini davom ettirdi. Bu esa ikki madaniyat o‘rtasida tarixni tushunish
va izohlashdagi katta tafovutni yuzaga keltirdi. Bu tafovutlar keyingi asrlarda ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Aytish mumkinki, XV-XVI asrlar tarixshunoslik taraqqiyotida g‘arbda ilmiy
tafakkur uyg‘onishi, sharqda esa tarixiy an’analarni saqlash jarayoni kuzatildi. Bu
ikki yo‘nalish keyinchalik dunyo tarixshunosligining shakllanishida muhim
ahamiyat kasb etgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat
nashiryoti, 2008. – 68 b.
2. Alimov D.A., Ilxamov Z.A. Tarix fani metodologiyasi. – Toshkent:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti, 2018. – 324 b.
3. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi. – Toshkent, 2020.
– 444 b.
4. Yo‘ldoshev S. Qadimgi va o‘rta asr g‘arbiy Yevropa falsafasi. – Toshkent:
Sharq nashiryoti, 2005. – 180 b.
5. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb tarixshunosligi. – Toshkent, 1997. – 416 b.
6. Xayrullayev M. Uyg‘onish davri va sharq mutaffakirlari. – Toshkent:
O‘zbekiston nashiryoti, 1971. – 325 b.

LAGATURMAN – THE LAST TURK SHAHI RULER
(BASED ON BERUNI’S “KITAB AL-HIND)
Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna
Al Beruni Institute of Oriental Studies,
Uzbekistan Academy of Sciences.

Annotation: This article examines Lagaturman, the last ruler of the Turk Shahi
dynasty, as described by al-Biruni in Kitāb al-Hind. It explores historical details
about his reign and the decline of the Turk Shahis. The study highlights al-Biruni’s
valuable contribution to understanding early medieval Central and South Asian
history. It also sheds light on the cultural and political context of the period.
Key words: Lagaturman, Turk Shahis, Beruni, “Kitab al-Hind”, turks.
Аннотация: Ушбу мақолада Лағатурман - Туркшоҳийлар сулоласининг
сўнгги ҳукмдори, Абу Райҳон Берунийнинг “Китоб ал-Ҳинд” асарида баён
этилган маълумотлар асосида таҳлил қилинади. Мақолада унинг ҳукмронлик
даври ва Туркшоҳлар сулоласининг таназзулига оид тарихий маълумотлар
ёритилган. Тадқиқот Берунийнинг ўрта асрлар Марказий ва Жанубий Осиё
тарихи ҳақидаги қимматли ҳиссасини намоён этади. Шу билан бирга, ўша
даврнинг маданий ва сиёсий муҳитига ойдинлик киритилади.