(21.179); Ravshanoy Tursunova. G’arbiy Yevropa mualliflari sahna asarlarida
Amir Temur obrazi//San’at, 2006-yila, №2-son, 37-38-betlar
4. Gibbon Eduard. Istoriya upadka I razrusheneniya Rimskoy Imperii // Perevod s
angliykogo V.N.Nevedomskogo. Chast VII. – M., izd. K.T.Soldatenkova, 1983:
Shloser
F. Vsemirnaya istoriya. Tom III, - SPb.,1876: Veber G Vseobshaya istoriya. Tom
VII. – M., 1887.
ABU SAID MIRZO TEMURIYLAR DAVLATINI QAYTA
BIRLASHTIRGAN SO`NGI HUKMDOR
Omonkulova Moxinur
Oriental universiteti
‘‘Ijtimoiy-gumanitar fanlar’’kafedrasi katta o‘qituvchi
Jurayev Sherzod
Tarix fakulteti 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Temuriylar sulolasining yirik hukmdorlaridan biri
Sulton Abu Said Mirzoning siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari va davlat
boshqaruvi tizimiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Unda hukmdorning
Movarounnahrda markazlashgan davlatni tiklash borasidagi sa‘y-harakatlari, ichki
siyosiy tartibotni mustahkamlash yo‘lidagi islohotlari hamda Temuriylar davlatini
qayta tiklash uchun olib borgan harbiy yurishlari, qo‘shni davlatlar bilan olib
borgan aloqalari yoritilgan.Shuningdek, Abu Said Mirzo davrida iqtisodiy hayot,
soliq siyosati, harbiy tuzilma, ilm fan rivoji va davlat boshqaruvi masalalari ilmiy
manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqola Temuriylar davrining siyosiy tarixini
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: Sulton Abu Said Mirzo, Temuriylar sulolasi, harbiy yurishlar,
davlat boshqaruvi, Movarounnahr, qayta birlashtirish, Hirot, Husayn Boyqaro,
mag‘lubiyatga uchratish, Mirzo Muhammad Jo‘qiy, harbiy ittifoq, davlatni
mustahkamlash.
Аннотация: В данной статье анализируется политическая деятельность,
военные походы и вклад одного из крупных правителей династии Тимуридов
— султана Абу Саида Мирзы в систему государственного управления. В ней
рассматриваются его усилия по восстановлению централизованного
государства в Мавераннахре, реформы, направленные на укрепление
внутреннего политического порядка, а также военные походы, предпринятые
для повторного объединения государства Тимуридов, и отношения с
соседними странами. Кроме того, анализируются экономическая жизнь,
налоговая политика, военная структура, развитие науки и вопросы
государственного управления в период правления Абу Саида Мирзы на
основе научных источников. Статья имеет важное значение для изучения
политической истории эпохи Тимуридов.
Ключевые слова: Султан Абу Саид Мирза, династия Тимуридов, военные
походы, государственное управление, Мавераннахр, повторное объединение,
Герат, Хусайн Байкара, нанесение поражения, Мирза Мухаммад Джуки,
военный союз, укрепление государства.
Annotation: This article analyzes the political activity, military campaigns, and
contribution of Sultan Abu Sa'id Mirza, one of the prominent rulers of the Timurid
dynasty, to the system of state administration. It examines the ruler’s efforts to
restore a centralized state in Movarounnahr, the reforms carried out to strengthen
internal political order, as well as the military campaigns conducted to reunify the
Timurid state and his relations with neighboring countries. Furthermore, the article
analyzes the economic life, tax policy, military structure, the development of
science, and issues of state governance during the reign of Abu Sa'id Mirza based
on scholarly sources. The article is significant for studying the political history of
the Timurid period.
Keywords: Sultan Abu Sa'id Mirza, Timurid dynasty, military campaigns, state
administration, Movarounnahr, reunification, Herat, Husayn Bayqara, defeat,
Mirza Muhammad Juki, military alliance, strengthening the state.
Abu Said Mirzo Temuriylar davlatini qayta birlashtirgan so`ngi hukmdor
bo’lib, u o’z davrida saltanatni qayta tiklashga o’ringan, lekin oxir oqibatda
muvafaqqiyatsizlikka uchragan. Uning hukmronligi qisqa vaqt davom etgan bo’lib,
o’limidan so’ng Temuriylar davlati bo’linib ketishi bilan yakunlangan.
Mirzo Abu Said ibn Sulton Muhammad ibn Mironshoh Mirzo ibn Amir
Temur buyuk sarkarda Amir Temurning evarasi Mironshoh Mirzoning nevarasi
1424-yili Xirot shahrida tug`ilgan. U Temuriylar sulolasining siyosiy jihatdan eng
faol shahzodalaridan biri bo`lgan. Shohruh Mirzo vafotidan so`ng Temuriylar
davlati parchalanadi. Har bir shahzoda o’z mustaqilligini e’lon qila boshlaydi
.Shunday notinch davrda Abu Said Mirzo dastlab Movaraunahrda hokimiyat uchun
kurash boshlaydi. U Hisor va Balx atrofida qo’shin yig’ib Movaraunahrni qulga
kiritishni reja qiladi. Bu paytda Samarqandda Abdulatif Mirzoning qarindoshlari
hokimiyat uchun o’zaro raqobatlashayotgan edi. Abu Said Mirzo bir necha marta
Samarqandga yurish qiladi,ammo mag’lubiyatga uchraydi. Shundan so’ng u 1451-
yilda Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan Abu’l-Xayrxon bilan ittifoq tuzadi.
1451-yilning yoz oylarida Chinor degan joyda Samarqand uchun jang bo’lib o’tadi.
Natijada Abu Said Mirzo va Abu’l-Xayrxon ittifoqi g’olib chiqdi . Shu tariqa
1451-yilda Samarqad Abu Said Mirzo quliga o’tadi. U Samarqandda davlat
boshqaruvini qayta tiklab, o’zini Movaraunahr hukmdori va Amir Temur
saltanatining qonuniy davomchisi deb e’lon qiladi. Bu voqealar Temuriylar
davlatining qayta markazlashuv jarayonining boshlanishiga sabab bo’ladi. U
Samarqandda o’z hukmronligini boshlagandan so’ng ilm-fan madaniyatiga alohida
e’tibor qaratadi. Ulug’bek davridagi ilmiy markazlar Abu Said Mirzo davrida ham
o’z faoliyarini davom ettiradi. U Ulug’bek madrasasini faoliyatini qullab quvatlab
unga olimlar va muddarislarni ilmiy ishlarga jalb etadi. Kutubxonalar va
madrasalar tizimiga e’tibor qaratib ilmiy muhitni saqlab qolishga harakat qiladi.
Biz buni mashhur mutasavvif va shoir Abdurahmon Jomiy va Sulton Abu Said
Mirzoning munosabatidan bilishimiz mumkin. Ularning aloqalari, asosan,
madaniy-ma’naviy sohada bo’lib, Abdurahmon Jomiy Sulton Abu Said Mirzo
saroyida ilmiy va diniy mavzularda suhbatlar olib borgan. Hatto Alisher Navoiy
ham o’z asarlaridan birida Abu Said Mirzo davrini tinchlik va ilm rivoj topgan
davr sifatida eslatadi.Sulton Abu Said Mirzo bu davrda Temuriylar davlatini qayta
birlashtirishni ham reja qilar edi va nihoyat 1457-yili bunga imkon to’g’ildi .Hirot
podshosi Abdulqosim Bobur 1457-yilda vafot etadi va Hirotda siyosiy o’yinlar
boshlanib ketadi. Hirot taxtiga Abdulqosim Boburning o’g’li Shoh Mahmud Mirzo
chiqadi. U juda yosh va tajribasiz bo’lganligi uchun Mirzo Sulton Ibrohim
undan taxtni olib quyadi. Ammo 1457-yili Abu Said Mirzo ham Hirotga yurish
qilib uni egallaydi, lekin qattiq qarshiliklar sabab u Hirotdan chiqib ketishga
majbur bo’ladi. Shundan so’ng ko’plab ichki va tashqi nizolar sabab Xuroson og’ir
ahvolga kelib qoladi. Bu vaziyatda 1458-yili Sulton Abu Said Mirzo Hirotni
butunlay buysundiradi.
O’sha paytda endigina Astrobod hukmronligini qulga kiritgan Husayn
ham Hirot podshosiga buysunishini ma’lum qiladi. Urushlar va qo’zg’alonlar
sabab vayronaga aylangan Hirot va uning atrofi Sulton Abu Said Mirzo tomonidan
obodonlashtira boshlandi. U avvalambor nomozgohlarni obod qiladi, so’ngra butun
shahar bo’ylab inshootlar tiklanib, kengaytiriladi, soliqlar kamaytiriladi. Shu tariqa
butun Hirot ahli uni Sulton sifatida qabul qiladi. Ammo Husayn Boyqaro 1460-yili
Sabzovar va Nishopurga hujum qiladi. Bundan habar topgan Sulton Abu Said
Mirzo Husayn Boyqaroni mag’lubiyatga uchratadi va u boshqarib turgan
Mozandaron shahrini o’g’li Mirzo Sulton Mahmudga suyurg’ol tarzida in’om
etadi. Bu orada Sulton Abu Said Mirzo Seyistonga yurish qilib uni ham
mag’lubiyatda uchratadi. 1460-1461-yillarda Movaraunahrda Muhammad Jo’qiy
isyon kutarib uni egallab oladi. Bundan habar topgan Sulton Abu Said Mirzo tezda
Hirotdan qaytib kelib, Movaraunahrga yurish qilib uni ko’chmanchi o’zbeklar
qo’lidan ozod qiladi. Isyonchi Mirzo Muhammad Jo’qiy esa Shohruxiyani egallab
oladi. Sulton Abu Said Mirzo Shohruxiyani ozod qilish uchun yana harbiy
yurishlarni boshlaydi, ammo Shohruxiyani to’liq ozod qilishga ulgurmay Hirotni
Husayn Boyqaro qamal qilganini eshitib Muhammad Jo’qiy bilan sulh tuzib
Hirotga qaytib ketadi. Sulton Abu Said Mirzo shoshilinch tarzda Hirotga yetib
borib, Husayn Boyqaroni chekinishga majbur qildi va uni Astrobodgacha taqib etib
boradi. So’ng ortga qaytib, vaziyatdan foydalanib xalqni talayotgan amaldorlarni
qattiq jazolaydi. Barcha nohaq yig’ilgan soliqlarni xalqga qaytarib, o’zining
qanchalik adolatli ekanini ko’rsatib quyadi. Sulton Abu Said Mirzo 1462-yili
Shohruxiyani Muhammad Jo’qiydan ozod qilish uchun qayta yurishlarni boshlaydi
va 1463-yili Shohruxiyani egallaydi. Shohruxiyani quldan boy bergan Muhammad
Jo’qiy Farg’onani buysundiradi. Bu orada Sulton Abu Said Mirzo Samarqandga
qaytib tuy o’tkazadi va bu tuyga Kobul hokimi Mirzo Umarshayxni chaqirtirib hali
Muhammad Jo’qiy tasarufida bo’lgan Farg’ona hokimi etib tayinlaydi. Muhammad
Jo’qiy 1463-yilda Sulton Abu Said Mirzo yoniga o’z vakilini junatib taslim
bo’lganini bildiradi. Sulton Abu Said Mirzo ko’plab shaharlarni o’z qo’l ostida
buysundirgach endi u Fors, Iroq va Ozarbayjonni ham uziga buysundirishni
hohlardi. Aynan shu paytlarda Ozarbayjonda ichki siyosiy muammolar kutarila
boshladi. Shuningdek Ozarbayjonga Turkman amiri Hasanbek yurish qiladi va
Amir Jahonshohning qo’shinini tor mor etadi. Bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
bo’lgan Sulton Abu Said Mirzo Ozarbayjon tomin qo’shin tortadi. U o’z vakillarini
guruhlarga bo’lib, Forsni, Kirmonni, Qazvin va Sultoniyani bosib olish uchun
yuboradi. Shu orada Amir Hasanbek Sulton Abu Said Mirzoga xat yuborib agar
Ozarbayjon uni qulida qolishiga rozilik bersa u bilan ittifoq tuzishga rozi ekanini
bildirdi. Ammo Sulton Abu Said Mirzo Ozarbayjonga o’zi hukmronlik qilishni
hohlab, harbiy yurishlarni boshlaydi. Ammo qo’lga kiritilgan hududlar kengligi
sabab lashkarlar oziq-ovqatsiz, otlar esa emishsiz qoladi, Mahmuloboddagi zaharli
o’tlar sabab otlar tinimsiz o’la boshlaydi. Shu sabablar tufayli Sulton Abu Said
Mirzoning qo’shini og’ir ahvolga tushib qoladi.Sulton Abu Said Mirzoning
Xuroson va Movaraunahrdan uzoqlashganligidan foydalanmoqchi bo’lgan Amir
Hasanbek Temuriylar vakili bo’lgan Yodgor Mirzoni o’rtaga tushiradi. Amirlarni
va shahar hokimlarini Yodgor Mirzo tomon og’dirib olishga yordam beradi.
Ochlikdan qiynalayotgan qo’shin asta sekin Yodgor Mirzo qo’l ostiga o’ta
boshlaydi. Sulton Abu Said Mirzo 1469-yilda Oqquyunli hukmdori Amir
Hasanbek bilan bo’lgan jangda to’liq mag’lubiyatga uchrab asirga olinadi.
Amir Hasanbek uni Temuriylar sulolasi vakili bo’lgan Yodgor Mirzoga
topshiradi. Yodgor Mirzo Sulton Abu Said Mirzoni uzining siyosiy raqibi deb
bilgani uchun uni qatl etishga farmon beradi. Shu tarzda 1469-yilning fevral oyida
Sulton Abu Said Mirzo vafot etadi.
Sulton Abu Said Mirzo Temuriylar sulolasining siyosiy va madaniy
hayotida muhim o’rin egallagan hukmdorlardan biri bo’lgan. U ichki nizolar va
parokandilik avj olgan davrda davlatni qayta birlashtirishga harakat qilgan, ko’plab
shaharlarda tinchlik o’rnatib, madaniyati va ilm-fanini rivojlantirgan hukmdor
bo’lgan. Garchi uning davrida bazi bir siyosiy raqobatlar urushlar bo’lgan bo’lsada
Sulton Abu Said Mirzo Temuriylar davlatini birlashtirib, mustahkamlash, adolatli
boshqaruvni yo’lga qo’yish uchun juda qattiq harakat qilgan. Uning vafotidan
so’ng Temuriylar davlati parchalanib ketadi va biroz vaqtddan keyin butunlay
parokandalikka yuz tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Люсен Кэрэн ‘Amir Temur saltanati’’ Toshkent-1999. 193 b
2. B.A. Usmonov ‘Amir Temur va Temuriylar davri siyosiy tarixi’’ Farg‘ona-
2024. 226 b
3. G‘iyosiddin Ibn Xumomiddin Xondamir ‘Хабиб ус-сийар фи ахбори афроди
башар’’ Toshkent-2013. 546 b
4. Abdurazzoq Samarqandiy ‘Matla`-us-Sadayn va Majma`-ul-Bahrayn’’II qism
Toshkent-2008. 130b
5. B.J.Eshov, A.A.Odilov ‘‘O‘zbekiston tarixi’’II qism Toshkent-2020 124b
QALAM VA QILICH EGASI: UBAYDULLAXON DAVRINING MO’JIZASI
Oriental universitet Tarix fakulteti
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar
bo`yicha)yo’nalishi talabasi
Bahadirova Robiya Ikrom qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola Abulgʻoziy Ubaydulloh Bahodirxon
(Ubaydullaxon)ning siyosiy, ilmiy va madaniy faoliyatini o‘rganishga
bag‘ishlanadi. Unda xonning Movarounnahr va Buxoro xonligini tashkil
topishidagi o‘rni, davlat boshqaruvi, harbiy yurishlari, ayniqsa Safaviylar bilan
kurash jarayonidagi strategiyasi yoritiladi. Shuningdek, Ubaydullaxonning
ma’rifatparvarligi, naqshbandiya tariqati vakillariga e’tibori, ilm-fan, fiqh, tafsir,
hadis, xattotlik va adabiyot sohalaridagi chuqur bilimlari tahlil qilinadi. Maqolada
uning ijodiy merosi, “Ubaydiy” taxallusi ostidagi turkiy, forsiy va arabiy she’rlari
hamda diniy asarlarining ahamiyati ko‘rsatiladi. Buxoroning poytaxtga aylanishi,
Mir Arab madrasasining bunyod etilishi va madaniy yuksalish jarayonlari ham
ilmiy asosda yoritilgan. Xulosa qismida Ubaydullaxonning serqirra iste’dodi,
siyosiy salohiyati va ilm ahli hamda xalq uchun qoldirgan benazir merosi
Movarounnahr tarixida muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.
Kalit so’zlar: Ubaydullaxon, Buxoro xonligi, Shayboniylar, Mir Arab, Xuroson,
Naqshbandiya, Ubaydiy, Movarounnahr.
Annotation: This article examines the historical role of Ubaydullah Khan, one of
the most enlightened rulers who significantly contributed to the formation and
strengthening of the Bukhara Khanate. The study highlights his political and
military achievements, his struggle against the Safavids in Khorasan, and his
important reforms aimed at the development of Bukhara. Special attention is given
to his intellectual and spiritual legacy: his patronage of scholars and Sufi sheikhs,
mastery of Islamic sciences, and his poetic works under the pen names “Ubaydi”
and “Qul Ubaydi.” The article emphasizes that during Ubaydullah Khan’s reign,
Movarounnahr experienced prosperity, cultural growth, and architectural
development, including the construction of the Mir Arab madrasa. His multidimensional personality—as statesman, commander, scholar, and poet—made him
one of the most influential figures of the 16th century in Central Asian history.
Keywords: Ubaydullah Khan, Bukhara Khanate, Shaybanids, Mir Arab, Khorasan,
Naqshbandi order, Ubaydi (poetic pen name), Mawarannahr
Аннотация: В данной статье рассматривается историческая роль
Убайдуллахана — одного из самых просвещённых правителей, внесших