ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Qalam va qilich egasi: Ubaydullaxon davrining mo‘jizasi

Bahadirova Robiya Ikrom qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

3. G‘iyosiddin Ibn Xumomiddin Xondamir ‘Хабиб ус-сийар фи ахбори афроди
башар’’ Toshkent-2013. 546 b
4. Abdurazzoq Samarqandiy ‘Matla`-us-Sadayn va Majma`-ul-Bahrayn’’II qism
Toshkent-2008. 130b
5. B.J.Eshov, A.A.Odilov ‘‘O‘zbekiston tarixi’’II qism Toshkent-2020 124b

QALAM VA QILICH EGASI: UBAYDULLAXON DAVRINING MO’JIZASI

Oriental universitet Tarix fakulteti
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar

bo`yicha)yo’nalishi talabasi
Bahadirova Robiya Ikrom qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola Abulgʻoziy Ubaydulloh Bahodirxon
(Ubaydullaxon)ning siyosiy, ilmiy va madaniy faoliyatini o‘rganishga
bag‘ishlanadi. Unda xonning Movarounnahr va Buxoro xonligini tashkil
topishidagi o‘rni, davlat boshqaruvi, harbiy yurishlari, ayniqsa Safaviylar bilan
kurash jarayonidagi strategiyasi yoritiladi. Shuningdek, Ubaydullaxonning
ma’rifatparvarligi, naqshbandiya tariqati vakillariga e’tibori, ilm-fan, fiqh, tafsir,
hadis, xattotlik va adabiyot sohalaridagi chuqur bilimlari tahlil qilinadi. Maqolada
uning ijodiy merosi, “Ubaydiy” taxallusi ostidagi turkiy, forsiy va arabiy she’rlari
hamda diniy asarlarining ahamiyati ko‘rsatiladi. Buxoroning poytaxtga aylanishi,
Mir Arab madrasasining bunyod etilishi va madaniy yuksalish jarayonlari ham
ilmiy asosda yoritilgan. Xulosa qismida Ubaydullaxonning serqirra iste’dodi,
siyosiy salohiyati va ilm ahli hamda xalq uchun qoldirgan benazir merosi
Movarounnahr tarixida muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.
Kalit so’zlar: Ubaydullaxon, Buxoro xonligi, Shayboniylar, Mir Arab, Xuroson,
Naqshbandiya, Ubaydiy, Movarounnahr.
Annotation: This article examines the historical role of Ubaydullah Khan, one of
the most enlightened rulers who significantly contributed to the formation and
strengthening of the Bukhara Khanate. The study highlights his political and
military achievements, his struggle against the Safavids in Khorasan, and his
important reforms aimed at the development of Bukhara. Special attention is given
to his intellectual and spiritual legacy: his patronage of scholars and Sufi sheikhs,
mastery of Islamic sciences, and his poetic works under the pen names “Ubaydi”
and “Qul Ubaydi.” The article emphasizes that during Ubaydullah Khan’s reign,
Movarounnahr experienced prosperity, cultural growth, and architectural
development, including the construction of the Mir Arab madrasa. His multidimensional personality—as statesman, commander, scholar, and poet—made him
one of the most influential figures of the 16th century in Central Asian history.
Keywords: Ubaydullah Khan, Bukhara Khanate, Shaybanids, Mir Arab, Khorasan,
Naqshbandi order, Ubaydi (poetic pen name), Mawarannahr
Аннотация: В данной статье рассматривается историческая роль
Убайдуллахана — одного из самых просвещённых правителей, внесших

большой вклад в становление и укрепление Бухарского ханства.
Анализируются его политические и военные достижения, борьба против
Сефевидов в Хорасане и важные реформы, направленные на развитие
Бухары. Особое внимание уделено его духовному и интеллектуальному
наследию: покровительству учёным и суфийским шейхам, глубокому знанию
исламских наук, а также поэтическому творчеству под псевдонимами
«Убайди» и «Кул Убайди». Отмечается, что во время правления
Убайдуллахана Мавераннахр достиг расцвета, культурного роста и
архитектурного развития, включая строительство медресе Мирараб.
Многогранная личность правителя — государственный деятель, полководец,
учёный и поэт — делает его одним из наиболее значимых исторических
фигур XVI века в Центральной Азии.
Ключевые слова: Убайдуллахан, Бухарское ханство, шейбаниды, Мир Араб,
Хорасан, тарикат Накшбандия, Убайди (поэтический псевдоним),
Мавераннахр

Buxoro xoligini tashkil topishiga ulkan hissa qoʻshgan maʼrifatparvar
xonlardan biri boʻlmish Abulgʻoziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton
ibn Shoh Budogʻ Sulton ibn Abulxayrxon 1486-yil Xorazmning Vazir shahri
yaqinidagi Tirsak mavzesida tavallud topgan. Otasi Mahmud Sulton Ubaydulloh
tavallud topganida piri va ustozi bo'lmish Nasriddin Ubaydulloh Xo'ja Ahror
valiyga chaqaloqqa nom qoyishni iltimos qiladi va o'z ismini hurmat va ehtirom
yuzasidan qo'yadi.(Ubaydullaxon Bekzod Mirzaev 2016)61 "O'z nomlarini berishi
ul zotning zo'r marhamatlaridan bo'ldiki, shining uchun ham tuning bebaho asarlari
va yaxshi nomlarining oqibatlari foniya olamda boqiydir” deb yozadi mashxur
tarixnavis Hofiz Tanish Al-Buxoriy.62

Bu adolatli xon, ilm-u sanʼatlarni egallagan, rabboniy ilmlarni saltanat va
podshohlik bilan birga qoʻshib olib boruvchi Abulxayrxon sulolasidagi aql-u
farosat husni xulqda boshi edi. Sayyidlar va shayxlar uchun bir yetuk darajada
xomiylik qilar edi. Bundan tashqari bu soʻz sanʼati sohasida shoirlardan boʻlib
majlislarda shoirlarga sheʼr aytishga chorlagan xonlardan boʻlgan. Hadis ilmida
Mavlono Isfahoniy, fiqhda Mavlono Mahmud Azizon va qiroatda Yormuhammad
qori uning ustozlari edi. Azizon huzurida "Kofiya", "Hidoya", va "Sharhi
Mugʻniy", tafsirda "Kashshof" va "Tafsiri turkiy" oʻqib undan taʼlim oladi.
Ubaydullaxon naqshbandiya tariqati shayxlaridan Ahmad Kosoniyga bogʻlanib, tez
tez suhbatlashib turish maqsadida oʻz uyi yaqinidan unga ham bir uy ajratadi.
Bundan kelib chiqadiki ushbu yaqinlik Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin
shayboniylar orasida yoqolgan hamjihatlikning qaytadan tiklanishi va boy berilgan
davlatlarni qayta qoʻlga kiritilishi uchun olib borilgan kurashlarda oʻz
zamonasining qutbul aʼzamiy boʻlgan Ahmad Kosoniyning duosini olishga vasila
boʻladi. Bundan tashqari Qatagʻoniy aytishicha, Xoʻja Abu Nasr Soniy
Ubaydullaxonga madhiya yozib, uni naqshbandiya tariqatiga mansubligini

61 Bekzod Mirzayev “UBAYDULLOHXON- Shayboniylar davlatining hukumdori” ( 2016 yil “Mumtoz so’z”)

62 Abdulqodir Majid “Shayboniylar davlati” (tarjimon Iqboljon Usmonov)

bildiradi. Shuningdek bir safaviy davri tarixchisi Naqshbandiyga shayboniylar
tomonidan koʻrsatilgan eʼtiborni quydagicha ifodalaydi: "Turkiston hukumdorlari
uning roziligisiz bir tomchi suv ichishga ham jurʼat eta olmasdilar". Ubaydullaxon
islom ilmlaridagi yetuk malakasidan tashqari u arab va fors tillarini sheʼr yozish
darajasida bilar edi. Nafaqat sheʼr balki sanʼatning turli xil yoʻnalishlariga
xattotlik, musiqa, naqqoshlik kabilariga ham qiziqar, lekin sheʼriyat uning asosiy
mashgʻulotlaridan edi. Dunyoviy sheʼrlarda "Ubaydiy", tasavvufga oid sheʼrlarda
esa "Qul Ubaydiy" tahallusini qoʻllardi. Sheʼrlari sharqiy turkiy tilda boʻlib, shakl
jihatidan gʻazallardan iborat edi. Abulhayr Fayzulloh ibn Roʻzbexonning
"Mehmonnomai Buxoro" asarida unga maxsus bob bagʻishlangan boʻlib, "U
ziyrak, aqilli, oliy janob, jasur, keng maʼlumotli shoir edi", deb taʼrif beriladi.63

Ubaydullaxon Muhammad Shayboniyxonning jiyani boʻlib, boshidanoq
amakisi xizmatida soya kabi ergashib yurardi. Ubaydullaxonning otasi Mahmud
Sulton vafot etgach Muhammad Shayboniyxon shijoatli jiyaniga nisbatan yanada
koʻproq iltifot koʻrsatib unga Buxoro mulkini bagʻshida etadi. Shu tariqa u
Shayboniylar xonligiga kirib kela boshlaydi. U Koʻchkunchixon davrida harbiy
ishlarga boshchilik qilgan. Unga harbiy ishlarni esa ustozi boʻlmish davlat arbobi
va sarkarda Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur boʻlgan)
saboq bergan va oʻziga murid qilib olgan. Koʻchkunchixondan soʻng Buxoro
xonligida Ubaydullaxon davri boshlanadi. 1533-yill u bosh xonlik taxtiga chiqadi
va uni oʻz isteʼdodli vujudi bilan boshqardi. Butun Movarounnahr oʻlkasi va tanga
Ubaydullaxon nomi bilan ziynat topdi. Bu vaqtda Movarounnahr yurti ayniqsa
Buxoro nihoyatda obodonchilik va faravonlikka erishdi. Bugungi kunda ham oʻz
qiymatini yoʻqotmagan hali hamon islom diniga oʻz xizmatini koʻrsatib kelayotgan
Mir Arab madrasasi ham aynan Ubaydullaxon tomonidan ustozi Yamaniyga atab
qurdirgan (1533-1536-yillar).64

Ma'lumki Ubaydullohxoning hayoti va faoliyati bir tomondan Temuriylar
saltanatining inqirozi, ikkinchi tomondan shayboniylar sulolasining hokimiyat
tepasiga kelgani, uchinchi tomondan Eron Xuroson va Movarounnahr sunniy va
shialar o'rtasidagi kurashning keskinlashuvidan iborat murakkab bir tarixiy
vaziyatga to'g'ri keladi. Aynan shu ma'noda, Ubaydullohxoning hayoti davomida,
xususan harbiy faoliyatida murakkab vaziyatlar juda ko'p bo'lgan. U o'z sonli
qo'shin bilan bir necha bor dushmanlari ustidan hayratlanarli va ajoyib g'alabalarga
erishgan. Shu jumladan usha davr tarixchisi Xasanxoja Nasoriy "Muzakkira
Ahbob" asarida ta'kidlashicha, "Aksar muhoriblarda oliy lutfu karamlar egasi
bo'lmush amakisi xizmatida turib, g'am tashvish dog'ini o'zining obdor o'tkir tig'i
sayqali bilan uning dil oynasidan yuvib ketkazgan" deb yozadi. Ya'ni ko'plab
fathlar Ubaydulloh sababli ijobiy natijalar bilan tugagan.65

Ubaydullaxon Xuroson deb hayoti davomida safaviylarga qarshi kurash
olib borgan boʻlib mazkur mintaqaga xonligi davrida besh martta yurish qiladi.
Soʻngi yurishda Xirotni 6 oy qamalda ushlab turadi va 1535 yilda Xirotni bosib

63 Muhammadyor Ind Arab Qatag’an “Muxassir Al-bilod” (2009 yil “Yangi asr avlodi”)
64 Sherxon Qorayev “Shayboniy sultonlar tazkiyasi” (2023 yil “Intellekt”)
65 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/uzbekiston-hukmdorlari/ubaydullaxon

olinishi bilan yakunlanadi. Uning bu faoliyati 16 asrdagi shayboniy-safaviy
munosabatlarining yoʻnalishlarini belgilab berdi, natijada Z.V Toʻgʻon
takidlaganidek baʼzi oʻzbek sultonlari Xurosonga bosqinchilik maqsadida emas,
faqatgina talon-taroj etish maqsadida ham xujum qilishardi. Yaʼni Xuroson
chegarasidan uzoqda boʻlgan sultonlar ham oʻz kuchlarini sinash maqsadida huddi
toʻyga ketayotgandek Xurosonga hujumlar qilishni odat qilib olishgan edi. Lekin
Ubaydullaxon Xurosonga yurishni rasmiy deb biladi yani yozishmalardan birida
aytilganki, "Har bir musulmonning burchi islomga buzgʻunchilik va ixtilof
keltiruvchilarga qarshi kurashishdir" degan. Yana bir yozishmalardan birida yaʼni
Ubaydullaxon shoh Tahmasbga "Oʻzbek hukumdorlarning yagona maqsadi islom
ahlini farovonlik va adolatga yetkazishdir" deb yumshoq ohangli yozishmalarni
ham uchratamiz. Shunday qilib Ubaydullaxon uchun Xuroson gʻazoti oʻzining eng
katta diniy burchi ekanligini aytadi.

Yuqorida qayt etganimizdek bejizga u ma'rifatparvar sultonlardan demadik
uning she'riyatdagi o'rni beqiyos bo'lgan. She'rlardan birida u shun day deydi:

El, ko'plukni ko'zga nega ilgaysiz,
Yolg'iz kishidan ham nega kesilgaysiz.
Yolg'iz deb oni kesilgaysiz ondinkim,
Yolg'izning erur yori Xudo bilgaysiz.
Bu to'rtlikdan ham bilishimiz mumkinki u yolg'iz farzand bo'lgan va tarbiya
ham shunga bog'liq bo'lishi mumkin chunki Mahmud Sulton ta'lim tarbiyaga
alohida e'tibor bergan. Shu o'rinda Mirzo Haydar ham o'zining mashhur "Tarixi
Rashidiy" asarida Ubaydullohni ta'riflab shunday deydi:"U yoshligidan barcha
fazilatlar bilan bezangan" Shuningdek, zero Ubaydullohni umri asosan jangu
jadallarda o'tganiga qaramay u vaqtini behuda o'tkazmasdan chuqur ilm olgan va
ilm u ijodga hamisha vaqt topgan. Ya'ni Ubaydulloh Qur'on mutolaasini
osonlashtirish uchun "At-Tajvid" risolasini yaratgan. Shundan ma'lumki diniy
ishlarni ham chuqur egallagan hamma vaqt dinga rivoj berib mamlakatda
payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. sunnatlarini joriy qiladi. Xususan musulmon
rukunlarini rivojlantirishga astoydil harakat qiladi. Misol uchun uning quyidagi
ruboiysi shoir haqiqiy Mo'min bilib bilmay sodir etgan katta kichik gunohlari
uchun Xudo qoshida uyalib, iztirob chekishi va darxol tavba qilishligini takidlash
barobarida, Haqdan va xalqdan uyalmagan kishi odam emas deb qat'iy hukm
chiqaradi:
Tengridin uyal tavbada bol mustahkam,
Toib kibi chek oning uchun ranji alam.

Odam sonida emasturur bilgilkim,
Tengridinu ham eldin uyalmas odam.

Tarixchi Munshiy tili bilan aytadigan bo'lsak bunday oliyjanob barcha sohadan
habardor bo'lgan sultoni "Alloh xech qanday fazilat va komolotdan bebahra
qoldirmagan edi".

Xoni janohpanoh dargohning mulozimlari koʻpincha fozillar boʻlar edi.
Ubaydullaxon sheʼr ilmining sohibi boʻlib, shu oʻrinda ortiqcha taʼrifga ehtiyoj

ham yoʻq buni quydagi sheʼrlari orqali tariflashimiz mumkin. Toziy tilidagi bu
gʻazali juda anniq va tinniq bayon qilingan:

Hayra fi jamolihi unzur fi kamolihi,
Kulli lison vosif fi sifati jamolihi...
Man ashaqa liqouka yahrukuxu firoquka,
Kayfa yakuvnu holihu man rahoma biholihi.
Tolibuka Ubayduka minka huva yuriyduka.
Faaʼtihu muroduhu anta turidu bolihi.

(Mazmuni: yor jamoli hayratga solur, Qaddi qomati koʻzing olur,
Har birr til esa husni sifatni vasf etar...
Uni koʻrishga oshiqqanlar, hajrida kuyib kul boʻldi,
Oshiqqa rahm-shavqat boʻlsa,
U qanday boʻladi oʻzi?
Ubayding ham tolibing, u ham visolingdan umidvor.
Koʻngling ravo koʻrsa, uni ham istagiga yetkazgil.)

Va mana bu forsiy gʻazalida ham dur sochuvchi kalomi moʻl koʻl gavhar
hadya etgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Boʻy arbobi vafo az guli mo meoyad,
Kaʼba zi on ru va tavofi dili mo meoyad...
Chexra afroʻxta imshab zi may on shamʼei buton,

Bahri afroʻhtani mahfili mo meoyad.
Har kujo dardi dile hast, Ubaydiy hosil,

Batavofi dili behosili mo meoyad.
(Manosi: Vafo ahlining hidi bizning guldan keladur,
Shuning uchun ham Kaʼba bizni ziyorat qilgani keladur...
Chehrasini yal yal yondirib ul shaʼmi maydin bu oqshom,
Bizning oʻtirishimizni ravshanlatmoq uchun keladur.
Qayerda dardi shifo topgan dil boʻlsa,Ubaydiy,
Bizning murodiga yetmagan dilimizni tavof etgali keladur)
Va keyingisi turkiy gʻazali ham el aro shuxrat topgan gʻazallaridandir:

Bir-bir ayting doʻstlar dardimni dildor ollida,
Aytib-aytib yigʻlangiz zinhor-zinhor ollida...
Na manga gʻamxoʻrakim, anga holimni degay,
Na gʻamim yer, na soʻzim aytur kishi bor ollida.
Ey Ubaydiy, bilgan ermish dard ila holingni yor,
Xojat ermas qilgʻaysen dardingni izhor ollida.66
Oʻz zamoning shoirlari Ubaydiy ijodiga yuksak baxo berishgan.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, 16 asr-boshlarida Muhammad Solih va asr
boshlarida Hofiz Tanishing aytib o'tishlaricha, harbiy jangda yoqilg'i sifatida
neftdan foydalanishganligi ya'ni, bunda qal'a devorlaridan turib, urushganda

66 Qul Ubaydiy devoni. O'zFA ShI qo'lyozmasi (159-bet)

dushmanga neft shimdirilgan latta o'ralgan yonuvchi o'qlarni yog'dirganlar, bu
usha davr uchun "dahshatga soluvchi qurol" hisoblangan. Avliyo Chalabiylarning
aytishicha, neft to'ldirilgan echki terisidan tikilga meshlar turli mamlakatlar
jumladan O'rta Osiyoga ham olib kelingan. Qurolsoz ustalar asosan bir turdagi
qurollar yasashga ixtisoslashganlar. Ularning ustaxonalari ko'pincha savdo
rastalaridan o'rin olgan. Buxoro va Samarqandda sovutsozlar, o'qchilar,
kamonsozlar va boshqa ustalarning mahsus savdo rastalari va yopiq bozorlari
bo'lgan. 16-asr boshigacha qurol-aslaha ishlab chiqarish markazi Samarqandda
qilich, tig', shamshir, pichoq, turli xil kamon va o'qlar sotish uchun va buyurtma
bo'yicha turli tuman qurollar tayyorlaganlar.1533-yil Ubaydullaxon poytaxtni
Samarqanddan Buxoroga ko'chirilishi munosabati bilan qurol-aslaha ustalari ham
shu yerga to'planganidan dalolat beradi. Chunki bu yerda Xon qo'shinini qurol
bilan ta'minlab turilishi kerak edi.67

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, odam bolasi tabiatida bir necha qobilyati
yashirin boʻlishi mumkin. Kimdir uni bittasini roʻyobga chiqarsa, yana kimdir
shuni ham uddasidan chiqa olmaydi. Lekin shunday ulugʻ insonlar boʻladiki, ular
oʻzlariga ato etilgan barcha qobilyatlardan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Zero,
Ubaydullaxon ham ana shunday serqirra isteʼdod sohibi boʻlib, u siyosat
maydonida, harb jabhasida, diniy ilmlarda, tariqat yoʻllarida, adabiyot sohasida,
musiqa bobida, fiqh bobida, husnixat bahsida, Qurʼon qiroatida oʻzini koʻrsatib,
ularning har birida inson aqlini hayratga soladigan natijalarga erisha olgan. Shu
sababli Ubaydullaxon davrida Movarounnahr oʻlkasi ayniqsa Buxoro nihoyatda
obodonchilik va faravonlikka erishdi. Bu dunyoda 54 yil davlat va iqbol bilan
hayot kechirgach 1540-yil juma kuni Buxoroda vafot etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdulqodir Majid “Shayboniylar davlati” (tarjimon Iqboljon Usmonov)
2. Muhammadyor Ind Arab Qatag’an “Muxassir Al-bilod” ( 2009 yil “Yangi
asr avlodi”)
3. Sherxon Qorayev “Shayboniy sultonlar tazkiyasi” ( 2023 yil “Intellekt” )
4. Bekzod Mirzayev “UBAYDULLOHXON- Shayboniylar davlatining
hukumdori” ( 2016 yil “Mumtoz so’z” )
5. Qul Ubaydiy devoni. O'zFA ShI qo'lyozmasi (159-bet)
6. Rajabov. Q 2011. B.21-22
7. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/uzbekistonhukmdorlari/ubaydullaxon

ON THE DİPLOMATIC RELATİONS OF THE OTTOMAN STATE WITH

SHIRVAN JUDGE HAJI DAVUD KHAN

67 Rajabov. Q 2011. B.21-22