ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

XVIII–XIX asrlarda Chahor viloyatining siyosiy va ijtimoiy rivojlanishi: Maymana xonligi misolida tahlil

Sharipov Shohruz Faxriddin o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

13. Уринбоев А., Буриев О. Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. —
Тошкент: Хал к, мероси, 1996. — 165 б.

14. Фазлаллах ибн Рузбихан Исфахани. Михман-наме-йи Бухара (Записки
Бухарского гостя). Перевод, предисловие и примечания Р.П.Джалиловой.
Под редакцией А.К.Арендса. – Мосвка: Наука, 1976. – С. 162.

15. Қораев С. Ўзбекистон вилоятлари топонимлари. – Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2005. – 68 б.

XVIII–XIX ASRLARDA CHAHOR VILOYATINING SIYOSIY VA
IJTIMOIY RIVOJLANISHI: MAYMANA XONLIGI MISOLIDA TAHLIL

Sharipov Shohruz Faxriddin o`g`li – Toshkent xalqaro
moliyaviy boshqaruv va texnologiyalari
universiteti dotsenti, tarix fanlari
bo`yicha falsafa doktori (PhD)
Email:shohruz@i.ua

Annotatsiya: Mazkur maqolada Afg‘oniston shimolidagi Chahor viloyat (Andxoy,
Sheberghan, Saripul va Maymana) tarixiy mintaqasining XVIII–XIX asrlardagi
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor
Maymana xonligining shakllanishi, ichki boshqaruv tizimi, qabilaaro munosabatlar
hamda Buxoro amirligi va Qandahor hokimiyati bilan bo‘lgan siyosiy aloqalariga
qaratiladi. Shuningdek, maqolada ushbu hududda mahalliy hokimiyat institutlari,
soliqqa tortish tizimi va harbiy kuchlarning roli ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Chahor viloyat, Maymana xonligi, Afg‘oniston tarixi, qabila
siyosati, Buxoro amirligi, XVIII–XIX asrlar, hududiy boshqaruv.
Annotation: This article analyzes the political, economic, and social development
of the historical Chahor Vilayat region (comprising Andkhoy, Sheberghan, Sar-e
Pul, and Maymana) in northern Afghanistan during the 18th and 19th centuries.
The main focus is on the formation of the Maymana Khanate, its internal
governance, tribal relations, and political interactions with the Emirate of Bukhara
and the Kandahar authorities. The study also examines local governance
institutions, taxation systems, and the role of military forces in the region.
Keywords: Chahor Vilayat, Maymana Khanate, Afghan history, tribal politics,
Emirate of Bukhara, 18th–19th centuries, regional governance.
Аннотация: В данной статье рассматриваются процессы политического,
экономического и социального развития исторического региона Чахор
Вилоят (Андхой, Шиберган, Сари-Пуль и Маймана) на севере Афганистана в
XVIII–XIX веках. Основное внимание уделено формированию
Майманинского ханства, его системе внутреннего управления,
межплеменным отношениям, а также политическим связям с Бухарским
эмиратом и властями Кандагара. В статье также рассматриваются местные
институты власти, налоговая система и роль военных сил в управлении
регионом.

Ключевые слова: Чахор Вилоят, Майманинское ханство, история
Афганистана, племенная политика, Бухарский эмират, XVIII–XIX века,
региональное управление.

XVIII–XIX asrlarda Maymana o‘zbek voliylari tomonidan boshqarilib69,
Chahor viloyat (“To‘rt viloyat”)70 deb atalgan mintaqaning eng muhim shahri
bo‘lgan. Ushbu Chahor viloyat tarkibiga Shibarg‘on, Saripul va Andxoy
kirgan. Har bir hudud mustaqil ravishda o‘zbek sulolalari tomonidan
boshqarilgan71, ular ko‘pincha o‘zaro ixtilofda bo‘lgan bo‘lsalar-da, tashqi tahdid
yuzaga kelganda o‘z kelishmovchiliklarini bir chetga surib, Maymana
yetakchiligida mustaqillikni saqlab qolish uchun birgalikda harakat qilganlar.

Maymana shahri bu davrda Afg‘onistonning shimoliy qismida joylashgan
bo`lib, u Tirbandi Turkiston (ya’ni Turkiston tog‘lari) tizmasining shimoli-g‘arbiy
chekkasida joylashgan edi va Fors Xurosoni, Turkiston va Movarounnahrni
bog‘lovchi asosiy savdo yo‘li ustida joylashgan edi72. Maymananing qal’asi
Badg‘is shimolidagi kirishni himoya qilgan va shu bilan birga janubi-g‘arb
tomondan Turkistonga kirishni nazorat qilgan. Maymanadagi o‘zbeklar ishtiroki
Shayboniy Muhammadxon davrida boshlangan. XVI asr boshlarida u o‘z
qo‘shinlarini Faryob va Maymana tomon yuborgan73. 1605-yilda Maymananing
hokimi Tahirbiy bo‘lib, u Maymananing valisi Muhammad nomidan hukmronlik
qilgan74. 1611-yilga kelib Maymanadagi o‘zbek hukmdorilarining ta`siri butun
Afg`on Turkistonida kengaya boshlagan. 1731-yilda Nodirshoh Hirotni bosib
olgandan so`ng Maymanani ham o‘ziga bo‘ysundiradi va bu yerga o‘z
qo‘shinlarini yuboradi. Uning Maymanaga qilgan hujumlariga o‘zbeklar hamda
afshorlar qo‘shilgan75. Biroq 1747-yilda Nodirshoh o‘ldirilgach, uning
qo‘shinidagi o‘zbeklar o‘z yurtlariga qaytib ketishadi, afg‘onlar esa Ahmadshoh
Durroniyni o‘z hukmdori deb e’lon qilishadi. Ahmadshoh Durroniy tomonidan
Maymanaga Hojixon Mingni voliy etib tayinlaydi. 1840-yilda Konolli yozgan
hisobotga ko‘ra, Hojixon Ahmadshohga uning hukumatga chiqishida yordam
bergangan sodiq odamlardan biri bo`lganligi uchun Balx va Maymanaga hokim
etib tayinlangan. Biroq boshqa manbalar bu tayinlovning boshqa sabablarini ham
keltiradi. “Tarix-i Ahmadshoh” asarida keltirilishicha, Hojibek (Hojixon) va
boshqa turkistonlik zodagonlar Ahmadshoh saroyiga kelib, Buxoroda hokimaytni
egallab olgan Muhammad Rahimxonning Balx va Maymana ta`siri
kuchayotganligidan shikoyat qilganlar. Shunda Ahmadshoh bu hududlarda
o`zining ishonchli vakili bo`lmish Hojibekka “Valiy-i Balx” (Balx hukmdori)
unvoni berilgan va u shundan so‘ng “Hojixon” deb atala boshlangan. Unga,

69 Christine Noelle. State and Tribe in Nineteenth-Century Afghanistan The Reign of Amir Dost Muhammad Khan
(1826-1863).1998. London. Routledge. p.75
70 Chahor Viloyat (Maymana, Shibarg‘on, Sar-i Pul, Andxoy)

71 Jonathan L. Lee. The History of Maimana in Northwestern Afghanistan 1731-1893. Iran, Vol. 25 (1987), p. 107

72 Jonathan L. Lee. Afghanistan: A History from 1260 to the Present.London. Reaktion Books, 2019. p.350
73 Jonathan Lee. The “Ancient Supremacy”. Bukhara, Afghanistan and the Battle for Balkh, 1731-1901. E.J. Brill,
New York, 1996. p.210
74 Jonathan L. Lee. The History of Maimana in Northwestern Afghanistan 1731-1893. Iran, Vol. 25 (1987), p. 109
75 Laurence Lockhart. "Nadir Shah: A Critical Study Based Mainly upon Contemporary Sources". Luzac & Co.,
London.1939.p.53.

shuningdek, “Sohib-i ixtiyor” — ya’ni Afg`on Turkistoni bo‘yicha bosh soliq
yig‘uvchisi unvoni ham berilgan, harbiy hokimiyat esa Otaullohxon turkman
qo‘liga topshirilgan. Shundan so‘ng Ahmadshohning Turkiston ustidan nazoratni
qayta tiklash uchun yurishi boshlangan va Chichaktuy, Maymana va Andxoy
bo‘ysundirilgan. 1751-yilga kelib bu hududlar to‘liq bo‘ysundirilganligi deb e’lon
qilinadi76. Hojixon bir muddat Balx volisi deb atalgan bo‘lsa-da, aslida u faqatgina
soliq yig‘uvchilik lavozimida qolgan va Maymana uning bosh qarorgohi bo‘lgan.
Bu geografik jihatdan ham mantiqiy edi, chunki Balx va Maymana o‘rtasida
Aqcha, Shibirg‘on, Andxoy va Saripul kabi mayda xonliklar joylashgan bo‘lib,
Hojixonning ayni vaqtda ikkala shaharda hokimlik qilgani ehtimoldan yiroqdir. Bu
davrda yozilgan manabalarga ko`ra Hojixon Ahmadshohga nisbatan tez-tez isyon
ko‘targan va soliqlarni yig‘ish davomida o`zining zulmkorligi va talonchilik bilan
mashhur bo‘lgan. Shikoyatlar kuchaygach, Ahmadshoh uni tekshirish uchun adliya
vakilini — dorug‘a-i adolatni tayinlaydi, biroq Hojixon va uning ittifoqchilari bu
tekshiruvga to‘sqinlik qilishadi. Ular Buxoro qo`shinlari tomonidan Aqchaga
uyushtirilgan bosqinga yordam bergan holda, afg‘on qo‘shinlarini Balx tomon
chekinishga majbur qilganlar. Shunday qilib, Hojixon afg‘on hukmdorining rasmiy
ittifoqchisi bo‘lishiga qaramay, asosan o‘z manfaatlarini, shuningdek, turkman va
o‘zbek guruhlarining manfaatlarini ilgari surgan holda faoliyat yuritib,
Maymanadagi o`z hokimiyatini ham ularga tayangan holda shakllantirgan edi.
Hojixon Maymanada o`zining hokimyatini juda ham mustahkam etgan holda
tashkil etgan ediki, hattoki bu shaharning voliyligini o`zining avlodlariga me`rosiy
tarzda qoldirishga erishgan edi.

Hojixon 1773-yilgada vafot etadi va uning o‘rniga o‘g‘li Jonxon Maymana
hukmdorligiga keladi77. Ammo, ba`zi bir manbalarda Hojixon Mingining o‘g‘li
sifatida Shohnazarxon tilga olinadi, u bir qancha tinchlik muzokaralarida otasining
vakili sifatida qatnashgan bo`lganligi uchun u otasining vorisi bo‘lgan bo‘lishi
ehtimoli ham bor. Shohnazar otasidan oldin vafot etganmi yoki yo‘qmi noma’lum
bo`lib, shuning uchun biz bu borada KonollIning Jonxon keyingi hukmdor bo‘lgan
degan xabariga tayanamiz. Ahmadshoh Durroniy 1773-yilda vafot etib, uning
o‘rniga o‘g‘li Temurshoh taxtga o‘tirgan bo`lsada, ammo u Afg`on Turkistonida
o`zininng hokimatini faqat Balx bilan cheklashga majbur bo`ldi. Ammo, Maymana
xonligi bu davrda hali ham Durroniylar imperiyasi poytaxtiga naqd pul va natura
shaklida xiroj yuborishda davom etgan va bu holat bu yerga Durroniylar hujumini
oldini olishga yordam bergan. Biroq bu davrda Maymana xonligi kattaroq
hududlarini ya`ni sharqda Saripul va janubi-g‘arbda esa Baloyi Murg`obni ham
nazorat qilgan. Konolli o`z hisobotida Jonxon Temurshoh hukmronligi davrida
Balx ustidan nazoratni yo‘qotganini yozadi78. Biz ilgari ko‘rganimizdek, hatto
Hojixonning o‘zi ham Balx ustidan to‘liq hokimiyatga ega bo‘lmagan edi va
shuning uchun bu yerda nazarda tutilgan narsa – Balx hududidan soliq yig‘ish
huquqi va imkoniyatining o‘g‘li tomonidan yo‘qotilganligi holati bilan bog`lash

76 A.H. Fayzullayev. "Afg’onistondagi turkiy xalqlarning tarixiy-siyosiy mavqeyi (o’zbeklar misolida)". Oriental
Journal of Social Sciences, vol. 2, no. 2, 2022, -B.151
77 Массон В.М., Ромодин В. А. История Афганистана.Т. 2: Афганистан в новое время. — 1965. –C.350
78 Jonathan L. Lee. The History of Maimana in Northwestern Afghanistan 1731-1893. Iran, Vol. 25 (1987), p. 109

mantiqqan bo`lar edi.. Bu voqea 1789-yilda yuz bergani aniqki, chunki o‘sha yili
Balx Buxoro amirining tashabbusi bilan Temurshohga qarshi qo‘zg‘olon
ko‘targan79. Garchi Temurshoh bilan Buxoro amiri o‘rtasida shartnoma tuzilgan
bo‘lsa-da, Balxdagi haqiqiy hokimiyat o‘zbeklar va Buxoroliklar qo‘lida
qolaverdi80. Ammo, shartnoma shartlariga ko`ra, Temurshoh hali ham shaharga
noib tayinlash huquqini o`zida saqlab qolsada, biroq shartnoma asosida mahalliy
aholiga o‘z nomzodlarini tanlash huquqi berilib, ushbu noib yonida faqat oz sonli
xizmatkori bo‘lishiga ruxsat berilgan va u soliqlar yig‘ish huquqidan mahrum
etilgan edi. Natijada, Balx amalda mustaqil harakat qila boshlagan va afg‘on
mansabdorlari orasida Balx volisi lavozimini qabul qilishga tayyor odam
topilmasligi butun Afg`on Turkistonida kulgili mavzuga aylangan edi.

XVIII asr oxirida Maymananing Durroniylar imperiyasiga qaramligiga faqat
soliq va harbiy askarlarni yuborish bilan cheklangan edi. Bu davrda Maymanadan
Temurshohga jo‘natilgan asosiy mahsulotlar ot va qo‘y bo‘lgan, xarajatlar va
daromadlar quyidagicha keltirilgan:
• Yer solig‘i orqali yig‘ilgan daromad – 100 000 rupiy
• Vaqf yoki diniy mulklar – 10 000 rupiy
• “Shoh”ning xarajatlari – 35 000 rupiy
• Afg‘on xazinasi uchun yuborilgan mablag‘ – 65 000 rupiy

Natijada bu davrda Maymanadagi o`zbeklar hokimyatini cheklash
maqsadida boshqa xalqalarni majburiy ravishda ko`chirib keltiradi. Masalan, XIX
asr oxiriga kelib, shaharda o‘zbeklar bilan bir qatorda turkmanlar, aymoqlar,
arablar va balujlar ham yashagan81. 1880-yillar oxiriga kelib, bu yerga ko‘plab
afg‘onlar (pushtunlar) ham ko‘chirilgan va ular keyingi o‘n yilliklarda katta ta’sir
va siyosiy kuchga ega bo‘la boshlagan

1888-yilda Turkistondagi afg‘on noibi Is`hoqxon isyon ko‘taradi va o‘zini
Afg‘oniston amiri deb e’lon qiladi82. U o‘zbeklarni o‘z tarafiga og‘dirish uchun
Chahor Viloyat Afg‘onistondan mustaqil bo‘ladi deb va’da beradi, oqibatda bu
xabar esa mintaqa aholisi tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olinadi83.
Biroq Husaynxon bu isyonni tan olmaydi va natijada Husaynxon isyonchilar
tomonidan jazoga tortilib qamoqqa tashlanadi. Uning Maymanada qolgan o‘g‘li
esa isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashga qarshi turishda davom etadi. U hatto
Maymanadagi afg‘on noibi bilan birgalikda sodiq bo‘lmagan afg‘on askarlarini
Hirotga yuborib, u yerda ularni qatl ettirishga erishadi. Is`hoqxon mag‘lubiyatga
uchragach, Turkistonda yana qattiq qirg`in barot boshlangan, isyonni qo‘llabquvvatlaganlar Qobulga surgun qilinadi. Biroq Husaynxonning afg`on amiriga bu
sodiqligi uchun mukofot olishga ulgurmaydi, u Is`hoq Xon tomonidan qatl etiladi.
Uning o‘rniga o‘g‘li Muhammad Sharif taxtga o‘tiradi va u Abdulrahmonxonni
“o‘z podshohi va sohibi” sifatida tan olib, unga sadoqat bilan bo‘yin egadi.
Muhammad Sharif bu shartnoma sodiqligini 1892-yilgacha saqlaydi. O‘sha yili u

79 Arminius Vambéry. History of Bokhara: From the Earliest Period Down to the Present. London.1873. p.358
80 Louis Dupree. "Afghanistan". Oxford University Press. London. 1973. p.344
81 Jonathan L. Lee. The History of Maimana in Northwestern Afghanistan 1731-1893. Iran, Vol. 25 (1987), p.118
82 Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60-90-е годы XIX в.). М., 1965.-C.385
83 Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60-90-е годы XIX в.). М., 1965.-C.385

amir buyrug`iga binoan Hazorajotga qo‘shin yuborishi kerak edi. Biroq ushbu
qo‘shin isyon ko‘taradi va afg‘on garnizoniga hujum qiladi, lekin isyonchilar
Almar yaqinida tezda mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Muhammad Sharif
lavozimidan ag‘dariladi hamda Qobulga yuboriladi va Maymana bevosita Qobul
nazorati ostiga o‘tadi. Shu bilan Hojixon Mingning avlodlari tomonidan
Maymanada hukmronlik davri afg`on amirlari tomonidan tugatildi.

1-jadval. Quyidagi xronologik jadval Maymanadagi merosiy valiylar ketma-ketligi

Hojixondan boshlab xonlikda to so‘nggi voliy bekor qilinmaguncha bo‘lgan davrni

qamrab oladi

Maymanada hukmronlik qilgan xonlar Hukmronlik yillari

Hojixon Ming 1751-1773

Jonxon 1773-1795

Jonxonning katta o`g`li (ismi noma`lum) 1795

Rahimxon 1790-1798 (1795-1804)

Ahmadxon 1798-1810 (1804-1814)

Aliyorxon 1810-1826 (1814-1830)

Mahmudxon 1826 (1830-1831)

Mizrobxon 1831-1845

Hukumatxon 1845-1847

Hukumatxon II 1847-1862

Husaynxon 1862-1876

Afg`on hukmdori vakili 1876-1879

Dilovarxon 1879-1884

Husaynxon 1884-1889

Vali Muhammadsharifxon 1888-1893

Afg`on hukdorining vakili, shu paytdan boshlab 1893

Maymana Afg`on davlatining rasman va amalda

viloyatlaridan biri bo`ladi.

Tarixan, Maymana G‘arbiy Turkistonning eng muhim va strategik hududi

sifatida ajralib turgan va Nadirshoh davridan boshlab butun mintaqaga sezilarli

ta’sir ko‘rsatgan. Umuman olganda, Maymananing Turkiston va Afg‘oniston

tarixiga qilgan ta’siri zamonaviy tarixchilar tomonidan deyarli e’tiborga

olinmagan. Biroq XIX asrda — bu joy haqida ko‘plab noto‘g‘ri ma’lumotlar

tarqalganiga qaramay — Maymananing strategik ahamiyati keng tan olingan, hatto

uning ustidan nazorat o‘rnatish huquqi borasida raqib davlatlar o‘rtasida da’vo va

qarshi da’volar ko‘plab yuzaga kelgan. Shunga qaramay, Maymana valiylari uzoq

vaqt mobaynida mustaqil mavqeini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. 1863-

yilda Do‘st Muhammadxon tomonidan Hirotning zabt etilishi natijasida Maymana

Turkistondagi yagona mustaqil davlat sifatida yakka qoladi — bu esa uning

hukmdorlari uchun so‘nggi bosqichning boshlanishi bo‘ladi. Garchi so‘nggi zabt

fuqarolar urushi tufayli kechikkan bo‘lsa-da, shahar qulagach va minglab

fuqarolari va askarlari o‘ldirilgach, Maymananing mustaqilligini qayta tiklash

umidi deyarli qolmagan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Christine Noelle. State and Tribe in Nineteenth-Century Afghanistan: The
Reign of Amir Dost Muhammad Khan (1826–1863). London: Routledge, 1998.
2. Lee J.L. The History of Maimana in Northwestern Afghanistan 1731–1893 //
Iran. Vol. 25, 1987.
3. Lee J.L. Afghanistan: A History from 1260 to the Present. London: Reaktion
Books, 2019.
4. Lee J.L. The “Ancient Supremacy”: Bukhara, Afghanistan and the Battle for
Balkh, 1731–1901. New York: E.J. Brill, 1996.
5. Lockhart L. Nadir Shah: A Critical Study Based Mainly upon Contemporary
Sources. London: Luzac & Co., 1939.
6. Fayzullayev A.H. “Afg‘onistondagi turkiy xalqlarning tarixiy-siyosiy
mavqeyi (o‘zbeklar misolida)” // Oriental Journal of Social Sciences, vol. 2, no. 2,
2022.
7. Массон В.М., Ромодин В.А. История Афганистана. Т.2: Афганистан в
новое время. М.: Наука, 1965.
8. Vambéry A. History of Bokhara: From the Earliest Period Down to the
Present. London: Smith, Elder & Co., 1873.
9. Dupree L. Afghanistan. London: Oxford University Press, 1973.
10. Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60–90-е годы
XIX в.). М.: Наука, 1965

MUHOJIR ZIYOLILARNING “YOSH TURKISTON” JURNALIDA
MUNAVVARQORI SIYMOSINING YORITILISHI

Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon o‘g‘li – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti v.b.dotsenti, t.f.f.d., PhD, Email: muslimbek@uwed.uz

Annotatsiya: Maqolada muhojir ziyolilar tomonidan “Yosh Turkiston” jurnalida
Munavvarqori Abdurashidxonov siymosining yoritilishi tahlil qilinadi. Mustafo
Cho‘qay, Tohir Chig‘atoy va Abdulvahob O‘qtoy maqolalaridagi Munavvarqoriga
nisbatan ehtirom, xotira va mulohazalar asosida bu ulug’ shaxsning jadidchilik,
milliy maorif va ozodlik g‘oyalaridagi o‘rni tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: Munavvarqori Abdurashidxonov, “Yosh Turkiston”, jurnali,
muhojir ziyolilar, jadidchilik, milliy maorif, mustaqillik g‘oyalari, Mustafo
Cho‘qay, Abdulvahob O‘qtoy, Tohir Chig’atoy.
Аннотация: В статье анализируется освещение образа Мунавваркори
Абдурашидханова в журнале «Йош Туркестан», подготовленное
тюркестанскими эмигрантскими интеллектуалами. На основе уважения,
воспоминаний и размышлений Мустафы Чокая, Тахира Чигатая и
Абдулвахоба Октаю рассматривается роль этого великого деятеля в
джадидизме, национальном просвещении и идеях свободы.
Ключевые слова: Мунавваркори Абдурашидханов, журнал «Йош
Туркестан», эмигрантская интеллигенция, джадидизм, национальное
просвещение, идеи независимости, Мустафа Чокай, Абдулвахаб Октай,
Тахир Чигатай.