1. Christine Noelle. State and Tribe in Nineteenth-Century Afghanistan: The
Reign of Amir Dost Muhammad Khan (1826–1863). London: Routledge, 1998.
2. Lee J.L. The History of Maimana in Northwestern Afghanistan 1731–1893 //
Iran. Vol. 25, 1987.
3. Lee J.L. Afghanistan: A History from 1260 to the Present. London: Reaktion
Books, 2019.
4. Lee J.L. The “Ancient Supremacy”: Bukhara, Afghanistan and the Battle for
Balkh, 1731–1901. New York: E.J. Brill, 1996.
5. Lockhart L. Nadir Shah: A Critical Study Based Mainly upon Contemporary
Sources. London: Luzac & Co., 1939.
6. Fayzullayev A.H. “Afg‘onistondagi turkiy xalqlarning tarixiy-siyosiy
mavqeyi (o‘zbeklar misolida)” // Oriental Journal of Social Sciences, vol. 2, no. 2,
2022.
7. Массон В.М., Ромодин В.А. История Афганистана. Т.2: Афганистан в
новое время. М.: Наука, 1965.
8. Vambéry A. History of Bokhara: From the Earliest Period Down to the
Present. London: Smith, Elder & Co., 1873.
9. Dupree L. Afghanistan. London: Oxford University Press, 1973.
10. Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60–90-е годы
XIX в.). М.: Наука, 1965
MUHOJIR ZIYOLILARNING “YOSH TURKISTON” JURNALIDA
MUNAVVARQORI SIYMOSINING YORITILISHI
Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon o‘g‘li – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti v.b.dotsenti, t.f.f.d., PhD, Email: muslimbek@uwed.uz
Annotatsiya: Maqolada muhojir ziyolilar tomonidan “Yosh Turkiston” jurnalida
Munavvarqori Abdurashidxonov siymosining yoritilishi tahlil qilinadi. Mustafo
Cho‘qay, Tohir Chig‘atoy va Abdulvahob O‘qtoy maqolalaridagi Munavvarqoriga
nisbatan ehtirom, xotira va mulohazalar asosida bu ulug’ shaxsning jadidchilik,
milliy maorif va ozodlik g‘oyalaridagi o‘rni tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: Munavvarqori Abdurashidxonov, “Yosh Turkiston”, jurnali,
muhojir ziyolilar, jadidchilik, milliy maorif, mustaqillik g‘oyalari, Mustafo
Cho‘qay, Abdulvahob O‘qtoy, Tohir Chig’atoy.
Аннотация: В статье анализируется освещение образа Мунавваркори
Абдурашидханова в журнале «Йош Туркестан», подготовленное
тюркестанскими эмигрантскими интеллектуалами. На основе уважения,
воспоминаний и размышлений Мустафы Чокая, Тахира Чигатая и
Абдулвахоба Октаю рассматривается роль этого великого деятеля в
джадидизме, национальном просвещении и идеях свободы.
Ключевые слова: Мунавваркори Абдурашидханов, журнал «Йош
Туркестан», эмигрантская интеллигенция, джадидизм, национальное
просвещение, идеи независимости, Мустафа Чокай, Абдулвахаб Октай,
Тахир Чигатай.
Annotation: The article examines how the émigré Turkestani intellectuals
portrayed Munavvarqori Abdurashidxonov in the journal “Yosh Turkiston.” Based
on the respect, recollections, and reflections expressed by Mustafa Chokay, Tahir
Chigatay, and Abdulvahob Oqtoy, the study analyzes Munavvarqori’s significant
role in Jadidism, national education, and the ideals of freedom.
Keywords: Munavvarqori Abdurashidxonov, the journal “Yosh Turkiston”, émigré
intellectuals, Jadidism, national education, independence ideas, Mustafa Chokay,
Abdulvahob Oqtoy, Tahir Chigatay.
Turkiston jadid taraqqiyparvarlari ichida Munavvarqori
Abdurashidxonov alohida ajralib turadi. U o‘zining yorqin faoliyati bilan bir
paytning o‘zida pedagog, siyosat va jamoat arbobi, hamda “xodimul-millat”
sifatida sovet hokimiyatining zulm va istibododi sifatida Turkistonni tark etgan
yuzlab muhojir ziyolilar qalbida ham chuqur hurmat va e’tibor qozongan edi. Shu
boisdan ham bir guruh muhojir ziyolilar tomonidan Parij va Berlin shaharlarida
1929-1939-yillarda chop etilgan “Yosh Turkiston” jurnalida Munavvarqori haqida
yorqin xotira va maqolalar nashr etib borilgan.
Xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov 1931-yilda “Milliy ittihod”
ishi doirasida qamoqqa olinib, keyinchalik Moskvada otib tashlangach, bu
to‘g‘rida o‘ziga yetib kelgan xabarga Mustafo Cho‘qay dastlab ishonmadi,
aniqrog‘i ishona olmadi: “Xususiy muxbirimiz uzoq Hindistondan bizga
Munavvarqorining Sovet hukumati tomonidan otib o‘ldirilganligi haqinda qisqacha
bir xabar yo‘llamishdir. Bu xabar bizga dekabr oyining boshlarida kelib yetushgan
esa-da, shoyad to‘g‘ri chiqmas deb ko‘nglimizda saqladig‘imiz umid ila
qo‘shimcha ma’lumot kutib turg‘on edik. Biz Sovet hukumatining umuman milliy
ruhga, xususan turkchilikka qarshi ko‘rinishda hech bir jinoyatdan
tortinmayoturg‘onlig‘ini juda yaxshi bilamiz. Buningla barobar biz Munavvardan
xayolanda ayrila olmadik. Faqat, birinchi xabarni tasdiqlayturg‘on ikkinchi bir
maktub ham yetib keldi… Munavvarqori Sovet hukumati tomonidan qatl etilgan”
[1, – B. 2-3.].
Mustafo Cho‘qay Munavvarqorini bolsheviklari nega o‘ldirganliklari
to‘g‘risidagi savolga javob izlab o‘tirishning hojati yo‘qligini, javob shundoq ham
aniq ekanligini urg‘ulab, bu buyuk siymoning o‘ldirilishining birgina sababi
“Munavvar” shaxsiyat ekanligidaligini ta’kidladi. Haqiqatdan ham Munavvarqori
Turkistonda milliy davlatchilik g‘oyasining eng matonatli, sabotli va eng nomusli
targ‘ibotchilaridan biri edi.
Shu bilan birga Tohir Chig‘atoyning “Yo‘lboshchimiz Munavvarqori”
nomli maqolasi ham muhim ahamiyatga egadir. Chig‘atoyning ushbu maqolasi
“Yosh Turkiston” jurnalining 1934-yil 50-sonida chop etilgan bo‘lib, unda muallif
Turkiston jadidlarining yetakchilaridan biri bo‘lgan Munavvarqorining o‘lka
taraqqiyparvarlik harakatida tutgan o‘rni to‘g‘risida mulohazalar yuritgan. Ushbu
maqolada Tohir Chig‘atoy: “Turkiston xalqi ichidagi yangi uyg‘onish harakatining
har tarmog‘ini tekshira boshlasangiz unga Munavvarqorining ismisiz kirib
bo‘lmaydir. Xalqimizning kirib qoldig‘i falokatini, bu falokat yo‘lining xatarlarini
to‘g‘ri ko‘rib, unga qarshi choralarni qidira boshlag‘on kishi Munavvarqori edi.
Ichida bo‘lib turdig‘imiz asrning boshlarida yurtimizg‘a kirib kela boshlag‘on
“Usuli-jadid” maktablarining haqiqiy shaklini Munavvaqori maydong‘a qo‘ydi. U
hech bir vositasiz boshladig‘i bu ishni xoh rus hukumati, xoh mutaassiblar
tomonidan ko‘rsatilgan qarshiliqlar, og‘irliq, haqorat, yegan tayoqlarig‘a
qaramasdan davom ettirdi. U o‘z matonati, o‘z e’tiqodi orqasinda oz vaqt ichida bu
oqimni (jadidchilikni – M.Alijonov) yoqlovchi bir xalqni va uni qalbida tashuvchi
yoshlar dastasini yetishtira bildi… Toshkentdagi Munavvaqorining o‘zi tarafidan
idora etilgan ibtidoiy, rushdiy namuna maktabi boshida bo‘lg‘oni holda yildan
yilg‘a ortib mamlakatning har tarafina yoyilg‘on jadid maktablari bir tarafdan eski
maktablar, ikkinchi tomondan hukumatning yerli xalq uchun tashkil qilgan
maktablarga qarshi bir tahlika shaklini olmishdir” [2, – B. 22.] deb yozish bilan
birga, yangi usul maktablari uchun Munavvarqorining o‘zi darsliklar tuzganligini
yozdi.
Munavvarqorining “Na’muna” maktabida tahsil olgan Abdulvahob O‘qtoy
ham “Yosh Turkiston” jurnalida o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etgan.
Abdulvahob O‘qtoyning ushbu jurnalda jami 84 ta maqolasi e’lon qilingan bo‘lib,
ulardan 20 tasini “Abdulvahob”, 20 tasini “Janay”, 25 tasini “To‘qtamish o‘g‘li” va
19 tasini esa “Iltar” taxalluslari ostida chop ettirgan [3, – B. 46-47].
Ayniqsa Abdulvahob O‘qtoyning ustozi Munavvarqoriga bag‘ishlangan
maqolasi muhim ahamiyatga egadir. Abdulvahob ushbu maqolasida XIX asr turk
xalqiga to‘rt buyuk shaxsiyat yetishib chiqqanligini qayd etib, ulardan biri
Munavvarqori ekanligini ta’kidlagan. Muallif ushbu maqolasini 1931-yilda
bolshevik jallodlari tomonidan otib tashlangan milliy ziyoli Munavvarqorining
xotirasiga bag‘ishlagan. U Munavvarqoriga ta’rif berar ekan “Jaholat uyqusina
botmish turklarni uyg‘otibdir va millatga najot yo‘lini ko‘rsatibdir” deb yozadi va
Munavvarqorini Ismoil G‘aspiralidan keyingi eng mashhur siymo o‘laroq keltiradi.
Xususan, u ushbu mo‘tabar shaxs haqida quyidagilarni yozadi “Munavvarqori
bizning Turkistonda milliy maorif, milliy nashriyot va milliy mafkurachilikning
sog‘lom urug‘larini sochg‘on va ming turli og‘irliq va to‘sqinliqlarg‘a qaramasdan
bularni ko‘kartirishg‘a muvaffaq bo‘lg‘on bir zotdir. Uning ochg‘on milliy
maktablari Turkistonning minglarcha bolalarig‘a milliy ruh bergan va ularni yurt
ham millat sevgisi ila qurallantirg‘ondir. ushbu satrlarni qoralovchining o‘zi ham
Munavvarqorining Toshkentdagi “Namuna” maktabida 6 yil o‘qig‘ondir. Shuning
uchun men, ustozimiz Munavvarqorining Turkistonimizning har tomonig‘a
yoyg‘on jadid maktablarining ich yuzini yaxshiroq taniyman desam
yanglishmasam kerak. Bizning o‘z Turkiston bolalari, turk bolalari, Chingizxon va
Temur o‘g‘illari ekanligimizni ilk topqir zehnimizga o‘runlashtirg‘on va bizga yurt
ham millat sevgisini bergan maktablar shul “Na’muna” kabi milliy o‘choqlar
bo‘lg‘ondir… Munavvar, o‘z ismiga yarashaturg‘on nodir bir xilqat edi. Uning
fitriy zakovatidan sochilg‘on nurlar Turkistonning qora muhitini ko‘pdan
yorug‘lantirib, xalqimizning yumuq ko‘zlarini ochmishdir. Uyg‘ongan xalqimiz
o‘z yo‘lini aniq belgilab, o‘z milliy a’moli orqasidan yugurmakdadir.
Dushmanning qilichi, to‘pi uni bu yo‘ldan to‘xtata olmadi… Buyuk ustozimiz
Munavvarqorining pok ruhiga fotihalar…” [4, – B. 26.].
Abdulvahob O‘qtoyning yuqoridagi so‘zlaridan yaqqol ko‘rinib turibdiki,
uning o‘z ustozi bo‘lmish Munavvarqoriga nisbatan bo‘lgan mehr-muhabbati,
hurmati cheksiz bo‘lgan. Buni biz ushbu maqolasi ostiga “Burung‘i “Na’muna”
maktabi o‘quvchilaridan: Abdulvahob” deb imzo qo‘yganligidan ham bilishimiz
mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash o‘rinliki, Munavvarqorining yodi va siymosi
doimo muhojir turkistonliklar qalbida saqlanib keldi. U tomonidan ishlab chiqilgan
hamda amaliyotga izchil joriy etilgan Turkiston mustaqilligi g’oyasi yillar
mobaynida zulm va istibdod sabab aziz vatanlarini tashlab chiqib ketishga majbur
bo‘lgan insonlar uchun dasturul-amal vazifasini o‘tab keldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1) M. Cho‘qay. “Yosh Turkiston” jurnali. 1934-yil yanvar. – №. 50. –B. 2-3.
2) Tohir (Tohir Chig‘atoy). Yo‘lboshchimiz Munavvarqori // “Yosh Turkiston”
jurnali. 1934-yil yanvar. – №. 50. – B. 22.
3) Ceren Celasun. Türkistanli aydinlardan Abdulvahap Ishakoğlu Oktay (1904-
1968): Hayati ve eserleri. Yüksek Lisans Tezi. –Istanbul: 2015. – S. 46-47.
4) Abdulvahob O‘qtoy. Ustodimiz Munavvarqori “Yosh Turkiston” jurnali. 1934-
yil yanvar. – №. 50. – B. 22.
ABDULLA NOSIROV VA AL-MARJONIYNING “GʻURFAT AL-
HAVOQIN” QOʻLYOZMA NUSXASI HAQIDA
Nasirillayeva Nodirabegim Furqat qizi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
tayanch doktoranti
ORCID: 0009-0003-5654-3055
+998998476050
nasirillayevanodira@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada Shahobiddin bin Bahouddin al-Marjoniy (1818–
1889) ning “Gʻurfat al-havoqin li-ʻirfat al-xavaqin” asarining ilmiy ahamiyati
hamda uning Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondiga
kelib tushish tarixi yoritilgan. Asarning bosma nusxasi yirik bibliograf,
manbashunos olim – Abdulla Nosirov saʼy-harakatlari bilan koʻchirtirilgani,
olimning institut fondini boyitishdagi xizmatlari tahlil etilgan.
Kalit soʻzlar: “Gʻurfat al-havoqin”, “Shuro” jurnali, Abdulla Nosirov,
biobibliografiya, tarixiy asar, qaydlar, Qozon, Qoraxoniylar, Sharqshunoslik
instituti, Shahobiddin al-Marjoniy.
Аннотация: В статье рассматривается научное значение труда Шихабаддина
ибн Бахауддина аль-Марджани «Гурфат аль-хавокин ли-ʼирфат аль-хавакин»
и история поступления его в фонд Института востоковедения Академии наук
Узбекистана. Отмечается, что печатный экземпляр произведения был
переписан по инициативе известного библиографа и источниковеда Абдуллы