Abdulvahob O‘qtoyning yuqoridagi so‘zlaridan yaqqol ko‘rinib turibdiki,
uning o‘z ustozi bo‘lmish Munavvarqoriga nisbatan bo‘lgan mehr-muhabbati,
hurmati cheksiz bo‘lgan. Buni biz ushbu maqolasi ostiga “Burung‘i “Na’muna”
maktabi o‘quvchilaridan: Abdulvahob” deb imzo qo‘yganligidan ham bilishimiz
mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash o‘rinliki, Munavvarqorining yodi va siymosi
doimo muhojir turkistonliklar qalbida saqlanib keldi. U tomonidan ishlab chiqilgan
hamda amaliyotga izchil joriy etilgan Turkiston mustaqilligi g’oyasi yillar
mobaynida zulm va istibdod sabab aziz vatanlarini tashlab chiqib ketishga majbur
bo‘lgan insonlar uchun dasturul-amal vazifasini o‘tab keldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1) M. Cho‘qay. “Yosh Turkiston” jurnali. 1934-yil yanvar. – №. 50. –B. 2-3.
2) Tohir (Tohir Chig‘atoy). Yo‘lboshchimiz Munavvarqori // “Yosh Turkiston”
jurnali. 1934-yil yanvar. – №. 50. – B. 22.
3) Ceren Celasun. Türkistanli aydinlardan Abdulvahap Ishakoğlu Oktay (1904-
1968): Hayati ve eserleri. Yüksek Lisans Tezi. –Istanbul: 2015. – S. 46-47.
4) Abdulvahob O‘qtoy. Ustodimiz Munavvarqori “Yosh Turkiston” jurnali. 1934-
yil yanvar. – №. 50. – B. 22.
ABDULLA NOSIROV VA AL-MARJONIYNING “GʻURFAT AL-
HAVOQIN” QOʻLYOZMA NUSXASI HAQIDA
Nasirillayeva Nodirabegim Furqat qizi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
tayanch doktoranti
ORCID: 0009-0003-5654-3055
+998998476050
nasirillayevanodira@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada Shahobiddin bin Bahouddin al-Marjoniy (1818–
1889) ning “Gʻurfat al-havoqin li-ʻirfat al-xavaqin” asarining ilmiy ahamiyati
hamda uning Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondiga
kelib tushish tarixi yoritilgan. Asarning bosma nusxasi yirik bibliograf,
manbashunos olim – Abdulla Nosirov saʼy-harakatlari bilan koʻchirtirilgani,
olimning institut fondini boyitishdagi xizmatlari tahlil etilgan.
Kalit soʻzlar: “Gʻurfat al-havoqin”, “Shuro” jurnali, Abdulla Nosirov,
biobibliografiya, tarixiy asar, qaydlar, Qozon, Qoraxoniylar, Sharqshunoslik
instituti, Shahobiddin al-Marjoniy.
Аннотация: В статье рассматривается научное значение труда Шихабаддина
ибн Бахауддина аль-Марджани «Гурфат аль-хавокин ли-ʼирфат аль-хавакин»
и история поступления его в фонд Института востоковедения Академии наук
Узбекистана. Отмечается, что печатный экземпляр произведения был
переписан по инициативе известного библиографа и источниковеда Абдуллы
Носирова, чья деятельность внесла значительный вклад в пополнение и
сохранение рукописного фонда института.
Ключевые слова: «Гирфат аль-хавокин», «Шуро» журнал, Абдулла
Носиров, биобиблиография, Институт востоковедения, историческое
произведение, записи, Казань, Караханиды, Шихабаддин аль-Марджани.
Abstract: This article examines the scholarly significance of Shahabuddin ibn
Bahauddin al-Marjaniʼs work “Gurfat al-havaqin li-ʼirfat al-xavaqin” and the
history of its acquisition by the Institute of Oriental Studies of the Academy of
Sciences of Uzbekistan. It is noted that the printed copy of the work was
transcribed through the efforts of the prominent bibliographer and source
researcher Abdulla Nosirov, whose contributions greatly enriched and preserved
the Instituteʼs manuscript collection.
Keywords: “Gurfat al-havaqin”, “Shuro” journal, Abdulla Nosirov,
biobibliography, Carakhanids, historical work, Institute of Oriental Studies, Kazan,
notes, Oriental studies, Shahabuddin al-Marjani.
Kirish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondi
Oʻrta Osiyodagi eng yirik va boy ilmiy manba markazlaridan biri hisoblanadi.
Uning xazinasida Sharq xalqlari ilm-fani va madaniyatining deyarli barcha
davrlariga oid qoʻlyozma hamda bosma asarlar jamlangan. Fond tarkibida arab,
fors, turkiy, urdu, hind, xitoy va boshqa tillarda yaratilgan koʻplab nodir manbalar
saqlanadi. Mazkur toʻplamlar orasida Tatariston, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa
mintaqalarda tugʻilib oʻsgan olimlarning asarlari ham alohida oʻrin tutadi.
XIX asr va XX asr boshlarida koʻplab tatar olimlari oʻz diniy va ilmiy
bilimlarini Oʻrta Osiyoda, xususan, Buxoro hamda Samarqand madrasalarida
egallaganlar [ Мухаммадаминов 2019:199]. Ular bu yurtlarda ilm olish bilan
birga, Movarounnahr tarixiga, madaniy hayotiga, ijtimoiy muhitiga chuqur qiziqish
bildirganlar. Baʼzilar esa oʻz kuzatuvlariga tayangan holda Oʻrta Osiyoning siyosiy
va madaniy tarixini yorituvchi asarlar yaratganlar. Shunday olimlardan biri
qozonlik — Shahobiddin ibn Bahouddin al-Marjoniy84 boʻlib, uning “Gʻurfat al-havoqin
li-ʼirfat al-xavaqin” nomli asari Oʻrta Osiyo tarixiga oid tatar manbalaridan biri sanaladi.
Asarning ilmiy ahamiyati: Qoraxoniylar tarixini yoritishdagi oʻrni
84 Shihobiddin ibn Bahouddin al-Marjoniy (1818–1889) — XIX asrning yirik tatar olimi, tarixchi, faqih va
islohotchi mutafakkir. U haqida batafsil: Халидов А. Марджани. В: Ислам на территории бывшей Российской
империи. Вып. 2. Спб. 1999. С. 59–61; Шамильоглу Ю. Шигабутдин Марджани. — Казань: Татарское книжное
издательство, 2019. — 239 с.
“Gʻurfat al-havoqin li-ʼirfat al-xavaqin” (““ -”غرفة الحـواقين لعرفـة الخـواقينXoqonlar haqidagi
bir hovuch bilimlar”) asari XIX asr oʻrtalarida yozilgan boʻlib, Shahobiddin al-
Marjoniyning eng dastlabki tarixiy izlanishlaridan biri hisoblanadi. Asar 1864-
yilda Qozon universiteti nashriyotida kam bosmada nashr etilgan. Unda muallif
Oʻrta Osiyo, xususan, Qoraxoniylar davlati (X–XII asrlar) tarixiga oid
manbalardan foydalangan holda hukmdorlar sulolasi, siyosiy jarayonlar hamda
ilmiy-madaniy muhit haqida muhim maʼlumotlarni keltiradi. Asar oʻz davrida
turkiy xalqlar tarixini oʻrganishda manbashunoslik yondashuvining dastlabki
namunalaridan biri sifatida ahamiyat kasb etadi. Marjoniy bu asarni Buxoro va
Samarqand madrasalarida tahsil olayotgan davrida (1838–1849), Oʻrta Osiyo
kutubxonalarida mavjud boʻlgan boy qoʻlyozma manbalar asosida yozgan [ Юзеев
2000:60].
Asar 33 sahifadan iborat risola koʻrinishida boʻlishiga qaramay, mazmunan
nihoyatda boy va ilmiy ahamiyatga ega manbadir. Tadqiqotchilarning
taʼkidlashicha, “Gʻurfat al-havoqin” oʻz davrida nafaqat tatar tarixshunosligi, balki
Yevropa sharqshunosligi uchun ham muhim bosqich boʻlgan. Chunki Marjoniyning izlanishlaridan
oldin Oʻrta Osiyoning ilk islomlashuvi va Qoraxoniylar davriga oid uzuq-yuluq
maʼlumotlar faqat ayrim turk manbalaridan, jumladan, Munajjimboshi85ning
“Sahaif al-axbar” asaridan maʼlum edi [Ахунов 2019 :152].
Shu bilan birga “Marjoniyning ushbu asari XX asr boshlarida V.V.
Bartoldning (1869-1930) “Turkiston v epoxu mongolʼskogo nashestviya” asari
chop etilgungacha Qoraxoniylar tarixi va gʻarbiy uygʻurlar sulolasi haqidagi eng toʻliq yozma
manbalardan biri hisoblangan [Амирханов 2004 :256].
Asarda Qoraxoniylar sulolasining kelib chiqishi, ularning siyosiy
hokimiyatni egallash jarayoni, hukmdorlar nasabnomasi va ularning harbiy hamda
maʼnaviy faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan. Marjoniy oʻz asarida
Ibn al-Asir, Ibn Xallikon, as-Samʼoniy, ash-Shahrastoniy, Yoqut al-Hamaviy, al-
Utbiy, al-Hamadoniy, Abduqodir al-Qashiy kabi mashhur tarixchilarning
manbalaridan foydalanadi.
Asarning OʻzR FA Sharqshunoslik instituti fondiga kelib tushishi tarixi.
Bugungi kunda Shahobiddin al-Marjoniyning “Gʻurfat al-havoqin li-ʼirfat
al-xavaqin” nomli bosma asarining qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik instituti fondida, 5741 raqam ostida saqlanadi. Asarning kodikologik ma’lumoti:
matn nasta’liq xatida fabrika qogʻoziga yozilgan, varaqlar soni – 24 ta. Asarning
85 Ahmad Dada Munajjimboshi (1631-1702) — Usmonli tarixchisi, munajjim va adib. 1665-yilda Sulton Mehmed
IV saroyining bosh munajjimi bo‘lgan. Uning eng mashhur asari — arab tilida yozilgan Jāmiʿ al-duwal (“Davlatlar
majmuasi”) bo‘lib, Ahmad Nedin tomonidan turk tiliga Sahāif al-akhbār (“Xabarlar sahifalari”) nomi bilan tarjima
qilingan. Asar Odam Atodan 1672-yilgacha bo‘lgan umumiy tarixni qamrab oladi.
Manba: Ahmed Dede Müneccimbaşı // Encyclopaedia Britannica. https://www.britannica.com/biography/Ahmed-
Dede-Muneccimbasi
yakuniy kolofon qismiga koʻchiruvchisi Abduqodir Murod al-Xabboz ash-Shoshiy
deb qayd etilgan.
Ushbu nusxa institutning ilmiy xodimi Abdulla Nosirov (1889-1987) saʼyharakatlari natijasida koʻchirtirilgani bilan ahamiyatli. Mazkur kitobning ichki
qismiga A. Nosirov oʻz qoʻli bilan asar haqida quyidagi qaydni yozib qoldirgan:
“1941-yil Navoiy kutubxonasida ishlash davrimda shu “Gʻurfat al-havoqin” nomli
kitobning bosma nusxasini Qozon shahridagi kutubxonadan pochta orqali oldirib,
5741 nomerlik qalamiy shu nusxani Abduqodir Murodov domlaga koʻchirtirdim. U
bosma nusxani yana Qozonga pochta orqali qaytarib yubordim. Bu kitob haqida
“Shuro” jurnalida oʻqigandim. Oʻrta Osiyoga aloqalik asar deb yozilgan ekan.
Mana shu koʻchirtirish voqeasini 41 yildan keyin shu joyga yozib qoʻydim.
Sharqshunoslik institutining ilmiy xodimi Nosirov Abdulloh. 21/IV-1982
Toshkent”86.
Mazkur yozuv shundan dalolat beradiki, Abdulla Nosirov Sharqshunoslik
institutining fondini boyitish maqsadida nafaqat mavjud qoʻlyozmalarni saqlash,
balki boshqa mintaqalardagi manbalarni topish, koʻchirtirish va ilmiy muomalaga
kiritish ishlarini ham amalga oshirgan. A.Nosirov Marjoniyning “Gʻurfat alhavoqin” asarini shaxsan ilmiy ahamiyatga ega deb bilgan. “Shuro”87 jurnalida u
haqida oʻqiganidan soʻng, asarni Oʻrta Osiyo tarixiga aloqadorligi uchun
institutning ilmiy xodimi xattot – Abduqodir Murodov88ga koʻchirtirish
maqsadida bergan. U oʻz eslatmasida bu jarayonni oradan qariyb 41 yil oʻtib,
1982-yil 21-aprelda asarga qayd etib qoʻygan. Shu tarzda Marjoniyning “Gʻurfat
al-havoqin” asari Oʻzbekiston ilmiy muhitiga kirib kelgan va bugungi kunda
institut fondida saqlanib qolgan.
Abdulla Nosirov va institut fondini boyitishdagi xizmatlari
Abdulla Nosirov (1889–1987) (Nosihiy) [Nasiriilayeva 2025:61-68] XX asr
oʻzbek bibliografiya va sharqshunoslik tarixida muhim oʻrin tutgan olimlardan
biridir. U 1889-yilda Toshkentda tugʻilib, umrining asosiy qismini qoʻlyozmalarni
toʻplash, tavsiflash va kataloglashtirish ishlariga bagʻishlagan. A.Nosirov ilmiy
faoliyatini dastlab kutubxonachilik sohasida boshlagan boʻlib, oʻz davrining eng
86 Shahobiddin bin Bahouddin al-Marjoniy. Gʻurfat al-havoqin li-ʻirfat al-xavoqin. OʻzRFASHI asosiy fondi. №
5741.
87 “Shuro” jurnali — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida faoliyat yuritgan eng nufuzli tatar ziyolilari nashrlaridan biridir.
U 1908–1918-yillar davomida Qozonda nashr etilgan bo‘lib, islomiy islohot, ta’lim, madaniyat, adabiyot va tarix masalalariga oid
maqolalarni muntazam chop etgan. Jurnal tatar, turk va O‘rta Osiyo ulamolari o‘rtasida ilmiy va diniy fikr almashish
maydoni bo‘lgan. Uning sahifalarida Shihobiddin Marjoniy, Rizo Faxriddin, Yusuf Oqchora, Ismoil Gaspirali kabi ziyolilarning g‘oyalari
keng yoritilgan.
88 Abduqodir Murodov (1893–1974) – o‘zbek sharqshunosi, xattot, qo‘lyozmalar bo‘yicha mutaxassis. U 1938-yildan boshlab
O‘zbekiston SSR Davlat ommaviy kutubxonasida, keyinchalik Sharq qo‘lyozmalari institutida faoliyat olib borgan.
Murodov kutubxona fondidagi noyob qo‘lyozmalarni tartibga solish, tiklash, nusxalash, katalog tuzish va kaligrafik
jihatdan restavratsiya qilish ishlarida muhim rol o‘ynagan. Batafsil: Ирисов А.Тошкентда арабшуослик. Қискача
очерк. - Тошкент : Фан, 1964. – 58-59;
yirik ilmiy-maʼrifiy markazlari — “Turon” kutubxonasi va Alisher Navoiy
nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonalarida mehnat qilgan.
1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida Sharqshunoslik
instituti tashkil etilgach, A.Nosirov mazkur muassasaga ishga qabul qilinadi va
umrining oxirigacha shu yerda ilmiy faoliyat olib boradi. U institutda
qoʻlyozmalarni tartibga solish, bibliografik kartotekalar tuzish, olimlar hayoti va
asarlari haqida biobibliografik maʼlumotlar yigʻish bilan shugʻullangan. Abdulla
Nosirovning sharq qoʻlyozmalari, manbashunoslik va bibliografiya sohasidagi
fidokorona mehnati natijasida yuzlab nodir manbalar aniqlanib, ilmiy muomalaga
kiritilgan.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Sharqshunoslik instituti fondida Abdulla Nosirovga tegishli 128 ta daftar, “Bilkat”
[Nasirillayeva 2024:26-28] asari va taqvim kolleksiyasi saqlanmoqda. Sharqshunoslar orasida
“Abdulla Nosirov daftarlari” [Xoʻdjayeva 2002; Nasirillayeva 2025:97-104] deb
ataluvchi bu daftarlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida
saqlanayotgan fors, arab, turk, oʻzbek, tatar, uygʻur, ozarbayjon, turkman, urdu
tillaridagi qoʻlyozma va toshbosma asarlar asosida jamlangan ilmiy materiallarni
oʻz ichiga oladi.
Shuni alohida aytish kerakki, Abdulla Nosirov oʻz kutubxonashunoslik
faoliyati davomida koʻplab asarlar ustida ishlagan va ular orasiga ilmiy izohlar —
qaydlar89 kiritgan. Ushbu qaydlarda asarning muallifi, nomi, tili, kotibi, yozilgan
davri va saqlanish joyi haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Nosirov qaydlari oʻz
mazmuni jihatidan foydali qaydlar turiga kiradi, chunki ular manbashunoslikda
qoʻlyozmani aniqlash, tavsiflash va ilmiy tadqiqot yoʻnalishini belgilashda muhim
manba boʻlib xizmat qiladi. Bugungi kunda Sharqshunoslik institutida Nosirov
tomonidan qoʻlyozma va bosma asarlarga yozilgan 300 ga yaqin shunday qaydlar
saqlanmoqda.
XULOSA
Shahobiddin al-Marjoniyning “Gʻurfat al-havoqin li-ʼirfat al-xavaqin” asari
XIX asrda yozilgan muhim tarixiy asarlaridan biridir. Unda Oʻrta Osiyo tarixining
muhim davri — Qoraxoniylar sulolasi davlatchiligi, siyosiy hayoti va madaniy
taraqqiyotiga oid qimmatli maʼlumotlar mujassamdir. Asarning ilmiy ahamiyati
shundaki, u Marjoniyning turkiy xalqlar tarixini mustaqil manbashunoslik
yondashuvi asosida yoritishga boʻlgan dastlabki urinishlaridan biri sifatida
qadrlanadi. Marjoniy asarda oʻz davrida mavjud boʻlgan arab, fors va turkiy
manbalarga tayangan holda tarixiy hodisalarni izchil, manba asosida tahlil qilgan.
Ushbu asarning Oʻzbekiston ilmiy muomalasiga kirib kelishida Abdulla
Nosirovning xizmatlari beqiyosdir. Uning tashabbusi nafaqat bir manbaning
saqlanib qolishiga, balki oʻzbek sharqshunosligida tatar ilmiy merosining
89 Qayd — (quyud deb ham nomlanadi) bu biror ma’lumot, voqea, sana, ism yoki holatni yozma tarzda
hujjatlashtirish, ya’ni “yozib qo‘yish” ma’nosini bildiradi. So‘z arabcha “َ ”قَيَّد(qayyada) fe’lidan kelib chiqqan
bo‘lib, “bog‘lamoq, ro‘yxatga yozmoq, qayd etmoq” ma’nolarini anglatadi. Qo‘lyozma manbashunosligida “qayd”
tushunchasi, odatda, asarning ichki qismida muallif, kitob egasi yoki boshqa shaxslar tomonidan yozib qo‘yilgan
turli izoh, sharh, eslatma va belgilarga nisbatan ishlatiladi. Bunday qaydlar asarning yaratilish tarixi, o‘qilish
jarayoni, egalik va saqlanish holatini yoritishda muhim manba vazifasini bajaradi.
oʻrganilishiga ham zamin yaratgan.Mazkur maqolada oʻrganilgan manba nafaqat
tarixshunoslik, balki madaniy aloqalar, qoʻlyozma merosi va manbashunoslik
anʼanalarining uzviy bogʻliqligini koʻrsatib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мухаммадаминов C. Рукописное наследие татарских ученых в
фондах Института востоковедения Академии наук Республики
Узбекистан. // Журнал исследований ислама, том 9, №1–2, 2019. – С. 199.
2. Халидов А. Марджани. В: Ислам на территории бывшей Российской
империи. Вып. 2. Спб. 1999. С. 59–61;
3. Шамильоглу Ю. Шигабутдин Марджани. — Казань: Татарское книжное
издательство, 2019. — 239 с.
4. Юзеев А. Н. «Гирфат аль-хавакин» Ш. Марджани как источник по истории
Средней Азии X–XIII вв. // Ош и древности Южного Кыргызстана. Вып.
V. – Издательство «Мурас», 2000. – 60 с.
5. Ахунов А. Проблема исламизации Поволжья в трудах Ш. Марджани // Журнал
исследований ислама, т. 9, № 1–2, 2019. – С. 152.
6. Амирханов Р.У. Дореволюционная татарская историография: востоковедческо-тюркологические
аспекты // Гасырлар авазы – Эхо веков. 2004. № 3–4. – C.256.
7. Shahobiddin bin Bahouddin al-Marjoniy. Gʻurfat al-havoqin li-ʻirfat alxavoqin. OʻzRFASHI asosiy fondi. № 5741.
8. Ирисов А.Тошкентда арабшуослик. Қискача очерк. - Тошкент : Фан,
1964. – 58-59;
9. Nasirillayea N. The life and work of bibliographer Abdulla Nosirov (1899-
1987) // « Turkic historical studies » scientific journal, №1 (5)-2025. – B.61-68.
10. Nasirillayeva N. Bibliograf Abdulla Nosirov va uning “Bilkat” asari haqida
// «Sharqshunoslik sohalarini tadqiq etishning dolzarb masalalari» mavzusida Yosh
sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XIX respublika ilmiyamaliy konferensiyasi to‘plami. –Toshkent: «Fan» nashriyoti, 2024. – B.26-28.
11. Xoʻdjayeva. U. “A.Nosirov daftarlari” oʻzbek matbuoti tarixini oʻrganishda
muhim manba. // “Sharqshunoslik” jurnali, № 11. – Toshkent: Fan, 2002.;
Nasirillayeva N. Bibliograf Abdulla Nosirovning yozma merosi va uning tasnifi //
«Sharqshunoslik sohalarini tadqiq etishning dolzarb masalalari» mavzusida Yosh
sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XX respublika ilmiyamaliy konferensiyasi to‘plami. –Toshkent: «Fan» nashriyoti, 2025. – B.97-104.