ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

XX asr boshlari Turkiston veterinariya tizimi: hujjatlar va amaliyot

Bazarbayeva Shohsanam Muratovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

etnik uyg‘unlashuv kuchaygan va “o‘zbek” xalqining asosiy belgilarini
shakllantirgan [4-B-12-19]. Shuningdek, tarixiy yozma manbalar — “Avesto”,
“Tarixi Bayhaqiy”, “Boburnoma” va boshqa asarlarda xalqning madaniy, diniy va
ijtimoiy hayoti aks etgani o‘zbek xalqining etnik tarixini ilmiy asosda qayta
tiklashga imkon beradi [2-B-279-282]. Zamonaviy antropologik va genetik
tadqiqotlar esa ushbu tarixiy jarayonlarning ilmiy asoslanganligini tasdiqlab, milliy
o‘zlikni anglash va madaniy barqarorlikning tarixiy ildizlarini ko‘rsatadi [5-B-343-
345]. Shu boisdan ham o‘zbek xalqining etnogenezi — bu nafaqat tarixiy jarayon,
balki madaniy meros, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning poydevori
hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu ilmiy xulosalar O‘zbekistonning milliy g‘oyasi,
madaniy siyosati va tarixiy o‘zlikni anglash jarayonida muhim ahamiyat kasb
etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Berdimurodov A. Markaziy Osiyo xalqlari etnogenezi va madaniy taraqqiyoti. –
Toshkent: Fan nashriyoti, 2018.
2. Karimov Sh. Qadimgi yozma manbalarda O‘zbekiston xalqlari tarixi. –
Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
3. Raxmonov T. Turkiy xalqlarning kelib chiqishi va ularning o‘zaro ta’siri. –
Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019.
4. Saidov N. Etnik tarixni o‘rganishning nazariy asoslari. – Toshkent: Istiqlol
nashriyoti, 2021.
5. Kenjayeva Sevinch Shamsiddin qizi. Globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni
anglash masalalari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2024.

XX ASR BOSHLARI TURKISTON VETERINARIYA TIZIMI:
HUJJATLAR VA AMALIYOT
Bazarbayeva Shohsanam Muratovna
Oriental universiteti mustaqil izlanuvchisi
Tel: +998 90 945 07 02
e-mail: bazarboyevashohsanam@gmail.com

Annotasiya: Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Farg‘ona
viloyatida veterinariya xizmatining tashkiliy tuzilishi, veterinar shifokorlarning
vazifalari va faoliyatini arxiv manbalari asosida tahlil qiladi. Unda veterinar
shifokorlarning hududlarda chorva mollarining sog‘lig‘ini nazorat qilish,
kasalliklarni ro‘yxatga olish, ayniqsa qoramol vabosiga qarshi kurashish bo‘yicha
olib borgan ishlari, ularga berilgan yo‘riqnomalar va hisobot berish tartibi
yoritiladi. Shuningdek, maqolada veterinariya xizmatining resurslar (asbobuskunalar, kanselyariya tovarlari) yetishmovchiligi, mahalliy aholidan ko‘rik
uchun yig‘im olish amaliyoti va til bilmaslik tufayli tarjimon xizmatlaridan
foydalanish kabi amaliy muammolar ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so`zlar: Turkiston, Farg`ona shahri, Toshkent shahri, veterinariya
siyosati, veterinar shifokorlar, veterinar shifokorlarning xizmat safarlari, chorva
mollari kasalliklari, qushxonalar, tadbirkorlar, mahalliy xalq.

Аннотация: В Туркестане в каждой губернии существовали
ветеринарные отделы, эти отделы периодически направляли своих
ветеринаров в командировки для изучения ветеринарного положения в
уездах и волостях. Ветеринарам была предоставлена карта ветеринарной
ситуации в данном районе, и на основе этой карты они вели свою
деятельность на территориях.

Ключевые слова: Туркестан, город Фергана, город Ташкент,
ветеринарная политика, ветеринарные врачи, командировки ветеринарных
врачей, болезни скота, предприниматели, местное население.

Abstract: In Turkestan, there were veterinary departments in each province,
these departments periodically sent their veterinarians on business trips to study the
veterinary situation in uezds and volosts. Veterinarians were given a map of the
veterinary situation in that area, and they conducted their activities in the areas
based on this map.

Key words: Turkestan, city of Fergana, city of Tashkent, veterinary politics,
veterinary doctors, commanding veterinary doctors, livestock diseases,
predprinimateli, local population.

Turkistonning har bir viloyatida veterinariya boshqarmalari mavjud bo‘lib,
ushbu boshqarmalar uyezd va volostlardagi veterinariya holatni o‘rganish uchun
o‘z veterinar shifokorlarini vaqti-vaqti bilan hududlarga xizmat safariga yuborib
turgan. Veterinar shifokorlarga hududlarda veterinariya holati bo‘yicha maxsus
xarita berilgan va ular ushbu xarita orqali o‘z faoliyatini olib borgan. Masalan,
1909-yil 10-iyunda Farg‘ona viloyat veterinariya boshqarmasi o‘zining veterinar
shifokori Sutulovni uezd va volostlarni o‘rganish uchun xizmat safariga yuborgan.
Unga 6 varoqdan iborat xizmat safari rejasi berilgan. Ushbu hujjatda, xizmat
safarining vaqtlari va veterinar tadqiqot olib borish hududlari ko‘rsatilgan.
Veterinar shifokor ushbu hujjat asosida xizmat faoliyatini olib borish mumkin
bo‘lgan. Shuningdek, shifokorlar xizmat safari so‘ngida ushbu hujjatlarni viloyat
veterinariya xizmatiga topshirishi lozim edi. Аgar veterinar shifokor ushbu hujjatni
yo‘qotsa va uni qaytara olmasa davlatga 3 so‘m 46 tiyin miqdorida jarima to‘lashi
kerak bo‘lgan [1. B- 3].

Sutulov veterinar shifokor sifatida Аndijon uyezdiga xizmat safariga
yuboriladi. Dastavval u qoida bo‘yicha uyezd boshlig‘i yoniga borishi va o‘zini
tanishtirishi lozim bo‘lgan. Shundan so‘ng, uyezd boshlig‘iga o‘zining rejalarini
qisqacha tushuntirib bergan. Shuningdek, u Аndijon uyezdida chorvachilikka oid
yig‘ilishda qatnashadi va unda veterinariya sohasi bo‘yicha maʼruza qiladi. U
uyezdning O‘zgan, Аssen va Jalolobod volostlariga tashrif buyuradi. Shifokor bir
yil moboynida mazkur hududlarda veterinariya-sanitariya va chorvachilik
munosabatlarini o‘rgangan [1. B- 3].

Aytib o`tish lozimki, xizmat safariga yuborilgan shifokorlarga yo‘riqnoma
berilgan va ular ushbu hujjat asosida faoliyat olib borgan. Аgar veterinar
shifokorga biriktirilgan hududlarda chorva mollarida yuqumli kasalliklar aniqlansa
ularga qarshi kasallikning xususiyatiga qarab izolyatsiyalash (ajratish) choralari
qo‘llanilgan va kurash olib borilgan. Аyniqsa, qoramol vabosiga qarshi kurashish
eng asosiy maqsad hisoblangan. Hatto Turkiston general-gubernatori bo‘yicha

maxsus farmon chiqargan, hamda veterinar shifokorlar ushbu farmonning
nusxasini har doim o‘zlari bilan olib yurgan. Аgarda qoramol vabosi kasalligi
tarqalsa, veterinar shifokorlar ushbu hujjatda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar orqali
harakat qilgan. Shuningdek, mazkur davrda barcha hududlarda chorva mollari bir
xil turdagi kasalliklar uchragan va u qoramol vabosiga nisbatan yengil
hisoblangan. Mazkur kasaliklarga qarshi veterinar shifokorlar 1905-yilda qabul
qilingan tibbiyot politsiyasi ustavida belgilangan choralar ko‘rgan [1. B- 4].

Arxiv manbalariga ko‘ra, hududlarga xizmat safariga yuborilgan shifokorlar
har bir aholi punkitini tekshirib, u yerdagi hayvonlar soni va ularning sanitariya
holati hisobatiga kiritgan. Har bir volostda veterinar shifokor tekshirish ishlarini
tugatgandan so‘ng, aktlar alohida varaq ilova tarzida hisobatga qo‘shilgan. Bunday
ilovalar viloyat veterinariya boshqarmasiga topshirilgan [1. B- 4].

Аgar hududlarda chorva kasalligi aniqlansa, veterinar shifokor quyidagi
harakatlarni amalga oshirgan. Jumladan, chorva mollarida uchragan har bir kasallik
bo‘yicha bayonnoma tuzgan va ilova tarzida hisobatga kiritgan. Shu bilan
birgalikda, veterinar shifokor ushbu kasalliklarga qarshi qanday choralar
ko‘rganligini bayon qilishi lozim bo‘lgan. Shu sababli, u ko‘rgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida bayonnoma tuzgan [1. B- 5].

Xizmat safariga yuborilgan ko‘pgina shifokorlar mahalliy aholi tillarni
bilmagan. Shu sababli, o‘sha hududdan tarjimоn yollash huquqiga ega bo‘lgan.
Mazkur tarjimonlarga veterinariya boshqarmasi oyiga 3 so‘m miqdorida oylik
bergan, veterinar shifokorning vazifalaridan biri o‘zi yo‘llagan tarjimon bilan
mehnat shartnomasi tuzish lozim bo‘lgan. Ushbu mehnat shartnomasida
tarjimonning ismi sharifi va oylik miqdori ko‘rsatilgan.

Veterinar shifokorlar o‘rgangan hududlardagi chorva holatini ro‘yhatga
olishi lozim bo‘lgan. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati harbiy gubernatori buyrig
g‘iga asosan, veterinar shifokorlar mahalliy hokimiyat organlaridan yuridik
yordam so‘rashga haqqi bo‘lgan.

Umuman olganda veterinar shifokorlar hududlarni o‘rganish davomida
o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib yurishi majburiy bo‘lgan: 1) chorva vabosi
bo‘yicha majburiy nizom; 2) chorva mollari epizootiyasini (hayvonlarda biror
yuqumli kasallikning tarqalishi) to‘xtatish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qoidalar; 3)
chorva mollarida vabo kasalligini to‘xtatish bo‘yicha veterinariya-politsiya
choralari to‘g‘risidagi bayonnoma shakli; 4) haftalik va hududdagi chorva
mollarining umumiy hisobatlari; 5) chorva mollari vabo kasalligiga chalinganda
kasallikka qarshi komissiyalar tuzish va uning yopish to‘g‘risida dalolatnoma
shakllari; 6) volostlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha xulosalar; 7) hududlarda
chorvani ro‘yxatga olish varaqasi; 9) termometr. Ushbu hujjatlar va asboblar
veterinar shifokorlar safarda nimalar bilan shug‘ullanishini yaqqolroq ko‘rsatadi.
Boshqacha aytganda, veterinar shifokorlar mustamlaka maʼmuriyati tomonidan
ko‘rsatmalar berilgan va mutahassislar ushbu yoriqnoma asosida faoliyat olib
borgan. Demak, veterinar shifokorlar hududlarda chorva kasalliklari aniqlansa
mahsus komissiya tuzish huquqiga ega bo‘lgan [1. B- 5].

Veterinar shifokorlar so‘ragan asboblar har doim ham ularga vaqtida
yuborilmagan. Masalan, Zadgeshba ismli veterinar shifokor 1908-yil Farg‘ona

viloyatida bir qancha veterinar kuzatishlar olib boradi. 1908-yil 24-iyunda uning
qo‘lida faqatgina 10 dona ishlaydigan termometr borligini maʼlum qiladi, biroq u
mazkur termometrlar ish faoliyatini olib borishga yetarli bo‘lmaganini ta’kidlaydi.
Zadgeshba Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasidan qo‘shimcha
termometrlarni yuborishni so‘raydi, ammo, 1908-yil noyabr oyiga kelibgina
Farg‘ona viloyat veterinariya boshqarmasi unga 10 ta termometr asboblarini
yuborgan[3. B- 1].

Arxiv manbalari shuni ko‘rsatadiki, veterinar shifokorlar nafaqat asboblar
balki, yozuv-chizuv uchun kerakli bo‘ladigan qog‘ozlar ham so‘ragan. Xususan,
1908-yil eski Marg‘ulon shahrida K. Litvilov veterinar feldsher bo‘lib ishlagan, u
1908-yil 28-noyabrda Skobelov shahridagi veterinariya punkitida qora mollar
haroratini o‘lchash uchun 10 ta termometr, qushxonalarda nobud bo‘lgan
qoramollar va mayda tuyoqli chorva mollari haqida habar berish blankasi, yozuv
qog‘ozlari, siyoh, bir quti pat hamda 1dona qalam so‘ragan [3. B-12].

Farg‘ona viloyat veterinariya boshqarmasi mahalliy aholidan qoramollarni
ko‘rikdan o‘tkazganligi uchun maʼlum bir miqdorda pul yig‘imi olgan. Ushbu
masala bo‘yicha ham Turkiston general-gubernatorligiga va maʼlumot berib
turilgan. Masalan, bunday maʼlumotlar Skobelov, Qo‘qon, Аndijon, O‘sh va
Namangan veterinariya punktlari tomonidan taqdim etilgan [4. B-1].

Аrxiv manbalariga ko‘ra, veterinar shifokor Sutulovga 1909-yil 26-iyuldan
boshlab o‘ziga Аbduraxmon Husanov tarjimon sifatida yollaydi. Sutulov
Аbduraxmon Husanovga 3 so‘m oylik maosh bergan [1. 10-varoq]. Keyinchalik
veterinar shifokor Sutulov Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasiga o‘zining
harajatlari va tarjimonga pul to‘lash uchun maʼlum bir miqdorda pul yuborishini
so‘raydi, bunga javoban veterinariya boshqarmasi Skobelev G‘aznachiligi orqali
unga 15 so‘m pul yuboradi. Sutulov ushbu puldan tarjimonga oylik to‘laydi va
qolganini xizmat harajatlari uchun harajat qiladi [1. 14-varaq orqasi].

1910-yil 28-yanvarda Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasi veterinar
shifokor Sutulovni Qo‘qon uezdida ham veterinariya kuzatish ishlarini olib
borishni taklif qiladi. Sutulovgacha Qo‘qon uezdida Landman va Nikol ismli
shifokorlar faoliyat olib borgan. Ushbu veterinar shifokorlar 17 betli Qo‘qondagi
veterinariya holati bo‘yicha hisobot yozgan. Biroq, ushbu ikki veterinar shifokorlar
Qo‘qon uyezdining barcha volostlarini tekshirishga ulgurmagan. Shu sababli,
Qo‘qon uyezdi boshlig‘i Farg‘ona viloyat veterinariya boshqarmasidan veterinar
shifokor so‘ragan edi [1. 17-varaq].

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mustamlaka maʼmuriyati aholiga
veterinariya bilimlarini yoyishga harakat qilgan. Buning uchun uezd va volostlarda
tadbirlar uyishtirgan. Bir qancha mustamlaka muassasalari aholi o‘rtasida
veterinariya va chorvachilik bo‘yicha bilimlarni ommalashtirish vazifasini olgan.
Bunday muassasalarga Turkiston o‘lkasidagi “Yer va Davlat mulki boshqarmasi”
hamda veterinariya boshqarmasi kirgan. Ushbu tashkilotlar joylarda o‘ziga
yuklatilgan vazifani bajarish uchun ko‘rgazmali o‘qishlar, ommaviy maʼruzalar va
kurslar tashkil etgan. Bundan tashqari, mustamlaka maʼmuriyati sohaga oid
ommabob risolalar nashr etish orqali aholi orasida veterinariya va chorvachilikka
oid bilimlarni ommаlashtirishga harakat qilgan [2. 40-varaq]. Mustamlaka

ma’muriyati bularni veterinar shifokorlar orqali amalga oshirishga harakat qilgan
bo`lib, bu har doim ham ijobiy natija bermagan. Bunga qator sabablarni ko`rsatish
mumkin; 1) kasal hayvonlar soniga nisbatan veterinar shifokor va veterinar
feldsherlarning kamligi, 2) hayvonlarni davolash uchun asbob-uskunalarning
yetishmasligi, 3) veterinar shifokorlarning mahalliy aholi tilini bilmasligi, 4)
moddiy qiyinchiliklar, ya`ni, veterinar shifokor va veterinar feldsherlarning maoshi
kamligi, turar-joy muammolari kabilardir.

Xulosa, ushbu maqolada Turkistonning chorvachilik sektorida sanitariyaepidemiologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan tizimli va tartibli ishlar olib
borilganligini ko'rsatadi. Bu esa o'sha davr jamiyatining iqtisodiy asoslaridan biri
bo'lgan chorvachilikni himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatining muhim bir
qismi bo'lgan. Shuningdek, hujjat yuritish, nazorat qilish va javobgarlikni belgilash
mexanizmlari ham ancha rivojlangan bo'lganini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI. uy-joylari
1. O`zbekiston Milliy Arxivi, I-12-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish. 3-17-varaq.
2. O`zbekiston Milliy Arxivi, I-12-fond, 1-ro‘yxat, 14-ish. 40-varaq.
3. O`zbekiston Milliy Arxivi, I-215-fond, 1-ro‘yxat, 3-ish. 1-12-varaq.
4. Xo‘jaxonov I. Farg‘ona vodiysi chorvador aholisining an`anaviy
xususida // Ta`lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. – 2005. - №2.

“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODIKASINI TARIX FANINING
TARKIBIY QISMI BO’LGAN : TARIXSHUNOSLIK VA

MANBASHUNOSLIK MASALALARINI O’RGANISH TIZIMIDAGI
SAMARASI

Soipova Orzugul Qo’qon Davlat Universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Tarix yo’nalishi 202-gugruh 2-bosqich talabasi. +998933848115
orzugulsoipova72@gmail.com

Annotatsiya: Bugungi kunda ta’lim jarayonida talaba (o’quvchi)larda chuqur va
mustahkam bilim hosil qilish uchun turli innovatsion metodlardan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shulardan biri - tushunchalar tahlili metodikasi
bo’lib, u tarix dsarslarida talaba (o’quvchi)larning fikrlash, tahlil qilish, solishtirish
va umumlashtirish ko’nikmalarini shaklllantirishga xizmat qiladi. Mazkur
metodika yordamida tarixiy tushunchalar, voqealar va shaxslar o’rtasidagi
bog’liqliklar aniqlanadi. Hamda talaba (o’quvchi)lar tomonidan chuqur tahlil
qilinadi.
Kalit so’zlar. tushunchalar tahlili, innovatsion metodlar, tahliliy fikrlash, tarixiy
jarayon, tarqatma materiallar, erkin suhbat va fikr.
Annotation: This article discusses one of the modern pedagogical technologies
used in the process of studying history, the Brainstorming method. In this method,
the number of ideas is important, and then the most suitable ones are selected from
them. Using this method in the process of studying history helps students (learners)
to have more independent thinking, to study the subject more deeply using the