ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Tushunchalar tahlili” metodikasini tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lgan tarixshunoslik va manbashunoslik masalalarini o‘rganish tizimidagi samarasi

Soipova Orzugul

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ma’muriyati bularni veterinar shifokorlar orqali amalga oshirishga harakat qilgan
bo`lib, bu har doim ham ijobiy natija bermagan. Bunga qator sabablarni ko`rsatish
mumkin; 1) kasal hayvonlar soniga nisbatan veterinar shifokor va veterinar
feldsherlarning kamligi, 2) hayvonlarni davolash uchun asbob-uskunalarning
yetishmasligi, 3) veterinar shifokorlarning mahalliy aholi tilini bilmasligi, 4)
moddiy qiyinchiliklar, ya`ni, veterinar shifokor va veterinar feldsherlarning maoshi
kamligi, turar-joy muammolari kabilardir.

Xulosa, ushbu maqolada Turkistonning chorvachilik sektorida sanitariyaepidemiologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan tizimli va tartibli ishlar olib
borilganligini ko'rsatadi. Bu esa o'sha davr jamiyatining iqtisodiy asoslaridan biri
bo'lgan chorvachilikni himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatining muhim bir
qismi bo'lgan. Shuningdek, hujjat yuritish, nazorat qilish va javobgarlikni belgilash
mexanizmlari ham ancha rivojlangan bo'lganini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI. uy-joylari
1. O`zbekiston Milliy Arxivi, I-12-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish. 3-17-varaq.
2. O`zbekiston Milliy Arxivi, I-12-fond, 1-ro‘yxat, 14-ish. 40-varaq.
3. O`zbekiston Milliy Arxivi, I-215-fond, 1-ro‘yxat, 3-ish. 1-12-varaq.
4. Xo‘jaxonov I. Farg‘ona vodiysi chorvador aholisining an`anaviy
xususida // Ta`lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. – 2005. - №2.

“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODIKASINI TARIX FANINING
TARKIBIY QISMI BO’LGAN : TARIXSHUNOSLIK VA

MANBASHUNOSLIK MASALALARINI O’RGANISH TIZIMIDAGI
SAMARASI

Soipova Orzugul Qo’qon Davlat Universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Tarix yo’nalishi 202-gugruh 2-bosqich talabasi. +998933848115
orzugulsoipova72@gmail.com

Annotatsiya: Bugungi kunda ta’lim jarayonida talaba (o’quvchi)larda chuqur va
mustahkam bilim hosil qilish uchun turli innovatsion metodlardan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shulardan biri - tushunchalar tahlili metodikasi
bo’lib, u tarix dsarslarida talaba (o’quvchi)larning fikrlash, tahlil qilish, solishtirish
va umumlashtirish ko’nikmalarini shaklllantirishga xizmat qiladi. Mazkur
metodika yordamida tarixiy tushunchalar, voqealar va shaxslar o’rtasidagi
bog’liqliklar aniqlanadi. Hamda talaba (o’quvchi)lar tomonidan chuqur tahlil
qilinadi.
Kalit so’zlar. tushunchalar tahlili, innovatsion metodlar, tahliliy fikrlash, tarixiy
jarayon, tarqatma materiallar, erkin suhbat va fikr.
Annotation: This article discusses one of the modern pedagogical technologies
used in the process of studying history, the Brainstorming method. In this method,
the number of ideas is important, and then the most suitable ones are selected from
them. Using this method in the process of studying history helps students (learners)
to have more independent thinking, to study the subject more deeply using the

method. Information about the methods and components of this method is
presented.
Keywords: conceptual analysis, innovative methods, analytical thinking, historical
process, handouts, free discussion and thought.
Абстрактный: В данной статье рассматривается одна из современных
педагогических технологий, применяемых в процессе изучения истории, –
метод мозгового штурма. В этом методе большое значение имеет количество
идей, из которых затем отбираются наиболее подходящие. Использование
этого метода в процессе изучения истории способствует развитию
самостоятельности мышления учащихся, более глубокому изучению
предмета с помощью метода. Представлена информация о методах и
компонентах данного метода.

Ключевые слова: концептуальный анализ, инновационные методы,
аналитическое мышление, исторический процесс, раздаточные материалы,
свободное обсуждение и размышление.

Metodikaning mohiyati. Ushbu uslub o’tilgan (chorak, semestr yoki yilida
tugagan) o’quv predmeti yoki bo’lim barcha mavzularini talaba (o’quvchi)lar
tomonidan yodga olish, biron - bir mavzu bo’yicha o’qituvch tomonidan
berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o’z izohlarini berish, shu orqali o’z
bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o’qituvchi tomonidan qisqa
vaqt ichida barcha talaba (o’quvchi)larni baholay olishga yo’naltirilgan.

Metodikaning maqsadi. Talaba (o’quvchi)larni mashg’ulotda o’tilgan
mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirib
olinganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta
olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish,
safdoshlarining fikriga hurmat bilan karash, shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga
keltira olishga o’rgatish [Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish: 2005].

Ushbu metod tarix fanida, ayniqsa, “O’rta asrlarda O’zbekiston”,
“Xonliklar davri”, “Mustaqillik davri tarixi”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik”,
“Etnogenez va etnik tarix masalalari” kabi murakkab va izohtalab bo’lgan tarixiy
mavzularni yoritishda samarali natija ko’rsatadi.

Masalan, “Manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari” mavzusini
o’rganishda talaba(o’quvchi)lar “moddiy manbaa”, “yozma manbaa”, “arxeologik
topilmalar”, “etnografik dalillar” kabi tushunchalarni tahlil qiladi, ularning tarixiy
ahamiyatini va o’zaro bog’liqligini aniqlaydi. Bu jarayonda o’qituvchi
yo’naltiruvchi sifatida ishtirok etadi, talaba (o’quvchi)lar esa faol izlanish, tahlil va
bahs jarayonlarida to’plagan bilimlarini o’zlashtiradi.

Uslubning qo’llanishi: o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars
boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biron bir bo’limi
tugallanganda) o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash,
takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun,
shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (o’quvchi)larning
bilimlarini tekshirib olish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslubni mashg’ulot

jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida yakka, kichik guruch hamda jamoa

shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham

foydalansa bo’ladi [Pedogogik texnologiyalarning tarkibiy asoslari : 2010].

Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

• talaba (o’quvchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratadi;

• talaba (o’quvchi)lar mashg’ulotni o’tkazishga qo’yilgan talab qoidalar

bilan tanishtiriladi;

• tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.

• talaba (o’quvchi)lar yakka tartibda o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu

bo’yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;

• talaba (o’quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan

tushunchalar yoniga egallagan (yoki o’zlarining) bilimlari asosida (berilgan

tushunchalarni qanday tushungan bo’lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka

tartibda);

• o’qituvchi tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalarni

o’qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izohni belgilaydi yoki

ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo’lsa)

tanishtiriladi;

• har bir talaba (o’quvchi) to’g’ri javob bilan belgilangan javoblarning

farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’ladilar, o’z-o’zlarini

tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar

[Ta’limda innovatsion texnologiyalar].

«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o’zida dars boshlanishida

o’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo’yicha talaba (yoki

o’quvchi)larning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu

darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun

ham foydalanish mumkin.

Quyidagi mashg’ulotda foydalaniladigan tarqatma materialni misol

tariqasida keltiramiz (ilova).

Ilova

Tushunchalar Mazmuni

Manbashunoslik

Tarixshunoslik

Diplomatika

Paleografiya

Epigrafika

Numizmatika

Arxivshunoslik

Anallar

Xronologiya

Tarixiy konsepsiya

Metodologiya

Ilmiy tanqid

Bibliografiya
Maqola so’ngida xulosa qilar ekanmiz, tushunchalar tahlili metodikasi tarix

fanini o’qitishda talaba (o’quvchi)larni faol fikrlashga undaydi, ularni tahliliy,
mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Ushbu metod orqali talaba (o’quvchi)larda tarixiy
jarayonlarning sabab-natijaviy bog’liqligini aniqlash, tushunchalarni tahlil qilish,
umumlashtirish mmalakalari shaklllanadi. Natijada tarix darslarini o’qitish
jarayonlari yanada samarali va qiziqarli o’tadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Ishmuhammedov R. Innavatsion texnologiyalar yordamida ta’lim
samaradorligini oshirish.-T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
1.Tolipov U., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbikiy asoslari. - T.:
2006.
2.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar).- T.: Iste’dod, 2008.
3.Bobobekov H. Manbashunoslik va tarixiy manbalar tahlili.-T.: Fan,2009
4.Egamberdiyev A. Manbashunoslik nazariyasi va amaliyoti.-T.: Universitet, 2013
5.Azizxo’jayev N. Pedogogik texnologiyalr va pedogogik mahurat.-T.: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2018.

TURKIY TILLАR TАRIXIDАGI DОLZАRB MUАMMОLАRNI
ОʻRGАNISH
Ilmiy rahbar: Suyunova Maftuna Do‘sqobil qizi

Oriental universiteti, Tillar-2 kafedrasi katta o‘qituvchisi
Аhmаdоvа Sevаrа Dilshоdоvnа

Oriental universiteti, Ingliz filologiyasi 301-guruh talabasi

Аnnоtаtsiyа: Ushbu mаqоlаdа turkiy tillаr tаrixidа uchrаydigаn dоlzаrb
muаmmоlаr, ulаrning kelib chiqish sаbаblаri vа ilmiy tаhlili yоritilgаn. Turkiy
tillаrning fоnetik, leksik vа grаmmаtik jihаtlаri tаrixiy rivоjlаnish dаvоmidа
qаndаy о‘zgаrishlаrgа uchrаgаni, bu о‘zgаrishlаrning tilshunоslik nuqtаi nаzаridаn
аhаmiyаti tаhlil qilingаn. Muаmmоlаrni о‘rgаnishdа turli tаrixiy mаnbаlаr,
qаdimiy yоzmа yоdgоrliklаr vа zаmоnаviy lingvistik uslublаr аsоsidа tаdqiqоt оlib
bоrilgаn. Shuningdek, turkiy tillаr tаrixini о‘rgаnishdа yаngi ilmiy
yоndаshuvlаrning аhаmiyаti hаqidа fikrlаr bildirilаdi. Mаqоlа turkiy tillаr bо‘yichа
ilmiy tаdqiqоtlаr оlib bоrаyоtgаn tilshunоslаr vа tаrixchilаr uchun fоydаli bо‘lishi
mumkin.
Kаlit sо‘zlаr: Turkiy tillаr, tаrixiy tilshunоslik, fоnetikа, leksikа, grаmmаtikа,
yоzmа yоdgоrliklаr, til о‘zgаrishlаri, lingvistik tаhlil, ilmiy yоndаshuvlаr, dоlzаrb
muаmmоlаr.
Аннотация: В данной статье освещаются актуальные проблемы,
встречающиеся в истории тюркских языков, причины их возникновения и
научный анализ. Рассматриваются изменения фонетических, лексических и
грамматических особенностей тюркских языков в процессе их исторического
развития, а также значение этих изменений с точки зрения языкознания.