ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Turkiston ilk o‘rta asrlarda: tarix va tarixiy geografiya (VI–VIII va IX–XIII asrlar)

Axmadjonova Shahnoza Tolibjon qizi, Tojiboyeva Gulhayo To‘lqinjon qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

6. at-Tabari, Tarix ar-rusul va-l-muluk.
7. E.V. Zeimal, “The Circulation of Coins in Central Asia during the Early
Medieval Period”, Bulletin of the Asia Institute 8, 1996.
8. A.V.G. Betts et al., “The Afrighid dynasty of Khwarezm”, Iran, 2015.
9. Encyclopædia Iranica, “SOGDIANA iii. HISTORY AND ARCHEOLOGY”.
10. R. Frye, The Heritage of Persia, London, 1963.
11. F. Grenet, “Regional Interaction in Central Asia and Northwest India in the
Kidarite and Hephthalite Periods”, Indo-Iranian Languages and Peoples, 2002.

TURKISTON ILK O‘RTA ASRLARDA: TARIX VA TARIXIY
GEOGRAFIYA (VI – VIII VA IX – XIII ASRLAR)

Axmadjonova Shahnoza Tolibjon qizi
FarDU,Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

Tojiboyeva Gulhayo To’lqinjon qizi
Farg’ona Davlat Universiteti
Chet tillari fakulteti
1-bosqich talabasi
Telefon: +998901604252

E-mail: tojiboyevagulhayo25@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqolada Turkiston hududining ilk o‘rta asrlardagi siyosiy,
iqtisodiy, madaniy hamda tarixiy geografik rivojlanishi tahlil etiladi. VI–VIII
asrlarda Turk xoqonligi, So‘g‘d, Xorazm va Farg‘ona kabi mintaqalar o‘zaro
iqtisodiy-siyosiy aloqalarda bo‘lgan, IX–XIII asrlarda esa islom sivilizatsiyasining
kirib kelishi bilan yangi davlatlar – Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar
davrida yirik madaniy va ilmiy markazlar shakllangan. Maqolada tarixiy manbalar
asosida o‘sha davr shaharsozligi, savdo yo‘llari va tabiiy-geografik sharoitlarning
tarixiy jarayonlarga ta’siri yoritiladi.
Kalit so‘zlar: Turkiston, o‘rta asrlar, tarixiy geografiya, So‘g‘d, Turk xoqonligi,
Qoraxoniylar, Xorazm, Somoniylar, karvon yo‘llari.
Аннотация: В статье рассматривается историко-географическое развитие
региона Туркестан в раннем Средневековье. Анализируются политические и
экономические отношения между государствами Тюркского каганата, Согда,
Хорезма и Ферганы (VI–VIII века), а также процессы исламизации и
культурного расцвета при Саманидах, Караханидах и Хорезмшахах (IX–XIII
века). Особое внимание уделено городам, торговым путям и влиянию
природно-географических факторов на исторические процессы.
Ключевые слова: Туркестан, Средневековье, историческая география, Согд,
Тюркский каганат, Караханиды, Саманиды, Хорезм.
Abstract: This article analyzes the historical and geographical development of
Turkestan during the Early Middle Ages. It explores the political and economic
relations between the Turkic Khaganate, Sogdiana, Kharazm, and Ferghana (6th–
8th centuries), as well as the spread of Islam and the cultural flourishing under the
Samanids, Karakhanids, and Kharazmshahs (9th–13th centuries). Special attention

is given to the development of cities, trade routes, and the impact of geographical
conditions on historical processes.
Keywords: Turkestan, Middle Ages, historical geography, Sogdiana, Turkic
Khaganate, Karakhanids, Samanids, Kharazm.

Kirish.
Turkiston hududi qadimdan Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim geografil
o’lka bo‘lib, u o‘zining tabiiy sharoiti, iqtisodiy imkoniyatlari va strategik
joylashuvi bilan tarixda o’ziga xos iz qoldirgan. Ilk o‘rta asrlarda (VI–XIII asrlar)
bu hududda turkiy, forsiy va arab madaniyatlari bir-biri bilan uyg‘unlashgan,
natijada noyob sivilizatsion jarayonlar yuzaga kelgan.
Asosiy qism
1. VI–VIII asrlar: Turk xoqonligi va So‘g‘d madaniyati
VI asrda Turk xoqonligi tashkil topib [1], O‘rta Osiyoda yirik siyosiy kuch
sifatida maydonga chiqdi. Uning hududi Sharqiy Turkistondan Qora dengizgacha
cho‘zilgan bo‘lib, Turkiston mintaqasi bu davlatning muhim qismi hisoblangan.
Turk xoqonligi davrida o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur va boshqa turkiy xalqlarning
etnik shakllanish jarayonlari boshlangan.
So‘g‘diylar esa bu davrda [2] iqtisodiy hayotning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi bo‘lishgan. Ular “Buyuk Ipak yo‘li” orqali Xitoy, Hindiston, Eronga savdo
karvonlarini yuborgan, So‘g‘d yozuvi va tillari mintaqaviy diplomatiyada muhim
ahamiyat kasb etgan. Samarqand, Panjikent, Buxoro kabi shaharlarda topilgan
yozma yodgorliklar o‘sha davrning rivojlangan madaniy hayotidan dalolat beradi.
2. IX–XIII asrlar: Islom sivilizatsiyasi va yangi davlatlarning paydo bo‘lishi
VIII asr oxirlarida arab xalifaligi hukmronligi ostida islom dini Turkiston
hududiga kirib keldi. IX asrga kelib, Somoniylar davrida Movarounnahrda islom
madaniyati yuksak darajada rivojlandi [3]. Buxoro va Samarqand musulmon
dunyosining ilmiy va madaniy markazlariga aylandi. Somoniylar davrida tarixiy
geografiya jihatidan sug‘orish tizimlari, shaharsozlik va qishloq xo‘jaligi ancha
rivojlandi. Amudaryo va Sirdaryo vodiysidagi suv manbalari asosida yirik
dehqonchilik yerlari barpo etildi. Bu esa iqtisodiy farovonlikka sabab bo‘ldi.X asr
oxirida Qoraxoniylar davlati shakllanib [4], u turkiy xalqlarning siyosiy
mustaqilligini tikladi. Ularning poytaxtlari — Balasog‘un, Qashg‘ar va O‘zgand —
turkiy yozuv, adabiyot va ilm markazlariga aylangan. Qoraxoniylar davrida arab
yozuvidan foydalanilgan, islomiy me’morchilik va san’at yuksak darajada rivoj
topgan.XII asrda Xorazmshohlar davlati siyosiy jihatdan kuchayib [5], butun
Movarounnahr va Xurosonni o‘z tarkibiga qo‘shdi. Ularning poytaxti Urganch
(Ko‘hna Gurganj) o‘sha davrning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan.
Xorazmshohlar davrida karvon yo‘llari, savdo markazlari va ilmiy maktablar faol
rivoj topdi.Ammo XIII asr boshlarida Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul istilosi
Turkistonning ko‘plab shaharlarini vayronaga aylantirdi. Samarqand, Buxoro,
Urganch, Termiz kabi markazlar yo‘q qilindi, biroq bu voqealar mintaqaning
tarixiy taraqqiyotini to‘xtata olmadi.
Tarixiy geografiya Turkiston o‘tmishini o‘rganishda asosiy ilmiy manba
sifatida xizmat qiladi. Bu fan orqali biz qadimgi daryo o‘zanlarini, o‘rta asrlardagi
karvon yo‘llarini, shaharlarning joylashuvini, suv tarmoqlarini tiklash imkoniga

egamiz. Masalan, Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi Xorazm vohasining siyosiy
taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.

O‘rta asr geograflari — Ishtaxriy [6], Ibn Xavqal [7], Al-Muqaddasiy [8]—
o‘z asarlarida Turkistonning tabiiy boyliklari, aholi soni, shaharlarning joylashuvi
haqida batafsil ma’lumotlar keltirgan. Ularning yozuvlari bugungi tarixiy
geografiya uchun bebaho manba hisoblanadi.

Tarixiy geografiyaning yondashuvi shundan iboratki, u tarixiy voqealarni
faqat sanalar asosida emas, balki hududiy o‘zgarishlar bilan bog‘lab tahlil qiladi.
Shu bois, Turkistonning o‘rta asr tarixini to‘liq anglash uchun geografik omillarni
chuqur o‘rganish zarur.

Xulosa
Turkiston ilk o‘rta asrlarda nafaqat siyosiy va iqtisodiy markaz, balki
madaniy uyg‘onish o‘chog‘i ham bo‘lgan. Bu davrda turkiy xalqlarning etnik
birligi shakllangan, islom dini keng yoyilgan, ilm-fan va madaniyat taraqqiy etgan.
Tarixiy geografiya esa ushbu jarayonlarni chuqur tahlil etish, qadimiy shaharlar,
daryo o‘zanlari, karvon yo‘llari va tabiiy omillarning o‘rni haqida aniq tasavvur
beradi.
Turkiston o‘tmishidagi bu davrlar bugungi milliy o‘zlikni anglash, tarixiy
qadriyatlarni qayta baholash va ilmiy tahlil qilish uchun muhim manba bo‘lib
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Bartold V.V. Turkiston v epokhu mongolskogo nashestviya. – Moskva: Nauka,
1963.
2. Karimov A. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo tarixi. – Toshkent: Fan, 1999.
3. Sagdullayev A., Hasanov A. O‘zbekiston tarixi: qadimgi va o‘rta asrlar. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2001.
4. Bosworth C.E. The Ghaznavids: Their Empire in Afghanistan and Eastern Iran.
– Edinburgh University Press, 1963.
5. Ibn Xavqal. Kitob al-Masolik va-l-Mamolik. – Tarixiy manba.
6. Istaxriy. Kitob al-Masolik va-l-Mamolik. – Qadimiy arab geograflari asarlari
to‘plami.
7. Al-Muqaddasiy. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim. – Beyrut, 1906.
1. Karimov A. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo tarixi. – Toshkent: Fan, 1999. B. 45–
47.
2. Bartold V.V. Turkiston v epokhu mongolskogo nashestviya. – Moskva: Nauka,
1963. S. 120–125.
3. Sagdullayev A., Hasanov A. O‘zbekiston tarixi: qadimgi va o‘rta asrlar. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2001. B. 80–85.
4. Bosworth C.E. The Ghaznavids: Their Empire in Afghanistan and Eastern Iran.
– Edinburgh University Press, 1963. P. 65–70.
5. Ibn Xavqal. Kitob al-Masolik va-l-Mamolik. – Tarixiy manba. B. 150–155.
6. Istaxriy. Kitob al-Masolik va-l-Mamolik. – Qadimiy arab geograflari asarlari
to‘plami. B. 160–162.

7. Al-Muqaddasiy. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim. – Beyrut, 1906. S. 200–
205.

“TARIXI SALOTINI MANG‘ITIYA” ASARIDA TARIXIY
GEOGRAFIYAGA OID MA`LUMOTLAR
Buxoro davlat universiteti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi”
katta o‘qituvchisi, t.f.f.d, Kalandarova F.A.
ferangizazamatovna@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada Mirzo Azim Somiy(1838-1907) ning
“Tarixi salotini mang‘itiya” asari va unda keltirilgan geografik, toponimik joy
nomlari haqidagi ma`lumotlar berilgan. Asardagi ushbu malumotlar Buxoro
amirligining va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarning hududi, tarixiy chegaralari
va geografiyasi haqida umumiy tasavvur va tushuncha hosil qilishda yordam
beradi.
Kalit so‘zlar: Maydayulg‘un, Erjar, Jome’ poyanda otaliq masjidi, Yettishahar,
Abdumalik to‘ra, Qoshg‘ar.

Аннотация: В статье даются сведения о произведении Мирзо Азима
Сомий (1838–1907) «Тарихи салотини мангитийа» и упомянутых в нём
географических и топонимических названиях. Эти сведения, содержащиеся в
произведении, помогают составить общее представление и понимание o
территории, исторических границ и географии Бухарского эмирата и
соседних стран.

Abstract: This article provides information about the work "Tarihi salotini
mangitiya" by Mirzo Azim Somiy (1838-1907) and the geographical and
toponymic place names mentioned in it. This information in the work helps to
create a general idea and understanding of the territory, historical borders and
geography of the Bukhara Emirate and neighboring countries.

Mang‘itlar davri tarixini o‘zida aks ettirgan bir qancha asarlarning muallifi
hisoblanadi. Uning asarlari tarix, insho ilmi, tazkira, diniy mavzularga oid bo‘lib,
ularning ba`zilari nasrda bitilgan bo‘lsa, ba`zilari nazmda yozilgan.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijid etgan Mirzo Azim Somiy(1838-
1907) mang‘itlar davri tarixini o‘zida aks ettirgan bir qancha asarlarning muallifi
hisoblanadi. Uning asarlari tarix, insho ilmi, tazkira, diniy mavzularga oid bo‘lib,
ularning ba`zilari nasrda bitilgan bo‘lsa, ba`zilari nazmda yozilgan.

Somiyning tarixga bag‘ishlab yozgan asarlarida Buxoro amirligining va
unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarning tarixiy geografiyasiga oid malumotlarni
ham uchratish mumkin. Dastlabki faoliyatini turli beklarning munshiysi sifatida
boshlagan Somiy, keyinchalik amir Muzaffar(1860-1885) davrida saroyning bosh
munshiysi darajasigacha ko‘tariladi. Aynan shu sabab Somiy amirning
yurishlarida, ayniqsa amirlik askarlarining rus qo‘shini bilan bo‘lib o‘tgan
janglarida voqealarning kuzatuvchisi sifatida ishtirok etgan. Buxoro amirligi
Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasiga aylanishi jarayoni uning “Tarixi
salotini mang‘itiya” asarida batafsil yoritilgan. Ushbu asar tarixiy voqelikni
yoritibgina qolmay, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi davlat boshqaruvi, etnik
tarix, ayniqsa tarixiy geografiyaga oid ko‘plab malumotlarni taqdim etadi.