7. Al-Muqaddasiy. Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim. – Beyrut, 1906. S. 200–
205.
“TARIXI SALOTINI MANG‘ITIYA” ASARIDA TARIXIY
GEOGRAFIYAGA OID MA`LUMOTLAR
Buxoro davlat universiteti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi”
katta o‘qituvchisi, t.f.f.d, Kalandarova F.A.
ferangizazamatovna@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada Mirzo Azim Somiy(1838-1907) ning
“Tarixi salotini mang‘itiya” asari va unda keltirilgan geografik, toponimik joy
nomlari haqidagi ma`lumotlar berilgan. Asardagi ushbu malumotlar Buxoro
amirligining va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarning hududi, tarixiy chegaralari
va geografiyasi haqida umumiy tasavvur va tushuncha hosil qilishda yordam
beradi.
Kalit so‘zlar: Maydayulg‘un, Erjar, Jome’ poyanda otaliq masjidi, Yettishahar,
Abdumalik to‘ra, Qoshg‘ar.
Аннотация: В статье даются сведения о произведении Мирзо Азима
Сомий (1838–1907) «Тарихи салотини мангитийа» и упомянутых в нём
географических и топонимических названиях. Эти сведения, содержащиеся в
произведении, помогают составить общее представление и понимание o
территории, исторических границ и географии Бухарского эмирата и
соседних стран.
Abstract: This article provides information about the work "Tarihi salotini
mangitiya" by Mirzo Azim Somiy (1838-1907) and the geographical and
toponymic place names mentioned in it. This information in the work helps to
create a general idea and understanding of the territory, historical borders and
geography of the Bukhara Emirate and neighboring countries.
Mang‘itlar davri tarixini o‘zida aks ettirgan bir qancha asarlarning muallifi
hisoblanadi. Uning asarlari tarix, insho ilmi, tazkira, diniy mavzularga oid bo‘lib,
ularning ba`zilari nasrda bitilgan bo‘lsa, ba`zilari nazmda yozilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijid etgan Mirzo Azim Somiy(1838-
1907) mang‘itlar davri tarixini o‘zida aks ettirgan bir qancha asarlarning muallifi
hisoblanadi. Uning asarlari tarix, insho ilmi, tazkira, diniy mavzularga oid bo‘lib,
ularning ba`zilari nasrda bitilgan bo‘lsa, ba`zilari nazmda yozilgan.
Somiyning tarixga bag‘ishlab yozgan asarlarida Buxoro amirligining va
unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarning tarixiy geografiyasiga oid malumotlarni
ham uchratish mumkin. Dastlabki faoliyatini turli beklarning munshiysi sifatida
boshlagan Somiy, keyinchalik amir Muzaffar(1860-1885) davrida saroyning bosh
munshiysi darajasigacha ko‘tariladi. Aynan shu sabab Somiy amirning
yurishlarida, ayniqsa amirlik askarlarining rus qo‘shini bilan bo‘lib o‘tgan
janglarida voqealarning kuzatuvchisi sifatida ishtirok etgan. Buxoro amirligi
Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasiga aylanishi jarayoni uning “Tarixi
salotini mang‘itiya” asarida batafsil yoritilgan. Ushbu asar tarixiy voqelikni
yoritibgina qolmay, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi davlat boshqaruvi, etnik
tarix, ayniqsa tarixiy geografiyaga oid ko‘plab malumotlarni taqdim etadi.
Somiy Jizzax, Cho‘ponota, Zirabuloq janglari, so‘ng Kattaqo‘rg‘on va
Payshanbaning egallanib, mamlakatning yarim mustamlakaga aylanib borishi
haqida bayon qilar ekan, o‘z asarida askarlarning harakatlanish jarayoni, geografik
joy nomlari, toponimik va topografiyaga oid malumotlarni ham taqdim etadi.
Somiy asarda rus va buxoro qo‘shinlarining Sirdaryo bo‘yida bo‘lib o‘tgan
jangini Maydayulg‘un jangi deb nomlaydi. Ammo rus mualliflarining barchasi
mazkur janggga “Erjar jangi”90 deb nom berishgan. Ahmad Donish esa bu jangni
Sirdaryo bo‘yidagi Sassiqko‘l jangi deb nomlaydi. Ibrat o‘zining “Farg‘ona tarixi”
kitobida bu to‘qnashuvni Somiy kabi Maydayulg‘un jangi deb yozgan91 bo‘lsa,
Mirzo Salimbek esa bu jangni Ahmad Donish kabi “Sassiqko‘l” jangi deb tilga
oladi.92
Voqealar bayoni davomida Somiy Gʻuzorda Abdumalik to‘ra boshchiligida
qo‘zg‘olon qo‘tarilgani haqida yozar ekan, asosan Abdumalik to‘raning keyingi
harakatlari, yani mag‘lubiyatga uchrab mamlakatni tark etgani haqida bayon qiladi.
Unda shahzodaning mamlakat hududlarini tark etishdan oldin borgan shaharlari
marshruti batafsil berilgan. Quyida uning taxminiy yo‘nalishi tuzizishga harakat
kildik. To‘ra mag‘lub bo‘lgach Qarshidan – Toshqo‘rg‘on - Katta Qo‘rg‘on -
Xatirchi - Nurota - Gʻijduvon- Xorazm- Chorjo‘y - Parvard qal’asi(Chorjo‘ydan 14
farsax uzoqlikda joylashgan)- Maymana - Aqcha93- Balx - Hisor - Qorategin -
Oloy qirg‘izlaridan o‘tib Qo‘qon - Qoshg‘ar - Qobul(Afg‘oniston hukmdori
Sheralixon) uni qabul qilmagach haj safariga borib keladi) – so‘ngra Peshovarga
kelib, ingliz hukumatidan panoh topib umining oxiriga qadar shu yerda istiqomat
qilgan(1909). Somiy bu malumotlarning aksariyatini to‘raning safdoshlari yoki
uni ko‘rgan insonlar hikoyasi asosida yozadi. Muallif buni bir nechta joyda
ta’kidlab o‘tadi. Masalan, to‘raning mamlakat hududlarini tark etib ketayotgani va
umrining oxiriga qadar yashab kelgan Peshovar viloyatiga yetguncha ko‘rgan
shaharlari va qal’alari haqidagi habarlarni uning safdoshlari hikoya qilishgan.
To‘raning Afg‘oniston hukmdori Sheralixon(1825-1879) o‘z hududlariga qabul
qilmagandan so‘ng, uning Makka shahrini ziyorat qilib Peshovarda qo‘nim topgani
va u yerda boshga dinga e’tiqod qiluvchi ayolga uylanib, ikki yoki uch nafar
farzand ko‘rganini Mirzo Somiy ziyoratchilardan eshitgan va asariga kiritgan.
Valiahdning tashrif buyurgan shaharlarning baьzilari amirlik hududlariga karagan
bo‘lsa, baьzilari qo‘shni davlatlarning shaharlari bo‘lgan.
Abumalik to‘rani yaxshi kutib olgan hukmdorlardan biri bu Sharqiy
Turkistondagi Yettishahar davlatining hukmdori Yoqubbek(1820-1877)
hisoblanadi. Yoqubbek o‘z davlatini ruslarning O‘rta Osiyoni bosib olish jarayoni
davrida shakllantiradi. U o‘z vaqtida chinoz viloyatining hokimi, 1851-yilda
Oqmasjid beki bo‘lib, 1865-yilda esa Qoshg‘arga yuborilgan. Shundan so‘ng u
90 Erjar jangi - 1866-yil 8-mayda rus va buxorolik qo‘shinlarning birinchi to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgan joy.
91 Ибрат. Фарғона тарихи. Тошкент; Камалак., 1991. Б-309.
92 Мирзо Салимбек.Кашкули салимий. Таворихи муттақаддимин ва муттаахирин.Форс-тожик тилидан
таржима, кириш сўзи изоҳ ва кўрсатгичлар-тарих фанлари номзоди, доцент Йўлдошев
Нарзуллоники.”Бухоро” нашриёти. Б-302
93 Maymana va Aqcha - Amudaryoning chap qirg‘og‘ia joylashgan, bir necha asrlar davomida Buxoro
amirlaigining hokimiyatini tan olib kelgan yarim mustaqil hududlar bo‘lib, XIX asrning 60-70 yillarida afg‘on
hukmdori Sheralixon davrida bo‘ysundiriladi.
Sharqiy Turkistondagi shaharlarni birin-ketin bosib oladi. 1870-yilda Urumchi
shahrini egallagach, u mustaqil Yettishahar davlatini quradi va o‘zini Otaliq
g‘oziy Badavlat (din kurashchisi va baxtli) deb e’lon qiladi94.Yoqubbek hatto
Alimqul bilan bir safda turib rus bosqiniga qarshi kurashgan. Turkiston, Avliyoota
bosib olinib, navbat Chimkentga yetganida mulla Alimqul Yoqubbek bilan birga
qal’a himoyasida ishtirok etgan95.
Yoqubbek 1877-yilda vafot etgach, uning davlati ichki kurashlar natijasida
kuchsizlashadi va 1878-yil Xitoy tomonidan egallanadi. Somiy bergan
ma’lumotlarga ko‘ra, Abdumalik to‘ra Yoqubbek tiriklik chog‘ida uning huzurida
bo‘lgan va hatto uning qizini nikohiga olib, Yoqubbek qo‘shini sarkardasi bo‘lgan.
Uning vafotidan so‘ng Qobulga, Sheralixon huzuriga ketishga majbur bo‘ladi.
Somiyning Qoshg‘ar hukmdori Yoqubbacha shaxsi haqidagi ma’lumotlari
diqqatga sazovordir. Uning qisqa tarzda bo‘lsa ham Yoqubbachcha va uning
davlatigi oid ma’lumotlarni yozganligi, boshqa manba’larda ham o‘z tasdig‘ini
topgan. Jumladan, Yoqubbachcha o‘z davlatiga asos solgach, Somiy yozganidek
daslab turk sultoniga emas, balki Angliya qirolichasiga xalqni boshqarishga oid
maslahat so‘rab xat orqali murojaat qilgan. Qirolicha esa unga bu masalada turk
sultoniga murojaat qilishni maslahat bergan. Shundan so‘ng Yoqubbek, sultonni
o‘zining rahnamosi deb e’lon qiladi va uning ismi bilan tanga zarb ettirishga ruxsat
so‘raydi. Sulton esa o‘z navbatida Yoqubbekka qurol-aslaha va harbiy san’atdan
xabardor kishilarni yuboradi96.
Somiy 1868-yil 1-mayda bo‘lib o‘tgan Cho‘pon ota jangi haqida yozar ekan,
jangni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini va Hisori Shodmon qo‘shinini boshqargan
Rahmonqulbek parvonachi to‘q mang‘it bilan qo‘shin tarkibida “voqealarni
kuzatuvchisi” bo‘lganligini ta’kidlaydi. Shu sababli ushbu jang tafsilotlari
boshqalarga qaraganda ancha keng.
Bundan tashqari “Tarixi salotini mang‘itiya”da talaygina davlat, shahar,
qishloq, suv inshootlari, me’moriy yodgorliklarining nomi ham tilga olingan.
Buxoro amirligining XIX asr oxiri XX boshlaridagi ma’muriy-hududiy bo‘linishi,
geografik chegaralari, amirlikka qarashli bekliklarning bari asarda keltirib o‘tilgan.
“Tarixi salotini mang‘itiya”ni o‘qish jarayonida Somiyning davlat chegaralari,
unga qarashli shaharlar va qishloqlarning nomlaridan xabardor bo‘lganligini
anglash mumkin. Buni Somiyning xizmat faoliyati taqazo etgan degan fikrdamiz.
Chunki u ko‘pgina yurishlarda qo‘shin bilan birga harakatlangan, amir
Muzaffarning xizmatiga qabul qilinguniga qadar turli davrlarda, dastlab beklarning
qo‘l ostida mirzolik qilgan. Asarda Buxoro amirligi xududi va undan tashqaridagi
joy nomlarini uchratish mumkin. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
- geografik joy nomlar;
94 Советская историческая энциклопедия. В 16 томах.М.;1873-1882.
95Ресале-и Якуби (воспоминания о Якуб-беке Кашгарском Камиль-хана-ишана).
/Историк.марксист,/№3(079), 1940, С 127-135.
96 Веселовский Н.И. Бадаулет Якуб-бек Кашгарский. СПБ, 1898.С-100.(XIX асрнинг 70-80 йилларида
Ёқуббекнинг ҳаёти ва фаолиятига бағишлаб нашр этилган бир қанча маҳаллий ва чет эл муаллифларининг
асарлари, унинг Шарқий Туркистондаги таъсири ҳақида тасаввур ҳосил қилишга ёрдам беради.М; Boulger
“The life of Jakoob beg; athalik ghazi,and badaulat, amar of Kashgar”. London. 1878., Bellow.”Kashmir and
Kashgar”, London. 1875.)
- daryolar nomi;
- amirlikka qarashli bekliklar;
- qishloq va aholi punkti nomlari;
- davlat, viloyat va shahar nomlari;
- me’moriy yodgorliklar.
Me’moriy yodgorliklardan Jome’ poyanda otaliq masjidi, Mozor darvozasi,
Sitorai moxi-xossa saroyi, Tillakori madrasasi, Shohi Zinda darvozasi, Shirbudin
saroyi kabi binolar va ularda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida asarda ko‘plab
malumotlarni uchratish mumkin.
Jumladan, Jome’ poyanda otaliq masjidi Buxoroda Masjidi Kalondan keyin
eng katta jome’ masjid hisoblangan. Uni Imomqulixonni umarolaridan Poyanda-
biy otaliq Arkning janubida “Darvozai Islom" mahallasining yaqinida barpo
ettirgan. Bu binoni vaqfi uchun Poyanda-biy Qarshining bir qishlog‘ida o‘n ming
mardikor ishlatib, suv chiqartirib, obod etib, shu jome’ masjidga vaqf qilgan. Muso
Saidjonov o‘zining “Buxoro shahri va uning eski binolari” asarida uning o‘z
davridagi holatiga ta’rif berar ekan, uning yomon holda ekanligi va ta’mirlash
uchun katta sarmoyani talab qilishini, shu sabab bino bog‘chaga aylantirilishi
mumkinligini ta’kidlab o‘tgan97.
Xulosa qilib aytganda, asarda Somiy tomonidan tilga olingan mazkur
geografik, toponimik va gidrogarafik nomlar Buxoro amirligining XIX-XX
asrdaga tarixiy geografiyasini o‘rganishga va amirlikning davlat sarhadlari haqida
tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi. Shuningdek, asarda tilga olingan Jome’
Poyanda otaliq masjidi, Mozor darvozasi, Shirbudin saroyi kabi me’moriy obidalar
borki, ular XIX-XX asrlarda Buxoro shahrida mavjud bo‘lgan, ammo bugungi
kunga qadar saqlanib qolmagan.
Foydalanilgan adabiyotgan ro‘yxati:
1. Boulger “The life of Jakoob beg; athalik ghazi,and badaulat, amar of Kashgar”.
London. 1878., Bellow.”Kashmir and Kashgar”, London. 1875.)
2. Веселовский Н.И. Бадаулет Якуб-бек Кашгарский. СПБ, 1898.С-100.
3. Ибрат. Фарғона тарихи. Тошкент; Камалак., 1991. Б-309.
4. Мирза Абдал’азим Сами. Та’рих-и салатин-и мангитийа / Издание текста,
предисловие, перевод и примечанияЛ.М.Епифановой. - Москва: Изд-во
восточной литературы, 1962.
5. Мирзо Салимбек.Кашкули салимий. Таворихи муттақаддимин ва
муттаахирин. Форс-тожик тилидан таржима, кириш сўзи изоҳ ва
кўрсатгичлар-тарих фанлари номзоди, доцент Йўлдошев
Нарзуллоники.”Бухоро” нашриёти. Б-302.
97Мусо Саиджонов. Бухоро шаҳри ва унинг эски бинолари. Нашрга тайёрловчи Ҳ.Тўраев. – Тошкент;
Марказий Осиёни тадқиқ қилиш француз институти, 2005.
6. Мусо Саиджонов. Бухоро шаҳри ва унинг эски бинолари. Нашрга
тайёрловчи Ҳ.Тўраев. – Тошкент; Марказий Осиёни тадқиқ қилиш француз
институти, 2005.
7. Ресале-и Якуби (воспоминания о Якуб-беке Кашгарском Камиль-ханаишана). /Историк.марксист,/№3(079), 1940, С 127-135.
8. Советская историческая энциклопедия. В 16 томах.М.;1873-1882.
BRITANIYA OROLLARIDAGI JOY NOMLARI ORQALI TARIXIY,
IJTIMOIY VA TILSHUNOSLIK MANBALARNI O‘RGANISH
Mahmuda Zokirova Ravshan qizi
Jizzax viloyat Pedagogik mahorat markazi
Ingliz tili fani metodisti
Jizzax davlat pedagogika universiteti
mustaqil izlanuvchisi
zokirova2108@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada Britaniya orollaridagi joy nomlari (toponimlar)
arxeologik, tarixiy, ijtimoiy va tilshunoslik ma’lumotlarning muhim manbai
sifatida tahlil qilinadi. Joy nomlari orqali qadimgi yer tuzilmalari, ijtimoiy
iyerarxiya, qadimiy shaxsiy ismlar, tabiiy landshaft elementlari hamda mehnat
faoliyati haqida ma’lumot olish mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotda joy nomlarining
kelib chiqishiga oid misollar, jumladan Darwin, Doncaster, Kingston upon Hull,
Leicester va Milton Keynes kabi nomlar tahlil qilinadi. Maqola Britaniya
toponimikasining madaniy xotira va til taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: toponimika, Britaniya orollari, til tarixi, ijtimoiy tuzilma, landshaft,
qadimiy ismlar.
Abstract: This article explores place names (toponyms) in the British Isles as
valuable sources of archaeological, historical, social, and linguistic information. It
demonstrates how toponyms reveal data about ancient land structures, social
hierarchies, personal names, natural landscapes, and human activities. Examples
such as Darwin, Doncaster, Kingston upon Hull, Leicester, and Milton Keynes are
analyzed to trace the origins and meanings of place names. The study highlights
the importance of British toponymy in preserving cultural memory and
understanding linguistic development.
Keywords: toponymy, British Isles, linguistic history, social structure, landscape,
ancient names.
Аннотация: В статье рассматриваются топонимы Британских островов как
важные источники археологических, исторических, социальных и
лингвистических данных. Показано, что названия мест отражают древние
земельные структуры, социальную иерархию, старинные имена, элементы
природного ландшафта и виды человеческой деятельности. Анализируются
примеры — Darwin, Doncaster, Kingston upon Hull, Leicester и Milton Keynes.