Adabiyotlar/Литература/Reference:
1. Guillaume A. Islam. – Harmondsworth: Penguin Books, 1954. – 349 p.
2. Guillaume A. The Life of Muhammad: A Translation of Ibn Ishaq’s Sirat
Rasul Allah. – Oxford: Oxford University Press, 1955. – 815 p.
3. Hodgson M.G.S. The Venture of Islam: Conscience and History in a World
Civilization. – Chicago: University of Chicago Press, 1974. – Vol. 1–3.
4. Sultonov A. Arab xalifaligi tarixi va geografiyasi. – Toshkent: Fan, 1998. –
256 b.
5. Xo‘jayev B. Arab xalifaligi davrida shaharsozlik va madaniyat. – Toshkent:
Sharq, 2005. – 312 b.
6. Al-Tabari. The History of al-Ṭabarī (Ta’rikh al-rusul wa’l-mulūk). – Albany:
State University of New York Press, 1985–2007. – Vol. 1–40.
7. Ibn Khaldun. The Muqaddimah: An Introduction to History. – Translated by
Franz Rosenthal. – Princeton: Princeton University Press, 1967. – Vol. 1–3.
QARLUQLARNING JOYLASHUVI VA TARIXIY GEOGRAFIYASI
Baxtiyorova Ruxshona Sodiqjon qizi
Navoiy davlat universiteti tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi
2-bosqich talabasi
bahtiyorovaruxshona76@gmail.com
Tel:99894-546-11-13
Ilmiy rahbar: Djunayev Farxod Abduxamidovich
Anotatsiya: Maqolada Qarluqlarning kelib chiqishi, joylashuvi va ularning
Markaziy Osiyo tarixidagi o’rni tahlil etiladi. Qarluqlar davlati siyosiy, iqtisodiy va
madaniy jihatdan yuksak darajada rivojlangan turkiy davlatlardan biri bo’lib, ular
Yettisuv, Farg’ona vodiysi va Sharqiy Turkiston hududlarida istiqomat qilgan.
Maqolada Qarluqlarning tarixiy geografiyasi, siyosiy markazlari va ularning
keyingi davrlardagi ta’siri haqida ilmiy manbalarga asoslangan ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so’zlar: Qarluqlar, Yettisuv, Bolasog’un, Suyob, Turk xoqonligi, tarixiy
geografiya, Buyuk Ipak yo’li, Qorag’oniylar.
Аннотатция: В данной статъе рассматривается происхождение, расселение и
историческая роль карлуков в Централной Азии. Карлукское госудаство
являлосъ одним из развитых тюркских образований,занимавших территорию
Семиречъя, Фарганской долины и Восточного Туркестана. В работе
анализируются историко-географические особенти, политические центры и
кулътурное значение карлуков на основе писъменных источников.
Ключевые слова: Карлуки, Семиречъе, Баласогун, Суяб, Тюркский каганат,
истореческая география, Великий шелковый путъ, Караханиды.
Annotation: This article analyzes the origen, settlement, and hictorical role of the
Karluks in Central Asia. The Karluk state wash one of the most developed Turkish
formations, located in the regions of Semirechye, the Fergana Valley, and Easten
Turkistan. The study presents hictorical and geographical aspects, potical centers,
and the cultural significance of the Karluks based on written sources.
Keywords: Karluks, Semirechye, Balasagun, Suyab, Turkic Khaganate, historical
geography, Great Silk Road, Karakhanids.
Kirish.Markaziy Osiyoning Vl-lX asrlar oralig’idagi tarixiy jarayonlarini
o’rganishda Qarluqlar davlati va ularning joylashuv geografiyasini tadqiq etish
alohida ahamiyat kasb etadi. Qarluqlar turkiy xalqlarning qadimiy tarmoqlaridan
biri bo’lib, ular O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Yettisuv hududlarida uzoq vaqt
davomida siyosiy va madaniy jarayonlarda faol ishtirok etgan. Qarluqlar davlat
tarixini o’rganish orqali biz nafaqat o’sha davr siyosiy tuzimini, balki Markaziy
Osiyo xalqlarining shakllanish jarayoni ham chuqur anglash imkoniga ega
bo’lamiz.
Qarluqlar haqida ilk ma’lumotlar xitoy solnomalarida (“Tan shu”, “T’angshu”) uchraydi. Unda qayd etilishicha, Qarluqlar dastlab Oltoy tog’lari atrofida
yashagan, keyinchalik Yettisuvga ko’chib o’tganlar. Shu davrda ular Turk
xoqonligi siyosiy hayotida muhim rol o’ynagan.1
Asosiy qism.Qarluqlar turkiy xalqlarning qadimgi urug’laridan bo’lib, ular
dastlab Oltoy va Irtish daryosi havzalarida yashaganlar. Ularning nomi ilk bor Vl
asr manbalarida uchraydi.Qarluqlar dastlab uchta asosiy qabila- bulak, chigil va
tuxsilardan tashkil topgan bo’lib, ular turk xoqonligining g’arbiy qanotiga
bo’ysunga2. Qarluqlar Vlll asrda o’zlariga xos siyosiy tuzumni shakllantirdilar.
Ularning markazi dastlab Suyob shahri bo’lgan. Bu Shahar Yettisuvdagi eng yirik
siyosiy markazlardan biri sifatida tarixda tilga olinadi. Suyob shahridan tashqari
Bolasog’un ham Qarluqlarning muhim siyosiy va iqtisodiy markazi bo’lgan3.
Qarluqlar davlati shimolda Ili daryosi, janubda Farg’ona vodiysi,
g’arbda Sirdaryo bo’ylariga, sharqda esa Sharqiy Turkistongacha cho’zilgan. Bu
hududlarning barchasi savdo yo’llari-xususan, Buyuk Ipak yo’li orqali bog’langan
edi. Shu bois Qarluqlar davlati xalqaro savdo va madaniyat almashinuvida muhim
o’rin tutgan. Qarluqlar iqtisodiy jihatdan yarim ko’chmanchi turmush tarzida
yashaganlar. Ular asosan chorvachilik(ot, tuya, qo’y, qoramol) bilan
shug’ullangan, ammo Yettisuv va Farg’ona vodiysi singari unumdor yerlarda
dehqonchilik ham rivojlangan edi. Xitoy va arab manbalarida qayd etilishicha,
Qarluqlar ipak, teri, ot va boshqa mahsulotlarni Markaziy Osiyo hamda Xitoy bilan
almashganlar4. Madaniy hayotda esa ular turkiy yozuvdan foydalangan, qadimgi
turk bitiklari va run yozuvlari bu davrda keng tarqalgan. Qarluqlar islom dinining
ilk ta’sirini Vlll-lX asrlarda qabul qilgan bo’lsalar-da, uzoq vaqt davomida
tengricha e’tiqodni saqlab qolganlar. Qarluqlar turkiy xalqlarning keying siyosiy
shakllanishida muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, Qoraxoniylar davlati Qarluqlar
asosida tashkil topgan. Qoraxoniylar saltanatining ilk hukmdorlari Qarluqlardan
chiqqan bo’lib, bu ularning siyosiy va etnik asosiy rolini tasdiqlaydi5. Shuningdek,
Qarluqlar O’rta Osiyo xalqlarining etnogenizida ham muhim o’rin egallagan.
Ularning avlodlari bugungi qig’iz, qozoq, uyg’ur va o’zbek xalqining
shakllanishida ishtirok etgan. Qarluqlar davrida madaniy hayotning yuksalishi
bilan bir qatorda, ijtimoiy tabaqalanish ham kuchaygan. Jamiyatda harbiy
zodagonlar, ruhoniylar va oddiy dehqon-chorvador qatlamlari mavjud bo’lgan.
Harbiy tabaqa davlat boshqaruvida muhim rol o’ynagan, ular asosan xoqon
davrida mustaqil siyosiy kuchga aylantirgan. Qarluqlarning madaniyatida turkiy
yozma an’ana muhim o’rin tutgan. Ular o’z davrida O’rxon-Enasoy bitiklariga
yaqin yozuv tizimdan foydalanganlar. Arxeologik topilmalarda Qarluqlarga oid
tosh yozuvlar, belgilar va tamg’alar uchraydi. Bu belgilar keyinchalik
Qoraxoniylar, hatto Saljuqiylar davridagi tamg’alarda ham davom etgan. Bu holat
Qarluqlarning yozuv va ramz madaniyati keying turkiy xalqlar uchun asos
bo’lganini ko’rsatadi.6 Qarluqlar davlati o’z davrida kuchli harbiy tuzilmaga ega
bo’lgan. Ularning qo’shini asosan otliq lashkarlardan tashkil topgan bo’lib, har bir
qabila o’zining alohida harbiy birligiga ega edi. Harbiy tartibda qat’iy intizom
saqlangan, lashkarboshilarga “tarxon”, “yabg’u” yoki “eltiber” unvonlari berilgan.
Qarluqlarning bu harbiy tizimi keyinchalik Qoraxoniylar va Saljuqiylar
davlatining harbiy tuzilmasiga asos bo’lgan. Xitoy manbalarida qatd etilishicha,
Qarluqlar jangovor mahorati, tartibi va otliq qo’shinlarining tezkorligi bilan boshqa
turkiy qavmlardan ajralib turgan. Qarluqlar diplomatik siyosatda ham mohirlik
ko’rsatganlar. Ular Vlll-lX asrlarda Xitoy Tang imperiyasi, Tibet davlati,
shuningdek arab xalifaligi bilan elchilik aloqalari o’rnatgan. Ba’zi xitoy
solnomalarida Qarluqlar elchilari saroyga sovg’alar va otlar olib kelgani evaziga
ipak va boshqa qimmatbaho buyumlar olgani qayd etiladi. Bu holat Qarluqlarning
xalqaro siyosatida faol ishtirok etganidan dalolat beradi. Ularning diplomatik
faolligi tufayli Yettisuv va Farg’ona vodiysi orqali Sharq bilan G’arbni bog’lovchi
yo’llar xavfsiz saqlanib turgan. Madaniy hayotda esa Qarluqlar o’z davrining
yuksak sivilizatsiyalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Ularning shaharlarida
maktab va madrasalar, shuningdek diniy markazlar paydo bo’lgan. Islom dini kirib
kelganidan so’ng arab yozuvi, Qur’on ta’limoti va shariat qonunlari asta-sekin
joriy etila boshlagan. Bu jarayon natijasida Qarluqlar orasida ilk islomiy ulamolar,
mudarrislar va yozuvchilar shakllandi. Shu tariqa Qarluqlar madaniy jihatdan
qadimiy turkiy an’analar bilan yangi islomiy qadriyatlarni uyg’unlashtira olgan
xalq sifatida tarixda qoldilar. Qarluqlar shuningdek san’at va xalq og’zaki ijodida
ham iz qoldirganlar. Ularning xalq qo’shiqlari, doston va afsonalari keyinchalik
“O’g’uznoma” hamda “Manas” eposlariga o’xshash turkiy dostonlarning
shakllanishiga zamin yaratgan. Arxeologik topilmalarda hayvon shaklidagi bronza
haykalchalar, naqshli spool idishlar, marjonlar va metal qurollar topilgan bo’lib, bu
ularning badiiy didi va hunarmandchilik darajasining yuksakligidan dalolat beradi.
Xulosa. Qarluqlar Markaziy Osiyo tarixida muhim siyosiy va madaniy rol
o’ynagan turkiy qabilalardan biri sifatida e’tiborga loyiqdir. Tarixiy manbalarga
ko’ra, dastlab ular Yettisuv, Ili va Chu daryolari oralig’idagi mintaqada joylashgan
bo’lib, bu hududlar o’zining qulay tabiiy-geografik sharoiti bilan ko’chmanchi va
yarim ko’chmanchi qabilalar uchun ideal yashash maydoni bo’lgan. Qarluqlar
siyosiy va harbiy kuchi orqali mustaqil davlat tashkil etib, keyinchalik
Qoraxoniylar davlati shakllanishida muhim rol o’ynagan. Ularning iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy hayoti Markaziy Osiyo xalqlarining rivojlanishiga sezilarli
ta’sir ko’rsatgan. Shu bois, Qarluqlar tarixiy geografiyasini o’rganish nafaqat
ularning o’z tarixini, balki butun mintaqaning tarixiy rivojlanishini tushunishda
katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.B. Ahmedov, O’zbekiston tarixi, 1997-y
2. Бартолъд.B.B. Туркистан в эпоху монголъского нашествия.-Санкт-
Петербург. 1898. -607c
3.B. Ahmadov, “O’rta asrlar O’rta Osiyo tarixi”, Toshkent, 1999-y.
4.Narshahiy, “Buxoro tarixi”, lX asr
5.Rashididdin, “Jome’ ut-tavorix” Xlll asr.
6.Sh. Kamoliddin. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi. Toshkent, 2010-y
DUNYO MIQIYOSIDA TURIZMNING RIVOJLANISH
TENDENSIYALARI VA UNING SAMARQAND TURIZM
SALOHIYATIDAGI AKS ETTIRILISHI
Kadirov Farhod Mamarajabovich
Oriental universiteti 1-bosqich mustaqil tadqiqotchisi
Email: farhodq045@gmail.com
ORCID: 0009-0004-8334-7161
Tel nomer: 94 6404188
ANNOTATSIYA. So‘nggi o‘n yillikda turizm global iqtisodiyotda eng tez
rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Xususan, 2015–2025 yillar oralig‘ida
xalqaro sayyohlar soni sezilarli darajada oshdi, ekologik, madaniy va tibbiy turizm
turlariga bo‘lgan talab kuchaydi. Dunyo bo‘ylab turizmga oid infratuzilmaviy
loyihalar, raqamli xizmatlar va turizm marketingi yondashuvlari sezilarli darajada
o‘zgardi. O‘zbekiston ham mazkur tendensiyalarga mos ravishda o‘z turizm
strategiyasini ishlab chiqdi va ayniqsa, Samarqand shahri global sayyohlik
markazlaridan biriga aylanish sari jadal qadamlar tashlamoqda. Ushbu maqolada
turizmning jahon miqyosidagi rivojlanish yo‘nalishlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
omillar tahlili va ular Samarqand viloyati turizm salohiyatiga qanday ta’sir
ko‘rsatayotgani yoritiladi. Tadqiqot metodlari sifatida statistik tahlil, kontent tahlil,
qiyosiy yondashuvlar qo‘llanildi. Maqola yakunida Samarqand viloyatining
xalqaro turizmda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar
va takliflar bildirilgan.
Kalit so‘zlar: global turizm, sayyohlik salohiyati, Samarqand, raqamli turizm,
barqaror rivojlanish, madaniy meros, iqtisodiy ta’sir.
АННОТАЦИЯ. За последнее десятилетие туризм стал одной из самых
динамично развивающихся отраслей мировой экономики. В период с 2015 по