5. Ibn Khordadhbeh – Abu’l-Kasim Obaydallah ibn Abdallah Ibn Khordadhbeh,
Kitab al-Masalik wa’l-mamalik / Ed. M. J. de Goeje, BGA, pars 6. Lugduni
Batavorum: E. J. Brill, 1889, p. 1 – 183.
6. Kârnâmak – Kârnâmak-i Artakhshîr-i Pâpakân. Memoirs of king Ardashîr, the
founder of the Sassanian dynasty / The Pehlvi text transliterated in Roman
characters and translated into Gujârati. With a corresponding account of his life,
taken from the Shah Nameh of Firdosi / Ed., with copious notes by Kaikobâd
Adarbâd Dastȗr Nosherwân. Bombay: Education Society’s Steam Press, 1896.
7. Macoudi – Macoudi. Les prairies d’or / Text et traduction C. Barbier de
Meynard, t. I – IX. Paris: Societe Asiatique, 1861 – 1877.
8. at-Tabari – Abu Djafar Mohammed ibn Djarir at-Tabari, Annales / Ed. M. J. de
Goeje, I – III series, Lugduni Batavorum: E. J. Brill, 1879 – 1901.
9. Та’рих-и Систан – Та’рих-и Систан (История Систана) / Перевод,
введение и комментарий Л. П. Смирновой (ППВ, ХLII). М.: Наука, 1974.
10. Wiesehöfer 1996 – Wiesehöfer, Josef. Ancient Persia from 550 BC to
650 AD (transl. by A. Azodi). London: J. B. Tauris & Co., 1996 (2001).
QANG’ DAVLATI TASHKIL TOPISHI BO’YICHA FIKRLAR TAHLILI
Xolmatova Umida. Samarqand Davlat Universiteti
tayanch doktaranti. uholmatova58@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada Markaziy Osiyoning qadimiy davlatlaridan biri —
Qang (Kang, Kangyuy) davlati tarix sahnasida shakllanishi, rivojlanishi va uning
siyosiy hamda madaniy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda arxeologik
topilmalar, yozma manbalar, xususan, Xitoy yilnomalaridagi ma’lumotlar asosida
Qang davlatining miloddan avvalgi III asr – milodiy III asrlar oralig‘ida Sirdaryo
havzasida vujudga kelgani tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Qang davlatining
boshqaruv tizimi, iqtisodiy hayoti, qo‘shni xalqlar — Xitoy, Yuezhi va Kushonlar
bilan bo‘lgan siyosiy aloqalari ham yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Qang davlati, Kangyuy, Sirdaryo, qadimgi tarix, Yuezhi, Kushon,
sug‘diylar, Markaziy Osiyo.
Аннотация: В данной статье рассматривается процесс формирования и
развития одного из древнейших государств Средней Азии — Канг (Кангюй).
На основе археологических находок и письменных источников, в частности
китайских хроник, анализируется возникновение государства Канг в III веке
до н.э. – III веке н.э. в бассейне реки Сырдарья. В статье освещаются вопросы
государственного управления, экономической жизни, а также политические
отношения Канга с соседними народами — Китаем, юэчжи и кушанами.
Ключевые слова: государство Кан, Кангюй, Сырдарья, древняя история,
юэчжи, Кушаны, согдийцы, Центральная Азия.
Annotation: This article explores the formation and development of one of the
ancient states of Central Asia — Kang (Kangju, Kangyuy). Based on
archaeological findings and written sources, particularly Chinese chronicles, the
study analyzes the emergence of the Kang state in the 3rd century BCE – 3rd
century CE in the Syr Darya basin. The article discusses the system of governance,
economic life, and political relations of Kang with neighboring peoples — China,
the Yuezhi, and the Kushans.
Keywords: Kang State, Kangju, Syr Darya, ancient history, Yuezhi, Kushans,
Sogdians, Central Asia.
Yevroosiyo mintaqasi o’zining geografik joylashuvi va tabiiy
xususiyatlariga ko’ra asosan o’troq va ko’chmanchi ukladli xo’jalik asosida
shakllangan davlatlar hukmronligidagi mintaqa hisoblanadi. Ushbu davlatlar esa
aksariyat hollarda daryo bo’ylari hamda madaniy rivojlanganvohalarda
shakllangan. Ilk davlat uyushmalari taxminan mil.avv. IV-III mingyilliklarda
Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hisndiston, Xitoyda vujudga kelgan. Mzazkur
davlatlarda muqaddaslashtirilgan hukmdor shaxsi davlatni jipslashtiruvchi va
birlshtiruvchi siymo bo’lib, u ilohlar va fuqaro orasida “vositachi” hisoblangan
hamda o’zining xarizma xususiyati bilan jamiyat barqarorligi hamda ravnaq
topishini ta’minlagan [Boboyorov 2012 : 66].
E.V.Rtveladze yozma manbalar va arxeologik materiallarning talqinlari
asosida O’zbekiston hududidagi davlatlarning shakllanishini va ilk davlatchilik
jarayonlarini quyidagi to’rtta davrga bo’ladi: birinchi davr – mil.avv II ming
yillikning ikkinchi yarmi –O’zbekiston janubida embrional shaklda davlatga
o’xshash tuzilmaning tashkil topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda o’z
aksini topgan deyish mumkin; ikkinchi davr- mil.avv. I ming yillikda 539-yil-
Baqtriya, Sug’d, Xorazm tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanish: uchinchi
davr- mil.avv. 300-yil- Ahamoniylar bosqini va O’rta Osiyoning Ahamoniylar
davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi
tanaffus; to’rtinchi davr mil.avv. IV asr oxiri mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi
boshi – O’rta Osiyoni Aleksandr Makedonskiy bosib olgandan boshlab (329-327)
ellinlar siyosiy hukmronligi oxirigacha, beshinchi davr mil.avv. II asrning ikkinchi
yarmi-yangi eraning I asr boshi – mahalliy davlatlar: Qang’, Xorazm podsholigi,
Buxoro, Sug’d, Dovon mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuechji
davlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandhari (Hindiston yarim
orolining shimoli-g’arbiy qismi)ga qadar yoyilishi; oltichi davr- yangi eraning I
asri boshi – III asri birinchi yarmi – antic davrda mahalliy davlatychilikning qaror
topishi [Rtveladze, Saidov, Abdullayev, 2001:51].
Qang‘ davlati ham bir necha yirik qabila ittifoqlarining birlashuvi natijasida
paydo bo‘lgan konfederatsiya bo‘lib, u haqida manbalarda ba’zi ma’lumotlar yetib
kelgan. [ bu fiktni soha mutaxassislari ham e’tirof etishadi (qarang Klyashtorniy.
2008:14-21]. Jumladan, Qang‘ davlati to‘g‘risida ilk ma’lumotlardan biri Xan
imperiyasi (mil. avv. 202 – milodiy 220 yillar) tarixchisi Sima Tsyan (mil. avv.
148–86 yillar)ning “Shi tszi” (“Tarixiy yillnomalar”) asarida keltirilgan [Kyuner
1961: 103-104]. Xitoy sayyohining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Qang‘ davlati
janubi-sharqdan Dovon (Farg‘ona), shimoli-sharqdan Yettisuv, g‘arbdan Baqtriya
davlatlari bilan chegaralanadigan mintaqada joylashgan. Uning asosiy aholisi
ko‘chmanchilardan iborat bo‘lib, Farg‘ona, Sug‘d kabi o‘troq vohalarda yashovchi
aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Qang’ to’g’risidagi ma’lumotlar zardushtiylikning muqaddas kitobi
“Avesto” da ham keltirilgani bilan ahamiyatli. Qang’ to’g’risida “Avesto” da
quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
“Ардви Сура шаънига -О, муқаддас Ардви Сур
Кўксини от ёли узра Қўрқмас Варсакининг
Ташлаб, намоз йўллади Авлодларини енгай.
Довюрак жангчи Туса. ... Муқаддас Қангхадаги
Ва тағин Ардвига: Хшатросуктанглиги
Менга бер омад, - деди, (Ичра тўқнашган чоғда)” [ Is’hoqov
2001 : 22-23].
Keltirilgan ma’lumotlar tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, Qang‘ davlati o‘z
harbiy va dovyurak jangchilariga ega bo‘lgan davlat bo‘lgan. “Avesto”da
keltirilgan Qangxa bu Qang‘ davlati ekanligiga shubha yo‘q. Chunki bu davrda
ushbu nomdagi boshqa davlat mavjud bo‘lmagan. Faqatgina ushbu davlatning
qaysi hududlarga to‘g‘ri kelishi masalasida bahslar mavjud.
Eron va Turon xalqlari madaniyatiga doir yozilgan Abulqosim Firdavsiy
(934–1024)ning “Shohnoma” asarida ham keltirilgan bo‘lib, unda Qangdiz
afsonaviy Siyovushning yurti bo‘lgani qayd etiladi [Shohnoma 1971:736].
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar umumiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularda
Qang‘ning aynan qaysi geografik arealda va qaysi omillar asosida shakllangani
keltirilmagan. Shu bois, sohaga doir tadqiqotlarga murojaat qilish maqsadga
muvofiq.
S.P. Tolstov fikrlariga ko‘ra, Qang‘ davlati Amudaryo va Sirdaryoning quyi
oqimlariga to‘g‘ri keladi. Aniqrog‘i, olim Xorazm hududlarini Qang‘ davlatini
lokalizatsiyalashda asos qilib olgan [Tolstov 1948: 21-22]. P. Zohidov esa Xorazm
vohasi tangalarini tadqiq etgan holda S.P. Tolstov fikrlariga qarshi holdaXorazm
Qang‘ davlati tarkibiga kirmagan deb hisoblaydi. B.I. Vaynberg Qang‘
konfederatsiyasi chegaralari Shimoliy Kaspiybo‘yidan Farg‘onagacha va Janubiy
Uralbo‘yidan shimolda Qoraqumgacha cho‘zilganini ilgari suradi. A.
Muhammadjonovga ko‘ra, Qang‘ yurtlari Dovan (Farg‘ona), shimoliy-sharqda
Usun (Uyg‘ur) va Yuechji (Tohar) qabilalari yerlariga, shimoliy-g‘arbda Sirisu
daryosi, g‘arbda Yaksart (Sirdaryo)ning quyi oqimi va Xorazm bilan
chegaralangan.
Turkshunos olim L.N. Gumilev ham xitoylarning “Tsian Xan-shu”
yilnomasiga tayangan holda (bunda olim Qang‘ sharqda hunlarga bo‘ysungan
degan ma’lumotga asoslangan) Qang‘ davlatining vujudga kelgan hududlari
to‘g‘risida ma’lumot keltirib, ta’kidlaydiki, Qanguy Sharqiy Qozog‘iston
dashtlarida, Balxash va Irtish ko‘llari oralig‘ida joylashgan.[ Гумилев 1960: 166-
167].
Ilk o‘rta asrlar davriga oid xitoy yilnomalari asosida N.Ya. Bichurin Sug‘d,
Xorazm va Sirdaryoning o‘rta hamda quyi oqimlari ham Qang‘ davlati tarkibida
bo‘lganini keltiradi [Бичурин. 1950: 147-152]. Bu turli-tuman talqinlar
Qang‘ning vujudga kelgan geografik mintaqasini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu
bois ham Qang‘ davlatining aynan qayerda vujudga kelganligi to‘g‘risida barqaror
fikr mavjud emas.
Siyosiy tuzilma sifatida Qang‘ davlati Qang‘ar qabilalari boshliqlari
homiyligida birlashgan ko‘chmanchi va yarim o‘troq qabilalarning
konfederatsiyasi bo‘lib, ular miloddan avvalgi II asrgacha ham shakllangan
bo‘lishi mumkin. Dastlab bu kichik ittifoq bo‘lib, janubda Yuechjilar hokimiyatini
tan olgan, sharqda esa Hunlarga qaram bo‘lgan. Ammo asta-sekin, mil.avv. II
asrdan eramizning II asrigacha u qudratli davlatga aylangan, unga ko’plab
qo’shnilari qaram bo’lib qoldi. Jumladan, Xoy Xan-shu yilnomasiga ko’ra, sarmatalan (Yantsay) qabila ittifoqi ham Qang’ davlati tarkibida bo’lgan. G’arbda
,uxitoyga qarshi urushda Dovonning kuchli ittiqfoqchisi sifatida harakat qilgani
ma’lum. [Litvinskiy. 1968 : 1819]
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Boboyorov 2012 – Boboyorov G’. G’arbiy Turk xoqonligining davlat
tuzumi: tarix fanlari doktori aftareferati. Toshkent. Sharqshunoslik instituti, 2012
2. Rtveladze, Saidov, Abdullayev, 2001- Rtveladze E.V., Saidov A.X.,
Abdullayev B. Qadimgi O’zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan
lavhalar. ..
3. Is’hoqov 2001 – Vesto: Yasht kitobi M. Is’hoqov tarjimasi. Toshkent:
Sharq, 2001.
4. Shohnoma 1971 – Abulqosim Firdavsiy Shohnoma. 1-tom Fors tilidan
Sh.Shomuhammedov tarjimasi. Toshkent: adabiyot va san’at. 1971.
5. Tolstov 1948- Толстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историкоархеологических исследований. Москва: Наука, 1948. табл. 85. С. 21-22.
6. Гумилев 1960: - Гумилев Л.Н. Хунну. Средняя Азия в древние
времена. Москва: Издательство Восточной литературы, 1960.
7. Бичурин. 1950: - Бичурин Н.Я. (Иакинф) Собрание сведений о
народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. В 3-х томах. Москва-
Ленинград: Изд. АН СССР, 1950. Том I.
8. Litvinskiy. 1968 - Литвинский Б.А. Кангюско-сарматский фарн (к
историко-культурным связям племен России и Средней Азии). Душанбе:
Дониш, 1968. С. 1819.
ИСТОРИЧЕСКАЯ ТОПОНИМИКА РЕГИОНОВ АЛТАЙ И АЛА-ТОО
(ПАРАЛЛЕЛИ)
Дуйшеев Женишбек Аматысакович
Кандидат исторических наук,
профессор кафедры философии
Международного университета
имени К.Ш.Токтомаматова
г.Манас, Кыргызстан
duysheev@mail.ru
orcid: 0009-0006-1179-5533
ИСТОРИЧЕСКАЯ ТОПОНИМИКА РЕГИОНОВ АЛТАЙ