ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Pop” atamasi haqida

Qo‘ldashev Sherali Temuralievich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

Diyarbakır'a yürüyüşü ve onun bir süre Gence'de ikamet ettiğinden yazar (Tihranî
2014: 121).

Siyasi süreçlerin içinde olmak veya onlardan kenarda kalmak, savaşlar ve
doğal felaketler bir şehrin önemini artırıp azaltabilirler. Bunlar ayrı ayrı büyük bir
etkiye sahip olmasalar da aynı sebepler bir yerde baş gösterirse o zaman ciddi bir
değişiklik meydana gelebilir.

Ədəbiyyat
1. el-Mukaddesi 2015 - Muhammed b. Ahmed el-Mukaddesi. Ahsenüt-taksim.
Çeviri ve notlar: Ahsen Batur. İstanbul, 2015
2. Vəlixanlı 2015 - Vәlixanlı N. Azәrbaycan VII-XII әsrlәrdә: tarix, mәnbәlәr,
şәrhlәr. Bakı, Elm, 2016
3. Müntəxəbat 2014 - Azәrbaycanın qәdim tarixinә dair yazılı mәnbәlәr. Bakı:
Turxan, 2014
4. Əliyeva 2020 - Əliyeva N.A. “Mucәm әl-buldәn” әsәrindә Azәrbaycan vә
Qafqaz. Bakı, “Elm vә tәhsil” 2020
5. Hudûdü'l-Âlem 2018 - Hudûdü'l-Âlem Mine'l-Meşrik İle'l-Magrib.
Çevirmenler Murat Ağarı, Abdullah Duman. İstanbul: Ayışığı kitapları, 2018
6. Rashiduddin 1999 - Rashiduddin Fazlullah`s Jami ut-Tawarikh. Compendium
of Chronicles. The history of Mongols / English translation and annotation by W.
M. Thackston. Harvard: Harvard University Department of New Eastern
Languages and Civilizations, 1999
7. Ebü’l Fidâ 2017 - Ebü’l Fidâ Coğrafyası (Takvimü`l-Büldan). Tercüme ve
yayına hazırlayan Ramazan Şeşen. İstanbul: Yeditepe yayınevi, 2017
8. el-Ömerî 2014 - Şihabeddin b. Fazlullah el-Ömerî. Türkler Hakkında
Gördüklerim ve Duyduklarım (Mesaliku'l Ebsar). Çeviren D. Ahsen Batur.
İstanbul, Selenge Yayınları, 2014
9. Ahmed bin Mahmud 1977 - Ahmed bin Mahmud. Selçukname: 2 ciltte,
İstanbul, 1977
10. Quliyev 2022 - Quliyev B. N. XIII – XV әsrlәr Azәrbaycan elm vә mәdәniyyәt
tarixi, Bakı, 2022
11. Kalankatuklu 2006 - Moisey Kalankatuklu. Albaniya tarixi., Mxitar Qoş.
Alban Salnamәsi. Tәrcümә edәn, müqәddimә, qeyd vә şәrhlәrin müәllifi Ziya
Bünyadov. Bakı: "Avrasiya press", 2006
12. Gəncəvi 2004 - Gәncәvi N. İskәndәrnamә. İqbalnamә. Bakı, "Lider nәşriyyat",
2004
13. Əliyarlı 2007 - Azәrbaycan tarixi üzrә qaynaqlar. İkinci nәşrin tәrtibçisi vә
redaktoru S. Əliyarlı. Bakı: "Çıraq", 2007
14. İbnü'l Esir 2015 - İbnü'l Esir. İslam Tarihi (el-Kamil fi’t-Tarih Tercümesi) .
11.cilt. İstanbul, Bahar yayınları, 2015
15. Tihranî 2014 - Ebu Bekr-i Tihranî. Kitab-ı Diyarbekriyye. Çeviren Mürsel
Öztürk. Ankara: Türk Tarih Kurumu yayınları, 2014

“POP” ATAMASI HAQIDA

Qo‘ldashev Sherali Temiralievich

Oriental universiteti v.b. professori, tarix fanlari doktori
+998909268360

sherali.kuldashev@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada, Namangan viloyatidagi Pop shaharining qadimiy
nomi tahlil qilingan. “Bob, Bop, Pob” shaklidagi bu toponim tarixiy
geogorafiyadagi muammoli masalalardan biri sifatida beriladi. Ushbu atamani
arab, sug‘diy, fors, xitoy va turkiy tillardagi nomlari tahlil qilingan. Uning
“darvoza”, “daryo kechuvidagi shahar”, “qal'a”, “qulay, bop” ma'nolari bilan birga,
Turkistonda islom dinining tarqalishiga katta hissa qo‘shgan allomalar ismiga
“bob” so‘zi qo‘shilganligi berilgan. Manbalardagi ma'lumotlar tahlil qilinib xulosa
berilgan.

Kalit so‘zlar: Pop, Bob, tarix, geografiya, toponim, darvoza, qal'a, tahlil,
xulosa.

Аннотация. В статье анализируется древнее название города Поп в
Наманганской области. Этот топоним в форме «Боб, Боп, Поб» представлен
как один из проблемных вопросов исторической географии.
Проанализированы наименования этого термина в арабском, согдийском,
персидском, китайском и тюркских языках. Наряду со значениями «ворота»,
«город у переправы», «крепость», «удобный, боп», отмечается, что слово
«боб» добавлялось к именам учёных, внёсших большой вклад в
распространение ислама в Туркестане. Проанализированы сведения в
источниках и сделан вывод.

Ключевые слова: Поп, Боб, история, география, топоним, ворота,
крепость, анализ, заключение.

Abstract. The article analyzes the ancient name of the city of Pop in the
Namangan region. This toponym in the form of “Bob, Bop, Pob” is presented as
one of the problematic issues in historical geography. The names of this term in
Arabic, Sogdian, Persian, Chinese and Turkic languages are analyzed. Along with
its meanings of “gate”, “city at the river crossing”, “fortress”, “convenient, bop”, it
is noted that the word “bob” was added to the names of scholars who made a great
contribution to the spread of Islam in Turkestan. The information in the sources is
analyzed and a conclusion is drawn.

Keywords: Pop, Bob, history, geography, toponym, gate, fortress, analysis,
conclusion.

Pop haqida o‘rta asrlarda yozilgan tarixiy asarlarda ko‘plab ma'lumotlar
uchraydi. Manbalarda “Pop” atamasining dastlabki ko‘rinishi “Bob” ‫ (باب)‬shaklida
keltiriladi. Arab o‘rta asrlar geografiyasi fanining ilk taniqli vakillaridan biri
Istaxriy (IX–X) Farg‘ona vodiysida “Bob” nomli shahar mavjudligini yozib
qoldirgan[Al-Istakhri, 1967: 336]. Qariyb xuddi o‘sha davrlarda (taxminan, 982-
yili) yozilgan “Hudud al-olam” asarida Popga oid quyidagi ma'lumotlarga duch
kelamiz: “Bob – atrofida ekinzorlar ko‘p, ash-Shosh daryosi (Sirdaryo nazarda
tutilmoqda – muallif) bo‘yida joylashgan katta va boyliklarga mo‘l shahardir.

Turmuqonda turklarning hujum qilish xavfi bo‘lgani tufayli karvonlar u yerda
to‘xtamay, Bobga borganlar. Yonidan Uzkand va Xatlom daryolari oqib
o‘tadi”[Hudud ul-olam, 2007: 24].

Xuddi shu asarning boshqa nashrida: “Yana biri O‘zgand daryosi. Xallux
tog‘i yon bag‘ridan boshlanadi. O‘zgand, Bob (Pop) shahri, Axsikat, Xo‘jand,
Banokatdan oqib o‘tadi. (So‘ngra) Choch hududiga yetadi. Sutkand, Porob kabi
ko‘pgina shaharchalardan o‘tadi. Jand va Javora yerlariga oqib boradi hamda
Xorazm dengizi (Orol dengizi nazarda tutilgan) ga quyiladi.

Yana biri Xatlam daryosi (Norin daryosi). Maniso tog‘i(O‘rta Tyanshan
tizmasi)dan Xallux(Farg‘ona va Oloy tizmalari) va Yag‘ma (O‘rta Tyanshan tog‘i
tizmalaridan biri) o‘rtasidagi chegaradan boshlanadi. Xatlam shahridan oqib
o‘tib, Bob yaqinigacha boradi va O‘zgand daryosiga quyiladi” [Hudud ul-olam,
2007: 9].

Boshqa arab manbalarida ushbu shaharning geografik joylashuv o‘rni haqida
ham axborot uchraydi. Ibn Xo‘rdodbeh Bob shahri Turmuqondan uch farsax (1
farsax 6-7 chaqirim) deb yozgan [Ibn Khordadhbeh,1967 :30] bo‘lsa, Muqaddasiy
fikricha, u Axsikatdan 2 barid yoki 4 farsax masofada joylashgan[Al-
Moqaddasi,1877: 341].

Tadqiqotchi Lur'ening fikricha, “Pop” atamasini arab va sug‘diy tillardagi
manbalarni tahlil qilgan holda ikki hil ma'nodagi so‘z deb biladi. Birinchisi “daryo
kechuvi” bo‘lib, aynan Pop qal'asini oldida azim Sirdaryodan kechib o‘tish mumkin
bo‘lgan joy ma'nosida qo‘llagan. Ikkinchisi “qal'a” degan ma'noni anglatadi. Pop
qal'asi tabiiy o‘sha davrda atrofi devor bilan o‘ralgan qal'a bo‘lgan.

Manbalarda keltirilishicha, hijriy 118-yili (736) bobliklar va sug‘dlar turk
xoqonining qo‘shini tarkibida arablarga qarshi kurashgan[At-Tabari,1964: 1609].

Ayrim tadqiqotchilar Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy kabi o‘rta asr
mualliflarining asarlariga tayangan holda “Pop” atamasi arabcha “darvoza”,
“eshik” ma'nosini anglatadi, deyishadi. Ular Pop shahri vodiyning g‘arb tomonidan
kirib kelishdagi birinchi shahar, deb hisoblaydi [Qoraev, 1978:101]. Muhammad
G‘iyosiddin ibn Jaloliddinning “G‘iyos ul-lug‘atat” asarida: “Bob deb arab tilida
darvozani aytiladi. Ammo turkiy va forsiy tilda esa mutanosib, muvofiq, loyiq
degan ma'nolarini bildiradi”[ Ro‘zinov B., Rajabova S., Ismoilov Yu., Kasimov N,
2013: 12].

Biroq, qadimiy Pop shahri deb faraz qilingan Qirqhujra yoki Munchoqtepa
yodgorliklari shimoliy Farg‘ona hududida, vodiyning kirish yo‘lagidan ancha
shimolroqda joylashgan. Tadqiqotchilar aytgandek bo‘lganda edi, qadimiy Popga
karvonlar ko‘proq Qurama tizmasidagi Kandir yoki Qamchiq dovonlari orqali o‘tib
kelmas edi. O‘rta Osiyoning, jumladan, Farg‘ona vodiysining boshqa joy nomlari
ham arab yoki fors tilidan olingan nomlari etimologik ma'nolari asosida talqin
qilingan. Arablar bostirib kelmasidan oldin ham bu joy nomlari mavjud bo‘lgan.
Shuning uchun bu hududdagi joy nomlarining ma'nolarini balki turkiy va shu
atrofdagi mintaqalarga keng tarqalgan sug‘diy tildan ham axtarish zarurdir. Rus
sharqshunosi A. N. Bernshtam “Qadimgi Farg‘ona” asarida bu fikrni quvvatlab:

“Ehtimol, hozirgi Pop qishlog‘ining nomi qadimiy, hatto arablargacha bo‘lishi
mumkin”, deb yozadi[Bernshtam, 1961: 32].

“Pop” atamasining paydo bo‘lishi to‘g‘risida xalq orasidagi rivoyatlar va
afsonalar hamda shevadagi so‘zlarda ham ba'zi ma'lumotlar uchraydi. Tilshunos
tadqiqotchi O. Sharipov bu borada shunday deydi: “Pop aholisi o‘zining tarixi
haqida quyidagicha fikr yuritadi: Xitoy askarlari shu yerga kelgan ekanlar.
Ulardan besh-o‘ntasi endi qarib qolibmiz, deb shu yerda qolgan ekanlar. Ular
oldingi uyg‘urlardan ekan. Bir kuni Pop soyiga chiqib qarasa, yaxshi joy ekan.
Ular mana shu yer biz “bop” joy ekan, deb qolgan ekanlar”[ Sharipov, 1962: 10].

Bu misolda “pop” atamasi turkiydagi “qulay”, “bop” ma'nosini anglatmoqda.
Tarixiy manbalarda, uzoq o‘tmishda Xitoy davlati qo‘shini Farg‘ona vodiysiga
bostirib kelgani haqida ma'lumotlar uchraydi[Sima-Syan, 1975]. Lekin ularning
xalq og‘zaki naqllari bilan tarixiy bog‘liqligi aniq isbot talab qiladigan holatdir.
Shunga qaramay, Pop tumanidagi uyg‘urlar bilan bog‘liq “Uyg‘ur”, “Oxunlar
mozori” (G‘urumsaroyda) va “Bochinyon” (Chodakda) joy nomlari mavjudligi bu
rivoyatlarni ham e'tibordan chetda qoldirmaslikni taqozo qiladi[Bahromzoda,
2000: 22]. Biroq ular “Pop” atamasining kelib chiqishini aniqlash uchun hozircha
hech qanday ilmiy asos bo‘la olmaydi. Aksincha, tadqiqotchi ular ushbu masala
yechimini chigallashtirib yuborishi mumkinligidan ehtiyot bo‘lishi lozim.

V.V. Bartold yozishicha, Turkistonda islom dinining tarqalishiga katta hissa
qo‘shgan allomalar ismiga “bob” so‘zi qo‘shilgan[Bartold, 1967: 118]. Masalan,
Langar Bob, Arslon Bob kabi. X asrda Pop shahrida ulug‘ shayx va donishmand
Umar Bob Farg‘oniy yashagan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida
Movarounnahrda yashagan ilm va tasavvuf ahli haqida xabar beradi. Ular orasida
Umar Bob Farg‘oniyning nomi ham tilga olinadi[Navoiy, 2001: 150]. Abdurahmon
Jomiy Umar Bob Farg‘oniyning ilm olamidagi salohiyatini tarannum etib she'r
bitgan[Xalilbekov, 2007: 14].

Xullas, bu aytilganlarning barchasi “Pop” atamasi atrofidagi yozma va xalq
orasida og‘zaki tarzda saqlanib qolgan ma'lumotlardir. Kelajakda tadqiqotchilar bu
borada amalga oshiradigan izlanishlarida ulardan foydalanishlari va muammoga
ko‘proq oydinlik kiritishlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. al-Beladsori, Ahmed ibn Jahja ibn Djabir, Liber expugnationis regionum,
quem e codice Leidensi et codice Musei Britannici / Ed. M.J. de Goeje, Lugduni-
Batavorum: E.J.Brill, 1866 (Islamic geography, ed. F.Sezgin, vol. 42. Francfurtem-Main, 1992). r. 420].
2. al-Moqaddasi, Abu ‘Abdallah Mohammad ibn Ahmad Shamsaddin,
Descriptio Imperii moslemici / Ed. M.J. de Goeje, BGA, pars 3. Lugduni-
Batavorum: :E.J.Brill,1967. (1877). r. 262].
3. Chavannes E. Documents sur les Tou-Kiue (Turks) occidentaux // Сборник
трудов Орхонской экспедиции, вып. 6. СПб., 1903.

4. Hudūd al-‘Ālam, the Regions of the World. A Persian geography / Translated
and explained by V. Minorsky. – London, 1970. - p. 72, 73, 113
5. Ibn Khordadhbeh, Abu-l-Kasim ‘Obaydallah ibn ‘Abdallah, Kitab al-Masalik
wa-l-mamalik / Ed. M.J. de Goeje, BGA, pars 6, Lugduni-Batavorum: E.J.Brill,
1967.
6. Al-Istakhri, Abu Ishak al-Farisi, Viae regnorum / Ed. M.J. de Goeje, BGA,
pars 1. Lugduni-Batavorum: E.J.Brill, 1967.
7. Alisher Navoiy. Nasoim ul-muhabbat. Mukammal asarlar to‘plami. 17 jild. –
Toshkent: Fan, 2001.
8. Бабур-наме. Записки Бабура / Перевод М.Салье. Отв. ред.
С.А.Азимджанова. Ташкент: Изд-во АН УзССР, 1958 (1992). 4б, 5а, 7б ...
234аб варақлар].
9. Бартольд В. В. Сочинения, т. 5. – Москва., 1967.
10. Бернштам А. Н. Древняя Фергана. Изд. АН УзССР. – Тошкент: 1961.
11. Қораев С. Географик номлар маъноси. – Тошкент: Ўзбекистон. 1978.
12. Лурье П.Б. Историко-лингвистический анализ согдий-ской топонимии.
Диссертация. к. филол. н. СПб.: ЛО ИВ РАН, 2004. – C. 90, 95].
13. Рўзинов Б., Ражабова С., Исмоилов Ю., Касимов Н. Наманган вилояти
маданий мероси. – Наманган., 2013.
14. Согдийские документы с горы Муг. Чтение, Перевод. Комментарий.
Вып. 3. Хозяйственные документы//Чтение, перевод и комментарии
М.Н.Боголюбова и О.И.Смирновой. М.: Изд-во вост. лит-ры, 1963. – C. 101 –
102].
15. Сыма-Цянь. Исторические записки (Ши цзи). Пер. c кит. Р.В. Вяткина и
Таскина. Т. I-IV. – Москва., 1975.
16. Ўлмас Баҳромзода. Чодак (қишлоқ тарихидан лавҳалар). Наманган,
2000.
17. Халилбеков А. Наманган адабий гулшани. – Наманган, 2007.
18. Ҳудуд ул-олам / Масъул муҳаррир Мирсодиқ Исҳоқов. – Тошкент:
O’zbekiston, 2007.
19. Шарипов О. Ўзбек тилининг Поп шеваси. Ф. ф. к. илмий даражасини
олиш учун ёзилган диссертация. – Тошкент, 1962.

QASHQADARYO VILOYATIDA URUG‘ NOMLARI BILAN BOG‘LIQ
TOPONIMLAR

Oriental universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”
kafedrasi katta o’qituvchisi

Kabulov Rustam Jumaniyozovich
Annotatsiya: Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati hududida shakllangan
urug‘-qabila nomlari bilan bog‘liq toponimlarning kelib chiqishi, ularning tarixiyetnografik zaminlari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida
qarluqlar, chigillar, barloslar, qo‘ng‘irotlar, qipchoqlar, mang‘itlar kabi o‘zbek
xalqining etnik tarkibiga kiruvchi asosiy urug‘larning joy nomlaridagi aks-sadosi
ko‘rsatib beriladi. Toponimlarning shakllanishi, rivoji, fonetik va semantik