ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

XII–XIII asrlar Xorazm Anushteginiylar davri etnosiyosiy jarayonlarida Dashti Qipchoq

Raximbayev Xurmat Xursand o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ETNOGENEZ VA ETNIK TARIX MASALALARI

XII – XIII ASRLAR XORAZM ANUSHTEGINIYLAR DAVRI
ETNOSIYOSIY JARAYONLARIDA DASHTI QIPCHOQ.

Innovation University tarix fani
Raximbayev Xurmat Xursand o’g’li – Urgench o’qituvchisi.

Annotatsiya: XII asr oxiri – XIII asr boshlarida ulkan hududlarni egallagan
Xorazmshoh – anushtaginiylar davlati juda ko’plagan etnik birliklarni o’zida
birlashtirgan bo’lib, bu holat davlat siyosiy jarayonlarga ham bevosita o’z ta’sirini
o’tkazib kelayotgan edi. Ayniqsa, mo’g’ul bosqini arafasida xorazmshoh –
anushteginiylar davlati ichki va tashqi siyosatiga mazkur etnosiyosiy
jarayonlarning ta’siri masalasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur
maqolada XII asr oxiri – XIII asr boshlarida Xorazmshoh – anushtaginiylar
davlatida kechgan etnosiyosiy jarayonlarning mazmun – mohiyati, sulola so’nggi
vakillarining, shu jumladan, Jaloliddin Manguberdining qaysi etnik guruhga
mansubligi, hozirgacha bu borada tarix fanida shakllangan qarashlar tahlil qilinib,
mazkur muammo yuzasidan yangicha xulosalarga kelinganligi yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Xorazmshoh-anushteginiylar, Jaloliddin Manguberdi, Oychechak,
Turkon xotun, qipchoq, qang’li, yemek, boyovut, uron, Nasaviy, Juvayniy,
Rashididdin, Ibn al-Asir, Juzjoniy, V.V. Bartolьd, P.Pelьo, Z.Buniyodov, S.M.
Axinjanov, D.M. Timoxin, V.V. Tishin, Ya. Pilipchuk.
Аннотация: В конце XII — начале XIII века Хорезмшахско-Ануштагинское
государство, занимавшее огромные территории, объединяло большое
количество этнических единиц, и эта ситуация оказала непосредственное
влияние на политические процессы государства. Особенно накануне
монгольского нашествия вопрос о влиянии этих этнополитических процессов
на внутреннюю и внешнюю политику государства хорезмшаховануштегинцев является одной из наиболее актуальных проблем. В данной
статье анализируется содержание и сущность этнополитических процессов,
происходивших в государстве Хорезмшахов-Ануштегинидов в конце XII -
начале XIII века, этнической приналеждности последних представителей
династии, в том числе Джелал ад-дина. Менкбурни, а мнения, сложившиеся в
истории по этому вопросу до сих пор, поясняется, что выводы были сделаны.
Ключевые слова: Хорезмшахи-Ануштегиниды, Джелал ад-дин Менкбурни,
Айчичек, Туркан-хатун, Кыпчак, Кангли, Йемек, Байавут, Уран, Насави,
Джувейни, Рашид ад-дин, Ибн ал-Асир, Джузджани, В.В. Бартольд, П.
Пелъо, З. Буниядов, С.М. Ахинджанов, Д.М. Тимохин, В.В. Тишин, Я.
Пилипчук.
Annotation: At the end of the 12th century - the beginning of the 13th century,
Khorazmshah - the Anushtaginian state, which occupied huge territories, united a
large number of ethnic units, and this situation had a direct impact on the political

processes of the state. Especially on the eve of the Mongol invasion, the question
of the impact of these ethno-political processes on the domestic and foreign policy
of the Khorezmshah-Anushtegin state is one of the most urgent problems. In this
article, the essence of the ethno-political processes that took place in the
Khorezmshah-Anushtagin state in the late 12th - early 13th centuries, the ethnic
group of the last representatives of the dynasty, including Jela ad-din Menkburni,
and the views formed in the field of history until now have been analyzed, and new
conclusions have been reached regarding this problem.
Key words: Khorezmshakhs-Anushteginids, Jela ad-din Menkburni, Ay-Chichek,
Terken Khatun, Kypchak, Kangli, Yemek, Bayavut, uran, Nesevi, Juveini, Rashid
ad-din, Ibn al-Athir, Juzjani, V.V. Barthold, P. Pello, Z. Bunyadov,
S.M.Axinjanov, D.M. Timokhin, V.V. Tishin, Y.Pilipchuk.

KIRISH (INTRODUCTION). Rasman XII asr boshlarida hokimiyatga
kelgan xorazmshoh Anushteginiylar sulolasi vakillarining etnik kelib chiqishi
masalasida ikkita muammoli vaziyat mavjud bo’lib, chuqur ilmiy tahlilni talab
qiladi. Jumladan, sulola ilk vakillarining etnik mansublik muammosi bo‘lsa,
ikkinchisi sulola so’nggi vakillarining qaysi etnik guruhga mansubligi muammosi
hisoblanadi. Mo’g’ullar bosqini arafasidagi Xorazmda kechgan etnik jarayonlar
tarix fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Zero, aynan shu jarayonlar
xorazmshoh – anushteginiylar sulolasining mo’g’ullar tomonidan tugatilishining
sabablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xorazmshoh – anushteginiylar davlatining
so’nggi vakili, vatanparvar sarkarda, mo’g’ullarga qarshi tolmas kurashchi
Jaloliddin Manguberdining qaysi urug’ – qabilaga mansubligi haqida manbalarda
va tarixiy tadqiqotlarda turli qarashlar, turli – tuman va ziddiyatli ma’lumotlar
mavjud.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (LITERATURE
REVIEW). XII asr oxiri – XIII asr boshlarida ulkan hududlarni egallagan
Xorazmshoh – anushtaginiylar davlatida kechgan etnosiyosiy jarayonlar
masalasiga bag’ishlangan alohida yozma manba yo’q. Xuddi shunday bu masalada
alohida tarixiy talqiqotlar ham olib borilmagan. Faqat shunisi ma’lumki, bu
muammo yozma manbalarda biror-bir siyosiy voqea bilan bog’liq holda qisman
keltirilib o’tilgan xolos. SHu jihatdan olganda yozma manbalarda jumladan, an-
Nasaviy, Juvayniy, Ibn al-Asir, Rashididdin va Juzjoniy [] kabi asosiy manbalarda
bu masalada bir-biriga zid va qarama-qarshi fikrlar mavjud bo’lib, ular ham
alohida mavzu sifatida tahlil qilinmagan. SHu jihatdan olganda, eng avvalo,
mazkur manbalarni chuqur ilmiy tahlil qilish zarur.

Umuman olganda bu masala yuzasidan qilingan alohida ilmiy tadqiqot
deyarli yo’q. Faqat qozoq tarixchi olimi S.M. Axinjanovning xorazmshoh –
anushtaginiylar davlatining Dashti Qipchoq ko’chmanchilar dunyosi bilan etnik va
siyosiy munosabatlariga bag’ishlangan tadqiqotlarini hisobga olmaganda [2]. Bu
mavzu yuzasidan asosan bir qancha maqolalar e’lon qilingan. Jumladan,
M.Bayramov, V.V. Bartold, Z. Buniyodov, P.Pel’o, Ya.Pilipchuk, J.M. Sabitov,
D.M.Timoxin, V.V. Tishin [3; 4-5; 6; 10; 12; 14] va shu kabi tadqiqotchilar
maqolalarida bu mavzu yuzasidan manbalarni tahlil qilish asosida ma’lum bir fikr
– mulohazalar bildirib o’tilgan bo’lsada, ammo, bu maqolalar mualliflarining

yakuniy xulosalari turlicha yoki bir – biriga qarama – qarshi. Mazkur mavzu

yuzasidan hozircha yuqoridagi yozma manbalar eng asosiy manbalar hamda

xorazmshoh – anushteginiylar tarixi, jumladan, Jaloliddin Manguberdi hayoti va

faoliyati haqida ko’proq to’xtalib o’tgan tadqiqotchilardan eng muhimlari V.V.

Bartold, P.Pel’o, Z. Buniyodov, S.M. Axinjanov, D.M. Timoxin, V.V. Tishin va

Ya. Pilipchuklar tadqiqotlari hisoblanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (RESEARCH

METHODOLOGY). Maqolada tizimlashtirish, tarixiy-qiyosiy tahlil, tarixiy

ma’lumotlarni umumlashtirish, xolislik tamoyili kabi ilmiy tadqiqot usullaridan

foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR (ANALYSIS AND RESULTS). Endi bu

masala yuzasidan, Xorazm vohasida X – XIII asrlarda kechgan etnosiyosiy

jarayonlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, XI asr boshlaridan ko’p turkiy zabon

qavmlar Xorazmga kirib kelganligining hamda bu vohada etnik jarayonlarni

tezlashtirganligini kuzatish mumkin.

1017 yilda Maxmud G’aznaviy Oltintoshni Xorazmshoh unvoni bilan

Xorazmni boshqarish uchun tayinlaydi. Natijada Xorazmga ko’p sonli turk-

saljuqiy qabilalar shiddat bilan kirib kelgan. 1043 yildan saljuqiylarning Xorazmni

istilo qilishi bilan rang-barang etnik guruhlar kirib joydashadilar. Saljuqiylar bilan

birga Xorazmga o’g’uzlar ham kirib kelgan. Ular eftalitlarning VI-VII asrlar

davomida Yettisuvdan kirib kelgan haqiqiy turk elementlari bilan qo’shilib ketgan

edi [3, 56].

O’g’uz qabilalari Buyuk Xorazmshoh Otsiz davrida faoliyat olib borgan

harbiy qo’shin tarkibida faol qatnashib, aholining mahalliy tiliga ham o’z ta’siri

ham muhim bo’lgan.

SHunday ko’chmanchi qabilalardan biri yabg’u hisoblanadi. XI asrda

yabg’u qabilasi taraqqiyoti jihatidan ancha yuqori turgan. Yabg’u qabilalari

Yangikent atroflarida istiqomad qilib, ular iqtisodiyotida chorvachilik ustunlik

qilgan. O’z yerlarini kengaytirishdan manfaatdor bo’lgan yabg’ular musulmon

mulklariga, shuningdek, Buxoro va Xorazmga ham ko’chib keldilar. Orol-Kaspiy

dashtlari uchun kurashda ular Xorazmliklardan yengiladilar va Otsiz Xorazmshoh

ularning yerlarini Xorazmga qo’shib oladi. Qozoq olimi CH.Valixonov o’z

asarlaridan birida o’zbek qabilalarining joylashishi haqida ma’lumotlar keltirar

ekan, bir qancha viloyatlar qatorida “Xivada va Qo’qonda yabg’ular istiqomat

qilishlari”ni eslatib o’tadi [3, 183].

Turkiy qabilalar o’troq, tub aholi tarkibiga tez aralashib borar edilar. Otsiz

Xorazmshoh Jand bilan Mang’ishloqni o’z yerlariga qo’shib olgandan so’ng

ko’chmanchi qo’shnilar bo’lgan-qipchoqlar va turkmanlarni ham o’z ta’siriga

bo’ysundiradi. Otsiz Xorazmshoh davrida qipchoqlar kuchli harbiy armiyani

tashkil etgan bo’lsalar, Otsizning nevarasi Takash davrida saljuq aslzodalari yirik

yerlarga egalik qiladilar. Qipchoqlar harbiy va davlat ishlariga aralashib

Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol o’ynay boshlaydilar[6, 90; 247].

Takash tashqi siyosatida Xorazm geografiyasini kengaytirishda Otsizning

siyosatini davom ettirishi natijasida mamlakat sarhadlari ikki marta kengaydi.

Yaqin, O’rta va O’rta SHarq xududlari bosib olinda. Lekin, keyinchalik butun

hokimiyat ishlariga qipchoq harbiy aslzodalarining aralashishi mamlakatni

zaiflashtiradi. CHunki bu qipchoqlar Turkan xotun himoyasida bo’lib, uning o’zi

qipchoqlarga qarindosh bo’lgan qiniqli urug’idan va Takashning rafiqasi edi.

Qipchoqlarning saroyda mavqeidan foydalanib, taxt uchun kurashi, buyuk siyosiy

birlashmaning tarix sahnasidan abadiy barham topishiga sababchi bo’lganligini

alohida qayd qilish joiz [6, 90; 247].

Abulg’ozixon turk shajarasi to’g’risida yozar ekan, turk elida beshta urug’

bo’lib, uyg’ur, qipchoq, qalach, qorluq va qiniqli deb eslatib o’tadi. Muallif sanab

o’tgan beshta urug’ ham X asrgacha Xorazm yerlarida joylashgan edilar. Bu

davrda yashagan xorazmiylarni qang’li va turkman qabilalarining hukmron

sulolalari bilan qarindoshlik aloqalari bo’lgan. XII asr boshlarida Xorazmshohlar

bu qabilalardan qiz olib, qiz berganlar. Abulg’ozixon asarida qayd qilingan

ma’lumotlardan ma’lumki, “Qiniqli-Turkman birlan birga o’lturur edilar. Urganch

podshohlaridan Takashxon qiniqlining bir urug’ining qizin oldi. Turkan otliq

Sulton Muxammad Xorazmshoh ul qizdan tug’ildi. Qiniqli xalqidin har kimki ul

zaifaga qarindosh erdi, bir-bir sulton xizmatiga kelib, sulton xizmatina turdilar.

Sulton Muxammad Xorazmshohga qiniqlidan kelib navkar bo’lgan ellik va oltmish

ming bor edi. Turkon xotunning akasi Xumortegin sulton xizmatiga keldi. Sulton

anga Urganchni dorug’alikga berdi” [1, 31]. Turkan xotunning amakivachchasi

Inalchiqqa butun Turkiston viloyatini in’om etadi. Bu fakt shuning uchun diqqatga

sazavorki, Xorazmga turkiy etnik qavmlarni juda katta miqdori XII asrlarda kirib

kelganligidan dalolat beradi. Demak, XII asrda turkiy qavmlar Xorazm yerlarida

mustahkam o’rnashib olganlar. Ular juda ko’pchilikni hosil qilib, o’troq aholi bilan

omuxtalashganlar.

Ettisuvda o’z davlatiga asos solgan qoraxitoylar ham Xorazmga o’z

ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Takashxon xuddi shu qoraxitoylar yordamida

Xorazm taxtini egallab, Xuroson va SHarqiy Eronni o’z davlatiga qo’shib oldi. XI

asrda “g’ulomlar” armiyada asosiy o’rinni egallagan bo’lsalar, XII-XIII asrlarda

yollanma turk kontingentlari asosiy harbiy kuchni tashkil etadilar. Samarqandni

CHingizxon hujumidan himoya qilgan Xorazmshoh Muhammad qo’shinining

yarmidan ko’pini turklar tashkil etgan. “SHaharni mudofaa qilish uchun - deb

yozadi X.Vamberi, –Xorazmshoh 110.000 kishi qoldirdi. Bulardan 60 mingi turk,

50 ming tojik edi”, deb qayd qilgan [7, 159-163; 8, 353-355; 11, 206-208; 13,65-

66]. Yarmi yollangan, yarmi qullardan iborat bo’lgan, shaharlarda yashagan bu

qo’shinlar tub aholi bilan aralashib, turklashish jarayonini tezlashtirganlar. Demak,

Xorazmda turk qavmlarining joylashishi jihatidan eroniy, forsiy qatlamlardan

ustunlik qilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

(CONCLUSION/RECOMMENDATIONS)

Yuqorida qayd qilingan tarixiy ma’lumotlar quyidagi yakuniy xulosaga

kelish imkonini beradi. Xorazm aholisining etnik tarkibi boyib va takomillasha

boshladi. Miloddan avvalgi I ming yillik oxirlarida Jayhun aroflariga shimoldan

ko’chib kelgan turkiyzabon xalqlar, IV-V asrlardagi xioniy, eftal, kidariylar, VI-

VII asrlardagi Turk hoqonligi xalqlari Xorazm aholisi etnik tarkibi muhim o’rin

egallaganlar. X-XII asrlarda ko’chib kelgan talay qabilalar turgash, to’xsi, qorluq,

chigil, yabg’u va o’g’uzlar o’lkaning sharqiy Eron va turk tillarida so’zlashuvchi
aholisi tarkibini etnik jihatdan boyitdi. Bu davrda o’g’uz shevasi shakllanadi.
SHunday bo’lsada, Anushteginiylar sulolasining o’g’uzlarning bekdili urug’idan
kelib chiqqanligi bahsli masala bo’lib, bu sulola vakillarining, ayniqsa sulolaning
so’nggi vakillarining turkman xalqiga mansubligi masalasi manbalarda o’z aksini
topmagan va demak, haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Ya’ni, yuqoridagilardan umumiy
xulosa chiqaradigan bo’lsak, Oychechak va uning o’g’li Jaloliddin Manguberdi
umuman turkman qabilasiga mansub bo’lmaganligi aniq[12, 83-103; 14, 125-185].
Ular qipchoq qabila uyushmasiga mansub yemek qabilasi urug’laridan (bayotboyovut va uron urug’laridan tashqari) birining vakili bo’lganliklari haqiqatga
yaqin.

FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR:
1. Абулғoзий. Шажарайи турк. –Т.: Чўлпoн, 1992. – 125 б.
2. Ахинджанов С.М. Из истории взаимоотношений кипчаков и Хорезма в 12-
нач.13в. – Алма-Ата: Изд-во АН КазССР, 1973. – 136 с.
3. Байрамов М. Об этнической принадлежности Джелал ад-дина Менгуберди
и династии хорезмшахов-ануштегединов. - Ашхабад, 2018// http://turkmenhorezm.blogspot.com/2018/07/blog-post_31.html?view=timeslide
4. Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия //В.В. Бартольд.
Сочинения. – М.: Наука, 1963. Т.1. – 760 с.
5. Бартольд В.В. Сочинения. Работы по истории и филологии тюркских и
монгольских народов// В.В. Бартольд. Сочинения. – М.: Наука, 1968. Т.5. –
759 с.
6. Буниятов З.М. Государство Хорезмшахов-Ануштагинидов 1097–1231 г. –
М: Наука, 1986. – 247 с.
7. Жувайний Алоуддин Атомалик. Тарихи Жаҳонкушо (Жаҳон фотиҳи
тарихи)./ Масъул муҳаррирлар: Ҳ.Болтабоев, М. Маҳмудов. – Тошкент:
MUMTOZ SO’Z, 2015. – 504 б.
8. Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-таʼрих. Полный свод истории /Перевод с
арабского языка, примечания и комментарии П.Г. Булгакова [дополнения к
переводу, примечаниям и комментариям, введение и указатели Ш.С.
Камолиддина]. – Ташкент; Цюрих: Изд-во АН РУз, 2005. – 595 с.
9. Материалы по истории туркмен и Туркмении. Т. I. Арабские и персидские
источники. (VI–XV вв.) / Под ред. С.Л. Волина, А.А. Ромаскевича, А.Ю.
Якубовского. М.-Л.: Наука, 1939. 612 с.
10. Пилипчук Я.В., Сабитов Ж.М. Очерки этнополитической истории
кыпчаков. – Астана, Гылым, 2015. – 248 с.
11. Рашид ад-Дин. Сборник летописей / Пер. с персидского О. И. Смирновой,
редакция проф. А. А. Семенова. – М., Л.: Издательство Академии Наук
СССР, 1952. – Т. 1, кн. 2. – 317 с.
12. Тимохин Д.М., Тишин В.В. Происхождение Теркен-хатун, матери
хорезмшаха Ала ад-Дина Мухаммада: к проблеме соотношения этнонимов в
восточном Дешт-и Кыпчаке в XII-начале XIII вв. в исторических
источниках// Материалы II-й научной конференции средневековой истории
Дешт-и Кыпчака. Павлодар: ТОО НПФ “ЭКО”, 2018. – С.83-103.

13. Шиҳобиддин Муҳаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди
ҳаёти тафсилоти. / Камол Матёқубов таржимаси./ – Т.: O’zbekiston, 2006. –
384 б.
14. Pelliot P. A propos des Comans // Journal Asiatique. 1920. XI série. T. XV.
№1. P. 125–185.

ETNIK TARIXNI O‘RGANISH KONSEPSIYALARI:
TARIXSHUNOSLIKDA ETNOGENEZ MUAMMOSI

Solijonov Otabek Ulug‘bek o‘g‘li
University of Business and Science

Toshkent filiali o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada etnogenez va etnik tarixni o‘rganishga doir turli
nazariy yondashuvlar tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Unda etnik
shakllanish jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar, ilmiy konsepsiyalarning
rivojlanishi hamda ularning zamonaviy tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati yoritib
beriladi.
Kalit so‘zlar: Etnogenez, etnik tarix, tarixshunoslik, nazariy konsepsiyalar,
etnik jarayonlar, xalq shakllanishi, madaniyat, antropologiya, millat, tarixiy
taraqqiyot.
Abstract: The article analyzes various theoretical approaches to the study of
ethnogenesis and ethnic history from the perspective of historiography. It
highlights the factors influencing the processes of ethnic formation, the
development of scientific concepts, and their significance in modern historical
research.
Keywords: Ethnogenesis, ethnic history, historiography, theoretical concepts,
ethnic processes, nation formation, culture, anthropology, nation, historical
development.
Аннотация: В статье анализируются различные теоретические подходы
к изучению этногенеза и этнической истории с точки зрения историографии.
Выявляются факторы, влияющие на процессы этногенеза, развитие научных
концепций и их значение в современных исторических исследованиях.
Ключевые слова: Этногенез, этническая история, историография,
теоретические концепции, этнические процессы, формирование нации,
культура, антропология, нация, историческое развитие.
Etnik tarixni o‘rganish konsepsiyalari insoniyat taraqqiyoti jarayonida
xalqlarning kelib chiqishi, shakllanishi va rivojlanishini tushunishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Tarixshunoslikda etnogenez muammosi turli nazariy
maktablar va ilmiy yo‘nalishlar tomonidan turlicha talqin etilib, bu borada ko‘plab
konseptual yondashuvlar shakllangan. Etnogenez masalalari faqat biologik yoki
madaniy omillar bilan cheklanmay, balki ijtimoiy, siyosiy va geografik sharoitlar
bilan ham uzviy bog‘liqdir. Mazkur maqolada etnik tarixni tadqiq etishning asosiy
nazariyalari, ularning shakllanishi va tarixshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Etnos nazariyasi – XX asr va XXI asrning boshlarida rus fanida etnologiya
(etnografiya)ning hodisasi va oʻrganish obʼyekti sifatida etnos (xalq) mohiyatini
tavsiflovchi fikr va mulohazalar yig‘indisidir. Ushbu mulohazalarning o'ziga xos
xususiyati primordializm va biologizm edi. Etnos nazariyotchilari etnosning tabiati