ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Nurobod tumani etnoiqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi: tarixshunoslik va manbashunoslik tahlili”

Shodiyorov Umrzoq Ibodullo o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“NUROBOD TUMANI ETNOIQTISODIYOTINING
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI: TARIXSHUNOSLIK VA

MANBASHUNOSLIK TAHLILI”
Shodiyorov Umrzoq Ibodullo o‘g‘li

UBS Toshkent filiali stajyor o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada Samarqand viloyati Nurobod tumanining
etnoiqtisodiy taraqqiyoti tarixiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida tahlil
etilgan. Unda an’anaviy xo‘jalik shakllari, mahalliy iqtisodiy modelning
evolyutsiyasi hamda zamonaviy islohotlarning etnik jarayonlarga ta’siri
tarixshunoslik nuqtayi nazaridan yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Nurobod tumani, etnoiqtisodiyot, an’anaviylik, zamonaviylik,
tarixshunoslik, manbashunoslik, iqtisodiy taraqqiyot, etnik jarayonlar, Samarqand
viloyati, madaniy meros.
Annotation: The article analyzes the ethno-economic development of the
Nurabad district of Samarkand region based on historical sources and modern
research. It covers traditional economic forms, the evolution of the local economic
model, and the impact of modern reforms on ethnic processes from the point of
view of historiography.
Key words: Nurabad district, ethnoeconomics, tradition, modernity,
historiography, source studies, economic development, ethnic processes,
Samarkand region, cultural heritage.
Аннотация: В статье на основе исторических источников и
современных исследований анализируется этноэкономическое развитие
Нурабадского района Самаркандской области. Рассматриваются
традиционные формы хозяйствования, эволюция местной экономической
модели, а также влияние современных реформ на этнические процессы с
точки зрения историографии.
Kлючевые слова: Нурабадский район, этноэкономика, традиция,
современность, историография, источниковедение, экономическое развитие,
этнические процессы, Самаркандская область, культурное наследие.

Nurobod tumani aholisining iqtisodiy hayoti, turmush tarzi va xо‘jaligi
haqidagi ma’lumotlar XIX asr yarmi va oxirlarida nashr etilan rus olim va
sayyohlari asarlarida uchraydi. Ular jumlasiga 1843 yilda nashr etilgan rus sayyoh
olimi V.N.Xanikov”[1] (1843), G.A.Arandrenko[2] (1889)ning asarlarini misol
sifatida keltirib о‘tish mumkin.

Dastlabki guruhga taaluqli adabiyotlarda jumladan, XX asr boshlaridagi
Nurobod tumani aholisining etnik tarkibi, dehqonchilik, chorvachilik va savdosotiq, qishloqlardagi iqtisodiy-ijtimoiy turmush, hayot farovonligi darajasi hamda
oila byudjetiga tegishli ayrim statistik ma’lumotlar bayon etilgan[3].

Ta’kidlash lozimki, XX asrning boshlarida yaratilgan ishlarda
etnoiqtisodiyot masalasi maxsus mavzu sifatida emas, balki geografik, iqtisodiy,
statistik, ma’muriy masalalar bilan birgalikda о‘rganilgan. Mazkur adabiyotlarning
qiymati ularning shaxsiy kuzatuvlarga asoslanib yozilganligi va yuqorida tilga
olingan tadqiqotchilarning ishlari Nurobod tumani aholisining xо‘jaligi,

etnoiqtisodiy jarayonlarning xalq turmush tarziga ta’siri haqida boshqa manbalarga
nisbatan tо‘liqroq, shu bilan birgalikda, haqiqatga yaqin ma’lumotlar bergani bilan
belgilanadi.

XX asr boshlarida О‘rta Zarafshon (Nurobod tumani)ni о‘rganish maqsadida
tashrif buyurgan tadqiqotchilar о‘z xizmat vazifalarini bajarish bilan bir qatorda,
mintaqa aholisining etnik tarkibi, turmush tarzi va savdo munosabatlariga ham
qiziqqanlar. Xususan, aholining etnik tarkibi, xо‘jalik mashg‘ulotlari va turmush
tarzini о‘rganish bilan birga, о‘sha davrda kechgan etnoiqtisodiy jarayonlar
xususida ham muhim ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.

Nurobod tumani aholisining etnik tarkibi, turmush tarzi, xо‘jalik faoliyati va
an’analari, umuman kundalik hayotiga doir dastlabki ma’lumotlar, ilmiy
kuzatishlar Rossiya imperiyasining davriy nashrlarida ham uchraydi. Jumladan,
Rossiya imperiyasi ma’muriyati tomonidan muntazam chop etib boriladigan
“Samarqand viloyat ma’lumotnoma kitobchasi”da Zarafshon vohasning ma’muriy
bо‘linishi, tabiiy sharoiti, siyosiy va aholining iqtisodiy ahvoliga oid ma’lumotlar,
aholi sonining о‘sishi, milliy tarkibi, volost, qishloq jamoalari va qishloqlar
aholisining etnik tarkibi, dehqonchilik, chorvachilik hunarmandchilik va
xо‘jalikning boshqa turlari, mehnat qurollari, savdo-sotiq, oilaviy – maishiy
turmushi hamda urf-odatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilingan ushbu
tо‘plamlarda Rossiya imperiyasi ma’murlari, olimlar, tadqiqotchilarning
maqolalari va hisobotlari berib borilgan.

Samarqand viloyati harbiy gubernatori bо‘lgan N.S.Likoshin tadqiqotlarida
dehqonchilik uchun yaroqli yerlar miqdori, tuproq tahlili, dehqonchilik va
sug‘orish tizimi, chorvachilikning holati, savdo, xalq ta’limi xususidagi statistik
ma’lumotlar keltirilgan. Muallif asarlarining yana bir muhim jihati unda iqtisodiy
muammolarning ham о‘rin olganligidadir[4].

Muallifning qayd etishicha, “Turkiston о‘lkasi bо‘yicha yozilgan umumiy
geografik asarlardagi ayrim bо‘shliqlarni imkon qadar tо‘ldirish, о‘lka haqida
qisqacha umumiy ma’lumot berish, О‘rta Osiyoga qiziquvchi va u bilan hech
qanday maxsus maqsadlarsiz tanishmoqchi bо‘lgan kishilarga yordam berishni, rus
hukmronligi davrida qilingan ishlarning xulosalari va kelgusida qilinishi lozim
bо‘lgan tadqiqotlarga yordam berish”ni о‘z oldilariga maqsad qilib qо‘ygan.
Mazkur asarda О‘rta Osiyo va shu jumladan Nurobod tumaniga qо‘shni hududlar
aholisi xо‘jalik turlari, iqtisodiy hayotiga doir ma’lumotlar keltirilgan.

Sovetlar davrida nashr etilgan adabiyotlar va amalga oshirilgan tadqiqotlar
turkumi. Ikkinchi guruhga tegishli bо‘lgan tarixiy, etnografik va etnologik ishlarda
aholining milliy va etnik tarkibi, an’anaviy xо‘jalik xususiyatlari, qishloq
aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmush farovonligiga tо‘xtalib о‘tilgan. Xususan,
Arasimovich T. V, I.I. Zarubin, N. A. Kislyakov, O. A. Suxareva, M. A.
Bikjanova, A. F. Monogarova, B. X. Karmisheva, K.SH. Shoniyozov, N. P.
Lobachyova, T. X. Tashbayeva va M. D. Savurov, X. Toshevlarning etnik tarkib,
an’anaviy xо‘jalik, oila va oilaviy marosimlarga bag‘ishlangan tadqiqotlari[5] da
aksari qishloq oilasi о‘rganilgan bо‘lib, tog‘li hududlarda kechgan etnoiqtisodiy
jarayonlar etnograflar nazaridan chetda qolgan. Shunga qaramay, bu davrdagi
tadqiqotlar kuzatuvga asoslangan keng kо‘lamdagi va noyob ma’lumotlarning

mavjudligi bilan diqqatga sazovor bо‘lib, jamoa xо‘jaliklari – kolxozning tashkil
topishi munosbati bilan ulardagi turmush tarzi va oila munosabatlarini о‘rganishda
ular о‘ziga xos о‘ringa ega. Ushbu tadqiqotchilarning xizmatlari ularni, oila
maishiy turmushi, marosimlarning an’anaviy shakllarini birinchilardan bо‘lib
kо‘rsatib beribgina qolmasdan, bu muammolarni о‘rganish usullarini ham
yaratganlaridir.

XX asrning 20-yillaridan о‘zbeklarning an’anaviy xо‘jalik hayotida tub
о‘zgarishlar yuz bera boshladi. Ayniqsa, 1920–1930-yillarda olib borilgan agrar
islohotlar, qishloq xо‘jaligini jamoa(kolxoz)lashtirish individual mehnat
faoliyatidan xо‘jalikni jamoaviy asosda yuritishga о‘tish qishloqning ijtimoiy
tarkibini о‘zgartirib yubordi[6].

Rasmiy nashrlardan yana biri 1926 yilda chop etilgan ― “Materiali po
rayonirovaniyu Uzbekistana” nomli ma’muriy-xо‘jalik rayonlashtirish
tо‘plamidir[7]. Unda qishloq xо‘jaligida yuqori daromad keltiruvchi bog‘dorchilik
va uzumchilik xо‘jaligi tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berilgan[8].

Nurobod tumani aholisini etnografik о‘rganilishida tadqiqotchi olima
B.X.Karmishevaning tadqiqotlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Masalan,
etnograflarning tadqiqotlari jamlangan “Etnograficheskiye ocherki uzbekskogo
selskogo naseleniya” (О‘zbek qishloq aholisining etnografik ocherki) nomli ilmiy
monografiyada aks etgan etnografik materiallar, xulosalar, ulardagi metodlar
hozirgacha о‘zining ilmiy ahamiyatini yо‘qotmagan. Ushbu monografiya oldingi
nashrlarga qaraganda ilmiy yondashuvlarning yuqoriligi hamda mafkuraviy
ta’sirlardan muayyan darajada holi ekanligi bilan ajralib turadi. Bu monografiyada
qishloq hayotida dehqonchilik xо‘jaligini yuritishning о‘tmishi va rivojlanish
tarixi, moddiy madaniyati hamda ijtimoiy-maishiy turmushning zamonaviylashuvi,
zamonaviy urf-odatlarning shakllanish jarayoni haqidagi ma’lumotlar ham
keltirilgan.

О‘zbeklarning turmush tarzi va madaniyatiga bag‘ishlangan navbatdagi
ilmiy tо‘plam[9] da 1917 yilgacha va sovet davridagi xо‘jalikning yangi
sotsialistik formaga о‘tish jarayonlari, о‘zbeklarning moddiy madaniyati, oilaviy
va jamoaviy turmush tarzi hamda ishlab chiqarishga oid bir qancha muammoviy
masalalar yoritilgan. Tо‘plamda xо‘jalik masalalari yoritilgan maqolalar orasida
X. Toshevning о‘rta Zarafshon о‘zbeklarining an’anaviy chorvachiligi[10]
masalalariga bag‘ishlangan maqolasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Muallif
Zarafshon vohasida tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqib, kо‘chmanchi va
yarim kо‘chmanchi aholining an’anaviy chorvachiligi masalalari haqida dala
etnografik ma’lumotlarini taqdim etdi. Maqolada chorvachilikning faqat qо‘ychilik
sohasiga oid ma’lumotlar tahlil etilgan, qorakо‘lchilik va qо‘y xо‘jaligi,
chorvachilik xom ashyosidan tayyorlanadigan mahsulotlar hamda ularning
iqtisodiy ahamiyati haqidagi ma’lumotlar batafsil keltirilgan.

Uchinchi guruhga mansub bо‘lgan mustaqillik yillarida mavzuga oid nashr
etilgan ilmiy asar va adabiyotlar[11] mazmun-mohiyati jihatidan sobiq Shо‘rolar
davri adabiyotlaridan farq qiladi. XX asrning 90-yillaridan amalga oshirila
boshlagan etnografik tadqiqotlar mintaqaviy (Farg‘ona vodiysi, Toshkent,
Zarafshon, Nurota, Xorazm vohalari va Janubiy О‘zbekiston hududlari),

muammoviy-mavzuviy (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik)
yо‘nalishlarda amalga oshirilgan. Etnoiqtisodiyot mavzusida tadqiqotchi
A.Bababekov sо‘nggi yillarda ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Mustaqillik yillarida О‘zbekistonning Qashqadaryo, Nurota, Zarafshon,
Surxondaryo tog‘li tumanlari misolida turli mintaqalar orasidagi etnoiqtisodiy
jarayonlar masalalari qiyosiy о‘rganilgan bir qancha muammoviy-hududiy
tadqiqotlar ham amalga oshirilgan bо‘lib, bir qancha monografiya va risolalar ham
chop etildi.

Shunday tadqiqotlardan biri О‘zR FA Tarix instituti olimlari tomonidan
e’lon qilingan “О‘zbekiston hududida an’anaviy etnoslararo jarayonlar (XIX asr
oxiri – XX asr boshlari)” nomli jamoaviy monografiya hisoblanadi. Unda
О‘zbekistonning janubiy mintaqalari va Farg‘ona vodiysida yashagan о‘zbeklar va
boshqa qator etnografik guruhlarning etnik tarixi hamda etnoslararo jarayonlarida
an’anaviy xо‘jalik, savdo-sotiq aloqalari muhim о‘rin tutganligi etnografik
materiallar asosida yoritilgan.

Shunday qilib, xulosa qiladigan bо‘lsak, shu kunga qadar bu etnoiqtisodiyot
yо‘nalishida chop etilgan adabiyotlar, olib borilgan tadqiqotlar va nashr etilgan
ilmiy maqolalarni yangi konseptual metodologik talablardan kelib chiqib ikki
guruhga ajratish mumkin:

1. Etnoiqtisodiyotning nazariy jihatlari yoritilgan adabiyotlar va davriy
matbuot nashrlari. 2. Dala etnografik va sotsiologik tadqiqotlari natijalari
umumlashtirilgan monografik adabiyotlar va ilmiy ishlar.

Birinchi guruhga asosan klassik etnologlar (Y. Bromley, L. Gumilyov,
B.Malinovskiy) asarlari, shuningdek iqtisodchilar (Kochetov E, Lebedeva N.N.,
Lomovseva O.A., Ovchinnikov V.N., Kolesnikov Y.S. boshqalar) tomonidan
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari kiritilib, ularda etnoslardagi xо‘jalik va
iqtisodiy faoliyatga doir tushunchalar, iqtisodiy tizimlarning globalizatsiya
sharoitidagi rivojlanish xususiyatlari, mazkur jarayonning etnoiqtisodiy aspektlari
haqida sо‘z yuritiladi.

Ikkinchi guruhga oid adabiyotlarda etnolog olimlarning tadqiqotlari
natijalari va ilmiy xulosalari о‘rin olgan. Ularda mazkur masalaga kо‘proq
ana’anviy xо‘jalikni, u bilan bog‘liq marosim hamda urf-odatlarni yoritish nuqtai
nazaridan yondoshilgan. Masalan, S.M. Abramzon tadqiqotida О‘rta Osiyo
chorvador qabilalari turmush tarzi masalasi tadqiq etiladi. Ayniqsa taniqli olima
B.X.Karmishevaning asarlarida о‘zbek xalqining an’anaviy mashg‘ulotlari,
turmush sharoiti atroflicha о‘rganiladi. Mashhur etnolog olimlarimiz K.
Shoniyozov, I. Jabborov, A. Ashirovlarning etnoslar xо‘jaligiga oid tadqiqotlarida
etnoiqtisodiyotning amaliy muommolari qamrab olingan. Shuningdek, etnologlar
T.Salimov, A.Bobobekovlar etnoiqtisodiyot muommolariga bag‘ishlangan qator
tadqiqotlarni amalga oshirganlar.

Zarafshon vohasi chorvadorlarining XX asr boshlaridagi turmush tarzi,
an’ana va tajribalari aks etgan ilmiy tadqiqot ishi X.Toshev tomonidan amalga
oshirilgan. Unda chorvadorlarning turmushi, xо‘jalik yuritish borasidagi an’analari
batafsil ochib berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ханыков Н.В. Описание Бухарского ханства. СПб., 1843.

2. Арандаренко. Г.А. Досуги в Туркестане. С-Пб., 1889. – С. 99.

3. Справочная книжка Самаркандской области. – Самарканд, 1893–1912;
Арасимович Т. В. Очерки экономики каракуловодства УзССР. Т. 1923.
– С. 8.

4. Лыкошин Н.С. Чапкуллукская волост Ходжентского уезда... – С. 61–32.

5. Зарубин И. И. Население Самаркандской области. Его численность,
этнографической состав и территориальное распределения. – Л.: РАН,
1925. – 223 с.; Кисляков Н. А. К вопросу об этнографическом изучении
колхозов // СЭ, №1. − М., 1952, - С. 146-152. Бикжанова М.А. Семья в
колхозах Узбекистана. На материалах колхозов Наманганской области.
– Ташкент: АН УзССР, 1959. – 136 с.; Моногарова А.Ф. Семья и
семейный быт / Этнографические очерки узбекского сельского
населения. – М.: Наука, 1969. – С. 193-243.; Кармышева Б.Х.
Этнографические очерки узбекского сельского населения. – М.: Наука,
1969. − 294 с.; Шаниязов К. Узбеки-карлуки (Историкоэтнографический очерк). – Ташкент: Фан, 1964. – 195 с.; Ўша муаллиф.
К этнической истории узбекского народа (историко-этнографическое
исследование на материалах кипчакского компонента). – Ташкент:
Фан, 1974. – 312 с.; Ташбаева Т.Х., Савуров М.Д. Новое и
традиционное в быту сельской семьи узбеков. – Ташкент: Фан, 1989. –
163 с.; Тошев Х., Ўроқов М. XIX аср охири ва XX аср бошларида
Зарафшон воҳаси қишлоқ аҳолисининг ҳунармандчилиги. − Тошкент:
Фан, 1981. – 110 б.; Тошев Х. XIX аср охири – ХХ аср бошларида
Зарафшон ўзбекларининг хўжалиги ва ижтимоий турмуши. –Тошкент:
Фан, 1987. − 100 б..

6. Узбеки. – М.: Наука, 2011. – С. 195.

7. Материалы по районированию Узбекистана / Комис. ЦИК УзССР по
районированию. – Самарканд: ЦКРЗУз, 1926. – 26 с.

8. Материалы по районированию Узбекистана... – С. 9–12.

9. Этнографическое изучение быта и культуры узбеков / Отв. ред. Зияевва
Х. З., Лунин Б. В. – Ташкент: Фан, 1972. – 161 с.

10.Тошев Х. Традиционное животноводство узбеков Среднего Зарафшана
// Этнографическое изучение быта и культуры узбеков. – Ташкент:
Фан, 1972. – С. 51–68.

11.Абдуллаев У. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар (XIX-ХХ аср
бошлари). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. – 143 б.; Давлатова С.
Қашқадарё миллий кийимлари: анъанавийлик ва замонавийлик. −
Тошкент, Янги аср авлоди, 2006. − 178 б.; Толипов Ф. Мозийга
бўйлашган маскан (Гараша қишлоғи ҳақида тарихий-этнографик
рисола). – Тошкент: Ниҳол. 2008. – 192 б.; Узбеки / Отв. ред.

С.Н.Абашин, Д.А.Алимова, З.Х.Арифханова: Ин-т этнологии и
антропологии им. Н.Н. Миклухо-Маклая РАН; Ин-т истории АН
Узбекистана. − Москва: Наука, 2011. − 688 с.;

12.Ўзбекистон ҳудудида анъанавий этнослараро жараёнлар (XIX аср
охири – ХХ аср бошлари). – Тошкент: Yangi nashr, 2011. – Б. 8−65;
Салимов Т.Ў. Нурота ва нуроталиклар.

O‘ZBEK XALQINING ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXIGA OID
MUHIM MANBALAR
Abduvohidov Dilshod Narbotirovich, ass.o‘qituvchi,

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi,
Samarqand, O‘zbekiston.

e-mail: norbotirovich@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini
o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, xalq shakllanishi jarayonidagi turli manbalarni tahlil
qiladi. Tadqiqotda yozma manbalar, o‘rta asr tarixiy asarlari, arxeologik topilmalar
va lingvistik ma’lumotlar asosiy ilmiy material sifatida ko‘riladi. Maqolada o‘zbek
etnogenezining murakkabligi, turkiy unsurlar uyg‘unligi, mahalliy aholi bilan etnik
sintez jarayonlari, shuningdek, siyosiy va madaniy integratsiya roli yoritiladi.
Kalit so‘zlar: O‘zbek xalqi, etnogenez, etnik tarix, turkiy unsurlar, Beruniy,
Mahmud Koshg‘ariy, arxeologik manbalar, o‘rta asr manbalari, madaniy meros.
Аннотация. Целью данной статьи является изучение этногенеза и
этнической истории узбекского народа, анализ различных источников в
процессе национального формирования. В качестве основного научного
материала в исследовании рассматриваются письменные источники,
средневековые исторические труды, археологические находки и
лингвистические данные. В статье освещаются сложность этногенеза
узбеков, гармоничное сочетание тюркских элементов, процессы этнического
синтеза с местным населением, а также роль политической и культурной
интеграции.
Ключевые слова: узбекский народ, этногенез, этническая история, тюркские
элементы, археологические источники, Беруни, Махмуда Кашгари,
средневековые источники, культурное наследие.
Abstract. This article is aimed at studying the ethnogenesis and ethnic history of
the Uzbek people, analyzing various sources in the process of national formation.
The study considers written sources, medieval historical works, archaeological
finds and linguistic data as the main scientific material. The article highlights the
complexity of Uzbek ethnogenesis, the harmony of Turkic elements, the processes
of ethnic synthesis with the local population, as well as the role of political and
cultural integration.
Keywords: Uzbek people, ethnogenesis, ethnic history, Turkic elements, Beruni,
Mahmud Kashgari, archaeological sources, medieval sources, cultural heritage.