ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida etnogenez va etnik tarix masalalari

Xaydarova Ro‘zixon

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

2. Abu Rayhon Beruniy, “Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya”. – Toshkent:
Fan, 1968.
3. Alekseev, A. N. Etnogenez narodov Sredney Azii. Moskva: Nauka, 1985.
4. Gafurov, B. Srednevekovaya Srednyaya Aziya: etnogenez i kul’tura.
Toshkent: Fan, 1989.
5. Mahmud Qoshg‘ariy. Divan lug‘at at-turk. Toshkent, 1980.
6. Tabariy, M. Tarikh al-umam wa al-muluk. Tehran, 1960.
7. Gafurov, B. O‘zbekiston tarixi. Toshkent: Fan, 1993.
8. Barthold, V. Turkestan v epokhu mongolov. Tashkent: Fan, 1968.

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
KUTUBXONASI FONDLARIDA ETNOGENEZ VA ETNIK TARIX

MASALALARI
Qo`qon Davlat Universiteti Gumanitar
fanlar va tillar fakulteti Tarix yo`nalishi
2-bosqich 03/24-guruh talabasi
Xaydarova Ro`zixon +998951347616.
Xaydarovarozixon5@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi fondlarida saqlanayotgan tarixiy manbalar asosida o‘zbek xalqining
etnogenezi va etnik tarixini o‘rganish masalalari yoritilgan. Milliy kutubxona –
xalqning tarixiy xotirasi va madaniy merosini asrovchi, ilmiy tadqiqotlar uchun
muhim markaz sifatida tahlil qilinadi. Maqolada kutubxona fondlaridagi
qo‘lyozmalar, toshbosma asarlar hamda raqamli resurslar o‘zbek xalqining
shakllanish jarayonini o‘rganishda qanday manba vazifasini bajarishi haqida fikr
yuritilgan. Shuningdek, raqamli kutubxona loyihalarining etnik tarixni
o‘rganishdagi yangi imkoniyatlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so`zlar. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
etnogenez, etnik tarix, manbashunoslik, qo‘lyozma manbalar, o‘zbek xalqi, tarixiy
xotira, raqamli kutubxona, madaniy meros.
Abstract: This article discusses the issues of studying the ethnogenesis and ethnic
history of the Uzbek people based on historical sources stored in the funds of the
National Library of Uzbekistan named after Alisher Navoi. The National Library is
analyzed as an important center for scientific research, the custodian of the
historical memory and cultural heritage of the people. The article considers how
manuscripts, lithographs and digital resources in the library funds can serve as a
source in studying the process of the formation of the Uzbek people. It also shows
new opportunities for digital library projects in studying ethnic history.
Keywords: National Library of Uzbekistan named after Alisher Navoi,
ethnogenesis, ethnic history, source studies, manuscript sources, Uzbek people,
historical memory, digital library, cultural heritage.
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы изучения этногенеза и
этнической истории узбекского народа на основе исторических источников,

хранящихся в фондах Национальной библиотеки Узбекистана имени
Алишера Навои. Национальная библиотека рассматривается как важный
центр научных исследований, хранитель исторической памяти и культурного
наследия народа. В статье рассматривается, как рукописи, литографии и
цифровые ресурсы фондов библиотеки могут служить источником для
изучения процесса формирования узбекского народа. Также показаны новые
возможности проектов цифровой библиотеки в изучении этнической
истории.
Ключевые слова: Национальная библиотека Узбекистана имени Алишера
Навои, этногенез, этническая история, источниковедение, рукописные
источники, узбекский народ, историческая память, цифровая библиотека,
культурное наследие.

Har bir xalqning o‘z tarixiy shakllanish jarayoni, milliy o‘zlikni anglash
darajasi va madaniy merosi uning etnogenez va etnik tarixini o‘rganish orqali to‘liq
yoritiladi. O‘zbek xalqining etnik shakllanish jarayoni ming yillik tarixiy
rivojlanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.[Muhammadjonov 1994:36].

Bu jarayonni o‘rganishda yozma manbalar, arxeologik topilmalar va
etnografik ma’lumotlar muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixiga
oid manbalarni to‘plash, saqlash va tadqiq etish bo‘yicha beqiyos ilmiy markaz
sifatida xizmat qilmoqda.[natlib.uz 2024].

Milliy kutubxona – bu nafaqat kitoblar xazinasi, balki millatning tarixiy
xotirasini saqlovchi, milliy o‘zlikni tiklash va mustahkamlashga xizmat qiluvchi
muassasadir. Unda saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar, qadimiy hujjatlar, tarixiy
risolalar va etnografik tadqiqotlar orqali O‘zbekiston hududida yashagan
xalqlarning kelib chiqishi, etnik shakllanish bosqichlari va madaniy aloqalari
to‘g‘risida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.[Karimov 2010:27].

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1870-yilda
tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiyma’naviy markazlardan biri hisoblanadi.[O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi
2001:118].

Kutubxona fondida bir milliondan ortiq nashrlar, jumladan 40 mingdan
ortiq noyob qo‘lyozmalar, toshbosma asarlar va litografiyalar saqlanadi.

Bu fondlarda o‘zbek xalqi etnogeneziga bevosita taalluqli manbalar –
“Tarixi Rashidiy” (Mirzo Muhammad Haydar), “Boburnoma”, “Zafarnoma”,
“Abdullanoma”, “Sharafnomayi shohiy”, shuningdek, arab, fors va turkiy tillarda
yozilgan tarixiy asarlar mavjud.[Ahmedov 2001:63].

Ushbu manbalar orqali Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Turkiston
vohalarida yashagan qabilalar, ularning madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti
haqida muhim ma’lumotlar olish mumkin.

O‘zbekiston xalqlarining etnogenezini o‘rganishda yozma manbalar
asosiy dalillardan biri sifatida xizmat qiladi. Milliy kutubxona fondlarida
saqlanayotgan qadimiy asarlar orasida o‘zbek xalqining shakllanishida ishtirok
etgan turkiy qabilalar, so‘g‘d, xorazm va forsiy unsurlar haqida ma’lumotlar keng
o‘rin olgan.

Masalan, “Zayn al-axbor” va “Hudud al-olam” asarlarida O‘rta Osiyo

xalqlari etnik tarkibi haqida dastlabki yozuvlar uchraydi. “Boburnoma”da esa XVI

asr boshlarida Movarounnahrda yashagan turkiy qavmlar, ularning urf-odatlari, til

va madaniyatdagi o‘ziga xos jihatlar bayon qilingan.[Qodirov 2015:42].

Milliy kutubxonaning Qo‘lyozmalar markazida saqlanayotgan ayrim

manbalar hali to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib, ular o‘zbek xalqining qadimgi

davrlardan boshlab shakllangan etnik qiyofasini yanada chuqurroq tahlil qilish

imkonini beradi.

So‘nggi yillarda Milliy kutubxona fondlarining raqamlashtirilishi

natijasida etnogenez va etnik tarixga oid manbalarni o‘rganish yanada qulaylashdi.

“Milliy raqamli kutubxona” loyihasi orqali tarixiy qo‘lyozmalar, eski

toshbosmalar, kartografik hujjatlar va fotosuratlar elektron shaklda

tadqiqotchilarga taqdim etilmoqda.[Qodirov 2015:78].

Bu jarayon o‘zbek xalqining etnik tarixini o‘rganishda yangi ilmiy

yondashuvlarni joriy etish, tarixiy manbalarni saqlash va keng ommaga yetkazish

imkonini bermoqda. Shuningdek, kutubxona doirasida o‘tkaziladigan ilmiy

konferensiyalar, ko‘rgazmalar va ma’rifiy loyihalar orqali yosh tadqiqotchilar etnik

tarixning manbashunoslik asoslarini o‘rganishga keng jalb etilmoqda.

Maqola so`ngida xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi, madaniy

merosi va etnik o‘zligining eng yirik ilmiy markazidir. Unda saqlanayotgan

manbalar o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini yoritishda asosiy tayanch

vazifasini bajaradi.

Milliy kutubxona fondlaridagi qo‘lyozmalar, toshbosma asarlar va

zamonaviy raqamli resurslar yordamida tadqiqotchilar o‘zbek xalqining kelib

chiqishi, etnik tarkibi va madaniy aloqalari haqida yanada chuqurroq ma’lumot

olish imkoniga ega. Shu bois, bu maskan nafaqat ilmiy, balki ma’naviy merosni

asrab-avaylovchi milliy qadriyatlar xazinasi sifatida ham alohida o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy sayti –

www.natlib.uz

2. Muhammadjonov A. O‘zbek xalqining etnogenezi masalalari. –

Toshkent: Fan,1994.

3. Ahmedov B. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.

4. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – “Etnografiya” bo‘limi.

5. Karimov M. Manbashunoslik va tarixiy manbalar tahlili. – Toshkent,

2010. 6. Qodirov R. Markaziy Osiyo xalqlari etnik tarixi. – Samarqand:

Registon, 2015.