ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ibrohim al-Azraqning “تسهيل المنافع” (“Tashil al-manofi’”) asari — islom tabobati va filologik manbashunoslik ob’ekti sifatida

Abduqaxxorov Abdulqodir Abdurazzoq o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

IBROHIM AL-AZRAQNING “‫ ”تسهيل المنافع‬ASARI — ISLOM
TABOBATI VA FILOLOGIK MANBASHUNOSLIK OB’EKTI

SIFATIDA

Abduqaxxorov Abdulqodir Abdurazzoq oʻgʻli
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada XV asr yamanlik olim Ibrohim ibn Abdurrahmon al-
Azraqning “Tashilul manafe’ fit tibbi val hikmati” asari manbashunoslik va tibbiy filologiya
nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Muallifning “At-Tibb an-Nabaviy” janridagi an’analarni
davom ettirishi, asarning manbaaviy asosi hamda uning Oʻzbekiston fondlarida saqlanayotgan
nusxalari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, asarning tarkibiy tuzilishi ва undagi hadislar
tahlili masalasi yoritilgan.

Kalit soʻzlar: At-Tibb an-Nabaviy, Ibrohim al-Azraq, islom tabobati, qoʻlyozma,
manbashunoslik, filologik tahlil, Sharq tabobati

Аннотация. В данной статье анализируется труд йеменского ученого XV века
Ибрахима ибн Абдуррахмана аль-Азрака ““ِ‫””ت َْسهِيلُ الْمَنَافِعِ فِي الطِِّبِّ َِوالْحِكْمَة‬(Тасхилуль манафи’
фит тибби валь хикмати” с точки зрения источниковедения и медицинской филологии.
Приводится информация о продолжении автором традиций жанра «Ат-Тибб ан-
Набавий» (Пророческая медицина), источниковедческой базе произведения, а также о его
списках, хранящихся в фондах Узбекистана. Также освещаются вопросы структурного
строения труда и анализа содержащихся в нем хадисов.

Ключевые слова: Ат-Тибб ан-Набавий, Ибрахим аль-Азрак, исламская медицина,
рукопись, источниковедение, филологический анализ, восточная медицина.

Abstract. This article analyzes the work “ِ‫ ”ت َْسهِيلُ الْمَنَافِعِ فِي الطِِّبِّ َِوالْحِكْمَة‬(Tashil al-manafi' fi
al-tibb wa al-hikmah) by the 15th-century Yemeni scholar Ibrahim ibn Abd al-Rahman al-Azraq
from the perspectives of source studies and medical philology. It provides information on the
author's continuation of the traditions of the "At-Tibb an-Nabawi" (Prophetic Medicine) genre,
the source basis of the work, and its copies preserved in the funds of Uzbekistan. Additionally,
the structural organization of the work and the analysis of the Hadiths contained therein are
highlighted.

Keywords: At-Tibb an-Nabawi, Ibrahim al-Azraq, Islamic medicine, manuscript, source
studies, philological analysis, Oriental medicine.

Dunyo tibbiyot tarixida islom tabobati antik davr ilmi va Sharq tajribasini
umumlashtirgan holda muhim oʻrin egallaydi. IX asrdan boshlab islom ilmiy muhitida
shakllangan “At-Tibb an-Nabaviy” (Paygʻambar tabobati) janri nafaqat tibbiy, balki yuksak
filologik va axloqiy qiymatga ega asarlarning maydonga kelishiga sabab boʻldi. Shunday asarlar
orasida XV asrda yashagan yamanlik olim Shayx Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Abu Bakr al-
Azraq1ning “ِ‫ ”ت َْسهِيلُ الْمَنَافِعِ فِي ال ِِّط ِِّب وَالْحِكْمَة‬(Tabobat va hikmatdagi foydalarni osonlashtirish) kitobi
alohida ahamiyatga ega.

1 Izoh Asar muallifining toʻliq ismi Ibrohim ibn Abdurahmon ibn Abu Bakr al-Azroqdir. Kotib Chalabiy oʻzining
mashhur “Kashf az-zunun an asomil-kutubi val-funun” asarida qayd etishicha, mazkur kitob Muhammad ibn Abul

9

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

Asarning manbaaviy asosi va nusxalariga keladigan boʻlsak,muallif ushbu asarini
yozishda oʻzidan oldingi buyuk tabiblarning tajribalariga tayangan. Xususan, Abul Gʻoys al-
Kumroniyning “Shifaul-ajsom” va Hakim al-Muqri Mahdiy as-Subunriyning “Ar-Rohma”
asarlari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.

Bugungi kunda asarning nusxalari jahonning turli yirik kutubxonalarida, jumladan, Misr,
Hindiston, Turkiya, Ummon, Qatar va Saudiya Arabistonida saqlanmoqda. Quvonarlisi
shundaki, mazkur asarning Misrdagi “Mustafo al-Bobiy al-Halabiy” bosmaxonasida nashr
etilgan nodir nusxasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi fondida ham mavjud boʻlib,
bu asarning mintaqamiz ilm-fani uchun ham ahamiyatli ekanini koʻrsatadi.

Asarning tarkibiy tuzilishi esa, Al-Azraq oʻz asarini besh qismga ajratgan holda,
tibbiyotning nazariy va amaliy jihatlarini tizimlashtiradi:

Muallifning bayon uslubi va filologik yondashuvida Al-Azraq asarni yozishda murakkab
ilmiy terminologiyadan qochib, xalqchil va tushunarli til uslubini tanlagan. Uning maqsadi tibbiy
ma’lumotlarni nafaqat mutaxassislar, balki oddiy xalq uchun ham osonlashtirish boʻlgan. Muallif
oʻz muqaddimasida shunday deydi:

“Kitobimda zikr qilingan lafzlar va jumlalarni jimjimador, qiyin iboralar bilan izohlashga
harakat qilmadim, aksincha, kishi tushunishi oson boʻlgan iboralarni qoʻlladim”2.

Shuningdek, u mintaqaviy xususiyatlarni ham inobatga olgan. Masalan, topilishi qiyin
boʻlgan yoki oʻz hududida mavjud boʻlmagan dorivor oʻsimliklarni kitobga kiritmagan, bu esa
asarning amaliy ahamiyatini oshirgan. Masalan, tarvuz kabi kundalik mahsulotlarning hazm
jarayonidagi oʻrni va uni notoʻgʻri iste’mol qilishning zararlari haqida hayotiy tavsiyalar bergan3.

Janr xususiyati va ilmiy tahlil
“ِ‫ ”ت َْسهِيلُ الْمَنَافِعِ فِي ال ِِّط ِِّب وَالْحِكْمَة‬asari diniy va dunyoviy ilmlarning sintezidan iborat. Muallif
tibbiy xulosalarini asoslashda Paygʻambarimiz (s.a.v.) hadislariga tayanadi. Biroq asarda
keltirilgan barcha hadislar sanad jihatidan tanqidiy oʻrganishni talab etadi4. Muallif asosiy
e’tiborni tibbiy foydaga qaratgani bois, hadislarning muhaddislar nazaridagi darajasiga (sahih,
hasan, zaif) har doim ham toʻxtalib oʻtmagan. Bu esa kelgusida filolog va hadisshunos olimlar
uchun yangi tadqiqot yoʻnalishini ochib beradi5.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Ibrohim al-Azraqning “ِ‫ ”ت َْسهِيلُ الْمَنَافِعِ فِي ال ِِّط ِِّب وَالْحِكْمَة‬asari nafaqat
oʻrta asrlar islom tabobati, balki arab tili leksikografiyasi va tibbiy matnlar tarjimashunosligi
uchun boy manba hisoblanadi. Din va tabobat ilmlarining uygʻunligi inson salomatligini
saqlashda ma’naviy va jismoniy omillarning birdek muhimligini koʻrsatadi. Ushbu asarni ilmiy
iste’molga kengroq olib kirish, undagi tavsiyalarni zamonaviy tibbiyot nuqtayi nazaridan qayta
baholash dolzarb vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Gʻays al-Kumroniyning “Shifo al-ajsom” hamda “Kitob ar-Rahma” asarlari negizida jamlangan. Shuningdek,
muallif asarni shakllantirishda Ibn al-Javziyning “al-Luqat”, Imom ar-Roziyning “Bur’ us-soa” va Suvaydiyning
“Tazkira” kabi moʻtabar manbalaridan muhim qoʻshimchalar bilan boyitgan. Maqolada tadqiq etilgan nusxa
Misrdagi “Dorul kutubil arabiyya al-kubra” (Mustafo al-Bobiy al-Halabiy) nashriyotida bosilib chiqqan.
2 Abu Bakr ar-Roziy. Bur’ us-soa ‫ – .(برء الساعة)‬Bayrut: Dar al-Malahiy, 1987. – 64 b.
3 Hakim al-Muqriy Mahdiy as-Subunriy. Kitob ar-Rahma fit-tibbi val-hikma ‫ – .(كتاب الرحمة في الطب والحكمة)‬Bayrut:
Dar al-Kutub al-Ilmiyah, 1998. – 256 b.
4 Ibn al-Javziy. Al-Luqat ‫ – .(اللقط)‬Qohira: Dar al-Hadis, 2004. – 412 b
5 Al-Moridiniy. Risola fil-fiqh vat-tibb ‫ – .(رسالة المارديني)‬Istanbul: Sulaymoniya qoʻlyozmalar fondi (Nushai xatt),
1994

10

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

I. Lugʻatlar
1. Al-Qomus: arabcha-oʻzbekcha qomusiy lugʻat. 1-tom. Masʼul muharrir va soʻz boshi
muallifi N.Ibrohimov. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 848
b. – A.Ikromjonov, A.Zayriyev, A.Oripovlar bilan hammualliflikda.
2. An-Na'im ul-Kabir: arabcha-oʻzbekcha lugʻat ‫ .(النعيم المبير)‬Tuzuvchi: Abduqodir Mansur an-
Nasafiy. – T.: "Adolat" nashriyoti, 2014. – 856 b.
II. Ilmiy adabiyotlar va manbalar
1. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari (Al-Qonun fit-tib). 5 jildlik. – T.: Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 1993. – 640 b.
2. Abu Bakr ar-Roziy. Bur’ us-soa ‫ – .(برء الساعة)‬Bayrut: Dar al-Malahiy, 1987. – 64 b.
3. Al-Moridiniy. Risola fil-fiqh vat-tibb ‫ – .(رسالة المارديني)‬Istanbul: Sulaymoniya qoʻlyozmalar
fondi (Nushai xatt), 1994.
4. Hakim al-Muqriy Mahdiy as-Subunriy. Kitob ar-Rahma fit-tibbi val-hikma ( ‫كتاب الرحمة في‬
‫ – .(الطب والحكمة‬Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyah, 1998. – 256 b.
5. Ibn al-Javziy. Al-Luqat ‫ – .(اللقط)‬Qohira: Dar al-Hadis, 2004. – 412 b.
6. Ibrohim as-Suvaydiy. Tazkira as-Suvaydiy ‫ – .(تذكرة السويدي في الطب)‬Bayrut: Al-Maktaba as-
Saqofiya, 2002. – 510 b.
7. Muhammad ibn Abul Gʻoys al-Kumroniy. Shifo al-ajsom ‫ – .(شفاء الأجسام)‬Misr: Mustafo al-
Bobiy al-Halabiy nashriyoti, 1955. – 320 b.

11