INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
XORAZM TURKCHASI XUSUSIYATLARI VA UNING “MUIN
UL-MURID” ASARIDA AKS ETISHI
Abduqodirova Zarnigor Toʻraqul qizi
Oʻzbekiston Milliy Universiteti doktoranti
Annotatsiya. Mazkur maqolada Xorazm turkchasining shakllanish jarayoni, tarixiy
taraqqiyoti va til xususiyatlari yoritilgan. Unda Xorazm hududining qadimdan turk va eroniy
xalqlar yashagan madaniy markaz boʻlgani, Amudaryo atrofida yuz bergan siyosiy va etnik
jarayonlarning til taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, Xorazm turkchasining
chigʻatoy tilining rivojiga ta’siri haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, “Muin ul-murid”
kabi muhim yozma manba tilga olinib, uning Xorazm turkchasi tarixidagi ahamiyati ochib
beriladi.
Kalit soʻzlar: Xorazm turkchasi, Xorazm, turkiy tillar, qoraxoniy turkchasi, chigʻatoy tili,
Oltin Oʻrda, adabiy til, “Muin ul-Murid”, turkiy adabiyot.
Аннотация. В данной статье освещаются процесс формирования хорезмского
тюркского языка, его историческое развитие и языковые особенности. Анализируется
роль Хорезма как древнего культурного центра, где проживали тюркские и иранские
народы, а также влияние политических и этнических процессов, происходивших вокруг
Амударьи, на развитие языка. Кроме того, рассматривается влияние хорезмского
тюркского языка на развитие чагатайского языка. Особое внимание уделяется важному
письменному памятнику “Муин ул-Мурид” и раскрывается его значение в истории
хорезмского тюркского языка.
Ключевые слова: Xорезмский тюркский язык, Хорезм, тюркские языки,
караханидский тюркский язык, чагатайский язык, Золотая Орда, литературный язык,
“Муин ул-Мурид”, тюркская литература.
Abstract. This article discusses the formation process, historical development, and
linguistic features of the Khorezm Turkic language. It analyzes Khorezm’s role as an ancient
cultural center inhabited by Turkic and Iranian peoples, as well as the influence of political and
ethnic processes around the Amu Darya region on language development. The article also
provides information about the influence of Khorezm Turkic on the development of the Chagatai
language. In addition, the important written source “Muin ul-Murid” is mentioned, and its
significance in the history of Khorezm Turkic is explained.
Keywords: Khorezm Turkic, Khorezm, Turkic languages, Karakhanid Turkic, Chagatai
language, Golden Horde, literary language, “Muin ul-Murid”, Turkic literature.
Xorazm qadim zamonlardan beri turk va eroniy qavmlar kelib joylashgan hamda turli
madaniyat markazlari tashkil topgan hudud boʻlib kelgan. Islomdan oldinroq, VI asrda
Amudaryo vodiysidagi xorazmliklar koʻchmanchi turk davlatining himoyasi ostiga kirganlar.
Shu sababli bu hudud ilk davrlardanoq turk xalqlari bilan aloqada boʻlgan.
Amudaryo asosan shimolda turklar, janubda esa eroniy qavmlar yashaydigan tabiiy
chegara vazifasini bajargan. Darhaqiqat, 557-yilda Koʻkturklar va Sosoniylar hamkorligi bilan
12
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
qulatilgan Oq Hun-Eftalit davlatining yerlari ikki davlat oʻrtasida boʻlinib, Amudaryo chegara
qilib belgilangan.
IX va XI asrlarda Xorazm hududida turklar bu mintaqaning ijtimoiy va madaniy hayotida
faol qatnashganlari koʻrinadi. Shu bilan bogʻliq ravishda, X asrda Xorazm turklar va
oʻgʻuzlarning muhim yashash joyi boʻlganini aytgan. Ahmad Zaki Validiy Togʻon Git qishlogʻi
bilan birga Urganch va Barategin shaharlarining oʻgʻuzlar bilan olib borilgan savdoning markazi
boʻlganini ta’kidlaydi.
Amudaryo boʻylari va Xorazm Islomdan keyin ham ilm-fan taraqqiyoti va san’at
rivojidagi ahamiyatini saqlab qolgan. Ayniqsa, moʻgʻullar davridan oldin Xorazm Qashgʻar bilan
bir qatorda Markaziy Osiyoning muhim adabiy markazlaridan biri boʻlgan. XI va ayniqsa, XII
asrlarda Qangʻli-qipchoq qabilalari hamda qisman turkmanlar ta’siri bilan turklasha boshlagan
Xorazmda turk Xorazmshohlari — ayniqsa Takish va Alouddin — bu yerni yirik ilm markaziga
aylantirish uchun koʻplab buyuk olimlarni bu yerga toʻplaganlar. Shuningdek, geografik oʻrni
tufayli savdo yoʻllari ustida joylashgan va XI asrdan XVI asrgacha poytaxt boʻlgan Urganchning
ilm-fan va san’at jihatidan Xurosonning yirik shaharlari bilan tenglashishi uchun katta sa’yharakatlar qilganlar. Natijada bu yerda Islom ilmlari, arab va fors adabiyoti bilan bir qatorda turk
tili va adabiyoti ham rivojlangan, madrasalar, kutubxonalar, xonaqohlar va shifoxonalar mavjud
boʻlgan yorqin madaniyat markaziga aylangan.
Sharqiy Osiyo dashtlaridan chiqib butun Osiyo va Sharqiy Yevropagacha yetib borgan
moʻgʻul istilosining eng muhim natijalaridan biri Markaziy Osiyodagi turkiy etnik tarkibni
oʻzgartirganidir. Uygʻur, qarluq, qipchoq, qirgʻiz, qalaçh, boshqird, chigil, yagʻmo kabi turk
qavmlari oʻz qabila tuzilishini yoʻqotib, bir asr oʻtmay butunlay turklashib ketadigan moʻgʻul
urugʻlari bilan qoʻshilib yangi qavmlar tashkil qilganlar. Bu jarayonda turk aholisi sonining
ortishi turk madaniyatining ahamiyatini yanada kuchaytirgan.
Xorazmda uzoq davom etgan bu turklashish jarayoni natijasida, shu vaqtgacha bu yerda
aloqa vositasi sifatida yashab kelgan eroniy lahjadan tarkib topgan Xorazm tili XIII asrda kuchli
ravishda turklasha boshladi. Shu turklashish natijasida turk lahjasi boʻlgan va XIV asr oxirigacha
yashab, keyinchalik boshqa bir turk lahjasiga oʻrin boʻshatgan Xorazm shevasi yuzaga keldi.
Ma’lumki, Xorazmning turklashuvida ayniqsa oʻgʻuz va qipchoqlar muhim rol oʻynagan.
Bular bilan birga qangʻli, qalaçh, bayovut kabi koʻchmanchi qabilalarning ta’sirini ham inkor
qilib boʻlmaydi. Xorazm hududining etnik tarkibidagi bu xilma-xillik mintaqaning oʻziga xos
shevasini shakllantirgan. Turk tilining sharqiy tarmogʻini tashkil qiluvchi qoraxoniy turkchasi
asosida yuqoridagi qabilalarning mahalliy shevalari oʻzaro aralashib, qorishiq va rang-barang bir
til yuzaga kelgan. Xorazm shevasining ilk unsurlarini bu hudud turklashishidan oldin
Xorazmning eroniy lahjasida mavjud boʻlgan va ehtimol savdo hamda rasmiy ishlarga oid ayrim
turkcha soʻz va atamalar tashkil qilgan.
Bu oʻtish davridan keyin esa shu hududda yozilgan turli matnlarda turli sheva
xususiyatlari ustun boʻlgani koʻrinadi. Siyosiy jihatdan XIII–XIV asrlarda eng yuksak davrini
yashagan Oltin Oʻrdaga qoʻshilgan Xorazmda tez rivojlangan turk tili va madaniyati keyinchalik
Xorazmga bogʻliq yangi yozma tilning shakllanishiga zamin yaratgan. Xorazm turkchasi bu
yangi yozma tilga ta’sir koʻrsatish bilan birga, albatta, bu hududda ogʻzaki til sifatida mavjud
boʻlgan qipchoq shevasidan ham ta’sirlangan. Bugungacha yetib kelgan matnlardan bu hol aniq
bilinadi. “Xorazm turkchasi” atamasi ma’lum bir davr tilining nomi sifatida ilk bor Alisher
Navoiy tomonidan yozilgan, XIV–XVI asrlar Markaziy Osiyo madaniy va adabiy hayotiga oid
ma’lumot beruvchi “Majolis un-nafois” asarida uchraydi. Asarning Mavlono Husayn Xorazmiy
13
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
haqida soʻz yuritilgan qismida: “...va Qasidai Burdagʻa ham xorazmcha turk tilida sharh yozib
tugatdi...” degan ifodadan bu narsa ochiq tushuniladi.
Xorazm hududida yozilgan va moʻgʻullar istilosi hamda boshqa sabablar tufayli yoʻqolib
ketmagan ayrim asarlar Xorazm turkchasining aralash sheva xususiyatlariga ega oʻtish davri tili
ekanini koʻrsatadi. Bular:
“Muqaddimat ul-Adab” (1127–1144),
“Qisas ul-anbiyo” (1310),
“Muin ul-murid” (1313),
“Nahj ul-farodis” (1358),
“Me’rojnoma” (1436).
“Muin ul-murid” Xorazm hududida yaratilgan boshqa asarlarga nisbatan hajman
kichikroq, soʻz boyligi jihatidan ham uncha boy boʻlmagan, biroq boshidan oxirigacha Xorazm
shevasida yozilgan va qisman harakat belgilaridan foydalanilgan holda XIV asr Xorazm
turkchasining ogʻzaki nutq xususiyatlarini aks ettirgan. Bu asar til tadqiqotlarida ushbu sohadagi
turli muammolarni hal etish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Shu jihatdan, asar bugungacha
yetib kelgan noyob Xorazm turkchasi yodgorliklaridan biri sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, islom madaniyati tez sur’atlar bilan yoyila boshlagan va islomiy Eron
ta’siri kuchli hukm surgan bir davrda asarning boshidan oxirigacha turkcha toʻrtliklar shaklida
yozilgani milliy did va an’ananing davom etganini koʻrsatishi jihatidan ham muhimdir. Fuod
Koʻprulu asarning ahamiyati haqida shunday deydi: “Haqiqiy shoirona ilhomga toʻliq ega
boʻlmasa-da, klassik nazm qoidalariga ancha rioya qilgan shoir bu asarda faqat “Yassaviy”
an’anasiga ergashib qolmay, koʻproq “Adib Ahmad” an’analarini davom ettirgani yaqqol koʻzga
tashlanadi. Har holda, xoqoniya lahjasidan chigʻatoy lahjasiga tomon rivojlangan til va adabiy
taraqqiyot silsilasida — ayniqsa Xorazmdagi eski adabiy an’analarning davomiyligini koʻrsatish
nuqtai nazaridan — “Muin ul-Murid”ning juda muhim oʻrni bor”.
Asar ta’limiy mazmunda yozilgan deyarli barcha asarlarda boʻlgani kabi, joʻshqin, lirik
va san’atkorona uslubdan yiroq, sodda turk tilida yozilgan. Asarda uchraydigan chet tillardan
kirgan soʻzlar esa turklar islomni qabul qilganidan keyin arab va fors tillaridan oʻzlashtirilgan
hamda bu asrga kelib tez-tez qoʻllanilishi natijasida odatiy tus olgan ayrim diniy-tasavvufiy soʻz
va iboralardan iboratdir. Muallif xalq ommasiga murojaat qilayotganini bilgan holda ham ushbu
chet tillarga oid soʻzlarni ishlatishdan tortinmaganligi shu holatni tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Recep Toparli, Mustafa Argunşah. Mü’inü’l-mürid. Inceleme-Metın- Çeviri-DizinTipkibasım.
ANQARA, 2008. – 322 с
2. A.Zeki Velidi, “Harezm’de Yazilmiş Eskı Türkçe Eserlar, Türkıyat Mecmuası, II, 1926,
İstanbul, 1928, s.315-345.
3. Aysu Ata, “Recep Toparlı, Mu’inü’l-Mürid, Atatürk Ünıversitesi Fen-Edebiyat Fakültesi
Yatınları Nu:15, Erzurum 1988, LXXII+287 s.”, OTAM (=Ankara Üniversitesi Osmanlı Tarihı
Araştırma ve Uygulama Merkezi Dergisi), S.10, Ankara, 1999,s. 389-406.
4. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. -Toshkent.Ma’naviyat,2000, 55-60betlar
14