INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
IS’HOQXON IBRATNING LUGʻATSHUNOSLIK FAOLIYATI
HAQIDA
Saidxasanova Hanifa, Ikromjonov A.*
1-kurs talabsi (Oriental universiteti)
*Ilmiy maslahatchi: dots.
Аnnotatsiya. Ushbu maqolada Is’hoqxon Ibratning hayoti va bosib oʻtgan bu
mashaqqatli yoʻli haqida malumat beramiz. Hamda oʻzbek leksikografiyasi uchun ulkan hissa
qoʻshgan va hozirgi kungacha bizga yetib kelgan uning buyuk asarlari haqida. Oʻzbek tilini va
koʻplab boshqa tillarni oʻrganish asnosida qimmatli malumotlarni qoldirgan oʻzbek
ma‘rifatparvar olimi, jadidchi Is’hoqxon Ibrat haqida.
Kalit soʻzlar. lugʻatchilik leksikografiya, Lugʻati sitta alsina, Tarixi Fargʻona, Mezon
uz-zamon
Inson tarixini yoritishda ma’rifat va ilm doimo asosiy oʻrinlardan biri hisoblanadi.
Chunki har bir davr oʻzining ziyoli va fidoyi farzandlari bilan qadrlidir. Oʻtmishga nazar
tashlasak, xalqimiz uchun xizmat qilgan koʻplab shaxslarni koʻramiz. Ular orasida oʻzining
bilimi va qoldirgan merosi bilan ajralib turgan insonlar bor. Bunday insonlar xalqning
ma’naviyatiga hissa qoʻshgan va uning rivoji uchun kun-u tun xizmat qilgan ma’rifatparvar
olimlardir. Aytish mumkinki, ularning hayoti va faoliyati hanuzgacha oʻrganilmoqda. Chunki
ularning qilgan buyuk ishlari bugungi davr uchun ham katta ahamiyatga ega.
Shu kabi ma’rifatparvar shaxslardan biri Is’hoqxon Ibrat hisoblanadi. Is’hoqxon Ibrat
shoir, olim, noshir va pedagog, din arbobi va islohatchi sifatida umrini Vatan va millat
manfaatiga qarati. Is’hoqxon Ibrat 1862 yil 19 yanvarda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon
qishlogʻida tugʻilgan. Ota-onasi oʻqimishli insonlardan boʻlishgan. Is’hoqxon dastlab hijo
usuliga asoslangan qishloq maktabida oʻqidi, ammo onasining qoʻlida savod chiqardi.39 Bu
haqda oʻzi shunday yozadi: «Avvalgi vaqtdagi mahalla maktabida 5 yilda 3 adad muallimda
oʻqub, oxiri savodim chiqmay, keyin qizlar maktabida, oʻz uyimizda volidai marhumamdan
oʻqub savod chiqardim40. Ikki sana qiblagohimdan husnixat mashq etdim»41. Is’hoqxon Ibrat
oʻqishni davom ettirish uchun Qoʻqonga safar qiladi. Qoʻqondagi 8 yil tahsil olib, madrasada
berilgan ilmlar bilangina cheklanib qolmay ilm yoʻlini davom ettiradi. U Istanbul, Sofiya, Afina,
Rim kabi Yevropaning markaziy shaharlarga safar qiladi. Ibrat chet el safaridan qaytgach,
xorijda koʻrgan yangiliklari va orttirgan bilimlarini xalqqa yetkazish maqsadida ma’rifatparvarlik
ishlarini boshlab yuboradi. Ibrat koʻp qirrali faoliyati natijasida tilshunoslik,xususan lugʻatchilik
yoki ilmiy tilda aytganda leksikografiya alohida bir yoʻnalish sifatida ajralib chiqadi.Va
yuqorida sanab oʻtilgan yurtlarni kezib chiqib, ”Lugʻati sittati alsina”asarini yozishga jazim
qiladi. ”Lugʻati sittati alsina”asari oʻz ichiga oʻzbek – fors – arab – turk – hind – rus tili, ya’ni
39 Yoʻlchiyev Q. Is’hoqxon Toʻra Ibrat: oʻquv-metodik qoʻllanma, mas’ul muharrir Y. Solijonov. – Fargʻona:
FarDU, 2018 8-bet
40 Yoʻlchiyev Q. Is’hoqxon Toʻra Ibrat: oʻquv-metodik qoʻllanma, mas’ul muharrir Y. Solijonov. – Fargʻona:
FarDU, 2018 8-bet
41 Yoʻlchiyev Q. Is’hoqxon Toʻra Ibrat: oʻquv-metodik qoʻllanma, mas’ul muharrir Y. Solijonov. – Fargʻona:
FarDU, 2018 8-bet
71
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
olti tilli lugʻati asnosida yoʻzilgan lingvistik lugʻatdir. Is’hoqxon Ibrat jadidchi sifatida e’tirof
etiladi. Davr nuqtai nazaridan qarasak jadid davri bu eski oʻzbek tilidan XX asrda shakllangan
yangi oʻzbek adabiy tiliga oʻtish davri hisoblanadi. Eski oʻzbek tilidan yangi oʻzbek tiliga oʻtish
koʻprigi desak ham boʻladi. Va aynan shu asar shuday bir jarayonda vujudga keladi. Bunda
nafaqat badiiy adabiyot namunalarida, balki leksikografiyaga oid mavjud lugʻatlarda ham ana
shu oraliq holat ikki rivojlanish nuqtani birlashtirish vazifasini bajarganligini va har ikki
nuqtaning belgilarini oʻzida namoyon qilganligini koʻramiz42. Ibratning lugʻatshunoslik faoliyati
faqatgina tillarni tarjima qilish bilan cheklanib qolmay, u boshqa asarlarni ham yozadi. “Tarixi
Fargʻona” (1916) asari umuman olganda ushbu asar tarixshunoslikka oid hisoblanadi ammo
tilshunoslik nuqtai nazaridan nazar tashlasak onomastik va etnografik manba ekanligini
koʻrishimiz mumkin.Chunki qabilalar Fargʻona vodiysidagi joy nomlari (toponimika), qabilalar
va joy nomlarining kelib chiqishini tushuntirib ketgan. “Mezon uz-zamon” (1928) asarda Ibrat
jadidchilik gʻoyalarini bayon etgan. Tilshunoslik nuqtai nazaridan ushbu manba XX asr
boshidagi oʻzbek ilmiy-publisistik uslubining shakllanishiga yorqin misol boʻla oladi. Undagi
terminlar tizimi va jumlalar tuzilishi yangi oʻzbek adabiy tilining rivojlanish bosqichlarini oʻzida
aks ettiradi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Xulosa qilib aytganda Is’hoqxon Ibrat butun hayoti moʻbaynida oʻz vatani yurti uchun
xizmat koʻrsatib xalqni mehriga muhabbatiga sazovor boʻldi. Va aytishimiz mumkinki ilim
yoʻlida qilgan say xarakatlari buyuk asarlarni yaratishiga tutki buldi. Uning yagona maqsadi oʻz
vatanini yurtdoshlarini bilimli qilsh, va yangi bilimlarni kashf etish boʻlgan.
Adabiyotlar
1. Yoʻlchiyev Q. Is’hoqxon Toʻra Ibrat: oʻquv-metodik qoʻllanma, mas’ul muharrir Y.
Solijonov. – Fargʻona: FarDU, 2018 8-bet
2. Is’hoqxon Ibratning lugʻatchilik faoliyati // World of Philology. – 2025. – Vol. 4, Issue 4. –
63-bet.
42 Is’hoqxon Ibratning lugʻatchilik faoliyati // World of Philology. – 2025. – Vol. 4, Issue 4. 63-bet.
72