INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
ARAB TILIDA BUYRUQ GAPLAR ُِجمْلَةُ الأمْر
Tulyganova Gulnoza Fayzulloh qizi
Yangi asr universiteti magistranti lingvistika (arab tili) yònalishi
Annotatsiya. Mazkur ilmiy tezis arab tilidagi buyruq gaplarning (fe’li amr - (فعل الأمر
grammatik, semantik va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot
davomida klassik va zamonaviy arab tili manbalari asosida buyruq gaplarning tuzilishi,
shakllari va nutqdagi vazifalari oʻrganildi. Tadqiqot natijalari arab tilini oʻqitish metodikasini
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kirish
Arab tili اللغة العربيةsemit tillar oilasiga mansub boʻlib, boy grammatik tizimi va murakkab
sintaktik tuzilishi bilan ajralib turadi. Ushbu tizimda buyruq gaplar alohida oʻrin egallaydi.
Buyruq gaplar nutq egasining tinglovchiga nisbatan talab, iltimos,maslahat yoki taqiqlash kabi
maqsadlarini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun arab tilida buyruq gaplarni
lingvistik jihatdan chuqur oʻrganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Tadqiqotning obyekti va predmeti
Tadqiqotning obyekti sifatida arab tilidagi buyruq gaplar tizimi belgilangan.
Tadqiqotning predmeti esa mazkur gaplarning grammatik qurilishi, semantik va pragmatik
xususiyatlari hisoblanadi.
Tadqiqotning dolzarbligi
Globallashuv jarayonida arab tilini mukammal bilishga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda.
Arab tilini oʻrganishda buyruq gaplarni notoʻgʻri qoʻllash muloqotda semantik xatolarga olib
kelishi mumkin. Shu sababli ushbu mavzu ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
Tadqiqotning asosiy maqsadi – arab tilidagi buyruq gaplarning grammatik va semantik
xususiyatlarini aniqlash hamda ularning nutqiy qoʻllanilishini tahlil qilishdan iborat.
Asosiy vazifalar
Buyruq gap tushunchasining lingvistik mohiyatini aniqlash.
Buyruq fe’l shakllarining morfologik va sintaktik tuzilishini oʻrganish.
Buyruq gaplarning ma’no turlarini tasniflash.
Amaliy misollar va tanlangan metodlar asosida tahlil oʻtkazish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1. Arab tilidagi buyruq gaplar nafaqat buyruq, balki iltimos, maslahat, ogohlantirish va
duo ma’nolarida ham kelishi yoritildi.
2. Klassik va zamonaviy arab grammatik manbalari tahlili asosida buyruq gaplarning 5 ta
asosiy ifodalanish shakli va 6 ta funksional-semantik turi aniqlandi.
3. Ayrim misollarda buyruq shakli bevosita buyruq ma’nosida emas, balki pragmatik
ma’noda ishlatilishi aniqlandi.
Tadqiqot natijalari
83
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
Amaliy tahlil: Tadqiqot doirasida buyruq gaplarning pragmatik xususiyatlari tahlil
qilindi. Masalan, َر ِِّب اغْفِرْ لِيjumlasida buyruq shakli ishlatilgan boʻlsa-da, u pragmatik jihatdan
duo vazifasini,
ن َْم مُب َِِّكرًاkabi misollarda esa nasihat ma’nosini anglatishi aniqlandi
Arab tilida buyruq mazmuni nafaqat xos fe’l shakllari (amr), balki masdar, inkor shakllari
(nahiy) va kelasi zamon fe’llari orqali ham ифодаланди
Xulosa
Arab tilidagi buyruq gaplar murakkab semantik va pragmatik xususiyatlarga ega boʻlib,
ularni chuqur oʻrganish arab tilini oʻqitish samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalari arab tili
grammatikasi, tarjima nazariyasi va amaliy tilshunoslik sohalarida muhim ilmiy ahamiyatga ega.
84