BOSHLANGʻICH SINFLARDA LUGʻAT USTIDA ISHLASH
ORQALI OʻQUVCHILARNING OʻQISH FAOLLIGINI
TAKOMILLASHTIRISH [1]
Iroda Abduxalikova
Angren universiteti magistri BTM1-24 guruhi talabasi
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda lugʻat ustida ishlash metodikasi
toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Oʻquvchilarning oʻqish faolligini oshirishda lugʻat bilan ishlashning
afzalliklari tilga olinadi. Soʻz birligi, leksikologiya boʻlimi yuzasidan toʻxtalib oʻtiladi. [2]
Kalit soʻzlar: lugʻat oʻquvchilar lugʻatini boyitish, leksikologiya, soʻz ma'nosini farqlash,
ma'nodow soʻzlar (sinonim), zid ma'noli soʻzlar (antonim), shakldosh soʻzlar (omonim),
soʻzlarni matnda toʻgʻri qoʻllash. [3]
Soʻz orqali aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni ifodalanadi. Qalbda roʻy berayotgan
kechinmalarni ham aynan soʻz ila bildiramiz. Muxtasar qilib aytganda, biz oʻzligimiz va
borliqni soʻz bilan ifoda etamiz. Shu boisdan, inson uchun soʻzni oʻz oʻrnida toʻgʻri qoʻllay
bilish juda muhimdir. Bu «san'at»ni insonning bolaligidan oʻzlashtirib borishi esa, bugungi kun
pedagogikasining dolzarb masalasi sanaladi. Xoʻsh, bu «san'at» ni ilmiy jihatdan qanday
oʻrgangan ma’qul?! [4]
Avvalo, mana shu birlik soʻzning oʻziga toʻxtalib oʻtsak. … Sattibayevning fikricha
oʻzbek, ingliz, rus tillarini izohli lugʻatlarida “soʻz” haqida keltirilgan ma’lumotlarni
umumlashtirilsa, soʻz bu-“Inson nutqining ma’no ifodalovchi eng kichik boʻlagi ” degan ta’rifni
anglash mumkin. Professor S. Matchonov oʻzining ona tili oʻqitish metodikasi qoʻllanmasida
soʻzga quyidagicha ta’rif beradi: “Soʻz tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. ” Yuqoridagi
fikrlarning umumiy jihatini koʻrib chiqadigan boʻlsak, soʻzning asosiy vazifasi –ma’no anglatish
degan toʻxtamga kelamiz. Har bir soʻz alohida ma’no uchun ishlatilishini hisobga olsak, soʻzning
ma’nosini farqlash muhim masala ekanligi yaqqol koʻrinadi. Soʻzning bu jihatlarini yosh, oʻsib
kelayotgan avlodga yetkazish lugʻatga boʻlgan ehtiyojni oshiradi. [5]
Ilmiy nuqtai nazardan tilde mavjud boʻlgan barcha soʻz va soʻz birliklari hamda iboralar
leksika yoki lugʻat tarkibi deyiladi. Oʻzbek tilining lugʻat tarkibini oʻrganadigan boʻlishi
leksikologiya deb ataladi. Leksikologiya lugʻat ustida ishlash metodikasining lingvistik asosidir.
Boisi, aynan leksikologiya lugʻat tarkibidagi soʻzlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati,
qoʻllanish faolligi, boyib borishi, ba’zi soʻzlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no
koʻchishi kabilarni oʻrganadi. [1]
Ma’lumki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarida nutqni rivojlanishi oʻquv dasturining asosiy
talablaridan biridir. Oʻquvchi nutqida grammatik jihatdan oʻzaro bogʻlangan, mazmunga mos
soʻz va soʻz birikmalarining ma’lum izchillikda joylashuvini shakllantirish juda muhim. Bunda
oʻquvchining lugʻati qanchalik boy va rivojlangan boʻlsa, uning nutqi ham shunchalik ma’noli
boʻladi. Shu vajdan lugʻatning boyligi, xilma-xilligi, dinamikasini metodikada nutqni
muvaffaqiyatli oʻstirishning muhim sharti hisoblanadi. [2]
Hozirgi oʻzbek adabiy tili ulkan lugʻat boyligiga ega. Besh jildlik “Oʻzbek tilining izohli
lugʻatida “ 80000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi berilgan boʻlib, bular umumiy
qoʻllaniladiganlaridir. Bunda oʻzbek tilida nashr etilgan turli terminologik lugʻatlarda, oʻzbek tili
sinonimlari, antonimlari frazeologik lugʻatlarida va turli izohli lugʻatlarida berilgan soʻzlar
qoʻshilsa, lugʻat boyligi yana ming-minglab oshadi. 1 (-; 244) Oʻzbek tilida juda koʻp soʻzlar
koʻp ma’noli soʻzlardir. Masalan izohli lugʻatlarda “ot” soʻzining 20 dan ortiq asosiy hamda
frazeologizm bilan bogʻlangan ma’no ishlatilishi keltirib oʻtilgan. [3]
Boshlangʻich sinflarda nutq oʻstirishning muhim jihatlardan biri lugʻat ustida ishlashni
yaxshilash, tartibga solish, asosiy yoʻnalishlarini ajratish hamda asoslash, oʻquvchilar lugʻatini
boyitish jarayonini boshqarishni oʻz ichiga oladi. Boshlangʻich sinflarda ona tili darslarida
lugʻat ustida ishlash metodikasi 4 asosiy yoʻnalish farqlanadi: [4]
1. Oʻquvchilar lugʻatini boyitish, ya'ni yangi soʻ zlarni, shuningdek, bolalar
lugʻatida boʻlgan ayrim soʻzlarning yangi ma'nolarini oʻzlashtirish. Masalan: 2-sinf «Oʻqish
savodxonligi» darsligida keltirilgan Sinken Xoppning «Yun va Sofus» hikoyasidagi «boʻliq»
soʻzi oʻquvchilarga tanish boʻlgan soʻzlardan biri. Ular bu soʻzning «yaxshi oʻsgan, semiz, toʻla»
kabi ma'nolarda kelishini koʻp marotaba koʻrishgan. Ammo, asardagi «…daraxt va butalarda esa
esa boʻliq mevalar hil-hil pishgan…» jumlasidagi boʻliq soʻzi semiz ma'nosida emas, balki
«moʻl-koʻl, barakali» ya'ni, barakali hosil ma'nosini anglatishini oʻquvchiga tushuntirish kerak.
[5]
2. Oʻquvchilar lugʻatiga aniqlik kiritish. Soʻzlarning ma'nolarini toʻliq
oʻzlashtirish. Abdurahmon Akbarning «Bir qishloq bolalari» she'ri quyidagi satrlar bilan
boshlanadi: (2-s. 4 q) [1]
Nor Xolmatni «Qoʻy» dedi
Xolmat Norni dedi kal.
She'rdagi “qoʻy” soʻzining ma'nosini oʻquvchi ikkinchi satr orqali bilib olishi mumkin.
Nor kimgadir «Xolmatni qoʻy» tinch qoʻy ma'nosida emas, aynan «qoʻy» deb mazahlaganini
oʻqituvchi oʻquvchilarga anglatishi muhim. Bunda, albatta, oʻqituvchining ohangi ham muhim
rol oʻ ynaydi. [2]
3. Lugʻatni faollashtirish. Bunda oʻquvchi soʻzning ma'nosini tushunadi, biroq
aynan shu soʻzdan oʻz nutqida ifoydalanmaydi. Bu xolatda nofaol lugʻatdagi soʻzni faol lugʻatga
oʻtkazish uchun, oʻquvchida shu soʻzlar ishtirokida soʻz birikmasi va gap tuzish topshirigʻi
beriladi. [3]
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan soʻzlarni oʻquvchilar faol lugʻatidan nofaol
lugʻatiga oʻtkazish. Bunday soʻzlarga bolalarning lugʻatidagi adabiy til me’yorlariga mos
kelmaydigan, sheva va ijtimoiy guruh soʻzlari, soʻzlashuv uslubiga xos soʻzlar kiradi. Bu
soʻzlarni oʻquvchilarning nofaol lugʻatiga oʻtkazish uchun, ularga adabiy til me’yori degan
tushunchani singdirish lozim. Oʻquvchi ona tili va oʻqish savodxonligi fanlari orqali fonetik
me’yor, soʻz qoʻllash (leksik-semantik) me’yor, talaffuz (orfoepik) me’yor, urgʻu toʻgʻriligi
(aksentologik) me’yor, grammatik me’yor, soʻz yasalish me’yori, imloviy (orfografik) me’yor,
grafik (yozuv) me’yori, punktuatsion me’yor, uslubiy me’yor qoidalari bilan bosqichma-bosqich
tanishib boradi. Bu tushunchalar oʻzlashtirilgach, tabiiyki oʻquvchi oʻz lugʻatida adabiy til
me’yorlariga mos keluvchi soʻzlarni koʻproq ishlata boshlaydi. Bu jarayon oʻquvchining yuqori
sinfga chiqqanda ham davom etib rivojlanib boradi. [4]
Oʻquvchilar lugʻati quyidagi manbalar yordamida boyitilib takomillashadi:
1. Atrof-muhitni kuzatish orqali. Oʻquvchi tabiatni, kishilar hayoti va mehnat
faoliyatini oʻzidan katta boʻlganlarning fe’l-atvori va ishlatadigan soʻzlarini, katta odamlarning
oʻzaro munosabatlarini kuzatib, ayrim soʻzlarni oʻzlashtiradi boshlaydi. Bunda oʻquvchi
lugʻatiga qoʻshilgan soʻzning ta’rifini erinmasdan, unga tushuntirish lozim. Maktabda
oʻquvchining kuzatuvini ekskursiyaga qaratgan ma’qul. Bunda u mavzudan keyin, aynan shu
ekskursiya oid yangi soʻzlarni oʻzlashtiradi. [5]
2. Badiiy asarlar yordamida. Oʻqish savodxonligi darsida oʻquvchilar koʻpgina
ijodkorlarning asarlari bilan tanishadilar. Bu jarayonda oʻzbek tili oʻquvchilar ongida yuksak
badiiy obrazlar yordamida oʻzlashib boradi. Oʻqish darsligining har bir mavzusi ma’lum bir
sohaga hoslanganligi sabab, oʻquvchilar lugʻati bir soha doirasida ham boyib boradi. Masalan, 1-
sinf oʻquvchilari oʻqish savodxonligi darsligida berilgan Davlat ramzlari mavzusi orqali ramz,
bayroq, tamgʻa, madhiya soʻzlarining ma’nosi bilan tanishadilar. [1]
Yayra Sa’dullayevaning “Izza bir _____________” hikoyasida oʻquvchi izza soʻzini
tanib, uning “uyalish ” ma’nosini anglaydi. Endi oʻquvchi uyatni his qilganda, bu tuygʻuni ikki
soʻz bilan ifoda etishi mumkinligini bilib oladi. Vaziyatdan kelib chiqib “izza boʻldim” yoki
“uyalib qoldim ” dan birini tanlab ishlata boshlaydi. Shu zaylda u sinonimlar bilan tanishadi. [2]
3. Mustaqil kitobxonlik. Oʻquvchida kitobxonlik kurtak yoza boshlagach, ana endi
u gazeta, jurnal kabilar bilan qiziqa boshlaydi. Kitobxonlikni shakllantirishda STOʻ
mashgʻulotlarining oʻrni beqiyos. Masalan boshlangʻich sinflarda STOʻ uchun Irodabonu
Avvalboyevaning 1-4 sinflarga moʻljallangan majmuasini tavsiya qilish mumkin. Bunda har bir
asar oʻquvchining yosh xususiyatlariga mos ravishda tuzilgani diqqatga sazovor. [3]
4. Koʻpgina soʻz va atamalarni oʻzlashtirish. Grammatika va imloni oʻrganish
yordam beradi. Masalan imlo mashqlari : Quyidagi jumladagi xato yozilgan soʻzlarni toʻgʻirlab
koʻchiring : Bahodir maktabdan boya chiqip ketti. Yoki asar mavzusiga doir biror soʻzni olib,
uning ma’nolarini ifodalovchi klaster tuzish. Misol uchun “bosh” soʻzida oʻquvchi gul tarzida
klaster tuzadi. Bunda gul yaproqlari soʻzning yasalishidan, qoʻshimcha va ayrim soʻzlar bilan
kelgandagi yangi ma’nolarini anglatadi: (bosh: boshim-anatomiya; bosh boʻladi yetakchi;
boshing bor-aqling bor, sakkiz bosh -nafar ma’nolarida) Bu kabi mashqlar yordamida
oʻquvchilar lugʻati tartibga solinadi, soʻz tarkibi, soʻz yasalishini oʻrganish bilan lugʻatga aniqlik
kiritiladi. Ular oʻzlashtirilgan soʻzlarini oʻz nutqida qoʻllashni va toʻgʻri yozishni boshlaydilar.
Natijada oʻquvchilar lugʻati faollasha boshlaydi. [4]
5. Kinofilm, telekoʻrsatuv matnlari, OAV materiallaridagi ayrim soʻzlar oʻquvchi
ongida muhrlanadi. Shu sababdan oʻquvchi bu kabi manbalardan qanday foydalanayotganini
nazorat qilgan ma’qul. [5]
Shuningdek amaldagi darsliklardan oʻquvchi yoshiga moslab ishlab chiqilgan lugʻat
soʻzlari oʻrin olgan. Biroq boshlangʻich sinf oʻquvchilarini lugʻat soʻzlar bilan tanishtirishda
buning oʻzi yetarli emas. Oʻquvchi lugʻatini boyitish, shakllantirish oʻqituvchi tomonidan
kundalik va izchil olib borilganda oʻquvchida mazmundor nutq shakllanadi. [1]
Yuqorida aytilganidek, oʻquvchi turli manbalardagi soʻzlarni yodlab qolishi mumkin.
Ammo ba’zi hollarda ularning ma’nolarini bilmasligi mumkin. Buning natijasida ushbu
soʻzlardan notoʻgʻri foydalanadi, nooʻrin qoʻllaydi. Shu boisdan oʻquvchi lugʻat bilan bevosita 1-
sinfdanoq ishlay boshlashi muhim. Oʻqituvchi soʻzlar ma’nosini oʻquvchiga tushuntirib,
anglatish katta mahorat talab etadi. Soʻzlarning ma’nosinitusguntirish darsning asosiy
mavzusidan oʻquvchilar diqqatini chalgʻitmasligi kerak. Buning uchun oʻqituvchi soʻzlar
ma’nolarini tushuntirishning eng qulay usullarini belgilab olishi lozim. Metodikada soʻzlarni
tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi. [2]
1. Soʻzni kontekst asosida tushuntirish. Masalan: notanish soʻzni shu soʻz
mavzu qamrab olingan matn orqali anglatish. “Jayra” soʻzini Jayron haqidagi ma’lumot
keltirilgan matn yoki qisqa videorolik orqali tushuntirish. [3]
2. Soʻz ma'nosini lugʻatdan va oʻqish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan
foydalanib tushuntirish. Bunda oʻquvchilarda izohda yoki lugʻatga qarab soʻz ma’nolarini
ilgʻash koʻnikmasi shakllantiriladi. Ular keyinchalik mustaqil bajarishni boshlaydilar. Bu
oʻquvchilarning lugʻat bilan ishlashdagi ilk tajribalari boʻladi. [4]
3. Soʻz ma'nosini shu soʻzlarning ma'nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan
yuz, chehra, turq, bashara. Sinonim tanlash bilan tushuntirganda shu soʻzning uslubiy
ahamiyatini ham koʻrsatish lozim. Misol uchun chehra va turq odam yuzini anglatgani bilan
ularning oʻz stilistikasi bor. Oʻquvchi “Turqingizdan nur yogʻilyapti” deyolmasligini tushunishi
kerak. Uning oʻrniga “Chehrangizdan nur yogʻilyapti” toʻgʻriroq boʻlishini anglashi darkor. [5]
4. Tanish boʻlmagan soʻzlar bilan aytilgan tushunchani uning tanish boʻlgan
anonimiga taqqoslasj orqali tushuntirish. Masalan: badxulq soʻzini baodob (odobli), ibtido
soʻzini intiho (yakun) soʻzi bilan tushuntirish. [1]
5. Soʻzni boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda soʻzni oʻziga yaqin
tushuncha olinadi, izoh qisqa aniq boʻladi: Mutlaq-butunlay, kekkaymoq-oʻzini hammadan
yuqori qoʻymoq, hijolat-uyalish hissasi kabi. [2]
6. Soʻzni predmetning asosiy belgisini izohlah orqali tushuntirish. Masalan:
Kaktus-koʻp yillik, semiz poyali oʻsimlik, manzarali va uy oʻsimligi. [3]
7. Axloqiy mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi soʻzlarning ma'nolarini
misollar yordamida tushuntirish. Masalan 4-sinf Oʻqish savodxonligidagi Meri Josminning
“Marvarid” hikoyasi qahramoni (Ravshan) Rubenning oʻz maqsadiga yetish yoʻlidagi sobitligi,
kichikfe’lligi, saxiyligini tahlil qilish mumkin. [4]
Bundan tashqari soʻzni tushunishda soʻzning xususiyatlari ham inobatga olinadi:
Ma'nodosh soʻzlar (sinonim) talaffuzi, yozilishi har xil boʻlgan bir umumiy tushuncha (ma'no)
ifodalaydigan soʻzlardir. Bunday soʻzlarga oʻzaro qoʻshimcha ma’nosi, emotsional boʻyogʻi,
qoʻllanish darajasi jihatidan farqlanadi. Vatan, diyor, mamlakat, yurt, makon va x.k. Sinonimlar
tilni leksik jihatdan boyitishini hisobga olsak, oʻquvchilarda ma’nodosh soʻzlarga oid quyidagi
mashqlar samara beradi. [5]
1. Berilgan ma'nodosh soʻzlarni guruhlash. Doʻst, kishi, odam, ulfat, inson,
oʻrtoq. Bunda oʻquvchilar soʻzlarni ma'nolarga koʻra ikki guruhga ajtlratadilar. [1]
2. Berilgan soʻzlarga sinonim tanlash. Yuz, chehra, oraz
3. Tushirib qoldirilgan sinonimlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, matnda qoʻllash.
Oltin (oʻt, olov, alanga) da, odam (ish, mehnat) da bilinadi.
4. Tushirib qoldirilgan sinonimlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, matnni koʻchirish.
Oʻrmonda (bahaybat) daraxtlar koʻkga boʻylashib ketgan. Oilada (katta) farzand boʻlish ham
qiyin. [2]
5. Sinonimlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish mashqlari. Buning
uchun 4 sinonimik qatordagi soʻzlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylanadi. Oʻqituvchi shu
katakchalardagi bir soʻzni aytadi. Masalan chiroyli. Oʻquvchilar shu soʻzga yaqin ma’noli soʻz (
sinonm)ni kataklardan topib aytadilar. Goʻzal, dilbar, sohibjamol… Sinonim soʻzlar qatori bilan
soʻz birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, goʻzal manzara, sohibjamol malika. [3]
Zid ma’noli soʻzlar qarama –qarshi zid ma’no bildiradigan soʻzlarga aytiladi. Bu soʻzlar
orasida belgi bildirgan soʻzlar (sifat)larning koʻp uchrashi e’tiborga molik. Bundan tashqari
antonimik munosabat tushunchasi mavjud. Bu xikmatli soʻz va iboralar orasida kuzatish
mumkin: kuyunchak-dunyoni suv bossa oʻrdakka ne gʻam. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari
antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi. Bunda matndan antonym topib koʻrsatish ilk bosqich
hisoblanadi.Keyinchalik maxsus mashqlardan foydalaniladi. [4]
1 Berilgan soʻzlarga antonym tanlash.
2-sinf oʻqish savodxonligi mashq daftarining 76-betidagi 7-mashqda berilgan soʻzlardan
foydalanib, Zumrad va Qimmatni ta’riflash topshirigʻI keltirilgan. Oʻquvchi avvalo Zumrad va
Qimmatga ta’rif berayotib kichik matn tuzadi. Soʻng bu matnda zid ma’noli soʻzlarni topadi.
Bundan keyin oʻqituvchi yordamida bu soʻzlar shaxs yoki predmetning nomini bildirishi, belgi
bildirishi, harakatni ifodalashimuhokama qilinadi. [5]
(mehnatkash-dangasa, aqlli-nodon, xushfe’l-jahldor, koʻmaklashdi-yordam bermadi)
kabi. [1]
2 Zid ma’noli soʻzlar ishtirokida gap tuzish.
Oʻqituvchi biror soʻz beradi. Masalan keksa, qari. Oʻquvchi bu soʻzga antonym topadi:
yosh. Keyin shu antonym qatnashtirib gap tuzadi. Yosh kelsa ishga-qari kelsa oshga. [2]
3. Berilgan gapga antonym topib qoʻyish. Bunda maqollardan foydalanish oʻrinli
hisoblanadi. Oʻquvchilar koʻp ma’noli soʻzlar bilan ham koʻp bora toʻqnash keladilar. Ammo
koʻp ma’noli soʻzlarni koʻpincha anglab yetmaydilar. Oʻqituvchi badiiy asar bilan ish jarayonida
koʻchma ma’nodagi soʻzlar bilan tanishtirish barorida, ayrim soʻzlarning omonim ekanliklarini
asta-sekin tushunib boradi. Bunda quyidagi mashqlarni koʻrib chiqish mumkin. [3]
1. Soʻzlarning soʻz birikmasidagi ma’nolarini qiyoslash.
Oltin tanga,-oltin kuz, tosh yoʻl-toshbagʻir, samolyot uchdi -ketmoni uchdi.
2. Gaplarni oʻqib, ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning ma’nosini aytish.
Bu yil yoz issiq keldi, onangga xat yoz; Boshqa bu rastadan karam olma! –Bogʻimizda
nok, anjir, olma daraxtlari bor. Yuqorida aytilganidek, oʻquvchi nutqini rivojlantirishda
maqollarning oʻrni beqiyos. Maqol nutqda mazmun va ta’sirchanlikni beradi. Shu sabab oʻqish
savodxonligi darsliklarida mavzuga mos boʻlgan juda koʻp maqollar keltiradi. Masalan 4-sinf
oʻqish savodxonligi darsligida Miraziz A’zamning “Ona tili ” she’rining xulosasi sifatida “Tilga
e’tibor-elga e’tibor”, “Tilingda boʻlsa boling, kulib turar iqboling”, “Ariqni suv bezar, odamni
soʻz” Meri Josminning “Marvarid ” hikoyasidan keyin “Bulbulga bogʻ yaxshi, kaklikka togʻ ”
Hilola Xamdamovaning “7 xazinaning biri ” hikoyasidan soʻng “Xunar boʻlsa qoʻlingda, non
topilat yoʻlingda”, “ Qunt bilan oʻrgan xunar –xunardan risqing unar” maqollarining berilishi
bejiz emas. Zero, bu maqollar asar mazminiga mos tanlangan, xulosalab beradi. [4]
Oʻqituvchi shularni inobatga olgan holda maqollar bilan mashqlar ishlatib, soʻzlarning
majoziy ma’nosi va koʻp ma’noli ekanligini amaliy singdirib boorish lozim. [5]
Xulosa qilib aytganda, soʻzni toʻgʻri qoʻllay bilish, undan oʻz oʻrnida va oqillik bilan
foydalanish, ma’lum ma’noda ona tili mezonidir. Shunday ekan oʻquvchilar nutqini oʻstirish,
lugʻatini boyitish dolzarb masala. [1]
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Matchonov S. Ona tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2020.
2. Hojiyev A. Oʻzbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 2019.
3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 5 jildlik. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2022.
4. Gʻulomov A., Qodirov M. Boshlangʻich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya,
2021.
5. Boshlangʻich ta’lim davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2023.
6. 2-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligi. – Toshkent.
7. 1-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligi. – Toshkent.
8. 4-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligi. – Toshkent.
9. Sinken Xopp. “Yun va Sofus” hikoyasi (2-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligidan).
10. Abdurahmon Akbar. “Bir qishloq bolalari” she’ri (2-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligidan).
11. Yayra Sa’dullayeva. “Izza...” hikoyasi (boshlangʻich sinf oʻqish darsligidan).
12. Meri Josmin. “Marvarid” hikoyasi (4-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligidan).
13. Miraziz A’zam. “Ona tili” she’ri (4-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligidan).
14. Hilola Xamdamova. “7 xazinaning biri” hikoyasi (4-sinf “Oʻqish savodxonligi” darsligidan).
15. Irodabonu Avvalboyeva. 1-4 sinflar uchun STOʻ mashgʻulotlari majmuasi.
16. 2-sinf “Oʻqish savodxonligi” mashq daftari. – Toshkent.