ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mahmudxo‘ja Behbudiyning publitsistik merosida milliy tarbiya g‘oyalarining yoritilishi

Almuratova Gulbaxor Mansur qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIYNING PUBLITSISTIK MEROSIDA
MILLIY TARBIYA GʻOYALARINING YORITILISHI

Almuratova Gulbaxor Mansur qizi
JDPU 2-kurs tayanch doktoranti

Annotatsiya: Ushbu maqola Mahmudxoʻja Behbudiy publitsistikasida yoshlarni milliy
tarbiya ruhida tarbiyalash gʻoyalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Bunda “Yoshlarga
murojaat” maqolasi asosiy manba sifatida tahlil qilinib, undagi axloqiy mas’uliyat, ijtimoiy
hamkorlik va amaliy ibrat kabi milliy tarbiya elementlari aniqlangan.

Kalit soʻzlar: Mahmudxoʻja Behbudiy, Yoshlarga murojaat, milliy tarbiya, axloqiy
mas’uliyat, ijtimoiy hamkorlik, amaliy ibrat, ilm va mehnat, vatanparvarlik.

Аннотация: Данная статья посвящена изучению идей воспитания молодежи в
духе национального воспитания в публицистике Махмудаходжи Бехбуди. В качестве
основного источника был проанализирован его труд «Обращение к молодежи», в
котором выявлены элементы национального воспитания, такие как моральная
ответственность, социальное сотрудничество и практический пример.

Ключевые слова: Махмудходжа Бехбуди, «Обращение к молодежи», национальное
воспитание, моральная ответственность, социальное сотрудничество, практический
пример, наука и труд, патриотизм.

Annotation:This article is devoted to studying the ideas of educating young people in the
spirit of national upbringing in Mahmudkhoja Behbudi's publicist works. The article “Address to
the Youth” is analyzed as the main source, and national education elements such as moral
responsibility, social cooperation, and practical example are identified.

Keywords: Mahmudkhoja Behbudi, Address to the Youth, national education, moral
responsibility, social cooperation, practical example, knowledge and labor, patriotism.

Bugungi globallashuv va raqamli axborot oqimi sharoitida milliy oʻzlikni anglash,
ma’naviy-axloqiy barqarorlik va yosh avlod tarbiyasida muvozanatni saqlash masalasi dolzarb
ilmiy muammoga aylanmoqda. Ayniqsa, axborot makonida qadriyatlar tez almashayotgan bir
paytda tarbiyaning milliy asoslarini mustahkamlash pedagogika va ijtimoiy fanlar oldida turgan
muhim vazifalardan biridir.

Prezidentimiz 2020-yil 30-sentabr kuni “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati
bilan ziyolilarga qilgan murojaatida jadidchilik harakati va uning yirik namoyandalari haqida
tо‘xtalib, “…mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz
amalga oshirishlari mumkin edi… Bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uygʻonish
gʻoyasiga bagʻishlab, о‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni gʻaflat
botqogʻidan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yо‘lda ular
о‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar” dedi hamda uch jadid: Abdulla Avloniy,
Mahmudxо‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovni istiqlol, ozodlik, erkinlik uchun
qilgan fidokorligi, “milliy ta’lim va tarbiya tizimi”ni yaratishdagi hissasi uchun “Buyuk
xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanganini bildirdi. О‘z davridayoq “Turkiston jadidchilik
harakati otasi” deb e’tirof etilgan Mahmudxо‘ja Behbudiyning qilgan xizmatlari e’tirof etilib,

103

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

davlatimiz rahbari tomonidan munosib taqdirlandi. Mustaqillik yо‘lida fido bо‘lgan
Mahmudxо‘ja Behbudiyning umri millat va Vatan umri qadar boqiydir.

Mazkur jarayonda Mahmudxoʻja Behbudiyning publitsistik merosi nafaqat tarixiy manba,
balki bugungi tarbiyaviy muammolarga javob bera oladigan gʻoyaviy konsepsiya sifatida
namoyon boʻladi. Behbudiy publitsistikasi orqali millatni uygʻotish, jamiyatni isloh qilish va
shaxsni tarbiyalash masalalariga kompleks yondashgan boʻlib, u tarbiyani faqat maktab yoki
oʻquv dasturi bilan cheklamagan, balki uni ijtimoiy ong, matbuot va jamoatchilik mas’uliyati
bilan uzviy bogʻlagan.

Ayni paytda ilmiy adabiyotlarda Behbudiy merosi koʻproq tarixiy-jurnalistik yoki adabiytanqidiy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan boʻlsa-da, uning publitsistik qarashlarida mujassam
boʻlgan milliy tarbiya gʻoyalarini zamonaviy tarbiya nazariyasi va amaliyoti bilan bogʻliq holda
oʻrganish yetarli darajada yoritilmagan. Bu esa ushbu masalani alohida tadqiq etishni taqozo
etadi. Shu nuqtayi nazardan, mazkur maqolada Mahmudxoʻja Behbudiyning publitsistik
merosida aks etgan milliy tarbiya gʻoyalarini tahlil qilish, ularning bugungi ta’lim-tarbiya
jarayonidagi ahamiyatini ochib berish hamda jadidchilik qarashlarining zamonaviy tarbiyaviy
konsepsiyalar bilan uygʻunligini asoslash dolzarb ilmiy vazifa hisoblanadi.

Behbudiy publitsistikasida milliy tarbiya masalasi alohida pedagogik tushuncha sifatida
emas, balki jamiyatni isloh qilishning muhim omili sifatida talqin etiladi. U tarbiyani shaxsiy
masala doirasida emas, balki millat taqdiri bilan chambarchas bogʻliq ijtimoiy hodisa sifatida
koʻradi. Ayniqsa, yosh avlodni ilm-ma’rifat, vatanparvarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash
gʻoyasi uning koʻplab maqolalarida yetakchi oʻrinni egallaydi.

Mahmudxoʻja Behbudiyning “Yoshlargʻa murojaat” publitsistik maqolasida milliy
tarbiya masalasi yosh avlodni ilm-ma’rifat, axloqiy mas’uliyat va milliy ong ruhida tarbiyalash
gʻoyasi orqali yoritilgan. Jadidchilik yetakchisi “Yoshlarga murojaat” maqolasida yosh avlodni
faqat bilim bilan emas, balki milliy ong, axloqiy mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida
shakllantirish zarurligini ulugʻlaydi. Bu maqola milliy tarbiyaning nafaqat pedagogik, balki
ijtimoiy va madaniy koʻlamdagi mohiyatini ochib beradi, yoshlarni jamiyat oldidagi burchini
anglashga chorlaydi va ularni faol fuqarolik pozitsiyasida tarbiyalashga xizmat qiladi.

“Zotan islomiyat shunda biri dini matin va qobili taraqqiydurki na qadar ilmiy zamonaviy
koʻb oʻqusa insonni yana dini islomgʻa shuncha aqidasi mustahkam bulur”.[1.170] Yuqoridagi
maqolada keltirilgan jumlada ilm va zamonaviy bilimlarni chuqur oʻrganish insonning islomiy
aqidasini mustahkamlaydi, shuningdek, yoshlarni nafaqat ilmli, balki diniy axloq va qadriyatlar
ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu gʻoya milliy tarbiyaning axloqiy va ma’rifiy elementlarini
uygʻunlashtirishda muhim ahamiyatga egaligini koʻrsatadi.

Behbudiy maqola davomida “Sizning qoʻl ostingizda sizdan koʻp ishlaydurgon va qattigʻ
xidmat qilaturgon va yuk koʻtaraturgon musulmon va yo oʻruslar borki, sizdan ham oz vazifa
olur. Uning sababi nadur? Albatta, munga javob berursizki, bizni ustimizdan
qaraydurgonlarni(ng) “ilmiy zamoniy” si bizda ziyoda va mehnatkashlarni ilmiy bizga ham
emas. Mana sababi shudur“ -deb yozadi.[1.170]

Ushbu parcha milliy tarbiyaning 3 asosiy elementini o ‘zida mujassam etadi.
1.Axloqiy mas’ulyat
2. Ijtimoiy hamkorlik va tenglik
3. Amaliy ibrat ( tajribaga asoslangan tarbiya )
Mehnatkashlik va mas’uliyat: Behbudiy matnda jamiyatdagi faol va mehnatkash
shaxslarning yukini koʻtarishi va koʻproq mas’uliyatni bajarishini ta’kidlaydi. Bu yoshlar uchun

104

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatni oʻrgatadigan tarbiyaviy saboq hisoblanadi. Milliy tarbiyada
bunday qarashlar yoshlarni fidokorona xizmat qilishga, jamiyat oldidagi burchini anglashga
chorlaydi.

Ziyolilar va amaliy ishchilar rolidagi uygʻunlik: Parchada ziyolilar va oddiy ishchilar
oʻrtasidagi vazifa va mehnat farqi koʻrsatib oʻtilgan. Bu milliy tarbiya nuqtai nazaridan tenglik,
hamkorlik va jamiyatning ijtimoiy tartibini yosh avlodga tushuntirishga xizmat qiladi.

Ijodiy va ijtimoiy oʻrnak sifatida tarbiya: Maqola yoshlarni shunday ijtimoiy va axloqiy
oʻrnaklarni kuzatishga chaqiradi. Ular mehnatkash va mas’uliyatli kishilarni kuzatib, milliy
tarbiyaning amaliy qadriyatlarini oʻzlashtiradi.

Shuningdek, Behbudiy “Din va millatgʻa xizmat ilm va oqcha ila boʻlur” -deb
ta’kidlaydiki.[1.171] Millat va din xizmatida muvaffaqiyat faqat ilm va amaliy mehnat orqali
erishiladi. Bu qarash yoshlar uchun ilmiy, axloqiy va amaliy qadriyatlarni uygʻunlashtiruvchi
milliy tarbiya elementini tashkil qiladi va ularni jamiyat va millat manfaatini birinchi oʻringa
qoʻyishga undaydi

“Yoshlarga murojaat” maqolasi asosida olib borilgan tahlil shuni koʻrsatadiki, maqola
yoshlar tarbiyasida axloqiy mas’uliyat, ijtimoiy hamkorlik va amaliy ibrat kabi milliy
tarbiyaning asosiy elementlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Metodik tavsiyalar (talabalarga oʻrgatish uchun)
Talabalarga maqoladagi gʻoyalarni amalda oʻrgatish uchun dars jarayonida quyidagi
metodlardan foydalanish mumkin:
Tahlil va muhokama: Talabalar maqoladan parcha oʻqib, undagi axloqiy mas’uliyat va
milliy qadriyatlarni muhokama qiladi.
Rol oʻyinlari: Talabalar jamiyatdagi mehnatkash va ziyolilar roli, ularning mas’uliyatini
tasvirlaydigan vaziyatlarni sahnalashtiradi.
Amaliy loyihalar: Talabalar oʻz jamiyatlarida kichik loyihalar orqali ilm va mehnat bilan
milliy qadriyatlarni rivojlantirishga hissa qoʻshadilar.
Refleksiya: Dars oxirida talabalardan oʻz fikr va tajribalarini yozma yoki ogʻzaki shaklda
ifodalash talab qilinadi, bu ularning milliy tarbiya va axloqiy mas’uliyatni oʻzlashtirishini
mustahkamlaydi.
Xulosa qilib aytganda Behbudiy publitsistik merosi, xususan “Yoshlarga murojaat”
maqolasi, milliy tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mukammal ifodalaydi. U yoshlarni ilmma’rifat, axloqiy mas’uliyat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga chaqiradi va jamiyat
rivojida faol, mas’uliyatli fuqarolar boʻlib yetishishlariga hissa qoʻshadi. Shu tariqa, maqola
nafaqat oʻtmishdagi ma’rifatparvarlik gʻoyalarini aks ettiradi, balki zamonaviy milliy tarbiya
tizimi uchun ham ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Tanlangan asrlar // Toʻplovchi, soʻzboshi va izohlar: B.Qosimov T.:”Ma’naviyat”, 2009.-
[169,171] -Istiqlol qahramonlari
2. Zaynobiddin Abdurashidov. Jadidlar. Mahmudxoʻja Behbudiy. Mutoalaa. Toshkent. 2024
3.Ibragimova G.X.Tarbiyaviy ishlar metodikasi.T-.: “Zuhra baraka biznes” MCHJ, 2018

105