MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI
Anvarjonova Sadiya Alisher qizi
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola tilshunoslikning eng jadal rivojlanayotgan
yoʻnalishlaridan biri — lingvokulturologiya doirasida maqollarning tutgan oʻrnini tadqiq
etishga bagʻishlanadi. Maqollar xalqning koʻp asrlik hayotiy tajribasi, ijtimoiy-axloqiy
qarashlari va milliy oʻzligini aks ettiruvchi ixcham lisoniy birliklardir. Tadqiqotda maqollarning
shunchaki nutqiy vosita emas, balki millatning “madaniy kodi” va etnomadaniy tafakkur
mahsuli ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada xalq maqollarining lisoniy olam
manzarasini shakllantirishdagi roli, ulardagi milliy-madaniy semantikaning yuzaga chiqish
qonuniyatlari hamda konseptual tahlil usullari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, turli
madaniyatlarga mansub maqollarning qiyosiy tahlili orqali universal va milliy xususiyatlar
aniqlangan. Olingan natijalar til va madaniyat oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni tushunishga,
xalqning mental xususiyatlarini lisoniy birliklar orqali ochib berishga yordam beradi.
Kalit soʻzlar: lingvokulturologiya, maqol, paremiologiya, madaniy kod, milliy mentalitet,
lisoniy olam manzarasi, konsept, etnomadaniyat, qadriyat, lisoniy shaxs.
Annotation. This scientific article is devoted to the study of the place of proverbs within
one of the most rapidly developing areas of linguistics - linguoculturology. Proverbs are concise
linguistic units that reflect the centuries-old life experience, socio-moral views and national
identity of the people. The study scientifically substantiates the fact that proverbs are not just a
speech tool, but a product of the "cultural code" of the nation and ethnocultural thinking. The
article comprehensively covers the role of folk proverbs in shaping the linguistic worldview, the
laws of the emergence of national-cultural semantics in them, and the methods of conceptual
analysis. Also, universal and national features were identified through a comparative analysis of
proverbs belonging to different cultures. The results obtained help to understand the inextricable
link between language and culture, and to reveal the mental characteristics of the people
through linguistic units.
Keywords: linguoculturology, proverb, paremiology, cultural code, national mentality,
linguistic worldview, concept, ethnoculture, value, linguistic personality.
Аннотация. Данная научная статья посвящена изучению места пословиц в одной
из наиболее быстро развивающихся областей лингвистики — лингвокультурологии.
Пословицы — это лаконичные языковые единицы, отражающие многовековой
жизненный опыт, социально-нравственные взгляды и национальную идентичность
народа. Исследование научно обосновывает тот факт, что пословицы — это не просто
речевой инструмент, а продукт «культурного кода» нации и этнокультурного мышления.
В статье всесторонне рассматривается роль народных пословиц в формировании
языкового мировоззрения, законы возникновения в них национально-культурной
семантики и методы концептуального анализа. Также с помощью сравнительного
анализа пословиц, принадлежащих к разным культурам, были выявлены универсальные и
национальные особенности. Полученные результаты помогают понять неразрывную
связь между языком и культурой и раскрыть ментальные характеристики народа через
языковые единицы.
Ключевые слова: лингвокультурология, пословица, паремиология, культурный код,
национальный менталитет, лингвистическое мировоззрение, концепция, этнокультура,
ценность, лингвистическая личность.
KIRISH
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlari
qatorida lingvokulturologiya sohasi ham taraqqiy etmoqda, sababi, til va madaniyat oʻrtasidagi
uygʻunlik, xalqlar lingvomadaniyati oʻrtasidagi oʻzaro farqli xususiyatlar ushbu fanning
oʻrganilishi, tadqiq etilishi uchun zamin yaratmoqda. Olamning lisoniy manzarasini,
madaniyatning asosiy konseptlari majmuyi boʻlgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash
hamda til egalarining milliy-madaniy mentalitetini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni,
insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga
xos boʻlgan milliy ijtimoiy-madaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy
vazifalari hisoblanadi47.
Bizning ushbu tadqiqotimiz ham bevosita maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari
haqida boʻlib, bunda ingliz va oʻzbek tillaridagi mavjud xalq maqollari tadqiqot obyekti sifatida
tanlanib, ularning oʻzaro oʻxshash va farqli xususiyatlari ilmiy jihatdan ochib beriladi, misollar
yordamida dalillanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI:
Tadqiqotchi N. Aytniyazova oʻzbek va qoraqalpoq tillaridagi maqollarning
lingvomadaniy xususiyatlarini oʻrganib, bu xususida quyidagi gʻoyani ilgari suradi: “Lekin har
qanday maqol ham lingvokulturologik tadqiq predmeti boʻlavermaydi. Maqollar, albatta, milliy
mental xarakterga ega boʻlishi, oʻzida shu xalq madaniyati, tarixiy yashash tarzini ifodalashi
kerak”48. Demak, maqollarni lingvokulturologik jihatdan tadqiq etishda ularning milliy-madaniy
xususiyatlariga alohida diqqat qilish lozim, negaki ayrim maqollar universal jihatlarga ega
boʻlib, ular xalqlararo differensiativ talqinlarni namoyon etishda “ojizlik” qiladi.
N. Abdullayeva hamda M. Teshayevalar esa oʻzbek xalq maqollarining lingvomadaniy
xususiyatlarini tadqiq etgan holda ulardagi mavjud “madaniylik” hodisasi talqiniga alohida
toʻxtalib oʻtadilar va oʻzbek xalq paremiologik birliklari tarkibida ishtirok etgan badiiy tasviriy
vositalarning (metafora va parallelizm) ilmiy asoslarini lingvistik jihatdan tahlilga tortadilar.
Ularning fikricha, “Maqollar madaniy aloqalarni aks ettirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqollar hayotning turli jabhalarini – oila, mehnat, tabiat, sevgi-muhabbat, doʻstlik, adolat,
qanoat kabi mavzularni qamrab oladi. Xalq maqollarida oila va jamiyat mavzusi alohida
ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina maqollarda oila rishtalari, kattalarga hurmat yoritilgan. Masalan,
“Aka-uka urushsa, begona kulmas” hikmati oilada hamjihatlik zarurligini ta’kidlaydi”49.
A. Fayziyeva esa maqollarning lingvomadaniy jihatlarini oʻrganishda bir necha
yondashuvlar mavjud ekanligi gʻoyasini ilgari suradi: “Maqollarni oʻrganishda
lingvokulturologik yondashuvda bir qator usullar qoʻllanadi, maqoldagi har bir soʻzning
47 Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Turon
zamin ziyo, 2015. – Б. 4.
48 Aytniyazova N. OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILIDAGI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK
TAHLILI. Наука и инновация, 2(18), 83–86, 2024, извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/46694
49 Abdullayeva N. va boshq. Oʻzbek xalq maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari: elektron // Mudarris. —
2026. — № 2. — B. 2-4. — URL:
https://uniwork.buxdu.uz/resurs/25396_1_EF9E04CEFBC31ADC4B5273FF6863B5731894E1.pdf
semantik ma’nosi tahlil qilinib, ularning madaniy mazmun bilan bogʻliqligi aniqlanadi; turli
tillardagi maqollarni qiyoslab oʻrganish orqali madaniy umumiylik va farqlar oʻrganiladi;
maqolning kontekstdagi qoʻllanilishiga e’tibor qaratilib, uning madaniy vaziyatdagi ma’nosi
oʻrganiladi”50.
METOD VA METODIKA
Ushbu tadqiqotni shakllantirishda qiyosiy, qiyosiy-chogʻishtirma, tavsifiy va tasnifiy
metodlarga murojaat qilindi.
ASOSIY QISM:
Maqollar xalq ogʻzaki ijodining goʻzal namunasi sanalib, u hajman kichik boʻlsa-da,
biroq oʻz “bagʻrida” keng ma’noni ifodalay olishi bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. “Oʻzbek
tilining izohli lugʻati”da maqol janriga quyidagicha ta’rif beriladi: “Hayotiy tajriba asosida xalq
tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega boʻlgan ixcham, obrazli, tugal
maʼnoli va hikmatli ibora, gap”51. Darhaqiqat, maqollar xalqning hayotiy tajribalari asosida
yaratilib, ulardan foydalanishdan koʻzlangan asosiy maqsad pand-nasihatdir.
Maqollarni lingvokulturologik (lingvomadaniy) jihatdan tahlil qilish — bu shunchaki til
birliklarini oʻrganish emas, balki xalqning koʻp asrlik tajribasi, qadriyatlari va dunyoqarashi
muhrlangan “genetik kod”ni ochish demakdir. Ushbu tahlil jarayoni til va madaniyat
integratsiyasi asosida yuzaga keluvchi bir necha muhim ilmiy bosqichlarni qamrab oladi:
Semantik tahlil jarayoni
Qiyosiy-chogʻishtirma tahlil jarayoni
1-chizma. Maqollarni lingvomadaniy tahlil qilish jarayoni
Dastlabki jarayon bu lingvomadaniy xususiyatga ega deb hisoblangan maqolning ma’no
jihatiga urgʻu berish asosida amalga oshiriladi, ikkinchi bosqichda esa tanlangan maqolning
boshqa tildagi oʻxshashi bilan qiyosiy-chogʻishtirma xususiyatlari aniqlanadi: oʻxshash jihatlar
belgilanib, farq uchun asos boʻlgan jihatlari farqlovchi omil oʻlaroq “kashf etiladi”.
Masalan, oʻzbek tilidagi “Mashaqqatsiz rohat boʻlmas” maqoli ingliz tilidagi “No pain,
no gain” maqoliga ekvivalent sanalib, har ikki millatda – oʻzbek va ingliz madaniyatida ham
mehnatning birday qadrlanishi gʻoyasi ilgari suriladi. Bu esa xalqlar madaniyatidagi oʻziga xos
oʻxshashlikni ifoda etish maqsadida qoʻllanadi. Yoki boʻlmasa “Sabrning tagi – sariq oltin”
(oʻzbek tilida) yoki “Patience is a virtue” (ingliz tilida) maqolidagi sabr/patience lingvomadaniy
kodi umumlashma xarakterga ega hisoblanadi, ya’ni ushbu millatlarda sabr qilish, chidamli
boʻlish kabi xususiyatlar qadrlidir.
Til va madaniyat uygʻunligini tahlil qilishda xalqlarning maishiy turmush tarziga xos
muhim elementlarni maqollarda aks ettirishda farqli xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Xususan,
oʻzbek va ingliz tillarida bu borada keskin madaniy farqlar (divergensiya) kuzatiladi, chunonchi,
50 Fayziyeva A. X. Maqollarni oʻrganish bilan bogʻliq lingvokulturologik yondashuvlar, elektron // Ilm-fan
xabarnomasi. — 2024. — Vol. 5, № 1. — URL:
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi/article/view/8129
51 maqol — Izoh.uz — Oʻzbek tilining izohli lugʻati
oʻzbek tilida “Non ham non, ushogʻi ham non” maqolidagi non leksemasi oʻzbek millatidagi
“lingvomadaniy kod” bilan bogʻliq, ya’ni xalqimiz orasida nonning e’zozlanishi masalasi
bevosita xalq maqollarida ham ilgari surilgan. Ingliz tilida esa ayni ifoda “tort” ifodasiga
koʻchgan: “You can’t have your cake and eat it” (Ham torting boʻlishi, ham uni yeb qoʻyishing
mumkin emas” maqoldagi “cake” obrazi oʻzbek tilidagi “non” kabi hayotiy zaruriyat emas,
balki qoʻshimcha imkoniyat yoki lazzat ifodasidir. Ushbu paremiologik birlik orqali gʻarb
madaniyatiga xos boʻlgan ratsionalizm oʻz ifodasini topgan, shuningdek, maqol semasida bir
vaqtning oʻzida ikki qarama-qarshi holatni bir joyga jamlab boʻlmasligi, tanlov lozimligi ilgari
surilgan.
Ingliz lingvomadaniyatiga xos boʻlgan “The nearer the church, the farther from God”
(“Cherkovga qanchalik yaqinlashsang, Xudodan shunchalik uzoqlashasan”) maqoli til va
madaniyat integratsiyasining yorqin namunasi boʻlib, unda gʻarb xalqlarining diniy institutlar va
shaxsiy e’tiqod oʻrtasidagi munosabatlarga boʻlgan tarixiy yondashuvi muhrlangan. Ushbu
maqoldagi “church” (cherkov) tushunchasi oʻzbek diniy madaniyati va Islom dini nuqtayi
nazaridan talqin qilinganda, sezilarli semantik farqlar koʻzga tashlanadi. Oʻzbek
lingvomadaniyatida masjid yoki muqaddas joylar, odatda, insonni Allohga yaqinlashtiruvchi,
ma’naviy poklanish maskani sifatida idrok etsa, ingliz maqolida “cherkov” obrazi koʻproq tashqi
rasmiyatchilik, byurokratiya yoki diniy xizmatchilarning dunyoviy manfaatlariga ishora qiluvchi
salbiy konnotatsiyani oʻziga yuklagan. Ilmiy tahlil shuni koʻrsatadiki, ushbu lisoniy birlikda
“nearer” (yaqinroq) va “farther” (uzoqroq) antitezalari orqali makon va ruh oʻrtasidagi
ziddiyat ochib beriladi; ya’ni ibodatxonaga jismonan yaqin boʻlish hali qalbning pokligidan
dalolat bermasligi urgʻulanadi.
Oʻzbek lingvomadaniyatida farzand va oila tushunchalari milliy mentalitetning eng
mustahkam ustunlari hisoblanib, bu qadriyatlar tizimi xalq maqollarida chuqur falsafiy va
emotsional boʻyoqlar bilan muhrlangan. Masalan, “Ona bilan bola – gul bilan lola” maqolini
oladigan boʻlsak, bu yerda ona va farzand oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik tabiatning eng nafis
unsurlari orqali metaforizatsiya qilinganini koʻramiz. Ilmiy nuqtayi nazardan ushbu parallelizm
ona va bola oʻrtasidagi biologik va ma’naviy yaxlitlikni lisoniy obraz darajasiga koʻtaradi;
insoniy tomondan esa ona — hayot baxsh etuvchi zamin, bola esa uning qalbida unib chiqqan
eng goʻzal va ajralmas qism ekanligi ta’kidlanadi. “Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor”
maqolida esa oʻzbek xalqining jamoaviylik tabiatining yorqin in’ikosi namoyon boʻladi. Bunda
qoʻllanilgan “bozor” va “mozor” antitezalari lingvokulturologik belgi vazifasini oʻtab, bolaning
shovqini va shoʻxligini hayotiy baraka va ijtimoiy energiya sifatida, uning yoʻqligini esa
ma’naviy tushkunlik va gʻariblik sifatida talqin etadi. Bu maqol orqali oilaning ijtimoiypsixologik vazifasi lisoniy zidlanishlar yordamida isbotlanadi. Shuningdek, “Bolamning bolasi
– qandin oʻrik donasi” kabi xalqona iboralarda avlodlararo munosabatlarning oʻziga xos ieraxik
va emotsional darajalari gastronomik metafora yordamida ochib berilgan. Oʻrik (bola) shirin,
ammo uning magʻzi (nabira) undan-da qadrliroq ekanligi haqidagi mantiqiy xulosa oʻzbekona
mehr-oqibatning choʻqqisini, ya’ni nasl davomiyligiga boʻlgan cheksiz muhabbatni ifodalaydi.
Ushbu maqollar tahlil qilinganda, ularning shunchaki oʻgit emas, balki millatning ma’naviy
dunyosi, oilaviy iyerarxiyasi va hayot mazmuni haqidagi qarashlarini oʻzida saqlovchi barqaror
etnomadaniy kodlar ekanligi ayon boʻladi. Til va madaniyat integratsiyasi natijasida yuzaga
kelgan bunday lisoniy birliklar oʻzbek tilining nafaqat aloqa vositasi, balki milliy mentalitetni
avloddan avlodga uzatuvchi asosiy vosita ekanligini tasdiqlaydi.
1-jadval. Oʻzbek va ingliz lingvomadaniyatidagi maqollarning nazariy xususiyatlari
(umumiy farqlar)
T/r Izoh Oʻzbek madaniyatida Ingliz madaniyatida
1 Olamning lisoniy Oʻzbek maqollarida bu Inglizlarda logika va shaxsiy
manzarasida manzara koʻproq erkinlikka uygʻu beriladi.
shaxslararo munosabatlar
va axloqqa yoʻnaltirilgan
2 Lingvokulturemalar tahlili Har bir xalqning milliy madaniyatidan kelib chiqib
belgilanadi, masalan, inglizlarda “tort”, oʻzbeklarda
“non” lingvokulturemasi.
3 Individualizm asoslari Jamiyat va birdamlik gʻoyasi Shaxs erki va individualizm
ilgari suriladi. gʻoyasi ustuvor.
XULOSA. Xulosa sifatida qayd etish joizki, xalq maqollari har bir millatning oʻziga
xos milliy-madaniy turmushi, koʻp asrlik ijtimoiy tajribasi va maishiy hayot faoliyatini oʻzida
aks ettiruvchi oʻziga xos “madaniy koʻzgu” hisoblanadi. Maqollarni lingvomadaniy jihatdan
tahlil qilish orqali nafaqat muayyan elatlarga xos boʻlgan lisoniy tizim xususiyatlarini, balki
ularning dunyoqarashi, qadriyatlar ierarxiyasi va madaniy faoliyati haqida ham chuqur hamda
tizimli ma’lumot olish imkoniyati yuzaga keladi. Bu kabi barqaror birliklar til va madaniyat
integratsiyasining mahsuli boʻlib, ularda xalqning milliy mentaliteti va hayotiy falsafasi
lingvokulturemalar koʻrinishida muhrlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva N. va boshq. Oʻzbek xalq maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari:
elektron // Mudarris. — 2026. — № 2. — B. 2-4. — URL:
https://uniwork.buxdu.uz/resurs/25396_1_EF9E04CEFBC31ADC4B5273FF6863B5731894
E1.pdf
2. Aytniyazova N. OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILIDAGI MAQOLLARNING
LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI. Наука и инновация, 2(18), 83–86, 2024,
извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/46694
3. Fayziyeva A. X. Maqollarni oʻrganish bilan bogʻliq lingvokulturologik yondashuvlar,
elektron // Ilm-fan xabarnomasi. — 2024. — Vol. 5, № 1. — URL:
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi/article/view/8129
4. maqol — Izoh.uz — Oʻzbek tilining izohli lugʻati
5. www.wikipedia.org
6. Худойберганова Д. Лингвокультурология терминларининг қисқача изоҳли луғати. –
Тошкент: Turon zamin ziyo, 2015. – Б. 4.