MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA
ANTROPONIMLARNING QOʻLLANILISHI
Shomurodova Osiyo, L.Gʻaniyeva*
Oriental universiteti 1-kurs talabasi
*Ilmiy maslahatchi: PhD, katta oʻqituvchi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Muhammad Yusuf ijodida kishi nomlari
(antroponimlar)ning qoʻllanilishi va ularning badiiy-uslubiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada
antroponimlarning asarlarda oddiy nom sifatida emas, balki ma’naviy va tarixiy mazmun
tashuvchi birlik sifatida xizmat qilishi koʻrsatib beriladi. Misollar orqali kishi ismlarining kelib
chiqishi, ularning qadimiy ildizlari hamda boy lugʻaviy va ramziy ma’nolari izohlanadi.
Natijada antroponimlar Muhammad Yusuf ijodida badiiy ifodani kuchaytiruvchi muhim vosita
ekanligi ta’kidlanadi
Kalit soʻzlar: Antroponim, antroponimika, ota ismi, laqab, taxallus.
Annotation. This article discusses the use of personal names (anthroponyms) in the
works of Muhammad Yusuf and analyzes their artistic and stylistic significance. It shows that
anthroponyms in his works function not only as simple names of characters but also as linguistic
units carrying historical and spiritual meaning. Through examples, the article explains the
origins of personal names, their ancient roots, as well as their rich lexical and symbolic
meanings. As a result, it is emphasized that anthroponyms serve as an important artistic device
that enhances the expressiveness of Muhammad Yusuf’s literary works
Key words: Patronymic (middle name), sobriquet, pseudonym.
Аннотация. В данной статье рассматривается использование личных имён
(антропонимов) в творчестве Мухаммада Юсуфа и анализируется их художественностилистическое значение. Показано, что антропонимы в его произведениях выступают
не только как простые имена персонажей, но и как языковые единицы, несущие
исторический и духовный смысл. На примерах объясняются происхождение личных имён,
их древние корни, а также их богатые лексические и символические значения. В
результате подчёркивается, что антропонимы являются важным художественным
средством, усиливающим выразительность произведений Мухаммада Юсуфа.
Ключевые слова: Антропоним, антропонимика, имя, прозвище, псевдоним.
Shaxs nomlarini va ularning etimologiyasini oʻrganish bugungi kunda xalqaro darajada
tilshunoslikning muhim masalasi hisoblanadi. Antroponimlar (yunoncha anthropos – “inson” va
onoma – “nom” soʻzlaridan) tilshunoslikda kishi atoqli otlarini — ism, familiya, laqab, taxallus,
patronim va boshqa nomlash shakllarini ifodalovchi birliklar sifatida talqin etiladi58. Atoqli
otlarning muhim turlaridan biri hisoblangan antroponimlarning ma’lum bir tildagi jami majmuyi
antroponimiya deb yuritiladi.
Antroponimlarni oʻrganuvchi soha esa antroponimika yoki ismshunoslik boʻlib, u
onomastikaning tarkibiy qismi sifatida kishi nomlarining kelib chiqishi, tarixiy rivoji,
semantikasi va funksional xususiyatlarini tadqiq etadi. Oʻzbek tili antroponimikasi bu hozirgi
58 Husanov N. Antroponimlar va dalillash usullari. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1999. – B. 15.
oʻzbek tilshunosligining boʻlimi boʻlib, u oʻzbek ismlari, familiyalari va otasining ismlarini
(otasining ismi-patronimik) oʻrganadi. Oʻzbek tilidagi aksariyat antroponimlar turkiy, arab,
fors, keyinchalik esa rus va Yevropa anʼanalari taʼsirida shakllangan. Uning asosida asl turkiy
ildizlar yotadi, shuningdek, islom dini va tarixiy aloqalar bilan bogʻliq boy oʻzlashmalar qatlami
ham mavjud.
Oʻzbek antroponimikasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ismlar tuzilishi jihatidan jinsni farqlaydi va xalq madaniyatining ifodalovchisi hisoblanadi.
Xususan, Bolta, Tesha, Boʻri, Qoʻchqor kabi ismlar buning dalilidir. Odatda shaxsiy ism
(asosiy ism + jins yoki ijtimoiy maqomni bildiruvchi qoʻshimchalar)dan iborat boʻladi.
Masalan: -bek, -bonu, -oy, -jon kabi qoʻshimchalar.
2. Turli tillarga oid antroponimlarning salmoqliligi ijtimoiy-siyosiy tarixiylik muhitini
akslantiradi. Xususan, turkiy: (Aybek, Ulugʻbek, Safar) — koʻpincha kuch, tabiat yoki
tugʻilish holatlarini ifodalaydi. Arabiy antroponimlar (Muhammad, Abdulla, Fotima) diniy
mazmunga ega boʻlib, islom bilan bogʻliq. Forsiy ismlar (Rustam, Zarina, Farhod) Fors
madaniyati bilan tarixiy yaqinlikka ega ekanlikni isbotlaydi.
Bugunki kunda ingliz, turk, arab var us tiliga oid ismlarning koʻp qoʻllanilishiga guvoh
boʻlyapmiz.
Familiyalar va otasining ismida antroponimlarning qoʻllanilishixususidaquyidagicha fikr
bildirish mumkin. Anʼanaviy ravishda patronimik shakl qoʻllangan, yaʼni otaning ismiga oʻgʻli
(oʻgʻil uchun) yoki qizi (qiz uchun) qoʻshilgan. Sovet davrida esa ruscha -ov / -ev qoʻshimchali
familiyalar (Aliyev kabi) keng tarqalgan. Hozirgi kunda milliy shakllarga qaytish jarayoni ham
kuzatilmoqda (ism + oʻgʻli/qizi).
Oʻzbek antroponimikasi Begmatov E. ilmiy ishlarida batafsil yoritilgan boʻlib, unda
ismlarning shakllanish qonuniyatlari, tarixi va tasnifi oʻrganiladi59.
Adabiyot har bir tarixiy davrning ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy-axloqiy
muammolarini yoritish, ularga badiiy yechim izlash orqali muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi. Uning ijtimoiy-ma’rifiy mohiyati, ayniqsa, xalqning milliy ruhini, dunyoqarashini va
estetik qarashlarini ifodalashda yaqqol namoyon boʻladi. Shu jihatdan ham til va madaniyat
hamda til va tafakkur munosatini lingvistik tahlil qilish, yetarli natijaga erishish va asosli
xulosalar berish uchun badiiy ijod na’munalarini oʻrganish yetarlicha samara beradi.
Oʻzbek she’riyatining yirik vakillaridan biri boʻlgan Muhammad Yusuf ijodida, aynan,
xalqona poetik tafakkur yetakchi tamoyil sifatida namoyon boʻladi. Shoir she’rlarida xalq
ruhiyati, milliy qadriyatlar, sodda va samimiy ifoda vositalari aynan antroponimlar bilan
uygʻunlashgan holda beriladi. Shoir she’riyatida qoʻllanilgan har bir leksik birlik, xoh u atoqli
ot, xoh turdosh ot boʻlsin, muayyan badiiy-estetik vazifani bajaradi. Ya’ni soʻz tanlovi tasodifiy
emas, balki asarning umumiy gʻoyasi, mavzusi va ichki semantik tuzilishi bilan uzviy bogʻliq
holda amalga oshiriladi. Ayniqsa, antroponimlarning qoʻllanishi shoir poetikasida alohida
ahamiyat kasb etadi.
Badiiy adabiyotda, xususan, she’riyatda antroponimlar keng qoʻllaniladi. Ular faqat vazn
yoki qofiyani ta’minlash vositasi sifatida emas, balki asarning mazmunini chuqurlashtiruvchi,
obrazlarni individuallashtiruvchi va milliy koloritni kuchaytiruvchi muhim poetik vosita sifatida
xizmat qiladi.
59 Бегматов Э. Ўзбек тили антропономикаси. – Тошкент: Фан, 2013. – Б. 7.
Muhammad Yusuf she’riyatida antroponimlar ana shunday badiiy-estetik vazifani
bajarib, lirik matnning semantik qatlamini boyitadi, undagi gʻoyaviy yukni kuchaytiradi hamda
xalqona ruhni yanada teranroq ifodalashga xizmat qiladi. Shu bois shoir ijodida qoʻllanilgan
antroponimlarni lingvopoetik jihatdan tahlil qilish alohida ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Quyida aynan Muhammad Yusuf ijodida uchraydigan ayrim antroponimlarning lingvistik
xususiyatlari va funksional vazifasi tahlil qilinadi.
Gʻirot mingan Goʻroʻgʻli
Bobom qani aytinglar,
Qoʻngʻirotlik Alpomish
Ogʻam qani aytinglar.
Shoirning “Aytinglar” she’ri hajman uncha katta boʻlmasada uning gʻoyaviy mazmuni va
mavzu koʻlami salmoqlidir. Bu mazmunning yanada chuqur ma’noga ega boʻlishida
antroponimlarning oʻrni alohida. Toʻrtlikda keltirilgan Goʻroʻgʻli va Alpomish antroponimining
qoʻllanilishi boy oʻtmish tariximizga bir nazar boʻlsa, misralarda aynan shu antroponimlarning
qoʻllanilishi ona tilimizning boy oʻtmish tarixiga ega ekanligini bildiradi. Muhammad Yusuf
she’riyatida antroponimlar oʻziga xos ravishda qoʻllaniladi. Ular tarixiy mazmunga va boy
lugʻaviy ma’noga egadir.
Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhra yigʻlab qoldi qonbagʻir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Shoirning “Mehr qolur” she’rida qoʻllanilayotgan Tohir va Zuhra kishi nomi
(antroponim) lari she’rning mazmundorligini yanada oshiradi. Tohir ismi arab tilidan olingan
boʻlib, oʻgʻil bolalarga qoʻyiladi. Uning ma'nosi pokiza, dogʻsiz, nuqsonsiz, begunoh va ma’nan
toza degan ma'nolarni anglatadi. Bu ism qalban sof, gunohlardan yiroq va halol inson obrazini
ifodalaydi. Shuning uchun ham ushbu she’rda Tohir ismining qoʻllanilishi oʻziga xos bir
madaniyatning ramziy ifodasidir. Bu ism Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning oʻgʻillari ismi
boʻlgani uchun ham alohida e’zozlanadi. Shuningdek, Oʻzbek adabiyotida va xalq ogʻzaki
ijodida, xususan Alisher Navoiyning “Layli va Majnun»” kabi asarlari va “Tohir va Zuhra”
dostoni orqali ham bu ism keng ommalashgan. Tohir nomi qadimgi turkiy tilda tohar shaklida
ishlatilganligi toʻgʻrisida qarashlar mavjud, xususan, tohariylar qabilasining nomi (qadimda
turkiy qavmdan biri) aynan shu bilan bogʻliq deyiladi. Adabiyotda esa u sadoqatli va begʻubor
inson obrazini yaratishda muhim badiiy vosita sifatida qoʻllaniladi.. Zuhra antroponimi juda
qadimiy kelib chiqishga ega boʻlib, u arab tilidagi Zuhra soʻzidan olingan boʻlib yorugʻlik,
porlash, gullash, goʻzallik va nur sochuvchi yulduz degan ma’nolarni anglatadi.Bdiiy ijod
na’munasida Zuhra yordamga kelishini, birgalikda yaxshi va buyuk xislatlarga ega boʻlish
lozimligini anglatmoqchi. Qolaversa, ushbu asarda muhabbat mavzusi, insonning pok sevgisini
ulugʻlash, visol orzusi, vafodorlik motivlarini ifodalaydi.
M. Yusufning “Yurtim ado boʻlmas armonlaring bor” she’rida ham bir qancha
antroponim(kishi nomi)lar qoʻllanilgan.
Bagʻrim oʻrtar bir oʻy bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybinbilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...
Vatan tarixi, moziyning nurli va zulmatga choʻlgʻangan davrlari shoir she’rlarida befarq
qoldirilmadi. Shoir Vatan uchun jonini fido etgan el farzandlarining jasoratini alohida bir gʻurur
bilan ifoda etadi. Bunda esa xalqning Akmal Ikrom, Fayzullodek oʻgʻlonlarini esga oladi. Akmal
Ikrom, Fayzullo antroponimlari arabcha soʻz boʻlib eng Akmal yetuk degan ma’noni, Ikrom
antroponimi izzat va ehtirom, Fayzullo ismi esa Ollohning marhamati va shavqati deganidir.
Ushbu zamin tuprogʻida eng yetuk va shavqatli farzandlar tarbiyalanayotganini muallif chiroyli
ifodalaydi. Va ular xalqining kelajagi uchun Vatani uchun yashab oʻtganini kitobxonga uqtiradi.
Ne baht besh yuz ildan beri
Boqiydir bir bobom she’ri
Behzod chizgan suratini
Menga bering, menga bering.
Ushbu parchada qoʻllangan Behzod yoki Begzod antroponimi oʻzbek va fors-tojik
tillaridan olingan boʻlib, «beklar avlodiga mansub», «bek farzandi», «aslzoda» yoki «beklar
zotidan» degan maʼnolarni anglatadi. Bu ism oʻgʻil bolalarga nisbatan qoʻllanilib, asosan viqorli,
mard, kuchli va hurmatga sazovor insonni ifodalaydi. sharq san’atining yirik namoyandasi
Kamoliddin Behzodga ham oʻz davrida shunday ta’rif berishgan. Begzod ismi turkiy bek soʻziga
zod forsiy qoʻshimchaning qoʻshilishi natijasida vujudga kelgan. Shoir Muhammad Yusuf ushbu
tarixiy shaxs nomidan foydalanish orqali Sharq san’ati tarixi, xalqning boy madaniy merosi va
milliy faxr tuygʻulariga murojaat qiladi.
Aytish mumkinki, antroponimning qoʻllanishi she’rning mazmun doirasini kengaytirib,
unda tarixiy xotira va estetik qadriyatlarni kuchaytiradi. Til va madaniyat oʻrtasidagi
munosabatni aniq va ravshan holda oʻzida aks ettiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Husanov N. Antroponimlar va dalillash usullari. Oʻzbek tili va adabiyoti.- Toshkent,
1999. 5-20 b.
1. Begmatov E. Oʻzbek ismlari ma’nosi – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi,1998.
– 500 b.
2. Бегматов Э. Ўзбек тили антропономикаси. – Тошкент: Фан, 2013. – 264 б.
3. Muhammad Yusuf. UlugʻimsanVatanim. – Toshkent: Sharq, 2006. 80 b.
4. Toʻxliyev B. Adabiyot. – Toshkent: Bayoz, 2014. – 190 b.