ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Tilshunoslikda muqobilsiz leksika tushunchasi va uning lingvistik mohiyati

Togaymurodova Sevara Sirojiddin qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

TILSHUNOSLIKDA MUQOBILSIZ LEKSIKA TUSHUNCHASI
VA UNING LINGVISTIK MOHIYATI

Togaymurodova Sevara Sirojiddin qizi
Qarshi Davlat Universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya. Mazkur tezisda tillararo tafovutlarning madaniy omillar bilan bogʻliqligi
hamda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniyatshunoslikdagi oʻrni yoritiladi. Muqobilsiz leksika
tushunchasining nazariy asoslari, uning yuzaga kelish sabablari va tarjima jarayonidagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, leksik birliklarning milliy-madaniy boʻyoqdorligi,
konnotativ ma’no turlari (emotsional, baholovchi, ekspressiv, stilistik va milliy-madaniy
konnotatsiyalar) misollar asosida izohlanadi. Xulosa sifatida muqobilsiz va konnotativ leksika
xalqning tarixiy-madaniy tajribasini aks ettiruvchi muhim vosita ekani hamda tarjimada nafaqat
lingvistik, balki madaniy kompetensiya ham zarurligi ta’kidlanadi.

Kalit soʻzlar: muqobilsiz leksika, lingvomadaniyatshunoslik, konnotatsiya, milliymadaniy komponent, tarjima, ekvivalentlik.

Аннотация. В данной тезисе рассматривается взаимосвязь межъязыковых
различий с культурными факторами, а также роль безэквивалентной лексики в
лингвокультурологии. Анализируются теоретические основы понятия безэквивалентной
лексики, причины её возникновения и значение в процессе перевода. Кроме того, на
примерах раскрывается национально-культурная окрашенность лексических единиц и
виды коннотативного значения (эмоциональная, оценочная, экспрессивная,
стилистическая и национально-культурная коннотации).В заключение подчёркивается,
что безэквивалентная и коннотативная лексика является важным средством
отражения историко-культурного опыта народа, а успешный перевод требует не
только лингвистической, но и культурной компетенции.

Ключевые слова: безэквивалентная лексика, лингвокультурология, коннотация,
национально-культурный компонент, перевод, эквивалентность.

Abstract. This thesis examines the relationship between interlingual differences and
cultural factors, as well as the role of non-equivalent vocabulary in linguoculturology. It
analyzes the theoretical foundations of the concept of non-equivalent lexis, the reasons for its
emergence, and its significance in the process of translation. The national and cultural coloring
of lexical units and the types of connotative meanings (emotional, evaluative, expressive,
stylistic, and national-cultural connotations) are explained with relevant examples.In
conclusion, it is emphasized that non-equivalent and connotative vocabulary serves as an
important means of reflecting the historical and cultural experience of a people, and that
successful translation requires not only linguistic but also cultural competence.

Keywords: non-equivalent vocabulary, linguoculturology, connotation, national-cultural
component, translation, equivalence.

Ma’lumki, tillar orasida oʻzaro tafovutlar mavjud boʻlib, ular madaniyatlar oʻrtasidagi
oʻzaro farqlar natijasida yuzaga keladi. Tilning leksik va frazeologik qatlamida juda koʻp farqlar
mavjud, ya’ni, ular boshqa millat madaniyatiga xos boʻlmagan va u xalqda mavjud boʻlmagan

189

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

leksemalarning boshqa tilda ekvivalenti mavjud boʻlmaydi. Har qanday til yoki dialektda boshqa
tilga bir soʻz bilan tarjima qilib boʻlmaydigan soʻzlar mavjud. Ya’ni asliyat tilidagi ayrim leksik
birliklar tarjima tilining leksik tarkibida uchramaydi, ularning oʻxshashi boʻlmaydi. Bunday
soʻzlarga muqobilsiz (lot. aequus- teng, muqobil + valens- qiymat) leksika deyiladi83. Ushbu
tushuncha 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab, lingvokuturologiya fanining ildizlaridan biri
sifatida turli olimlar tomonidan oʻrganilib kelinmoqda. “Muqobilsiz leksika” termini tilshunos
olim Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlar tomonidan ilk bor fanga kiritilgan84. Ular
mazkur terminni quyidagicha tariflashgan:

“Muqobilsiz leksika boshqa madaniyat va tilda mavjud boʻlmagan tushunchalarni
ifodalovchi soʻzlar, ya’ni faqat muayyan madaniyatgagina xos boʻlgan madaniyat unsurlari,
shuningdek, boshqa tillarda tarjimasi mavjud boʻlmagan, bir soʻz bilan aytganda, oʻzi ta’aluqli
boʻlgan tildan tashqarida muqobili boʻlmagan soʻzlardir deydi.

Muqobilsiz leksika vujudga kelishining keyingi sababi leksik-semantik tasniflardagi
farqlar, ya’ni stilistik muqobilsizlikni keltirishi mumkin. Bunda funksional boʻyoqqa ega boʻlgan
soʻzlar, biror uslubga xoslangan soʻzlarning boshqa tilda mavjud boʻlmasligidir. Masalan: xotin
soʻzining soʻzlashuv uslubiga, shunday ma’noni beruvchi jufti halol soʻzining esa badiiy uslubga
xosligi, aynan shu soʻz rasmiy-idoraviy uslubda rafiqa tarzida faolligi hammamizga ma’lum.
Ammo bu soʻz ingliz tiliga tarjima qilinganda faqat spouse yoki wife deb tarjima qilinadi va bu
sinonimik qatorning hammasi uchun umumiy. Buning natijasida funksional boʻyoqdor soʻzlar
orqali muqobilsiz leksikalar vujudga kelgan.

Leksikani oʻrganishdagi turlicha yondoshuvlar, tizimli-strukturaviy va tizimli-semantik
belgilar asosida qat’iy tasniflashdan tashqari, tilshunoslik sohasiga oid adabiyotlarda leksikani
milliy-madaniy boʻyoqdorlik darajasi (millatlararo, muqobilsiz, ikkilamchi, konnotativ leksika)
nuqtai nazaridan klasssifikatsiya qilish zaruriyatga aylanmoqda. Leksikani milliy-madaniy
mazmunini aks ettiruvchi birlik sifatida oʻrganishda Ye.M. Vereshagin va V.G.
Kostomarovlarning “Til va madaniyat” (1973), “Soʻzning lingvooʻlkashunoslik nazariyasi”
(1980) ishlari asosiy ahamiyatga ega. Soʻzning mazmunida leksik konsept va leksik fonni ajratar
ekan, olimlar leksikani turlicha ta’riflaydilar:

1) Ma’lum madaniyatga xos boʻlgan, voqelikni ifodalovchi muqobilli va muqobilsiz
leksikaning qarama-qarshiligida boʻlsa

2) Muqobilli va toʻliqsiz muqobilli ikkilamchi ma’no komponentlariga ega
leksikaning qarama-qarshiligida. Soʻnngi ikkilamchi deb ta’riflangan leksikaga mualliflar har
ikkinchi oʻzbekcha soʻzni qoʻllashadi. Masalan: kitob yozuv umuminsoniy tushunchalar har hil
tillarda ma’no jixatdan umumiy, biroq leksik jihatdan bir-biridan farqlanuvchi soʻzlar bilan
ifodalanadi. Chunonchi, yozuv bizning maktabda va rivojlangan mamlakatlarda aynan
Germaniyada mutlaqo turlicha shakllantiriladi. Maktab soʻzi konsepti turli mamlakatlarda turli
xil mazmun bilan toʻldiriladi. (11 yillik, 12 yillik, boshlangʻich ta’lim va hakozolar).

Bundan tashqari milliy-madaniy komponentli ma’noga ega leksikaga konnototiv leksika
ham kiradi. Konnototiv leksika – bu asosiy (denotativ) ma’nodan tashqari, unga qoʻshimcha
tarzda yuklangan baholovchi, emotsional, ekspressiv, stilistik yoki madaniy ma’nolarni
ifodalovchi leksik birliklardir. Bunday soʻzlar nutqda faqat predmet yoki hodisani nomlabgina
qolmay, balki soʻzlovchining munosabati, hissiy holatini ham ifodalaydi. Uning oʻziga xos
turlari ham mavjud boʻlib, ular quyidagilardir:

83 Usmonova S. Lingvomadaniyatshunoslik. – T.: Bookmany print, 2022. – B. 94.
84 Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Лингвострановедческая теория слова. – М.: Русский язык, 1980. – 320 с.

190

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026

Emotsional konnotatsiya – bunda inson his tuygʻulari soʻz orqali ifodalanadi. Masalan:
uycha (mehr ifodalaydi shu soʻzga nisbatan), bechora (achinish), tentak yoki telba (salbiy hissiy)
emotsiyalarni ifodalashini koʻrishimiz mumkin. Bunday ifodalar nafaqat oʻzbek tilida, ingliz
tilida ham huddi shunday ifodalanadi. Masalan: home (mehr), poor guy (achinish) va boshqalar.

Baholovchi konnatatsiyalar – bunda ham insonning ijobiy va salbiy his-tuygʻulari soʻzlar
orqali ifodalanadi. Masalan: mard, jasur (ijobiy), ziqna, xasis (salbiy), aqilli, dono (maqtov) kabi
soʻzlar bilan bilan ifodalanishini koʻrishimiz mumkin. Ingliz tilida ham huddi oʻzbek tilidagi
kabi ijobiy va salbiy his-tuygʻular soʻz bilan ifodalanganini uchratishimiz mumkin. Masalan:
brilliant (juda kuchli ijobiy) ma’noni ifodalovchi soʻz, greedy (salbiy), clever child va
boshqalarni aytishimiz mumkin.

Ekspressiv konnotatsiya – ushbu tushuncha kengroq ma’noni ifodalovchi tushuncha
boʻlib, u nafaqat his-tuygʻuni balki kinoya, maqtov, va tanqidni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Masalan: yuragi togʻday, koʻz ochib yumguncha, tili shirin, tili zahar, ingliz tilida esa as brave
as a lion, in the blink of an eye, sharp-tongued va hakozolar.

Stilistik konnotatsiya – soʻz yoki iboraning asosiy ma’nosidan tashqari qaysi nutq
uslubiga xos ekanligini ifodalovchi qoʻshimcha ma’nosidir. Konnatatsiyaning bu turi soʻzning
kommunikativ vaziyatda, qaysi nutq uslubida qoʻllanishini ifodalaydi. Masalan: zot (badiiy
uslub), mazkur (rasmiy uslub), gap-soʻz (soʻzlashuv uslubi)ga ingliz tilida esa commence
(rasmiy), kid (soʻzlashuv), reside (kitobiy) uslub va hakozolar.

Milliy-madaniy konnotatsiya – bunday soʻzlar aynan bir xalqning madaniyati va
mentalitetiga xos soʻzlar boʻlib, aynan shu madaniyatda foydalaniladi. Masalan: mehmon
(hurmat ma’nosini ifodalovchi), ota uy (muqaddas qadryatni ifodalovchi), ingliz tilida esa
gentlemen (tarbiya, madaniyat bilan bog ‘liq konnatatsiya), Thanksgiving (madaniy qadryat) va
boshqalar. Konnatativ leksika nutqning ta’sirchanlik va pragmatik ma’nosini oshiradidi. Aynan
bunday uslub badiiy matnlarda, publitsistik diskurs va tarjima jarayonida ushbu
konnotatsiyalarni toʻgʻri anglash va yetkazish muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib shuni aytish joizki bu kabi leksik birliklar xalqimizning asriy qarashlari,
ma’naviy hayotining asosi sifatida yuzaga kelgan, tasavvurimizda muhrlangan qadriyatlar,
an’analar ifodasidir. Shunday ekan, bunday birliklar faqat bizning millatimizgagina xos hodisalar
boʻlib qolmay, boshqa xalq vakillarida ham bunday jarayonlar kuzatiladi. Muqobilsiz leksikani
tarjima qilishda nafaqat asliyat tilini bilishi, balki xalqlar madaniyatining oʻziga xos
xususiyatlari, urf-odati, maishiy hayoti, nutqiy etiket qoidalarini bilishini ham talab etadi.
Shundagina tarjima muvaffaqqiyatli amalga oshishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYX BATI
1. Usmonova, S. Lingvomadaniyatshunoslik. – T.: Bookmany print, 2022. – 94 b.
2. Vereshagin, Ye.M., Kostomarov, V.G. Til va madaniyat. – Moskva: Rus tili nashriyoti,

1973.
3. Верещагин Е.М., Костомаров В.Г. Лингвострановедческая теория слова. – М.:

Русский язык, 1980. – 320 с.

191