ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arabiy o‘zlashmalarning o‘zbek tili tizimidagi o‘rni

Yakubova Nilufar Egamberganovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARABIY OʻZLASHMALARNING OʻZBEK TILI TIZIMIDAGI
OʻRNI

Yakubova Nilufar Egamberganovna
Xorazm Ma’mun akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya. Oʻzbek tili leksikasida boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar anchagina
miqdorni tashkil etadi. Arab va fors-tojik lugʻaviy oʻzlashmalari affiksal soʻz yasalishi
jarayonida ayniqsa faoldir. Ushbu maqolada soʻz yasalishi tufayli nominasiya jarayoni sodir
boʻlishi hamda soʻz oʻzlashtirishning soʻz yasalishiga munosabati tahlil qilinadi.

Аннотация. В лексике узбекского языка значительное количество слов,
заимствованных из других языков. Арабские и персидско-таджикские лексические
заимствования особенно активны в процессе аффиксального словообразования. В данной
статье анализируется процесс номинации, происходящий благодаря словообразованию, а
также отношение заимствования слова к словообразованию.

Abstract. In the lexicon of the Uzbek language, there are significant numbers of words
borrowed from other languages. Arabic and Persian-Tajik lexical borrowings are particularly
active in the process of affixal word formation. This article analyzes the nomination process
occurring through word formation, as well as the relationship between borrowing and word
formation.

Kalit soʻzlar: soʻz yasalishi, oʻzlashma soʻzlar, motivlovchi asos, ligʻaviy birlik, arabiy
oʻzlashma, oʻzbek tili leksikasi.

Ключевые слова: словообразование, заимствованные слова, мотивирующая
основа, лексическая единица, арабское заимствование, лексика узбекского языка.

Key words: word formation, borrowed words, motivating base, lexical unit, Arabic
borrowing, Uzbek language vocabulary.

KIRISH. Soʻz yasalishini alohida mustaqil soha deb ajratish oʻzbek tilshunosligida
oʻtgan asrning 70-80-yillarida yuz berdi. Soʻz yasalishi tufayli nominasiya jarayoni ta’minlanadi.
Soʻz yasalishi tizimi doirasida soʻz yasash bazasi, soʻz yasash ma’nosi, soʻz yasash vositasi, soʻz
yasash usuli, soʻz yasash tipi, soʻz yasash qolipi kabi tushunchalar mujassamlashgan. Ayniqsa,
soʻz yasash bazasi deb ataluvchi tushunchaning ahamiyati muhim va asosiydir. Bu tushuncha
soʻz yasash vositasi, soʻz yasash qolipi kabi ichki qismlar munosabatidan tashkil topadi. Soʻz
yasash bazasining muhimligi shundaki, u yangi soʻz hosil boʻlishida motivasiya asosi vazifasini
oʻtaydi.

Tilda soʻz yasalish tizimi shu tilning oʻzigagina qarashli boʻlgan lisoniy birliklargagina
tayanib qolmaydi. Soʻz yasalishi jarayonida oʻzga til lugʻaviy unsurlarining roli ham kam emas.
Oʻzbek tili leksikasida boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar anchagina miqdorni tashkil etadi.
Arab va fors-tojik lugʻaviy oʻzlashmalari affiksal soʻz yasalishi jarayonida ayniqsa faoldir.

Bu hol arabcha lugʻaviy oʻzlashmalari uchun ham xos. Oʻzbek tilida hozirda ham faol
amalda boʻlgan arab va fors-tojik lisoniy birliklari soʻz oʻzlashtirishning tarixiy-an’anaviy
koʻrinishiga mansub, chunki istalgan har bir tilda an’ana mavjuddir.

E.Begmatov oʻzbek tilining leksik qatlamlariga bagʻishlangan ishlarida oʻzbek tilining
oʻz ichki lugʻaviy resursi boʻlgan, oʻzbek tilining oʻzida asrlar davomida hosil qilingan soʻzlarni

oʻzbekcha soʻzlar deb yuritadi. Bunday soʻzlarning ijodkori va egasi oʻzbek xalqi, oʻzbek tilidir.
Chunki oʻzbekcha soʻzlarni oʻzbek tilida gaplashuvchi etnos oʻz tilining imkoniyatlari asosida
yasaydi, uning lisoniy ijodkoridir, ya’ni “oʻzbekcha soʻzlar oʻzbek tilining oʻz soʻzi, oʻz
mahsulidir”.

Soʻz yasalishi haqida gap borganda soʻz hosil qiluvchi lugʻaviy negizning qaysi lugʻaviy
qatlamga tegishli ekanini e’tiborga olish fikri oʻzbek tilshunosligida birinchi bor
E.Begmatovning ishlarida ilgari suriladi. Ushbu munosabat bilan u arabcha oʻzlashmalar
negizida yasalgan soʻzlar xususida qisqacha toʻxtalgan. Uning yozishicha, oʻzbekcha soʻzlar
arabcha lugʻaviy negizlardan oʻzbekcha qoʻshimchalarni (taqsimlagich, asoslamoq,
niqoblamoq); tojikcha soʻz yasovchi morfemalarni (amaldor, arizaboz, serixlos); hatto ba’zi
arabcha morfemalarni qoʻshish orqali ham (majusiy, aqliy) yasaladi.

Ushbu maqolada soʻz oʻzlashtirishning soʻz yasalishiga munosabati tahlil qilinadi.
Oʻzlashgan lugʻaviy birliklar soʻz yasalishi jarayonida ishtirok etganda, tilning rivojlanishi
uchun ikkinchi bor hissa qoʻshgan boʻladi. Soʻz yasash bazasi darajasiga yetishgan oʻzlashma
soʻzlar soʻz oʻzlashtirgan tilning deyarli oʻz soʻzi maqomiga kiradi.

Arabcha soʻzlarning oʻzbek tiliga morfologik jihatdan moslashishi ikki holatda: a)
arabcha soʻzlar negizida oʻzbek tilida yangi soʻzlar hosil qilinishida; b) arabcha soʻzlarning
oʻzbek tilidan grammatik forma yasovchi qoʻshimchalarni qabul qila olishida yorqin koʻrinadi.

Soʻz yasalishiga bagʻishlangan ishlarda yangi lugʻaviy birliklarning hosil qilinishi bilan
bogʻliq faollik - nofaollik darajasi, odatda, yasovchi vosita (motivlovchi formant, motivlovchi
vosita) larga va ular qoʻshilishidan hosil boʻlgan yangi lugʻaviy birliklarning oz-koʻpligiga qarab
belgilanadi, motivlovchi (yasovchi) asosning soʻz yasashdagi imkoniyatlari hisobga olinmaydi.
Aslida, soʻz hosil qilish jarayonida soʻz yasalish strukturasining ana shu uzvi (motivlovchi //
yasovchi asos) va uning imkoniyatlari ham hisobga olinishi kerak. Motivlovchi asos (MA),
ya’ni yasovchi asosning faollik – nofaollik imkoniyati motivlovchi vosita (MV) va uning faollik
– nofaollik imkoniyatlariga oʻxshaydi. Farqi shundaki, MV faol boʻlganda, u bir necha yasovchi
(motivlovchi) asosga qoʻshilib, undan yangi lugʻaviy yasalmalar hosil qiladi; nofaol boʻlganda,
atigi bir - ikki motivlovchi asos (MA)ga qoʻshiladi va uning miqdori bilan mutanosib yasalmalar
hosil qiladi.

Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalar oʻzbek tili soʻz yasalishi jarayonlarida ikki xil holatda
ishtirok etadi: 1) bevosita; 2) bavosita. Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalar oʻzbek tili soʻz yasalish
jarayonida bevosita ishtirok etganda, soʻzning soʻz yasalish strukturasi oʻzbek tilining oʻziga
tegishli boʻladi. Unda arab leksik birliklari oʻzbek tiliga mansub motivlovchi vosita (yasovchi
vosita, yasovchi formant)lar bilan soʻz yasash munosabatiga kirishadi.

Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalar oʻzbek tili soʻz yasalishi jarayonida bavosita ishtirok
etganda, motivlovchi asos (MA) maqomidagi uzvning oʻzi yasama leksemalik xarakteriga ega
boʻlib, uning yasalish qolipi oʻzbek tiliga emas, boshqa tilga xos boʻladi. Bizning faktik
materiallarimiz nuqtayi nazaridan qaralganda, oʻzbek tili soʻz yasalishida bavosita maqom bilan
qatnashadigan arab lugʻaviy oʻzlashmalari tojik tilida yasalgan yasalmalar tarkibida keladi.
Masalan, maktabdorlik, mansabdorlik, zamonasozlik, bexabarlik, barkamollik, dabdababozlik va
h.k.

Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalar oʻzbek tili soʻz yasalishining kompozisiya usuli doirasida
ham yangi leksem birliklar hosil qilishda ishtirok etgan boʻlsa, oʻshanday lisoniy xususiyatlar
soʻz yasashning noaffiksal (kompozisiya) usuli yordamida hosil boʻluvchi qoʻshma va juft
soʻzlarning soʻz yasash strukturasida ham mavjud boʻladi. Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalar

noaffiksal – kompozisiya usulidagi soʻz yasash jarayonida ishtirok etganda, motivlovchi asos
(MA yoki yasovchi asos: YaA), motivlovchi vosita (MV yoki yasovchi vosita) uzvlari har bir
komponentga sinxron-sinkret tarzda qorishib ketadi. Shu jihatdan noaffiksal – kompozisiya yoʻli
bilan hosil boʻlgan lugʻaviy yasalmalarning soʻz yasalish strukturasi affiksasiya yoʻli bilan hosil
boʻluvchi lugʻaviy yasalmalarning soʻz yasalish strukturasidan farq qiladi. Masalan, xat-savod,
boj-xiroj, qimmatbaho yasalmalarining soʻz yasalish strukturasidagi funksional uzvlar,
affiksasiya yoʻli bilan hosil boʻlgan yasalmalarning soʻz yasalish strukturasidan farqli ravishda,
motivlovchi asos (yasovchi asos) va motivlovchi vosita (yasovchi vosita) singari funksional
qismlarga ajralmaydi; ularning har bir komponentida ham motivlovchi asoslik, ham motivlovchi
vositalik vazifalari bir vaqtda (sinxron tarzda) mujassamlashgan, qorishgan boʻladi.

Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalar ishtirokida hosil boʻlgan qoʻshma soʻzlarni yasovchi
uzvlardan birining qaysi tilga mansubligi nuqtayi nazaridan quyidagi toʻrt guruhga ajratish
mumkin:

1) yasovchi uzvlaridan biri oʻzbek tiliga mansub qoʻshma soʻzlar;
2) yasovchi uzvlaridan biri fors-tojik tiliga mansub qoʻshma soʻzlar;
3) yasovchi uzvlaridan biri rus tiliga mansub qoʻshma soʻzlar;
4) yasovchi uzvlarining har ikkisi ham arab tiliga mansub qoʻshma soʻzlar.
Yasovchi uzvlaridan biri oʻzbek tiliga mansub qoʻshma soʻzlarning deyarli koʻpchiligi
soʻz birikmalarining leksikalizasiyalashuvi natijasida hosil boʻlgan. Ular soʻz turkumlari nuqtai
nazaridan ot, sifat, ravish lugʻaviy grammatik kategoriyalariga mansub boʻladi. Ot urkumiga
mansub qoʻshma soʻzlarning soʻz yasalish qoliplari: “ot + ot”; “sifat + ot”, “son + ot”
koʻrinishlarga ega.
Sifat turkumiga mansub qoʻshma soʻzlarning tarkibi ham qoʻshma otlarda kuzatilganidek,
arab lugʻaviy birliklarining oʻzbekcha, forscha-tojikcha soʻzlar bilan qoʻshilishidan hosil boʻlgan
va oʻzbekcha va arabcha soʻzlar birikuvidan reallashgan qoʻshma sifatlar hosil boʻlgan: ishbay,
kunbay. Sifat turkumiga mansub qoʻshma soʻzlarning koʻpchiligida ularning vazifaviy
uzvlaridan biri mavqeyida forscha-tojikcha soʻzlar qoʻllangan: xushmanzara, xushmulozamat,
xushhol, xushmuomala, xushtabassum, xushsurat, xushsuhbat, xushtabiat, xushqad, xushtakalluf,
xushtavoze, xushfe’l, qimmatbaho, harommmagʻiz kabi.
Ziqnafas, sohibjamol, sobitqadam soʻzlarining har ikki qismi ham arab tiliga qarashli. Juft
soʻzlar (JS) ham noaffiksal soʻz yasalishining oʻziga xos koʻrinishlaridan biridir.
1. Arabcha va oʻzbekcha lugʻaviy birliklardan tarkib topgan JSlar. Bu guruhga mansub JSlar
unchalik koʻp emas. His-tuygʻu, qavm-qarindosh, aql-bosh, alam-achchiq, vaqt-chogʻlik, sallatoʻn, savdo-sotiq, salla-chopon JSlar.
2. Arabcha va fors-tojikcha lugʻaviy birliklardan tarkib topgan JSlar. Bunday JSlarning vujudga
kelish qoliplari ikki xil koʻrinishga ega: a) aft-bashara, jang-jadal, jon-hol, chang-gʻubor, nozne'mat, non-nasiba, noz firoq, orzu-umid, orzu-havas va b.; b) hol-jon, ahd-paymon, balo-battar,
vaqt-bemahal, qulf-kalit, xayr-xoʻsh, sabr-bardosh, ojiz-notavon, avra-astar, sayr-tomosho va b.
3. Arabcha va arabcha lugʻaviy birliklardan tarkib topgan JSlar. Bu guruhga mansub JSlar
miqdori oldingi ikki guruhnikiga nisbatan ancha koʻp: avlod-ajdod, ajoyib-gʻaroyib, azobuqubat, aysh-ishrat, alam-iztirob, amal-taqal, aql-hush, balo-ofat, balo-qazo, va'z nasihat, vaqtsoat, jabr-jafo, jabr-zulm, jahd-jadal, murod-maqsad, murosa-madora, nasl nasab, olam-jahon,
omon-eson, sir-asror va b. Hisobimizga koʻra, bunday yasalmalar 85dan ortikdir.
Arabcha lugʻaviy oʻzlashmalarning takroriy soʻz (TS) shaklidagi koʻrinishlari ham
mavjud: alvon-alvon, varaq-varaq, olam-olam, omon-omon, shart-shart, shartta-shartta, shart-

shurt, qatra-qatra, qator-qator, halqa-halqa, gʻadir-budir, hut-yut kabi. Oʻzlashma lugʻaviy
birliklarning oʻzbek tili soʻz yasalishidagi ishtirokini tadqiq qilishdagi murakkab muammolardan
birini yasalmaning uzatuvchi tilda yasalganlarini qabul qilgan til – oʻzbek tilida yasalganlardan
farqlash masalasidir. Oʻzbek tiliga kirgan bir qator soʻzlar arab tilining oʻzida yasalgan boʻlib,
oʻzbek tiliga oʻsha shaklda oʻzlashgan: adabiyot, amniyat, axborot kabi.

Xuddi shuningdek, yasalish asosida arabcha soʻz yotgan bir qator oʻzlashmalar fors-tojik
tilida yasalgan boʻlib, oʻzbek tiliga yasalma leksema sifatida oʻzlashgan. Bularni oʻzbek tilida
yasalgan, oʻzbek tilining soʻz yasash tizimi mahsuli boʻlgan leksemalardan farqlash lozim
boʻladi. Bizning bu masaladagi kuzatishlarimiz negizida arabcha leksema yotgan dan ortiq
soʻzning oʻzbek tiliga arab tilidan yasalma soʻz sifatida oʻtganini koʻrsatadi. Demak, bu soʻzlar
arab tili soʻz yasalish tizimining mahsulidir va ular oʻzbek tilida yaxlit, turgʻun leksema sifatida
tushuniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduraxmonov Gʻ. Oʻzbek tilida arabcha soʻzlar. – Toshkent: Fan, 1995.
2. Abdullaeva M. Oʻzbek tilida oʻzlashmalarning semantik oʻzgarishi. – Toshkent: Fan, 2014.
3. Qayumov A. Lugʻaviy soʻzlar tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1983.
4. Mirzaeva D. Oʻzbek tilidagi neytrallashgan oʻzlashmalar. – Toshkent: Fan, 2019.
5. Mahmudov N. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2006.
6. Xidoyatov A. Oʻzbek tilidagi oʻzlashma soʻzlarning shakllanish jarayonlari. –
Samarqand, 2009.
7. Eshonqulov B.X. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida arabiy lugʻaviy oʻzlashmalarning
paradigmik assimilyasiya munosabati. Avtoreferat. -T.: 1996.
8. Saloyev R., Avazmetov Sh. Oʻzbek tilidagi arabcha va forscha soʻzlar lugʻati.
Oʻqituvchi, 1996.

IV
SHARQ ADABIYOTINI XORIJIY TILLARGA TARJIMA
QILISHDA MADANIY MOSLASHUV MUAMMOLARI

* * *
PROBLEMS OF CULTURAL ADAPTATION IN
TRANSLATING EASTERN LITERATURE INTO

FOREIGN LANGUAGES