ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Inglizcha siyosiy frazeologik birliklarning leksik-semantik guruhlari

Halbekova Nigora Ummatkulovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INGLIZCHA SIYOSIY FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING
LEKSIK-SEMANTIK GURUHLARI

Nigora Halbekova Ummatkulovna
Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tadqiqotchisi

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda siyosiy iborashunoslikning kelib chiqishi, ob’ekti va
vazifalari xususida fikr yuritiladi. Hozirgi kunda ingliz tilidagi siyosiy iboralar leksik-semantik
jihatdan guruhlarga ajratilib, ingliz liderlarining siyosiy nutqlari oʻrganildi va oʻzbek tilidagi
mavjud siyosiy iboralar bilan solishtirildi. Ayni vaqtda ingliz va oʻzbek tilidagi siyosiy iboralarni
toʻgʻri va qusursiz tarjima qilishning eng muqobil yechimi sifatida siyosiy iboralar lugʻatini
tuzish tavsiya qilindi.

Kalit soʻzlar:Oʻzbek tili, ingliz tili, siyosiy ibora, lugʻat, siyosiy nutq, globallashuv.
Abstract. This study discusses the origin, object and tasks of political phraseology.
Currently, political phrases in English are divided into lexical-semantic groups, political
speeches of English leaders are studied and compared with existing political phrases in Uzbek.
At the same time, it is recommended to compile a dictionary of political phrases as the most
alternative solution for the correct and flawless translation of political phrases in English and
Uzbek.
Keywords: Uzbek language, English language, political phrase, dictionary, political
speech, globalization.
Аннотация. В данном исследовании рассматриваются происхождение, объект и
задачи политической фразеологии. В настоящее время политические фразы в английском
языке делятся на лексико-семантические группы, изучаются и сравниваются
политические речи английских лидеров с существующими политическими фразами на
узбекском языке. Одновременно рекомендуется составить словарь политических фраз
как наиболее оптимальное решение для корректного и безупречного перевода
политических фраз на английский и узбекский языки.
Ключевые слова: узбекский язык, английский язык, политическая фраза, словарь,
политическая речь, глобализация.

Soʻnggi vaqtlarda oʻzbek tilshunosligida birin-ketin yangi yoʻnalishlar paydo boʻldi va
rivojlana boshladi. Jumladan, psixolingvistika, sotsolingvistika, gender tilshunoslik va hokazo.
Bu yoʻnalishlar qatorida siyosiy tilshunoslik tushunchasi ham, davr talabi bilan takomillasha
boshladi. Jahon tilshunosligida siyosiy tilshunoslik tuhunchasi, dunyoda globallashuv
jarayonlarining tezlashishi va davlatlar oʻrtasida muloqt qilishga katta ehtiyoj his qilingan bir
vaziyatda yuzaga keldi. BMT, Jahon Banki, Yunesko, UNICEF kabi butun dunyodagi xalqlar va
millatlarni birlashtirgan xalqaro tashkilotlarning faoliyat yuritishiga qaramasdan, global dunyo
yanada jipsroq muloqot (connection)ga ehtiyoj his qilmoqda. Kuchli davlatlar oʻz pozisyalarini
sekin-astalik bilan siyosat maydoniga tashviq qilayotgan bir davrda, Til siyosatning asosiy
muloqot quroliga aylandi. Vaholanki, XXI asr texnika va texnologiya yuksak darajada
rivojlanayotgan bir asrda, oʻzaro siyosiy munosabatlar yanada ijtimoiy muloqot orqali muammo
va masalalrga yechim topishga yoʻl topmoqda. Mana shu yuqoridagi sabablar va jarayonlar

siyosiy tilshunoslikni yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Siyosiy tilshunoslikning eng asosiy
ob’ekti siyosiy nutqdir. Ushbu tadqiqotimizda siyosiy nutq va uning eng asosiy bezagi
hisoblangan frazeologik birliklar haqida toʻxtalib oʻtmoqchimiz.

Siyosiy nutq boʻyicha tadqiqotlar hozirgi vaqtda xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va
oʻsishi tufayli dolzarbdir. Madaniyatlararo muloqotga boʻlgan ehtiyoj va madaniyatlararo
almashinuv, siyosiy nutq, xususan, siyosatchilar nutqi turli shaklllardagi idiomalarga boy, ba'zan
esa oʻzgarmasdir. Tadqiqot davomida siyosiy nutqda frazeologik birliklarning asosiy vazifalari:
tinglovchilarga ta'sir oʻtkazish, jamoatchilik fikrini oʻrganish, jamoatchilikni harakatga undash,
siyosatchi va fuqarolar oʻrtasida yaqinroq aloqa oʻrnatish, siyosiy nutqlarni tahlil qilish degan
fikrga geldik.

Ma’lumki, AQSh va Buyuk Britaniya siyosiy arboblari, shuningdek, siyosiy vakillar
ogʻzaki va yozma muloqotning bir qismi sifatida idiomalardan foydalanadilar. Dunyo liderlari
oʻzlarining siyosiy nutqlarida idiomatik iboralarning oʻziga xos ma’nolarini namoyon qilishadi.
Ovroʻpo va Osiyo liderlarining siyosiy nutqlarida istifoda qiladigan frazeologik birliklarni
qiyosiy tahlil qilganimizda, ularning hammasi ham chet tillarida ekvivalentiga ega emasligiga
guvoh boʻldik. Bu har bir madaniyatning oʻziga xosligi va mentalitetdagi farqlar bilan bogʻliq
boʻlib, bu madaniyatlararo muloqot jarayonini biroz murakkablashtiradi. Masalan, Political
football frazasi toʻgʻridan toʻgʻri oʻzbek tiliga yoki boshqa turkiy tillarga siyosiy futbol shaklida
tarjima qilinadi. Aslida esa uning ma’’nosi “doimiy muammo” yani, “barcha muhokama
qiladigan, biroq doimiy hech kim yechim topmaydigan masalalarga” nisbatan ishlatiladi. Sharq
mamlakatlarida futbol soʻzi mavjud boʻlsada, ammo uni siyosiy iboraning tarkibi sifatida
ishlatmaymiz. Albatta yuqoridagi inglizcha siyosiy ibora futbol sport turning vatani Angliya
hisoslansa, uning kelib chiqishi joyi bilan iboraning ma’nosi assosiyatsiya qilingan degan
fikrdamiz. Shunday ekan, ingliz tilidagi siyosiy iboralarni leksik-semantik jihatdan guruhlarga
ajratib oʻrganish, mavzuni yanada izchil tadqiq qilishga yordam beradi. Demak inglizcha siyosiy
frazemalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Tabiat hodisalari bogʻliq idiomalar (to fall through the cracks, to chase the rainbow)
2. Tarixiy, diniy va falsafiy ishoralarli idiomalar (founding fathers, good-will, good);
3. Inauguratsiyalarda va siyosiy faoliyat tugagandan soʻng siyosatning uzluksizligiga

ishora qiluvchi idiomalar (lame duck, curtain falls, pay tribute, bring gratitude, face
up to big challenges, look up to someone, by heart, hark back, hopeless gloom, play
lead role, look forward to, look for, hold back, put forward);

4. Ranglar hamda muammo va muvaffaqiyatsizliklarga e'tiborni qaratishga qaratilgan

idiomalar (stuck in the rut, fall apart, red line, back down, talk the talk, not walk the
walk, bear the burden, get a free ride, be a one-lane highway, start the engine rolling,
violate the red line, draw a line in the sand, give pink slips).

5. Sport yoki oʻyin nomlari bilan bogʻliq idiomalar (Playing politics, political football,

power play, play the leading role).

6. Hayvonlar nomi bilan bogʻliq idiomalar. (Dark horse, lame duck, wag the dog, a

bitter pill of swallow, a legal eagle, a cat and a mouse game).

7. Joy nomlari bilan bogʻliq idiomalar (Taking the high road, Banana Republic, Middle

of Nowhere, Close to home, Go places, Downing Street)

8. Sabzavot, meva va oʻsimlik nomlari bilan bogʻliq idiomalar (Political hot potato, one

bad apple spoils the lot).

9. Taom nomlari bilan bogʻliq idiomalar. (Pork barrel, big cheese, bring home the

bacon, have bigger fish to fry, in the soup, too many cooks spoil the broth).

10.Kasalliklar nomi bilan bogʻliq siyosiy idiomalar (Spin doctor, a sick system/nation,

the economy is anaemic canser, in the body politic).

11. Inson yoki tarixiy

shaxslar nomlari bilan bogʻliq siyosiy idiomalar ("Tariff of Abominations"

(Associated with Andrew Jackson) "Fabian Tactics" (Quintus Fabius Maximus)

“Jacksonian democracy”, “Lunatic fringe”, “Jeffersonian democracy”, “Camelot (or

"Jack Kennedy"), Read my lips, Give me hell Harry).

12. Inson tana a’zolari bilan bogʻliq siyosiy idiomalar (by heart, head for head body

political, on its last legs, bleeding-heart is liberal, foot-in-mouth disease, to be up in

arms).

Koʻrinib turibdiki, ingliz tilidagi siyosiy iboralarning yasalishi har xil motiv soʻzlarga

asoslangan. Ular oʻrtasidagi assotsiyasiyani anglash uchun albatta maxsus ingliz tilida tuzilgan

siyosiy idiomalar lugʻatiga koʻz yugurtirish kerak boʻladi. Ingliz tilida idioma fhrase soʻzlari

deyarli bir xil ma’no uchun termin sifatida keladi. Oʻzbek tilida ibora, fraza, frazeologizm va

frazeologik birlik tushunchalari bir xil termin oʻlaroq ishlatilgani singari. Ingliz tilida "idioma"

soʻzi 17-asrdayoq oʻziga xos lingvistik iboralarni ifodalash uchun ishlatila boshlangan.

Terminning tilshunoslikka kiritilishi koʻpincha ingliz tilshunosi Logan Parasoll Smit (L.P. Smit)

ning ingliz idiomalarini oʻrgangan faoliyati bilan bogʻliq. U idiom soʻzi ingliz tilida fransuzcha

idiotisme atamasini tushuntirish uchun ishlatiladi, ya'ni: ingliz tiliga xos boʻlgan iboralarning

grammatik tuzilishini koʻrsatish uchun ishlatiladi, garchi koʻpincha bu iboralarning ma'nolarini

grammatik va mantiqiy jihatdan tushuntirib boʻlmaydi ( Назарова Е. А. Идиомы в английском

языке.887). Idioma va frazeologik birliklarni tizimli oʻrganish keyinchalik boshlangan boʻlib,

ularning xususiyatlarini tushunishga 20-asr boshlarida fransuz tilshunosi Sharl Balli asosiy hissa

qoʻshgan. Ilk marotaba Kunin tarafidan tuzilgan Inglizcha iboralar lugʻatida bu terminlarga

duch kelamiz. Ancha avval tuzilgan lugʻatlarda esa faqat bitta termin faol qoʻllanilgan.

Taxminlarga qaraganda aynan idiom soʻzi ilmiy termin sifatida ingliz va dunyo tilshunosligiga

olib kirilgan va taklif qilingan. Idioma termini turkiy tillarga xos boʻlgan tilshunosligi termini

emas. Ingliz olimlari oʻrtasida aniq bir kelishuvga asosan, emg mashhur inliz grammatika

kitoblarida barcha olimlar tomonidan bitta yagona terminni qoʻllash boʻyicha yakdil fikrga

kelishganligi chalkashliklar va xatoliklarni oldini olishga yordam bergan. Terminologiya

boʻyicha ingliz tilidagi koʻplab manbalarda bir xil termin ishlatilganligi judayam ijobiy

hodisadir.

After the financial scandal, the minister is really in the soup. (Moliyaviy janjaldan keyin

vazir juda ogʻir ahvolga tushib qoldi). Keltirilgan gapda, soup-shoʻrva soʻzi siyosiy iboraning

asosiy ma’nosini izohlashga motiv soʻz sifatida tanlangan. Albatta, eng avvalo hayolimizga

ovqat nomining siyosiy idiomaga qanday aloqasi bor degan savol keladi. Bir qarashda ular

oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻqdek tuyuladi. Ushbu idioma 20-asrning boshlarida

Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlganligi haqida fikrlar mavjud. Taxminlarga koʻra, oʻsha davrda

odamlar murakkab vaziyatni tasvirlash uchun “shoʻrva” soʻzini metafora sifatida ishlatgan. Xaos

metaforasi: shoʻrva - bu ingredientlar aralashgan va bir-biriga bogʻlangan aralashma. Ibora

majoziy ma’noda qoʻllangan boʻlib, hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan tartibsiz

va hal qilish qiyin boʻlgan tartibsizlikning markazida boʻlishni anglatadi. Dastlab slang tarzida

foydalanilgan boʻlsa keyinchalik ommalashgan va u asta-sekin umumiy ingliz tilining bir
qismiga aylangan.

We need to get rid of that bad egg in our party. (Partiyamizdagi bu yaramasdan
qutulishimiz kerak). Ba'zi manbalar ibora 19-asrda ingliz xususiy maktablarida oʻquvchilarning
xarakterini tasvirlash uchun qoʻllanilgan jargondan kelib chiqqanligini koʻrsatadi. Odatda
"yaramas odam", "chirigan olma" yoki "ishonchsiz inson" ma’nolarini ifodalash uchun inglizlar
undan foydalanishadi.

You should take the prime minister's promises with a pinch of salt. (Bosh vazirning
va’dalarini zarracha qabul qilish kerak). Pliniy Pontiya qiroli Mitridat VI tomonidan ishlab
chiqilgan antidot retseptini keltiradi. Ushbu retsept antidot samarali boʻlishi uchun uni och
qoringa "bir chimdim tuz bilan" (cum grano salis) olish kerakligini koʻrsatdi. Vaqt oʻtishi bilan
bu "tuz zaharni zararsizlantiradi" iborasi zararli (yolgʻon) ma'lumotni "yutadigan" qilish ramziga
aylandi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, agar siz shubhali ma'lumotni yutishdan oldin unga
ozgina tuz bilan (yoki ehtiyotkorlik bilan) yaqinlashsangiz, u sizni zaharlamaydi. Bu lotin iborasi
(cum grano salis) ingliz tilida 17-asrdan boshlab “ehtiyotkorlik bilan yondashmoq” maʼnosida
qoʻllanilgan. The reform failed because too many cooks were involved in the process. Islohot
muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki jarayonga juda koʻp rahbarlar jalb qilingan. Someone from
the inner circle spilled the beans to the press. Mening yaqin doiramdan kimdir matbuotga gullab
qoʻyibdi. He is a big cheese in the local party branch U mahalliy partiya boʻlimida katta obroʻga
ega. The United States president was a lame duck amid the presidential election campaign.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti saylov kampaniyasi paytida allaqachon hukumatni
qoʻldan boy bergan edi, magʻlubiyatga uchragan edi oqsoqlangan oʻrdak edi. Keltirilgan
inglizcha siyosiy iboralarning barchasi, guvohi boʻlganimizdek, siyosiy liderlarning xalq bilan
muloqot vaqtida oʻta ahamiyatli, davlat va hukumat qaror va qonunlarni tushunarli hamda ta’sirli
qilib yetkazib berishga xizmat qilgan. Eng qadimgi davrlardan, aniqrogʻi ilk davlatchilik
asoslariga tamal toshi qoʻyilgan kundan boshlab, siyosiy frazalar siyosiy nutqlarning asosiy
bezagi boʻlgan. Amerikaning ilk davlat rahbari Jorj Vashington 1789 yildan hukumatga rahbarlik
qilishni boshlagan boʻlsa, bugungi kungacha Amerika hukumatida 47 ta prezident hukmronlik
qildi. Shu davr mobaynida davlat rahbarlari oʻzlarininig siyosiy nutqlari va vaziyatni yuqori
darajada baholovchi siyosiy frazeologik birliklarni ishlatish bilan, Amerika xalqini ortlaridan
ergashtira olgan. Ular tomonidan aytilgan eng aqlli va ma’naviy fikrlar, ularni tarix boʻyicha
obroʻ va e’tibor qozonishlariga hissa qoʻshgan. Bizningcha, agar siyosiy iboralar tilda mavjud
boʻlmaganida, siyosatning oddiy matndan farqi qolmas edi. Shunday holatlar boʻlishi mukinki,
davlat rahbarlari emotsionallik va turli his-tuygʻularini ochoqdan-ochiq ifodalay olmasliklari
mumkin. Biroq ular oʻz nutqlarida, shunday bir frazema ishlatadiki, ular nutqni, sizning asl
maqsadingizni ifoda qilishni osonlashtiradi

Siyosatchi kelajakka, birinchi navbatda, ishonchning tiklanishiga katta umid bildiradi
hukmida aks ettirilgan hukumatda “Men esa odamlar ishonadigan siyosiy tizimni xohlayman va
yana bir bor yuqoriga qarang" [16]. Idioma "yuqoriga qara birovga» — yordam soʻrab
(kimgadir) murojaat qilmoq; (birovga) umid bogʻlamoq; (birovga) hurmat bilan qarash - oʻz
fikrini yanada yorqinroq ifodalashga yordam beradi - odamlarning oʻzlariga boʻlgan hurmatini
qaytarish ma'nosini ifodalaydi. hukumat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Belinskaya NA. Anglo-russkii slovar’ idiom, ustoichivykh vyrazhenii = English-Russian

dictionary of idioms, stable expressions. Moscow, Znanie; 2003. 63 p. (In Russ.).
2. Vinareva LA., Yanson VV. Angliiskie idiomy = English Idioms. Moscow, Logos-M; 2008.

384 p. (In Russ.)
3. Korpus sovremennogo amerikanskogo angliiskogo yazyka = Corpus of Contemporary

American English. Available from: https://www.english-corpora.org/coca (accessed
29.04.2022) (In Russ.).
4. Russko-Angliiskii slovar = Russian-English dictionary. Available from: https://slovarvocab.com/russian-english/dictionary.html (accessed 29.04.2022) (In Russ.).
5. Obshchii angloyazychnyi sait = General English dictionary. Available from:
https://www.usingenglish. com (accessed 01.04.2022) (In Russ.)