SHARQ FILOLOGIYASI SOHASINI RIVOJLANISHIDA
TARJIMANING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Toshpoʻlatova Nargizaxon Mamarizayevna
Fargʻona Viloyati Pedagogik mahorat Markazi “Pedagogika va psixologiya, ta'lim
texnologiyalari” kafedrasining “Ta’lim nazariyalari va ularni amaliyotga tatbiqi” moduli
oʻqituvchisi
Biz oʻz oldimizga Oʻzbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib
qoʻygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar,ilm-ma’rifat va innovatsiyalar orqali erisha
olamiz…Ayni paytda islohotchi boʻlib maydonga chiqadigan, uzoqni oʻylab fikr yuritadigan,
bilimli va malakali yangi avlod kadrlarni, tarbiyalashimiz zarur. Ana shu gʻoya asosida
yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston-Uchinchi Renessanss asri,degan shior ilgari surilayotganligi
bejiz emas”, deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz va olti (oʻzbek, arab, fors,hind, turk, rus) tilli lugʻat
tuzgan alloma Ishoqxon Ibratning quyidagi soʻzlarini eslatib oʻtadi.: ”Bizning yoshlar, albatta,
boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib,
ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat-bu vataniy ishdir”. Darhaqiqat, kishilar oʻzaro birbirlari bilan til, soʻz orqali muloqotga kirishadilar. Hozirgidek tezkor texnika asrida esa soʻz
ishlatish uchun oʻylanib oʻtirmaydilar.”Soʻzni toʻgʻri tushunish va toʻgʻri ishlatish uchun uning
ma’nolarini iloji boricha mukammal bilishga urinish lozim” deb ta’kidlagan tilshunos olim
Alibek Rustamov.Bugun oʻzbek xalqi boshqa millatlardan oʻzining muloqot madaniyati va
muloqot munosabati bilan oʻziga xos tarzda farq qilar ekan, biz bu bilan faxrlanamiz.
Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning oʻzaro siyosiy,iqtisodiy,ilmiy, madaniy
hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
“Boshqa xalqlar hayotidan voqif boʻlmaslik, gʻofillik, milliy mahdudlikka olib
keladi”96.Tarjimaga xalqlarni bir-biriga bogʻlovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi va
boyituvchi vosita, oʻzaro hamkorlik va hamjihatlikka asos soluvchi koʻprik deb qaraladi.
Tarjima:xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik oʻrnatilishi; madaniyat,san’at va adabiyotlarning
bir-biriga ta’siri; tillarning boyishida muhim ahamiyatga ega.
Qadim zamonlardan buyon turli tillarda soʻzlovchi xalqlar bir-biri bilan muomala
qilganda tarjimon orqali ish bitkazganlar. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va
madaniy aloqalarda tarjimaga zarurat boʻlgan. Har bir tarjima davr mahsulidir. Uni tahlil
qilganda muayyan davr talabi, kitobxonning saviyasi, oʻsha zamon tilining oʻziga xos
xususiyatlari hamda adabiy til uslubi va an’analarini hisobga olmaslik mumkin emas. Urugʻ,
qabila, xalq va millatlar oʻrtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar oʻrnatish hamda milliy
madaniyatlar va milliy tillarning bir-biriga ta’sir etishi tarjimachilik faoliyati bilan bogʻlq.
Tarjimashunoslik fanini oʻqitishdan maqsad –oʻrganilayotgan tilning oʻziga xos
xususiyatlarini chuqur tushunib yetishga, oʻrganilayotgan tilni oʻzbek tili bilan qiyoslab
oʻrganishga, tarjima faoliyatinining ijtimoiy ahamiyatini anglashga, tarjimaning xalqaro madaniy
aloqalardagi oʻrnini koʻrsatib berishga yoʻl ochib beradi. Fan tarjimon bilishi zarur boʻlgan
tarjimashunoslik tarixini, sharq tarjimachiligining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha
boʻlgan jarayonini tahlil qiladi.. Tarjima jarayoni va natija sifatini tanishtirish, tarjima qilishning
96SаlomovG ‘. Та rjima nazariyasiga kirish. – Тоshkent, 1978.
nazariyasi haqida ma’lumot berish, mustaqil ravishda matn tarjima qilishga yoʻnaltirish, 2 tilda
amalga oshiriladigan tarjimaning xalqaro anjuman,muzokaralar, ommaviy axborot vositalari
manbalari borasida e’tibor berilishi kerak boʻlgan muhim jihatlarini oʻrgatishdan iborat.
Tarjimashunoslik fanining vazifasi quyidagilarda namoyon boʻladi –Yoʻnalish va
matn xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tarjimashunoslik haqida tushuncha hosil qilish,
oʻrganilayotgan tildan oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan oʻrganilayotgan tiliga tarjima qilish malaka
va koʻnikmalarini shakllantirish hamda tarjima mahoratini oʻrgatish,tarjima nazariyasi fani va
vazifalari haqida tasavvurga ega boʻlish, mustaqil ravishda bir uslubga oid tarjima qilish
malakasiga, tarjima shakllari va janrlari haqidagi tassavurga ega boʻlishdan iborat.Tarjimada
toʻgʻri va sifatli tarjima qila olish, milliy madaniy xususiyatlarni ifoda etish koʻnikmalariga ega
boʻlish. Tarjimada uslublar, tarjima jarayoni, tarixi, soʻz tanlash, lugʻat bilan ishlash haqida
tasavvurga ega boʻlish muhim.
Tarjimon quyidagilarga e’tibor berishi muhim ahamiyat kasb etadi:
Tarjimaning fan va san’at ekanligi, adabiyot tarixi, tarjimashunoslik tarixi va asosiy
davrlari,tarjima – boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi;
Tarjima turlarining oʻziga xos xususiyatlari va ularni qoʻllanish koʻlami haqida
ma’lumotga ega boʻlishi;
Ona tiliga tarjima qilishda quyidagilarga e’tibor berish muhim:
Xorijiy til va oʻzbek tilida bir xil gap tizimlarining vazifasiga oid va shaklan mos kelishi.
Badiiy, ijtimoiy, tarixiy va ilmiy–ommabop matnlarning tarjima xususiyatlari haqida
tasavvur va ularni tarjima qilish borasida zarur ma’lumotlarni toʻplash koʻnikmalari va ilmiy
yondashuv asosida tarjima qilish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Tarjimaning tarjimada qoʻllaniladigan asosiy metodlari haqida toʻla tasavvurga ega
boʻlish; olimlarning tarjimachilik haqidagi bahslari, fikr mulohazalari, qadimgi davr tarjimonlari
va tadqiqotchilarning tajribalarini oʻrganish, tarjimashunoslik sohasida mavjud boʻlgan bahslar
haqida asosiy masalalarni oʻrganish, tarjimani xolisona baholay olish va tahlil qilish, yozma,
ogʻzaki va visual tarjimaning asosiy xususiyatlarini oʻrganish malakalariga ega boʻlish;
tarjimashunoslik sohasi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, tarjima tarixida buyuk
tarjimonlar yaratgan tajriba va uslublarini hozirgi zamon tarjimachiligiga tadbiq eta olish,
nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllashni bilish, tarjimashunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib borish, olingan nazariy bilimlarni asarlar tarjimasida qoʻllay olish.
Mutaxassis tarjimonlik faoliyatida oʻrganilayotgan tilning nazariy va amaliy asoslari va
lugʻat boyligi, mazkur tilda ilmiy va badiiy adabiyotlarni tarjima qilish, oʻrganilayotgan til va
uning rivojlanish jarayoni, u tilning tarixiy shevashunoslik, tarjima amaliyoti asoslari, matn
tarjimasi, badiiy tarjima, atamashunoslik tarjimasi, yozma tarjima, ommaviy axborot tarjimasi,
visual va nutq madaniyati tamoyillarini egallashlari, atamashunoslikka oid tarjima ishlarini,
badiiy tarjima ishlarini va namunaviy xizmat koʻrsatish, xalqaro anjumanlarda ketma-ket tarjima
qila olish kabi qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.
Jahon adabiyoti namunalari va ularning tarjima tarixini oʻrganish, oʻsha asarlar
tarjimasini tahlil qilish barobarida tarjimonlik mahoratini anglash va nazariy masala va
muammolarni hal qilishga yordam beradi.M:Tarjimashunoslik tarixini davrlashtirish. Ilk
tarjimalar. Sharq madaniyatida tarjima maktablarining ahamiyati. Bogʻdod tarjima maktablari.
Kaykovus, Al- Farobiy, Al- Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Az-Zamahshariy, Abulqosim Firdavsiy,
Nizomiy Ganjaviy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshgʻariy, Jaloliddin Rumiy, Qutb, Xorazmiy
asarlari tarjimalari va ularning tarjimonlik faoliyati. Tarjima tarixida zullisonaynlik. Ikki tilda
ijod qiluvchi adib va tarjimonlar. XII asr va XVII asrlarda tarjima rivoji. Sayfi Saroyi,Sa’diy
Sheroziy,Umar Hayyom, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy,Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo
Boburlarning tarjimonlik mahorati, asarlari tarjimalari hamda oʻsha davr tarjimachiligi. XVII asr
Xorazm tarjima maktabi.Ogahiy tarjimonlik faoliyati. Toshkent tarjima maktabi. Mustaqillikdan
avvalgi va keying davr tarjimachiligi. Sharq durdona asarlarining gʻarb tillariga tarjimalari.
Tillararo tafovut, tarjimaning turlari, sohalar boʻyicha boʻlinishi.Ijodiy, soʻzma-soʻz tarjimalar,
tarjimaning oʻziga xos xususiyatlari: maqollar tarjimasi tahlili, tarjimada milliy xos soʻzlarning
aks etishi, tarjimada uslublar, ilmiy tarjima murakkabliklari, atamashunoslik, badiiy tarjima
turlari, janr va uslublari.Tarjimada sinonim,omonimlarning ishlatilishi. Koʻp ma’noli
soʻzlarning tarjima qilinishi.Oʻzbek va sharq tillarining farqli qirralarini tarjimada bera olish
mahorati. Soʻz ma’nosining matn bilan bogʻliqligi. Tarjima jarayonidagi yoʻqotishlar,ularning
oʻrnini qoplash. She’riy matnlarning tarjimada qayta yaratilishi.
Hatto “tarjima” tushunchasi hamma davrlarda bir xil boʻlmagan, tarjima asarlarining
mazmuni, gʻoyasi va sifatiga qoʻyilgan talab ham oʻzgarib borgan.
Tarjima-muayyan tilda ogʻzaki yo yozma ravishda bayon qilingan fikrni boshqa til
vositalari bilan qayta ifodalash.
Tarjim” tarjimon” soʻzidan hosil boʻlgan, tarjimon esa forscha “tarzabon” soʻzidan kelib
chiqqan. Qadimda Oʻrta Osiyo va Eron xalqlari orasida notiqlik san’ati juda rivojlangan.
Notiqlarni tarzabon deb ataganlar.Tar–for stilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi
ma’nolarni bildiradi. Zabon-til degani. Tarzabon–notiq, chiroyli gapiruvchi, soʻz ustasi, yangi va
oʻtkir soʻzlarni aytuvchi.Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash, notiqlik mahoratiga ega
boʻlib, bir necha tillarni bilib, oʻz nutqlarida ulardan foydalanganlar.
Tarjimon–bir tildagi ogʻzaki nutq yoki yozma matnni ikkinchi tilga tarjima qiluvchi
kishi, mutarjim,tilmoch,tarjimachi.
Tarjimonlik– tarjima qilish, tarjima ishi bilan shugʻullanish kasbi.
Tarjimashunos–tarjima tarixi, nazariyasi bilan shugʻullanuvchi mutaxassis,olim.
Tarjima oʻtmishda bayon etish, tushuntirib berish, matnni sharhlash, ma’noni
chaqish,sodda qilib ifodalash ma’nolarini ifodalab kelgan.Tarjimai hol–ahvolni bayon etish.XX
asr boshlariga qadar tarjima va sharh, tarjimon va shorih tushunchalari oʻrtasida chegara
boʻlmay, biri ikkinchisining oʻrniga qoʻllanavergan. Tarjimalarning shakli va tarjimonlarning
tarjima tamoyillari asos boʻlgan. Oʻzbek shoirlari tarjima soʻzi oʻrniga oʻgirish, agʻdarish,
qaytarish kabi atamalarni ishlatganlar.Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarini “Gulistoni bit-
turkiy” nomi bilan tarjima qilgan Sayfi Saroyi (XIV) tarjimani bir tildan ikkinchisiga qaytarish
deb atagan:
Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul-uns” asarini “Nasoyim ul-muhabbat” nomi bilan
oʻzbekchaga tarjima qilgan. Navoiy tarjima soʻzi bilan,oʻtkarish atamasini qoʻllaydi: “Xotirgʻa
kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk
Tiliga tarjima qila olgʻay umuman va ulda qoyiqu mushkilotni ravshanroq alfoz va
ochuqroq ado bila oʻtkara olgʻaymuman, deb mutaammilerdim”97. Tarjimon Muhammadrizo
Ogahiy kiritish, oʻtkazish, bayon etish soʻzlarini qoʻllagan. “Shayx Nizomiyning “Haft paykar”
otlik kitobini tarjima qildi.
Hozirda tarjima soʻzining oʻgirish, agʻdarish, oʻtkazish kabi ma’nodoshlari
qoʻllaniladi.Tarjima oʻrnida oʻgirma ham deyiladi.
Abu Rayhon Beruniy: “Til–soʻzlovchining istagini eshituvchiga yetkazuvchi
tarjimondir”,-deb yozadi.
Tarjimaning bosh hossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat
ijodiy jarayon, soʻz san’ati ekanligidadir.
“Tarjima tushunchasining ma’nosi keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot: she’r,
dramatik va nasriy asarlar, fanning turli sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar,
diplomatiya hujjat, rasmiy qogʻozlar,siyosiy arboblarning maqola va notiqlarning
nutqlari,boshqa-boshqa tillarda soʻzlashuvchilarning suhbatlari tarjima qilinadi,”1.
Xulosa.Milliy madaniyatlar va milliy tillar taraqqiy etgani sari tarjimachilik faoliyati
tobora kengaya boradi. Hatto “tarjima” tushunchasi hamma davrlarda bir xil boʻlmagan, tarjima
asarlarining mazmuni, gʻoyasi va sifatiga qoʻyilgan talab ham har bir davrda oʻzgarib borgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Salomov G ‚Komilov N., Joʻraev T. Badiiy tarjimaning taraqqiyot mayllari tarjima san‘ati
(Maqolalar toʻplami) -kitob. – Toshkent, 1985.
2.Hazratqulov M.Uslub va tarjima haqida bahzi kuzatishlar // Tarjima san‘ati. 4-kitob. –
Toshkent, 1978.
3.Olimov S. Ilmiy tarjima murakkabliklari // Tarjima san’ati. 6-kitob. – Toshkent, 1985.