ARAB TILIDAGI NEOLOGIZMLARDA TARJIMA
MUAMMOLARI
1Xasanova Dilsora Baxtiyor qizi, 2Rahmatova Gavhar Omonovna
1Oriental universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish (arab tili) ta’lim
yoʻnalishining 3-kurs talabasi, 2 Ilmiy rahbar, F.f.f.d. (PhD), dotsent
Annotatsiya. Til – xalqning milliy tafakkuri, madaniyati, tarixi va adabiyotini aks
ettiradigan eng muhim ijtimoiy hodisadir. Har bir davr til taraqqiyotida muayyan iz qoldiradi,
chunki ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangilanishlar, ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi,
madaniyat va san’at taraqqiyoti natijasida til tizimida ham yangidan-yangi birliklar ya’ni
neologizmlar yuzaga keladi. Maqolada neologizm tushunchasi, ularning paydo boʻlish sabablari
hamda arab tiliga kirib kelish yoʻllari transliteratsiya, kalkalash va yangi soʻz yasash usullari va
funksiyalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, yangi atamalarni tarjima qilishda uchraydigan asosiy
muammolar, jumladan ma’no aniqligi, terminologik birlikning yoʻqligi, madaniy moslashuv
hamda talaffuz va yozuvdagi qiyinchiliklar yoritiladi. Tadqiqot natijalari arab tilidagi
zamonaviy terminologiyani shakllantirish va tarjima amaliyotini takomillashtirishga xizmat
qiladi.
Kalit soʻzlar: neologizm, arab tili, tarjima jarayoni, transliteratsiya, kalkalash,
terminologiya,, yangi atamalar, til rivoji, madaniy moslashuv.
Til ijtimoiy hodisa boʻlib, uning rivojlanib borishi neologizmlar paydo boʻlishi orqali,
tilning ichki imkoniyatlari asosida (soʻz yasash, ma‘no kengayishi orqali), oʻzlashma soʻzlar
kirib kelishi va ularning tilga moslashuvi orqali boyib boradi. Insonlarning ma‘naviy aloqasi va
xalqlarning hamkorligini ta‘minlashga
xizmat qiluvchi madaniyatni ilmiy oʻrganishda yetakchi tamoyil sifatida tobora muhim
ahamiyat kasb etib borayotgan til, kommunikantlar muloqotida dolzarb boʻlgan madaniyatlar
muloqoti jarayoni uchun oʻziga xos vosita boʻlib xizmat qiladi98. Bugungi kunda ijtimoiy
tarmoqlar nafaqat muloqot vositasi, balki tilning rivojlanish manbalaridan biri sifatida ham
namoyon boʻlmoqda. Jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanishi natijasida
yangi soʻzlar neologizmlar kirib kelishiga sabab boʻladi. Bu holat adabiy til me‘yorlari, tilning
sofligi va me‘yoriylashuv masalalarini dolzarb ilmiy muammoga aylantirmoqda99. Ayniqsa,
ingliz tili va boshqa xorijiy tillardan kirib kelayotgan soʻzlar qisqa vaqt ichida ommalashib,
kundalik nutqda faol qoʻllanilmoqda. Masalan igliz tilidan like " ,‘‘إعجابpost " ,"منشورrus tilidan
поделиться " ,"مشاركةподписаться " "متابعةkabi soʻzlarni koʻrishimiz mumkin. Bunday soʻzlar
dastlab ogʻzaki nutqda paydo boʻlib, keyinchalik yozma nutq, ommaviy axborot vositalari va
hatto ayrim ilmiy-rasmiy matnlarda ham uchray boshlamoqda.
98 Hakimova Sh. Ingliz va oʻzbek lingvomamlakatshunoslik matnlari tarjimasi muammolari. Fil.f.f.d. (PhD)
dissertatsiyasi. – Toshkent.2023.
99 Isroilova Sh. Zamonaviy oʻzbek tilida ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan yangi soʻzlar (neologizmlar)
tahlili // “Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy online konferensiyasi
materiallari. 2 jildlik. 2-jild. – Toshkent, 2025. – B. 51.
Neologizmlar (yun. neos – yangi, logos – soʻz) jamiyat taraqqiyoti, hayotning talabehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar100. Neologizmlar
nafaqat yangi hodisalarni ifodalovchi vosita, balki jamiyat taraqqiyotining oʻziga xos
koʻrsatkichi hamdir. Ular orqali xalq tafakkurining oʻsish darajasi, zamon talablari va ijtimoiy
ehtiyojlar namoyon boʻladi. Masalan, “raqamlashtirish”, “onlayn ta‘lim”, “startap”, “brending”,
“marketing”, “innovatsiya” kabi soʻzlar jamiyat hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning
lingvistik ifodasidir101. Axborot texnologiyalari, internet, iqtisodiyot va madaniyat sohalarida
koʻplab yangi atamalar paydo boʻlib, arab tiliga tarjima qilinmoqda yoki bevosita kirib
kelmoqda. Bu kabi neologizmlar arab tili tizimiga kirar ekan ularning ma‘nosi, tuzilishiga qarab
tarjima qilish jarayonida bir qancha muammolar yuzaga keladi. Chunki yangi tushunchalarni
boshqa til tizimiga moslashtirish, ularning ma‘nosini aniq yetkazish va til me‘yorlariga mos
shakl yaratish har doim ham oson emas. Shu sababli arab tiliga kirib kelayotgan neologizmlarni
tarjima qilish masalasi lingvistika va tarjimashunoslikda muhim ilmiy mavzulardan biri
hisoblanadi.
Tarjima – lingvistik faoliyat turlaridan biri sifatida bir tilda ifodalangan fikrlarni boshqa
til vakillariga adekvat va toʻlakonli yetkazish jarayonidir102. Yuqorida aytib oʻtilganidek,
“Neologizm – bu tilga yaqinda kirib kelgan yoki yangi ma‘no kasb etgan soʻz yoki ibora”dir.
Bunday birliklar odatda jamiyatda yangi paydo boʻlgan hodisa, texnologiya yoki tushunchalarni
ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, ingliz tilidan kirib kelgan internet, blog, smartfon,
platforma, marketing kabi atamalar koʻplab tillarda, jumladan arab tilida ham yangi soʻzlarning
shakllanishiga sabab boʻldi. Arab tilida ular turli usullar orqali ifodalanadi: ba‘zan toʻgʻridantoʻgʻri oʻzlashtiriladi, ba‘zan esa tarjima qilinib yangi soʻz shakllari yaratiladi.
Arab tilida yangi soʻzlar bir necha usullar orqali paydo boʻladi.
1. Transliteratsiya (oʻzlashtirish). Bu usulda soʻz asl talaffuziga yaqin shaklda arab
yozuviga koʻchiriladi. Masalan: كومبيوتر(kompyuter), إنترنت(internet).
2. Tarjima qilish (kalkalash). Soʻzning ma‘nosi tarjima qilinadi va arabcha muqobil
yaratiladi. Masalan: - “ – الشبكة العنكبوتيةWorld Wide Web”, “ – وسائل التواصل لاجتماعيijtimoiy
tarmoqlar”.
3. Yangi soʻz yasash. Arab tilining boy soʻz yasash tizimi yordamida yangi terminlar
yaratiladi. Bu usul koʻpincha ilmiy terminologiyada qoʻllanadi.
Neologizmlar arab tilida muhim lingvistik funksiyalarni bajaradi. Ularning eng asosiylari
nomlash (nominativ) va kommunikativ funksiyalar hisoblanadi.
Nomlash funksiyasi. Yangi tushuncha va hodisalar uchun atama yaratadi103. Masalan,
zamonaviy texnologiyalar bilan bogʻliq quyidagi terminlar arab tilida keng ishlatiladi: الذكاء
الاصطناعي(sun‘iy intellekt), الحكومة الإلكترونية(elektron hukumat), الاقتصاد الرقمي(raqamli
iqtisodiyot). Ushbu atamalar yangi ilmiy va texnologik jarayonlarni nomlash ehtiyojidan kelib
chiqqan boʻlib, tilning leksik boyligini kengaytiradi.
100 https://uz.wikipedia.org/wiki/Neologizmlar.
101 Qodirov S. Oʻzbek tilida neologizmlarning tutgan oʻrni // “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami.
– Namangan, 2025. – B. 861.
102 Muhammedova L. Ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlar va ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish
muammolari. Fil.f.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. – Buxoro, 2022.
103 Qodirov S. Oʻzbek tilida neologizmlarning tutgan oʻrni// “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami.
– Namangan, 2025. – B. 862.
Kommunikativ funksiyasi. “Zamonaviy muloqotni ta‘minlaydi, yangi bilimlarni tezkor
ifodalashga yordam beradi”104. Masalan, مدونة(blog), وسم(hashtag) va منصة(platforma) kabi
soʻzlar zamonaviy axborot makonida faol ishlatiladi. Bu atamalar yangi kommunikatsiya
shakllarini ifodalab, odamlar oʻrtasida axborot almashinuvini osonlashtiradi.
Arab tiliga kirib kelayotgan yangi soʻzlarni tarjima qilish jarayonida bir qator
muammolar yuzaga keladi.
1. Ma‘no aniqligi muammosi. Ba‘zi yangi tushunchalar boshqa tillarda paydo boʻlgan
boʻlib, arab tilida ularga toʻliq mos keladigan soʻz boʻlmasligi mumkin. Natijada tarjima qilingan
atama asl ma‘noni toʻliq ifodalamay qolishi ehtimoli mavjud. Masalan: Ingliz tilidagi “privacy”
soʻzi arab tilida koʻpincha “ ”خصوصية105(xusūsiyya) deb tarjima qilinadi. Ammo “privacy”
tushunchasi faqat shaxsiy hayot emas, balki ma‘lumotlar xavfsizligi, shaxsiy hudud va individual
huquqlarni ham anglatadi. Arabcha soʻz esa ba‘zan bu keng ma‘noni toʻliq ifodalamaydi.
2. Terminologik birlikning yoʻqligi. Ba‘zan bir tushuncha hamma mamlakatlarda bir xil
tarjima qilinmaydi. Bu esa terminologik bir xillikning buzilishiga olib keladi. Masalan, ayrim
texnologik atamalar bir davlatda transliteratsiya qilinsa, boshqasida arabcha muqobil ishlatilishi
mumkin. Masalan: “Computer” soʻzi ba‘zi joylarda “ ”كمبيوتر(kompyuter) – transliteratsiya
shaklida ishlatiladi. Boshqa joylarda “ ”حاسوب(hāsūb) – arabcha muqobil ishlatiladi.ㅤYana
telefon soʻzi – َهات ٌِفrasmiy va adabiy tilda;ㅤ – َمحْمُولasosan Misrda;ㅤٌ – َجوَّالkoʻproq Saudiyada;
– تِيلِيفُونumumiy, norasmiy soʻzlashuvda; – ُموبَايْلkoʻproq Misr, Urdun va Lubnonda.
3. Madaniy moslashuv muammosi. Har bir til oʻz madaniy muhitiga bogʻliq. Shuning
uchun ba‘zi yangi tushunchalarni arab madaniy kontekstiga moslashtirish ham qiyinchilik
tugʻdiradi. Masalan: “Thanksgiving”106 – AQSHga xos bayram. Arab tilida koʻpincha “”عيد الشكر
deb tarjima qilinadi. Lekin arab dunyosida bunday tarixiy yoki madaniy an‘ana boʻlmagani
uchun bu tarjima faqat ma‘noni tushuntiradi, ammo bayramning toʻliq madaniy mazmunini
bermaydi.
4. Talaffuz va yozuvdagi qiyinchiliklar. Chet tillardan olingan soʻzlarning talaffuzi arab
fonetik tizimiga toʻliq mos kelmasligi mumkin. Natijada ularning yozilishi va talaffuzi turlicha
shakllarda qoʻllanishi mumkin. Masalan: “Facebook” soʻzi arab tilida: “ ”فيسبوكshaklida yoziladi,
lekin talaffuzi mamlakatlarga qarab fīs-būk yoki fays-būk tarzida farqlanishi mumkin.
“Pizza” soʻzi: “ ”بيتزاdeb yoziladi. Arab tilida p tovushi yoʻqligi sababli u b ga yaqin
talaffuz qilinadi. Natijada bir xil soʻz turli hududlarda biroz boshqacha talaffuz qilinishi mumkin.
Shu sababli tarjima qilish uchun tilshunoslik qoidalarini bilish zarur hisoblanadi Ikki maqsadli
tilning ifoda usullari, jumla tuzilishi, sintaksis va semantikasi toʻgʻrisida toʻliq va mukammal
bilimga ega boʻlish tarjima jarayonining ilmiy qismini tashkil qiladi107. Tarjima qilish jarayonida
tilshunoslik qoidalariga tayangan holda qilish toʻgʻri tarjimalarni yuzaga keltiradi.
Arab tiliga kirib kelayotgan neologizmlar zamonaviy jamiyat taraqqiyotining tabiiy
natijasidir. Biroq ularni tarjima qilish jarayoni murakkab boʻlib, lingvistik, madaniy va
terminologik muammolarni oʻz ichiga oladi. Shu sababli bu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish,
terminologiyani tizimlashtirish va tarjima me‘yorlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
104 Oʻsha manba. – Namangan, 2025. – B. 862. oʻzbek tiliga tarjima qilish
105 https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/privacy.
106 https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/thanksgiving?q=Thanksgiving.
107 Muhammedova L. Ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlar va ularni
muammolari. Fil.f.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. – Buxoro, 2022.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Isroilova Sh. Zamonaviy oʻzbek tilida ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan yangi
soʻzlar (neologizmlar) tahlili // “Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar nazariyasi”
mavzusidagi ilmiy-amaliy online konferensiyasi materiallari. 2 jildlik. 2-jild. – Toshkent,
2025. – B. 51-55.
2. Qodirov S. Oʻzbek tilida neologizmlarning tutgan oʻrni.// “Ilm-fan, texnologiya va
ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari toʻplami. – Namangan, 2025. – B. 860 – 862.
3. Muhammedova L. Ingliz tili harbiy terminologiyasidagi gallisizmlar va ularni oʻzbek tiliga
tarjima qilish muammolari. Fil.f.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. – Buxoro, 2022. – B.
4. Hakimova Sh. Ingliz va oʻzbek lingvomamlakatshunoslik matnlari tarjimasi muammolari.
Fil.f.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent.2023. – B.
5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Neologizmlar.
6. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/privacy.
7. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/thanksgiving?q=Thanksgiving.