ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arab tilidagi onlayn savdoga oid terminlar

Xusniddinova Omina Farruh qizi, Abdullayeva Shaxnoza Baxodir qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARAB TILIDAGI ONLAYN SAVDOGA OID TERMINLAR

Xusniddinova Omina Farruh qizi1, Abdullayeva Shaxnoza2
1Oriental Universiteti Filologiya fakulteti AF-306-guruh talabasi

2Ilmiy rahbar: “Tillar-1” kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada arab tilidagi onlayn savdoga oid terminlar
lingvistik va semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda elektron tijorat jarayonida keng
qoʻllaniladigan asosiy atamalar, ularning leksik manbalari, shakllanishi va zamonaviy arab
tilidagi qoʻllanish xususiyatlari oʻrganiladi. Shuningdek, arab tilidagi onlayn savdo
terminlarining oʻzbek tilidagi muqobillari, hamda terminologik moslik masalalari qiyosiy
yondashuv asosida tahlil etiladi. Maqolada internet savdosi, elektron toʻlov tizimlari, yetkazib
berish, marketing va mijozlar bilan muloqot jarayoniga oid terminlar tizimlashtirilib, ularning
amaliy qoʻllanishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari arab tilini oʻqitish, tarjima amaliyoti va
zamonaviy iqtisodiy terminologiyani oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tayanch soʻzlar: onlayn savdo, arab tili, terminologiya, elektron tijorat, tarjima, leksika,
semantik tahlil.

Abstract. This article analyzes terminology related to online commerce in the Arabic
language from linguistic and semantic perspectives. The study examines the key terms commonly
used in e-commerce, their lexical origins, formation patterns, and usage features in modern
Arabic. The article systematizes terminology associated with internet trade, electronic payment
systems, delivery services, digital marketing, and customer communication, highlighting their
practical application. The findings contribute to the teaching of Arabic, translation studies, and
the study of contemporary economic terminology.

Keywords: online commerce, Arabic language, terminology, e-commerce, translation,
lexicon, semantic analysis.

Iqtisodiyot an’anaviy shakldan raqamli (raqamlashtirilgan) iqtisodiyotga oʻtdi. Bunga
raqamli hayotning jadal rivoji sabab boʻlib, u boshqa barcha shakllardan ustunlik qila boshladi.
Ushbu asrda muhokama etilayotgan eng muhim mavzulardan biri elektron tijorat boʻlib, u veb
(internet)da mavjudligi bilan ajralib turadi va vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib ketmaydi. Elektron
tijorat yaratgan muhit mamlakatlar oʻrtasidagi raqobatni kuchaytirdi, shuningdek, u kichik va
oʻrta tashkilotlargacha yetib bordi.

Shu bois, mazkur tadqiqot xalqaro savdoning rivojlanishiga turtki boʻlayotgan omillarni
aniqlashga, elektron tijoratning ushbu rivojdagi oʻrnini mahsul sifatida koʻrsatishga intiladi.
Shuningdek, tadqiqot elektron tijoratni cheklash va aniqlash mumkinmi-yoʻqligini, uning
tushunchalari va mohiyatini, arab mamlakatlaridagi amaliy holatini, jamiyat orasida tutgan
oʻrnini oʻrganadi. Bundan tashqari, elektron tijoratning arab iqtisodiyotlariga ta’siri, ushbu
turdagi savdoning mamlakatlar miqyosidagi ulushi va kelajakda undan nimalar kutilayotgani
ham tahlil qilinadi108.

Terminologiya [lot. terminus — chegara + yunon. logos — fan ta’limot] fan, texnika,
kasb-hunarning biror sohasida qoʻllanadigan terminlar majmun. Texnika terminologiyasi. Harbiy

‫- جانفي‬.2010 ,‫ على خلف سلمان الركابي التجارة الإلكترنية وواقع استخدامها على المستوى العربي-عرق.: مجلة الاقتصاد الجديد‬108

terminologiya. Ilmiy terminologiya. Oʻzbek tili terminologiyasi. Qori aka fanlar ichida avvalo

matematikani sevib oʻrganadi va uning oʻzbekcha terminoloiyasini ishlab chiqadi. M.

Oʻrazboyev, Moʻjizalar olami. Tilshunoslikning terminlarni oʻrganish, tartibga solish bilan

shugʻullanuvchi sohasi. Terminologiya mutaxassisi. Terminologiya boʻlimi. Seminar rus va

oʻzbek tillarining fonetikasini qiyosiy oʻrganish, orfoepiya, terminologiya va leksikologiya

masalalariga alohida e’tibor beradi109.

Terminologiyaga bagʻishlangan ishlamning barchasida yoki bu sohaning muayyan

tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega boʻlgan va asosan, nominativ funktsiyani

bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan,

“ terminlar- bu maxsus soʻzlardir” degan xulosaga keladi. A.V. Kalinin muayyan fanlar va

kasbkorlikda ishlatiladigan soʻzlamni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi.

R. Doniyorov bu fikrga e’tirozan “Bunday qat’iy da’vo aslini olganda, tilni “sinfiy” deb

hisoblagan ayrim olimlarning qarashlari davomidir, demak xatoga yoʻl qoʻymaymiz” deya

munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda boʻlar ekan quyidagicha yozadi:

“Terminlar fan-texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qoʻllanishi

muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa,

shone (botanikada); to ‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya,

turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi110.

Hamidulla Dadaboyevning “Oʻzbek terminologiyasi” kitobida ham quyidagicha

ta’riflarni uchratishimiz mumkin: V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha, terminologiya deganda

umumadabiy tilning mustaqil fimksional turi, ya’ni an’anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili)

nazarda tutiladi. Fan tili umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri sifatida jonli

soʻzlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi111.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) elektron tijoratni raqamli aloqa

kanallari orqali raqamli toʻlov mexanizmlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan maxsus ishlab

chiqilgan platformalar orqali amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish

deb ta’riflaydi.

Elektron tijoratning paydo boʻlishi besh oʻn yillikka toʻgʻri keladi, bu vaqt ichida u

sezilarli rivojlanishni boshdan kechirdi. 1970-yillarning boshlarida iqtisodiy muassasalarda

kompyuterlar joriy etilganidan beri koʻplab muhim bosqichlar bilan ulardan foydalanish XXI

asrning dastlabki ikki oʻn yilliklarida sezilarli darajada kengaydi va COVID-19 pandemiyasi

tufayli joriy etilgan toʻliq yoki qisman karantinlar natijasida oʻsishga guvoh boʻldi112.

Bu guruh sohaning asosiy atamalari va mijozning tizimdagi shaxsiy boshqaruviga oid

terminlarni oʻz ichiga oladi.

Elektron tijorat ‫التجارة الإلكترونية‬

Onlayn xarid ‫التسوق عبر الإنترنت‬

Onlayn doʻkon ‫متجر إلكتروني‬

Foydalanuvchi hisobi ‫حساب المستخدم‬

Tizimga kirish ‫تسجيل الدخول‬

Hisob yaratish 113‫إنشاء حساب‬

109 Madvaliyev.A Oʻzbek tilining izohli lugʻati. - T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,
2006. - B.74.
110 https://cyberleninka.ru/article/n/termin-va-terminologiya-berilgan-ta-riflar/viewer
111 Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания, — М.: Наука, 1977.

.12- .2021 ,‫ جمال قاسم حسن محمود عبد السلام التجارة الإلكترونية. -العربي.: صندوق نقد العربي‬112
113 https://www.jumia.com.eg/ar/

Ikkinchi guruh tizimi tanlov va savdo jarayoni boʻlib, xarid qilish va mahsulotni tanlash
bosqichida ishlatiladigan terminlar.

Xarid savatchasi ‫سلة التسوق‬
Savatchaga qoʻshish ‫إضافة الى السلة‬
Ombordagi mavjudlik
‫مخزون‬
Mavjud emas ‫غير متوفر‬
Oldindan buyurtma ‫طلب مسبق‬
‫تقييم المنتج‬
Mahsulot bahosi 114‫مراجعة العملاء‬
Mijozlar sharhi

Uchinchi guruh tizimi, buyurtma va toʻlov boʻlib xaridni rasmiylashtirish va pul

oʻtkazmalari bilan bogʻliq atamalar.

Buyurtmani rasmiylashtirish ‫إتمام الطلب‬

Buyurtmani tasdiqlash ‫تأكيد الطلب‬

Buyurtma raqami ‫رقم الطلب‬

Elektron toʻlov ‫الدفع الإلكتروني‬

Yetkazilganda toʻlash ‫الدفع عند الاستلام‬

Kredit karta ‫بطاقة ائتمان‬

Bank oʻtkazmasi 115‫تحويل بنكى‬

Toʻrtinchi guruh tizimi, yetkazib berish va logistika boʻlib, mahsulotni mijozga yetib
borish jarayonini ifodalovchi terminlar.

Yukni kuzatish ‫تتبع الشحنة‬
Yetkazib berish kompaniyasi ‫شركة الشحن‬
116‫رسوم الشحن‬
Yetkazib berish narxi

Beshinchi guruh tizimi, ragʻbatlantirish va sotuvdan keyingi xizmat boʻlib, chegirmalar,
kafolat va mijozlarni qoʻllab quvvatlash terminlari.

Maxsus taklif ‫عرض خاص‬
Chegirma ‫خصم‬
Kupon
Kafolat ‫قسيمة شراء‬
‫ضمان‬
Mahsulotni qaytarish
Qaytarish siyosati ‫استرجاع المنتج‬
‫سياسة الإرجاع‬
Mijozlarga xizmat koʻrsatish 117‫خدمة العملاء‬

114 https://www.namshi.com/saudi-ar/fashion/women-fashion/
115 https://www.amazon.ae/customer
preferences/edit?ie=UTF8&preferencesReturnUrl=%2F&ref_=topnav_lang&language=ar_AE
116 https://www.namshi.com/saudi-ar/fashion/women-fashion/

https://www.amazon.ae/customer-117
preferences/edit?ie=UTF8&preferencesReturnUrl=%2F&ref_=topnav_lang&language=ar_AE

Xulosa
Olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Terminologik tizimning shakllanishi: Arab tilidagi elektron tijorat terminologiyasi
nafaqat sof iqtisodiy tushunchalarni, balki axborot texnologiyalari va marketing sohalarini ham
oʻz ichiga olgan murakkab lingvistik tizim ekanligi aniqlandi.
Leksik-semantik xususiyat: Terminlarning aksariyati ingliz tilidagi xalqaro atamalarning
arab tiliga kalka (soʻzma-soʻz tarjima) qilinishi yoki oʻzlashtirilishi natijasida shakllangan boʻlib,
ular zamonaviy arab adabiy tilining boyishiga xizmat qilmoqda.
Amaliy ahamiyati: Tadqiqotda keltirilgan terminologik lugʻat va tahlillar kelajakda arab
tilidan oʻzbek tiliga iqtisodiy tarjimalarni amalga oshirishda, lugʻatshunoslikda va arab tilini
maxsus maqsadlar uchun (ESP) oʻqitishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy ta’sir: Elektron tijorat terminlarining arab jamiyatida keng qoʻllanilishi
raqamli iqtisodiyotning ushbu mintaqada chuqur ildiz otganini va milliy iqtisodiyotlarning
oʻzaro integratsiyalashuvini koʻrsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания. — М.:

Наука, 1977. — 246 с.
.12 ‫ – العدد‬.2021 ،‫ جمال قاسم حسن، محمود عبد السلام .التجارة الإلكترونية. – العربي: صندوق النقد العربي‬.2
‫ على خلف سلمان الركابي .التجارة الإلكترونية وواقع استخدامها على المستوى العربي. – العراق: مجلة الاقتصاد‬.3

.2010 ‫الجديد، جانفي‬
4. Madvaliyev A. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – T.: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”

Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 74.
5. Termin va terminologiyaga berilgan ta’riflar. [Elektron resurs]. – Kirish tartibi:

https://cyberleninka.ru/article/n/termin-va-terminologiya-berilgan-ta-riflar/viewer
6. Amazon.ae – Customer preferences and language settings (Arabic). – URL:

https://www.amazon.ae/customer-preferences/edit?language=ar_AE
7. Jumia Egypt – Online Shopping in Egypt. – URL: https://www.jumia.com.eg/ar/
8. Namshi – Saudi Arabia Fashion Store (Women's Fashion). – URL:

https://www.namshi.com/saudi-ar/fashion/women-fashion/