ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida polisemantik so‘zlar ifodasi

Egamova Shoxida Djalilovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA
POLISEMANTIK SOʻZLAR IFODASI

Egamova Shoxida Djalilovna
Oriental universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidagi
polisemantik birliklarning funksional-semantik xususiyatlari tadqiq etilgan. Asar soʻz
boyligidagi soʻz, koʻz, yakqalam, havas kabi leksemalarning ma’no qatlamlari, ularning badiiy
ifodasi aniq misollar asosida yoritilgan. Olib borilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, doston
leksikasida polisemiya hodisasi shoirning yuksak soʻz qoʻllash mahoratini namoyon etuvchi
muhim omil boʻlib, ayni paytda eski oʻzbek adabiy tilining boy va rang-barang lugʻaviy
imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Tayanch soʻzlar: Navoiy, Saddi Iskandariy, polisemiya, semantika, leksikografiya, badiiy
mahorat, eski oʻzbek tili.

Аннотация. В данной статье исследуются функционально-семантические
особенности полисемантических единиц в дастане Алишера Навои “ Садди Искандари”.
На основе конкретных примеров освещены смысловые пласты таких лексем, как слово,
глаз, перо, желание, их художественное выражение в словарном запасе произведения.
Проведенный анализ показывает, что явление полисемии в лексике дастана является
важным фактором, демонстрирующим высокое мастерство поэта в использовании слов,
и в то же время служит раскрытию богатых и разнообразных лексических
возможностей староузбекского литературного языка.

Ключевые слова: Алишер Навои, “Садди Искандари”, старый узбекский язык,
полисемия, семантическая структура, лексикография, художественное мастерство,
лингвистическое исследование.

Abstract. This article investigates the functional-semantic features of polysemantic units
in Alisher Navoi's epic "Saddi Iskandari." The semantic layers of lexemes such as word, eye,
yakkalam, havas in the vocabulary of the work, their artistic expression are highlighted on the
basis of specific examples. The analysis shows that the phenomenon of polysemy in the lexicon of
the epic is an important factor that demonstrates the poet's high skill in using words, and at the
same time serves to reveal the rich and diverse lexical possibilities of the old Uzbek literary
language.

Keywords: Navoi, Saddi Iskandari, polysemy, semantics, lexicography, artistic mastery,
Old Uzbek language.

Koʻpma’nolilik (polisemiya) hodisasi haqida soʻz borganda, tadqiqot obyekti sifatida,
avvalo, ism (ot) va fe’l turkumiga mansub leksemalar gavdalanadi. Buning boisi shundaki,
borliqdagi predmetlarni nomlovchi otlar hamda dinamik jarayonlarni ifodalovchi fe’llar semantik
derivatsiya (ma’no kengayishi) va koʻchish jarayonlarida eng yuqori potensialga ega hisoblanadi
[11].

Leksik birliklar oʻrtasidagi semantik farqlanishlar bilan bogʻliq paradigmatik va
sintagmatik munosabatlar tilning leksik-semantik tizimini strukturaviy jihatdan chuqur anglashda

fundamental ahamiyat kasb etadi. Aynan paradigmatik va sintagmatik munosabatlar
kesishmasida omonimiya, polisemiya, sinonimiya va antonimiya kabi fundamental semantik
hodisalarning lisoniy tabiati hamda strukturaviy xususiyatlari toʻlaqonli namoyon boʻladi.
Xususan, paradigmatik munosabatlar lisoniy xotirada bir-birini almashtira oladigan yoki ma’no
jihatdan yaqin (sinonimiya), qarama-qarshi (antonimiya) hamda shaklan oʻxshash (omonimiya)
boʻlgan birliklar oʻrtasidagi assotsiativ aloqalarni ifodalaydi. Sintagmatik munosabatlar esa,
aksincha, soʻzlarning nutq zanjirida oʻzaro birikish qonuniyatlarini, ya’ni muayyan kontekst
doirasida yuzaga chiqadigan ma’no munosabatlarini koʻrsatadi. Mazkur jarayonlar tadqiqi
natijasida soʻzlarning leksik-semantik variantlari aniqlanib, ularning murakkab ma’no qatlamlari
tizimlashtiriladi va ilmiy tasnifga tortiladi. Bu esa til birliklarining semantik imkoniyatini,
ularning nutqdagi qoʻllanish koʻlami hamda funksional-uslubiy xususiyatlarini yanada
mukammalroq yoritib berish imkonini yaratadi [8].

Oʻzbek tilshunosligida professor M. Mirtojiyev mazkur hodisani milliy til materiallari
asosida monografik planda tadqiq etib, uning leksik-semantik tabiatini ilmiy jihatdan asoslab
berdi. Ushbu izlanishlar natijasida polisemiyaning lisoniy tizimdagi oʻrni bilan bir qatorda, uning
nutqiy jarayondagi funksional-pragmatik imkoniyatlari hamda ekspressiv-stilistik qirralari ham
keng koʻlamda yoritildi [8].

Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qoʻllangan polisemantik birliklarning
semantik strukturasi hamda genealogik (etimologik) tabiatini tadqiq etish asarning lugʻat
boyligini tizimli anglashda ustuvor ahamiyat kasb etadi va zamonaviy tilshunoslik talablari
nuqtai nazaridan toʻla asoslidir.

“Oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va
miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat
qiladigan, mustaqil lugʻaviy ma’noga ega boʻlgan, shuningdek, turli grammatik ma’no va
vazifalarda qoʻllanadigan eng muhim til birligi, gapning qurilish materiali” ma’nosini
ifodalaydigan soz leksemasi eski oʻzbek adabiy tilida 1) gap-soʻz, nutq; 2) hikoya, qissa, naql; 3)
va’da, ahd; 4) javob (ANATIL,III,137-138) kabi ma’nolarda ishlatilgan. Asar matnida ushbu
leksema 124 oʻrinda quyidagi ma’nolarda uchraydi:

1) soz- “gap-soʻz, nutq”:
Solib har nečuk yergakim, yetsa koz,
Ešitib yana barča el ičra soz. (CИ,218)
Bu sozni degač nuktadáni bisát,
Skandarga yuzlandi kop inbisát. (CИ,225)
2) soz –“hikoya, qissa, naql”:
Munga ozga ma’ni dáγi bordur,
Akábir sozidin namudárdur. (CИ,8)
4) soz - “xabar”:
Yetib matbax ahli fiγán qïldïlar,
Fiγán ičra bu soz ayán qïldïlar. (CИ,225)
5) Haq sozi –“haqiqat; allohning kalomi, irodasi”:
Agar maxfiy, ar fáš olub Haq sozi,
Ozi aytibu ham ešitib ozi. (CИ,22)
6) soz ahli- “oʻtkir soʻzli, notiq; shoir”:
γazal tavrida čunki qildiŋ xirám,
Soz ahliγa soz derni qildiŋ harám. (СИ,493)

7) soz duri – “ma’noli soʻz, oqilona aytilgan gap”:
Ul avj uzrakim sočilib soz duri,
Surayyá kelib anda tahtas-sari. (CИ,30)
Ču šah qïldï bu nav’ sozlar adá,
Tarabdin bu xud qildi jánin fidá. (СИ,234)
8) soz iqlimi- “soʻz mulki, she’riyat olami”:
Karam aylab iki qolum qoldaŋiz,
Soz iqlimi sori meni yoldaŋiz. (СИ, 24)
9) soz tavri- “soʻzning uslubi:
Ki, soz tavri keldi seniŋ šoniŋa,
Bolub xatm tab’i durafšoniŋa.(СИ,485)
9) soz bádasi- “yoqimli soʻz”:
Ču istab tarab tab’i ázádasi,
Quyub nazm jámiγa soz bádasi. (СИ,37)
10) soz de= - “yangi asar yaratish;
Biri bolsa farzan uluγ, bir kičik,
Bu soz demas olsa uluγda bilik. (СИ,121)
11) soz kisvatin kiy= -“ijod qilmoq, ijod olamiga kirmoq”;
Sálib koŋluma soz demak niyatin,
Kiyib egnima dáγi soz kisvatin. (СИ,28)
12) soz qabul et= - “soʻzni qabul qilmoq, aytilgan gapning ma’nosini anglab
yetmoq”:
13) soz ešit= -“gapni eshitmoq”:
Ešitgan ču mundoq qabul etti soz,
Degon čun ešitti bu soz, yumdi koz. (СИ,161)
14) soz sor= -“gapirishni soʻramoq”:
Ču sorduŋ sozumni, erur noguzir,
Ki, bolγaymen olliŋda farmonpazir. (СИ,113)
15) soz ot= “gapirilmoq” (НАЛ, 138):
Bu yaŋliγki soz otti Xoqon bila,
Bori el qabul ettilar jon bila. (СИ,315)
“Tirik mavjudotning koʻrish a’zosi” (OʻTIL,II,443) bosh ma’noni anglatuvchi koz
leksemasi eski oʻzbek adabiy tilida “koʻz; koʻrish qobiliyati, koʻz qarash; nuqtayi nazar, fikr;
dunyoqarash” kabi ma’nolarni kasb etgan (ANATIL, 145-146). “Saddi Iskandariy” dostoni soʻz
boyligida esa ushbu leksema 37 oʻrinda quyidagi ma’nolarda uchraydi:

1) koz -“koʻrish a’zosi”;
Koks uzra qilγon kibi mayl boš,
Koz uzra tušar kirpik orniγa qoš. (СИ, 242)
2) koz- “koʻrish qobiliyati, koʻz qarash”:
Korub onča oroki, koz kormayin,
Koŋul ham taxayyulγa kelturmayin. (СИ, 321)
3) koz – “yomon koʻz; hasad”:
Qayu kimsakim topsa mundoq murád,
Oqusun yomon koz učun “in yakod”.(СИ, 192)
4) koz yoli –“yoʻlga koʻz tikmoq”:

Jigar qizib koz yolidin mudám,

Jigargoša istab urar erdi gám. (СИ, 272)

5) koz nuri- “nigoh”:

Aŋa aqd aylab kozum nurini,

Kozum ičraki parda masturini.(CИ, 220)

6) kozdin nihon-“koʻzdan yashirin, koʻrinmaydigan”:

Bolur čunki yándášsa iki jahán,

Jahán darjahán, mor kozdin nihán.(СИ, 314)

7) kozi tuš= - “koʻrmoq, qaramoq”:

Agar áyγa tušsa kozi, kun bolur,

Qadam qoysa tufráqqa, áltun bolur. (CИ,40)

8) koz yorut= “bahralantirmoq, bahra bermoq, namoyon boʻlmoq”:

Mulukána tartibu áyin bila,

Yorutti kozin ul jahánbin bila. (CИ,73)

9) kozini ravšan et=- “xabardor qilmoq, hushyor etmoq”:

Hamul kozgu birla kozum ravšan et,

Koŋul γunchasin, oylakim gulšan et.(СИ,56)

10) koz tik= “qaramoq”:

Sináni bila tikti axtar kozin,

Ne axtar kozin, čarxi axzar kozin.(СИ,75)

11) koz sol= “qaramoq, tikilmoq”:

Seni kordi har yonki sáldi kozin,

Ču bári sen olduŋ, iturdi ozin. (СИ,7)

12) koz tut= “kutmoq, intizor boʻlmoq”:

Quláqqa nekim aytsam soz – tutuŋ,

Neča vaqtdin soŋ meni koz tutuŋ.(СИ,147)

13) kozi yoru= “shodlanmoq, bahralanmoq”:

Tamášásidin kozga yárub čaráγ,

Muattar bolub atri birla dimáγ. (СИ,99)

14) kozga il= “manzur qilmoq, yoqtirmoq”:

Aduvniŋ qalin erkánin bilmayin,

Agar bilsa ham kozga heč ilmayin. (СИ,144)

15) koz tik= “uyalmoq, hayo qilmoq”

Tugatgač sozin nuktagoyi daler,

Javáb istayu, koz tikib báqti yer.(СИ,121)

16) koz oč= “uygʻonmoq, hushyor boʻlmoq”:

Sabuhiy čoγi koz očib mohvaš,

Xumor etgali daf’, olub jur’akaš.(СИ,189)

17) koz yum= -“yuz oʻgirmoq, voz kechmoq”

Qoyub Layli állida tufráqqa yuz,

Yumar soŋra kavnayndin iki koz.(СИ, 194)

18) yumub-očqunča koz- “koʻz ochib yumguncha, juda qisqa fursatda”:

Ču kuymiš uyi yumub-áčqunča koz,

Demiš anga sáhibdile boyla soz.(СИ, 306)

19) koz yum= -“vafot qilmoq” (ANATIL,III, 583):

Bu yerlarga yetkurdi čun šah sozin,
Tugandi sozi, dáγi yumdi kozin.(СИ, 452)
20) koz qot= -“muzlamoq”:
Sovuγ šiddatidinki kozlar qotib,
Anga qavs har dam balorak otib.(СИ, 192)
“Yalpisiga qoʻlga olmoq, birlashtirmoq” [f.+a. ‫ -يک قلم‬qalami, yozuvi bir; butunicha,
butunlay, toʻliq; birdan]: “yakqalam qilmoq (etmoq, aylamoq)” ma’nosini ifodalaydigan
yakqalam oʻzlashmasi eski oʻzbek adabiy tilida 1) bir yoʻla, biratoʻla, butunlay; 2) taqdir
yozigʻi, birdan bir ozgarilmas; 3) birlashish, tenglashish; 4) birlashtirmoq, biriktirmoq kabi
ma’nolarda uchraydi. Asar matnida esa 5 oʻrinda quyidagi ma’nolarni kasb etadi:
1) yakqalam-“yalpisiga, bir hukm ostidagi, bir farmon ostidagi”:
Qilay kišvariŋniŋ misálin raqam,
Ki, tutsun taalluq sanga yakqalam.(СИ,180)
2) yakqalam-“yalpisiga bir hukm (farmon) ostida boʻlmoq, yalpisiga qoʻl ostiga
kirmoq, birlashmoq”:
Quyošdek sipehr uzra tortib alam,
Yurub oldi álam yuzin yakqalam. (СИ,105)
3) yakqalam -“yalpisiga qoʻlga olmoq, birlashtirmoq”:
Olib Hind náhiyatin yakqalam,
Yurub Čin biládiγa čekti alam. (СИ,278)
4) yakqalam -“taqdir yozigʻi, birdan bir oʻzgarilmas”:
Sanga turk aqálimin aylab raqam,
Azalda nasib aylamiš yakqalam. (СИ,45)
5) yakqalam -“bir yoʻla, biratoʻla, butunlay”:
Birov oldi soz kishvarin yakqalam,
Ki, qildi qalamni sutuni alam. (СИ,36)
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida “aqlini yoʻqotish; ehtiros; mayl, ishtiyoq; biror narsaga
gʻoyat berilganlik, kuchli istak” (OʻTIL, V, 467) ma’nolarini ifodalovchi havas [a. ‫[هوس‬
leksemasi asarda 40 oʻrinda qoʻllanib, quyidagi semantik qatlamlarda namoyon boʻladi:
1) havas -“orzu boʻlmaydigan narsani orzu qilish, xomxayol”:
Yana erdi Xoqonga behad havas,
Havas demakim, kom ila multamas. (СИ, 334)
2) kušáde havas-“orzuning ushalishi, amalga oshishi;
3) muráde havas – “orzuga yetishish, murod-maqsadga yetishish orzusi”:
Sanga doγi bolsa kušáde havas.
Bu álamda topmoq muráde havas. (СИ, 219)
4) havas ayla=//qïl=//et= -“orzu qilmoq, istamoq”:
Kirarmen murádim tamanná qïla,
Havas qïlγonimni tamášá qïla. (СИ,436)
Soz ayturγa har kimsa aylab havas,
Vale topmayin kimsa ul dastras. (СИ, 379)
Agar naγma bas qïlmoq etsaŋ havas,
Hamul jám gum bolmayin qïlma bas!(СИ, 214)
3) havas jámi- “orzu-havas qadahi” (oʻtkinchi istaklar):
Ne qïlγon xayálim bori xám emiš,

Havas jámi köŋlümga ášám emiš. (СИ,448)
Xulosa oʻrnida ta’kidlash joizki, dostondagi soʻzlarning, ayniqsa, ot va fe’l turkumiga
mansub leksemalarning koʻp ma’noliligi eski oʻzbek tilining semantik imkoniyatlari naqadar
keng boʻlganini koʻrsatadi. Bu hodisa tilda tushunchalarni tejash va mavjud soʻzlar negizida
yangi ma’no qatlamlarini hosil qilishga xizmat qilgan.
Navoiy lisoniy birliklardan foydalanishda ularning barcha semantik qirralarini, ayniqsa,
koʻchma va majoziy ma’nolarini mohirona qoʻllagan. Bu esa asarning badiiy-estetik qiymatini
oshirish bilan birga, zamonaviy tilshunoslik uchun eski oʻzbek tilining ma’no tizimini
oʻrganishda boy manba boʻlib xizmat qiladi.
Umuman olganda, “Saddi Iskandariy” dostonidagi polisemantik birliklar tilning jonli va
dinamik tizim ekanligini, Navoiy esa soʻzning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda tengsiz
mahorat sohibi boʻlganligini tasdiqlaydi.

SHARTLI QISQARTMALAR
1. АНАТИЛ - Aлишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Т. I-IV. -Тошкент,
1983-1985.
2. НАЛ – Навоий асарлари луғати. Порсо Шамсиев таҳрири остида. –Тошкент: Ғафур
Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,1973. –782 б.
3. СИ – “Садди Искандарий”. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик.
11-жилд. – Тошкент: Фан, 1993.
4. OʻTIL - Oʻzbek tilining izohli lugʻati. T.1-VI.-Toshkent, 2023.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. –

Тошкент: Фан, 1984. – 160 б.
2. Абдушукуров Б. XI–XIV асрларга оид ёзма манбалар тили. – Тошкент: Nodirabegim,

2020. – 118 б.
3. Abdushukurov B. Qadimgi turkiy til. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2019. – 128 b.
4. Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. – Тошкент: Фан, 1983. – 154 б.
5. Дадабоев Ҳ., Ҳамидов З., Холманова З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи. XIV

аср иккинчи ярми – XX аср боши. – Тошкент: Фан, 2007. – 146 б.
6. Миртожиев М. Ўзбек тили лексикологияси ва лексикографияси. – Тошкент, 2000. –

Б. 48.
7. Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. – Тошкент: Mumtoz soʻz, 2010. – 283 б.
8. Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент: Фан, 1984. – 136 б.
9. Jumayeva F. Полисемем лексемалар доирасидаги синоним ва антоним семалар

тадқиқи. – Тошкент: Qaqnus Media, 2019. – 128 б.
10. Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1979. – 214 б.
11. Ҳожиев А., Aҳмедов А. Ўзбек тили лексикологияси. –T.: Фан, 1981.-B. 281.