MUSTAGʻFIRIY HADIS QABUL QILIB OLISH VA
YETKAZISHDA QOʻLLAGAN SOʻZLAR TAHLILI
Mirzayev Bahodir
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Annotatsiya. Ushbu maqolada nasaflik muhaddis va tarixchi olim Abu Ja’far
Muhammad Mustagʻfiriy qalamiga mansub Fazoil al-Qur’on asarida hadislarni qabul qilib
olish va yetkazishda qoʻllagan soʻzlar tahlili haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch soʻzlar: Mustagʻfiriy, Fazoil al-Qur’on, samo, ijozat, kitobat, vijoda.
Annotation. This article presents information on the analysis of the words used in the
reception and transmission of hadiths in the work of Fazail al-Qur'an, written by muhaddith and
historian scholar Abu Ja'far Muhammad Mustaghfiri.
Key words: Mustagʻfiri, Fazail al-Qur'an, sama, ijazat, kitabat, vijаda.
Аннотация. В данной статье представлена информация по анализу слов,
используемых при приеме и передаче хадисов в труде Фазаил аль-Коран, написанном
мухаддистом Насафа и ученым-историком Абу Джафар Мухаммад Мустагфири.
Ключевые слова: Мустагфири, Фазаил аль-Коран, сама, ижазат, китабат,
вижада.
Kirish. Ulamolar hadis matnlari va uning mazmunini asrab-avaylash hamda ularni
himoya qilish maqsadida dastlabki muhaddislar usullaridan ilhomlanib mustahkam, aniq va
asosli qoidalarni oʻrnatgan. Bu qoida va tamoyillar hadisning mavjudligini targʻib qilish, uning
parchalarini toʻplash, manbalarini oydinlashtirish, manbalarini aniqlash, xususiyatlariga oydinlik
kiritish, oʻxshash tomonlarini ochib berish, oʻzgarishlarning oldini olish maqsadida oʻrnatilgan.
Keyinchalik, hadislarni qanday qabul qilib olish va boshqalarga yetkazishni bildiradigan maxsus
soʻz va iboralar paydo boʻla boshladi. Ketma-ket bosqichlarda bu atamalar ehtiyojga koʻra
koʻpayib bordi, har bir yoʻl uchun bir soʻz belgilandi va tartibga solindi.
Bu atamalarni, mualliflarining maqsadlarini, fikrlarini, ishlab chiqish tartibi va ular
boʻyicha chiqargan hukmlarini, xususan, ular qanchalik ilmiy va an'anaviy ekani, ularning
ahamiyati darajasini bilish hadis ilmlarida muhim hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ulamolar mustalahul hadisga bagʻishlab alohida
mustaqil asarlar ham yoza boshladi. Dastlab Qozi Abu Muhammad Romahurmuziy (vaf.
360/971) “Al-Muhaddisu al-fosilu bayna ar-roviy va al-voʻiy” kitobini yozdi. Undan soʻng
Hokim Naysoburiy (vaf. 405/1014) “Ma’rifatu al-ulum al-hadis va kamiyyatu ajnosih”, Abu
Nuaym Isfahoniy (vaf. 430/1038) “Al-Mustaxraj ala ma’rifati al-ulumil al-hadis”, Qozi Iyoz
(vaf. 544/1149) “Al-Ilmo”, Ibn Saloh (vaf. 643/1245) “Muqaddimatu Ibn Saloh” nomli asar
bitdi.
Shukrlar boʻlsinki, diyorimizda ham uzoq yillardan buyon e’tibordan chetda qolib kelgan
“mustalahul hadis” ilmi qayta jonlandi. Dastlab Jaloliddin Hamroqulovning “Hadis ilmi
istilohlari”, keyinroq shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Mustalahul
hadis” kitoblari nashr qilindi.
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqola umumqabul qilingan metodlar, qiyosiymantiqiy tahlil, ketma-ketlik tamoyillari asosida yoritilgan.
Asosiy qism. Mustagʻfiriy rivoyat qilgan hadislarini usuli hadis nuqtai nazaridan
baholagan, bu ilmning asosiy mezonlaridan biri boʻlgan tahammul (hadisni qabul qilib olish) va
ado qilish (yetkazish) siygʻalaridan (soʻzlaridan) foydalanishda juda ehtiyotkor va puxta boʻlgan.
Darhaqiqat, buni uning “Fazoilul Qurʼon” asarlaridagi iboralardan, ifodalaridan ham anglash
mumkin.
Mustagʻfiriy aytgan bu jumlalar, taʼkidlaganimizdek, uning hadislarni rivoyat qilishdagi
sinchkovligini ochib beradi. Chunki u hadisni yetkazayotganda tahammul siygʻalaridan
foydalanganini aniqlab, hadisga kiritgan roviylarning ham xabarni qanday qabul qilishiga ishora
qilganini koʻramiz. Hadisni qabul qilib, uni muhaddisga yetkazayotgan vaqtda roviy ishlatgan
soʻzlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Hadisni oʻzidan keyingi avlod muhaddisi, roviysiga yetkazish, aytib berish – ado qilish
deyiladi. Ado qilish – ُ سمعت[samiʼtu], سمعنا[samiʼna], حدِّثني[haddasani], حدِّثنا[haddasana],
أخبرني[axbarani], أخبرنا[axbarana], أنبأني[anbaani], أنبأنا[anbaana], قال[qola], عن[an] va ِّأن
[anna] kabi ado qilish lafzlaridan biri bilan hadisni hadisni yetkazishdir.
Mustagʻfiriy hadis rivoyatida odatda اخبرنا[axbarana] – siygʻasidan foydalanadi. Bundan
tashqari asosan حدثنا[haddasana], قال[qola], روى[rova] soʻzlarini qoʻllagani koʻrinadi.
Hadis usuli bilan bogʻliq manbalarda “hadis yetkazish usullari” nomi bilan sakkiztasi zikr
qilinadi: samo, qiroat, ijozat, munovala, kitobat, iʼlom, vasiyat va vijoda.
1. Samo – “eshitish” termini hadis qabul qilib olishning sakkiz xil usulidan biri va
koʻpchilik ulamolar fikricha eng oliysi. Koʻrinishi: shayx hadisni oʻqiydi, shogirdi eshitadi.
Shayx hadisni yoddan oʻqishi ham, kitobdan oʻqishi ham mumkin. Shogird hadisni faqat eshitib
oʻtirishi ham, eshitganini yozib borishi ham mumkin [6:401].
Ado qilish soʻzlari: shayxning oʻzidan hadis eshitgan odam uni boshqalarga ado etish
paytida “samiʼtu” (“eshitdim”) yoki “haddasani” (“menga hadis aytdi”) deyishi lozim boʻladi.
“Samo” hadis oʻrganishning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Samoʼ usulida ustoz va
shogird yuzma-yuz kelishi kerak. Yaʼni “samo” yoʻli bilan hadis olishda shogird ustozini
koʻrgan boʻlishi shart. Shuning uchun Mustagʻfiriy oʻzining rivoyatlaridan birida “Uning
falonchidan eshitganiga ishonchim komil emas” [4:653] iborasi bilan ustoz va shogirdning
uchrashganiga yoki uchrashuv sodir boʻlganiga ishonchi komil emasligini bildirgan. Chunki
shaxsan oʻzi eshitmagan hadisni eshitgandek yetkazish hadisning sahihligiga zarar keltiradi.
Xatib Bagʻdodiy: “Hadisni qabul qilib olishni ifodalovchi iboralarning eng oliylaridan
biri – roviyning ُ سمعت[samiʼtu] deb aytishi”, degan.
Bunda shayx xotirasidan yoki kitobidan rivoyat qilgan hadislarini aytib beradi va
shogirdlari eshitib turadi.
Eshitgan kishi hadisni yetkazishda ishlatadigan soʻzlarga kelsak, Imom Navaviy aytadi:
“Qozi Iyoz: “Bunday holatda, eshitgan odamning rivoyat qilayotganda – حدثناbizga hadis aytib
berdi, – أخبرناbizga xabar berdi, – أنبأناbizga xabar berdi, ُ – فلانا سمعتFalonchidan eshitdim, قال لنا
– bizga aytdi, – ذكر لناbizga aytdi, deb aytishi mumkinligida shubha yoʻq”, deb aytgan”.
Xatib Bagʻdodiyning fikricha [2:10] “hadis yetkazishdagi soʻzlarning eng oliysi ُسمعت
[samiʼtu] – eshitdim, keyin حدثنا[haddasana] – bizga hadis aytib berdi va حدثني[haddasani] –
menga hadis aytib berdi, keyin أخبرنا[axbarana] – bizga xabar berdi”.
Imom Ahmad rahimahulloh aytadi: “Istiloh ilmida “axbarona” iborasi quvvatda
“haddasana”dan yengilroqdir [6:49]. “Haddasana”, “axbarona” va “samiʼtu” istilohidan yuqori.
Chunki “samiʼtu”da ustozi unga rivoyat qilib berdi, degan maʼnoga dalolat yoʻq [6:82].
Mustagʻfiriy ُ سمعت[samiʼtu] – eshitdim siygʻasi bilan oʻn besh oʻrinda hadis keltirgan.
“Menga hadis aytdi” maʼnosini beruvchi حدثني[haddasani] siygʻasidan besh oʻrinda
foydalangan.
...سمعت أبا بكر محمد بن الحسين بن أحلم البخاري يقول
2. Qiroat – “oʻqish” degani boʻlib, shogirdning ustoz huzurida hadisni yoddan yoki
qoʻlidagi kitobdan oʻqishi tushuniladi. Ustoz buni yoddan, yo qoʻlidagi nusxadan kuzatib
tinglaydi. Qachonki xato qilsa, tuzatadi va shu tariqa shogird ustozidan hadislarni oladi. Hadis
olimlari buni “arz” deb ham atashadi. Uning koʻrinishi quyidagicha: shogird hadisni oʻqiydi,
shayx eshitib oʻtiradi. Shogirdning oʻzi oʻqiydimi yoki boshqasi oʻqib, u eshitadimi, farqi yoʻq.
Qiroat yoddan boʻladimi yoki kitobdanmi buning ham farqi yoʻq. Tolibi ilm hadis oʻqigan
paytida shayx yoddan tasdiqlab turadimi yoki kitobga qarab tasdiqlab turadimi yoki boshqa bir
siqa shayxning kitobiga qarab tasdiqlaydimi buning ham farqi yoʻq [7:278].
Shayxning huzurida qiroat qilish tarzida rivoyat qilishning martabasi borada uch xil gap
aytilgan:
1. Qiroat samoga (eshitishga) tengdir. Bu gapni imom Molik, imom Buxoriy, shuningdek,
Hijoz va Kufaning koʻpchilik ulamolari aytishgan.
2. Qiroatning martabasi samodan biroz past.
Bu Mashriq ahlining koʻpchiligi aytgan gap. Mana shu gap toʻgʻridir.
3. Qiroat samodan bir pogʻona baland turadi. Bu gapni Abu Hanifa, Abu Ziʼb va bir
rivoyatda imom Moliklar aytishgan [7:278].
Ado etish soʻzlari. Tolibi ilm “Falonchining oldida qiroat qilganman” yoki “Falonchining
oldida qiroat qilinganda men eshitganman, u iqror boʻlgan” degan soʻzlarni aytadi.
Muhaddislar orasida koʻp tarqalgan uslubi – “axbarona” (“bizga xabar berdi”) degan
lafzni aytsa, qiroatni tushunsa boʻladi.
ا َْخب ََرنَا[axbarona] – “bizga xabar berdi” atamasi aslida ustozidan eshitish yoʻli bilan qabul
qilib olingan hadisda ishlatiladigan lafzlardan biri. Keyinchalik bu istilohni hadisni shayxiga
oʻqib bergan roviy ishlatishi keng yoyildi. Shunda bu istiloh “hadis roviy oldida oʻqildi, bizlar
uni eshitdik. Uni roviy tasdiqladi”, maʼnosida boʻladi. Bu Imom Muslim va sharq (Xuroson)
ulamolarining istilohidir [2:265].
Mustagʻfiriy oʻz rivoyatlarida قرأت[qaraʼtu] siygʻasidan foydalanmagan boʻlsa-da,
shogirdlari bu usul bilan undan hadis rivoyat qilgan. أخبرنى[axbaroni] – menga xabar berdi
siygʻasi bilan oltmish toʻrt oʻrinda hadis rivoyat qilgan.
3. Ijozat – hadisni olish va qabul qilishning qismlaridan biri” (Tojul arus).
Zubaydiy: “Mujoz (ruxsat berilgan olim)ga misol: bir kishi boshqa bir kishidan ijozat
soʻradi, yaʼni rivoyat qilgan va eshitgan hadislari(ni boshqalarga yetkazish) borasida ruxsat
soʻradi va u unga ijozat berdi. Ana shu kishi “mujoz” (shayxidan ruxsat olgan kishi)dir”.
Mujozot – rivoyat qilingan hadislar.
Istilohda mazkur taʼrifga asosan ijozatning koʻrinishi quyidagicha boʻladi: “U shayxning
oʻz hadis roviyiga uning nomidan hadis yoki kitob rivoyat qilishga ruxsat berishi boʻlib, aynan
ustozining oʻzidan tinglagan yoki shayxi unga oʻqib bergan boʻlishi shart qilinmaydi” [8:21].
Ibn Jamoaning ta’kidlashicha [1:87] “Ijozat ruxsat berishdir. Uning shakli – shayx oʻz
shogirdlaridan biriga: “Mendan falon hadislarni rivoyat qilishing uchun ruxsat berdim”, deb
aytishidir”.
Ibn Saloh bunday degan: “Ijozatning aslini joiz sanagan ulamolarning mutaaxxirlari
uning bu turini tanqid qilgan va joiz-nojoizligi boʻyicha har xil fikrlarni ilgari surgan. Binobarin,
ijozat berishning bu turi cheklangan sifat yoki shu kabilar bilan qaydlangan boʻlsa, u joizlikka
yaqinroqdir” [3:154].
Bu suratda eng toʻgʻri fikr – bu ijozatning durustligidir. Zero, Qozi Iyoz “Al-Ilmoʼ”
asarida bunday degan: “Ijozatni durust sanagan kishilar uning joizligida ixtilof qilgan, deb
oʻylamayman. Biror kishini undan mahrum qilganini ham koʻrmadim. Chunki, u ham
“Falonchining bolalariga” deganga oʻxshab sifatlangan va chegaralangan ijozatdir” [5:10].
Shayx oʻz shogirdiga eshitgan narsasini yoki kitoblarini aytib berishga ruxsat berganida
"ijozat" deyiladi. Avval aytib oʻtganimizdek, Mustagʻfiriy oʻz ustozlari, kimlardan tasdiqnoma
olgani va ulardan eshitganlari haqida aytib oʻtadi.
أنبأنا[anbaana] – bizga xabar berdi, istilohining qisqartma shakli أنا[ana] boʻlib,
Muhaddisning ustozidan eshitish orqali ijoza bilan hadisni olganiga ishora qiluvchi soʻz boʻlib,
kamdan-kam hollarda ishlatiladi. Goho bunday hadisning boshqa sanadi ham mavjudligiga
ishora qiladi.
Shayx shogirdlaridan biriga, misol uchun: “Sahih Buxoriy”ni mendan rivoyat qilishingga
izn berdim, deydi. Ijozatning birinchi turi haqida aytilgan eng toʻgʻri gap jumhur ulamolarning
fikrlari boʻlib, u orqali olingan hadisni rivoyat qilish va unga amal qilish joizdir.
Avval aytib oʻtganimizdek, Mustagʻfiriy ijoza olgan ustozlari va ulardan eshitgan
rivoyatlarni "" "كتب إلي فلان إجازةFalonchi menga ijoza yozib bergan" deb aytgan. Darhaqiqat,
Mustagʻfiriy oʻzi shaxsan uchrashmagan, biroq birov orqali ruxsat olgan ustozlaridan rivoyat
qilgan hadislarini “falonchi menga ruxsat bilan rivoyat qildi”, deb ochiq-oydin bayon qiladi.
4. Kitoba. Kitobaning koʻrinishi – shayx eshitgan rivoyatlarini huzuridagi odamga yoki
gʻoyib odamga oʻz qoʻli bilan yoki boshqasiga buyurib, yozib beradi.
Kitobaning navlari:
1. Ijozat ila birikkan kitoba. Shayx “Senga yozib bergan narsamdan rivoyat qilishingga
ijozat berdim” kabi soʻzlarni aytadi.
2. Ijozat ila birikmagan kitoba. Shayx baʼzi hadislarni yozib, tolibga yuboradi. Lekin
ularni rivoyat qilishga ijozat bermaydi.
Kitobaning hukmi. Ijozat ila birikkan kitoba yoʻli bilan rivoyat qilish joiz. Uning quvvati
ijozat ila birikkan munovalaga teng.
Ijozat ila birikmagan kitoba yoʻli bilan rivoyat qilishni baʼzilar man qilgan boʻlsa, yana
boshqalar unga ruxsat bergan. Ahli hadislarning nazdida toʻgʻrirogʻi – uning joizligi. Chunki
shayxning bu ishi ijozatdan nishona.
Ado etish soʻzlari:
1. Ochiqchasiga “kitobat” lafzini ishlatish. Yaʼni roviy: “Falonchi menga kitobat qildi
(yozdi)”, deydi.
2. Samo va qiroat iboralariga bogʻliq holda ado etish ham mumkin. Bunda roviy:
“Falonchi menga yozma ravishda hadis aytib berdi” yoki “Falonchi menga yozma ravishda xabar
berdi”, deydi.
Shayx oʻz qoʻli bilan bir yoki bir nechta rivoyatni hozir boʻlgan yoki yoʻq boʻlgan
oʻquvchiga yozsa yoki chop qilsa, “kitobat” deyiladi. Mustagʻfiriy ijoz orqali olgan hadislar
uchun " "كتب إلي فلان إجازةsoʻzini ishlatgan boʻlsa, ijoz mavjud boʻlmagan hadislar uchun " كتب إلي
"فلانsoʻzini ishlatish bilan kifoyalangan. Binobarin, mukotaba usuli bilan olingan hadislarga
mos ravishda qoʻllangan bu iboraga asoslanib, u hadislarni “kitobat” orqali oʻrgangan va
oʻrgatgan, deb daʼvo qilish mumkin. U zotning asarlaridan aniqlashimiz mumkinki, bu ikki soʻz
taxminan 20 oʻrinda zikr qilingan boʻlib, ularning baʼzilari ruxsatni ham bildiradi
[4:697,754,812].
5. Vijoda – tolib oʻzi eshitmagan, ijozati ham boʻlmagan bir shayxning qoʻlyozmasini
topib oladi va uning dastxatini taniydi.
Vijodaning hukmi. Vijoda yoʻli bilan rivoyat qilish sanad silsilasining uzilib qolishi
bobidandir. Shunday boʻlsa ham, bunda maʼlum daraja ulanish bor.
Ado etish soʻzlari. Qoʻlyozmasi bor shaxs: “Buni topib olgan Falonchining dastxati bilan
topib oldim” yoki “Falonchining dastxatidan oʻqidim”, deydi-da, soʻngra hadisning sanadi va
matnini keltiradi. Rivoyatda ““ ”وجدت بخط فلانFalonchining yozuvida yozilganini topdim” deb
aytilishi lozim boʻlgan bu siygʻani Mustagʻfiriy ham izohlagan. Uning asarlarida bunga koʻplab
misollarni koʻrish mumkin:
Mustagfiriy baʼzan “ ”وجدت في كتاب فلان فيما أجازه لي[4:191] iborasini mutlaq vijoda
maʼnosida emas, balki izlanish maʼnosida “Falonchi kitobidan menga ijoza orqali rivoyat
qilinganidan topdim” iborasini ishlatadi.
Xulosa. Bu qoidalar hadislarning keying avlodlarga oʻzgarmay, asl holida yetib borishi
uchun joriy qilingan. Islom ilmlarida sanad eng muhim jihat hisoblanadi. Ulamolar aytganidek:
“Sanad boʻlmaganida har kim xohlaganini gapiravergan boʻlardi”. Hadislarni qabul qilib olish va
yetkazish usullari shu sanadning qay tarzda muttasil ekanini koʻrsatib beradi. Mustagʻfiriy
asarlarida ba’zi istisnolardan tashqari faqat sanad bilan xabar keltirgan. Ularda yuqorida
keltirilgan atama va iboralarni qoʻllaganini koʻrish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Badriddin ibn Muhammad ibn Jamoa. Al-Manhal ar-roviy. – Damashq: Dor al-fikr, 2008.
2. Hofiz Jaloliddin Suyutiy. Tadrib ar-roviy. – Bayrut: Maktaba al-kavsar, 1995.
3. Ibn Saloh. Ulum al-hadis. – Damashq: Dor al-fikr, 2008.
4. Jaʼfar ibn Muhammad Mustagʻfiriy. Fazoilul Qurʼon. – Bayrut: Doru Ibn Hazm, 2006.
5. Qozi Iyoz. Al-Ilmo. Dor at-turos. 1970. 10 b.
6. Sayyid Abdulmojid Gʻavriy. Mu’jam al-mustalahot al-hadisiyya. – Bayrut: Dor Ibn Kasir,
2007.
7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. – Toshkent: Hilol nashr,
2021.
8. Ziyob ibn Sa’d Gʻomidiy. Al-Vijoza fi al-isbot val-ijoza. – Bayrut: Dor Qurtuba. 2007.