ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Yuqori sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari hamda kasbiy shakllanish jarayoni

Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, Choriyeva O‘rozgul Shaydulla qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

YUQORI SINF OʻQUVCHILARINING YOSH VA PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI HAMDA KASBIY SHAKLLANISH
JARAYONI

1Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, 2Choriyeva Oʻrozgul Shaydulla qizi
1Toshkent amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi oʻqituvchisi Pedagogika fanlari
boʻyicha falsafa doktori, v.b. dotsent, 2Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 5-bosqich talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada yuqori sinf oʻquvchilarining yosh va psixologik
xususiyatlari hamda ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-pedagogik
asoslari yoritilgan. Tadqiqotda oʻquvchilarning oʻzini anglash, mustaqil va tanqidiy fikrlash,
ijodkorlik, motivatsiya, emotsional barqarorlik kabi psixologik xususiyatlari tahlil qilinib,
ularning kasbiy shakllanishdagi oʻrni asoslab berilgan. Shuningdek, kasbiy yoʻnaltirishda
oʻqituvchi, oila, ijtimoiy muhit va raqamli texnologiyalarning ta’siri yoritilgan. Tadqiqot
natijalari yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash uchun
individual va tizimli yondashuv zarurligini koʻrsatadi.

Kalit soʻzlar: yuqori sinf oʻquvchilari, yosh xususiyatlari, psixologik rivojlanish, kasbiy
shakllanish, innovatsion faoliyat, motivatsiya, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, ijtimoiy muhit, kasb
tanlash

Аннотация. В данной статье рассматриваются возрастные и психологические
особенности старшеклассников, а также научно-педагогические основы их подготовки к
инновационной профессиональной деятельности. Проанализированы такие
психологические характеристики, как самосознание, самостоятельное и критическое
мышление, креативность, мотивация и эмоциональная устойчивость, и их роль в
профессиональном становлении учащихся. Особое внимание уделено влиянию учителя,
семьи, социальной среды и цифровых технологий на процесс профессиональной
ориентации. Результаты исследования подчеркивают необходимость индивидуального и
системного подхода в подготовке старшеклассников к инновационной профессиональной
деятельности.

Ключевые слова: старшеклассники, возрастные особенности, психологическое
развитие, профессиональное становление, инновационная деятельность, мотивация,
критическое мышление, креативность, социальная среда, выбор профессии

Abstract. This article examines the age and psychological characteristics of senior
school students and the scientific-pedagogical foundations of preparing them for innovative
professional activity. It analyzes key psychological traits such as self-awareness, independent
and critical thinking, creativity, motivation, and emotional stability, highlighting their role in
students’ professional development. The study also emphasizes the influence of teachers, family,
social environment, and digital technologies on career guidance. The findings underline the
importance of a systematic and individualized approach to effectively prepare students for
innovative professional activity.

Keywords: senior school students, age characteristics, psychological development,
professional formation, innovative activity, motivation, critical thinking, creativity, social
environment, career choice

Kirish.Yuqori sinf oʻquvchilari odatda 15–18 yosh oraligʻidagi oʻsmirlik va ilk yoshlik
davrini oʻz ichiga oladi. Mazkur davr inson hayotidagi eng muhim, murakkab va mas’uliyatli
bosqichlardan biri boʻlib, aynan shu jarayonda shaxsning ijtimoiy faolligi, mustaqil fikrlashi,
qadriyatlar tizimi, hayotiy pozitsiyasi hamda kasbiy yoʻnalishi shakllanadi. Shu sababli yuqori
sinf oʻquvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini chuqur oʻrganish ularni innovatsion
kasbiy faoliyatga tayyorlashning muhim ilmiy-pedagogik asosi hisoblanadi. Psixologiya fanida
ushbu davr “ilk yoshlik” bosqichi sifatida talqin etilib, shaxs rivojlanishining sifat jihatdan yangi
pogʻonasi sifatida baholanadi. Bu borada L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin, A.N. Leontyev, J.
Piaget, E. Erikson kabi olimlarning ilmiy qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, L.S.
Vygotskiy shaxs rivojlanishida ijtimoiy muhit va ta’limning hal qiluvchi rolini ta’kidlab,
oʻquvchilarning bilish faoliyati ijtimoiy tajriba asosida shakllanishini asoslab beradi. D.B.
Elkonin esa yosh davrlar psixologiyasida oʻsmirlik va ilk yoshlik bosqichlarini yetakchi faoliyat
nuqtai nazaridan tahlil qilib, bu davrda shaxsiy va kasbiy oʻzini anglash kuchayishini koʻrsatadi.
Shuningdek, J. Piaget kognitiv rivojlanish nazariyasida yuqori sinf yoshidagi oʻquvchilarni
formal-operatsion tafakkur bosqichiga oʻtishini qayd etadi. Bu esa ularda abstrakt fikrlash,
nazariy mulohaza yuritish, muammolarni tahlil qilish kabi aqliy qobiliyatlarning rivojlanishini
anglatadi. E. Erikson esa ushbu davrni “identifikatsiya va rol chalkashuvi” bosqichi sifatida
izohlab, aynan shu paytda shaxs oʻzining kasbiy va ijtimoiy oʻrnini aniqlashga intilishini
ta’kidlaydi.

Masalaning qoʻyilishi. Yuqori sinf oʻquvchilarining eng muhim psixologik
xususiyatlaridan biri – oʻzini anglash jarayonining faollashuvidir. Bu davrda oʻquvchilar oʻz
shaxsiy imkoniyatlarini baholashga, qiziqishlarini aniqlashga, kelajak rejalari haqida oʻylashga
kirishadilar. Ular “Men kimman?”, “Qanday kasb egallayman?”, “Kelajakda qanday inson
boʻlaman?” kabi savollar ustida jiddiy fikr yuritadilar. Ushbu jarayon kasbiy oʻzlikni
anglashning poydevorini tashkil etadi. Mazkur yosh davrida mustaqil va tanqidiy fikrlash jadal
rivojlanadi. Oʻquvchilar tayyor bilimlarni passiv qabul qilmay, balki ularni tahlil qilishga,
solishtirishga, umumlashtirishga intiladilar. Bu esa innovatsion kasbiy faoliyat uchun muhim
psixologik asos hisoblanadi. Chunki innovatsion faoliyat yangilik izlash, muammolarni noodatiy
yoʻl bilan hal qilish va kreativ yondashuvni talab etadi. Yuqori sinf oʻquvchilarida ijodkorlik va
kreativ tafakkur ham rivojlanadi. Ular turli loyihalar, startaplar, tanlovlar, ilmiy-amaliy
faoliyatlarda faol ishtirok etishga intiladilar. Bu jarayon oʻquvchilarning innovatsion salohiyatini
shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, maktabda oʻquvchilarning
ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil fikrlashga ragʻbatlantirish muhim
pedagogik vazifa hisoblanadi. Agar bu jarayon pedagoglar tomonidan toʻgʻri yoʻnaltirilsa,
oʻquvchining kasbiy shakllanishi samarali kechadi.

Biroq ushbu yosh davri psixologik murakkabliklar bilan ham xarakterlanadi. A.V.
Petrovskiy, R.S. Nemov, V.S. Muxina tadqiqotlarida oʻsmirlik davrida emotsional beqarorlik,
oʻziga ishonchsizlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi holatlar kuzatilishi qayd etilgan. Bu
esa oʻquvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ularning ruhiy holatini hisobga olish
zarurligini koʻrsatadi. Kasbiy shakllanish jarayoni aynan yuqori sinf davrida muhim bosqichga
kiradi. Chunki notoʻgʻri tanlangan kasb kelajakda shaxsning ijtimoiy moslashuvida, ruhiy
barqarorligida, mehnatga boʻlgan munosabatida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois
kasbiy shakllanish jarayoni tasodifiy emas, balki ongli, rejalashtirilgan va pedagogik jihatdan
boshqariladigan jarayon boʻlishi zarur. Bu borada E.A. Klimov, J. Holland, D. Super kabi

olimlar kasb tanlashni shaxs rivojlanishining muhim bosqichi sifatida baholaydilar. Ularning
fikricha, kasbiy tanlov shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va individual xususiyatlariga mos
holda amalga oshirilishi zarur deb hisoblaydilar va kasbiy shakllanish jarayonida quyidagi asosiy
komponentlarni alohida ta’kidlab oʻtadilar:

1-chizma. Kasbiy shakllanishning asosiy komponentlari
Mazkur koʻrsatkichlar oʻquvchining innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini
belgilaydi. Shuningdek, yuqori sinf oʻquvchilarida ichki motivatsiya kuchayadi. Boshlangʻich
bosqichlarda tashqi nazorat ustun boʻlsa, bu davrda oʻquvchilar oʻz-oʻzini rivojlantirish, kasb
egallash va jamiyatda munosib oʻrin topishga intiladilar. Bu esa innovatsion faoliyat uchun
muhim psixologik omil hisoblanadi. Oʻquvchilarning kasbiy shakllanishida oʻqituvchi shaxsi
muhim rol oʻynaydi. Bu borada V.A. Slastenin, N.V. Kuzmina, F.N. Gonobolin, M.G.
Davletshin, R.Z. Gaynutdinov, S. Jalilova, A. Jabborov kabi olimlar oʻqituvchining kasbiy
yoʻnaltirishdagi oʻrnini alohida ta’kidlaganlar. Oʻqituvchining innovatsion yondashuvi
oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlariga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Agar oʻqituvchi innovatsion
yondashuv asosida faoliyat olib borsa, oʻquvchi ham yangilikka intiluvchi, izlanishga moyil
boʻlib ulgʻayadi. Shuningdek, oila omili ham kasbiy shakllanishda muhim ahamiyatga ega. Otaonaning qoʻllab-quvvatlashi, bolaga nisbatan toʻgʻri munosabati uning kasb tanlashiga ijobiy
ta’sir koʻrsatadi. Aksincha, majburlash va bosim notoʻgʻri kasbiy tanlovga olib kelishi mumkin.
Chunki innovatsion faoliyat majburlash asosida emas, balki ichki ehtiyoj, qiziqish va tashabbus
asosida yuzaga keladi. Shu bilan birga, yuqori sinf oʻquvchilarida hayotiy maqsadlarni aniqlash
jarayoni kechadi. Ularda uzoq muddatli rejalashtirish, kelajak haqida strategik fikrlash, oʻz
hayotini ongli ravishda qurishga intilish kuchayadi. Kimdir tadbirkor boʻlishni, kimdir shifokor,
muhandis, dasturchi, pedagog yoki ijodkor boʻlishni orzu qiladi. Bu orzularning shakllanishi
bevosita kasbiy shakllanish jarayoni bilan chambarchas bogʻliqdir. Aynan shu bosqichda
berilgan toʻgʻri yoʻnaltirish kelajak kasbiy muvaffaqiyatning poydevorini yaratadi. Kasbiy
shakllanish jarayonining muhim tarkibiy qismi - bu kasbiy qiziqishlarning barqarorlashuvidir.
Yuqori sinf oʻquvchisi qaysi fanga koʻproq qiziqayotgani, qaysi faoliyat turida oʻzini erkin his
qilayotgani, qaysi yoʻnalish unga ruhiy qoniqish berayotganini anglay boshlaydi. Agar bu

qiziqishlar maktab tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, u oʻquvchi kelajakda oʻz kasbini ongli
ravishda tanlaydi. Aks holda, qiziqishlar soʻnib borishi yoki tasodifiy kasb tanlash holatlari
yuzaga kelishi mumkin.

Natijalar va namunalar. Innovatsion kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan qaralganda,
yuqori sinf oʻquvchilarida riskka borish, yangilikka intilish, tashabbus koʻrsatish qobiliyatlari
shakllanib borishi muhim ahamiyatga ega. Chunki innovatsiya doimo noma’lumlik, yangi
yoʻllarni sinab koʻrish, xatolardan qoʻrqmaslik bilan bogʻliq. Yangi gʻoya ilgari surish, yangi
loyiha ustida ishlash, startap faoliyatiga qiziqish oʻquvchidan jur’at, qat’iyat, oʻziga ishonchni
talab etadi. Bu sifatlar esa aynan yuqori sinf davrida faol rivojlanadi. Yuqori sinf
oʻquvchilarining bilish jarayonlari ham sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtariladi. Ularning
tafakkuri abstraktlashadi, tahlil qilish, umumlashtirish, sistemalashtirish, prognozlash kabi aqliy
amallar takomillashadi. Oʻquvchilar endi nafaqat mavjud bilimni oʻzlashtiradilar, balki uni yangi
vaziyatlarda qoʻllashga, mustaqil xulosa chiqarishga, muammoni kompleks yondashuv asosida
hal qilishga oʻrganadilar. Bu esa innovatsion kasbiy faoliyatning intellektual asosini tashkil etadi.
Shuningdek, yuqori sinf oʻquvchilarida axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy mas’uliyat, vatanparvarlik,
jamiyat oldidagi burch tushunchalari ham shakllanadi. Innovatsion kasbiy faoliyat faqat texnik
yoki iqtisodiy foyda keltiruvchi faoliyat emas, balki jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi,
ijtimoiy mas’uliyat asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shu sababli oʻquvchilarni
innovatsiyaga tayyorlash jarayonida ularda ijtimoiy foydalilik, halollik, adolat, mehnatsevarlik
kabi fazilatlarni ham tarbiyalash muhimdir. Ayniqsa, bugungi kunda raqamli muhitning
kengayishi yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy shakllanishiga kuchli ta’sir koʻrsatmoqda. Onlayn
ta’lim platformalari, kasbiy yoʻnaltiruvchi testlar, virtual laboratoriyalar, masofaviy loyihalar, IT
yoʻnalishidagi musobaqalar oʻquvchilarning kasbiy dunyoqarashini tubdan kengaytirmoqda. Bu
esa innovatsion kasbiy tayyorgarlik uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga,
raqamli muhit salbiy ta’sirlardan ham xoli emas. Ba’zi oʻquvchilarda yuzaki bilim olish, oson
yoʻl bilan tez daromad topishga intilish, real mehnat jarayoniga tayyor boʻlmaslik kabi holatlar
kuzatilmoqda. Bu esa kasbiy tarbiyada muvozanatni saqlash, real hayot bilan bogʻlangan amaliy
mashgʻulotlarni kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi.

Yuqori sinf oʻquvchilarida emotsional – intellektual rivojlanish ham alohida ahamiyat
kasb etadi. Innovatsion kasbiy faoliyat nafaqat aqliy salohiyat, balki yuqori darajadagi
emotsional barqarorlikni ham talab etadi. Stressga bardoshlilik, jamoada muloqot qila olish,
tanqidni toʻgʻri qabul qilish, nizolarni konstruktiv hal qilish kabi koʻnikmalar aynan shu yosh
davrida shakllantiriladi. Agar oʻquvchi emotsional jihatdan beqaror boʻlsa, u kelajakdagi
kasbiy muhitga moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi. Shuningdek, yuqori sinf
oʻquvchilarining ijtimoiy faolligi ortib boradi. Ular maktab jamoatchiligi, fan toʻgaraklari, sport
jamoalari, yoshlar tashkilotlari, ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok eta boshlaydilar. Bu esa ularda
liderlik, tashabbuskorlik, jamoat oldida chiqish qilish, loyihalarni boshqarish, mas’uliyatni
boʻlishish kabi muhim kasbiy sifatlarni rivojlantiradi. Innovatsion kasbiy faoliyat esa aynan ana
shunday ijtimoiy faol, tashabbuskor va yetakchilik qobiliyatiga ega shaxslarni talab etadi. Kasbiy
shakllanish jarayonida mehnatga nisbatan ongli munosabat ham shakllanib boradi. Yuqori sinf
oʻquvchisi mehnatning jamiyat hayotidagi oʻrni, kasbning inson hayotiga ta’siri, halol mehnat
orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligini tobora chuqur anglay boshlaydi. Aynan shu davrda
oʻquvchida mehnatga ijobiy munosabat shakllantirilmasa, kelajakda u kasbiy faoliyatga befarq
boʻlib qolishi mumkin. Innovatsion kasbiy faoliyat esa faqat yuqori texnologiyalar emas, balki
mehnatsevarlik, intizom, mas’uliyat va qat’iyat kabi fazilatlarni ham talab etadi. Shu bois

innovatsion tayyorgarlik jarayonida yuqori sinf oʻquvchilarida ushbu fazilatlarni tarbiyalash
muhim pedagogik vazifa sanaladi. Yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy shakllanishiga ijtimoiybuyurtma omili ham katta ta’sir koʻrsatadi. Bugungi kunda jamiyat IT mutaxassislari, injenerlar,
dasturchilar, iqtisodchilar, tibbiyot xodimlari, pedagoglar va innovatorlarga ehtiyoj sezmoqda.
Ushbu ehtiyoj mehnat bozoridagi talablar orqali oʻquvchilarga bevosita ta’sir qiladi. Oʻquvchi
qaysi sohada ish oʻrinlari koʻpligini, qaysi kasblar yuqori daromad keltirishini, qaysi
mutaxassisliklar kelajakda muhim boʻlishini tahlil qila boshlaydi. Natijada u oʻz kasbiy rejasini
jamiyat ehtiyojiga moslashtiradi.

Shu bilan birga, yuqori sinf oʻquvchilarida hayotiy pozitsiya shakllanadi. Ular
jamiyatdagi oʻz oʻrnini anglay boshlaydilar, qanday inson boʻlishni xohlashlari haqida qat’iy
tasavvurga ega boʻladilar. Kimdir jamiyatga foydali mutaxassis boʻlishni xohlaydi, kimdir
moddiy farovonlikni ustuvor qoʻyadi, kimdir ijodkorlik orqali oʻzini namoyon etishni
rejalashtiradi. Bu individual hayotiy pozitsiyalar kasbiy shakllanishda muhim rol
oʻynaydi. Innovatsion kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan oʻquvchi uchun hayotiy
pozitsiyaning faol, ijodkor, tashabbuskor, mas’uliyatli boʻlishi zarur. Shu sababli ta’lim
jarayonida yuqori sinf oʻquvchilarini faqat bilim bilan qurollantirish emas, balki ularning hayotiy
pozitsiyasini shakllantirish ham muhim strategik vazifa sifatida qaralishi lozim. Yuqori sinf
oʻquvchilarida dunyoqarashning ilmiy asosda shakllanishi ham kasbiy tayyorgarlikka bevosita
ta’sir koʻrsatadi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, texnika va texnologiyalar
rivojini, global muammolarni ongli ravishda anglay boshlaydilar. Bu esa ularni global
fikrlashga, kelajakni strategik rejalashtirishga, innovatsion gʻoyalar haqida oʻylashga undaydi.
Bugungi kunda yuqori sinf oʻquvchilari orasida tadbirkorlikka qiziqish ham tobora kuchayib
bormoqda. Ular kichik biznes, onlayn savdo, IT xizmatlar, dizayn, reklama, startap loyihalar
orqali daromad topishga intilmoqdalar. Bu holat ularning iqtisodiy tafakkuri rivojlanayotganini,
innovatsion kasbiy faoliyatga moyilligi ortib borayotganini koʻrsatadi. Maktab esa ushbu
qiziqishni toʻgʻri yoʻnaltirib, ularni qonuniy, ilmiy asoslangan va barqaror innovatsion faoliyatga
tayyorlab berishi zarur. Kasbiy shakllanish jarayonida yuqori sinf oʻquvchilarida kasbiy
mas’uliyat tushunchasi ham shakllanadi. Ular asta-sekin oʻz kelajagi uchun mas’ul ekanliklarini,
tanlagan kasbi butun hayotiga ta’sir koʻrsatishini anglab yetadilar. Bu esa ularni chuqurroq
oʻylashga, shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilmaslikka, oʻz qobiliyatlarini real baholashga
undaydi. Aynan shu sifatlarning shakllanishi yuqori sinf oʻquvchisining innovatsion kasbiy
faoliyatga tayyorlik darajasini belgilaydi. Pedagogik nuqtai nazardan olganda, yuqori sinf
oʻquvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbiy shakllanish
jarayonini tashkil etish differensial va individual yondashuvni talab etadi. Chunki har bir
oʻquvchining qiziqishi, qobiliyati, intellektual darajasi, temperamenti, ijtimoiy muhiti turlicha
boʻladi. Shu sababli yagona umumiy yondashuv barcha oʻquvchilar uchun bir xil samarani
bermaydi. Shu bois oʻqituvchi va maktab psixologi yuqori sinf oʻquvchilarining individual
xususiyatlarini chuqur oʻrganib, ularga mos kasbiy yoʻnaltirish ishlari olib borishi zarur. Bu
jarayonda individual suhbatlar, kasbiy testlar, monitoringlar, amaliy mashgʻulotlar, kasb
egalariga uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori sinf oʻquvchilarining yosh va
psixologik xususiyatlari ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun eng qulay
ijtimoiy-ruhiy davr ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Agar bu davrda oʻquvchi toʻgʻri
yoʻnaltirilsa, uning innovatsion salohiyati toʻliq ochiladi. Aks holda, bu imkoniyatlar
yoʻqotilishi, oʻquvchi oʻzini hayotda topa olmasligi, kasbiy noaniqlik holatida qolib ketishi
mumkin. Yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy shakllanish jarayonida ijtimoiy moslashuv

(adaptatsiya) masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yosh davrida oʻquvchi bolalikdan
kattalar dunyosiga oʻtish bosqichini boshdan kechiradi. U jamiyatda mustaqil shaxs sifatida tan
olinishi, oʻz fikriga ega boʻlishi, qarorlar qabul qilishi zarurligini chuqur his eta boshlaydi. Shu
sababli kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayoni oʻquvchini kelajakdagi ijtimoiy munosabatlarga
moslashuviga ham tayyorlashi lozim. Innovatsion kasbiy faoliyat esa aynan ijtimoiy
moslashuvchanlikni, tezkor fikrlashni, oʻzgaruvchan sharoitlarda yoʻl topa olishni talab qiladi.
Yuqori sinf oʻquvchilarining psixologik rivojlanishida muloqotga ehtiyoj kuchayadi. Ular oʻz
fikrini ochiq bayon etishga, tengdoshlar orasida oʻz mavqeini mustahkamlashga, yetakchi
boʻlishga intiladilar. Bu jarayon ayrim hollarda raqobat, bahs-munozara, oʻzini isbotlash istagi
bilan ham kechadi. Bunday vaziyatlarni toʻgʻri pedagogik boshqarish oʻquvchilarni sogʻlom
raqobatga, konstruktiv muloqotga, bahs madaniyatiga oʻrgatadi. Aynan shu madaniyat
innovatsion muhitning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlik
faqat nazariy bilimlar bilan emas, balki amaliy faoliyat tajribasi bilan chambarchas bogʻliqdir.
Yuqori sinf oʻquvchilarining psixologik xususiyatlari shuni koʻrsatadiki, ular abstrakt bilimdan
koʻra real hayot bilan bogʻliq, amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlarga kuchliroq qiziqish
bildiradilar. Shu bois kasbiy shakllanish jarayonida amaliy mashgʻulotlar, laboratoriya ishlari,
mini-loyihalar, kasb egalariga amaliy tashriflar, ishlab chiqarish bilan tanishuvlar muhim oʻrin
tutadi. Yuqori sinf oʻquvchilarida maqsadga intiluvchanlik ham keskin kuchayadi. Ular
kelajakdagi muvaffaqiyatni aniq maqsadlar bilan bogʻlay boshlaydilar. Masalan, oliy ta’lim
muassasasiga kirish, aniq bir mutaxassislikni egallash, chet elda oʻqish, zamonaviy kasbni
egallab yuqori daromad topish kabi maqsadlar oʻquvchining barcha faoliyatini yoʻnaltirib
turadi. Bu esa ularni mehnatsevarlikka, izlanishga, mustaqil oʻqishga undaydi. Innovatsion
kasbiy tayyorgarlik ana shu ichki motivatsiyani toʻgʻri yoʻnaltirgan holda shakllantirilishi lozim.
Shuningdek, yuqori sinf oʻquvchilarida tanqidiy fikrlash koʻnikmasi rivojlanib boradi. Ular
berilayotgan axborotni shunchaki qabul qilibgina qolmay, balki uni tahlil qiladi, solishtiradi,
ishonchliligini baholaydi. Bugungi axborot oqimi nihoyatda kuchli boʻlgan sharoitda bu juda
muhim psixologik sifat hisoblanadi. Innovatsion kasbiy faoliyat esa aynan tanqidiy fikrlash,
muammo mohiyatini chuqur anglash va asosli qaror qabul qilishni talab qiladi. Kasbiy
shakllanish jarayonida yuqori sinf oʻquvchilarining ijtimoiy kelib chiqishi, oila sharoiti, iqtisodiy
ahvoli ham muhim oʻrin tutadi. Ba’zi oʻquvchilar moddiy imkoniyatlarning cheklanganligi
sababli erta mehnat qilishga majbur boʻladilar, ayrimlari esa qulay sharoitda bilim olish
imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu holat ularning kasb tanlashiga, hayotiy rejalari va innovatsion
faoliyatga munosabatiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Demak, innovatsion kasbiy tayyorgarlik
tizimi barcha oʻquvchilar uchun teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan boʻlishi zarur. Yuqori
sinf oʻquvchilarining psixologiyasida kelajak haqidagi ideal tasavvurlar ham muhim oʻrin tutadi.
Ular kelajakdagi hayotini ideal holatda tasavvur qiladilar: yaxshi kasb, yuqori daromad, ijtimoiy
mavqe, e’tirof, mustaqil turmush. Ba’zan bu ideal tasavvurlar real imkoniyatlar bilan toʻgʻri
kelmaydi. Shu sababli maktabda oʻquvchilarga real hayot talablari, kasblarning qiyinchiliklari va
mas’uliyati haqida ham toʻgʻri va ochiq axborot berish muhimdir. Bu ularni ongli va puxta
kasbiy tanlov qilishga undaydi.

Innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida yuqori sinf oʻquvchilarida
tavakkalchilikka nisbatan munosabat ham shakllanadi. Innovatsiya doimo xavf bilan bogʻliq
boʻladi: yangi gʻoya muvaffaqiyatga erishishi ham, muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ham mumkin.
Yuqori sinf oʻquvchisini bu holatga psixologik jihatdan tayyorlash, unda muvaffaqiyatsizlikdan
qoʻrqmaslik, xatodan xulosa chiqarish, qayta urinib koʻrish kabi sifatlarni shakllantirish muhim

hisoblanadi.
Yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy shakllanishida gender xususiyatlar ham

muayyan rol oʻynaydi. Oʻgʻil va qiz bolalarning kasbiy qiziqishlari, jamiyatdagi roli haqidagi
tasavvurlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Bugungi kunda bu farqlar tobora yoʻqolib
bormoqda, chunki zamonaviy kasblar erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratmoqda.
Shu bois maktabda barcha oʻquvchilar uchun innovatsion kasbiy rivojlanishga teng sharoit
yaratish muhimdir. Kasbiy shakllanishda yuqori sinf oʻquvchilarining psixofiziologik
rivojlanishi ham hisobga olinishi zarur. Bu davrda organizm tez oʻsadi, nerv tizimi kuchli
zoʻriqishlarga duch keladi, charchash tez yuzaga keladi. Oʻqish yuklamalarining haddan ortiq
koʻpligi, doimiy imtihonlarga tayyorgarlik, kelajak haqidagi xavotirlar ayrim hollarda stress,
asabiylashish, ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli innovatsion kasbiy
tayyorgarlik jarayonida oʻquvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, psixologik muvozanatini
saqlash alohida e’tiborda boʻlishi lozim.

Xulosa. Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlash lozimki, yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion
kasbiy faoliyatga tayyorlashda “Hayotiy koʻnikmalar (soft skills)” ni rivojlantirish muhim oʻrin
tutadi. Bular qatoriga muloqot madaniyati, jamoada ishlash, vaqtni rejalashtirish, muammolarni
hal qilish, yetakchilik, stressni boshqarish kabi koʻnikmalar kiradi. Aynan mana shu koʻnikmalar
zamonaviy innovatsion mutaxassis uchun zarur boʻlgan asosiy sifatlar hisoblanadi. Kasbiy
shakllanish jarayonida yuqori sinf oʻquvchilari uchun rol modellari (namunalar) ham muhim
ahamiyatga ega. Ular muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, olimlar, IT mutaxassislari, ijodkorlar
hayot yoʻlini oʻrganishga qiziqadilar. Bunday shaxslarning hayotiy tajribasi, yutuqlari, duch
kelgan qiyinchiliklari oʻquvchilarda ishonch, intilish va katta maqsadlar shakllanishiga xizmat
qiladi. Shu sababli maktabda muvaffaqiyatli mutaxassislar bilan uchrashuvlarni tashkil etish
kasbiy shakllanish jarayonining samaradorligini oshiradi. Kasbiy shakllanish jarayoni uzluksiz
boʻlib, u faqat maktab davri bilangina cheklanib qolmaydi. Biroq aynan yuqori sinf bosqichi
kelajak kasbiy taqdirni belgilovchi hal qiluvchi davr hisoblanadi. Aynan shu davrda
oʻquvchining qiziqishlari, qobiliyatlari, hayotiy maqsadlari, kasbiy yoʻnalishi barqarorlashadi.
Shu sababli bu bosqichda yoʻl qoʻyilgan xatolar keyinchalik tuzatish qiyin boʻlgan
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, yuqori sinf
oʻquvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash
uchun eng muhim tabiiy va ruhiy imkoniyatlarni yaratadi. Bu davrda shaxsning intellektual,
ijtimoiy, emotsional va kasbiy rivoji jadal kechadi. Agar bu jarayon ilmiy asosda, izchil, tizimli
va individual yondashuv asosida tashkil etilsa, jamiyat uchun raqobatbardosh, kreativ,
tashabbuskor va innovatsion fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash uchun mustahkam poydevor
yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “Ta’lim-

tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. –
Toshkent, 2020.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son “Yoshlarni
qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. –
Toshkent, 2021.
3. Rasulov, A. “STEM ta’limi va startap faoliyati orqali oʻquvchilarni kasbiy tayyorgarlikka
yoʻnaltirish metodikasi.” Toshkent, 2019. STEM/STEM integratsiyalashgan

metodologiyalar va loyihaviy faoliyat.
4. Islomova, D. “Yoshlarni kreativ va innovatsion tafakkurga oʻrgatish metodikasi.” Toshkent,

2020. Oʻquvchilarning ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan
pedagogik texnologiyalar.
5. Karimov, N. “Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash va ijodiy tafakkurni shakllantirish.” Toshkent,
2018. Murakkab muammolarni hal qilish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish
koʻnikmalarini rivojlantirish.
6. Fayzullaev, S. “Innovatsion kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy asoslari.” Toshkent,
2021. Pedagogik, psixologik va metodik jihatlar.
7. Nazarov, J. “Ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish.” Toshkent, 2019. Amaliy koʻnikmalarni shakllantirishda hamkorlikning oʻrni.
8. Karimova, L. “Loyihaviy faoliyat orqali yuqori sinf oʻquvchilarini kasbiy tayyorgarlikka
yoʻnaltirish.” Toshkent, 2020. Startap va loyiha yondashuvlari metodikasi.
9. https://www.edu.uz – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
10. https://www.ziyonet.uz – Ta’lim portali va elektron resurslar
11. https://www.lex.uz – Qonun hujjatlari milliy bazasi
12. https://www.unesco.org – UNESCO ta’lim boʻyicha materiallari
13. https://scholar.google.com – ilmiy maqolalar bazasi
14. https://www.researchgate.net – pedagogika va ta’lim tadqiqotlari
15. https://www.oecd.org/education – ta’lim siyosati va innovatsiyalar
16. https://www.sciencedirect.com – ilmiy maqolalar platformasi