INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
TALABALAR NUTQIDAGI SOTSIOLEKTLARNING
ASSOTSIO-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Murotova Mubinabonu Bahodir qizi
Oriental universiteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalar nutqidagi sotsiolektlarning, sotsiolingvistika
boʻlimi tomonidan oʻrganiladigan elementlari sleng, jargon va argo haqida ma’lumot hamda
tushunchalar, ularning vazifalari va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sotsiolektlarning ijtimoiy
ehtiyojlar asosida paydo boʻlishi va ularning rivojlanishi toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar: kalit soʻzlar: sotsiolingvistika, sotsiolektlar, argo, jargon, sleng, yoshlar
slengi, talabalar nutqi, lingvomadaniyat, lingvokulturologiya.
Annotation. This article examines the sociolects in students’ speech, focusing on the
elements studied within the field of sociolinguistics namely slang, jargon, and argot as well as
providing information and explanations about their functions and significance. It also discusses
the emergence of sociolects based on social needs and their development.
Keywords: sociolinguistics, sociolects, argot, jargon, slang, youth slang, students’
speech, linguoculture, linguoculturology.
Kirish. Ma’lumki, bugungi kunda dunyo tillari semantik jihatdan rivojlanib, turli oʻziga
xos xususiyatlarga ega boʻlib bormoqda. Bunda jahon tillari ichra boy va tarixiy chuqur ildizga
ega boʻlgan oʻzbek tili ham mustasno emas. Xususan, zamonaviy oʻzbek tili shiddat bilan
rivojlanayotgan davrimizdagi oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirib bormoqda. Talabalar nutqidagi
zamonaviy leksik birliklar – sotsiolektlar bunga yorqin misol boʻladi. Shu oʻrinda sotsiolekt
atamsiga ta’rif: “sotsiolekt – bu ma’lum bir ijtimoiy guruhga xos boʻlgan nutqdir. Bunday
guruhlar kasbga, yoshga yoki qiziqishlarga qarab ajraladi". Sotsiolekt asosan soʻz boyligi va nutq
uslubi bilan farqlanadi. U dialektdan farq qiladi, chunki dialekt hududga bogʻliq boʻladi,
sotsiolekt esa odamlar guruhiga bogʻliq. Idiolekt esa bitta odamning oʻziga xos nutqidir. Jargon
atamasiga ta’rif: "jargon - bu sotsiolektning bir turi. U oddiy tildan oʻziga xos soʻzlari va
iboralari bilan farq qiladi". Jargonda koʻpincha obrazli va ta’sirli soʻzlar ishlatiladi. Lekin uning
oʻziga xos grammatikasi yoki talaffuz tizimi boʻlmaydi. Argo atamasiga ta’rif: " argo - bu yopiq
guruhlar ishlatadigan nutqdir". Masalan, faqat ma’lum odamlar tushunadigan soʻzlar boʻlishi
mumkin. U ham oʻziga xos soʻzlarga ega, lekin alohida grammatik tizimi yoʻq. Sleng atamasiga
ta’rif: "sleng - bu koʻproq ogʻzaki nutqda ishlatiladigan soʻzlar va iboralardir. Ba’zan eski
soʻzlarga yangi ma’no beriladi. Sleng koʻpincha yoshlar orasida keng tarqalgan va adabiy til
qoidalariga toʻliq mos kelmaydi".
Asosiy qism. Sotsiolektlar jamiyatda mavjud boʻlgan turli ijtimoiy guruhlarning
nutqidagi oʻziga xos boʻlgan xususiyatlarni ifodalaydi. Har bir guruh oʻziga xos til birliklaridan
foydalanishadi va bu holat ularning ijtimoiy mavqei, yoshi yoki faoliyati bilan bogʻliq boʻladi.
Ayniqsa, talabalar nutqi sotsiolektlardan faol ravishda foydalanadigan guruhlardan biri
hisoblanadi. Talabalar nutqida koʻpincha sleng, jargon va argo elementlari uchraydi. Sleng
odatda norasmiy muhitda ishlatiladigan soʻz va iboralardan iborat boʻlib, u yoshlar orasida tez
tarqaladi. Jargon esa ma’lum bir kasb yoki qiziqish doirasiga oid boʻlgan maxsus soʻzlarni oʻz
349
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
ichiga oladi. Argo esa nisbatan yopiq guruhlarda qoʻllaniladi va hamma uchun ham tushunarli
boʻlavermaydi. Talabalar sotsiolektlardan turli vaziyat va maqsadlarda foydalanadilar. Misol
uchun, birinchisi bu vosita orqali ular oʻzaro tez va qulay muloqot qilishadi. Ikkinchidan,
sotsiolektlar guruh ichida oʻziga xoslikni va yaqinlikni ifodalashga xizmat qiladi. Bundan
tashqari, ular bizning nutqimizga sharm yani oʻzgacha ma'no berib, fikrni yanada tushunarliroq
yetkazishga yordam beradi.
Sotsiolektlarning turlari boʻlgan sleng, jargon va argo talabalar nutqida keng uchraydi.
Quyida ularning har biriga oddiy misollar keltirilgan.
Sleng - bu koʻproq yoshlar orasida ishlatiladigan, norasmiy va tez oʻzgarib turadigan
soʻzlardir. Masalan, talabalar orasida “zoʻr” yoki "judayam" oʻrniga “vasheee” deyish,
“tushundim” oʻrniga “pon”, "chunatno" deyish yoki “charchadim” va "tushunmayapman"
oʻrniga “bashka ne varit (башка не варит)”, "yaqin doʻst", "qadrdon" oʻrniga "jigar" deyish kabi
soʻzlar slengga misol boʻla oladi.
Jargon esa ma’lum bir guruhga, masalan talabalar yoki biror yoʻnalishda oʻqiydiganlarga
xos boʻlgan soʻzlar. Masalan, “sessiya” (imtihon davri), “kontrakt” (toʻlov-shartnomasi),
“perezdacha (перездача)” (qayta topshirish) kabi soʻzlar talabalar jargoniga kiradi.
Argo esa odatda yopiqroq guruhlar ishlatadigan va hamma ham tushuna olmaydigan
soʻzlardir. Masalan, “krisa” yoki "kidala" (xiyonat qilgan odam), “tema” (yashirin bir odam
toʻgʻrisidagi gap yoki ish), “tixiy” va " skromniy" (sezdirmay ish qiliadigan odam yoki oʻzidan
spo yoqib olgan ) kabi soʻzlar argoga misol boʻladi.
Talabalar nutqida argo uchun bir yaxshi misolni namoyon etish mumkin. Bu,
universitetdagi ayrim talabalar oʻzaro muloqotda faqat oʻzlariga tushunarli boʻlgan soʻzlardan
foydalanadilar. Shunday holatlardan biri sifatida ayrim talabalar guruhi ichida “chuchvara”
soʻzining oʻziga xos ma’noda qoʻllanishini misol qilish mumkin. Ushbu soʻz aslida taom nomi
boʻlsa ham, bu guruh ichida u turli vaziyatlarda qoʻllaniladigan universal ifoda hisoblanadi.
Xususan, talabalar bu soʻzni bir-biriga nisbatan hazil tariqasida, kimnidir ustidan yumshoq tarzda
kulishda yoki aksincha, maqtov, quvnoq va pozitiv vaziyatlarda ham ishlatilinadi. Ya’ni,
“chuchvara” soʻzi ijobiy, salbiy va kulgili holatlarda birdek qoʻllanib, uning ma’nosini
kontekstga qarab tushunish mumkin. Bu holat shuni koʻrsa boʻladiki, kichik ijtimoiy guruh
ichida ham soʻzlarning yangi, koʻchma va kengaytirilgan ma’nolarini shakllantirish mumkin. Bu
esa sotsiolektlarning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bunday ifodalar guruh a’zolari
oʻrtasida yaqinlikni koʻrsatib kuchaytiradi va oʻziga xos nutq muhitini, atmosferasini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, sotsiolektlar jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar nutqining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa, talabalar nutqida sleng, jargon va argo kabi birliklar keng
qoʻllaniladi va ular orqali talabalar oʻz fikrlarini tez, qulay hamda oʻziga xos tarzda ifoda
etadilar. Bundan tashqari, sotsiolektlar ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻlib, vaqt oʻtishi bilan
rivojlanib boradi. Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar ularning shakllanishi va tarqalishida
muhim rol oʻynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Educational Research in Univeral Sciences ISSN: 2181- 3515. VOLUME 2 | Special ISSUE
13 | 2023 Oʻzbek tilida sotsiolekt. Tursunov Mirzohid Ikromjon oʻgʻli.
2. Wikipedia
3. Социолингвистика / Е. Н. Гуц. — 2015.
350