INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
IJTIMOIY TARMOQDAGI YOZISHMALARNING TILIMIZ
TARAQQIYOTIGA SALBIY TA’SIRI
Ustinova Samira, Sayfullayeva E’zoza
Oriental universiteti 1-kurs talabalari
Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarning oʻzbek tili
taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilingan. Unda internet tarmoqlarida soʻzlarning qisqartirib yozilishi,
imlo qoidalariga rioya qilinmasligi, boshqa tillardagi soʻzlarning aralashtirib qoʻllanilishi kabi
holatlarning til madaniyatiga salbiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning
axborot almashish, muloqot qilish va bilim olishdagi ijobiy jihatlari ham koʻrsatib oʻtilgan.
Muallif tomonidan ona tiliga hurmat bilan yondashish va yozishmalarda savodxonlikka e’tibor
berish zarurligi ta’kidlangan.
Tayanch soʻzlar: ijtimoiy tarmoqlar, oʻzbek tili, til taraqqiyoti, yozishmalar, savodxonlik,
imlo qoidalari, til madaniyati, internet, yoshlar, ona tili, muloqot, lugʻat boyligi.
Annotation. This article analyzes the impact of communication in social networks on the
development of the Uzbek language. It highlights the negative effects of abbreviating words,
ignoring spelling rules, and mixing foreign words in online communication on language culture.
At the same time, the positive aspects of social networks, such as exchanging information,
communication, and gaining knowledge, are also discussed. The author emphasizes the
importance of respecting the native language and paying attention to грамотность and correct
writing in online correspondence.
Key words: social networks, Uzbek language, language development, correspondence,
literacy, spelling rules, language culture, internet, youth, native language, communication,
vocabulary.
Jahon sivilizatsiyalarining globallashuvi bir qator ijobiy natijalar berishi bilan birga,
milliy qadriyatlarga aks ta’sir qilishi haqiqat. Shunday milliy qadriyatlardan biri boʻlgan ona
tilimizni ham hozirgi tez oʻzgarayotgan zamonda asrab-avaylashimiz lozim. Zero, globallashuv
davrida internet, jumladan, turli ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish oqibatida oʻzbek tili
mavqeining pasayish xavfi mavjudligi, uning sofligiga putur yetayotganligi, savodxonlikning
keskin yomonlashayotgani, yoshlar oʻrtasida oʻz ona tilida muloqot qilish sifati pasayib
ketayotgani hech kimga sir emas.
XXI- asr internet asri ekan, bugungi kun yoshlari ijtimoiy internet tarmoqlari
«Facebook», «Instagram», «Twitter», «Odnoklassniki.uz», «Telegram», «What’sapp», «Skype»,
«Imo», «Plus», «Viber», «Talk», «Wechat» va sh.k. dan faol foydalanmoqdalar. Ammo bu holat
oʻzbek tilining rivojiga katta toʻsiq boʻlmoqda.
Doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda yozishayotgan kishining soʻz boyligi kamayib
ketishi mumkin. Chunki ihtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻz fikrlarini inson yoki hayvonning yuz
qiyofasi tushurilgan yoki turli boshqa narsa-hodisalar aks etgan suratlardan (smayliklardan)
foydalanib bildirishmoqda. Bu suratchalardan foydalanish juda qulay: vaqtni tejaydi va u orqali
oson va tushunarli fikr bildirishi mumkin. Masalan, ijobiy munosabat bildirish uchun musht
qilingan qoʻlda bosh barmoqning koʻtarilgan holati aks etgan surat bitta yoki ikkita harakat bilan
377
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
ekranga tushiriladi. “Menga bu hodisa juda ham ma’qul boʻldi” degan fikrni yozish uchun esa 38
ta harakat amalga oshiriladi. Lekin bu tezkorlikning salbiy tomonlari sekin astalik bilan biz
yoshlarning lugʻat boyligimizni kambagʻallashtirib, savodxonligimizni pasaytirib yuboradi.
Tadqiqotlarga koʻra, yoshlar kuniga bir necha soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazadi. Bu esa
yozma nutqning koʻproq qisqartma shaklda qoʻllanishiga olib kelmoqda. Mana bu
yozishmalarni olsak.
Suhbatdoshlardan biri “assalomu alaykum” deyish oʻrniga ikkita barmogʻini yuqoriga
koʻtarilganligi aks etgan suratdan foydalangan. Uning salomiga javob oʻrniga “Qalaysizlar” soʻzi
“qalesila” tarzida qoʻpol imlo xatolar bilan birga yozilgan. Suhbatdoshlariga kayfiyatlari a’lo
ekanligini bildirish uchun koʻzoynak taqgan odamcha va bir nechta qoʻl va barmoq holatlari aks
etgan suratlar, kayfiyatlari yomon ekanini esa odam va hayvonning yigʻlayotgan obrazi
ifodalangan suratlardan foydalanilgan.
2-yozishmaga e’tibor qaratsak. Oʻzbek tilida bunday yozishni ma’naviyatsizlik belgisi
deb bilaman. Axir bu oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar uchun uyatli holat. Birinchidan, soʻzlar
qisqartirilib, qoʻpol imlo xatolarga yoʻl qoʻyilqan. Ba’zi harflarni koʻp takrorlab yozilgan. Imlo
xatolar: “Nme maktbga kelmadn?” gapida “nme” soʻzi “nimaga” tarzida yozilishi kerak edi.
Shunda birgina 6 tovushdan iborat soʻzning yozilishida 2 ta tovush toʻgʻri yozilgan xolos.
“Maktbga” soʻzida “a” harfi yozilmagan, “kemadn” soʻzida “l”, “i”, harflari tushirib qoldirilgan,
“n” harfi oʻrniga “ng” yozilishi kerak edi. “Ne suravossssan?” gapida “nima uchun” jumlasi
oʻrnigi “ne” deb yozilgan. “Suravossssan” soʻzidagi imlo xatolarni tahlil qilishning iloji ham
yoʻq. Bu oʻrinda faqat soʻzdagi ma’noni kuchaytirish uchun tovushni bir necha bor takrorlashdan
foydalanilgan. Ma’noni kuchaytirish, uni turli jilvalardan namoyon qilishda oʻzbek tilining keng
imkoniyatlari bilan bemalol faxrlansa arziydi. Goʻzal va betakror tilimizda ijod qilgan Navoiy,
Bobur, Nodirabegim, Qodiriy kabi adiblarimizning ijodi butun dunyoda tan olinsa-yu, bir
soʻzning ma’nosini kuchaytirish uchun uning imlosini tanib boʻlmas holatda oʻzgartirib, bir
harfni bir necha bor takrorlash tilimizga, millatimizga boʻlgan hurmatsizlikdir. Boshqa tillardagi
soʻzlarni qorishtirib ishlatish esa bir necha tilga boʻlgan hurmatsizlikdir. Yozishmalarda yana oʻ
harfi oʻrniga “6” raqamidan, ch harfi oqrnida “4” raqamidan, sh harfi oʻrnida “w” belgisidan
foydalaniladiki, bu soʻzlarni tarmoqdan tahsqaridagi kishilar tusunmaydilar ham.
Bu bir necha kishilar oʻrtasidagi shunchaki yozishmalar, ular bir-birlarini
tushunsalar boʻldi, tanqidiy yondashish kerak emas deya bu holatga pancha orasidan qarash
mumkinmi? Yoʻq, albatta. Bu oddiy yozishmalarning aksi yoshlarning savodxonlik darajasiga,
378
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “CURRENT PROBLEMS OF ORIENTAL
PHILOLOGY”, MAY 15-16, 2026
ularning ogʻzaki nutq madaniyatiga salbiy ta’sir qilishi shubhasizdir. Xulosa qilib aytganda,
ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar tilimiz taraqqiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsatmoqda. Agar
ulardan madaniyatli va savodli foydalanilsa, ular foydali vositaga aylanishi mumkin. Shuning
uchun har bir yosh ona tiliga hurmat bilan qarashi, yozishmalarda adabiy til me’yorlariga rioya
qilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:,,Biz
ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotga bebaho boylikning vorislari sifatida oʻz ona tilimizni
asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni. – Toshkent, 1989 (yangi
tahrirlari bilan).
3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildlik. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2020.
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet nashriyoti.
5. Internet manbalari: Telegram, Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi
ochiq muloqot sahifalari.
379