ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Yuqori sinf o‘quvchilarida innovatsion kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi

Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, Zakirova Xilola To‘lqinjonovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

YUQORI SINF OʻQUVCHILARIDA INNOVATSION KASBIY
KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

1Kuranbayeva Xusnora Abdullayevna, 2Zakirova Xilola Toʻlqinjonovna
1 Toshkent amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi oʻqituvchisi Pedagogika fanlari

boʻyicha falsafa doktori, v.b. dotsent,
2Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 5-bosqich talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga
tayyorlashning metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda loyiha va startap metodlari, tadqiqot va
eksperiment yondashuvlari, interfaol metodlar, STEAM texnologiyalari hamda raqamli
platformalarning oʻquvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil
qilingan. Ushbu metodlar oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, muammoli
vaziyatlarni hal qilish, jamoada ishlash va innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish
koʻnikmalarini rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini takomillashtirish,
oʻquvchilarning innovatsion salohiyatini oshirish va ularni zamonaviy mehnat bozoriga
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit soʻzlar: innovatsion kasbiy faoliyat, metodik yondashuv, loyiha metodi, startap,
tadqiqot metodi, STEAM, raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar, kompetensiyaviy
yondashuv, motivatsiya

Аннотация. В данной статье рассматриваются методические основы
подготовки старшеклассников к инновационной профессиональной деятельности.
Проанализирована роль проектных и стартап-методов, исследовательских и
экспериментальных подходов, интерактивных методов, STEAM-технологий и цифровых
платформ в формировании профессиональных компетенций обучающихся. Данные
методы способствуют развитию самостоятельного мышления, креативности, навыков
решения проблем, командной работы и реализации инновационных идей. Результаты
исследования имеют важное значение для совершенствования образовательного
процесса, повышения инновационного потенциала учащихся и их подготовки к
современному рынку труда.

Ключевые слова: инновационная профессиональная деятельность, методический
подход, проектный метод, стартап, исследовательский метод, STEAM, цифровые
технологии, интерактивные методы, компетентностный подход, мотивация

Abstract. This article explores the methodological foundations for preparing senior
school students for innovative professional activity. It analyzes the role of project- and startupbased methods, research and experimental approaches, interactive methods, STEAM
technologies, and digital platforms in developing students’ professional competencies. These
methods foster independent thinking, creativity, problem-solving skills, teamwork, and the
implementation of innovative ideas. The findings contribute to improving the educational
process, enhancing students’ innovative potential, and effectively preparing them for the modern
labor market.

Keywords: innovative professional activity, methodological approach, project method,
startup, research method, STEAM, digital technologies, interactive methods, competency-based
approach, motivation

Kirish. Yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni
nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy koʻnikmalarni ham rivojlantirishni talab qiladi. Shu
nuqtai nazardan, innovatsion kasbiy faoliyatni shakllantirishning metodik asoslari murakkab,
tizimli va integratsiyalashgan boʻlishi lozim. Bu metodlar oʻquvchilarning kognitiv, ijodiy,
ijtimoiy va axloqiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, ularni real hayotiy
muammolarni hal qilishga, innovatsion gʻoyalarni yaratishga va professional kompetensiyalarni
amalda qoʻllashga tayyorlaydi. Pedagogik jarayonda metodlarni tanlash oʻquvchilarning
individual qobiliyatlari, yosh psixologiyasi, ilgʻor texnologiyalar va jamiyatning talablarini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, metodlar oʻquvchilarda mustaqil fikrlash,
ijodiy yondashuv, muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va jamoada samarali ishlash
koʻnikmalarini shakllantiradi. Innovatsion kasbiy faoliyatni shakllantirishda loyiha metodlari
alohida ahamiyatga ega.

Masalaning qoʻyilishi. Loyiha metodlari oʻquvchiga murakkab vazifalarni rejalashtirish,
resurslardan samarali foydalanish, vaqtni boshqarish, natijani tahlil qilish va baholash
koʻnikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi. Loyiha ishlari nafaqat texnik va ilmiy bilimlarni
mustahkamlaydi, balki oʻquvchida ijodiy mustaqillik, tashabbuskorlik va muammoli vaziyatlarda
innovatsion yechimlar ishlab chiqish salohiyatini oshiradi. Loyiha metodikasi doirasida
oʻquvchilar real hayotiy muammolarni hal qilish, startap loyihalarini yaratish, yangi
texnologiyalarni tadbiq etish va ijtimoiy foyda beradigan yechimlarni ishlab chiqishga
oʻrgatiladi. Shu bilan birga loyiha ishlari oʻquvchida tahliliy tafakkur, tanqidiy fikrlash va
ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagog loyiha jarayonida oʻquvchilarni
yoʻnaltiruvchi, maslahat beruvchi va ragʻbatlantiruvchi sifatida faol ishtirok etadi, bu esa
jarayonning muvaffaqiyatini oshiradi. Tadqiqot metodlari ham innovatsion kasbiy faoliyatni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot asosidagi oʻqitish oʻquvchida mustaqil bilim
izlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ilmiy xulosalar chiqarish
koʻnikmalarini rivojlantiradi. Shu nuqtai nazardan tadqiqot metodlari nafaqat akademik
bilimlarni mustahkamlashga, balki amaliy kasbiy salohiyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Oʻquvchilarga laboratoriya tajribalari, ilmiy izlanishlar, virtual va real eksperimentlar orqali
ilmiy jarayonni boshdan kechirish imkoniyati beriladi. Bu metodika oʻquvchida kognitiv va
ijodiy tafakkurni uygʻunlashtiradi, muammoli vaziyatlarda analitik yondashuvni rivojlantiradi va
professional sohada oʻzini ishonch bilan namoyon qilishga tayyorlaydi.

Natijalar va namunalar. Interfaol metodlar - brainstorming, diskussiya, case-study,
rol oʻyinlar va simulyatsiyalar oʻquvchilarda muloqot, hamkorlik, kreativ tafakkur va muammoli
vaziyatlarni hal qilish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu metodlar oʻquvchilarni
passiv qabul qiluvchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, jamoaviy ishlashni rivojlantiradi va
shaxsiy tashabbuskorlikni ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga, interfaol metodlar oʻquvchilarda
tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi, qaror qabul qilish jarayonida turli alternativalarni koʻrib
chiqishga undaydi, bu esa innovatsion kasbiy faoliyatning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi esa oʻquvchilarda
fanlararo integratsiya asosida murakkab yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu
metodika oʻquvchilarni texnologik kompetensiyalar, kreativ tafakkur va amaliy yechimlarni

ishlab chiqish koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltiradi. Shu bilan birga STEAM yondashuvi
innovatsion jarayonlarda muammoli vaziyatlarni hal qilish, tadbirkorlik salohiyatini oshirish va
loyiha boshqaruvi koʻnikmalarini mustahkamlash imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar, shu
jumladan virtual laboratoriyalar, dasturlash va robototexnika platformalari, sun’iy intellekt
asosidagi tizimlar, onlayn loyiha va startap platformalari – bularning barchasi innovatsion kasbiy
faoliyatni shakllantirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Raqamli vositalar oʻquvchiga real
tajribalarni sinab koʻrish, natijalarni tahlil qilish, oʻz faoliyatini baholash va oʻrganish imkonini
beradi. Shu bilan birga raqamli texnologiyalar oʻquvchilarda mustaqil izlanish, global
tajribalarni oʻrganish va xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatini kengaytiradi.
Oʻquvchilarning ichki motivatsiyasi metodlarni qoʻllash samaradorligini oshiradi. Motivatsiya
yuqori boʻlgan oʻquvchi har qanday murakkab vazifani ijodiy yondashuv va tashabbuskorlik
bilan amalga oshiradi. Shu sababli pedagoglar qiziqarli loyiha va startap vazifalari, ijtimoiy
ahamiyatga ega loyihalar, xalqaro tanlov va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim
etish orqali oʻquvchilarning ichki motivatsiyasini ragʻbatlantirishi zarur. Motivatsiyani
oshirishda shaxsiy yutuqlarni e’tirof etish, konstruktiv feedback berish, muvaffaqiyatsizlikdan
qoʻrqmaslikni ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, innovatsion kasbiy faoliyatni
shakllantirishda ijtimoiy va axloqiy mas’uliyatni rivojlantirish muhimdir. Har bir loyiha va
innovatsion tashabbus jamiyat, atrof-muhit va insoniy qadriyatlarga mas’uliyat bilan
yondashishni talab qiladi. Shu bois pedagogik jarayon oʻquvchini texnologik savodxonlik bilan
bir qatorda ekologik fikrlash, ijtimoiy mas’uliyat va etik qadriyatlarni qadrlashga yoʻnaltiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, innovatsion kasbiy faoliyatni shakllantirish metodlari nafaqat
bilim berish, balki oʻquvchida amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish, kreativ va tanqidiy tafakkur,
tashabbuskorlik, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyatlarini mustahkamlashga
qaratilgan boʻlishi kerak. Shu tariqa, metodlar tizimli, integratsiyalashgan va oʻquvchining
individual xususiyatlari hamda zamonaviy jamiyatning talablariga mos boʻlishi zarur. Yuqori
sinf oʻquvchilarida innovatsion kasbiy faoliyatni shakllantirishda metodlarning tanlanishi va
ularni tizimli qoʻllash oʻquvchilarning innovatsion salohiyatini samarali rivojlantirishning eng
muhim omili hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan pedagogik jarayon quyidagi asosiy yoʻnalishlarda
kengaytiriladi: loyiha va startap faoliyati metodlari, tadqiqot va eksperiment metodlari, STEAM
texnologiyalari, raqamli platformalar va innovatsion loyihalarning kombinatsiyalashgan
qoʻllanilishi.

Loyiha va startap metodlari. loyiha metodikasi oʻquvchilarda murakkab vazifalarni
tizimli rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanish, natijalarni tahlil qilish va baholash
koʻnikmalarini shakllantiradi. Loyiha ishlari orqali oʻquvchi oʻziga berilgan vazifani amalga
oshirishda mustaqil qaror qabul qilish, kreativ yondashuv va muammoli vaziyatlarni hal qilish
koʻnikmalarini rivojlantiradi. Startap metodlari esa innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq
etish, risklarni boshqarish, tezkor qarorlar qabul qilish va jamoaviy ishda samarali hamkorlikni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga loyiha va startap jarayonlari oʻquvchida
tashabbuskorlikni, ijtimoiy faollikni, tadbirkorlik koʻnikmalarini va ijodiy mustaqillikni
shakllantiradi. Loyiha ishlari oʻquvchining shaxsiy intellektual va kreativ salohiyatini
uygʻunlashtiradi, shuningdek, real hayotiy muammolarni yechishga yoʻnaltirilgan amaliy
kompetensiyalarni rivojlantiradi.

Tadqiqot va eksperiment metodlari. Tadqiqot metodlari oʻquvchilarda mustaqil
izlanish, ilmiy fikrlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va murakkab
muammolarni hal qilish koʻnikmalarini shakllantiradi. Virtual va real laboratoriyalar orqali

oʻquvchi eksperimentlar bajaradi, natijalarni tahlil qiladi va oʻzining ilmiy xulosalarini ishlab
chiqadi. Bu metodika kognitiv va ijodiy tafakkurni uygʻunlashtiradi, tanqidiy fikrlashni
rivojlantiradi va oʻquvchiga kasbiy va ilmiy faoliyatda oʻzini ishonch bilan namoyon qilish
imkonini beradi. Shu bilan birga tadqiqot metodlari oʻquvchida mustaqil izlanish va innovatsion
yechimlar ishlab chiqishga tayyorgarlikni oshiradi, bu esa kasbiy faoliyatga bevosita
tayyorlovchi komponent sifatida ahamiyat kasb etadi.

STEAM yondashuvi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics)
yondashuvi fanlararo integratsiya asosida murakkab yechimlarni ishlab chiqish, texnologik va
ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bu yondashuv oʻquvchilarni texnologik
kompetensiyalar, kreativ tafakkur, muammoli vaziyatlarda yechim izlash va loyiha boshqaruvi
koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltiradi. Shu bilan birga STEAM yondashuvi oʻquvchilarda
ilmiy-tadqiqot faoliyati, ijodiy innovatsiyalar va real hayotiy masalalarni yechish qobiliyatini
uygʻunlashtiradi. U oʻquvchilarni kelajak kasbiy faoliyatga tayyorlashda strategik ahamiyatga
ega, chunki ularni kompleks va murakkab vazifalarni hal qilishga yoʻnaltiradi.

Raqamli platformalar va texnologiyalar. Raqamli texnologiyalar innovatsion kasbiy
faoliyatni shakllantirishda markaziy rol oʻynaydi. Virtual laboratoriyalar, dasturlash va
robototexnika platformalari, sun’iy intellekt va analitik tizimlar oʻquvchilarga real tajribalarni
sinab koʻrish, natijalarni tahlil qilish, oʻz faoliyatini baholash va oʻrganish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga raqamli platformalar oʻquvchilarga xalqaro tanlov va startap loyihalarida ishtirok
etish, global tajribalarni oʻrganish va innovatsion kompetensiyalarni mustahkamlash imkonini
yaratadi. Raqamli vositalar oʻquvchilarda oʻz-oʻzini baholash va refleksiya koʻnikmalarini
rivojlantiradi, bu esa innovatsion kasbiy faoliyatning samaradorligini oshiradi.

Ichki motivatsiya va ijtimoiy mas’uliyat. Oʻquvchilarning ichki motivatsiyasi
metodlarni qoʻllash samaradorligini oshiradi. Motivatsiya yuqori boʻlmagan oʻquvchi har
qanday murakkab vazifani ijodiy yondashuv va tashabbuskorlik bilan amalga oshira olmaydi.
Shu sababli pedagoglar qiziqarli loyiha vazifalari, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar, xalqaro
tanlov va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etish orqali oʻquvchilarning ichki
motivatsiyasini ragʻbatlantirishi lozim. Shu bilan birga, ijtimoiy va axloqiy mas’uliyatni
rivojlantirish, ekologik va jamiyatga foyda beruvchi loyihalarni amalga oshirish oʻquvchilarda
kasbiy va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantiradi.

Kompetensiyaviy yondashuv. Kompetensiyaviy yondashuv oʻquvchilarning bilim,
koʻnikma va kompetensiyalarini integratsiyalashgan shaklda rivojlantiradi. Bu yondashuv orqali
oʻquvchilar nafaqat nazariy bilimga, balki amaliy koʻnikma, ijodiy tafakkur, muammolarni hal
qilish, jamoaviy ish, tadbirkorlik va texnologik salohiyatga ega boʻlishadi. Kompetensiyaviy
yondashuv oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishi va innovatsion faoliyatga tayyorligini tizimli
shakllantirishga xizmat qiladi. Yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga
tayyorlash murakkab pedagogik jarayon boʻlib, u nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy
koʻnikmalarni shakllantirishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, metodik yondashuvlar bir qator
asosiy tamoyillarga tayanadi: tizimlilik, integratsiyalashganlik, individual yondashuv,
interfaollik, amaliy yoʻnaltirilganlik va shaxsiy motivatsiyani ragʻbatlantirish. Bu metodlar
oʻquvchilarning kognitiv, ijtimoiy, kreativ va axloqiy salohiyatini uygʻunlashtirib
rivojlantirishga xizmat qiladi va ularni kelajak kasbiy faoliyatga tayyorlaydi.

Xulosa. Yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash zamonaviy
ta’lim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, u kompleks va tizimli metodik
yondashuvni talab etadi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, loyiha va startap metodlari, tadqiqot va

eksperiment yondashuvlari, interfaol metodlar, STEAM texnologiyalari hamda raqamli
platformalarning uygʻunlashgan holda qoʻllanilishi oʻquvchilarda nafaqat bilim, balki amaliy
koʻnikma, kreativ tafakkur va innovatsion salohiyatni samarali rivojlantiradi.Mazkur metodlar
oʻquvchilarni passiv bilim oluvchidan faol, mustaqil va tashabbuskor subyektga aylantiradi.
Ayniqsa, loyiha va tadqiqot faoliyati orqali oʻquvchilar real hayotiy muammolarni hal qilish,
qaror qabul qilish, jamoada ishlash hamda natijalarni tahlil qilish kabi muhim kasbiy
kompetensiyalarni egallaydi. STEAM yondashuvi va raqamli texnologiyalar esa fanlararo
integratsiyani ta’minlab, oʻquvchilarning texnologik savodxonligi va global fikrlashini
rivojlantiradi. Shu bilan birga, oʻquvchilarning ichki motivatsiyasi va ijtimoiy-axloqiy
mas’uliyatini shakllantirish innovatsion kasbiy faoliyat samaradorligining muhim omili
hisoblanadi. Pedagoglar tomonidan qoʻllab-quvvatlovchi muhit yaratish, konstruktiv baholash va
ragʻbatlantirish tizimi oʻquvchilarning oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, yuqori sinf oʻquvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga
tayyorlashda metodlarning toʻgʻri tanlanishi va ularning integratsiyalashgan holda qoʻllanilishi
oʻquvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy mehnat bozori
talablariga mos, kreativ va raqobatbardosh shaxs sifatida shakllantirishning asosiy sharti
hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “Ta’lim-

tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. –
Toshkent, 2020.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son “Yoshlarni
qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. –
Toshkent, 2021.
3. Rasulov, A. “STEM ta’limi va startap faoliyati orqali oʻquvchilarni kasbiy tayyorgarlikka
yoʻnaltirish metodikasi.” Toshkent, 2019. STEM/STEM integratsiyalashgan
metodologiyalar va loyihaviy faoliyat.
4. Islomova, D. “Yoshlarni kreativ va innovatsion tafakkurga oʻrgatish metodikasi.” Toshkent,
2020. Oʻquvchilarning ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan
pedagogik texnologiyalar.
5. Karimov, N. “Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash va ijodiy tafakkurni shakllantirish.” Toshkent,
2018. Murakkab muammolarni hal qilish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish
koʻnikmalarini rivojlantirish.
6. Fayzullaev, S. “Innovatsion kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy asoslari.” Toshkent,
2021. Pedagogik, psixologik va metodik jihatlar.
7. Nazarov, J. “Ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish.” Toshkent, 2019. Amaliy koʻnikmalarni shakllantirishda hamkorlikning oʻrni.
8. Karimova, L. “Loyihaviy faoliyat orqali yuqori sinf oʻquvchilarini kasbiy tayyorgarlikka
yoʻnaltirish.” Toshkent, 2020. Startap va loyiha yondashuvlari metodikasi.
9. https://www.edu.uz – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
10. https://www.ziyonet.uz – Ta’lim portali va elektron resurslar
11. https://www.lex.uz – Qonun hujjatlari milliy bazasi
12. https://www.unesco.org – UNESCO ta’lim boʻyicha materiallari
13. https://scholar.google.com – ilmiy maqolalar bazasi