ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arab va oʻzbek xalq maqollari lingvokulturologiyaning obyekti sifatida

Umida Tadjiyeva

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARAB VA OʻZBEK XALQ MAQOLLARI
LINGVOKULTUROLOGIYANING OBYEKTI SIFATIDA

Umida TADJIYEVA,
Oriental universiteti

Sharq tillari kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada lingvokulturologiya yoʻnalishi, va ushbu
yoʻnalish asosida har ikki xalqning oʻz maqollarini oʻrganilishi va tahlil qilinishi
yoritilgan. Shuningdek, arab va oʻzbek xalq maqollarining ba’zilarini qiyosiy
metod asosida oʻrganib chiqilgan.

Kalit soʻzlar: lingvokulturologiya, lisoniy me’yor, mentalitet, lakunalar,
Vatan tuygʻusi.

Аннотация. Данная статья посвящена области лингвокультурологии, а
также изучению и анализу статей обоих народов на основе этого
направления. Некоторые арабские и узбекские пословицы также были
изучены на сравнительной основе.

Ключевые слова: лингвокультурология, языковые нормы,
менталитет, лакуны, чувство родины.

Annotation: This article deals with the field of linguoculturology, and the
study and analysis of the articles of both peoples on the basis of this direction.
Some of the Arabic and Uzbek proverbs have also been studied on a comparative
basis.

Keywords: lingvoculturology, linguistic norms, mentality, lacunae, sense of
homeland.

Lingvokulturologiya yoʻnalishi, nutqiy muomala, soʻz tanlash, madaniy
toʻsiq, lisoniy me’yor, buyruq mayli, shaxs formalari, koʻplik, hurmat
tushunchasi, buyurish ma’nosini kuchaytirish hisoblanadi. Bir-biridan farq
qiladigan turfa yoʻnalishlarning mavjud boʻlishiga qaramay, zamonaviy
tilshunoslikda lingvokulturologiyaning oʻrni baland soha hisoblanadi.
Lingvokulturologiya – «til va madaniyat»ning uzviy aloqadorligini, uning
shakllanishi va rivojlanishini oʻzida aks ettirgan hodisalar – til va madaniyatni
birgalikda oʻrganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. Hozirgi kunda
lingvokulturologiyaning qator muammolaridan biri – bu tildagi «lakunalar»dir.
Ya’ni bir tilda mavjud boʻlgan soʻz yoki tushuncha boshqa tilda boʻlmasligi
mumkin. Shunda tildagi lakunalar (boʻshliqlar) boʻladi. Mana shu madaniy
toʻsiqlarni (lakunalarni) ya’niki tildagi nomutanosiblikni bartaraf qilish

lingvokulturologiyaning muammolaridan biri sanaladi48. Bu borada
lingvokulturologik obyekt boʻla oladigan bir necha oʻzbek maqollarini
quyidagicha talqin qilamiz:

Onasini koʻrib qizini ol – oʻzbek xalqida odatda toʻy boʻlishidan oldin
sovchilikka boriladi. Qizning xonadonida avval ona bilan koʻrishiladi. Ma’qul
boʻlsa, yoshlarni uchrashtiriladi.Shuning uchun ham ushbu maqol keng
qoʻllanilib kelinadi.

Bir mayizni qirq kishi boʻlib yeydi – oʻzbek xalqi odatda ahil-inoqlikda
turmush kechiruvchi millatdir. Ushbu fazilat ajdodlarimizdan meros boʻlib
qolgan. Bir mayizni qirqqa boʻlib yeyish, oʻzi yemasa ham birovga yedirishlikni
anglatadi.

Yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga – odatda oʻzbek xalqida uyda ham, katta
tadbirlarda ham katta yoshli insonlar izzatda, yoshlar esa xizmatda boʻladilar.
Yoshlar turganda kattalarning biror yumush bilan shugʻullanishi oʻzbek xalqi
uchun yot hisoblanadi. Shu oʻrinda hazilomuz boʻlgan «Oʻzbekning kichigi
boʻlguncha, qozoqning kuchugi boʻl» maqolini ham keltirib oʻtish joiz. Ushbu
maqolda oilada kichik boʻlgan farzandlar kattalarining xizmatini qilish bilan
birga, ularga boʻysunishi kerakligi, bu narsa mushkul ekanligi aytib oʻtiladi.

Yaxshi mehmon osh ustiga – ma’lumki oʻzbek xalqi azal-azaldan
mehmondoʻst xalq hisoblanadi. Har qanday vaziyatda kirib kelgan mehmonni
birdek e’zozlanadi. Agar mehmon, mezbonlarning endi ovqat suzganida kirib
kelsa, ushbu maqol ishlatiladi. Shuningdek, ushbu vaziyatda «Qaynonasi suygan»
degan ibora ham ishlatiladi.

Bugungi kunda dunyo tilshunosligida til birliklarining lingvomadaniy
xususiyatlarini oʻrganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu yoʻnalishda koʻplab
izlanishlar olib borilayotgan boʻlsa-da, oʻz yechimini kutayotgan muammolar
ham mavjud. Xususan, arab va oʻzbek tillaridagi maqollarning lingvomadaniy
xususiyatlarini oʻrganish chogʻishtirma tilshunoslikning dolzarb muammolaridan
biridir. Arab va oʻzbek maqollarining lingvistik tahlili shuni koʻrsatadiki, bu ikki
xalq maqollarida mushtarak va farqli lingvomadaniy xususiyatlar mavjud.

‫ – المودة ْشجرة ْوالزیارة ْثمرته‬Mehr bir daraxtdir, ziyorat esa uning mevasidir,
oʻzbekchada shunga yaqinroq: «obod qilgan, obod bo‘ladi» ma’nosida ishlatiladi.

‫ – عز ْالدنیا ْبالمال‬Foniy dunyo boylik bilan azizdir, «dunyo aldamchi
matohdir», degan falsafiy mazmunni anglatadi.

48 Ohunova N. Lingvokulturologik tadqiqotning buyruq maylidagi maqsadi va vazifalari // «Chet tillarni
oʻqitishda innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati va tarjimashunoslik muammolari» mavzusidagi
xalqaro online ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplami. – Toshkent, 2018. – B.193.

‫ – الكتب ْبساتین ْالعلماء‬Kitoblar olimlarning boʻstonidir, oʻzbekchada «olim
aytgani olam aytgani» tarzida ishlatiladi.

‫ – العجلة ْاخت ْالندامة‬Shoshqaloqlik nadomat keltiruvchidir, oʻzbekchada esa
«shoshgan qiz erga yolchimas» muqobilida qoʻllaniladi.

‫ – الكسل ْبنت ْالغنا ْوام ْالفقیر‬Dangasalik kambagʻallik onasi, xursandchilikka
oshnodir, oʻzbekchada «dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas»
tarzida ishlatiladi49.

Turli tillarning maqollariga toʻxtalar ekanmiz, ular oʻsha til egasi boʻlmish
xalqning tarixiy, ma’naviy va moddiy madaniyati koʻzgusi ekaniga guvoh
boʻlamiz. Shu sababli, turli til maqollarini qiyosiy oʻrganish millatning oʻziga xos
madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, boshqacha qilib aytganda,
oʻsha xalqning mentalitetini koʻrsatadi. «Mentalitet» tushunchasi tilshunoslik
paradigmasiga kiritilganiga hali koʻp boʻlmagan boʻlsa-da, hozirda juda keng
doirada qoʻllanilmoqda. Tor ma’noda mentalitet «fikrlash doirasi, dunyoqarash»
mazmunida foydalanilsa, keng ma’noda esa «xalqning axloqi, tarbiyasi va
tasavvuri tushuniladi». Mentalitet tushunchasini tilshunos V.Gumboldt
qarashlarida ham koʻrishimiz mumkin. Uning fikricha, mentalitet – bu «xalqning
nafaqat tilida, balki adabiyoti, dini va boshqa ma’naviy jabhalarida ham oʻz
aksini topgan xarakteridir». Shunday ekan, yuqorida aytib oʻtilganidek, bu
«milliy xarakter» xalqning dini, siyosati, urf – odatlari, ijtimoiy qatlami, turmush
tarzi, tarixi va hatto geografik oʻrni bilan ham chambarchas bogʻliq50. Oʻzbek
xalq maqollari ham, arab xalq maqollari ham turli tillar bilan chogʻishtirma metod
orqali oʻziga xos boʻlgan lingvomadaniy xususiyati chuqur oʻrganilgan. Quyida
uning oʻzbek va ingliz maqollarining chogʻishtirish orqali lingvomadaniy
xususiyati aks etgan namunani koʻrib chiqamiz:

Inglizcha: «The nearer the Church, the farther from God» maqolini oʻzbek
tiliga tarjima qilsak «cherkovga yaqinlashgan sari Xudodan uzoqlashar»,
ma’nosini beradi. Bu oʻzbek tilida: «Besh vaqt namozini tark etmas, Haromharishni farq etmas» maqoli orqali ifodalanadi. Inglizcha maqoldagi «Church»
soʻzi oʻzbekcha tarjimada «cherkov» soʻzini beradi. «Cherkov» soʻzi asli
oʻzbekcha soʻz emas, lekin oʻzbek tilida boshqa tillardan oʻzlashgan termin
sifatida mavjud. «Cherkov» xristian diniga mansub boʻlgan insonlarning shu
dinga xos boʻlgan rasm-rusumlarini bajaradigan joy hisoblanadi. Oʻzbek tilida bu
soʻzga nisbatan ekvivalent sifatida «masjid» soʻzini keltirsak boʻladi. Agar ikki
xalqning dinidan kelib chiqadigan boʻlsak, oʻzbek xalqining koʻpchilik qismi

49 Islomova S. Arab maqollarining oʻzbek tilidagi semantik tahlili // «Chet tillarni oʻqitishda innovatsion
usullardan foydalanishning ahamiyati va tarjimashunoslik muammolari» mavzusidagi xalqaro online ilmiy-amaliy
anjumani materiallari toʻplami. – Toshkent, 2018. – B. 235.
50 K.Karamatova, H.Karamatov. Proverbs – Maqollar – Пословицы. – Toshkent: Mehnat, 2000. – B. 62.

islom diniga, ingliz xalqi deyarli xristian diniga sigʻinadi. Xristian dinida cherkov
xristianlar uchun eng muqaddas joy sanaladi va yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek,
xristian diniga xos urf-odatlar, an’analar oʻsha joyda oʻtkaziladi. Islom dinida
musulmonlar uchun islom diniga oid rasm-rusumlarni oʻtkazish uchun cherkovni
aytolmaymiz. Chunki musulmonlar islom diniga xos urf-odatlarni bajarish
maqsadida masjid, madrasa kabi ulugʻ va muqaddas dargohlarga tashrif
buyurishadi. «Cherkov» va «masjid» soʻzlari har ikki tilda xalq uchun bir xil
vazifani bajaruvchi soʻzlar boʻlishiga qaramasdan, ular oʻziga xos foydalanish
funksiyalariga egadir. Bu oʻrinda xalq oʻziga xos va mos boʻlgan termindan
foydalanadi. Shuning uchun ham maqolning oʻzbekcha variantida «cherkov»
soʻzi ishlatilmadi51.

Arab mamlakatlarida xalq maqollarining lingvomadaniy jihatdan
oʻrganilishiga kelsak, shuni aytib oʻtish kerakki, insonlarning maqol va
matallarga munosabati qiziqish va hurmatga toʻla. Misr yozuvchisi Xanna al-
Faxuri arab aforizmlariga bagʻishlangan «Dono soʻzlar va maqollar» kitobida
shunday yozadi: «Arablar, umuman boshqa sharqiy xalqlar doimo oʻzlarida
mavjud boʻlgan dono soʻzlar va maqollarga moyil xalq hisoblanadi. Ular
soʻzlarini oʻzlari bilan zaxiralashadi, qilmishlarini tushuntiradilar, sochib
yuborishadi, qaygʻu va xursandchilikda ularni hayotidagi barcha voqealar
toʻgʻrisida maqollar orqali soʻzlaydilar. Shuning uchun maqollar va matallar
kundalik tajribaning oʻziga xos zaxirasi, hayot qonuni, keksalikning bezagi, uy
ishlarini, qabilaviy ishlarni tashkil qilishda barcha insonlar uchun qoʻllanma
boʻladi. Oʻtgan asrning boshlarida P.Dixon ta’kidlaganidek, «Arablar har doim
shoirlarning va boshqa «soʻz odamlari»ning maqollari va soʻzlarini nutqlarida
keltirganlar, bundan koʻrinadiki, ular hikoya qilishni yoqtirganlar va bundan zavq
olganlar»52.

Quyida arab va oʻzbek xalq maqollarining oʻziga xos va mushtarak
jihatlarini aks ettiruvchi ba’zi maqollardan namunalar keltirib oʻtiladi:

Arab xalqi oʻzbek xalqi kabi Vatanini e’zozlaydi, unga yuksak ehtirom
koʻrsatadi. Bu holat ularning maqollarida ham bevosita aks etgan:

53‫ – حب ْالوطن ْمن ْالایمان‬ya’ni «Vatanni sevmoq iymondandir». Ushbu maqol
oʻzbek xalqida ham mashhur. Zero, musulmon xalqlari uchun iymon Islom
dinining birinchi sharti sifatida e’tiqodning belgisi hisoblanadi. Vatanni
sevmoqlikning iymon bilan bogʻlanishi musulmon xalqi uchun Vatanning Islom
dini kabi muqaddas ekanligini anglatadi. Quyidagi maqolga e’tibor qaratamiz:

51 K.Karamatova, H.Karamatov. Proverbs – Maqollar – Пословицы. – Toshkent: Mehnat, 2000. – B. 62.
52 Макудов У. Арабские пословицы и поговорки: Возникновение и развитие паремиологических словарей
в арабской литературы]. Вестник Санкт-Петербургского Университета, 2012. – С. 107.
53 ‫.حكمْوْأمثالْعنْالوطن‬www.mashdoo3.com.

Bu 54.‫جمیل ْأن ْیموت ْالانسان ْمن ْاجل ْوطنه, ْو ْلكن ْالاجمل ْأن ْیحیا ْمن ْاجل ْهذا ْالوطن‬
maqolda inson Vatani uchun jonini fido qilsa qanday ham yaxshi, lekin u oʻsha
Vatan uchun yashasa undan ham yaxshi ekanligi ta’kidlangan. Maqol orqali inson
oʻz Vatani uchun jonini-da ayamasligi, u uchun hattoki oʻlimni boʻyniga olishi
yaxshi fazilatdir, Vatani uchun kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligini
anglab yetishi lozimligi ta’kidlanadi, lekin bundan ham afzalroq narsa Vatan
uchun yashashdir, ya’ni yashab turgan oʻlkaning gullab yashnashiga hissa
qoʻshish, u yerdagi qonun-qoidalarga boʻysunish va qadriyatlarni hurmat qilish,
Vatan uchun munosib farzand boʻlib yetishish koʻzda tutiladi.

Arab tilida Vatan va din tushunchalari yonma-yon qoʻllangan maqollar koʻp
uchraydi. Masalan:

ْ‫عندما ْتسمع ْمن ْیقول: ْسوف ْأضحي ْووطني ْمن ْأجل ْدیني...فإعلم ْأنه ْلم ْیفهمم ْمعني ْالدین ْو ْلا‬
latadi: Agar biror bir kimsaning maqol quyidagi ma’noni angUshbu .55.‫معنيْالوطن‬
dinim uchun Vatanimni qurbon qilaman degan gapini eshitsang, bilginki u din
nimaligini ham, Vatan nimaligini ham bilmas ekan. Ushbu maqolda Vatanning
naqadar muqaddas ekanligini, u insonning dini bilan bir pogʻonada turishini,
ularning biri-biridan ustun qoʻyilmasligini ifoda etiladi. Shuningdek, din yoʻlida
vatanga xiyonat qilish ham joiz emas.

Arab va oʻzbek xalqining Vatanga boʻlgan yuksak e’tiqodi aks etgan
maqollarda ham mushtarak jihatlar koʻzga tashlanadi. Masalan:

‫ خبزْالوطنْخیرْمنْكعكةْالغربة‬56 – Ushbu maqol quyidagi ma’noni anglatadi: Oʻz
Vataningdagi non oʻzga yurtdagi shirinlikdan afzaldir. Mazkur maqolda inson oʻz
yurtida yeydigan oddiy non ham, oʻzga yurtlarda musofirlikda yeyishi mumkin
boʻladigan shirinlikdan afzalroq boʻlishi mumkinligi ifodalanadi.

Shu kabi maqollar oʻzbek tilida ham mavjud: «Oʻzga yurtda shoh
boʻlguncha oʻz yurtingda gado boʻl». Har ikki maqol semantik-sintaktik jihatdan
turlicha shakllangan boʻlsa-da, ularda umumiy gʻoya ifodalangan. Yurtga shoh
boʻlish, bu tuganmas boylik, dunyoning barcha noz-ne’matlariga ega boʻlishdir.
Lekin inson shunday baxtga erishsa ham uni vatan sogʻinchi tark etmaydi. Oʻz
yurtidagi oddiy bir non barcha noz-ne’matlardan afzal boʻlib qoladi. Shuning
uchun oʻz vataningda gado boʻl deb bejizga aytilmagan.

54 ‫ تعلمْلتطور‬www.intwersd.com
55 ‫.حكمْوْأمثالْعنْالوطن‬www.mashdoo3.com.
56 ‫.حكمْوْأمثالْعنْالوطن‬www.mashdoo3.com.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati:

1. Joʻrayeva B. Oʻzbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari va pragmatik

xususiyatlari. Fil.f.d… dissertatsiyasi. – Buxoro, 2020.

2. K.Karamatova, H.Karamatov. Proverbs – Maqollar – Пословицы. – Toshkent:

Mehnat, 2000.

3. Максудова У. Арабские пословицы и поговорки: Возникновение и развитие

паремиологических словарей в арабской литературы]. Вестник Санкт-Петербургского
Университета, 2012.

4. T.Mirzayev, Sh.Turdimov. O‘zbek folklori. – Toshkent, 2020.
5. Mirzayev T. Oʻzbek xalq maqollari. – Toshkent: Sharq, 2012.
6. Ohunova N. Lingvokulturologik Tadqiqotning buyruq maylidagi maqsadi va vazifalari

// «Chet tillarni oʻqitishda innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati va
tarjimashunoslik muammolari» mavzusidagi xalqaro online ilmiy-amaliy anjumani materiallari
toʻplami. – Toshkent, 2018.

7. Rahmatov Y. Maqol va uning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi evolyutsiyasi. Fil.f.d…

dissertatsiyasi. – Toshkent, 2023.

8. Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov. Ma’nolar maxzani. – Toshkent: Oʻzbekiston

milliy ensiklopediyasi, 2001.