ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Xorijiy davlatlarda shaxsni tarbiyalashdagi muhim omillar

Muhiddin Toshov

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

XORIJIY DAVLATLARDA SHAXSNI TARBIYALASHDAGI
MUHIM OMILLAR

Muhiddin TOSHOV,
Oriental universiteti

Pedagogika va psixologiya
kafedrasi dotsenti v.b.

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyoti rivojlangan Amerika Qo‘shma
Shtatlari, Yaponiya hamda Xitoy davlatlarining shaxsni vatanparvar, yurt
taqdiriga befarq bo‘lmaslik, o‘z xalqining qadriyatlariga sodiqlik, mas’uliyat,
zamon bilan hamnafas bo‘lishi, shuningdek, kasb-hunar va ilmga bo‘lgan
munosabatlarini shakllantirishdagi asosiy vazifalari yoritilgan.

Tayanch iboralar: ikudzi, munosabat, konstruktor, davlat ramzlari,
yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik, ishonchlilik, vatanparvarlik, g‘urur.

Аннотация. В данной статье развитые экономики США, Японии и
Китая демонстрируют патриотизм, безразличие к судьбе страны, верность
ценностям своего народа, ответственность, идущую в ногу со временем, а
также профессионализм Описаны основные задачи в формировании
отношения к науке.

Ключевые слова: икудзи, отношение, строитель, государственные
символы, добро, честность, чистота, мудрость, благонадежность,
патриотизм, гордость.

Annotation. In this article, the developed economies of the United States,
Japan and China show patriotism, indifference to the fate of the country, loyalty
to the values of their people, responsibility, keeping pace with the times, as well
as professionalism and The main tasks in the formation of attitudes to science are
described.

Key words: ikudzi, attitude, constructor, state symbols, goodness, honesty,
purity, wisdom, trustworthiness, patriotism, pride.

Milliy pedagogikamiz asoschilaridan biri Abdurauf Fitrat «Agar saodat, izzat,
osoyishtalik, rohat, sharaf, nomus va e’tibor kerak bo‘lsa, tezroq avlod tarbiyasi
usullarini bilib olib, bolalarimizni shu usul va qoidalar asosida tarbiyalashimiz
lozim», – degan edi57. Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda bo‘lajak
pedagog va psixologlarga ta’lim jarayonida xorijiy tajribalarni o‘rgatish dolzarb

57 Абдурауф Фитрат. Юрт қайғуси // «Ҳуррият», 1917. – № 31. Manba: https://tafakkur.net/abdurauffitrat.haqida

ahamiyat kasb etadi. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan jahon xalqlarining
maktab, tarbiya va pedagogik fikrlar rivojida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning
tajribalaridan foydalanib o‘zimizning milliy urf-odatlar, qadriyatlarga taqqoslagan
holda amalga oshirish muhimdir.

«Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya asosiy qoidalarining qisqacha
norasmiy bayonida «Ta’lim bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy
qobiliyatlari eng to‘la hajmda rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Ta’lim
bolani erkin jamiyatda kattalar qatori faol yashashga tayyorlashi, o‘z ota-onasiga,
madaniy o‘ziga xosligiga, til va qadriyatlariga, o‘zgalarning madaniy an’analariga
hurmat ruhida tarbiyalamog‘i shart»ligi belgilab qo‘yilgan.

Yevropa Ittifoqining ta’lim tizimini yangilash, ijtimoiy buyurtmaga
yaqinlashtirishga qaratilgan tavsiyalarida ta’lim muassasalari bitiruvchilarining
mustaqil hayotga, konstruktiv amaliy faoliyatga tayyorlik sifatini baholashga
kompetentli yondashuvni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Rossiya
Federatsiyasida kompetentlilikka yo‘naltirilgan ta’limga o‘tish 2001-yildan
amalga oshirildi.

Ijtimoiy kompetensiyalar bu – har bir insonning kundalik hayotda duch
keladigan yoshiga mos vazifalari bilan shu vazifalarni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan malakalarining tengligidir (V.Slot, X.Spaniyard).

Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi maqsadli, uzluksiz ma’naviy
tarbiya taraqqiyotning insoniy kapitali bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatmoqda.
Ya’ni tarbiyaviy qadriyatlardagi umumiylik xalq ma’naviyatini harakatlantiruvchi
kuchga aylanib, ularni yagona maqsad yo‘lida xizmat qilishga tayyorlaydi58.

Fuqarolarda zamon talablariga mos fazilatlarni qaror toptirishda AQShda
fuqaro tarbiyasida shaxs nimagaki erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat
o‘z aqli va iste’dodi bilangina yetishadi, kimgadir va nimagadir orqa qilish emas,
balki o‘z kuchiga tayanish, «amerika orzusi»ga ishonch kabi fazilatlar yetakchilik
qilganini ko‘ramiz.

Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – «axloqiy tarbiya» tizimi «xarakterni
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim», «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash» tizimi
vazifasini o‘taydi.

Maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.
Muhimi, boladan umumiy ishda o‘z rolini aniq bilish va shunga yarasha

58 “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya. 1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyaining 44/25-sessiyasida qabul qilingan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
«O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami munosabati bilan so‘zlagan nutqi.
– Toshkent, 2021.

mas’uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya ko‘rgan fuqaro jamoa
muammolarini o‘zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi.

Besh yoshgacha farzand – poshsho, o‘n besh yoshgacha – qul, o‘n besh
yoshdan keyin – do‘st! Yaponlardan juda ko‘p narsani o‘rganish mumkin.
Ayniqsa, bu kunchiqar davlatning farzandlariga tarbiya berish usullari
ko‘pchilikni hayratga solib keladi. Ularning tarbiya berish usuli «ikudzi» deb
nomlanib, bu faqat pedagogik ta’lim berish majmui bo‘libgina qolmay, yangi
avlod ta’lim olishiga yo‘naltirilgan falsafadir!

Yaponiyada ona «amae» deb nomlanadi. Bu so‘zni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima
qilib, uning chuqur ma’nosini yetkazib berish juda qiyin. Lekin bu so‘z «amaeru»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «erkalash», «homiylik qilmoq» ma’nolarini
anglatadi. Yaponiya oilalarida bola tarbiyasi – ayol kishining mas’uliyati
hisoblanib keladi. Albatta, XXI asr tarbiya berish taomillari nihoyatda farqlidir.
Masalan, avvallari ayollar faqat xonadon ishlari bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa,
zamonaviy yapon ayollari ta’lim olishadi, ishlashadi va sayohat qilishadi.Shunga
qaramay, agar ayol ona bo‘lishga qaror qilsa, u o‘zini butunlay oilaga
bag‘ishlashi kerak. Farzand 3 yoshga to‘lmaguniga qadar ona bolasini o‘zi
o‘stirishi va ishga chiqmasligi lozim. Ayolning asosiy majburiyati ona bo‘lishdir,
zero, Yaponiyada o‘z majburiyatlarini birovning zimmasiga yuklab qo‘yish tartibi
mavjud emas. Bundan tashqari, kichkintoy bir yoshga to‘lmaguniga qadar ona va
bola – bu bir butunni tashkil qiladi. Ona qayerga bormasin, nima ish qilmasin,
chaqaloq doim ona bilan bo‘lishi zarur! Oxirgi paytlarda «Baby-sling»lar, ya’ni
bolalarni kenguru qopchasiga o‘xshash qopchalarda ko‘tarib yurish Yaponiyada
juda ilgaridan mavjud bo‘lib, uning hozirgi kundagi shakli mukammallashgan
zamonaviy ko‘rinishidir59.

«Amae» – o‘z farzandining soyasidir. Muntazam jismoniy va ruhiy
munosabat – onaga bo‘lgan mustahkam obro‘-e’tibor negizidir. Yapon ayollari
uchun o‘z bolasini xafa qilish va ranjitishdan-da og‘irroq narsa yo‘q dunyoda.

Ikudzi nuqtayi-nazarlariga ko‘ra besh yoshgacha bola – farishtadir. U uchun
man qilingan narsaning o‘zi yo‘q, unga hech kim baland gapirmaydi va hech
qachon jazolamaydi. U uchun «mumkin emas», «yomon», «zararli» degan so‘zlar
mavjud emas. Bolalar o‘zining bilim orttirish dunyosida erkin hayot kechiradi.

Pedаgogik usullarning sezilarli farqini Azuma ota-onalikning
«tushuntiruvchanlik» turi deya sharhladi. Ya’ni yaponiyalik ayollar o‘z
farzandlariga muomala va ish-harakatlari orqali «tushuntirishadi». Shu bilan birga
farzandlariga yoshligidanoq o‘z hissiyotlariga, yaqinlari va hatto buyumlariga
ham e’tiborli bo‘lishni o‘rgatishadi. Sho‘x kichkintoyni hech qachon issiq

59 Toshov M. Professional ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. – Toshkent, 2022.

choynak oldidan haylashmaydi, bolakay kuyib qolsa, «amae» undan uzr so‘ragan
holda ish-harakatlari unga og‘riq yetkazganini eslatib qo‘yadi.

Boshqa misol: erkalanib ketgan bolakay hamma o‘yinchoqlarini sindirib
tashlaganda amerikalik yoki yevropalik onalar qanday yo‘l tutadilar? Taxmin
qilish mumkinki, qo‘lidan o‘yinchoqni tortib olib, uni sotib olish uchun qancha
mehnat qilganligi haqida «ma’ruza» o‘qib beradi… Yaponiyalik ayol esa hech
qanday chora qo‘llamaydi. Shunchaki «Sen uning jonini og‘rityapsan», deydi.
Shunday qilib, rasmiy jihatdan yaponiyalik bolakaylarga 5 yoshgacha hamma
narsa mumkin. Bu bilan birga bolada «Men» timsoli hamda «yaxshi» – tarbiyali
va chin dildan sevuvchi ota-ona fikri shakllanadi. Besh yoshida bola “shafqatsiz
haqiqat” bilan yuzlanadi, ular rioya qilishi shart bo‘lgan berahm qoida va
cheklanishlar nimaligini ko‘radi. Bola uchun bunday keskin o‘zgarish og‘irlik
qilsa kerak, deb o‘ylashingiz ham mumkin, albatta. Tabiat va ob-havo hamda
iqtisodiy sharoitlar odamlarni bir-biri bilan jamuljam bo‘lib ishlash va yashashga
majburlaydi. Faqat bir-birini qo‘llash va fidokorlik guruhning umumiy hosiliga
ega bo‘lishni ta’minlaydi, ya’ni mo‘l-ko‘lchilikni olib keladi. Bu bilan biz
“syudan isiki”, ya’ni jamoaviy ongni kuchli rivojlanganligini hamda “ie” tizimi,
ya’ni patriarxal oilaviy tuzumni ko‘rishimiz mumkin. Yaponlar uchun jamoaviy
qiziqishlar barcha narsadan ustun. Odamzod esa og‘ir mexanizmning bir
bo‘lakchasi bo‘lib, agar bir inson jamoada o‘z o‘rnini topa olmasa, demak, u
e’tibordan qolgan odam! Aynan shu sabablarga ko‘ra bolalarga 5 yoshgacha
ushbu guruh a’zosi bo‘lishni o‘rgatishadi. Ularga «Agar shunday yo‘l tutsang,
ustingdan hamma kuladi» nutqi juda tanish. Zero, yaponlar uchun jamoadan
chetlanishdan-da qo‘rqinchli narsaning o‘zi yo‘q va bolalar ham shaxsiy egoistik
qiziqishlarini qurbon qilishga tez o‘rganishadi. Doim o‘zgaruvchi tarbiyachi yoki
maxsus tayyorlovchi maktab o‘qituvchisi ham murabbiy yoki tarbiyasi rolini
emas, yo‘naltiruvchi vazifasini bajarishadi. Uning pedagogik uslub xazinasida
«Tarbiyasini kuzatuvchilarni vakil qilish»ini ko‘rish mumkin. Masalan, qo‘l
ostidagi tarbiya beruvchisiga vazifa berish bilan birga tarbiyalanuvchilarni
guruhlarga bo‘lib, o‘z guruhidagilar ishini kuzatish vazifasi yuklatiladi60.

Yapon bolakaylarining sevimli mashg‘uloti – guruhda bajariladigan sport
o‘yinlari, estafeta va xor qo‘shiqlarini kuylashdir. Guruh qoidalariga rioya qilish
ham onaga bog‘lanib qolishda yordam beradi. Axir, jamoa tartibini buzsa, “amae”
juda qattiq ranjiydi, bu esa onasiga emas, shu bolaning o‘ziga isnod degani.
Shunday qilib, bolakayning keyingi 10 yil hayotida guruhning bir qismi
bo‘lishga, jamoada kelishib ishlashga o‘rgatiladi. Bunga ko‘ra unda guruhiy ongi
hamda jamoaviy javobgarligi shakllanadi.

60 Toshov M. Professional ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. – Toshkent, 2022.

15 yoshga kirgan bola to‘laqonli shakllanib voyaga yetgan shaxs sanaladi.
Endi asosida avvalgi ikki bosqich yotuvchi qarshilik ko‘rsatish va teng huquqlik
bosqichi kirib keladi. «Ikudzi – bizning tushunchamizga ko‘ra tarbiya berishning
mantiqqa zid shaklidir». Biroq bu usul asrlar mobaynida tekshirilgan va vataniga
sodiq, qonunlarga rioya qiluvchi tarbiyali fuqaroni katta qilishda yordam beradi.
Bolalar bizning kelajagimiz va ularning tarbiyasi masalasi juda jiddiy. Turli
mamlakatlarda bolalarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari va an’analari
ustunlik qiladi. O‘zini o‘zi qoniqtiradigan, xudbin bo‘lgan bolalarning yaxshi va
munosib oilalarda bo‘lishi to‘g‘ridan to‘g‘ri isbotdir. Ushbu maqolada biz
Yaponiyada bolalarning oilaviy maktabgacha ta’limini qisqacha ko‘rib chiqamiz,
chunki bu mamlakatda bolalarning tarbiyalanishi xarakterli xususiyatlarga ega.

Yaponiyadagi ichki voqeliklarda dolzarbligi va samaradorligi haqida turli
fikr-mulohazalar mavjud. Axir u Yaponiyada bir asr mobaynida rivojlanib,
madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu siz uchun faqatgina samarali va dolzarb
bo‘ladimi?

«Ideal yaponning fazilatlari» deb nomlangan hujjatda yapon yoshlarida 16
fazilat 4 ta guruhga bo‘lib tarbiyalanadi. Bular:

1) shaxsiy sifatlar: erkinlik, o‘ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo‘lish,
o‘z xohishlarini idora qila olish, pietet tuyg‘usiga egalik;

2) oila boshlig‘iga xos sifatlar: o‘z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya
maskaniga aylantira olish;

3) ijtimoiy sifatlar: o‘z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo‘shish,
ijodkorlik, milliy (ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish;

4) fuqarolik sifatlari: Vatanga sodiq bo‘lish, davlat ramzlarini qadrlash,
ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo‘lishni o‘rgatadi.

Xitoyda Konfutsiylik axloqining besh asosiy ustuni etib yaxshilik, to‘g‘rilik,
poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlar belgilab olinadi va amal qilinadi.
Yoshlar tarbiyasi «Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish» g‘oyasi asosida
tashkil etildi. Yoshlar shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutishga o‘rgatib
borildi. Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yo‘nalish va oqimlar mavjud. Ularda
falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o‘z
davrining ko‘zga ko‘ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga
taalluqli bo‘lgan ko‘pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday
muammolarni o‘z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar.
Tabiiyki, muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va
benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab
olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo‘nalishlarning turli-tumanligini, shu
bilan izohlash mumkin. Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, er va tabiat

hodisalari ilohiylashtirilgan bo‘lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi.
Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini
ta’minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi.
Bu tamoyil ko‘pincha oliy hukmdor (shandi), ba’zan esa oddiy osmon (tyan)
sifatida ishlatib kelingan. Qadimgi Xitoy falsafasi konservativ sivilizatsiyaning
bir qismi bo‘lib, u diniy matnlar madaniyatiga tayanardi. Hindistonda bo‘lgani
kabi, ozod bo‘lish yoki xalos bo‘lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli
bo‘lmagan.

Aksincha, u ko‘proq amaliy va pragmatik yo‘nalishga ega edi. Xitoy
faylasuflari asosan kambag‘al a’yonlarga mansub bo‘lgan. Ular ko‘pincha g‘oyat
ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma’muriy tizim sektorlarida
faoliyat yuritishgan. Ko‘pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy
muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan. Ko‘pchilik tomonidan hurmatehtirom ila tan olingan donishmandlar ta’sirida asta-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri
shakllana borgan. Ko‘p hollarda ularning ismlari aniq bo‘lmasa-da, aynan ular
asotirlar, afsonalar ma’naviy ta’siridan ozod bo‘la borganlar va olam to‘g‘risidagi
ilk dunyoqarashni o‘zlarida shakllantirib, rivojlantirganlar.

An’anaviy konfutsiychilikning asosiy tushunchalari quyidagilar: «Li» – urfodat va marosimlarga rioya etish, udum; «Si» – axloqiy me’yorlarni amalga
oshirish; «In» – ijobiy ibtido, «Yan» – salbiy ibtido, «Dao» – osmon, koinot yo‘li
bo‘lib, muayyan tartib va qonunga binoan mavjud, uning ifodasi esa insonning
xulq-atvori bo‘lishi lozim, «Chjen» – insonparvarlik, «I» – burch, «Sin» –
samimiylik va ba’zi boshqalar.

AQShda milliy g‘oya vazifasini «amerika orzusi» (american dream)
bajarmoqda. U amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning
ma’naviy onasi deb tushuniladi. «Amerika orzusi»ning asosiy tushunchalarini
shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga
qaratilgan mehnat tashkil qiladi.

Vatanparvarlik – shaxs ma’naviyatining ajralmas qismidir. Yurt kelajagi,
vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz
va yoshlarimizning qay darajada vatanparvar ekanliklariga bog‘liq. Hozirgi kunda
ta’lim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga yagona ilmiy
asoslangan yondashuvni ishlab chiqish kam sonli olimlar guruhining emas, balki
butun boshli siyosiy-tadqiqot va fuqarolik jamiyati institutlarining ham muhim
vazifasi hisoblanadi. Vatanarvarlik hissini singdirishda ham xorijiy davlatlar
tajribasi va yutuqlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda
O‘zbekistondagi tarbiyaviy va vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar fonida dunyoning qudratli davlatlaridan biri – AQSh

vatanparvarlik tarbiyasi tajribasiga murojaat qilamiz. AQShda vatanparvarlikni
shakllantirish tarixiy, madaniy, axloqiy, mafkuraviy va hayotiy qadriyatlarni
rivojlantirish asosida amalga oshiriladi: «Novus Ordo Seclorum» («Yangi dunyo
tartibi»).Bugungi kunda AQShning dunyodagi roli juda ziddiyatli. Bir tomondan,
bu davlat tashqi siyosatida turli usullar bilan dunyodagi yetakchilik mavqeyini
saqlab qolishga intilsa, boshqa tomondan esa, dunyodagi eng katta, qudratli
iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, o‘z fuqarolarining farovonligini juda yaxshi
ta’minlaydi. AQSh qudratining asosi fuqarolarning vatanparvarligidir. Ko‘pchilik
Amerika vatanparvarligi noyob hodisa ekanligini ta’kidlamoqda. Amerikacha
vatanparvarlikning etnik, milliy yoki lingvistik asoslari yo‘q. Amerika
vatanparvarligining mohiyati – «Novus Ordo Seclorum»da (so‘zma-so‘z
«asrlarning yangi tartibi») – Amerika demokratik qadriyatlarining ustunligiga
bo‘lgan ishonch. U o‘tmishdagi ideallarga intilmasdan, kelajakka qaratilgan.

AQShda o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklarning to‘rtdan
uch qismi o‘z mamlakati bilan faxrlanadi. Yarmi o‘z uylarini milliy bayroq bilan
bezashadi. Haydovchilarning 15-20 foizi avtomobillariga Amerika bayrog‘ini
osib qo‘yishadi. AQShda vatanparvarlik namoyishlari dunyoning aksariyat
mamlakatlaridan farqli o‘laroq, rasmiylar tomonidan emas, balki
amerikaliklarning o‘zlari tomonidan uyushtirilmoqda.

Vatanparvarlikning markaziy g‘oyalari erkinlik, tenglik va adolat
tamoyillaridir. AQSh jamiyatining hayoti ana shu uch g‘oyaga asoslanadi. Ular
insoniyat hozirgi paytda erishmoqchi bo‘lgan va kelajakda avlodlariga berishni
istagan g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. Vatanparvar xarakterining fazilatlari
jasorat, mas’uliyat, ta’sischilarga minnatdorchilik va umumiy manfaatlar uchun
fidoyilikdir. Amerika xalqining o‘z-o‘zini anglashi Amerika milliy g‘oyasining
adolatning maxsus shakli sifatida o‘ziga xosligini anglatadi.

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda AQSh universitetlari alohida o‘rin
tutadi. Qo‘shma Shtatlarda 1350 dan ortiq jamoat kollejlari va 2000 ga yaqin
kollej va universitetlar mavjud. Xususiy o‘quv yurtlarining umumiy soni 65
foizni tashkil qiladi. Amerika oliy ta’lim tizimi boshqalardan farqli o‘laroq
muhim iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy funksiyalarni bajaradigan, shu jumladan,
talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan yagona ijtimoiy institutni tashkil
etadigan o‘quv rejalari, kurslari va fanlari mavjud.

AQShda vatanparvarlikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilarda namoyon
bo‘ladi: AQSh Konstitutsiyasiga muvofiq axloq va erkinliklarning amalga
oshirilishi. Ushbu tarkibiy qism AQShda vatanparvarlikning asosini tashkil qiladi.
Amerikaliklar o‘z huquqlaridan foydalanishni vatanparvarlik deb hisoblashadi.
Bu hukumatni ochiq tanqid qilish, siyosatdagi o‘zgarishlarni izlash va umumiy

muammolarni hal qilish uchun boshqa fuqarolarni jalb qilish imkonini beradi.
1791-yilda qabul qilingan Konstitutsiya so‘z, matbuot, yig‘ilish va din erkinligini
cheklashi mumkin bo‘lgan qonunlarni qabul qilishga imkon bermaydigan qilib
ishlab chiqilgan.

Barcha amerikaliklar tomonidan qadrlanadigan va tan olingan davlat
ramzlari (madhiya va bayroq). AQSh madhiyasi 1812-yilda yozilgan va faqat
1931-yilda rasmiy davlat madhiyasi sifatida tan olingan. Madhiya an’anaviy
ravishda, ko‘pincha jonli ijro etiladi, bu esa tantanani kuchaytiradi. Aksariyat
amerikaliklar madhiya so‘zlarini bilishadi. Har bir shtatning ham o‘z bayrog‘i bor
va shtat aholisi ko‘pincha uni davlat bayrog‘i yonida osib qo‘yishadi.
Kongressmenlar va senatorlar har doim o‘zlarining bayroqlari manfaatlariga
sodiqligini ta’kidlab, idoralarida AQSh bayrog‘i yoniga o‘zlarining bayrog‘ini
qo‘yadilar. Keyingi ramz (bu asosiy kalitlardan biri) qanotlarini yoygan burgut
AQShning ramzi. Ushbu gerb 1782-yilning yozida qabul qilingan va unda
chizilgan rasm buyuk intilishlarni, millat mustaqilligini anglatadi va yaxshi
kelajakka umid belgisidir. AQShda vatanparvarlik yuqori darajada. Amerika o‘z
vatanparvarligi bilan nafas oladi, u bilan faxrlanadi va turli xil mashhur guruhlar
aynan vatanparvarlik tuyg‘usi sababli birlashadi. Amerika maktablarining har bir
sinfida davlat bayrog‘i osilgan. Jarayonlarning tanqidiy talqiniga xalaqit
bermaslik uchun ilmiy soha vatanparvarlikdan xoli. Yoshlar doimo haqiqatni
izlash, tanqidiy tahlil qilish bilan ajralib turadi. Ilmiy sohaning tizimli
vatanparvarlik ta’limidan ozodligi yoshlarning tashqi va ichki siyosat
masalalariga, shu jumladan, amaldagi prezidentga va barcha hokimiyat
organlariga tanqidiy munosabatini ta’minlashga qaratilgan.

AQShda Prezident – davlatning va vatanparvarlikning tirik timsoli hamda
g‘ururi. Prezidentlik instituti vatanparvarlikning tarkibiy qismi sifatida davlatning
tirik belgisi va vatanparvarlik manbai bo‘lib xizmat qiladi. Amerika xalqi ishidagi
xato va kamchiliklariga qaramay, o‘z prezidentlari bilan faxrlanadilar. AQSh
hukumatining siyosati qanchalik to‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar, harbiy
xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash. 87% amerikaliklar harbiy xizmatni individual
vatanparvarlikning yorqin namoyishi deb bilishadi. 2001-yil 11-sentabr
xurujlaridan so‘ng mamlakatda vatanparvarlik tuyg‘usi ko‘tarildi, qurolli
kuchlarga qo‘shilishni istaganlar oqimi sezilarli darajada o‘sdi.Ta’kidlash joizki,
Amerika vatanparvarligi bu mamlakatga yangi hayot izlab kelgan millionlab
Amerika fuqarolarini, turli mamlakatlardan kelgan muhojirlarni to‘playdigan
makondir. Agar vatanparvarlik tarbiyasining puxta o‘ylangan va samarali dasturi
bo‘lmaganida edi, AQSh eng qudratli davlatlardan biriga aylanmagan bo‘lardi.

Yuqorida qayd etilganidek, yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik, ishchanlik,
vatanparvarlik, g‘urur, samimiylik kabi tushunchalar VII asrdan to bugungi
kungacha o‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketganligini juda yaxshi bilamiz.
Shunday bo‘lsa-da, yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasida ekanligini anglab,
ularning qalbida yurt manfaatlari yo‘lida xizmat qilishida dasturi-amal bo‘lishi
zarur. Ana shunday yuksak vazifalarni amalga oshirishda biz pedagoglar xorijiy
davlatlarning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlarni o‘rganish muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya. 1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44/25-sessiyasida qabul qilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «O‘qituvchi va murabbiylar
kuni» umumxalq bayrami munosabati bilan so‘zlagan nutqi. 2021-yil.

3. Toshov M. Professional ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. –
Toshkent, 2022.

4. Абдурауф Фитрат. Юрт қайғуси // Ҳуррият. – Тошкент, 1917. – № 31. Manba:
https://tafakkur.net/abdurauf-fitrat.haqida