INVESTITSION FАOLIYATNI MOLIYAVIY TАRTIBGА
SOLISHNING ASOSLАRI
Nelyufar DADABAYEVA,
Oriental universiteti
Turizm va iqtisodiyot
kafedrasi o‘qituvchisi
Аnnotatsiya. Maqolada investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirishda
moliyaviy tartibga soluvchi mexanizmlarni joriy etish aks ettirilgan.
Mamlakatimizda asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning
zamonaviy usullarini joriy etish zaruriyati maqolada oʻz aksini topgan.
Tayanch soʻzlar: Iqtisodiyot, investitsiya, kapital, korxona, moliyalashtirish,
bank, kredit, soliq, qimmatli qogʻozlar, valyuta, moliyaviy mexanizm.
Аннотация. В статье отражено внедрение механизмов финансового
регулирования в эффективное осуществление инвестиционной
деятельности. В статье отражена необходимость разработки внедрения
современных методов привлечения иностранных инвестиций в основной
капитал в нашей стране.
Ключевые слова: Экономика, инвестиции, капитал, предприятие,
финансирование, банковское дело, кредит, налоги, ценные бумаги, валюта,
финансовый механизм.
Annotation. The article reflects the introduction of financial regulatory
mechanisms in the effective implementation of investment activities. The need to
develop the introduction of modern methods of attracting foreign investment in
fixed assets in our country is reflected in this article.
Key words: Economy, investment, capital, enterprise, financing, banking,
credit, tax, securities, currency, financial mechanism.
Jahon amaliyoti tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, faol investitsiya siyosatining
yuritilishi va shunga mos ravishda hududdagi mavjud investitsiya salohiyatidan
unumli foydalanilishi har qanday davlat iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga
xizmat qiladi. Mamlakatimizda investitsiya faoliyatini moliyaviy tartibga solish
bugungi kunning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda
xoʻjalik subyektlari faoliyatidagi investitsion kapital qoʻyilmalar xoʻjalikni
rivojlantirishga qaratilgan samarali vositadir. Shuning uchun investitsion
faoliyatning samaradorligini oshirish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida aks
etgan tartibga solishning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish
hamda ustuvor sohalarni rivojlantirishga qaratilgan.
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va
ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda muhim hujjat boʻldi. Mazkur vazifalarning samarali
bajarilishi Oʻzbekistonda investitsiya salohiyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar faoliyatini shakllantirish va investitsiya
salohiyatini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga
ega boʻldi.
Аyni vaqtda mamlakatimizda investitsion faoliyatni moliyalashtirish
amaliyotini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan bir qator muammolar mavjud.
Shunday muammolardan biri olinadigan investitsiya resurslaridan mintaqaviy va
korporativ darajalarda samarasiz foydalanish hamda investitsion potensialga
erishish uchun investitsion faoliyatni moliyalashtirishni tartibga soluvchi
usullarning mavjud emasligi, soliqqa tortish jarayonidagi kamchiliklar, davlatning
investitsion dasturlarini amalga oshirish siyosatidagi pozitsiyasi va soliq-bojxona
qonunchiligidagi yuklamalar muhim muammolardan boʻlib qolmoqda.
Investitsion faoliyatni moliyaviy mexanizmini takomillashtirishdagi
yondashuvlar iqtisodning dinamik rivojlanishiga qarab uning egiluvchanligini
oshirishga yordam beradi. Аsosiy eʼtibor xorijiy investorlar huquqlarini himoya
qilish kafolatini oshirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan
foydalanishni toʻxtatib turuvchi bozordan tashqaridagi jarayonlarni tartibga
solinishiga qaratilishi muhimdir.
Investitsion faoliyatni samarali tartibga solish maqsadida manfaatlar
kelishuvini taʼminlovchi ichki va tashqi omillarni oʻzaro muvofiqlashtirishga
harakat qilish muhimdir. Kategoriya sifatida “mexanizm” atamasi iqtisodiy
qonunlar va tamoyillar ishlashining obyektivligi bilan bogʻliq boʻlib, uning asosi
va mohiyatini tashkil etadi hamda investitsion faoliyatni tartibga solishdagi
harakatlar tabiatini belgilaydigan natijalarga erishishdagi vosita hisoblanadi.
Investitsion faoliyatni tartibga solish mexanizmi kategoriyasi mohiyatini toʻliq
ochib berishda uning shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tadqiq qilish
maqsadga muvofiqdir. Investitsion faoliyatni tartibga solish mexanizmining
shakllanish davrlari jadvalda keltirilgan.
Investitsion faoliyatni tartibga solish mexanizmining bozor munosabatlariga
oʻtgandan keyingi shakllanish bosqichlari:
Bosqichlar Mazmuni
Iqtisodiy islohotlar natijasida tashkilotlarning
I bosqich investitsion faoliyat yuritish sohasidagi huquqlarining
1991–1996- kengayishi. Bu davrda xoʻjalik yurituvchi subyektlar
faoliyatida sezilarli oʻzgarish yuz bermadi. Kapital davlat
yillar egalik huquqidan chiqarilib, xususiy va boshqa shakllarga
berildi.
II bosqich Investitsion faoliyatning nomarkazlashgan shakllariga
1997-yildan hamda institutsional oʻzgarishlariga asos solinishi natijasida
2005-yilgacha turli shakldagi tashkilotlar oʻz mablagʻlarini investitsiya
qilishda mustaqillikka erishdi. Ishlab chiqarish sohasidan
III bosqich investitsion resurslar nomoddiy ishlab chiqarish hamda tijorat
2006-yildan va moliyaviy xizmatlarga kiritila boshlandi.
2010-yilgacha Davlat va nodavlat tashkilotlarning investitsion
statusidagi oʻzgarishlar, mulkka egalik qilish shakllaridan
IV bosqich qatʼi nazar investitsiyalar tarkibidagi oʻzgarishlar kuzatildi.
2011-yildan Investitsiyalar erkin iqtisodiy zonalarga yoʻnaltirildi.
2016-yilgacha Nafaqat turli manbalarni, balki tashkilotlarning ilmiytexnik bazalarini boshqarish uchun tegishli sharoitlar
2017-yildan yaratildi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
hozirgi investitsiyalashning tamoman yangi mexanizmi
shakllantirildi.
vaqtgacha Oʻzbekiston iqtisodini muvozanatlashtirish sharoitida
investitsion faoliyatni faollashtirish va uning barqaror
rivojlanishi davom etmoqda. Tashkilotlarning innovatsioninvestitsion faoliyati rivojlantirilmoqda. Qayta ishlab
chiqarish bilan shugʻullanayotgan korxonalarga xorijiy
investitsiyalar jalb etilmoqda. 2017–2021-yillar davomida
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining davlat dasturi
doirasida 2030-yilgacha innovatsion-investitsion oqimlari
kelishining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Moliyaviy tartibga solish mexanizmi korxonalarning innovatsion va
investitsiya salohiyatini oshirishga, mavjud innovatsion-investitsiya resurslardan
samarali foydalanilishiga yoʻnaltirilishi kerak.
Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning oʻxshash moliyaviy
mexanizmlarini yaratish va faoliyat yuritishining jahon tajribasi shuni
koʻrsatadiki, davlatning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish jarayonida
yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda hukumatning oʻrni juda katta.
Davlatning diqqat markazida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal
qilish, samarali iqtisodiyotni yaratish, innovatsion salohiyatni rivojlantirish uchun
moliyaviy tizimni shakllantirish kabi masalalar yechimi mavjud boʻlmasa,
investitsiyalar harakatini rivojlantirish mumkin emas.
Korxonalarning innovatsion-investitsiyaviy faoliyatini tartibga solishning
moliyaviy mexanizmini shakllantirish jarayonida davlatning mutanosib va puxta
oʻylangan moliyaviy siyosati, shubhasiz, iqtisodiyotda moliyaviy-bozor
vositalarining roli va samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu investitsiya
kapitalidan ham maʼlum bir hudud darajasida, ham butun mamlakat darajasida
samarali foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Oʻzbekistonda 2005–2019-yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar: (mlrd.
soʻm)70
Davlat rivojlanish dasturiga kiritilgan yirik loyihalarning amalga oshirilishi
natijasida yillar davomida investitsiyalarning yuqori oʻsish surʼatlariga
erishilmoqda. Respublikada ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2019-yilda 195,9 mlrd. soʻm asosiy
kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi, bu esa 2018-yilga nisbatan 157,0 foizni
tashkil etdi. 2018-yilda esa ushbu koʻrsatkich 124,2 mlrd. soʻm yoki 2017-yilga
nisbatan 270,0 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Ushbu gistogramma maʼlumotlariga asoslanib, asosiy kapitalga
investitsiyalarni oʻzlashtirish hamda investitsiyalarning oʻsish surʼati yildan-yilga
70 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments
oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Investitsiyalarning YaIMdagi
ulushi 2019-yilda 2018-yilga nisbatan 7,1 foizga koʻtarilgan va 37,1 foizni tashkil
etgan (ushbu koʻrsatkich 2010-yilda 24,6 foizga teng boʻlgan). Аyni paytda
Qozogʻistonda asosiy kapitalga investitsiyalarning mamlakat YaIMdagi ulushi
14,0 foizni, Rossiyada 23 foizni tashkil etgan71.
Investitsiya faoliyatini moliyaviy tartibga solishdagi mavjud ahvolni tubdan
oʻzgartirish, xorijiy investitsiya oqimlarining oʻsishida xalqaro moliya institutlari
qarzlari doirasida import aloqalarni qayd etish tartibining soddalashtirilishi,
sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta taʼminlash, soliq
yukining pasaytirilishi, mahsulot taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimning qoʻllanilishi,
shuningdek, xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalarini tuzish yoʻli
orqali moliyaviy barqarorlikka erishish zarurligini keltirib chiqaradi. Shu
sababdan mamlakat investitsion taraqqiyotini taʼminlash uchun investitsiya
faoliyatini moliyaviy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib,
quyidagilarni amalga oshirish orqali investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni
tartibga solish mumkin:
investitsiya faoliyatini moliyaviy tartibga solishda soliqqa tortilishni
nazorat qilish zarur;
ichki va tashqi investitsiyalarning sanoat korxonalari investitsiya
faoliyatini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirokini oshirish lozim;
investitsiya faoliyatini moliyaviy tartibga solish uchun zaruriy moliyaviy
va nomoliyaviy instrumentlarni fond bozori mexanizmlari orqali tatbiq etish
zarur;
mamlakatimizga ichki va tashki investitsiyalarni jalb etishda iqtisodiy
ahvoli va imkoniyatlari, moliyaviy potentsiali toʻgʻrisida aniq axborot va
maʼlumotlar olish imkoniyatini yaratish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 25 декабрдаги «Инвестициялар ва
инвестиция фаолияти тўғрисида»ги қонуни. http://www.lex.uz (норматив-ҳуқуқий
ҳужжатлар тизими).
2. У.Шарп и др. Инвестиции. Пер. с англ. – Москва: ИНФРА-М, 2001.
3. Каримов Н. Инвестицияни ташкил этиш ва молиялаштириш. – Тошкент: ТДИУ,
2011.
4. Мустафақулов Ш. Инвестицион муҳит жозибадорлиги. – Тошкент: Baktria press,
2017.
71 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments