FAXRUDDIN OʻZJANDIYNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI
Akmaljon IKROMJONOV,
Oriental universiteti,
Sharq tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya. Qoraxoniylar davrida yetishib chiqqan faqihlar Movarounnahr
mintaqasida hanafiy mazhabining rivojlanishida katta xizmat qilganlar. Shulardan
biri alloma Faxruddin Oʻzjandiydir. Ushbu maqolada olimning hayoti va ilmiy
faoliyati, yashagan davri ijtimoiy muhiti, hamda bizgacha yetib kelgan va kelmagan
ilmiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek, Faxruddin Oʻzjandiy shaxsiga oid
ma’lumotlarni tahlil qilish davomida “Oʻzjandiy” taxallusi berilishi sababi, u
kishining erishgan martabasi va boshqa olimlarga nisbatan tutgan mavqei xususida
fikrlar bildirilgan.
Kalit soʻzlar: ijtimoiy muhit, kunya, faqih, alloma, Qoraxoniylar davri.
Аннотация. Знатоки исламского права, факихи, выросшие в эпоху
Караханидов, внесли большой вклад в развитие ханафитской школы в регионе
Мовароуннахр. Один из них – ученый Фахруддин Озджанди. В данной статье
освещаются жизнь ученого и его научная деятельность, социальная среда его
времени, а также его научное наследие, дошедшее и не дошедшее до нас.
Также в ходе анализа информации о личности Фахруддина Озджанди были
высказаны мнения о причине прозвища «Озджанди», достигнутой им карьере
и положении по отношению к другим ученым.
Ключевые слова: социальная среда, кунья, факих, учёный,
караханидская эпоха.
Annotation. Experts in Islamic law, the fuqahas, who grew up during the
Karakhanid era made a great contribution to the development of the Hanafi school
in the Movarounnahr region. One of them is scientist Fakhruddin Ozjandi. This
article highlights the scientist's life and his scientific activity, the social environment
of his time, and the scientific heritage that has reached us and has not reached us by
him. Also, during the analysis of information about the personality of Fakhruddin
Ozjandi, opinions were expressed about the reason for the nickname "Ozjandi", his
achieved career and position in relation to other scientists.
Key words: social environment, kunya, faqih, scientist, Karakhanid era.
Qoraxoniylar davrida yetishib chiqqan faqihlar Movarounnahr mintaqasida
hanafiy mazhabining rivojlanishida katta xizmat qilganlar. Oʻsha davrning yetuk
faqihlari oʻzlaridan soʻng hanafiy fiqhi boʻyicha nodir asarlar yozib qoldirganlar.
Aynan shu davrda ijod qilgan va hanafiy faqihlari ichida alohida oʻringa ega boʻlgan
alloma Faxruddin Oʻzjandiydir.
Faxruddin Oʻzjandiyning toʻliq ismi Hasan ibn Mansur ibn Abu-l-Qosim
Mahmud ibn Abdu-l-Aziz ibn Abdu-r-Razzoq al-Oʻzjandiy al-Fargʻoniydir44.
Movarounnahrda VI/XII asrda yashab ijod qilgan Faxruddin Oʻzjandiy hanafiy
mazhabining yetuk faqihlaridan biri hisoblanadi.
Faxruddin Oʻzjandiyning tavallud topgan sanasi tabaqot kitoblarida
koʻrsatilmagan. Uning ustozlaridan boʻlgan Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Ismoil ibn
Ahmad ibn Shis ibn Hakam as-Saffor 534/1139-yili45 vafot etgani, uning oʻzi esa
592/1195 yili dunyodan koʻz yumgani haqidagi maʼlumotlardan kelib chiqib,
ustozdan fiqh ilmini oʻrgana olishi uchun 14-15 yoshlarda boʻlgan deb taxmin qilish
mumkin. Bundan kelib chiqib, Qozixon 1124–22-yilda tavallud topgan degan fikrni
ilgari surish mumkin.
Faxruddin Oʻzjandiy hijriy 592-yili, Ramazon oyining oʻn beshinchi kuni,
milodiy 1195-yili, 12-avgustda Buxoroda vafot etgan va oʻsha yerdagi “Al-Quzot
as-Sabʼa” (Yetti qozi) qabristonida dafn qilingan. Qozixonning 1122–25-yilda
tavallud topib, 1195-yili vafot etganidan kelib chiqib, taxminan 70-73 yoshda vafot
etganini aytish mumkin.
Tabaqot kitoblarida u kishi “Al-imom al-kabir” (buyuk imom), “Al-alim an-
nihrir” (yetuk olim), “Bahr” (dengiz), “Gʻavvos fi-l-maʼoniy” (maʼnolarga chuqur
kira oluvchi), va “Fahhoma” (teran tushunuvchi), Abu-l-Mafoxir”, “Abu-l-
Mahasin” kabi unvonlar bilan zikr qilingan.
Islom huquqi tarixida ushbu faqih koʻproq “Qozixon”, “Faxruddin” va “Faxru-
l-milla” nomlari bilan mashhur boʻlgan. Tabaqot kitoblarida uning rasmiy qozilik
vazifasini bajarganligi haqida aniq maʼlumot berilmaydi. Biroq, “qozi” degan nom
rasmiy mansab boʻlgani va u faqat qozilik vazifasini bajarganlarga berilishi
44 Abu Muhammad Abdu-l-Qodir ibn Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad al-Qurashiy al-Misriy. Al-Javohir almuziyʼa fi tabaqot al-hanafiyya. 5 jildli / Abdulfattoh Muhammad al-Xulv tahriri ostida. – Qohira: Hijr, 1993. – J. 2.
– B. 93; Zaynuddin Qosim ibn Qutlubug‘o. Toj at-tarojum fi tabaqot al-hanafiyya. 1 jildli / Muhammad Xoyr Ramazon
tahriri ostida. − Bayrut: Dar al-Qalam, 1992. − B. 151; Taqiyyuddin Abdu-l-Qodir at-Tamimiy. At-Tabaqot as-saniyya
fi tarojim al-hanafiyya. 4 jildli / Abdulfattoh Muhammad Al-Hilvu tahriri ostida. – Ar-Riyod: Dar ar-Rifaʼiy, 1983. –
J. 3. − B. 116; Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya / Ahmad Az-Zaʼbiy
tahriri ostida. − Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998. – B. 111; Xayruddin az-Zirikliy. Al-Aʼlom qomus tarojim
lish-shuhuri ar-rijol va-n-niso min al-arab va-l-mustaʼribin va-l-mustashriqin. 8 jildli. − Bayrut: Dor al-ilm li-lmalayin, 2002. – J. 2. – B. 224; Kahhola Umar Rizo. Mu’jam al-muallifin. 4 jildli. – Bayrut: Muassasa ar-risola, 1993.
– J. 1. − B. 594; Mustafo ibn Abdulloh ar-Rumiy al-Hanafiy ash-Shahir bi-Hoji Xalifa va Kotib Chalabiy. Kashf azzunun an asmo al-kutub va-l-funun. 2 jildli / Muhammad Sharafuddin tahriri ostida − Dor ihyo at-turos al-arabiy,
1981. – J. 2. – B. 1227 (144); Ahmad ibn Mustafo Toshkubrizoda. Miftoh as-saoda va masobih as-siyoda. 3 jildli. –
Qohira: Dor al-kutub al-ilmiyya, 1985. – J. 2. – B. 252; Ibn al-Imod Abdulhay ibn Ahmad ad-Dimashqiy. Shazarot
az-zahab fiy axbor man zahab. 10 jildli. / Mahmud al-Arnaʼut tahriri ostida. – Bayrut: Dor ibn Kasir, 1986. – J. 6. −
B. 504; Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad Az-Zahabiy. Siyaru-l-Aʼlom an-Nubalo. 29 jildli. – Shuʼayb al-Arnaʼut
va Husayn asad tahriri ostida. – Bayrut: Muassasa ar-Risala, 1985. – J. 21. − B. 231; Geschichte der Arabischen
Litteratur. 3 жилдли. − Weimar-Berlin: Verlag von Emil Felber, 1898. – Ж. 1 – Б. 376 (420).
45 Ismoil Posho al-Bag‘dodiy. Hadiyyatu-l-orifin. 2 jildli. − Bayrut: Dor ihyo at-turos al-arabiy, 1951. – J. 1. − B. 9.
eʼtiborga olinsa, Qozixon Qoraxoniylar davrida mazkur mansabda faoliyat
koʻrsatgan, degan xulosa qilish mumkin. Sharqshunos olim A.Moʻminov 46
Qoraxoniylar Qozixonni Buxoroda qozilik vazifasiga tayinlangani haqida fikr
bildiradi. Allomaga berilgan “Qozixon” laqabining “hukm chiqaruvchi
maʼnosi”dagi arabcha قَاضِيva “sulton, xoqon” maʼnolarini anglatuvchi turkiy “xon”
soʻzlaridan tashkil topgan va “Xon Qozisi”, deb tarjima qilinishi fikrimizga dalildir.
Qozixonning talabalaridan boʻlgan Abu-l-Mahamid Mahmud Al-Hasiriy ustozi
haqida: “U kishi bizning sayyidimiz, Qozi, Imom, Ustoz, “Faxru-l-milla” (Millat
faxri), “Ruknu-l-islom” (Islom rukni), “Mifti-sh-sharq” (Sharqning muftiysi),
“Biqiyyatu-s-salaf” (Salafi solihlarning oxirgisi) boʻlgan”, - deya taʼriflagani 47
fikrimizni tasdiqlaydi.
Ahmad ibn Sulaymon ibn Kamol Posho (vaf. 940/1533-y.) oʻzining “Tabaqotu-
l-mujtahidin” nomli asarida faqihlarning yetti tabaqasini va har bir tabaqa
faqihlarining xususiyatlarini bayon qilib, Faxruddin Oʻzjandiyni (vaf. 592/1195-y.)
Abu Bakr Ahmad ibn Amr Al-Xassof (vaf. 261/874-y.), Abu Jaʼfar Ahmad ibn
Muhammad At-Tahoviy (229/843-321/933 yy.), Abu-l-Hasan Ubaydulloh ibn
Husayn Al-Karxiy (260/873-340/951 yy.), Shamsu-l-aʼimma Abdulaziz ibn Ahmad
Al-Halvoniy (vaf. 449/1057-y.), Shamsu-l-aʼimma Muhammad ibn Ahmad As-
Saraxsiy (vaf. 483/1090-y.) va Faxru-l-islom Pazdaviy (vaf. 482/1089-y.) va
boshqalar qatorida uchinchi tabaqa vakili oʻlaroq zikr qiladi. Mazkur tabaqa “ُ َطبَقَة
“ ”الْمُجْت َِهدِينَ فِي الْمَسَائ ِِلMasalada mujtahid boʻlgan faqihlar” tabaqasi deb atalib, Ibn
Kamol Poshoning aytishicha, unga mansub faqihlar hanafiy mazhabi asoschisi Abu
Hanifadan rivoyat kelmagan masalalar boʻyicha ijtihod qila olish darajasidagi
faqihlardir. Ushbu tabaqa faqihlari mazhab asoschisiga usul48 qoidalari va furuʼ49
masalalarida qarshi fikr ayta olmaydilar. Lekin ular Abu Xanifa oʻrnatgan qoidalar
asosida, undan rivoyat kelmagan masalalar boʻyicha dalillardan hukmlarni ishlab
chiqadilar. Quduriyning50 (362/972-428/1036) “Muxtasar” asarining matnini
tanqidiy oʻrgangan, tasʼhih va tahrir qilgan Zaynuddin Qosim ibn Qutlubugʻo
(802/1399-876/1474) Qozixonning “Muxtasar” matni boʻyicha kiritgan tuzatishlari
va tahrirlarini eng ishonchli va eng sahih deb aytgan51. Shuningdek, Ibn Qutlubugʻo
“Qozixonning tuzatishlari boshqalarning tuzatishlaridan muqaddam qoʻyiladi,
46 Муминов А.К. Роль и место ханафитских улама в жизни городов Центрального Мавараннахра (II-VII/VIII-
XIII в): Дис. докт. ист. наук. – Ташкент: ТИУ, 2003. – Б. 220.
47 Taqiyyuddin Abdu-l-Qodir at-Tamimiy. At-Tabaqot as-saniyya fi tarojim al-hanafiyya. 4 jildli / Abdulfattoh
Muhammad Al-Hilvu tahriri ostida. – Ar-Riyod: Dar ar-Rifaʼiy, 1983. – J. 3. − B. 115.
48 Usul – Abu Hanifa tomonidan ishlab chiqilgan va uning Qur’on va hadisdan shar’iy hukmlarni ishlab chiqishda
qo‘llagan usul va qoidalari.
49 Furu’ – ishlab chiqilgan masalalar, fatvolar.
50 Abu-l-Husayn Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Jaʼfar ibn Hamdon al-Quduriy al-Bag‘dodiy (362/972-
428/1036). Qarang: Brockelmann, GAL. – J. 1. − B. 174 (199).
51 Zaynuddin Qosim ibn Qutlubug‘o. At-Tarjih va at-Tasʼhih ala Muxtasar al-Quduriy. 1 jildli / Ziyo Yunus tahriri va
tahqiqi ostida. − Bayrut: Dar al-kutub alilmiyya, 2002. − B. 134.
chunki u “faqihun-nafs” (nafs fiqhining olimi)dir” degan52. Shuningdek, Hoji Xalifa
Faxruddin Oʻzjandiyning fatvo va qarashlari hukm va fatvo chiqarish maqomida
boʻlganlar uchun tavsiya etilishini aytib oʻtgan53.
XIX asrning yetuk tadqiqotchi olimlaridan boʻlgan Shihobuddin Marjoniy
(1233/1817-1306/1888) Ibn Kamol Poshoning mujtahidlar darajalari xususidagi
tartibini tanqid ostiga olib, har bir tabaqa borasida toʻxtalib oʻtgan. Marjoniy
“mazhab ichida mujtahidlar” tabaqasi deb atalgan ikkinchi tabaqa faqihlari: Abu
Yusuf, Imom Muhammad va Zufarlarni mutlaq darajadagi mujtahidlar ekanini
taʼkidlaydi. “Masalada mujtahidlar” tabaqasi deb nomlangan uchinchi tabaqa
vakillari: Al-Xassof, At-Tahoviy va Al-Karxiylar juda koʻp masalalarda Abu
Hanifaning qarashlariga qoʻshilmaganliklari va ularning usul qoidalari va furuʼ
masalalari oʻzlarining qarashlariga ega ekanliklarini aytib oʻtadi. Biroq, Marjoniy
Qozixonni ular darajasiga qoʻshmaydi.
Marjoniy “asʼhobut-taxrij” tabaqasi deb nomlangan toʻrtinchi tabaqa vakillari
ichida keltirilgan Abu Bakr Ar-Roziy haqida gapirib, uning muqallid emas, mujtahid
darajasida ekanini, shuningdek, uning uchinchi tabaqa vakillaridan ustun turishini
dalillar bilan isbotlaydi. Shuningdek, Marjoniy “asʼhobut-tarjih” tabaqasi deb
nomlangan beshinchi tabaqa faqihlari: Quduriy va Burhonuddin Margʻinoniyni
Qozixondan darajada ustun turishlarini taʼkidlagan54.
Imom Laknaviy “Al-Jome us-sagʻir” asarining sharhiga yozgan
muqaddimasida Ibn Kamol Poshoning faqihlar darajalari boʻyicha soʻzlarini
keltirib, unga raddiya sifatida Marjoniyning soʻzlarini zikr etgan55. Marjoniyning
tanqidiy qarashlari Qozixonning ilmiy darajasini quyiga tushirishga emas, balki
qolgan faqihlarning ham darajalarini yuqori ekanini koʻrsatishga qaratilgan boʻlgan.
Muhammad Abu Zahra ham Ibn Kamol Posho tasnifining ayrim nuqtalariga
eʼtiroz bildirgan. Abu Zahraning xulosalariga koʻra, Qozixon mazhab asoschisi
boʻlgan “Abu Hanifa va uning shogirdlaridan rivoyat kelmagan masalalarni
dalillardan ishlab chiqadigan asʼhobut-taxrij” tabaqasiga mansub ekani maʼlum
boʻladi.
52 Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya / Ahmad Az-Zaʼbiy tahriri ostida.
− Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998. – B. 111.
53 Mustafo ibn Abdulloh ar-Rumiy al-Hanafiy ash-Shahir bi-Hoji Xalifa va Kotib Chalabiy. Kashf az-zunun an asmo
al-kutub va-l-funun. 2 jildli / Muhammad Sharafuddin tahriri ostida. − Dor ihyo at-turos al-arabiy, 1981. – J. 2. – B. 144.
54 Marjoniy Ibn Kamol Posho Quduriy va Burhonuddin Marg‘inoniyni “asʼhobut-tarjih” tabaqasidan deb aytgan,
Qozixonni esa mujtahidlar tabaqasidan ekanini aytgan, Holbuki, Quduriy Burhonuddindan avval yashagan va undan
ilmda ustun bo‘lgan. Shunday ekan, “Qozixondan ustun bo‘lmasin”, deb yozadi. Shuningdek, Marjoniy Burhonuddin
Marg‘inoniyning Qozixondan darajada ustun turishini aytib shunday deb yozadi: “Hidoya” sohibi o‘z davrining
benazir faqihlaridan bo‘lgan. Uning davridagi Faxruddin Qozixon va Imom Zaynuddin Al-Attobiy kabi olimlar uning
fazli va peshqadamligini eʼtirof etganlar”. Qarang: Shihobuddin Al-Marjoniy. Nozuratul-Haq. – B. 210-211.
55 Abu-l-Hasanot Abdu-l-Hay Al-Laknaviy. An-Nofe Al-Kabir sharh Al-Jomeu-s-Sag‘ir. 1 jildli. – Karachi: Idaratu-l-
Qurʼani va-l-ulum va-l-islamiyya, 1990. – B. 11-12.
Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, Qozixonni Abu Bakr Al-
Xassof, Abu Jaʼfar At-Tahoviy, Abu-l-Hasan Al-Karxiy, Shamsu-l-aʼimma Al-
Halvoniy va Shamsu-l-aʼimma As-Saraxsiylar qatorida zikr qilingani uning yuksak
ilmiy daraja egasi boʻlganini koʻrsatadi. Tadqiqotlar natijalariga koʻra, Faxruddin
Oʻzjandiy Abu Hanifa va uning shogirdlaridan rivoyat kelmagan masalalarni
dalillardan ishlab chiqadigan “asʼhabut-taxrij” tabaqasidan boʻlganini aytish
mumkin. Bu esa, oʻz oʻrnida, alloma ijodini oʻrganish tadqiqotchilar uchun
qanchalar ahamiyatli ekanini koʻrsatadi.
Faxruddin Oʻzjandiyning katta bobosi Abdu-l-Aziz ibn Abdur-Razzoq ibn Abu
Nasr ibn Jaʼfar ibn Sulaymon al-Margʻinoniy 477/1084-yili 68 yoshda Margʻinonda
vafot etgan. U XI asrda Movarounnahrda fiqh sohasida faoliyat olib borgan yetuk
faqihlardan hisoblanadi.
Samʼoniy va Qurashiylarning keltirgan maʼlumotlariga koʻra, Abdu-l-Aziz ibn
Abdur-Razzoq mudarrislik va muftiylik salohiyatiga ega boʻlgan olti oʻgʻilni
tarbiyalagan. Ularning hammalari uydan birga chiqqanlarida odamlar: “Mana bir
uydan olti muftiy chiqib kelishyapti!” - deyishardi.
Faxruddin Oʻzjandiyning bobosi Shamsu-l-aʼimma Mahmud ibn Abdu-l-Aziz
al-Oʻzgandiy yetuk faqihlardan boʻlib, u oʻzining oʻgʻli Mansur, jiyani Hasan ibn
Aliy va Faxruddin Oʻzjandiylarga fiqh ilmidan dars bergan.
Faxruddin Oʻzjandiyning otasi Mansur ibn Mahmud ibn Abdu-l-Aziz ham
faqih boʻlganligini “Fatovoi Qozixon” asarining oxirgi sahifasida kelgan quyidagi
soʻzlardan bilish mumkin. Unda shunday deyilgan: “ هذا آخر فتاوى الشيخ أبي المحاسن
.”الحسن بن القاضي الإمام الأجلّ بدر الدين منصورTarjimasi: “Bu buyuk imom Badruddin
Mansurning oʻgʻli Shayx Abu-l-Mahasin Hasan fatvolarining oxirgisidir”56.
Faxruddin Oʻzjandiy bobosidan ilm olib, uning tarbiyasida boʻlganidan otasining
erta vafot etganini xulosa qilish mumkin.
Faxruddin Oʻzjandiyning amakilari va ularning oʻgʻillari faqih boʻlganliklari
haqida maʼlumotlar mavjud. Abdulhay Laknaviy Faxruddin Oʻzjandiyning
ustozlaridan va otasining amakivachchasi boʻlgan Zahiruddin Hasan ibn Aliy ibn
Abdu-l-Aziz haqida maʼlumot berib: “Zahiruddin Hasan al-Margʻinoniyning (vaf.
600/1203-y.) otasi Aliy ibn Abdu-l-Aziz (vaf. 560/1164-y.) va bobosi Abdu-l-Aziz
ibn Abdu-r-Razzoq (vaf. 477/1084-y.), amakisining nevarasi Hasan ibn Mansur (vaf.
592/1195) va singlisining oʻgʻli “Xulosatu-l-Fatovo” asarining muallifi Tohir ibn
Ahmad (vaf. 542/1147) haqida quyida maʼlumotlar keltiriladi...”57 degan va ularning
barchalarini faqih boʻlganliklarini zikr qilgan.
56 Fatovoi Qodixon. OʻzR FASHI 11228. – J. 4. – B. 503.
57 Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya / Ahmad Az-Zaʼbiy tahriri ostida.
− Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998. – B. 108.
Tabaqot kitoblarida Faxruddin Oʻzjandiyning katta bobolari va amakilarining
ismlariga “Margʻinoniy” nisbasi qoʻshib keltiriladi. Biroq uning bobosi Mahmud ibn
Abdu-l-Azizning ismi “Oʻzjandiy” nisbasi bilan keltirilgan. Oʻzjand shahri oʻsha
davrda siyosiy ahamiyatga ega boʻlsa-da, Movarounnahr diyorining chet hududida
joylashgan edi. Aksincha, Margʻinon ilm markazlariga nisbatan yaqin va bir qancha
yetuk faqihlarning yetishib chiqqani bilan mashhur boʻlgan.
Faxruddin Oʻzjandiyning bobosi Mahmud ibn Abdu-l-Aziz oʻzining ustozi
Shamsu-l-aʼimma Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy (vaf. 483/1090-
y.) bilan Oʻzgandda boʻlgani maʼlum. Ustozining orqasidan Oʻzjandga ilm izlab
kelgan Mahmud ibn Abdu-l-Aziz oʻsha yerda uylanib, joylashgan va “Oʻzjandiy”
nisbasini olgan. Demak, uning farzandlari va nabiralari ham Oʻzjandda tavallud
topgan.
Shulardan xulosa qilib, Faxruddin Qozixonning bobolari va amakilariga
“Margʻinoniy” nisbasi qoʻshilsa-da, uning otasi va oʻziga “Oʻzjandiy” nisbasi
qoʻshilgan.
Faxruddin Oʻzjandiy ustozlarining silsilasi quyidagi tartibda berilgan:
Faxruddin Qozixon (vaf. 592/1195-y.) Zahiruddin Hasan ibn Aliy al-
Margʻinoniydan (vaf. 600/1203-y.), u kishi Burhonuddin al-Kabir Abdu-l-Aziz ibn
Umar ibn Moza (vaf. 517/1123-y.) va Mahmud ibn Abdu-l-Aziz al-Oʻzjandiydan,
ular Shamsu-l-aʼimma Muhammad ibn Ahmad As-Saraxsiydan (vaf. 483/1090-y.),
u Shamsu-l-aʼimma Abdulaziz ibn Ahmad Al-Halvoniydan (vaf. 449/1057-y.), u Al-
Husayn ibn Xadr Abu Aliy an-Nasafiydan (vaf. 424/1033-y.), u Abu Bakr
Muhammad ibn Fazl al-Buxoriydan (vaf. 381/991-y.), u Abdulloh ibn Muhammad
ibn Yaʼqub as-Subazmuniydan (258/871-340/971), u Muhammad ibn Ahmad ibn
Hafs Abu Hafs As-Sagʻirdan (vaf. 264/877-y.), u otasi Ahmad ibn Hafs ibn
Zabruqon Abu Hafs Al-Kabirdan (vaf. 150/-217/), u Imom Muhammad ibn Hasan
ash-Shayboniydan (131/748-189/805 yy.), u zot esa Abu Hanifadan (80/699-
150/767 yy.) ilm olgan.
Faxruddin Oʻzjandiy koʻp ustozlardan fiqh ilmini oʻrgangan. Ularning
mashhurlari quyidagilar:
1. Abu-l-Mahasin Zahiruddin Hasan ibn Aliy ibn Abdu-l-Aziz al-Margʻinoniy
(vaf. 600/1203-y.). Tabaqot kitoblarida u kishi “Al-Aqziya va-sh-Shurut”, “Al-
Fatovo az-Zahiriyya”, “Al-Favoid” va boshqa kitoblarni yozib qoldirgani aytilgan58.
Bu shaxs Faxruddin Oʻzjandiyning otasi Mansur ibn Mahmud bilan amakivachcha
boʻlgan. Abdu-l-Qodir al-Qurashiy yanglish oʻlaroq Aliy ibn Abdu-l-Azizni
58 Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya / Ahmad Az-Zaʼbiy tahriri ostida.
− Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998. – B. 107.
Faxruddin Oʻzjandiyning ustozi deb aytgan59. Laknaviy esa, buning xato ekanini
taʼkidlab, Qozixonning ustozi Zahiruddin al-Kabir Aliy ibn Abdu-l-Aziz emas, balki
Hasan ibn Aliy ibn Abdu-l-Aziz ekanini aytgan60.
Ikki tabaqot kitoblarida keltirilgan maʼlumotlarni qiyosiy oʻrganish natijasida
Zahiruddin al-Kabir Aliy ibn Abdu-l-Azizning (vaf. 560/1164-y.) vafot etgan yilidan
kelib chiqib, shuningdek ularning bir-biriga yaqin qarindosh ekanini eʼtiborga olib
Faxruddin al-Oʻzjandiy undan ilm oʻrgangan boʻlishi mumkin, degan xulosaga
kelish mumkin.
2. Mahmud ibn Abdu-l-Aziz ibn Abdur-Razzoq al-Oʻzjandiy. Uning tavallud
topgan va vafot etgan yillari maʼlum emas. Bu kishi Faxruddin Oʻzjandiyning
bobosi boʻlib, tabaqot kitoblarida “olti muftiy” aka-ukalarning ikkinchisi oʻlaroq
keltirilgan.
3. Ruknu-l-Islom Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Ismoil ibn Ahmad ibn Isʼhoq ibn Shis
ibn Hakam as-Saffor Al-Ansoriy al-Voiliy al-Buxoriy. Bu kishi Buxoroda
460/1067-yili tavallud topib, 534/1139-yili oʻsha yerda vafot etgan. U “Talxis az-
zohidiy”, “Talxis al-Adilla liqavaʼid at-tavhid” va “Kitab as-sunna va-l-jamoa”
nomli asarlarni yozib qoldirgan. Abu Isʼhoq as-Saffor Buxoro faqihlarining
boshligʻi (raisi) boʻlgan. Amir va xonlarga koʻp nasihat qilgani, ularga odilona
talablar qoʻygani sababli Sulton Sanjar uni Marvga surgun qildirib, oʻsha yerda
yashashga majbur qilgan. Faxruddin Oʻzjandiy undan fiqh ilmini oʻrgangan.
4. Nizomuddin Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Aliy Al-Margʻinoniy (vafot etgan yili
maʼlum emas) Faxruddin al-Oʻzjandiyning ustozlaridan boʻlib, unga fiqh ilmini
oʻrgatgan.
Tabaqot kitoblarida Faxruddin al-Oʻzjandiy yetishtirgan bir qancha
faqihlarning ismlari keltirilgan. Ular quyidagilar:
1. Abu-l-Mahamid Jamoluddin Mahmud ibn Ahmad ibn Abdus-Sayyid ibn
Usmon ibn Nasr ibn Abdu-l-Malik al-Hasiriy. U Faxruddin al-Oʻzjandiyning xos
talabalaridan boʻlib, uning qoʻlida ulug‘ faqih boʻlib yetishgan. U Nishopurda
Muʼayyad at-Tovusiyning qoʻlida Imom Muslimning “Sahih” asarini oʻrgangan,
Shom diyoriga borib, “Nuriyya” madrasasida dars bergan. Jamoluddin al-Hasiriy
Buxoroda 546/1151-yili tavallud topib, Damashqda 636/1238-yili vafot etgan.
Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning “Al-Jome al-Kabir” va “As-Siyar al-
Kabir” asarlariga sharh yozgan. Tabaqot kitoblarida “Al-Jome al-Kabir” asariga
ikkita sharh yozgani aytilgan. Ulardan biri uzun boʻlib, “At-Tahrir” deb nomlangan.
59 Abu Muhammad Abdu-l-Qodir ibn Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad al-Qurashiy al-Misriy. Al-Javohir almuziyʼa fi tabaqot al-hanafiyya. 5 jildli / Abdulfattoh Muhammad al-Xulv tahriri ostida. – Qohira: Hijr, 1993. – J. 2.
– B. 576.
60 Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya / Ahmad Az-Zaʼbiy tahriri ostida.
− Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998. – B. 205.
Shuningdek, uning “Muxtasar” va ikki jilddan iborat “Xoyru matlub fi-l-ilm al-
margʻub” nomli fiqhga oid asar yozib qoldirgani maʼlum.
2. Shamsu-l-aʼimma Abu-l-Vujd Muhammad ibn Abdu-s-Sattor ibn
Muhammad al-Kardariy al-Imadiy (559/1163-642/1244 yy.). Laknaviy yanglish
oʻlaroq uning tugʻilgan sanasini 599/1164-hijriy yil deb koʻrsatgan. Bunday holda u
Faxruddin Qozixondan dars olmagan boʻlib qoladi. Boshqa tabaqot kitoblarida
uning tugʻilgan sanasi 559/1163-yil deb koʻrsatilgan. U Buxoroda vafot etib,
Abdulloh ibn Muhammad as-Subazmuniyning qabri yonida dafn qilingan. U
Faxruddin Qozixon al-Oʻzjandiy, Imoduddin Umar ibn Bakr az-Zaranjariy (vaf.
584/1188-y.), Burhonuddin al-Margʻinoniy (vaf. 552/1157-y.), Badruddin Umar ibn
Abdu-l-Karim al-Varsakiy (vaft. 594/1197-y.), Sharafuddin Umar ibn Muhammad
al-Aqiliy (vaf. 576/1180-y.) kabi zamonasining yetuk allomalaridan dars olgan.
Laknaviy Faxruddin Al-Oʻzjandiyni Muhammad Al-Kardariyning eng ulugʻ
ustozlaridan deb aytgan. Al-Kardariy “Muxtasar Husomuddin al-Axsikatiy” asarini,
shuningdek, “Al-Haqqu-l-mubin fi dafʼi shubuhot al-mubtilin” yoki “Ad-Durra al-
Munifiyya fi intisor al-Imam al-Aʼzam Abu Hanifa” deb nomlangan risolasini yozib
qoldirgani maʼlum. Risolada Imom Gʻazzoliyning Imom Abu Hanifaga qarshi
taʼnalariga javoban olti fasldan iborat raddiya yozgan.
3. Najmuddin Yusuf ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Xorazmiy al-Xosiy (vaf.
634/1236-y.)61. U Faxruddin al-Oʻzjandiy va As-Sadr ash-Shahid Husomuddin
Umardan fiqh ilmini oʻrgangan. U “Muxtasaru-l-fusul”, “Al-Fatava as-Sugʻro” va
“Al-Fatava al-Kubro” nomli asarlarni yozib qoldirgan.
4. Iftixoruddin Tohir ibn Ahmad Abdur-Rashid ibn Husayn al-Buxoriy
(482/1089-542/1147 yy.). U “Masalada mujtahid” maqomiga erishgan faqihlardan
boʻlgan, Movarounnahr hanafiy mazhabi shayxi deya taʼriflangan. Iftixoruddin al-
Buxoriyning togʻasi Zahiruddin Hasan ibn Aliy Faxruddin Qozixon al-
Oʻzjandiyning amakivachchasi boʻlgan. U Faxruddin Qozixondan fiqh ilmini
oʻrgangan. Uning “Xulosatu-l-Fatovo”, “Al-Voqeot”, “Kitob an-Nisob” nomli
asarlarni yozib qoldirgani maʼlum.
5. Najmu-l-aʼimmati al-Hakimiy (vafot yili maʼlum emas). Laknaviy uni
Faxruddin Qozixonning shogirdi deb aytgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Qozixonning nafaqat ustozlari, balki u
yetishtirgan shogirdlari ham zamonasining zabardast allomalari boʻlishgan.
Ularning ijodlari hozirgi kunga qadar oʻrganib kelinmoqda. Demak, bu holat
Faxruddin Oʻzjandiyning oʻsha davr fiqh maktabining zabardast va oʻz mavqeiga
ega faqihi boʻlganini koʻrsatadi.
61 Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya / Ahmad Az-Zaʼbiy tahriri ostida.
− Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998. – B. 226.
Tabaqot kitoblarida Faxruddin Oʻzjandiyning bir qancha asar yozib qoldirgani
haqida maʼlumotlar kelgan. Ularning ayrimlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi
kunga qadar Faxruddin Oʻzjandiyning toʻrtta asari haqidagi maʼlumotlar oʻz
tasdigʻini topgan. Ular quyidagi asarlardir:
1. “Fatovoi Qozixon” asari .(فَتَاوَى قَاضِيخَان)
2. “Sharh al-Jome as-Sagʻir” asari (ِ.( َشرْحُ الْجَامِعِ الصَّغِير
Mazkur asar ikki juzdan iborat boʻlib, u Imom Muhammad ibn Hasan ash-
Shayboniydan rivoyat qilingan “Zohirur-rivoya” nomli toʻplam tarkibiga kiruvchi
“Al-Jome as-Sagʻir” asariga yozilgan muhim sharhlardan biridir. Asarda “Al-Jome
as-Sagʻir” asarining matni sharhdan ajratib yozilmagan. Muallif, “Fatovoi Qozixon”
asarida kelganidek, avval Abu Hanifa, u kishining shogirdlari va boshqa hanafiy
faqihlar, Imom Molik, Imom Shofeʼiy va tobein mujtahid faqihlardan keyin oʻzining
qarashini zikr etgan.
Mazkur asarning qoʻlyozma nusxalari Istanbul “Millet” kutubxonasida 752
raqami ostida, “Hasan Pasha II” kutubxonasida 4230 raqami ostida, “Süleymaniye”
kutubxonasida 00436, 01687, 01690, 00852, 00853 va 00668 raqamlari ostida
saqlanmoqda. Shuningdek, Karl Brokkelman asarning qoʻlyozma nusxalari
Qohirada 74 raqami ostida, Iskandariyada 32 raqami ostida, Rampurda 206 raqami
ostida, Tunisdagi “Az-Zaytuna” kutubxonasida 2119 raqami ostida saqlanayotgani
haqida yozgan.
3. “Sharh az-Ziyodot” asari (ِ.( َشرْحُ ال ِّزيَادَات
Ushbu asar ham Imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning “Az-
Ziyodot” nomli asariga yozilgan sharhdir. Ushbu sharhning ilmiy qiymati va oʻziga
xosligi shundaki, muallif unda avval fiqhiy qoidalardan iborat tamalni keltirib, soʻng
ular asosida masalalarni keltirgan.
Asarning qoʻlyozma nusxalari Istanbul “Millet” kutubxonasida 761, 762
raqamlari ostida, “Süleymaniye” kutubxonasida 00974, 01708, 01707, 01706,
00381 raqamlari ostida, “Selimiye” kutubxonasida 824 raqami ostida saqlanadi.
Shuningdek, Karl Brokkelman asarning qoʻlyozma nusxalari Iskandariyada 1330
raqami ostida, Berlinda 1191 raqami ostida, Bagʻdodda 4050 raqami ostida
saqlanayotganini yozgan.
4. “Kitab masaʻil al-g‘urur” asari (ِ.( ِكتَابُ مَسَائِلِ الْغ ُُرور
Karl Brokkelmanning yozishicha, ushbu asarning qoʻlyozma nusxasi Berlin
Davlat kutubxonasida saqlanmoqda. Kavakji mazkur asarning mustaqil asar ekanini
shubha ostiga olgan.
Faxruddin Oʻzjandiyning hozirgi davrga qadar yetib kelmagan asarlari:
1. “Sharh al-Jome al-kabir” (ِ ( َشرْحُ الْجَامِعِ الْكَبِيرasari.
Ushbu asar haqida faqat Ismoil Posho, shuningdek, Hoji Xalifa “Al-Jome al-
kabir” asarining sharhlari qatorida zikr etgan. Qozixonning ushbu asarga sharh
yozganini uning “Sharh al-Ziyodot” asarida “Biz bu haqda “Al-Jome al-kabir”
asarida aytib oʻtganmiz” degan soʻzi ham isbotlaydi.
2. “Sharhu adab al-Qoziy” (ِ ( َشرْحُ أَدَب الْقَاضِي للْخَصَّافasari. Uning qoʻlyozma
nusxalari hozirgacha aniqlanmagan.
3. “Al-Voqeot” (ُ (الْوَاقِعَاتasari.
4. “Al-Amaliy fil-fiqhi” (ِ (الْأ ََمالِي فِي الْفِقْهasari.
Hoji Xalifa ushbu asarni “Amaliy al-Imam Faxruddin Qozixon” deb keltirgan.
Shamsuddin Zahabiy oʻzining “Siyaru-l-Aʼlom” asarida “Men koʻrgan koʻp
oʻrinlarda imlo qildirgan”, deb yozgani asar xususida aytilgan boʻlishi mumkin.
Shuningdek, Zahabiy “Tarixu-l-Islom” asarida “Men uning “Al-Amaliy” asarining
bir jildini besh yuz sakson toʻqqizinchi yili koʻrganman” deb yozgan.
5. “Al-Mahodir” (ُ (الْمَحَاضِرasari.
6. “Adab al-fuzalo fi-l-lugʻati” (آدابُ الْف َُضلَاءِ فِي اللُّغ َِة)asari.
Ushbu asarning Qozixon qalamiga mansub ekani haqida faqat Ismoil Posho
“Hadiyya al-orifin” asarida maʼlumot keltirgan.
Faxruddin Qozixon qoldirgan ilmiy meros asosan fiqh ilmiga bagʻishlangan
boʻlib, uning asarlari aholi oʻrtasida yuzaga kelgan ijtimoiy-huquqiy muammolarni
hal qilishda asosiy qoʻllanma vazifasini bajargan. Shundan xulosa qilib, mazkur
alloma ilmiy merosini oʻrganish tariximizning huquqiy jihatini yoritishda katta hissa
qoʻshadi deb aytish mumkin.
Faxruddin Oʻzjandiy Qoraxoniylar davrida Buxoroda qozi vazifasiga
tayinlangan. Uning Oli Moza oilasiga muxolif boʻlgan Ibrohim ibn Abu Nasr As-
Saffordan dars olgani uning bu mansabga oʻtirishiga toʻsqinlik qilmagan. Faxruddin
Oʻzjandiyning bobosi Mahmud ibn Abdu-l-Aziz Al-Oʻzjandiy va Abdu-l-Aziz ibn
Umar ibn Mozalarning bir ustoz Shamsu-l-aimma As-Saraxsiydan dars olishgani,
shuningdek, Faxruddin Oʻzjandiyning ustozlaridan biri boʻlgan Zahiruddin al-Hasan
ibn Aliy al-Margʻinoniyning ham Abdu-l-Aziz ibn Umar ibn Mozadan fiqh ilmini
oʻrgangani buni isbot etadi. Shuningdek, Qoraxoniy xoqonlar oʻz hokimiyatini
mustahkamlash uchun mansablarga oʻzlariga xayrixoh boʻlgan ulamolarni
tayinlashga intilishgan. Shulardan xulosa qilib aytish mumkinki, Faxruddin
Qozixonning Qoraxoniylar tomonidan qozilik mansabiga tayinlangani u kishining
nafaqat faqih va qozi, balki ayni vaqtda hokimiyatni qoʻllagan faqihlardan ham
boʻlganiga ishora qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Geschichte der Arabischen Litteratur. 3 jildli. – J. 1. − Weimar-Berlin: Verlag von Emil
Felber, 1898.
2. Abu Muhammad Abdu-l-Qodir ibn Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad al-Qurashiy
al-Misriy. Al-Javohir al-muziyʼa fi tabaqot al-hanafiyya. 5 jildli. – J. 2. – Qohira: Hijr, 1993.
3. Abu-l-Hasanot Abdu-l-Hay Al-Laknaviy. An-Nofe Al-Kabir sharh Al-Jomeu-s-Sag‘ir. –
Karachi: Idaratu-l-Qurʼani va-l-ulum va-l-islamiyya,1990.
4. Ahmad ibn Mustafo Toshkubrizoda. Miftoh as-saoda va masobih as-siyoda. 3 jildli. – J.
2. – Qohira: Dor al-kutub al-ilmiyya, 1985.
5. Zaynuddin Qosim ibn Qutlubug‘o. At-Tarjih va at-Tasʼhih ala Muxtasar al-Quduriy. −
Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 2002.
6. Ibn al-Imod Abdulhay ibn Ahmad ad-Dimashqiy. Shazarot az-zahab fiy axbor man zahab.
10 jildli. – J. 6. – Bayrut: Dor ibn Kasir, 1986.
7. Ismoil Posho al-Bag‘dodiy. Hadiyyatul-orifin. 2 jildli. – J.1. − Bayrut: Dor ihyo at-turos
al-arabiy, 1951.
8. Kahhola Umar Rizo. Mu’jam al-muallifin. 4 jildli. – J. 1. – Bayrut: Muassasa ar-risola, 1993.
9. Муминов А.К. Роль и место ханафитских улама в жизни городов Центрального
Мавараннахра (II-VII/VIII-XIII в): Дис. докт. ист. наук. – Ташкент: ТИУ, 2003.
10. Mustafo ibn Abdulloh ar-Rumiy al-Hanafiy ash-Shahir bi-Hoji Xalifa va Kotib Chalabiy.
Kashf az-zunun an asmo al-kutub va-l-funun. 2 jildli. – J. 2. − Dor ihyo at-turos al-arabiy, 1981.
11. Muhammad Abdulhay al-Laknaviy. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya. −
Bayrut: Dar al-Arqam ibn Arqam, 1998.
12. Taqiyyuddin Abdu-l-Qodir at-Tamimiy. At-Tabaqot as-saniyya fi tarojim al-hanafiyya. 4
jildli. – J. 3. – Ar-Riyod: Dar ar-Rifaʼiy, 1983.
13. Fatovoi Qodixon. OʻzR FASHI, 11228. – J. 4.
14. Xayruddin az-Zirikliy. Al-Alom qomus tarojim lish-shuhuri ar-rijol va-n-niso min al-arab
va-l-mustaʼribin va-l-mustashriqin. 8 jildli. – J. 2. − Bayrut: Dor al-ilm li-l-malayin, 2002.
15. Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad Az-Zahabiy. Siyaru-l-Aʼlom an-Nubalo. 29 jildli. –
J. 21. – Bayrut: Muassasa ar-Risala, 1985.