ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Professional ta’limda pedagogik ilm-fanni rivojlantirish

Muxiddin Toshov

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

PROFESSIONAL TA’LIMDA PEDAGOGIK ILM-FANNI
RIVOJLANTIRISH

Muxiddin TOSHOV,
Oriental universiteti,

Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi

Annotatsiya. Ushbu maqola pedagogika fanining professional ta’limni
rivojlantirish, undagi mavjud muammolarni ilmiy tadqiq etishga qaratilgan. Mazkur
masalalarni hal etishda ilmiy tadqiqotlar sifatini keskin ko‘tarish, uzluksiz ta’lim
tizimida professional mutaxassislar tayyorlashning nazariy-metodologik asoslarini
rivojlantirish, innovatsion pedagogik jarayonlarni tadqiq etish, tabaqalashtirilgan
ta’lim jarayoni, uzluksiz ta’lim tizimida fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlarni
yuqori sifat darajasiga ko‘tarish masalalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Uzluksiz ta’lim, pedagogika, ta’lim, tarbiya, metod, vosita, ilmfan, texnologiya, kasbiy ta’lim, mutaxassislik.

Анноция. Данная статья направлена на развитие профессионального
педагогического образования, научное исследование существующих в нем
проблем. Для решения этих вопросов необходимо резко повысить качество
научных исследований, разработать теоретико-методологические основы
подготовки профессиональных специалистов в системе непрерывного
образования, исследовать инновационные педагогические процессы,
дифференцировать образовательный процесс, увеличение фундаментальных и
прикладных научных исследований в системе непрерывного образования, и
вопросы повышения качества представлены.

Ключевые слова: Непрерывное образование, педагогика, образование,
воспитание, метод, инструмент, наука, технология, профессиональное
образование, специализация.

Annotation. This article is aimed at the development of professional
pedagogical education, scientific research of the problems existing in it. To solve
these issues, it is necessary to sharply improve the quality of scientific research,
develop theoretical and methodological foundations for training professional
specialists in the system of lifelong education, explore innovative pedagogical
processes, differentiate the educational process, increase fundamental and applied
scientific research in the system of lifelong education, and issues of quality
improvement are presented.

Key words: Continuing education, pedagogy, education, upbringing, method,
tool, science, technology, professional education, specialization.

Uzluksiz ta’lim tizimi va uni ta’minlovchi pedagogika fani o‘z mohiyatiga
ko‘ra kelajak uchun “ishlaydi”. Bunday obyektiv reallikni aks ettirish bilan ta’limni
va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish pedagogika fani oldiga uzoq muddatli
xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab strategik vazifalarni qo‘yadi. Shunday
vazifalar qatoriga mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanish
istiqbollarini hisobga olish bilan ta’limning turli darajalarida bilim berish, o‘qitish
hamda tarbiyalashning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy
shakllarining ilmiy ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘ladigan butun bir pedagogik
muammolar majmuasini o‘z ichiga oladi. Pedagogika fanida shunday dalil tobora
ko‘proq anglab yetilmoqdaki, bunga ko‘ra uzluksiz ta’limning yaxlit tizimiga xos
bo‘lib, uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, boshqariluvchanligi, prognostikligi,
ko‘p mezonliligi kabi integral sifatlari bilan birga bu tizimning nisbatan barqarorligi
va inertsionligi kabi obyektiv sifatlari ham bir qatorda turadi. Ta’lim tizimiga
nisbatan tashqi sohalarda ro‘y berib va to‘planib borayotgan o‘zgarishlar uzluksiz
va davriy ravishda mavjud ta’lim tizimining ilm-fan, texnika, texnologiya, ishlab
chiqarish, madaniyat va kundalik pedagogik amaliyotning dinamik talablariga
moslashib borishi muammosini bugungi kunda xorijiy davlatlarning tajribasini
o‘rgangan holda amalga oshirilmoqda. Shunga bog‘liq holda pedagogika fanida
tadqiqotchilik jarayonining sifat jihatidan samaradorligini oshirish, taraqqiyparvar
pedagogik va axborotli-innovatsion texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv-metodik
majmualarni ishlab chiqish, ta’lim mazmunini shakllantirish va kasbiy ta’limning
tabaqalashtirilgan holdagi turlari uchun davlat ta’lim standartlarini yaratish masalasi
o’z yechimini topmoqda.

Pedagogika fanini rivojlantirishning maqsadi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy
voqelikni, bozor islohotlarini, milliy-madaniy va tarixiy o‘ziga xosliklarni,
ma’naviy-axloqiy va intellektual merosni, umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish
bilan uzluksiz ta’lim tizimida dolzarb fundamental va amaliy tadqiqotlarni bashorat
qilish hamda ularni ishlab chiqish hisoblanadi. Yaqin istiqbolda va uzoq muddatli
davrlarda pedagogika fanidagi tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib
quyidagilarni hisoblash lozim bo‘ladi:

- Uzluksiz ta’lim tizimining amal qilishidagi nazariy-metodologik asoslarni,
uning strategiyasi va yangilanish taktikasini ishlab chiqish;

- Pedagogik ilmning, odam haqidagi bilimlarning umumiy tizimiga, yaxlit
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning taraqqiyparvar an’analari rivojlanishiga
integratsiyalanib borishi muammolarini tadqiq qilish;

- Pedagogikadagi innovatsion jarayonlarni atroflicha, keng tadqiq qilish,
yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashning ishonchli innovatsion metodikalarini yaratish;

- Kasbiy ta’limda o‘qitishning differensiallashgan shaklini tadqiq etish, uning
uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash; shaxsning kasbiy diagnostikalanishi,
moslashishi, kasb tanlashi, kasbiy yo‘naltirilishi, hayotida o‘z o‘rnini topa olishi
masalalarini tadqiq qilish;

- Shaxsning o‘ziga xosliklari, uning iqtidori va intellekti, ijtimoiy hamda kasbiy
shakllanishini hisobga olgan holda mavjud bo‘lgan psixologik-pedagogik
muammolar va qonuniyatlarini o‘rganish;

- “Davlat-jamiyat-jamoa-shaxs” tizimidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmlarini
ochib beruvchi ijtimoiy-psixologik muammolar;

- Ta’lim mazmunining yangilanishi, uzluksiz ta’lim tizimining barcha
darajalaridagi uning asosiy va ko‘maklashuvchi komponentlari orasidagi optimal
nisbatlarni aniqlash;

- O‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni
yaratish va ulardan foydalanish, taalluqli dasturiy-didaktik ta’minotni ishlab chiqish;

- Mos ravishda kompleks davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va ularni
joriy qilishning nazariy-metodik hamda tashkiliy asoslarini yaratish;

- Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini
yaratish hamda joriy etish;

- Rivojlanishida nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi va
ta’lim olishining psixologik-pedagogik hamda tibbiy-biologik asoslarini ishlab
chiqish;

- Ko‘p tillilik va ko‘p millatlilik sharoitlarida ona tilining amal qilishidagi
psixologik-pedagogik va metodik jihatlarini tadqiq qilish;

- Tarixiy-madaniy va ta’limiy an’analardan, etnopsixologiya, xalq
pedagogikasi va xalqaro madaniy-ta’limiy tizim vositalaridan mamlakatimizdagi
uzluksiz ta’lim tizimida foydalanish yo‘llari va metodlarini ilmiy ishlab chiqish va
joriy etish. 68

Bu ustuvor yo‘nalishlarning amalga oshirilishi quyidagilarni ta’minlash
imkonini beradi:

- Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari – ta’limgacha va ta’limdan
tashqari muassasalar, turli xil ko‘rinishdagi umumta’lim maktablari va kasbiy
ta’limning o‘quv muassasalarining organik o‘zaro bog‘liqligi, birligi va izchilligi
asosidagi tizimlilik;

68 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – B. 39.
www.lex.uz.

- Ta’lim mazmunining tanlab olinishi tamoyillari va mezonlarini, shuningdek,
o‘qitish shakllari va metodlarini takomillashtirish, milliy didaktika va xalqaro
tajribalarning zamonaviy yutuqlarini hisobga olish bilan eng ratsional va samarali
metodikalarni, texnologiyalarni tanlab olish hamda joriy etish asosida yangilash;

- Uzluksiz ta’lim tizimida ilg‘or psixologik-pedagogik, axborot
texnologiyalarini keng qo‘llash;

- Shaxsni rivojlanishda o‘qitish va tarbiyalashga oid shakllar hamda
metodlarning moslashuvchanligi, taraqqiyparvarligi va milliy-madaniy
xususiyatlari;

- Ta’lim, madaniyat, ilm-fan va ishlab chiqarishning har tomonlama
integratsiyalashuvi asosida ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarga ta’limning
moslashuvchanligi.69

Bunday faoliyatning asosiy natijalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Uzluksiz
ta’lim tizimining nazariy-metodologik asoslari; shaxsning, shu jumladan, o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar kontingenti (iqtidorli, xulq-atvori va
rivojlanishida nuqsoni mavjud o‘quvchilar)ning ta’lim olishlari hamda
shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaviy tizim; asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha davlat
ta’lim standartlari; o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodi (original darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, didaktik materiallar, o‘quv-metodik, me’yoriy hujjatlar, test
topshiriqlari va hokazo); zamonaviy axborot-pedagogik texnologiyalar; uzluksiz
ta’lim tizimi amal qilishi natijalarini va ta’lim sifatini baholash mezonlari hamda
tartiblari; yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda faoliyat olib borishga qodir
bo‘lgan professional mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalash. Shunday qilib,
turli bilim sohalaridagi olimlar va mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi va ular
faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirish sharoitlarida ilmiy-tadqiqot mavzulari hamda
muammolarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, mamlakatimizdagi
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning unumdorligini chuqurlashishiga olib keladi. Ko‘rib
chiqilayotgan muammolar doirasida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida
yagona pedagogika fani doirasida yangicha yo‘nalishi – pedagogik prognostikaning
rivojlanishi o‘ziga xos dolzarblikka egadir.70 Prognostik tadqiqotlarning birinchi
o‘rindagi vazifalarini hal qilishga imkon beruvchi umumlashtiruvchi,
tizimlashtiruvchi obyektlarni aniqlab olish va shu kabi ilmiy tadqiqotlarni samarali
amalga oshirish uchun konkret metodologik yo‘nalishlarni belgilab olish ham
muhim vazifalar qatoriga kiradi.71 Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanish

69 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni.
70 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni.
71 Ш.Курбонов, Э. Сейтхалилов. Таълим сифатини бошқариш. – Тошкент: Турон-Иқбол, 2006. – Б. 592.

istiqbollarini qanday pedagogik komponentlar belgilab beradi? Qaysi prognostik
asoslashni talab qiladi va qanday pedagogik komponentlarni bashorat (bu juda ham
muhimdir) qilish mumkin? Eng umumiy ko‘rinishda mana shunday obyektlar bo‘lib
o‘quv-tarbiyaviy jarayon (ta’limning har bir turiga nisbatan) va pedagogik tizim
(umuman olganda, butun ta’lim tizimiga nisbatan) hisoblanadi. Ta’lim tizimi
komponentlari qatoriga eng ko‘p ravishda o‘qitish maqsadi va mazmuni prognostik
asoslashni talab qiladi va ko‘proq darajada bashorat qilishni taqozo etadi.
Ravshanki, bu komponentlarni prognostik asoslashga va tizimli ravishda
korreksiyalab borishga hal qiluvchi tarzda bevosita ta’lim jarayonidagi o‘qitish
metodlari, vositalar va tashkiliy shakllarining tanlab olinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun ham o‘qitish maqsadlari va mazmunining didaktik bashorat qilinishi
pedagogik prognostikaning rivojlanishidagi ushbu bosqichda pedagogik
tadqiqotlarning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib namoyon bo‘ladi. Ko‘rinib
turibdiki, uzluksiz o‘quv-tarbiyaviy tizimni joriy etish uchun tadqiqotchilik
jarayonida o‘quv-tarbiyaviy tizimning barcha komponentlarini prognostik
asoslashga pedagogik tadqiqotlarning asosiy tamoyili sifatida qarash lozim.

Pedagogik bashoratlash deganda ta’lim faoliyatining mazmuni, shakllari,
metodlari va vositalarini optimallashtirish maqsadida pedagogik tadqiqotlar
obyektlari haqidagi axborotlarni olishning maxsus tashkil etilgan jarayonini
tushunish kerak. Ta’lim tizimiga nisbatan pedagogik bashorat qilishning
metodologik muammolarini tadqiq qilishga kirisha turib, eng avvalo pedagogikada
ilmiy-prognostik faoliyatning metodologiyasini hal qilishga jalb etilgan asosiy
vazifalarni aniqlab olish zarurdir.

Birinchidan, optimal faoliyat yuritishda ko‘p omillilikni hisobga olgan holda
uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishini ilmiy tadqiq etish jarayonini metodologik
asoslash haqida so‘z boradi. Bu borada mazkur sohadagi ilgarilanma axborotlarni
olishning falsafiy va gnoseologik muammolari hal qilinadi, pedagogik bashorat
qilishning dastlabki metodologik tamoyillari belgilab olinadi.

Ikkinchidan, metodologiya obyekti bo‘lib, ta’lim sohasida prognostik
tadqiqotlarni o‘tkazishdagi yondashuvlar hisoblanadi. Metodologiyaning vazifasi u
yoki bu yondashuvdan foydalanishning haqqoniyligi va maqsadga muvofiqligini
asoslashdan iboratdir.

Uchinchidan, pedagogik bashorat qilish obyektining u yoki bu tomonlari
haqida ilgarilanma axborotlarni olishning konkret prognostik metodlari va usullari
haqidadir. Asosiy vazifa bo‘lib u yoki bu metodning eng ahamiyatli belgilarini
ajratib olish, konkret pedagogik muammolarni hal qilishda undan amaliy jihatdan
foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Pedagogik hodisalarning
tadqiqotlarini rejalashtirish ko‘p omilliligiga bog‘liq holda ilmiy oldindan ko‘ra

bilish konsepsiyasi metodologik ahamiyatga ega bo‘ladi. Pedagogikada oldindan
ko‘rish faqat shunday vaziyatlarda natijador bo‘lishi mumkinki, bunda rivojlanish
tamoyiliga rioya etilgan holda pedagogik hodisalarga xos bo‘lgan qaramaqarshiliklar hisobga olingan bo‘lishi lozim. Ularning ayrimlari o‘quv-tarbiyaviy
jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lsa, ayrimlari uning borishini susaytirishi
mumkin. Pedagogik bashorat qilishning umumiy metodologik tamoyillarini bilish –
bu muvaffaqiyatli prognostik tadqiqotlarning zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan sharti
bo‘lib, ularning mahsuldorligi hal qiluvchi ravishda tashkil etilishidagi
yondashuvlarga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni prognostik tadqiq qilishga eng samarali
yondashuvlardan biri dasturiy-maqsadli yondashuv bo‘lib, u zamonaviy boshqaruv
nazariyasida tizimli, majmuaviy yondashuvning chuqurlashtirilishi va amaliy
yuzaga chiqarilishi vositasi tarzida olib boriladi.

Ta’lim – bu murakkab dinamik, o‘z-o‘zini tartibga solib turuvchi, ko‘p darajali,
o‘ziga xos rivojlanish omillariga ega bo‘lgan yaxlit tizim bo‘lib, u ko‘p tusdagi,
atrof-muhit bilan ma’lum bir o‘zaro munosabatlarda bo‘ladigan, o‘zaro bog‘langan
funksiyalarni amalga oshiradi. Mana shunday murakkab tizimni bashorat qilishda
bashoratlash shakllarini qo‘llash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning o‘ziga xos
farqli jihatlari tadqiq qilinayotgan obyektning majmuaviy anglanishidadir.72 Ular
ta’limni tadqiq qilishda tizimli tahlilning barcha talablaridan foydalanishga,
elementlarning ierarxikligini va ularning o‘zaro bir-biriga aloqadorligini topishga,
funksional bog‘liqliklarini ko‘rib chiqishga imkon beradi. Umuman, pedagogik
bashorat qilishni umumdavlat xizmati ilmiy tadqiqotlarining tarkibiy qismiga
aylantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat shunday vaziyatdagina o‘sib
kelayotgan yosh avlodni kasbiy o‘qitish va tarbiyalashning optimal tizimini
prognostik asoslashda kompleks yondashuvni to‘liq yuzaga chiqarish imkonini
beradi. Pirovard natijada ilm-fanning ta’lim jarayoni bilan aloqadorlik shakllarining
rivojlanishi davlat ta’lim standartlariga mos holda malakali kadrlarni tayyorlash
sohasida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, tarbiyalash
nazariyasi va didaktikasi sohasida ilmiy ishlanmalarni, ta’lim jarayonini tashkil etish
va ta’lim sifatini ta’minlash uchun ilmiy-metodik ishlanmalarni faollashtirishni
ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarda mustaqil
izlanuvchilarning faol ishtirok etishlarini rag‘batlantiradi, yoshlarning pedagogik va
ilmiy-texnik ijodkorligini faollashtiradi. Ta’lim amaliyotining ilmiy-tadqiqot
ishlarning natijalariga talabgorligini oshirish amaliyotchi pedagoglarni faol
tadqiqotchilik jarayoniga keng jalb etadi. Ilmiy muassasalarning joriy etayotgan
pedagogik texnologiyalari ta’sirchanligi, unumdorligini o‘rganish poligoni

72 Toshov M. Professional ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. – Toshkent: Effect-D,
2022. – B. 214.

sifatidagi tajriba-sinov maydonlari tarmog‘ining kengaytirilishini taqozo etadi;
mamlakatimiz va xorijdagi pedagoglar, hamda ta’lim muassasalari jamoalarining
ilg‘or pedagogik tajribalarini umumlashtirish va keng targ‘ib etishni maqsadli
yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Professional ta’lim tizimida pedagogik ilm-fanning
rivojlantirilishi, uning oldiga maqsadli aniq vazifalarning qo‘yilishi va tegishli
imkoniyatlar yaratilishi, albatta, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni
ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. www.lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori.

4. Ш.Курбонов, Э.Сейтхалилов. Таълим сифатини бошқариш. – Тошкент: Турон-
Иқбол, 2006.

5. Курбонов Ш. Развитие информационного пространства системы непрерывного
образования. – Ташкент, 1998.

6. Toshov M. Professional ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish. – Toshkent: Effect-D, 2022.