ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yaratiladigan multimediali elektron o‘quv adabiyotlarga qo‘yiladigan talablar

To‘lqin Isaqulov

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI
UCHUN YARATILADIGAN MULTIMEDIALI ELEKTRON O‘QUV

ADABIYOTLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

To‘lqin ISAQULOV,
Oriental universiteti,

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
kafedrasi dotsenti v.b.

Annotatsiya. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan
multimediali elektron o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan talablar, ta’lim jarayonida
foydalanish uchun ishlab chiqiladigan elektron darsliklar, hamda o‘quv kurslari
uchun bunday vositalarni yaratishga qo‘yiladigan talablar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Multimedia, elektron darslik, elektron o‘quv adabiyotlar.

Абстрактный. Представлены требования к мультимедийной
электронной учебной литературе, предназначенной для общеобразовательных
школ, электронным учебникам, разработанным для использования в учебном
процессе, и требования к созданию таких средств для учебных курсов.

Ключевые слова: Мультимедиа, электронный учебник, электронная
учебная литература.

Annotation. Requirements for multimedia electronic educational literature
intended for general secondary schools, electronic textbooks developed for use in
the educational process, and requirements for creating such tools for educational
courses are presented.

Keywords: Multimedia, electronic textbook, electronic educational literature.

Elektron darslik ishlab chiqish katta mahorat talab qiladigan va uzoq davom
etadigan jarayondir. Elektron darsliklar ta’lim jarayonida yaxshi samara berayotgan
va ularga katta ehtiyoj sezilayotgan hozirgi kunda har bir fan va kurs uchun bunday
vositalarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qoldi. Shu bois ham respublikamizda ayni
davrda elektron o‘quv nashrlarini joriy etish sohasida faoliyat amalga oshirilmoqda.
Bunda quyidagilar asosiy tushunchalar hisoblanadi: multimediali elektron o‘quv
adabiyoti (MEO‘A) - bular davlat ta’lim standarti asosida mutaxassislik va
yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida muhimroq bo‘limlariga oid nashrlar,
namunaviy va ishchi reja, shuningdek, mashqlar va masalalar to‘plami, xarita va

sxemalar albomi, tuzilmalarga oid atlaslar, xrestomatiya, diplom loyihasi bo‘yicha
ko‘rsatmalar, ma’lumotnoma, ensiklopediya, trenajyor kabilardir.79

MEO‘Ani arxivlangan fayl yoki fayllar ko‘rinishida internet saytiga
joylashtirish varianti ham mavjud. Shunday qilib, MEO‘A:

 o‘quv dasturiga mos kelishi va o‘quv-uslubiy nashrlarga qo‘yilgan talablarga
javob berishi kerak. Qo‘llanma umuman yangi yoki birinchi marta e’lon
qilinayotgan bo‘lishi, avval chop etilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning elektron
nusxasi bo‘lishi, shuningdek, umumiy, maxsus va fakultativ kurslarga mo‘ljallangan
bo‘lishi ham mumkin;

 o‘rganilayotgan kurs (yoki uning qismi)ning mazmunini ochib berishi, o‘quv
-uslubiy maqsadga erishish uchun yetarli hajmga ega bo‘lishi lozim;

 o‘quv-uslubiy maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali
elementlarni o‘z ichiga olishi, ya’ni unda kompyuterning multimediali
imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalanish zarur;

 qo‘llanma boshqa boblarga havola qilish, zarur bo‘lganda tashqi veb
manbalar va resurslarga ham murojaat qilishni o‘zida jamlashi kerak;

 o‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirish va mustaqil baholash uchun o‘zo‘zini tekshirish imkonini beruvchi nazorat savollariga ega bo‘lishi kerak.

MEO‘Ani yaratish jarayoniga turli yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni jalb
qilish zarur, hech bo‘lmaganda ularning fikrlarini o‘rganib chiqish kerak. Bu
mutaxassisliklarga quyidagilar kiradi:

 o‘qituvchi;
 psixolog;
 testolog – o‘qitish natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha mutaxassis;
 shakllar dizayneri yoki veb-usta;
 dasturchi.
Foydali MEO‘Ani faqat tajribadan o‘tgan axborot texnologiyalari va pedagogik
uslublar orqaligina ishlab chiqish mumkin.
MEO‘A ham xuddi boshqa qo‘llanmalar kabi ta’lim mazmunining tashuvchisi
va o‘qitish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda elektron o‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari mavjud:
Elektron dars (Ed) - kichik bir mavzuni o‘rganish bo‘yicha yaratilgan qisqa
kompyuter dasturi;
Elektron darslik (ED) - bir nechta elektron darslardan tashkil topgan o‘qitishning maqsadga erishishini ta’minlovchi yetarli darajada katta ma’lumot birligi;

79 А. Краснова, М. Беляев, В. Соловьев. Технологии создания электронных обучающих средств. – Москва:
МГИУ, 2002. – C. 304.

Elektron kurs (EK ) - bir nechta elektron darsliklardan tashkil topgan
o‘qitishning maqsadga erishishini ta’minlovchi funksional tamomlangan katta
ma’lumot birligi:

EK = {ED1 ,ED2 ,…,EDn},
ED = {ED1 ,ED2 ,…,EDn}.
Elektron darslikda ma’lumotlar joylashuvini quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin: chiziqli, daraxtsimon, to‘la bog‘liqlik.80
MEO‘Ani ishlab chiqishda quyidagi talablar e’tiborga olinadi:
 kompyuterda bayon qilingan qismning to‘liqligi, umumlashganlik darajasi va
o‘lchamlari;
 o‘qitishning individuallashish darajasi (yakkalashtirish);
 o‘qitishning tarixiyligini hisobga olish;
 dasturda tadqiq qilish zarur bo‘lgan ma’lumotlarning muloqot tipi;
 dasturni o‘quvchi tomonidan boshqarish imkoniyatlari va o‘lchamlari;
 tizimda boshqarish tipi (javobga qarab yoki jarayonga qarab), teskari aloqa
tipi (ochiq yoki yopiq);
 asosiy bloklar va ular orasidagi o‘zaro aloqa usullarining tarkibi.
Tatbiq darajasi o‘z ichiga ikki darajani qamrab oladi: pedagogik va dasturiy
tatbiq. Pedagogik tatbiq darajasi o‘rgatuvchi algoritm va harakat algoritmini o‘z
ichiga oladi va u ssenariy ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.
Dasturiy tatbiq darajasi o‘qitishning har qaysi vaqtida tizim qanday harakat
qilayotganini aniqlaydi.81
Dastur ssenariysi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
 jarayonda qatnashuvchilarning barchasiga tushunarli bo‘lishi;
 o‘qitishning istalgan vaqtida tizimdagi har bir qadamning yetarli va aniq
yoritilishini ta’minlash;
 o‘quvchilarning eng kutilmagan javoblariga tizimning javob holatlari
usullarining mavjudligi;
 o‘qitayotgan tizimning har qanday, hatto eng murakkab vaziyatga ham
adekvat ta’sirini ta’minlash;
 o‘qitishning barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining psixologik - pedagogik
o‘ziga xosligini hisobga olish;
 boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqa imkonini ta’minlash.
Dasturiy tatbiq darajasida ssenariy kompyuter uchun dasturga aylantiriladi.

80 А. Краснова, М. Беляев, В. Соловьев. Технологии создания электронных обучающих средств. – Москва:
МГИУ, 2002. – C. 304.
81 Isaqulov T.M. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatdagi interaktiv elektron o‘quv
qo‘llanmadan foydalanish. // Pedagogika. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 109-112.

Ya’ni, tarjima qilinadi. Bunda odatda dasturlash tillari yoki uskunaviy
tizimdan foydalaniladi. O‘rgatuvchi dastur sifati uni loyihalashda uch asosiy
tugun(masala)ning qay darajada asoslanganligiga bog‘liq:

 o‘qitish maqsadi (nimaga o‘qish?);
 o‘qitish mazmuni (nimani o‘qish?);
 o‘quv jarayonini tashkil etish prinsiplari (qanday o‘qish?).
Yuqorida keltirilgan o‘qitishning axborot texnologiyalari omillarini ko‘p
darajali loyihalashni - mazmun, uslub, tashkiliy, shakl va o‘qitish vositalarining
tahliliga yangicha yondashuvni talab qiladi.82 O‘qitishni axborotlashtirishning
samaradorligiga quyida keltirilgan shartlar bajarilgandagina erishish mumkin:
 o‘qitish texnologiyasining o‘zi o‘qitishning maqsadidan to natijasigacha
loyihalashning tizimli usuli sifatida namoyon bo‘lsa;
 o‘qitishning axborotlashtirilishi uning barcha tashkil etuvchilariga
yo‘naltirilgan bo‘lsa;
 o‘qitish nafaqat o‘quv predmetining mazmuniga qo‘yilgan talabga, balki, eng
avvalo, o‘quvchi shaxsining rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lsa.
MEO‘Ani loyihalashning o‘rgatuvchi dasturlariga quyidagi asosiy psixologikpedagogik talablar qo‘yiladi:
 mazmunning ilmiyligi: pedagogika, psixologiya, kibernetika, tizimli dizayn
nazariyasining asosiy tamoyillarini hisobga olgan holda o‘quv faoliyatining
mazmunini ko‘rish imkoniyatini ta’minlash;
 ochiqlik (oydinlik): o‘quv faoliyatini boshqarishning ixtiyoriy usulini tatbiq
qilish imkoniyati; bir tomondan o‘rgatuvchi dasturni qayta ishlovchilarning nazariy
qarashlari, boshqa tomondan o‘qitish maqsadlariga ham mos keluvchi tanlashning
mavjudligi; o‘quv faoliyatini boshqarish usullariga o‘zgarishlar kiritish,
modifikatsiya imkoniyatlarini ta’minlash;
 maqsadga yo‘nalganlik: o‘quvchini o‘qitishning yaqin va uzoq maqsadlari,
maqsadga erishish darajalari haqidagi doimiy axborotlar bilan ta’minlash;
 motivlashtirishni ta’minlash: ishning faol shakllari, yuqori ko‘rgazmalilik,
o‘z vaqtidagi teskari aloqa, maqsadga yo‘nalganlik bilan mustahkamlanuvchi
doimiy yuqori motivlashtirishning shakllanishi; motivlashtirish kompyuterning
o‘zigagina bo‘lgan qiziqish hisobiga bo‘lmasligi lozim;
 kirish nazoratining mavjudligi: o‘quvchining ish oldidan o‘qitishni
individuallashtirish maqsadidagi diagnostikasi, shuningdek talab qilingan birinchi
yordamni ko‘rsatish;

82 Isaqulov T.M. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatdagi interaktiv elektron o‘quv
qo‘llanmadan foydalanish. // Pedagogika. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 109-112.

 o‘qitishni individuallashtirish: o‘quv fanini yakkalashtirishning mazmuni va
o‘quv topshiriqlarining qiyinligi, o‘quvchilarning individual va yosh
imkoniyatlariga mos kelishi, tajribadan o‘tgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
hisobga olgan holda ko‘rilishi lozim.

Individual yondashuvni tatbiq qilish uchun dastur o‘quvchining dinamik
modelini o‘z ichiga olishi kerak:

 o‘qitishni hamkorlikda olib borishni ta’minlash: dastur imkon qadar
hamkorlikdagi faoliyatni modellashtirishi lozim;

 mantiqiy va tizimli fikrlashni shakllantirishi: ijodiy fikrlovchi qaramaqarshiliklarni ko‘ra olishga layoqatli, shuningdek, mustaqil ravishda muammolarni
qo‘ya oluvchi va hal qila oluvchi mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlashi lozim;

 tizimli teskari aloqani ta’minlash: teskari aloqa pedagogik nuqtayi nazardan
to‘g‘ri bo‘lishi kerak, ya’ni u nafaqat yo‘l qo‘yilgan xatoliklar haqida, balki ularni
bartaraf etish borasidagi axborotlarni ham o‘z ichiga qamrab olishi kerak;

 rivojlangan yordam tizimining mavjudligi: yordam tizimi ko‘p darajali,
pedagogik nuqtayi nazardan asoslangan, masalani yechish va uni yechish usulining
o‘zlashtirilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak;

 o‘quv materiali to‘liqligi: bilimlar bazasi, topshiriqlar bankini ko‘p darajali
tashkil etishning mavjudligiga oid qo‘yilgan talablarga rioya qilish;

 intellektual yadroning mavjudligi: dasturiy vositalar bunday yadroning
ekspert tizimlari va sun’iy intellekt vositalarini qurishda berilganlarni qayta ishlash
usullarini tatbiq qilish hisobiga ta’minlash mumkin;

 pedagogik egiluvchanlik: dastur o‘quvchiga o‘qish strategiyalarini, yordam
xarakterini, o‘quv materialining berilish tezligini tanlash haqida mustaqil qarorni
qabul qilishga imkon berishi kerak. Avval o‘tilgan o‘quv materialiga kirish,
dasturdan uning ixtiyoriy joyida chiqish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi kerak;

 ikki tomonlama muloqotni ta’minlash: o‘quvchi savol bera olish
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, boshqarish nafaqat kompyuter tomonidan, balki
o‘rganuvchi tomonidan ham amalga oshirilishi kerak;

 orqaga qaytish imkoniyati: mustaqil ishlash davomida o‘quvchi yo‘l qo‘ygan
xato harakatlarini ortga qaytarish hollari ko‘rib chiqilgan bo‘lishi kerak;

 o‘quvchining refleksiyasi uchun maxsus ajratilgan joyning mavjudligi: dastur
o‘rgatilayotgan harakatlarni ketma-ket to‘g‘rilash maqsadida refleksiyaning
natijalarini to‘plashi kerak;

 o‘qitish jarayonining borishini va uning natijalarini hujjatlashtirish
imkoniyati: dasturni tuzuvchi dasturga zaruriy axborotni to‘plashi va qayta
ishlashiga mo‘ljallangan modullarga ega bo‘lishi kerak;

 tushunarli, qulay interfeysning mavjudligi: dastur axborotni matn, grafika,
animatsiya, gipermatn, multimedia ko‘rinishida namoyon qilishning barcha
usullaridan adekvat foydalanilgan holda tuzilgan bo‘lishi kerak. O‘rganuvchi
axborot materialini har ikki tomonlama, "oldinga", "orqaga" tarzda varaqlash
imkoniga ega bo‘lishi kerak. O‘rganuvchi shriftning o‘lchami va tipini o‘rnatish,
shuningdek, ixtiyoriy qismni istalgan marotaba qaytarish imkoniga ega bo‘lishi
kerak;

 dasturning statistik (matnli, grafik, illyustrativ) qismlarining aniq nusxasini
olish imkoniyatini ta’minlash: tanlangan axborotni shaxsiy elektron konspektga
nusxalash, uni tahrirlash va dasturiy mahsulotdan chiqmagan holda chop etish
imkoniyati;

 rivojlangan qidiruv tizimining mavjudligi: "lupa", "avtoko‘rsatish" holatlari.
Keyingi bosqichlarda MEO‘Ani bezash usullari ishlab chiqiladi. Bu jarayon
WEB-dizayn bo‘yicha mutaxassislar, dasturiy ta’minotni qayta ishlovchilar,
shuningdek psixologlarning takliflari asosida bajariladi.83
O‘quv materialini joylashtirishga tayyorlash. Ishlatilgan badiiy usulga mos
ravishda o‘quv kursining materialini joylashtirishga ham tayyorlash lozim. Zaruriy
fotomateriallarni skaner qilish, ovoz va videoni raqamlashtirish, animatsiyali
roliklarni tayyorlash, barcha matnli materiallarni tartibga keltirish lozim bo‘ladi. Bu
jarayon qat’iy chegaralangan bo‘lishi kerak va bu tayyor o‘quv qo‘llanmaning hajmi
va tushunchalari bilan bog‘liq. Hajm o‘quvchilarning texnik imkoniyatlaridan va
qo‘llanmadan foydalanish variantlaridan kelib chiqib avvaldan hisob-kitob qilinadi.
Buning uchun avvaldan multimedia fayllarining o‘lchami va shakllari aniqlangan
bo‘lishi kerak:
1) rasmli va tasvirli fayllarning tipi va kompressiyaning imkoniyati;
2) ovozli fayllarning tipi, kompressiyaning imkoniyati;
3) videofayllarning tipi, kompressiyaning imkoniyati;
4) animatsiyalarni ishlab chiqish;
5) ko‘rish uchun dasturiy ta’minot yaratish.
Material dasturiy va apparatli ta’minotga, xususan, 600*800 pikselli ekranda
ko‘rishga moslashgan bo‘lishi kerak.
MEO‘Aning tuzilmali elementlarini to‘ldirish. Tayyorlangan materialni ishlab
chiqilgan shablonlar va ekran shakllariga joylashtirish, foydalanuvchi bilan teskari
aloqani tashkil etish va murojaat tizimlarini to‘ldirish lozim.

83 Isaqulov T.M. The challenges of creating 3D interactive e-learning sources. // Academician International
Multidisciplinary Research Journal South Asian academic research journals a publication of SDL College of
education. – India, 2020. – P. 122-126.

Pedagogik tajriba va sinovdan o‘tkazish. Foydalanuvchining ixtiyoriy holatiga
dasturning har bir murojaati, aloqasi va reaksiyasining to‘g‘riligini tekshirish hamda
matnlarni olib tashlash uchun mos malaka va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis jalb
etiladi. Mahsulot haqida xulosa chiqarishga o‘qituvchilar, foydalanuvchilar va
ekspertlarni jalb qilish tavsiya etiladi.84

O‘quv jarayonida qo‘llash. O‘quvchilar va o‘qituvchilarning berilgan refleksiyasiga ko‘ra qo‘shimcha va asosiy material sifatida o‘quv jarayonida qo‘llash.

MEO‘Aning mazmuniga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
1) boblar, qismlar, ma’ruzalar bo‘yicha joylashtirilgan uslubiy materialning
mazmuni;
2) nazorat mashqlari (test va sinov topshiriqlari)ning mavjudligi;
3) lug‘at (izohli lug‘at);
4) asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati;
5) mualliflar haqida ma’lumotlar (ism-shariflari, unvoni (agar bor bo‘lsa),
tamomlagan oliy o‘quv yurtining nomi, ish telefoni, elektron pochtasi (e-mail).
Elektron o‘quv qo‘llanmasidan foydalanish iste’molchi uchun ixtiyoriy vaqtda
mumkin bo‘lishi kerak. Foydalanishda qulay bo‘lishi uchun har bir ekran sahifasida
"oldinga", "orqaga" kabi tugmachalarni qo‘yish tavsiya etiladi.85
MEO‘A yaratishda texnik vositalar va fayllarga qo‘yiladigan talablar:
1) axborot kompyuter qattiq disklarida saqlanganida, materialni mos nom bilan
(masalan, "Axborot texnologiyalari" kabi) saqlash;
2) barcha rasmlar tartiblangan, izohlangan bo‘lishi kerak. Matnning o‘lchami
monitorda o‘qish uchun qulay bo‘lishi kerak;
3) papka ochilganda unda MEO‘Aning nomiga mos (kurs nomi, index, HTML)
va bosh sahifani ishga tushiruvchi fayl bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, MEO‘A:
1) o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy nashrlarga qo‘yilgan oddiy talablarga javob
berishi kerak: qo‘llanma umuman yangi, ya’ni birinchi marotaba nashr qilinayotgan
bo‘lishi, nashr qilingan o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning elektron versiyasi umumiy,
maxsus yoki fakultativ kurslarga tegishli bo‘lishi mumkin;
2) o‘rganilayotgan kurs yoki uning qismi mazmunini ochib berishi va o‘quvuslubiy maqsadlariga erishishi uchun yetarli bo‘lgan hajmga ega bo‘lishi kerak;
3) o‘quv-uslubiy maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi illyustrativ
(multimediali) elementlarga ega bo‘lishi kerak;

84 Isaqulov T.M. The challenges of creating 3D interactive e-learning sources. // Academician International
Multidisciplinary Research Journal South Asian academic research journals a publication of SDL College of
education. – India, 2020. – P. 122-126.
85 Isaqulov T.M. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatdagi interaktiv elektron o‘quv
qo‘llanmadan foydalanish. // Pedagogika. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 109-112.

4) materiallar muhimligi bo‘yicha ajratilgan (kichikroq boblar, materialning
majburiyligi va qo‘shimchaliligi mos vizual ajratishlar bilan berilgan) bo‘lishi kerak;

5) qo‘llanmada boshqa boblarda bo‘lgani kabi, zaruriyat tug‘ilganda tashqi
WEB-manbalarga va resurslarga ham murojaat qilish uchun imkon bo‘lishi kerak;

6) o‘quvchining materialni o‘zlashtirish darajasini mustaqil baholashi uchun
o‘z-o‘zini tekshirish imkonini beruvchi nazorat savollariga ega bo‘lishi lozim;

7) teskari aloqani ta’minlash lozim.
Yuqorida qayd etilganlarning barchasi elektron o‘quv qo‘llanmalar yaratishga
oid umumiy va metodik talablarni tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. А. Краснова, М. Беляев, В. Соловьев. Технологии создания электронных обучающих
средств. – Москва: МГИУ, 2002. – C. 304

2. Isaqulov T.M. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 3D formatdagi interaktiv
elektron o‘quv qo‘llanmadan foydalanish. // Pedagogika. – Toshkent, 2020. – №2. – B. 109-112.
(13.00.00 № 6).

3. Isaqulov T.M. The challenges of creating 3D interactive e-learning sources. // Academician
International Multidisciplinary Research Journal South Asian academic research journals a
publication of SDL College of education. – India, 2020. – P. 122-126. (Impact Factor-7.223).
https://saarj.com