IQTISODIY ISLOHOTLARIMIZNING AMALIY SAMARASI VA
RAQAMLI IQTISODIYOTGA O‘TISHNING AYRIM JIHATLARI
Baxrom PULATOV,
Oriental universiteti,
Aniq fanlar kafedrasi dotsenti,
fizika-matematika fanlari nomzodi;
Xayotjon AMINOV,
Oriental universiteti,
Aniq fanlar kafedrasi mudiri,
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston aholisining moddiy va ma’naviy boyishi,
iqtisodiyotning sifat jihatidan yangi darajasiga bo‘lgan intilishlari o‘rganilgan va
tahlili berilgan. Jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlariga iqtisodiy jihatdan
teng bo‘lish va gullab-yashnayotgan mamlakatga aylanish yo‘llari o‘rganilgan.
Jamiyatning asosiy tamoyillari va davlatning siyosiy-ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy
tuzilmalarini belgilaydigan, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan harakatlar
strategiyasiga asoslangan xulosalar chiqarilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida
mustahkamlangan tamoyillar va qoidalar asosida milliy qonunchilik tizimining
shakllanishi asosli tahlil qilingan. Mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida
samarali islohotlarni amalga oshirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy
salohiyatning o‘sganligi asoslangan. Shuningdek, O‘zbekistondagi iqtisodiy
islohotlar negizida raqamli iqtisodiyotga o‘tishning ayrim xususiyatlari muhokama
qilingan.
Kalit so‘zlar: iqtisodiyot, islohot, iqtisodiy islohotlar, konstitutsiya,
referendum, qayta qurish, raqamli iqtisodiyot, strategiya.
Аннотация. В статье изучаются и анализируются материальное и
духовное обогащение населения Узбекистана, стремление к качественно
новому уровню экономики. Изучены пути стать экономически равными с
другими странами мирового сообщества и стать процветающей страной.
Выводы были сделаны на основе основных принципов общества и стратегии
действий, основанной на общечеловеческих ценностях, которые определяют
политико-социальную, правовую и экономическую структуру государства. На
основе принципов и правил, установленных в Конституции Узбекистана,
обоснованно проанализировано формирование национальной правовой
системы. В результате реализации эффективных реформ во всех сферах
развития страны базируется рост социально-экономического, политического и
военного потенциала. Также были обсуждены некоторые особенности
перехода к цифровой экономике на основе экономических реформ в
Узбекистане.
Ключевые слова: экономика, реформа, экономические реформы,
конституция, референдум, реструктуризация, цифровая экономика,
стратегия.
Annotation. In the article, the material and spiritual enrichment of the
population of Uzbekistan, aspirations for a qualitatively new level of the economy
are studied and analyzed. Ways to become economically equal to other countries of
the world community and become a prosperous country have been studied.
Conclusions were drawn based on the basic principles of society and the strategy of
actions based on universal values, which define the political-social, legal and
economic structures of the state. Based on the principles and rules established in the
Constitution of Uzbekistan, the formation of the national legal system has been
reasonably analyzed. As a result of the implementation of effective reforms in all
areas of the country's development, the growth of socio-economic, political and
military potential is based. Also, some features of transition to digital economy on
the basis of economic reforms in Uzbekistan were discussed.
Keywords: economy, reform, economic reforms, constitution, referendum,
restructuring, digital economy, strategy.
Mustaqillikning fidokorona mehnat bilan o‘tgan qisqa davri O‘zbekiston
aholisini moddiy va ma’naviy rivojlangan, iqtisodiyoti sifat jihatdan yangi
bosqichga ko‘tarilgan hamda iqtisodiy jihatdan jahon hamjamiyatining boshqa
mamlakatlari qatorida teng bo‘lib olish va gullab-yashnayotgan mamlakatga
aylantirish yo‘lidagi intilish davri bo‘ldi. Buning uchun biz jamiyatimizning asosiy
tamoyillarini va davlatimizning siyosiy-ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy tuzilmalarini hal
qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan asosiy qonun - Konstitutsiyamizni
qabul qilib, o‘zimizning tarixiy yo‘limizni tanlab oldik. O‘tgan davr mobaynida
Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda
milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Konstitutsiya mamlakatimiz ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida
amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi105. Bugungi kunda Yangi
O‘zbekistonda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi va konstitutsiyaviy islohotlar
amalga oshirildi. Ma’lumki, shu yilning 30-aprel sanasida “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
105 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasi.
Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
referendumi o‘tkazildi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan odilona belgilab berilayotgan
taraqqiyot yo‘limiz mamlakatning o‘ziga xos turmush tarzini, shart-sharoitlari va
xususiyatlarini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga
asoslangan. Shu bilan birga u jahon amaliyoti to‘plagan, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan davlatlar qatoriga o‘tgan mamlakatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham
hisobga oladi. Mamlakatimiz tanlab olgan yo‘l xalqimiz manfaatlariga nihoyatda
mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga
qaratilgan iqtisoddir. O‘ttiz yil tarix uchun katta davr emas. Ammo shu davrda
oqilona boshqaruvlar tufayli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
hammasini birdan hal qilmasdan, iqtisodiy islohotlarning hayotiy zarurligini chuqur
anglab, yangicha yondashuvlar amalga oshirildi. Shu tarixan qisqa davrda keng
ko‘lamli iqtisodiy islohotlarimiz tufayli amaliy samaralarga erishildi.
Belgilangan tamoyillarga muvofiq bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tamoyillaridan, markazlashtirilgan
taqsimlash tizimidan va boqimondachilik ruhiyatidan voz kechildi. Yangi ishlab
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va aholiga xizmat ko‘rsatayotgan
xususiy, aksiyadorlik va boshqa korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan aralash, ko‘p
tarmoqli iqtisodiyot shakllantirildi. Bu sohada samarali ishlar davom etmoqda.
Narx-navoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish, davlat korxonalarining faoliyatini
tijoratlashtirish hisobiga raqobat muhiti vujudga keltirildi. Bevosita xo‘jalik
aloqalarini rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, ish kuchi va boshqa bozorlarni
shakllantirish, bozor infrastrukturasini vujudga keltirish kabi tashabbuslar amalga
oshirildi, bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlar tayyorlandi va ishlar
davom etmoqda.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda moliyaviy ahvolni
barqarorlashtirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Chunki iqtisodiyot barqaror ishlashi
va pulning qadrsizlanishini jilovlash muhim masaladir. Aholining turmush darajasi
keskin yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun tezkorlik bilan qat’iy choralar
ko‘rildi. Natijada mamlakatda iqtisodiyotni barqarorlashtira borib, bozor
munosabatlarini normal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Inson manfaatlarini ta’minlashda iqtisodiyotimizning yuksak sur’atlar bilan
barqaror rivojlanishi qanday katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz yaxshi
tushunamiz. Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy
uy-joylar, sifatli ta’lim, tibbiy yordam ko‘rsatish va dam olish uchun keng
imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz ma’nosi
va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir106.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi asosiy
vazifalardan biri - iqtisodning tarkibini qayta qurishdir. Iqtisodiyotda strategik
jihatdan o‘sishga erishmoq uchun ishlab chiqarish strukturasini o‘zgartirish zarur.
Shuning uchun iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha quyidagi
vazifalarni hal qilishga e’tibor qaratildi:
qishloq xo‘jalik xom ashyosi va mineral resurslarni chuqurroq qayta ishlab,
ularni tayyor mahsulot darajasiga yetkazish. Yangi qayta ishlovchi quvvatlarni yaratish;
ilm-fanga asoslangan, texnik jihatdan murakkab tayyor mahsulot ulushini
ko‘paytirish va uning raqobat qobiliyatini ta’minlash, aqliy salohiyat negizida
yuksak texnikaga ega bo‘lgan korxonalarni vujudga keltirish.
ilg‘or texnologiyalarga, zamonaviy ishlab chiqarish tarkibiga o‘tishni
ta’minlash, mineral resurslarning kompleks qayta ishlovchi o‘zaro bog‘liq tarmoqlar
tizimini shakllantirish, rangli metallurgiya, kimyo va elektrotexnika sanoatida,
mashinasozlik va asbobsozlik sohasida yuksak texnologik ishlab chiqarishlarni
rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlardan foydalanish.
Bugungi kunda iqtisodiyotning muhim bazaviy tarmoqlarini rivojlantirishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Bular jumlasiga neft va gaz sanoati, energetika, oltin
qazib chiqarish va rangli metallurgiyaning boshqa tarmoqlari kiradi. Ayni paytda biz
o‘zimizni neft va boshqa energetika resurslari bilan to‘liq ta’minlash imkoniyatiga
egamiz. Bundan tashqari, mazkur tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta’minlash
valyuta tushumlarini ko‘paytirishning ishonchli manbai va xorijiy sarmoyalarni jalb
etish obyekti ham bo‘lmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning butun zanjirida agrar sektordagi o‘zgarishlarga g‘oyat
muhim ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiyotda agrar sektorning zaxiralarini ishga solish
orqali hozirning o‘zidayoq katta natijalarga erishilmoqda.
Islohotlar strategiyasini amalga oshirishda biz uchun quyidagilar ustuvor
yo‘nalishlar hisoblanadi:
– ta’lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
– aqliy va ma’naviy salohiyatni mustahkamlash;
– aholini ijtimoiy himoya qilish.
Bozor iqtisodiyoti davrida islohotlarni amalga oshirish, birinchi navbatda,
kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatdan tayyorligiga bog‘liq. Bizning diyorimiz
106 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasi.
buyuk allomalarni yetishtirgan. Butun jahon ilm ahli ular bilan faxrlanadi. Ular asos
solgan ilmiy tafakkurning an’analarini davom ettirish va boyitish uchun bizda
hamma shart-sharoitlar bor. Bugungi kunda aqliy va madaniy salohiyatni
rivojlantirish o‘ta muhim vazifadir. Ma’naviyatimiz sarchashmalari va
bobokalonlarimizning boy an’analari davom ettirilmoqda. Ma’naviyatimiz uchun
xizmat qilayotganlar: yozuvchilar, shoirlar, madaniyat va san’at ijodkorlari, xalq
talantlari va iqtidorli yoshlar doimo qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi rejalarga ko‘ra, 2030-yilga borib,
jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan
davlatlar qatoriga chiqish maqsad qilingani bejiz emas107.
Islohotlar barqarorligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy
himoya qilish haqiqatan ham ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Barcha iqtisodiy,
demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o‘zi, bu, eng avvalo,
inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir. Shu qisqa davrda
aholini ijtimoiy himoya qilish, insonlarning moddiy ahvolini yaxshilash vazifalarini
hal etishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarining, jamoat va
xayriya tashkilotlarining hamda jamg‘armalarning mablag‘lari ishga tushirildi.
Ijtimoiy jihatdan eng muhtoj tabaqalar - bolalar, qariyalar, nogironlar va boshqalarni
qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib
kelmoqda. Biz uchun ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy
holati, yosh avlodni tarbiyalash asosiy ustuvor vazifa ekan, mazkur tarmoqlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularda ishlovchi odamlarning mehnatiga munosib baho berish,
ularning ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratiladi.
O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining mohiyati – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy
tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning
siyosatdan ustunligini ta’minlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga
asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan
iboratdir. Yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining
barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan
yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
yo‘lidagi dadil qadamlarimiz Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamda
Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof
etilmoqda.
Hech bir mamlakat xorijiy ellar bilan iqtisodiy munosabatga kirishmasdan,
savdo-sotiqni yo‘lga qo‘ymasdan, tashqi olamdan uzilgan holda rivojlana olmaydi.
107 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-noyabr kuni o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi nutqi.
Zotan, mamlakat iqtisodiy salohiyatining yuksalishida, uning dunyo miqyosida o‘z
obro‘-e’tiboriga ega bo‘lishida tashqi iqtisodiy faoliyatning ahamiyati beqiyosdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston bir necha o‘nlab davlatlar bilan mustaqil iqtisodiy
hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu soha respublika taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri, davlat siyosatining muhim jihati deb belgilandi. Bundan
tashqari, avtomobilsozlik, elektronika, kommunikatsiya va boshqa sohalarda
respublikada ilg‘or texnologiyalar bozorini shakllantirish, eksportga mahsulot ishlab
chiqaruvchi va importning o‘rnini bosuvchi korxonalarni rivojlantirish imkonini
beradigan bir qancha yirik investitsiya loyihalari ham amalga oshirilmoqda.
Respublikaga chet el sarmoyasini jalb etish maqsadida xalqaro va mintaqaviy
moliya tashkilotlari va muassasalari bilan hamkorlik kengaytirilmoqda. Xususan,
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa ittifoqi komissiyasi
kabi xalqaro tashkilotlar bilan kelishuv bitimlari imzolandi.
O‘zbekiston milliy rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Mamlakat hayotining barcha jabhalarida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Yurtimizning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shartsharoitlar yaratilmoqda.
Keng ko‘lamli va samarali islohotlarimiz natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi
ilk bor 80 milliard dollardan oshdi. Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard
dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa,
19 milliard dollarga yetdi108.
Erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga
asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari,
huquq va erkinliklari amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida
obro‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan
yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismi, xolos.
Mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga
qaytmaydigan bo‘lib, qat’iy va izchil tus olganini, odamlarimiz o‘zgarib, ularning
siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotganini, hamda ong-u tafakkuri yuksalib, yonatrofda bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga
ishonchi ortib borayotganini ko‘rish, anglash qiyin emas. Vatandoshlarimizning,
butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday o‘zgarish va yangilanishlar, o‘z
mohiyat e’tiboriga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyot va
farovonlik yo‘lidan dadil rivojlanib borishini ta’minlayotgan hal qiluvchi kuchga
aylanmoqda. Qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni
bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan yo‘lning to‘g‘ri ekanini va
108 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga 2022-yil 20-
dekabrdagi murojaatnomasi.
shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay, qat’iyat bilan borishimiz zarurligini
yaqqol ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid belgilangan
vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya
tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-
apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qarori qabul qilindi.109 Qarorga ko‘ra:
2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi
ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarishni
boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek,
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish
orqali «raqamli tadbirkorlik»ni rivojlantirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi
xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga
yetkazish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy
etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini
oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, «Besh tashabbus» loyihasini
amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida
raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish kabi vazifalar nazarda tutilgan.
Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan
Taraqqiyot strategiyasida110 raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy
"drayveri"ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 barobar oshirish ko‘zda
tutilgan.
Undan tashqari, raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi
maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng
yo‘lakli ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish, iqtisodiyotning real sektorida hamda
moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni
raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish, dasturiy
mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar
oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilgan.
109 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qarori.
110 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson
manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-noyabr kuni o‘z lavozimiga
kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va
O‘zbekiston xalqiga 2022-yil 20-dekabrdagi Murojaatnomasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni.