ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Islom dini madaniy merosida ta’lim fenomeni: dunyoviylik va axloq masalasiga doir qarashlar

Xalilova Zilola Erkinovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ISLOM DINI MADANIY MEROSIDA TA’LIM FENOMENI: DUNYOVIYLIK
VA AXLOQ MASALASIGA DOIR QARASHLAR

THE PHENOMENON OF EDUCATION IN THE CULTURAL HERITAGE
OF ISLAM: VIEWS ON THE ISSUES OF SECULARITY AND MORALITY

ФЕНОМЕН ОБРАЗОВАНИЯ В КУЛЬТУРНОМ НАСЛЕДИИ ИСЛАМА:
ВЗГЛЯДЫ НА ВОПРОСЫ СВЕТСТВЕННОСТИ И НРАВСТВЕННОСТИ

Xalilova Zilola Erkinovna,
Oriental universiteti, Tarix fakulteti,
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori

zilola_kesh@mail.ru

Annotatsiya. Islom intellektual madaniy merosi doirasida ta’lim fenomeni,
ta’lim, din, madaniyat va o‘ziga xoslik o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni
o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Olimlar dunyoviylik, ta’lim tizimida dinni davlat ishidan
ajratish, xususan, musulmonlar ko‘p yashaydigan jamiyatlarda diniy ta’lim bilan
zamonaviylikning qanday kesishishi muammosi yuzasidan turli qarashlar va
konsepsiyalarni ilgari suradilar. Shuningdek, mazkur masala diniy ta’lim, madaniy
meros va ijtimoiy siyosiy omillar yordamida kishilarning daxldorlik va dunyoqarashi
qanday shakllanishini hisobga olgan holda ta’lim jarayoni orqali musulmonlarning
o‘ziga xosligi, identikligini yuzaga chiqarish haqidagi savolni ham o‘z ichiga oladi. Bu
jarayonda biz ikki xil – g‘arb va sharq olimlarining muammo yuzasidan turlicha
yondashuvlarini kuzatishimiz mumkin. Ushbu maqolada ta’lim falsafasi kontekstida
diniy ta’limning maqsadi, uning madaniyat bilan aloqadorligi va dunyoviy jamiyatda
diniy ta’limni tashkil etish masalasi yuzasidan fikrlar muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar: Diniy ta’lim, dunyoviylik, islom, madaniyat, axloqiy tarbiya, davlat
va din o‘rtasidagi munosabat.

Annotation. The phenomenon of education in the intellectual cultural heritage of
Islam involves the study of the complex relationships between education, religion,
culture, and identity. Scholars have put forward different views and concepts regarding
the issue of secularism, the separation of religion from the state in the education system,
and how to intersect religious education with modernity in societies with a large
Muslim community. Besides that, this problem includes the issue of Muslim identity,
upbringing through the educational process, taking into account how people’s views
and worldviews are formed through religious education, cultural heritage, and sociopolitical factors. In this process, we can observe the different approaches of two
different scientists – Western and Eastern scientists to the problem. This paper

examines the purpose of religious education in the context of the philosophy of
education, its connection with culture, and the organization of religious education in a
secular society.

Key words: Religious education, secularism, Islam, culture, moral education,
state-religious relations

Аннотация. Феномен образования в интеллектуальном культурном
наследии ислама включает изучение сложных взаимоотношений между
образованием, религией, культурой и идентичностью. Ученые выдвигают
разные взгляды и концепции относительно проблемы секуляризма, отделения
религии от государственной работы в системе образования и того, как пересечь
религиозное образование с современностью в обществах с большим количеством
мусульман. Также в эту проблему входит вопрос мусульманской идентичности,
воспитания через образовательный процесс с учетом того, как формируются
взгляды и мировоззрение людей с помощью религиозного образования,
культурного наследия и социально-политических факторов. В этом процессе мы
можем наблюдать разные подходы двух разных ученых – западных и восточных
ученых к проблеме. В данной статье рассматривается цель религиозного
образования в контексте философии образования, его связь с культурой, а также
организация религиозного образования в светском обществе.

Ключевые слова: Религиозное образование, светскость, ислам, культура,
нравственное воспитание, государственно-религиозные отношения

KIRISH
So‘nggi yillarda islom dini va ta’limining zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rnini
tahlil qilish tadqiqotchilar orasida qiziqarli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda
(Seligman A., 2004; Lähnemann J., Schreiner P., 2009; Fratelli V., 2013; Yusupov O.,
2015). Ushbu masala dunyoviy tamoyillar asosida qurilgan davlat va diniy ta’limotlar
o‘rtasidagi muvozanatni qanday saqlash kerakligi to‘g‘risidagi savollarni keltirib
chiqaradi. Xalqaro ilmiy munozaralarda tadqiqotchilar tomonidan diniy ta’limda
dunyoviylik, din va davlat munosabatlari o‘rtasidagi dinamikaning o‘zaro ta’siri tahlil
qilinadi va uning islom dini kontekstida ta’limning manzarasi va ijtimoiy dinamikasini
tushunishga harakat qilinadi (Jackson R., 2007; Schreiner P., 2009; Lähnemann J.,
Schreiner P., 2009). G‘arb tarixshunosligida dunyoviy davlatlarda diniy ta’limni
tashkil etish masalasi yuzasidan fikrlar, xulosalar berilgan bo‘lsa, islom dunyosi
olimlari tomonidan diniy ta’limning maqsadi va uning komil insonni tarbiyalashdagi
vazifalari nimadan iboratligi mavzusidagi bahs-munozaralar yuritiladi (Al-Attas S.,
1979; Zijad D., 2006; Abdolkarim S., 2009). Aytish mumkinki, zamonaviy
tarixshunoslikda diniy ta’limga oid tadqiqotlarning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lib,

ulardan birida boshlang‘ich ta’lim va madrasa kabi islom ta’lim muassasalari tarixi
hamda o‘rta asrlarda diniy mazhab va maktablarning paydo bo‘lishiga urg‘u berilgan
intellektual harakatlar tadqiq qilinsa, ikkinchisida islom va xristian dinidagi
intellektual oqimning (sxolastika va gumanizm) kelib chiqishiga oid izlanishlar e’lon
qilingan (Zijad D., 2006: 10-18).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqot tarixiy bibliografik tadqiqot toifasiga kirib, islom ta’limi, diniy
ta’limning tashkil etilishi masalasiga doir tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan fikr va
qarashlardan olingan faktlarni izlash, tahlil qilish, sharhlash va umumlashtirish asosida
tuzildi. Bunda islom dunyosi olimlarining islom antropologiyasi va pedagogikasi
konsepsiyalari va g‘arb dunyosida diniy ta’limni dunyoviy jamiyatlarda tashkil etish
masalasidagi nazariya va qarashlar tanlab olindi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ta’lim − bu hayot davomida orttiriladigan, ma’lumot va ko‘nikmalar asosida

tajribaga asoslangan bilim bo‘lib, ta’limning maqsadi jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat

qiladigan yuqori malakali va uzoqni ko‘ra oladigan shaxsni tarbiyalashning katalizatori

hisoblanadi.

Turli hududlarning o‘ziga xos madaniyati va tarixiy rivojlanishi mavjudligini

inkor etib bo‘lmaydi. Bu ta’lim falsafasining g‘arb va sharq yo‘nalishlari

shakllanganligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, g‘arb ta’lim falsafasi an’anaviy va

zamonaviy bo‘lgan ikkita maktabni o‘z ichiga oladi. Uning ildizlari Afina, Rim va

yahudiy-xristianlikdan kelib chiqqan bo‘lsa, sharq falsafasi islom, konfutsiylik, daoizm

va mahayana buddizmi dinidan g‘oyalarni olgan. G‘arb va sharq falsafasida islom

ta’limidagi maqsad va mas’uliyatni belgilashda turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi

olimlar ta’limda ma’naviy tarbiyani muhim deb bilsa, boshqalar moddiyatga e’tibor

qaratadi, boshqalari esa ta’limda ijtimoiy maqsadlarni eng muhim deb biladi (Talal A.,

2003: 208).

Islom kontekstidagi ta’limga oid ko‘pchilik asarlarda asosan islomdagi

institutlarning tarixiy va tashkiliy jihatlariga e’tibor qaratiladi (George M., 1981: 56-

117). Tarixda islom ta’lim muassasasi masjid qoshida ochilgan maktablardan

boshlangan. Dastlab uning maqsadi diniy bilim berish bo‘lsa ham, musulmon

davlatlarining kengayishi, shuningdek, dunyoviy hukumatlarning paydo bo‘lishi,

dinning davlatdan ajratilishi, yangi madaniyat va dinlar bilan assimilyatsiya jarayoni,

islom ta’limining umumiy maqsadlarini, xususan, islom madaniy merosida ta’limning

o‘rnini ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.

Islom intellektual madaniy merosida ta’limni tasvirlashda islomning asosiy

manbalari bo‘lgan Qur’on va sunnat tomonidan qabul qilingan ta’lim jarayonining turli

jihatlarini ta’riflash ta’limning to‘g‘ri talqinini yaratishga yordam beradi (Ziyad D.,

2006: 33-43). Musulmon dunyosida rasmiy ma’noda keng qo‘llaniladigan birinchi so‘z
bu “ta’lim” bo‘lib, u o‘qitish orqali izlanayotgan yoki ajratiladigan bilimga oid bilish,
xabardor bo‘lish, idrok etish yoki o‘rganishni anglatuvchi “olim” so‘zining ildizidan
kelib chiqqan. Ikkinchi “tarbiya” so‘zi “raba” so‘zining o‘zagidan bo‘lib, ko‘paytirish,
o‘stirish yoki oziqlantirish, biror narsani to‘liqlik yoki yetuklik bosqichiga olib chiqish
yoki o‘stirish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish ma’nosini bildiradi.
Musulmon pedagoglari orasida tarbiya insonning rivojlanishida to‘liq kamolot
bosqichiga yetguniga qadar bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tadigan tarbiya
jarayoni sifatida qabul qilinadi. Tarbiya keng ma’noda ta’limni nazarda tutadi, ya’ni
shaxsni rivojlantirish, ta’limning tarbiyaviy jihatlarini nazarda tutadi (Ziyad D., 2006:
33-43).

Islom intellektual madaniy merosida dunyoviylik va diniy ta’lim o‘rtasidagi
murakkab o‘zaro bog‘liqlikni ta’kidlagan Talal Asad, dunyoviy va diniy sohalar
o‘rtasidagi bo‘linish mavjud emasligini, din hayotning turli jabhalariga chuqur singib
ketganligini musulmon jamiyatlari kontekstida ta’kidlaydi (Talal A., 2003: 39-52).
Boshqa bir musulmon nazariyotchisi Tariq Ramazon islom qadriyatlariga asoslangan
ta’lim bilan musulmon identikligini rivojlantirish muhimligini, ammo bunda
zamonaviy bilim va plyuralistik nuqtayi nazardan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.
Abdulkarim Sorish esa ta’lim tizimidagi islom intellektual merosini qayta ko‘rib
chiqish, diniy an’analarni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtiradigan va musulmon
identikligini qamrab oluvchi va mulohaza qilishga yordam beruvchi islohotchi
yondashuvni ilgari suradi. Diniy ta’limdagi ushbu istiqbollar ta’limning individual va
jamoaviy o‘ziga xosligini shakllantirish, diniy ta’lim va dunyoviy ta’lim o‘rtasidagi
chegaralarni muhokama qilish va turli madaniy va siyosiy kontekstlarda musulmon
identikligini hal qilishda davom etib kelayotgan munozaralarga hissa qo‘shadi (Tariq
R., 2003; Abdolkarim S., 2009).

Ammo ta’lim falsafasi nafaqat diniy ta’limning, madaniyatning muhim qismi
sifatida muhimligini ta’kidlaydi, balki diniy ta’limni madaniyat bilan bog‘lash va
tushunish zarurligiga ham e’tiborimizni qaratadi. Aslini olib qaraganda, diniy ta’lim
madaniy xilma-xillikni o‘zaro bog‘laydigan madaniyat doirasida rivojlanadi (Luz M.,
2009: 10-15). Agar buni musulmon aholi ko‘p yashaydigan dunyoviy jamiyatlar
misolida tahlil qilsak, dunyoviy davlatda shaxsni tarbiyalashda dinning o‘rni
to‘g‘risida tengma-teng fikrlarni ko‘rishimiz mumkin (Xusniddinov Z., 2002: 7-19).
Diniy ta’lim masalasi ayniqsa qizg‘in va munozarali mavzu bo‘lib kelgan va shunday
bo‘lib qoladi (Fratelli V., 2013; Seligman A., 2004; Lähnemann, J., Schreiner, P.,
2009). Garchi diniy ta’lim maqsadli bo‘lsa ham, ta’limning nimaga qaratilgani va
uning kimni tarbiyalashdagi o‘rnini aniqlash masalasini tushunishni talab qiladi.
Muayyan jamiyatda shaxslarni fuqaro qilib tarbiyalash ta’lim faoliyatining faqat bir

jihati hisoblanadi. Islom ta’limi shaxsning diniy, hissiy, ma’naviy, jismoniy va ijtimoiy
rivojlanishiga qaratilgan. Bu bir vaqtning o‘zida butunlik va muqaddaslikni o‘z ichiga
oladi. Shuni ta’kidlash mumkinki, islom ta’lim nazariyasida shaxsning ma’naviy
kamoloti juda qat’iydir (Zijad D., 2006: 33-43).

Bugungi dunyoviy jamiyatlarda diniy ta’limning tashkil etilishi va o‘qitilishi
jarayonidan kelib chiqib, uni tashkil qilish yuzasidan turli nazariyalar ilgari suriladi
(Abdurahmonov, A., va boshqalar, 2001: 11-28). Xususan, mazkur masala ta’lim
pedagogikasi nuqtayi nazaridan ham muhokamalarga tortilgan. Jumladan,
tadqiqotchilar tomonidan diniy ta’limning e’tiqodga oid ta’lim (qanday qilib o‘z diniga
sodiq bo‘lish kerak), din haqida ta’lim (jahon dinlari kontekstida o‘rgatish) va axloqiy
ta’lim (ko‘proq fuqarolik kabi) singari o‘qitish tizimi yo‘nalishlariga ajratiladi
(Lähnemann J., Schreiner P., 2009: 47-53).

Bunday fikrlar musulmonlar yashaydigan dunyoviy jamiyatda diniy ta’limni
tashkil qilish masalasida qabul qilingan mezonlarga asoslanishi mumkin. Masalan, bu
borada R. Orsining yondashuvi shundan iborat ediki, masjid, cherkov va etnik
ozchilikning maktablari – bu shunday joyki, u yerda umumiy qabul qilingan normalar
ko‘rib chiqiladi va yangi ijtimoiy amaliyotlarga asos solinadi (Orsi R., 1999: 13-26).
Uni ikki xil “din(lar)ga oid ta’lim” va “din(lar) haqida ta’lim” deb nomlash mumkin.
Tadqiqotchi olim Chazan tomonidan diniy ta’limni tashkil etishning uchta turi qayd
etilib, u e’tiqodda tarbiya, ya’ni qanday qilib o‘z dinining taqvodor vakili bo‘lish, din
haqida ta’lim berish, ya’ni dunyo dinini o‘rgatish va fuqarolikka o‘xshash axloq
tarbiyasi kabi masalani o‘z ichiga oladi (Chazan B., 1985: 5-19).

Aytish mumkinki, diniy ta’lim zamonaviy dunyoda axloq normalari sifatida
madaniy qadriyatlar bo‘lagi deb qaraladi va uni alohida diniy ta’lim muassasalari
sifatida tashkil etish emas, balki umumta’lim jarayonida tashkil etish borasida fikrlar
ilgari suriladi. Xususan, Fratelli (2013) post-sekulyar jamiyatlarda maktablar va diniy
tashkilotlarning umumiy amaliyotlarda ishtirok etish orqali bir-birining imkoniyatlari
paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. Lähnemann (2009) diniy ta’lim va dinlararo bilim
odamlarga o‘z hayoti va harakatlarida yo‘nalish topishga yordam berishda asosiy
vosita bo‘lib xizmat qilishini qayd etadi. R. Jekson dindan ta’lim olish o‘quvchilarni
diniy va axloqiy masalalarga turlicha munosabatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi, bu yerda
asosiy maqsad o‘quvchilarga din va qadriyatlarga oid masalalar bo‘yicha o‘z nuqtayi
nazarini rivojlantirishga imkon berish ekanligini qayd etadi (Jackson R., 2007: 29).

E’tiqodga oid diniy ta’lim davlat maktablarida ikki yo‘l bilan berilishi mumkin.
Birinchidan, diniy ta’lim o‘z diniy konfessiyalariga e’tiqodda ko‘rsatma bo‘lib xizmat
qiladi. Bu shaxsning o‘ziga xosligini aniqlashga, uning qaysi dinga mansubligini, diniy
o‘zligini qurishga, talabalarning esa diniy o‘ziga xosligini shakllantirishga va ularning
o‘zlari tegishli bo‘lgan madaniy va ma’naviy sohalarga integratsiyalashuviga hissa

qo‘shadi (Brandt P., 2013: 299-303) va diniy tuyg‘ularni (axloqni) rivojlantirishga
yordam beradi. Qolaversa, u to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajrata olish, shu farqqa ko‘ra harakat
qilish va to‘g‘ri ish qilsa mag‘rurlik, noto‘g‘ri ishlarda esa aybdorlikni boshdan
kechirish hissiyotini rivojlantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning axloqini
shakllantiradi. Dinlar bilan munosabatda bo‘lish shaxsiy oriyentatsiya va shaxsiyatni
shakllantirishga hissa qo‘shishi mumkin. Bu diniy jamoalardagi ta’limga, shuningdek,
xalq ta’limiga ham tegishli. Jamiyatlarda diniy ta’lim o‘quvchilarning plyuralistik va
ko‘pincha dunyoviylashgan kontekstlarini hisobga olishi kerak va davlat maktablarida
diniy ta’lim neytral faktlar bilan emas, balki jamoalarda mavjud bo‘lgan dinlar bilan
uchrashish imkonini berishi kerak.

Ikkinchidan, diniy ta’lim talabalarga turli diniy an’analarni birdek e’tirof etgan
holda, dinlar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan bilimlarni taqdim etadi. U turli xil
dunyoqarashlar, ularning madaniy va axloqiy oqibatlari va inson huquqlariga qo‘shgan
hissasi haqida xabardor bo‘lishga yordam beradi va shu bilan birga yaxshi yashashning
zaruriy sharti sifatida bag‘rikenglik munosabatiga hissa qo‘shishi mumkin. Bu xalq
ta’limining ustuvor yo‘nalishi bo‘ladi. O‘z diniy konfessiyalarining diniy g‘oyalarini
bilish o‘quvchilarning shaxsiyatini aniqlashga va o‘zlariga tegishli bo‘lgan madaniy va
ma’naviy sohalarga integratsiyalashuviga yordam beradi (Schreiner P., 2009: 117).
Dindan ta’lim olish o‘quvchilarni diniy va axloqiy masalalarga turli xil javoblarni
ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi, shunda ular o‘z qarashlarini aks ettiruvchi sifatida
rivojlanadi (Jackson R., 2007: 29).

Ta’kidlash o‘rinliki, axloqiy tarbiya islom ta’limining muhim tarkibiy qismi
sifatida juda markazlashgan va keng qamrovli hisoblanadi. Qur’on va sunnatning
axloqiy tarbiya bo‘yicha an’anaviy ko‘rsatmalari axloqning barcha me’yorlari uchun
juda aniq asosni beradi. Bu ta’lim musulmon ta’lim muassasalarida faqat fan sifatida
o‘qitilmaydi, balki maktabning barcha faoliyati orqali amalga oshiriladi (Ziyad D.,
2006: 33-43).

Diniy va dunyoviy ta’limdagi maqsadlar va natijalar har xil bo‘lganidan ularni
aralashtirib va ajratib bo‘lmaydi. Islom ta’lim tizimida o‘ziga xos diniy urf-odat va
me’yorlarga alohida urg‘u berilib, musulmon ta’limining markaziga Qur’on va sunnat
qo‘yilgan. Musulmon aholisi Qur’on nozil bo‘lgan paytdan boshlab axloqiy fazilatlarni
shakllantirishni hayotdagi asosiy vazifa sifatida qadrlagan. Diniy ta’limni zamonaviy
musulmon olimlari islom ta’limini shaxsning aqliy, ma’naviy va ijtimoiy jihatlarini o‘z
ichiga olgan to‘liq shaxsni (komil insonni) o‘z ichiga olgan jarayon sifatida ko‘radi
(Al-Attas., 1979: 36). Bu jarayonda diniy bilim olishning maqsadini tushunib olish
kerak, chunki ushbu amaliyotlar mavjud madaniy qadriyatlarga mos keladi va bunda
muqobil talqinlar chegaralangandir. M. Luzning fikricha, diniy ta’limning eng muhim
maqsadi diniy tomonlama bolani tarbiyalash axloqiy ta’lim ekanligini, dinni tushunish

bilan bir qatorda diniy hayot tarziga qanday amal qilish kerak, degan savolga javob
berishni ham belgilaydi (Luz M., 2009: 62-70).

Diniy ta’limga bo‘lgan pedagogik nuqtayi nazar “dinlardan ta’lim olish”
nazariyasi diniy fanlarning maqsadini “dinni o‘rganish”dan, shunchaki bilimga
asoslangan holda, talabalarning ongi, refleksliligi va tushunishini rivojlantirishga
qaratilgan chuqurroq narsaga o‘zgartiradi. (Jackson, R. 2007: 62-91). Shu nuqtayi
nazardan, madaniyatlararo ta’limdagi diniy plyuralizm nafaqat shaxsiy bilim, balki
individual rivojlanish hamda qadriyatlar va e’tiqodlar to‘plamini tanqidiy ko‘rib
chiqish imkonini beruvchi manbadir. Madaniyatlararo ta’lim, shuningdek, “dinlardan
o‘rganish” individual o‘ziga xoslikni ko‘plik va moslashuvchan sifatida ifodalashga
asoslangan jarayondir.

Ushbu ta’lim majburiy yoki ixtiyoriy ma’ruzalar orqali amalga oshirilishni
nazarda tutadi (Khalilova Z., 2023: 194-196). Dinning konfessional ta’limoti odatda
diniy jamoalar tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi (ko‘pincha davlat bilan
hamkorlikda), aksariyat hollarda o‘qituvchilarni tayyorlash va tanlashni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, diniy ta’lim va dinlararo ta’lim tushunish va bag‘rikenglikni
rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin (Jackson R., 2007;
Seligman A., 2004). Dinshunoslik ta’limi metodologiyalari maktab darsliklarida diniy
hodisalar va manbalarni tahlil qilish uchun izohli modellarni o‘z ichiga oladi (Schreiner
P., 2009: 42-67).

Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, axloqiy tarbiya islom tarbiyasining
muhim tarkibiy qismi sifatida juda markazlashgan va keng qamrovli hisoblanadi.
Qur’on va sunnatning axloqiy tarbiya bo‘yicha an’anaviy ko‘rsatmalari axloqning
barcha me’yorlari uchun juda aniq asosni beradi. D. Ziyadning fikricha, bu ta’lim
musulmon ta’lim muassasalarida faqat fan sifatida o‘qitilmaydi, balki maktabning
barcha faoliyati orqali amalga oshiriladi (Ziyad D., 2006: 33-43).

Ta’kidlash o‘rinliki, Markaziy Osiyo tarixida bu jarayon turli davrlarda kechgan
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlardan kelib chiqib, diniy ta’limning o‘qitilishida
dunyoviylikning kiritilishi, an’analarning saqlab qolinishi yoki dinning davlatdan
ajratilishi kabi manzaralarni kuzatish mumkin. Bu jarayonda davlatning
dunyoviyligidan, aholisining musulmonlar tashkil qilishidan kelib chiqqan holda,
maktablarda diniy ta’limni joriy etishdan maqsad turli xillik va bag‘rikenglik
tamoyillari asosida yoshlar o‘rtasida diniy bilimlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashishdir
(Xusniddinov Z., 2002; Yusupov O., 2015; Yusupov O., 2022). Shuni ta’kidlash
kerakki, diniy bilim faqat e’tiqoddan ko‘ra ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi. U turli
dunyoqarashlar, ularning madaniy va axloqiy oqibatlari va inson huquqlariga qo‘shgan
hissasi to‘g‘risida xabardor bo‘lishga yordam beradi va shu tariqa totuvlikda yashash
uchun zarur shart sifatida bag‘rikenglik munosabatini shakllantirishga yordam beradi.

Ushbu konsepsiyadan kelib chiqqan holda, post-sekulyar jamiyatlarda din fanini
o‘qitishda ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak bo‘lgan aniq elementlar mavjudki, bu
talabalarning reflektiv fikrlash bilan shug‘ullanishlari va pirovardida o‘z nuqtayi
nazarlarini shakllantirishlariga yordam beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, islom madaniy merosida ta’lim
fenomeni shaxsni tarbiyalashning muhim va ajralmas qismlaridan birini tashkil etib,
o‘z ichiga nafaqat axloq normalarini, balki o‘quvchilarning reflektiv fikrlashlari uchun
turli dinlar doirasida va keng qamrovli bilimlar berilishini nazarda tutadi. Diniy
ta’limni qanday tashkil etish borasidagi mulohazalar bugungi dunyoviy jamiyatlarda
ta’limning madaniyat, qadriyatlar bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda
shakllanmoqda. Islom falsafasida diniy ta’limni umumiy ta’lim bilan bir butunlik va
uyg‘unlikda tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirilgan bo‘lsa, g‘arb falsafasida diniy
ta’limning tashkil etilishi umumiy ta’limdan alohida ajratilgan fenomen sifatida va
asosan axloq qoidalari bazasida talqin etiladi. Tadqiqotchilar tomonidan yangi tashkil
topgan post-sekulyar jamiyatlarda din haqidagi ta’lim asosan madaniy qadriyatlar
negizida va tarixiy kontekstda o‘qitilishi talqin etilib, bu jarayon musulmon aholisi
ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda diniy ta’limni tashkil etishning muhim belgisi sifatida
qaraladi. Umuman, islom diniy merosi e’tiqod, axloq va jamoaviy normalar kabi asosiy
qadriyatlarni singdirish orqali, ta’lim orqali o‘ziga xoslikka (identiklikka) sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Islom dini ta’limotlari orqali musulmonlar maqsad, tegishlilik va
axloqiy yo‘l-yo‘riq hissini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, u islom tarixi, madaniyati va
urf-odatlari bilan mustahkam aloqani o‘rnatadi. Bu insonning o‘ziga xosligi
(identikligi) bilan uzviy bog‘liqdir. Shunday qilib, diniy ta’lim islom merosidan kelib
chiqqan ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarni asrash orqali kishining
shaxsiyatini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Islom ta’limi va uning falsafasi
islom madaniy merosida tadqiq etiladigan va qiziqarli mavzulardan biri bo‘lib, uning
din, madaniyat va zamonaviylik nuqtayi nazaridan yangi jihatlari o‘rganilishi keyingi
tadqiqotlar uchun bahsli mavzulardan biri bo‘lib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdolkarim, Soroush (2009) The Expansion of Prophetic Experience:
Essays on Historicity, Contingency and Plurality in Religion. − Tehran: Sherkat Ketab.
2. Abdurahmonov, A., Boydadayev, M., Bozorov, E. (2001) Din va siyosat
(Ilmiy-uslubiy qo‘llanma). – Namangan.
3. Al-Attas S. (1979) Preliminary Thoughts on the Nature of Knowledge and
the Definition and Aims of Education. − Jeddah: University of King Abdul Aziz.

4. Brandt, P. (2013) Psychological aspects of the role of religion in identity
construction. Integrative Psychological and Behavioural Science, 47. pp. 299–303. doi:
10.1007/s12124-013-9237-z.

5. Chazan, B. (1985) Contemporary Approaches to Moral Education:
Analyzing Alternative Theories. − New York: Teachers College Press.

6. Fratelli, V. (2013) Learning from religions post-secular schools and the
challenge of pluralism. Italian Journal of Sociology of Education, 5(2). pp. 46-66.

7. Jackson, R. (2007) European Institutions and the Contribution of Studies of
Religious Diversity to Education for Democratic Citizenship. In R. Jackson (eds.),
Religion and Education in Europe. Developments, Contexts and Debates. − Münster:
Waxmann.

8. George, Makdisi (1981) The Rise of Colleges: Institutions of Learning in
Islam and the West. − Edinburgh University Press.

9. Khalilova, Zilola (2023) Передача исламских знаний в современном
Узбекистане: представленность религии и культуры в образовании. Muslims of
Central Eurasia since the 19th century: Daily life, Identity, Intellectual Thought and
Education. (Eds. E. Muratova) − Baku: Idrak Public Union. pp. 175-197.

10. Lähnemann, J., & Schreiner, P. (2009) Interreligious and values education
in Europe. Map and handbook (3rd. ed.). − Münster: Comenius-Institut.

11. Luz, M. Ibarra (2009) The Philosophy of Education of Jacques Maritain and
Religious Education. Ph.D. Diss. Doctor of Philosophy in the Graduate School of
Religion and Religious Education Fordham University. − New York.

12. Orsi, R. (1999) Gods of the city. – Bloomington: Indiana University press.
13. Seligman A. B. (2004) Modest Claims. Dialogues and Essays on Tolerance
and Tradition. − Notre Dame: University of Notre Dame Press.
14. Schreiner, P. (2009) Religious Education in Europe. Situation and
Developments. − Institute of Education, University of London.
15. Talal, Asad (2003) Formations of the Secular: Christianity, Islam,
Modernity. − Stanford University Press.
16. Tariq, Ramadan (2003) Western Muslims and the Future of Islam. − New
York.
17. Yusupov, O. (2015) Diniy bag‘rikenglik tamoyili yoshlar talqinida. –
Toshkent: Movarounnahr.
18. Yusupov, O. (2022) Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro
terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari. Elektron manba: 17.03.2024.
https://religions.uz/uz/news/detail?id=443
19. Хусниддинов, З. (2002) Взаимоотношения между государством и
религией. Межрелигиозное согласие − важное условие углубления

демократических процессов в странах Сентралной Азии (на примере Р.Уз). –
Ташкент: Фонд Имам Бухари.

20. Zijad, Delic (2006) Hermeneutics of Islamic Education and the
Construction of New Muslim Cultures in the West: Faithful but Reformed. Master of
Science University of Oregon. − Simon Fraser University.

REFERENCES:
1. Abdolkarim, Soroush (2009) The Expansion of Prophetic Experience: Essays
on Historicity, Contingency and Plurality in Religion. − Tehran: Sherkat Ketab.
2. Abdurahmonov, A., Boydadayev, M., Bozorov, E. (2001) Din va siyosat
(Ilmiy-uslubiy qo‘llanma). – Namangan. (In Uzbek)
3. Al-Attas S. (1979) Preliminary Thoughts on the Nature of Knowledge and the
Definition and Aims of Education. − Jeddah: University of King Abdul Aziz.
4. Brandt, P. (2013) Psychological aspects of the role of religion in identity
construction. Integrative Psychological and Behavioural Science, 47. pp. 299–303. doi:
10.1007/s12124-013-9237-z.
5. Chazan, B. (1985) Contemporary Approaches to Moral Education: Analyzing
Alternative Theories. − New York: Teachers College Press.
6. Fratelli, V. (2013) Learning from religions post-secular schools and the
challenge of pluralism. Italian Journal of Sociology of Education, 5(2). pp. 46-66.
7. Jackson, R. (2007) European Institutions and the Contribution of Studies of
Religious Diversity to Education for Democratic Citizenship. In R. Jackson (eds.),
Religion and Education in Europe. Developments, Contexts and Debates. − Münster:
Waxmann.
8. George, Makdisi (1981) The Rise of Colleges: Institutions of Learning in
Islam and the West. − Edinburgh University Press.
9. Khalilova, Zilola (2023) Peredacha islamskix znaniy v sovremennom
Uzbekistane: predstavlennost religii i kulturi v obrazovanii. Muslims of Central
Eurasia since the 19th century: Daily life, Identity, Intellectual Thought and Education.
(Eds. E. Muratova) − Baku: Idrak Public Union. pp 175-197. (In Russian)
10. Lähnemann J., & Schreiner P. (2009) Interreligious and values education in
Europe. Map and handbook (3rd. ed.). − Münster: Comenius-Institut.
11. Luz, M. Ibarra (2009) The Philosophy of Education of Jacques Maritain and
Religious Education. Ph.D. Diss. Doctor of Philosophy in the Graduate School of
Religion and Religious Education Fordham University. − New York.
12. Orsi, R. (1999) Gods of the city. – Bloomington: Indiana University press.
13. Seligman, A. B. (2004) Modest Claims. Dialogues and Essays on Tolerance
and Tradition. − Notre Dame: University of Notre Dame Press.

14. Schreiner, P. (2009) Religious Education in Europe. Situation and
Developments. − Institute of Education, University of London.

15. Talal, Asad (2003) Formations of the Secular: Christianity, Islam, Modernity.
− Stanford University Press.

16. Tariq, Ramadan (2003) Western Muslims and the Future of Islam. − New
York.

17. Yusupov, O. (2015) Diniy bag‘rikenglik tamoyili yoshlar talqinida. –
Toshkent: Movarounnahr. (In Uzbek)

18. Yusupov, O. (2022) Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro
terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari. Elektron manba: 17.03.2024.
https://religions.uz/uz/news/detail?id=443 (In Uzbek)

19. Xusniddinov, Z. (2002) Vzaimootnosheniya mejdu gosudarstvom i religiyey.
Mejreligioznoye soglasiye – vajnoye usloviye uglubleniya demokraticheskix
protsessov v stranax Sentralnoy Azii (na primere R.Uz). – Tashkent: Fond Imam
Buxari. (In Russian)

20. Zijad, Delic (2006) Hermeneutics of Islamic Education and the Construction
of New Muslim Cultures in the West: Faithful but Reformed. Master of Science
University of Oregon. − Simon Fraser University.