ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Javohiru-l-ajoyib” va “Majolisu-n-nafois” tazkiralarining qiyosiy tadqiqi

Tuychiyeva Oydin Sayfullayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“JAVOHIRU-L-AJOYIB” VA “MAJOLISU-N-NAFOIS”
TAZKIRALARINING QIYOSIY TADQIQI

A COMPARATIVE STUDY OF THE TAZKIRAS OF
“JAVOHIRU-L-AJOYIB” AND “MAJOLISU-N-NAFOIS”

СРАВНИТЕЛЬНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ТАЗКИРА
«ДЖАВОХИРУ-Л-АДЖАЙИБ» И «МАДЖАЛИСУ-Н-НАФАИС»

Tuychiyeva Oydin Sayfullayevna
Oriental universiteti,

Sharq tillari kafedrasi dotsenti, PhD
oydin_s@mail.ru

ORCID: 0000-0003-3598-9181

Annotatsiya: Mazkur maqolada sharq adabiyotida tazkiranavislik an’anasining
shakllanishi, taraqqiyot va takomil bosqichlari, ulardagi an’anaviylik va novatorlik
masalalari, sharq mumtoz adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan tazkiralarning vujudga
kelishi hamda mumtoz davr adabiyotida tarjima odobi xususida so‘z boradi. Alisher
Navoiyning “Majolisu-n-nafois” tazkirasi hamda Faxriy Hiraviyning “Javohiru-lajoyib” tazkirasida keltirilgan Bediliy, Bibicha Munajjima va Mehriy haqidagi
ma’lumotlarning forsiy tarjimalari va qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tazkiralarda
zikr etilgan shoiralar, malikalar, tilshunos, tarjimon, sufiy, xattot, rassom, o‘qituvchi,
davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan oqila hukmdor, din, tarix va adabiyot
bilimdonlari bo‘lgan ayollarning nomlari imkon qadar yoritilgan va ularga oid
tarjimalar solishtirilgan.

Kalit so‘zlar: tazkira, tazkiranavislik, qo‘lyozma, “Javohiru-l-ajoyib”,
“Majolisu-n-nafois”, Mehriy, Bediliy, Bibicha Munajjima.

Annotation: This article discusses the formation of the tradition of writing
tazkiras in Eastern (Muslim) literature, the stages of the development and perfection as
well as the issues of tradition and innovation in these poetic works, the emergence of
tazkira in the Eastern classical literature and the etiquette of translation in classical
literature. Persian translations and comparative analysis of the information about
Bedili, Bibicha Munajjima and Mehri in Alisher Navoi’s tazkira “Majolisu-n-nafois”
and Fakhri Hiravi’s tazkira “Javohiru-l-ajoyib” were done. In the article the names of
females have been enlightened such as poetess, princesses, linguists, translators, sufis,
calligraphers, painters, teachers, wise rulers who took an active part in public
administration, and scholars of religion, history and literature who were mentioned in
tazkiras as well as the translations about them have been compared.

Key words: “Javohiru-l-ajoyib”, tazkira, manuscript, Bibicha Munajjima,
Bedili, Mehriy.

Аннотaция: В данной статье рассматриваются формирование традиции
написания тазкира в восточной литературе, этапы его развития и
совершенствования, а также вопросы традиции и новаторства в этих поэтических
произведениях. Особое внимание уделено возникновению тазкира в восточной
классической литературе и этикету перевода в этой сфере. Проведен персидский
перевод и сравнительный анализ сведений о Бедили, Бибиче Мунаджиме и
Мехри, в произведении Алишера Наваи «Маджалису-н-нафоис» и произведении
Фахрия Хиравия «Джавахиру-л-аджаиб». В статье также освещены имена
женщин, таких как поэтессы, принцессы, лингвисты, переводчики, суфии,
каллиграфы, художницы, учительницы и мудрые правительницы, принимавшие
активное участие в государственном управлении. Отдельное внимание уделено
знатокам религии, истории и литературы, которые были упомянуты в тазкирах,
и выполнены сопоставительные переводы о них.

Ключевые слова: тазкира, рукопись, «Джавахиру-л-аджайиб», Бибича
Мунаджима, Бедили, Мехри.

KIRISH
Jahon sivilizatsiyasida ayollarning tutgan o‘rnini tadqiq qilish XXI asr dastlabki
o‘n yilliklariga kelib yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Jamiyatda ayollarning
mavqeyi, huquqi, gender masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir davrda
tarixda yashab ijod qilgan iste’dodli ayollarning faoliyati aks etgan qo‘lyozma
manbalarni atroflicha tadqiq etish, ulardagi adabiy asarlarni adabiyotshunoslik,
tarjimashunoslik ilmiga kiritish jarayoni izchil davom etmoqda.
Dunyo sharqshunosligida turkiy va forsiy tillarda yozilgan tazkiralarni atroflicha
o‘rganish va ularni tarjima qilish sohaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har
doim muhim hisoblangan. Xususan, turkiy va forsiy tillardagi tazkiranavislikning
genezisi, taraqqiyot bosqichlari, ulardagi an’anaviylik va novatorlik masalalari,
ayollarga bag‘ishlangan turkiy va forsiy tazkiralarning monografik tavsifi, ularda
nomlari zikr etilgan ayol ijodkorlarning faoliyatini o‘rganish, asarlarini filologik nuqtai
nazardan tahlil qilish mumtoz adabiy merosni saqlab qolishning asosiy omillaridan
sanaladi. Ayniqsa, turli mamlakatlarning qo‘lyozma fondlarida saqlanib kelinayotgan
ayollarga bag‘ishlangan tazkiralarni qiyosiy tadqiq etish muayyan davrdagi ijtimoiymadaniy sharoit, adabiy jarayonlar, ularda ayol ijodkorlarning o‘rni, davr ayollarining
yashash tarzi xususida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Fors tilida ayollar haqidagi ilk tazkira Faxriy Hiraviy (to‘liq ismi Sulton

Muhammad Faxriy bin Amir Hiraviy)ga tegishli deb hisoblanadi. Faxriy Hiraviy ijodi

doimo tadqiqotchi va olimlar e’tiborida bo‘lib kelgan. Adib ijodi bo‘yicha maxsus

tadqiqot olib borgan Said Hisomiddin Rashidiy 1968-yilda uning “‫”روضه السلاطين‬

(“Ravzatu-s-salotin”) va “‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”) tazkiralarining ilmiy-

tanqidiy matnini tayyorlagan va nashr etgan. Olim ushbu nashrning muqaddima

qismida Hiraviy hayoti va ijodi haqida urdu tilida batafsil ma’lumot bergan.

Shuningdek, Said Hisomiddin Rashidiy Faxriy Hiraviy qalamiga mansub yuzta

g‘azalni yuqorida qayd etilgan nashrga kiritgan (1968: 3-86 ‫ .(فخری هروی‬Olim har ikki

tazkiraga izohlar yozadi. Olim tomonidan yozilgan “Faxriy Hiraviy va uning uch asari”

nomli maqolasi Ahmad Gulchin Maoniy tomonidan tarjima qilinib chop etiladi.

Tojikistonlik olim Alizoda Saidxo‘janing «Фахрий Хирави и его место в истории

персидско-таджикской литературы» (2009) nomli nomzodlik dissertatsiyasida

Hiraviyning adabiyotshunos olim, tarjimon, yozuvchi sifatidagi ijodiy faoliyati tadqiq

qilingan. Shuningdek, tadqiqotchining Faxriy Hiraviy ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan bir

qator izlanishlari adib ijodi haqida muhim ma’lumotlar berganligi bilan e’tiborga

molik. (Alizada S, 1985: 59-70)

Shuningdek, Sayid Nafisiy, Aliasg‘ar Hikmat, Abdurasul Xayyompur, Ahmad

Gulchin Maoniy, Alirizoi Naqaviy kabi olimlarning ishlari Hiraviy ijodining ma’lum

bir qirralarini o‘rganishga bag‘ishlanadi.

Faxriy Hiraviy XVI asrning o‘rtalarida yashab ijod etgan. U o‘z zamonasida

Xuroson, Sindh va Hindistonda mashhur olim, adib, shoir, tazkiranavis va tarjimon

sifatida nom qozongan. U Alisher Navoiyning “Majolisu-n-nafois” asarini ilk bor

chig‘atoy tilidan fors tiliga “‫“) ”لطايف نامه‬Latoyifnoma”) nomi bilan tarjima qilib,

asarga to‘qqizinchi majlisni kiritadi (Navoiy, Alisher, 2020: 161). Bu tarjimaning

ahamiyati xususida sharqshunos olim Sh. Sirojiddinov: “Navoiy shaxsining forsiygo‘y

xalqlar orasida mashhur bo‘lishida “Majolisu-n-nafois”ning Faxriy Hirotiy tomonidan

fors tiliga tarjima qilinishi katta rol o‘ynaganligi shubhasizdir. Bu tarjima

“Latoyifnoma” nomi bilan mashhurlik tutib, uning to‘qqizinchi majlisi maxsus Navoiy

hayoti va ijodiga bag‘ishlangandir...” (Sirojiddinov Sh., 1997: 73) deb alohida urg‘u

beradi. Shuningdek, olim Alisher Navoiy ijodiga qanday yondashganligi, shoirning

ilm-fan yo‘lidagi sa’y-harakatlari va Navoiy vafoti xususida Faxriyning tafsilotlarini

keltiradi.

Sharqshunos olima S..Azimjanova esa, o‘zining “Boburning hind devoni” nomli

kitobi muqaddimasida “Al-Hiraviyning (Faxriy Hiraviy) majmuasi haqiqatan ham

“Majolisu-n-nafois”ning mantiqiy davomi hisoblanib, unda Bobur davrining adabiy

muhiti va undan so‘ngi shoirlar haqidagi ma’lumotlar, tazkira muallifi tomonidan esa,

o‘z davrining adabiy hayoti va o‘tganlarni yaxshi taniganligi qayd etiladi”, deb yozadi.

Faxriy Hiraviy asarlarining bir qancha qo‘lyozma nusxalari dunyoning turli
qo‘lyozma fondlari va muzeylarida, jumladan, O‘zbekiston, Eron, Afg‘oniston,
Tojikiston, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Iroq, Rossiya va Angliyada saqlanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani yozishda ayollarga bag‘ishlangan turkiy va forsiy tazkiralardagi
an’anaviylik va novatorlikni yoritish asosiy masala sifatida belgilab olindi.
Tadqiqotning mavzusini yoritishda tavsiflash, tasniflash, kompleks tahlil,
qiyosiy-tarixiy va statistik tahlil metodlaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Faxriy Hiraviyning hayoti va ijodi haqida Rashidiyning so‘z boshisida,
Faxriyning “‫“) ”هفت کشور‬Haft keshvar”)1, “‫“) ”تحفة الحبيب‬Tuhfatu-l-habib”)2, hamda
“‫“) ”روضه السلاطين‬Ravzatu-s-salotin”)3 asarlarida ma’lumotlar mavjud. Bu manbalarda
keltirilishicha, Faxriy Hiraviyning bolaligi Hirotda o‘tgan. XV asr oxirida Hirot
adabiyot ravnaq topgan shaharlardan biri bo‘lib, u yеrdagi adabiy muhit Hiraviyga ham
katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning otasi Mavlono Muhammad “Amiriy” taxallusi bilan ijod
qilgan, saroy a’yonlaridan bo‘lgan va Faxriyning ilm bilan shug‘ullanishiga katta
e’tibor qaratgan.

Arg‘unlar4 davrida ko‘plab ulamolar, shoir va ahli qalamlar Hind diyorida nom
qozonishdi va u yеrlarda doimiy qolib ketishdi. Shular orasida Faxriy Hiraviy ham
bo‘lib, aslida yurtini Haj qilish maqsadida tark etgan edi. Lekin, avval Sindhni ziyorat
qilib, keyinchalik shu yеrda qolib ketadi. Uning Hirotdan aynan qachon chiqib ketgani
ma’lum emas, biroq “‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”)da keltirilgan ma’lumotlardan
anglashiladiki, u shoh Tahmasp hukmronligi (1524-yildan boshlangan) davrida shu
yеrga kelgan. “‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”)ning debochasida Sindh hukmdori
shoh Tahmaspning ulug‘lanishi fikrimizning isbotidir.

1 Faxriy Hiraviy. “‫ .”هفت کشور‬O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida saqlanadigan №1026

inventar raqamli qo‘lyozma nusxa.
2 Faxriy Hiraviy. “‫ .”تحفة الحبيب‬O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat sharqshunoslik institutida

saqlanadigan №4596, №235 inventar raqamli qo‘lyozma nusxalar.
3 ۳ .‫ ص‬.۱۹۶۸ ،‫سلطان محمد فخری بن محمد اميری هروی.روضته السلاطين و جواهر العجايب. تصحيح و تحشيه سيد حسام الدين راشدی. حيدرآباد‬
4 Arg‘unlar-XIV-XV asrlarda arg‘unlarning asosiy qismi Farg‘ona vodiysida, Janubiy O‘zbekiston va Shimoliy

Afg‘onistonda yashaganlar. Ular borgan joylarining til muhitiga ko‘ra, yo mahalliy aholini turklashishiga sabab bo‘lgan

yoki ular ta’sirida o‘z etnik nomlarini unutmagan holda forsiyzabon tojiklarga aylangan. Arg‘unlar Amir Temur

davlatining tayanchi bo‘lgan qirq o‘zbek qavmlaridan biri bo‘lgan.

Fanda Faxriy Hiraviyning “‫ ”هفت کشور‬(1521)5 (“Haft Keshvar”), “‫”لطايف نامه‬
(1522)6 (“Latoyifnoma”), “‫ ”تحفة الحبيب‬(1524)7 (“Tuhfatu-l-Habib”), “‫”روضه السلاطين‬
(1549-1552)8 (“Ravzatu-s-salotin”), “‫ ”صنايع الحسن‬(1551) 9 (“Sanoeu-l-Hasan”), hamda
“‫ ”جواهر العجايب‬(1554-1555) (“Javohiru-l-ajoyib”) asarlari mashhur. Shulardan biri
bo‘lmish “‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”) asari fasl avvalida ta’kidlaganimizdek,
ayollarga bag‘ishlab yozilgan ilk tazkira hisoblanadi. Faxriy tazkiraning
muqaddimasida uning yaratilish sababini, so‘ng fors tilida ijod qilgan ayollarni
keltiradi. Bu tazkira hajman qisqa bo‘lsa ham fors adabiyoti tarixida ayollar tutgan
o‘rnini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. “‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”)
Faxriyning boshqa asarlariga nisbatan kamroq o‘rganilgan. Ahmad Gulchin Maoniy
(Ahmad Gulchin Maoniy, 1363: 308-328), Sayid Alirizoiy Naqaviy (Naqaviy, 1343:
96-98), Said Hisomiddin Roshidiy (Roshidiy, 1363: 5-98), Toji Usmon (Usmon T.,
1963: 81), S. Alizoda (Alizoda S., 2007: 31-37), F. Aliyeva (Aliyeva F., 2009: 16-39),
Matluba Mirzoyunus (Mirzoyunus M., 2008: 102-124), S. G‘aniyeva (G‘aniyeva S.,
1978-2000)ning ilmiy maqolalarini hisobga olmaganda, asar haqida monografik tadqiq
etilgan ish mavjud emas.

“Javohiru-l-ajoyib”ning yaratilishi Faxriy Hiraviyning Hindistondagi faoliyati
bilan bevosita bog‘liq. Tazkirada nomlari zikr etilgan ba’zi ayollarni shoir shaxsan
tanigan.

Tarixdan ma’lumki, Mirzo Shoh Hasan Arg‘uvon mo‘g‘ul bo‘lgan. U tabiatan
berahm va qattiqqo‘l edi, biroq, ilm-fan, she’r va adabiyot xususida gap borganda
rag‘bat ko‘rsatish va homiylik qilishda bu kishi bag‘ri keng edi. Faxriy Hiraviy Shoh
Hasanga bag‘ishlab “Ravzatu-s-salotin” va “Sanoe ul-Xasan” asarlarini bitgan.

5 “‫ -”هفت کشور‬Sulton Husayn Mirzo hukmronligi davrida yozilgan. Bu davrda poytaxt hisoblangan Hirot V.V. Bartoldning

qayd etishicha, o‘rta asrning sharq-u g‘arbidagi madaniyat markazi, shu bilan birga razolat-u fahsh markazi bo‘lgan.

Faxriy Hiraviyning ilk asari, ya’ni “‫ -”هفت کشور‬shu davrda vujudga kelib, o‘sha davrga taalluqli axloqiy muammolarni

ko‘tarib chiqadi. Bu asarni muallif Shoh Ismoil Safaviyga bag‘ishlaydi. Asar hikoyat ichida hikoyat uslubida yozilgan.

Ushbu asarning qo‘lyozma nusxalari O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham №2046,

№2047, №2048 inventar raqamlari ostida saqlanib kelinmoqda.

6 “‫ - ”لطايف نامه‬Alisher Navoiyning “Majolisu-n-nafois” tazkirasining forsiy tarjimasidir. Bu tazkira chig‘atoy tilidagi

matnning tarjimasi bo‘lganligi sababli ham, nihoyatda ahamiyatlidir.

7“‫ -”تحفة الحبيب‬Xusrav Dehlaviy, Hofiz, Kamol Xo‘jandiy, Jomiy, Foniy va boshqalarning g‘azallariga javoban yoki nazira,

payrav tarzida yozilgandir. “Tuhfatu-l-Habib” fors adabiyotida “Radoyifu-l-ash’or”, ya’ni “radifli she’rlar” tizimi

tartibida tuzilgan to‘qqizinchi majmuadir.

8“‫ ”روضه السلاطين‬Faxriyning bu tazkirasi, mazmun va mavzu jihatidan ahamiyatlidir. Faxriy, boshqa asarlarda nomi zikr

etilmagan sultonlar xususida ham ma’lumot bergan yoki she’r bitadigan podshohlar xususida zikr etgan. Masalan,

Feruzshoh shoir sifatida, Abulhasan Langoh, Malik Shamsuddin Buzkon, Malik Faxriddin va Malik Xisomiddinlar

birinchi marta namoyon bo‘lganlar. Temuriy hukmdorlar alohida e’tirof etilgan. Bu asarning Parij Milliy kutubxonasidagi

2 nusxasi (320, 321 raqam), Berlin nusxasi (644/134), Peterburg nusxasi – raqami S-1573/2065, Istanbul nusxasi (4097

raqam) ma’lum.

9 “‫ ”صنايع الحسن‬asari Sindhda yozilgan bo‘lib, Shoh Hasan Arg‘uvoniyga bag‘ishlangandir. Shu sabab ham asar

“Sanoyeu-l-Xasan” deb nomlangan. Asar nodir bo‘lib, hozirga qadar olim-u tadqiqotchilar nazaridan yiroqdir, asar she’r

ilmi haqidagi risola hisoblanadi. Budlindagi kutubxonada “Sanoyeu-l-Hasan”ning ikkita nusxasi bor. Birinchi nusxa 3171

raqami bilan 981-hijriy yilda yozilgan nusxa. Nusxa ELLIOT ning zaxirasida bo‘lgan. Ikkinchi nusxa 1372 raqami

ostidadir, u 1169-yilda Dehlida ko‘chirilgan 192-245-betlarda berilgan. Patnaning Bankipur kutubxonasida yana bir

nusxasi (948 r) saqlanadi. Kitob yakunida Rashiduddin Vatvotning olti varaqdan iborat “Aqsomu-l-Baxur” nomli she’riy

shakldagi maqolasi berilgan.

So‘ngra dardga chalinib falaj bo‘lib qoladi va hokimlarning buyrug‘iga binoan
kemada, daryoda kun kechiradi. Mamlakatda amirlarning o‘zaro jangi avj oladi. 1555-
yilda Mirzo Iso Tarxon10 poytaxtni egallab olib, shoh Hasan bilan sulh tuzdi. Ammo
Tarxon Txantadan qo‘shinini olib chiqib ulgurmay shoh Hasan vafot etdi. Uning o‘g‘il
farzandi bo‘lmaganligi bois, endi bu yеrda yangi shajara – Mirzo Iso Tarxon davri
boshlandi. Shu tariqa Faxriy yangi hukmdor, uning o‘z so‘zlari bilan ifodalaganda,
“Amiri Kabiri Olamgiri Oftobnazir Sulton nishon soyai lutfi rahmati Rahmon Mirzo
Muhammad Iso Tarxon bilan hamkorlik qila boshladi” (Fahriy Hiraviy, 1968: 3-81).

“‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”)ning debochasidan ma’lum bo‘lishicha,
Faxriy Shoh Hasanning xotini Hoji Moh Begim11 bilan doimiy muloqotda bo‘lgan.
Shoh Hasanning o‘limidan so‘ng, Arg‘un qavmining hamdardligiga erishish
maqsadida, Shoh Tarxon uning bevasiga uylandi.

Shoh Hasandan so‘ng Sindh ikkiga bo‘linib ketdi. Yuqori Sindhda Sulton
Mahmud Bahriy hukmronlik qilardi, uning tasarrufida ham saroy bo‘lib, ko‘plab adib
va olimlar shoh homiyligidan foydalanar edilar. Faxriyning aynan Tarxon saroyida
qolishining asosiy sababi Xoji Moh Begim bo‘lishi kerak (Fahriy Hiraviy, 1968: 3-
81). Bir necha muddatdan so‘ng Thanta vayron bo‘lgach, Hindistonda taxtga
Akbarshoh12 (hij. 949) o‘tirgani haqidagi xabar tezda tarqaladi. Akbarshoh saroyida
Akbarshohning enagasi Jiji Begim, ya’ni Mohim Enaganing13 ta’siri katta edi. Uning
aytganlarini shoh inkor qilmasdi. Faxriy uchun podshoh nazariga tushishning vositasi
aynan shu ayol edi. U “Javohiru-l-ajoyib” ning debochasiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritib,
asar so‘ngida ham unga bir qasida bag‘ishlaydi va asarning bir nusxasini Mohim
Enagaga taqdim etadi (Faxriy Hiraviy, 1968: 3-81). Mohim Enaga bu asarni shoh
huzurida namoyish etib, Faxriyga shoh nomidan 500 ashrafiy tuhfa qiladi.

Faxriyning Hindistonda qachongacha yashagani ma’lum emas. 1563-yilgacha
Hindistonda yashab Akbarshohning to‘rtinchi rafiqasi bo‘lmish Salima Sulton
Begimning maddohi sifatida faoliyat olib borgan, (Ahmad Gulchin Maoniy, 1363: 308-
328) degan ma’lumotlar ham bor. Salima Sulton Begim Boburning nabirasi edi. Uning
otasi Mirzo Muhammad Xumoyunning kuyovi, ya’ni Gulruh Begimning turmush
o‘rtog‘i bo‘lgan.

10 Mirzo Iso Tarxon otasi Mirzo Abdul Ali Tarxon Buxoro sultoni Mahmud Mirzo Bin Abusaid davrida hokim bo‘lgan.

U Shayboniyxon bilan bo‘lgan jangda barcha o‘g‘illari bilan birgalikda o‘ldirilgan (873-899-hij). Mirzo Iso Tarxon

go‘dak bo‘lganligi sababli, tirik qolgan. Vafoti 974-hijriy.

11 Mirzo Muhammad bin Arunning qizi, asl ismi Mohchuchuk. Shoh Hasandan qiz farzand ko‘rgan va uning ismi ham

Mohchuchuk bo‘lgan. Onasining ismi Zarifa Xotun bo‘lgan.

12 Humoyun Mirzo va Hamida Bonuning o‘g‘li. Boburiylarning Hindistondagi uchinchi shohi Jaloliddin Muhammad

Akbar 1556-1605-yillar orasida davlatni boshqargan.

13 Mohim Enaga Akbarshohning onasi Hamida Bonu bilan ikki yil davomida davlat boshqarganlar. Mohim

Akbarshohning sut emizgan onasi hisoblanadi, shu sababli ham Akbarshoh Mohim Enaga so‘zidan aslo chiqmagan.

Mohim Enaga o‘g‘li Adham Xonning o‘ldirilgani xabarini Akbarshohdan eshitgach, qirq kun o‘tib vafot etadi. Akbarshoh

enagasi uchun Dehlida maqbara qurdirib o‘sha yerga dafn ettiradi.

MUHOKAMA
Faxriy Hiraviyning “Javohiru-l-ajoyib” tazkirasi Allohga hamd va
payg‘ambarimiz (s.a.v)ga na’t bilan boshlangan bo‘lib, jami 31 nafar ayol nomi zikr
etilgan. Tazkirada Hazrat Oysha, Hazrat Zulayho, Mahastiy, Mehriy, Ofoq Begim
Jaloyir, Balxiy, Mo‘g‘ul Xonim, Jahon Xotin, Nisoiy, Bibicha Munajjima, Nihoniy
Sheroziy, Bibi Orzuyi Samarqandiy va sharqning boshqa iqtidorli ijodkor ayollari
haqida muxtasar bo‘lsa-da ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bulardan uch shoira:
Bediliy, Bibicha Munajjima va Mehriy haqida ma’lumotlar Alisher Navoiyning
“Majolisu-n-nafois” asarida ham keltiriladi. Quyidagi misollarni qiyoslash orqali
Bediliy, Bibicha Munajjima va Mehriy haqidagi ma’lumotlarning o‘xshash va farqli
jihatlarini kuzatish mumkin.

1-jadval. “‫ ”جواهر العجايب‬va "‫"مجالس النفايس‬

"‫“) "مجالس النفايس‬Majolisu-n-nafois”) “‫“) ”جواهر العجايب‬Javohiru-l-ajoyib”)
Mehriy ta’rifi Bibi Mehriy

Mavlono Sulaymoniy - Bobur Mirzo Gavharshod Begimning mulozamatida u
xizmatida bo‘lur erdi. Va badihani ravon aytur bilan yaqin munosabatda bo‘lgan, Xoji
erdi. Ammo Hazrati Xoja Hofizning bu matlai Abdulaziz Hakimning ayoli, husn-u jamolda
javobidakim: tengi yo‘q Bibi Mehriy Shohruh Mirzoning
Yod bod on ki sari ko‘i tuam manzil bud, (1447) hukmronligi davrida yashab ijod etgan.
Didaro ravshani az xoki darat hosil bud. Bu muxtasar tahrirga sabab bo‘lgan g‘azali va
Aning bu matlai yomon voqe’ bo‘lmaydurkim: yaxshi baytlari bordir. Mashhur bo‘lgan bu
Halli on nuktaki, bar piri xirad mushkil bud. matla’ shu jumladandir:
Ozmudem, ba yak jur’ai may hosil bud. Tuprog‘imdan hosil bo‘lgan har bir tikanning
So‘ngi bayti budurkim: ildizidan
Guftam az madrasa, pursam sababi hurmati Misvok yasalsa mast-u telba bo‘lar.
may,
Dari har kaski, zadam bexudu loya’qil bud. Aytishlaricha, bir kuni bayramda
Va mashhur mundoqdurkim, bu ab’yot Gavharshod Begimning jiyani Sulton Mas’ud
Mavlono Hakim tabibning xotuni Mehriyga ko‘zi tushib uni sevib qolgan.
Mehriningdur. Va bu faqir siqqa eldin Mehriy Sulton Mas’ud bilan Hirot shahrida
eshittimkim, Sulaymoniyningdur, vallohu joylashgan Ixtiyoriddin qal’asidagi bog‘da
a’lam! o‘tirganlarida, o‘sha yеrdan o‘tib ketayotgan
Mehriyning turmush o‘rtog‘i Hakim
Abdulazizni ko‘rib qoladilar, Sulton Mas’ud
kulib uni Mehriyga ko‘rsatadi, u esa quyidagi
baytni aytadi:

‫کردم بر اوج برج، مه خويشتن طلوع هان اﻯ‬
‫ نكر‬٬‫ طالع مسعود من‬٬‫حﮑيم‬

Ya’ni:
Oy burji yuksakligida ko‘ringan edim,
Ey Hakim, baxtli tole’imni ko‘rgil.
Quyidagi keltiriladigan javobiya mutoyibali
ruboiylar jumlasidandir: Mehriy Begim bilan
suhbatlashib o‘tirganlarida, uzoqdan Hakim
ketayotganini ko‘rib qoladilar. Begim uni
tezroq yеtib kelishi uchun yoniga odam

yubordi. U keksaligi sabab, do‘q qildi va
qadam tashlashga qiynalardi, shunda Begim
Mehriyga yuzlanib biror narsa degin dedi,
Hakim yеtib kelgach Mehriy bu nazmni aytdi:
Menda sen bilan yorlik qilish mayli
Senda esa qarilik va zaiflik, kuch-quvvat
qolmadi
Mehriyda vafodorlik, senda esa
oyoqni ko‘tarib bosishga mador qolmadi.

Mehriy fozila, xushchaqchaq qiz, sergak,
go‘zal va zamonasining shirinsuxan ayollari
qatorida bo‘lgan. Bir kuni bahor paytlarida
Mehriy sayrga chiqdi va atrofga nazar solib
o‘tirgan chog‘i, xirmon atrofida ishlayotgan
bir keksa inson Mehriyga muhabbat nazari
bilan tikilayotganini ko‘rdi. Mehriy uni
chorlab ahvolini so‘radi, qariya esa, ey
dilbarjamol, ne dey:
Onjo ke ayon ast che hojat bayon ast deydi,
shunda Mehriy kulib unga ham ruboiy aytadi.
Bu voqeadan biz Mehriy haqiqatan ham go‘zal
va hozirjavob ayol bo‘lgan deb xulosa
qilishimiz mumkin.
Yo rab qanday suv va loydan yaralgandirman,
Barcha dilbarlar kabi istagim qanday
loydandir.
Agar mening istagim qarilarnikidek
bo‘lganida,
Notavon zaif qariligim qanday loydandir.
Hakim uchun aytgan bu ikki ruboiy ham unga
oiddir:
Har safar tushimda ham istagimni
bajarmassan,
Tunda sen bilan suhbatlashsam uyqu
bermassan.
Men tashna labu, sen vaqtim huzuri desang,
Xudoning bahridan na bo‘ldiki, suv ham
bermasang.
Ehtimol uyingda ham bo‘lmasam kerak,
Quvilgan yuragim ham ochilmasa kerak.
Mol-mulkdan hamma narsam bor dersan,
Ha! Hamma narsa bordir, ammo kerak narsa
yo‘qdir.
Quyidagi ruboiy ham unikidir:
Agar qarining yosh ayoli bo‘lsang,
Qariligi sabab, hamisha dilgir bo‘lsa.
Ha! Go‘yo ayollar aytganidek,
Kishi oldida o‘q, qaridan yaxshiroqdir.

Yana go‘zal bir qissa berilgan. Bir kuni
Mehriy bilan turmush o‘rtog‘i Hakim,
Boysunqur Mirzoning nazmu-nasrga
bag‘ishlangan majlisida o‘tirganlarida, majlis

Bediliy yakunida sharobxo‘rlik paytida, Hakim
Shayxzodayi Ansoriy — Shayx Abdulla Boysunqur Mirzoga Mehriyning dastidan o‘lar
Devonaning o‘g‘lidur. Kichik yoshidin bo‘lsam o‘lib bo‘ldim, hech ham uyda
tahsilg‘a yaxshi mashg‘uldur va muammo o‘tirmaydi deb nola qiladi! Mirzo hazillashib
fanida ko‘p muloyimat andin zohir bo‘lur, hozir uyga borganda uning oyoqlariga kunda
ham ayturida va ham ocharidakim, ulug‘roq qo‘y deb aytdi. Hakim majlisdan so‘ng uyga
elga mahalli taajjubdur. qaytgach mastlikda uning oyoqlariga kunda
Andoq zohir bo‘lurkim, volidasi ham qo‘yadi. Mehriy erta sahardayoq uyg‘onib bu
xush tab’durur va «Bediliy» taxallus qilur. ruboiyni Mirzoga yuboradi:
Go‘yo bu matla’ aningdurkim:
Ravam ba bog‘u zi nargisi du dida vom ‫افسوس نه در كنده بخواهد سودن ﭙاﻯ كه دو‬
kunam ‫ صد كردن را‬٬‫شاخه بود‬
Ki, to nazorai on sarvi xush xirom kunam
٬‫شه كنده نهاد سر و سيمين تن ر ا زين واقعه‬
Munajjima ‫ماتم است مرد و زن را‬
Xoja Alouddin – Kirmon mulkidin. Xoja Ya’ni:
Afzaliddin Muhammadqa qarobatdur va Afsus na kunda qo‘yishni,
Bibicha Munajjimaning inisidur. Zohirin Ikki shohlik oyoqni yuzga bo‘lishni bilar.
ulumni takmil qilg‘ondin so‘ngra mayli Kundaga tanining vujudini qo‘ydi,
darveshliqlarga g‘olib bo‘lub, Makka Erkak-u ayolga bu voqea motam bo‘ldi.
azimati qildi va o‘ttiz yilg‘a yaqindurkim, Mirzo o‘qib kulib yubordi. Har ikkisini
anda mujovir bo‘lub, suluk va toatqa, chaqirtirib uzr so‘rab sarpo kiydirdi.
mashg‘uldur. Andoq ma’lum bo‘lurkim, bu
sulukda biyik manzilat va yorug‘luqlarg‘a Bediliy
musharraf bo‘lubdur va oliy martabag‘a Shayx Abdulloh Devonaning haramidan
yеtibdur. Ulvi himmatdin dunyo mofiyhog‘a bo‘lgan. Mavlono Shayx Abdulloh Hirot
etak silkib maqsud ka’basida munqaviy shahrining mashhur quvnoq kishilaridan edi va
bo‘lubdur va hamuldarajadin moxalaqalloh uning
balki mosivollohni mavhumi mahz, balki Men baxtsiz atrofingda har chand yugurdim.
ma’dumi mutlaq bilib vusul harimida e’tikof Yurakdagi ko‘z yosh-u ohdan boshqa hech
qilibdur. narsa ko‘rmadim.
Bu yaqinda silai rahim rioyati uchunki, matla’sini Amir Alisher “Tazkiratu-sh-shuaro”
adoi farz qilg‘ay, Xurosong‘a kelib erdi, kitobida keltirgandir.

Bija

Bija Munajjima o‘z davrining zarifa-yu

orifalaridan edi. Ayniqsa yulduzlar sohasi

ilmi-yu dunyoviy ilmlariga teng keladiganlari

yo‘q edi, ko‘pgina bilimlarga ega va amir-u

sultonlarga manzur bo‘lgandir. Aytishlaricha,

u bilan hazrat Maxdum Mavlono Nuriddin

Abdurahmon Jomiy o‘rtalarida o‘tkir fikrli

mulozamatli hajviyalar bo‘lgan. Hazrat

maxdumiy hammom qursalar, u ham hammom

qurdirdi. Ular madrasa bino qilsalar, u ham

madrasa bino qildirdi. Masjid qursalar, u ham

masjid qurdi. Ulug‘larni namozga chorlasa, u

ham taklif qildi. Ammo Mavlono Abdurahmon

Jomiy kelmadi va sening masjidingda

namoz o‘qimayman, chunki sening

mehrobing namozga loyiq emas, deb qit’a

aytdi. U buni eshitib hayajonlanib, ular nima

buyuradilar: ular nima qurishsa men ham

necha vaqt hazrat Maxdumiy Nuran bila qurdim, ularda bor fazilatlar menda ham bor,
suhbati xushti. Ul jihatdin tavaqquf qildi. ular she’r aytishsa, men ham aytaman, ularda
Chun ul hazrat baqo olamig‘a rihlat qildi, menda yo‘q nimalari bor deb so‘radi. Mullo,
yana Makka azimati, asli maqomg‘a bordi. bizda unda yo‘q bir narsa bor deb aytdi. U ham
Borurda yo‘lda Shayx Nizomiy bizda, unda yo‘q bir narsa bor, balki uni bizga
«Xamsa»sining avvalg‘i kitobi «Maxzanu-l- ehtiyoji bordir, deb javob berdi. Bu gap Hazrat
asror» vaznida bir masnaviy aytib yuborib Maxdumiyga juda yoqdi va uning uyiga barcha
erdi va ko‘p haqoyiq va maorif anda darj ulug‘lar bilan to‘planib tashrif buyurishdi.
qilib erdi. Bu yaqinda Makkadin yana bir Majlisda Bija Munajjimma astoydil xizmat
masnaviy ham tasavvuf istilohatida hadiqa qildi. Turmush o‘rtog‘ining vafotiga yozgan
vaznida aytib yuboribdurkim, aning bu matla’ unikidir:
ta’rifidin qalam tili qosirdur, ahli tahqiq Osmon munavvarligidan, baxt yulduzim
o‘qug‘ondin so‘ng qoyilining kamolin undandir,
ma’lum qilg‘aylar. Kitobi hamdining Ko‘rgil! Bu zamondan ayrilig‘im yеrdadir.
avvalg‘i bayti budurkim:
Ey, jahon yofta namud az tu,
Bar adam tuhmati vujud az tu

Ko‘rib turganimizdek, Navoiy ayollarni so‘z aro aytib o‘tgan, ammo Faxriy

Navoiy uslubini davom ettirgan holda, ularga o‘zi eshitgan misollarni qo‘shib, izoh

qoldirgan va barcha tazkiranavislar uchun poydevor qo‘ydi. Quyidagi tazkiralarni

o‘rganish asnosida ushbu ayollar haqidagi ma’lumotlar Faxriy tazkirasida berilgani

tarzda aynan takrorlanganini aniqladik:

2 - jadval. Mehriy, Bediliy va Munajjima

Mehriy Bediliy Bibicha Munajjima

"‫مجالس النفايس‬ "‫مجالس النفايس‬ "‫مجالس النفايس‬

“‫”جواهر العجايب‬ “‫”جواهر العجايب‬ “‫”جواهر العجايب‬

‫مشاهير زنان ايرانی و پارسی مشاهير زنان ايرانی و پارسی مشاهير زنان ايرانی و پارسی‬

‫”گوی‬ ‫”گوی‬ ‫”گوی‬

"‫پرده نشينان سخنگوی‬ "‫پرده نشينان سخنگوی‬ ‫"رياحين الشريعه‬

"‫"تذکره الخواتين‬ "‫"تذکره الخواتين‬ "‫"صبح گلشن‬

"‫از رابعه تا پروين‬ "‫از رابعه تا پروين‬ "‫از رابعه تا پروين‬

"‫"خيرات حسن‬ "‫"خيرات حسن‬

‫"شمع انجمن‬ ‫"شمع انجمن‬

"‫"روز روشن‬ "‫"عرفات العشقين‬

"‫"مرآت الخيال‬ "‫"مرآت الخيال‬

"‫"نقل مجلس‬ "‫"حديقه عشرت‬

"‫"زنان سخنور‬

Faxriydan keyin Roziy, Taqi Koshiy, Taqiddin Avhadiy, Vali Dog‘istoniy,

Sherxon Lo‘dhiy, Sayyid Ali Hasanxon, Said Muhammad Siddiq Bahodir va Latif Ali

Ozar, Vojid Alilar forsiyda shoiralar haqida tazkira yozganlar. Bulardan Sherxon va

Ozarlar o‘z tazkiralarining xotimasida ayollar (shoiralar) uchun alohida bob

kiritganlar. Ozar 8ta va Sherxon 15 shoiraning nomini zikr qilgan. Taqi Koshiy va
Taqiddin Avhadiylar o‘z tazkiralarida “Javohiru-l-ajoyib”dan ko‘p foydalanganlar.

XULOSA
Alisher Navoiyning "‫ "مجالس النفايس‬va Faxriy Hiraviyning “‫”جواهر العجايب‬
tazkiralarini qiyoslash natijasida, Faxriy Hiraviy Alisher Navoiy uslubidan
foydalangan holda, uning ijod maktabini davom ettirgani ko‘zga yaqqol tashlanadi.
“‫ ”جواهر العجايب‬tazkirasi fors adabiyotida ayollarga bag‘ishlangan ilk tazkira sifatida,
boshqa tazkiranavislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilib kelgandir.
Faxriy Hiraviy “‫ ”جواهر العجايب‬tazkirasida, ayollar tomonidan yozilgan bahri
qofiya (10), matla’ (24), qasida (2), ruboiy (11), g‘azal (9), nazm (1), qit’a (3), javobiya
(21), baytlar (8) orqali ja’mi 90 she’riy parchalarni ilk bor o‘z tazkirasida keltirib, davr
adabiyotining rivojiga yangilik sifatida kiritgan.
"Javohiru-l-ajoyib" va "Majolisu-n-nafois" asarlari o‘z davrining muhim adabiy
va madaniy manbalari sifatida katta ahamiyatga ega. Ushbu asarlarning qiyosiy tadqiqi
adabiyotshunoslik va tarixshunoslik sohasida muhim ilmiy ish hisoblanadi. "Majolisun-nafois" o‘z davrining adabiy muhitini yoritishda va o‘sha davr shoirlarining ijodiy
faoliyatini keng jamoatchilikka tanitishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. "Javohirul-ajoyib" esa ayollarning hayotdagi tutgan o‘rni, tarixiy va madaniy merosini
o‘rganishda qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.
Navoiy va Faxriyning yondashuvlari har xil bo‘lsa-da, ularning asarlari hozirgi
kunda ham ilmiy va adabiy jihatdan katta ahamiyatga ega.

MINNATDORCHILIK
Ayollarga bag‘ishlangan tazkiralarga muhabbat uyg‘otgan, hamda ushbu
g‘oyani meros qoldirgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, “El-yurt
hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari va O‘zbekiston Qahramoni faxriy
unvoni bilan mukofotlangan olima ustoz Suyima G‘aniyevaning yorqin xotiralariga
bag‘ishlayman. Men shunday ulug‘ inson, sochlarining oqi o‘zlariga yarashib
turadigan, mehribon, go‘zal va latofatli, O‘zbekiston Qahramoni bo‘lgan, professor
Suyima G‘aniyevadan dars olganimdan faxrlanaman va o‘zimning ham talabalarimga
alohida e’tirof bilan so‘zlab beraman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdurahmon Jomiy. Nafohatu-l-uns. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti, №1828, №1484 inventar raqamli qo‘lyozma nusxalari.
2. Ahmedov, B. (1981) Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni. – Toshkent.
3. Alieva, F. Tazkirat ul-xavotin va barrasii osori zanoni suxanvari Mirzo

Muhammad ibn Muhammad Rafe’. Tojikiston Milliy Universiteti kutubxonasi
№1020.

4. Alizada, S. (1363/1985) “Литературная ценность “Латайиф-наме” Фахрии

Хирави” Журнал “Хорасан”. № 19. Центр языка и литературы Академии

наук Афганистана. – Кабул. – С. 59-70 (на языке дари)

5. Ализада, С. (Maрт, 1986) “Тухфат ул-Хабиб” Фахрии Хирави” Кабульский

университет. Пятая научная конференция. – Кабул. – С. 45-48.

6. Ализада, С. (2007) “Джавахир ул-аджайиб” Фахрии Хирави” Гендерное

равноправие. – Душанбе.

7. Ализада, С. (2007) “Жизн и творчество Фахрии Хирави” Журнал

“Маърифати омузгор”. № 7, – Душанбе. – С. 27-31.

8. Ализада, С. (2009) “Фахри Хирави и его “Хафт кишвар” Вестник

Таджикского националного университета (научный журнал). Серия

филологии. № 4 (52). – Душанбе: Сино. – С. 93-98.

9. Alizoda, S. (2007) “Bounvoni suxanvar dar tazkirai “Javohiru-l-ajoyib”i Faxri

Xiravi” Maqolalar to‘plami. – Dushanbe. – B. 31-37

10. Азимджанова, С. (1966) Индийский диван Бабура. – Тошкент: Фан.

11. Blochet T. (1905) Catalogue des manuscripts Persian de lo Bibliotheque

Nationale. T. 1. – Paris. – 316 p.

12. Faxriy Hiraviy. “‫ .”تحفة الحبيب‬O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida saqlanadigan №4596, №235, №1026

inventar raqamli qo‘lyozma nusxalar.

13. G‘anieva, S. (2000) “Navoiyga zamondosh shoiralar” O‘zbekiston madaniyati.

– Toshkent.

14. G‘anieva, S. (2000) “Javohir ul ajoyib” - shoiralar haqidagi tazkira” Sharq

mash’ali, № 2.

15. G‘aniyeva, S. (2000) Navoiy nasri nafosati. – Toshkent.

16. Habibullayev, A. (2000) Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. –

Toshkent.

17. Mirzoyunus Matluba (2008) “Faxriy Hiraviy va Javohiru-l-ajoyib” Sadoi sharq

jurnali № 6. – B. 102-124.

18. Rieu Ch. (1985) Catalogue of Persian Manuscripts of the British Museum. –

London.

19. Sirojiddinov, Sh. (1997) XV-XVI asrlar tarixiy va tazkira-esdalik asarlarida

Alisher Navoiy hayoti va faoliyati talqini. – Toshkent. – B. 73-80.

20. Toji Usmon. (1963) Shoira Mahasti. – Dushanbe. – 81 s.

21. ۳۵۷-۳۵۳‫ ش. ص‬۱۳۶۳ ‫ ـ،تهران‬.۲ ‫احمد گلچين معانی، تاريخ تذکره های فارسی، ج‬

22. ۱۰. .‫احمد گلچين معانی، تحفة الحبيب.// حراسان. فن.ص‬

23. .‫سعيد نفيسی. تاريخ نظم و نثر در ايران و در زبان فارسی تا پايان قرن دهم هجری‬

۲۲۷-۲۲۸ .‫ ص‬.۱ .‫ح‬.۱۳۴۴ -.‫تهران‬

24. ۱۳۲۳ -.‫مجالس النفايس. تصحيح و منتشر علی اصغر حﮑمت. تهران‬

REFERENCES:

1. Abdurahmon Jomiy. Nafohatu-l-uns. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti, №1828, №1484 inventar raqamli qo‘lyozma nusxalari. (In

Tajik)

2. Ahmedov, B. (1981) Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni. – Toshkent.

(In Uzbek)

3. Alieva, F. Tazkirat ul-xavotin va barrasii osori zanoni suxanvari Mirzo

Muhammad ibn Muhammad Rafe‘. Tojikiston Milliy Universiteti kutubxonasi №1020.

(In Tajik)

4. Alizada, S. (1363/1985) “Literaturnaya sennost “Latayif-name” Faxrii Xiravi”

Jurnal “Xorasan”. № 19. Sentr yazika i literaturi Akademii nauk Afganistana. – Kabul.

- S. 59-70 (In Dariy)

5. Alizada, S. (Mart, 1986) “Tuxfat ul-Xabib” Faxrii Xiravi” Kabulskiy

universitet. Pyataya nauchnaya konferensiya. – Kabul. – S. 45-48. (In Russian)

6. Alizada, S. (2007) “Djavaxir ul-adjayib” Faxrii Xiravi” Gendernoye

ravnopraviye. – Dushanbe. (In Russian)

7. Alizada, S. (2007) “Jizn i tvorchestvo Faxrii Xiravi” Jurnal “Maʼrifati

omuzgor”. № 7, – Dushanbe. – S. 27-31. (In Russian)

8. Alizada, S. (2009) “Faxri Xiravi i yego “Xaft kishvar” Vestnik Tadjikskogo

natsionalnogo universiteta (nauchniy jurnal). Seriya filologii. № 4 (52). – Dushanbe:

Sino. – S. 93-98. (In Russian)

9. Alizoda, S. (2007) “Bounvoni suxanvar dar tazkirai “Javohiru-l-ajoyib”i

Faxri Xiravi” Maqolalar to‘plami. – Dushanbe. – B. 31-37 (In Tajik)

10. Azimdjanova, S. (1966) Indiyskiy divan Babura. – Toshkent: Fan. (In

Russian)

11. Blochet T. (1905) Catalogue des manuscripts Persian de lo Bibliotheque

Nationale. T. 1. – Paris. – 316 p.

12. Faxriy Hiraviy. “‫ ”تحفة الحبيب‬O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida saqlanadigan №4596, №235, №1026

inventar raqamli qo‘lyozma nusxalar. (In Persian)

13. G‘anieva, S. (2000) “Navoiyga zamondosh shoiralar” O‘zbekiston

madaniyati. – Toshkent. (In Uzbek)

14. G‘anieva, S. (2000) “Javohir ul ajoyib” - shoiralar haqidagi tazkira” Sharq

mash‘ali, № 2. (In Uzbek)

15. G‘aniyeva, S. (2000) Navoiy nasri nafosati. – Toshkent. (In Uzbek)

16. Habibullayev, A. (2000) Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. –

Toshkent. (In Uzbek)

17. Mirzoyunus Matluba (2008) “Faxriy Hiraviy va Javohiru-l-ajoyib” Sadoi

sharq jurnali № 6. – B. 102-124. (In Uzbek)

18. Rieu Ch. (1985) Catalogue of Persian Manuscripts of the British Museum. –

London.

19. Sirojiddinov, Sh. (1997) XV-XVI asrlar tarixiy va tazkira-esdalik asarlarida

Alisher Navoiy hayoti va faoliyati talqini. – Toshkent. – B. 73-80. (In Uzbek)

20. Toji Usmon. (1963) Shoira Mahasti. – Dushanbe. – 81 b. (In Tajik)

21. .‫ ش‬۱۳۶۳ ‫ ـ،تهران‬.۲ ‫احمد گلچين معانی، تاريخ تذکره های فارسی، ج‬

۳۵۷-۳۵۳‫ص‬

22. .‫احمد گلچين معانی، تحفة الحبيب.// حراسان‬

۱۰. .‫فن.ص‬

23. ‫سعيد نفيسی. تاريخ نظم و نثر در ايران و در زبان فارسی تا پايان قرن دهم‬

۲۲۷-۲۲۸ .‫ ص‬.۱ .‫ح‬.۱۳۴۴ -.‫هجری. تهران‬

24. -.‫مجالس النفايس. تصحيح و منتشر علی اصغر حﮑمت. تهران‬

۱۳۲۳