ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arab tilshunos olimlarining “Lafziy taʼkid” tushunchasi haqidagi qarashlari

Mullasodiqova Nigora Miromonovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARAB TILSHUNOS OLIMLARINING “LAFZIY TAʼKID” TUSHUNCHASI
HAQIDAGI QARASHLARI

VIEWS OF ARAB SCIENTISTS ON THE CONCEPT OF
“FORMAL EMPHASIS”

ВЗГЛЯДЫ АРАБСКИХ УЧЕНЫХ НА ПОНЯТИЕ
“ФОРМАЛЬНОЕ УДАРЕНИЕ”

Mullasodiqova Nigora Miromonovna,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Tel: +998 90 990-21-17
ngrm@mail.ru

Annotatsiya: Tilning nozik xususiyatlarini bilish nutqning taʼsirchanligini
oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Arab tilida tinglovchining holatiga qarab gap turlari
uchga taqsimlanadi. Mazkur gap turlaridan kutiladigan natija ham turlicha deb
hisoblanadi. Odatda so‘zlovchi tinglovchining holatidan kelib chiqib, gap qo‘llaydigan
gap turini ajratadi. Tinglovchini o‘z gapiga ishontirishni maqsad qilgan so‘zlovchi gap
mazmunini kuchaytirish yo‘llarini bilishi lozim. Tinglovchining qanday holatda
ekaniga qarab gapda nechta taʼkid vositasi qo‘llash mumkinligi aniqlanadi. Bu
vositalar arab tilida 50 turdan ortiq deb hisoblanadi. Ulardan biri kuchaytiruvchi taʼkid
deb hisoblanadi. Mazkur maqolada taʼkid tushunchasi, uning turlari, qo‘llashdagi
alohida xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Shu bilan birga, arab tilida kuchaytiruvchi
taʼkid tushunchasi va uning qo‘llanishiga oid mulohazalarni keltiramiz. Klassik davr
olimlarining mazkur masaladagi fikr-mulohazalarini asosan Qurʼon oyatlari asosida
tushuntiramiz.

Kalit so‘zlar: so‘zlovchining maqsadi, tinglovchining holati, taʼkid, lafziy taʼkid

Annotation: Knowledge of the subtle features of the language plays an important
role in improving the efficiency of speech. There are three types of sentences in Arabic,
depending on the situation of the listener. The expected results from these types of
offers are also considered to be different. Usually the speaker distinguishes the type of
speech he uses based on the situation of the listener. A speaker who seeks to convince
the listener in his speech must know how to enhance the content of speech. Depending
on the situation of the listener, it is determined how many means of assertion can be
used in a sentence. There are more than 50 types of them in Arabic. One of them is
considered to be an amplifying application. In this article, the concept of amplification
and its types, as well as the features in its use are reflected. At the same time, the

concept of amplification and its application in Arabic are commented. We explain the
opinions of classical scholars on this issue mainly on the basis of Qur'anic verses.

Keywords: speaker's goal, listener's position, assertion, amplification meaning,
amplifying applications.

Аннотация: Знание тонких особенностей языка играет важную роль в
повышении эффективности речи. В арабском языке есть три типа предложений,
в зависимости от ситуации слушателя. Ожидаемые результаты от этих типов
предложений также считаются разными. Обычно говорящий различает тип речи,
которую он использует, исходя из ситуации слушателя. Оратор, стремящийся
убедить слушателя в своей речи, должен знать, как улучшить содержание речи.
В зависимости от ситуации слушателя определяется, сколько средств
утверждения можно использовать в предложении. В арабском языке их более 50
видов. Одним из них считается усиливающее приложение. В данной статье
отражено понятие усиления и его виды, а также особенности его использования.
При этом комментируется понятие амплификации и его применение в арабском
языке. Мнения ученых-классиков по этому вопросу мы объясняем
преимущественно на основе аятов Корана.

Ключевые слова: цель говорящего, положение слушающего, утверждение,
усиления значение, усилительные приложения.

KIRISH
Nutq taʼsirli bo‘lishi uchun so‘z haqiqiy qudratga ega bo‘lishi kerak. Har qanday
so‘z insonga taʼsir qilishi uchun eng avval so‘zlovchi ishonch bilan so‘zlashi,
tinglovchi uchun zarur gapni topa bilishi shart deb hisoblanadi. So‘zlovchining nutqi
tinglovchida biror shubha uyg‘onishiga sabab bo‘lsa, uni gapga ishontirish zarurati
yuzaga keladi. Odatda so‘zlovchi o‘z gapining rostligini isbotlash uchun maʼlum
so‘zlar yoki ohangdan foydalanadi. O‘zbek tilshunosligida maʼno kuchaytirish
ko‘pincha ohang orqali ifodalanadi, shu bilan bir qatorda maxsus so‘zlar vositasida
ham aks etadi. Arab tilshunosligida esa tinglovchini gapga ishontirishda so‘zlar juda
muhim omil deb qaraladi. Maʼnoni kuchaytirish taʼkid vositalaridan foydalanib amalga
oshirilishi mumkin. Gaplarni taʼkidlash mavzusi o‘zbek tilshunosligida maxsus mavzu
sifatida o‘rganilmaydi, ammo baʼzan kuchaytirish, baʼzan alohida ajratib ko‘rsatish va
tasdiqlash kabi tasdiq va modal so‘zlar doirasida morfologiya sohasida muhokama
qilinadi.
“Taʼkid”, “taʼkidlash” so‘zlari o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha
keltiriladi:

 alohida uqtirish; qattiq tayinlab aytilgan so‘z, gap.
 uqtirish, qayd etish yoki tasdiqlash: qayd, tasdiq (E. Begmatov va boshqa

mualliflar, 2020)

Demak, “taʼkid” o‘zbek tilida biror gap yoki voqeani tinglovchining xotirasidan
ko‘tarilmaydigan darajada qattiq tayinlanishi yoki yaxshilab tushuntirish uchun
uqtirilishiga qaratiladi. Arab tilida esa “taʼkid” so‘zi ikki xil o‘zakdan yasalishi va birbiriga yaqin maʼno ifodalashi ko‘rsatiladi:

 ‫ و ك د‬o‘zagidanٌ ‫َوكَّد – يوَ ِّكد – ت َْوكِيد‬
 ‫ أ ك د‬o‘zagidanٌ ‫ أ ََّكد – يؤَ ِّكد – تَأ ِْكيد‬shaklida yasaladi va har ikkisi ham ta’kid
ma’nosini ifodalaydi.
Bu ikki termin bir ma’noni ifodalasa ham, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
mavzulardagi turli qaror va bitimlar tuzishga oid gaplarda odatdaٌ ‫ أ ََّكد – يؤَ ِّكد – تَأ ِْكيد‬shakli
qo‘llanadi, biror gap yoki qasamga ishontirish ma’nosida esaٌ ‫ َوكَّد – يوَ ِّكد – ت َْوكِيد‬shakli
tanlanadi (1990 ،‫ .(الفيومي‬Grammatikada shubha-gumonni tarqatish uchun mo‘ljallangan
gap tarkibidagi omillarni hamٌ ‫ ت َْوكِيد‬deb atash to‘g‘ri bo‘ladi (1378 ,‫.(ابن المنظور‬
Grammatik termin sifatida esa biror narsani kuchaytirish kerak bo‘lganda ta’kid yoki
tavkid so‘zi qo‘llanadi. (1990 ,‫(الرازي‬

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
“Lafziy ta’kid” tushunchasi nahv ilmiga oid ko‘pgina adabiyotlarda tahlil
qilinadi. Jumladan, ibn Manzur “ ‫ ”لسان العرب‬asarida, Abu Bakr Roziy “‫”مختار الصحاح‬
asarida, Ahmad Fayyumiy “‫ ”المصباح المنير‬asarida, Abdulqohir Jurjoniy “.‫”التعريفات‬
asarida, Sulaymon Fayyod “‫ ”النحو العصري‬asarida, Abdulhodiy Fazliy “‫”مختصر النحو‬
asarida, Abul Baqo Abdulloh Abkariy “‫ ”اللباب في علل البناء واْلعراب‬asarida, Hasan Abbos
“‫ ”النحو الوافي‬asarida ta’kid tushunchasiga ta’rif berganlar. Keltirilgan barcha ta’riflar
lingvistik nuqtai nazardan yondashib yoritilgan va ta’kid nahv ilmida “tavobi’” – tobe
bo‘laklar mavzusi doirasida o‘rganilishiga guvoh bo‘lamiz. Barcha adabiyotlarda
ta’kidning “lafziy” va “ma’naviy” turlarga taqsimlanishi va ular tobe so‘zlar ‫(التوابع)‬
tarkibida aniqlovchi va izohlovchi mavzulari doirasida o‘rganilishiga va mazkur
mavzu doirasida so‘zlarning kelishik o‘zgarishiga ta’siri masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan. Mazmundagi nozik jihatlarga esa alohida to‘xtalmagan. “‫ ”التعريفات‬va
“‫ ”المفصل‬asarlari mualliflari Jurjoniy va Zamaxshariy esa masalaga stilistik jihatdan
ham yondashib, ta’kid tinglovchining xabardan qay darajada xabardorligidan kelib
chiqib qo‘llanishini ko‘rsatgan. Omidiy esa “‫ ”اْلحكام في أصول الأحكام‬asarida fiqhiy nuqtai
nazardan ta’kidning ahamiyatini ko‘rsatgan. Maqolada foydalanilgan adabiyotlar
orqali umuman “ta’kid” tushunchasi, xususan, uning klassifikatsiyasi, nutqga ta’siri
kabi masalalar yoritilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ilmiy izlanishlar jarayonida ta’kid tushunchasining yoritilishi, ta’kid turlari va
yasalishi haqidagi ko‘p adabiyotlar bilan tanishib chiqildi. Natlib.uz, ketabpedia.com,
noor-book.com kabi ilmiy ishlar bazalaridagi tegishli adabiyotlar izlab topildi.

Mavzuni to‘laroq yoritish maqsadida qiyosiy-tarixiy tahlil, izchillik kabi metodlardan
foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Mazkur ishda arab nahvida “‫ ”التوابع‬mavzulari doirasida o‘rganiladigan lafziy

ta’kid va uning ifodalanishidagi xilma-xillikni yoritib berish rejalangan. Shunga ko‘ra

quyidagilar asosiy vazifa deb belgilanadi:

‒ ta’kid va tavkid tushunchalarini ajratish;

‒ lafziy ta’kidni hosil qilishga oid fikrlarni o‘rganish;

Ta’kid so‘zi "‫ "توكيد‬shaklida Qur’oni Karimning “Nahl” surasi 91-oyatida bir

marotaba keltirilgan:

)91 ‫َولاَ تَنقضواْ الأ َْيمَانَ ب َْعدَ ت َْوكِيدِهَا وَق َْد جَع َْلتم ّللّا ََعل َْيكمْ كَفِيلاً. )س. النحل‬

Allohni kafil qilib ichgan qasamlaringizni (Alloh nomi bilan) mustahkam

qilganingizdan keyin buzmangiz!

Termin sifatida esa Jurjoniyning ta’rificha, bir so‘z bilan boshqa so‘zning ma’nosi

kuchaytirilishi ko‘zda tutiladi (1996 ,‫.(الجرجاني‬

Ta’kid so‘zining ikki ma’nosi bor:

1. ‫ – التقرير‬aytilgan gapni tinglovchining xotirasiga mustahkam joylash

2. ‫ – التأكيد‬so‘z ma’nosini kuchaytirish

Sulaymon Fayod “Ta’kid gap mazmunini tinglovchi uchun tushunarli bo‘lishida

ishlatiladigan tobe bo‘lak bo‘lib, o‘zi ta’kidlayotgan so‘zdan keyin uch kelishikdan

birida qo‘llanadi”, deydi (1995 ,‫ .(فياض‬Abdulhodiy Fadliy esa, ta’kid – so‘zni lafz yoki

ma’no bilan takrorlashdir, deb ta’riflaydi (1980 ,‫ .(الفضلي‬Zamaxshariyning fikricha,

“Har qanday takror – taqrir, ya’ni kuchaytirishdir, har qanday taqrir esa ta’kiddir” deb

baholagan.

Ta’kid klassik davr olimlari tomonidan ikki asosiy qismga taqsimlangan:

1. Umumiy

2. Xos

Umumiy tur balog‘iy maqsadlarni ko‘zda tutmaydigan, faqat sintaktik ma’nolar

bilan bog‘liq deb qaralgan. Nahv ilmida u sinoiy atamasi bilan ham nomlangan. Xos

tur esa bayon ilmlariga bog‘liq bo‘lib, istilohda ma’naviy yoki takrir atamalari bilan

ham uchraydi. Xos ta’kid o‘z o‘rnida yana ikki turkumga ajratilgan:

1. Lafz va ma’no orqali ta’kidlash

2. Faqat ma’no orqali ta’kidlash

“Rahmon” surasida inson va jin mavzusining yoritilishi 31 o‘rinda ‫فَبِأ َّيِ آلَاء رَبِّكمَا‬
ِ‫ تكَذِّبَان‬oyati lafz va ma’no jihatidan takrorlangan, deb hisoblanadi. Mazkur takrorlash

uslubi orqali Allohning insonga bergan ne’mati yoki ne’mat yo‘liga yo‘naltirib

qo‘ygani ta’kidlanadi. Xos ta’kidning ikkinchi ko‘rinishi bo‘lgan lafzsiz ma’no orqali

ta’kidlash Qur’on oyatlarida juda ko‘p uchraydi. U ham o‘z navbatida ikki tur “mufid”

va “g‘ayru mufid” turlarga ajratilib, “mufid” turida ma’naviy ta’kid, “g‘ayru mufid”
turida esa bir ma’noga dalolat qiluvchi ikki xil so‘z qo‘llanishi keltiriladi.

Ta’kid mavzusi arab tilida nahv, balog‘at va usulu-l-fiqh sohalari bilan bog‘lab
o‘rganiladi.

Nahvshunos olimlar ta’kid masalasini o‘rganishga katta e’tibor qaratmagan. Ular
lafziy va ma’naviy ta’kidni funksional ma’no jihatidan mos kelmaydigan yoki
mazmun-mohiyati bog‘liq bo‘lmagan tobe so‘zlar ‫ (التوابع)‬tarkibida aniqlovchi,
izohlovchi va bog‘lovchi kabi mavzularga qo‘shib, faqat kelishik o‘zgarishiga e’tibor
qaratishgan, ammo mazmunan ta’kid vazifasini bajaruvchi boshqa omillarga alohida
e’tibor qaratmaganlar, shuning uchun mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari nahv ilmida
to‘liq ochilmay qolgan. Demak, ta’kid nahvda lafziy va ma’naviy ta’kid deb, mustaqil
ikki guruhga ajratilgan hamda ularning chegaralari belgilangan. Lafziy ta’kid so‘z va
gaplarning, ma’naviy ta’kid esa ma’noning takrorlanishi bilan ifodalanadi, deb
qaralgan. Ukbariy ta’kidning ishlatilishini tahlil qilar ekan, gap tarkibida “َّ‫”إن‬
yuklamasining mavjudligi jumlani ikki marta takrorlab ta’kidlashga ehtiyoj
qoldirmaydi, ya’ni yuklama vositasida jumla qisqartirilib ta’kidlanadi, deb hisoblaydi,
agar bunday gapning xabariga lom yuklamasi qo‘shilsa, asl jumla go‘yo uch karra
ta’kidlangan hukmda bo‘ladi, deydi )1995 ،‫العكبري‬(.

Balog‘at ilmida grammatik mavzular “‫ ”علم المعاني‬sohasida yoritiladi. Zamonaviy
olimlar ma’oniy ilmi haqida “‫ – إن علماء المعاني هم النحاة الحقيقيون‬ma’oniy ilmi olimlari
haqiqiy nahvchilardir” deb, bu ilmni nahvning davomi – oliy nahv sifatida ta’riflaydilar
(1964 ,‫ .(المهزومي‬Ular nahvshunos olimlardan farqli ravishda gaplarning eng avvalo
sharoit taqozosiga mos bo‘lishiga e’tibor qaratadi. Sharoit taqozosi esa so‘zlovchining
maqsadi, tinglovchining holati hamda vaziyat bilan belgilangan.

Balog‘at ilmi olimlari lafz va ma’no masalasiga alohida e’tibor qaratib, ma’noni
o‘zlarining yo‘qotgan narsalari deb hisoblaydilar va o‘z-o‘zidan ma’noga bog‘liq
bo‘lgan ta’kid masalasiga ham alohida e’tibor beradilar. Ular voqe’likni to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri aks ettiradigan har qanday gaplarni “xabariy” gaplar deydi )1999 ،‫. )الهاشمي‬
Xabariy gaplar tinglovchining holatiga ko‘ra uch turga taqsimlanadi, deydilar, ular
quyidagilardir:

1. Ibtidoiy;
2. Talabiy;
3. Inkoriy.
Gaplarning bu tarzda taqsimlanishi tinglovchining gap mazmuniga qanday
munosabatda ekani bilan belgilanadi. Tinglovchi uchun eshitayotgan gapi yangilik
bo‘lib, uni boricha qabul qilsa bunday gap “ibtidoiy” deb ataladi. Agar aytiladigan gap
tinglovchida ishonchsizlik uyg‘otsa, mazmunga shubha-gumon bilan qarasa, bu
holatda tuziladigan gap uni ishontirishga va shubhalarini tarqatishga qaratiladi. Bunday

gap “talabiy” deb ataladi va uning tarkibida biror ta’kid vositasi qo‘llanishi shart deb

hisoblanadi )1999 ،‫الهاشمي‬(, masalan:

)14 ،‫إِنَّا إِل َْيكم مُّرْسَلونَ )س. يس‬

Haqiqatan, biz sizlarga (imonga da’vat qilish uchun yuborilgan) elchilarmiz.

Tinglovchi xabar topgan gapni butkul rad etishi kutiladigan vaziyatlarda

so‘zlovchidan tinglovchini qanday bo‘lsa ham o‘z gapiga ishontirish talab qilinadi va

u o‘z gapiga ishontirish uchun bir necha ta’kid vositalaridan foydalanishi zarur bo‘ladi.

Bunday gap turini balog‘at ilmida “inkoriy” gap deyiladi, masalan:

)16 ،‫إِنَّا إِل َْيكمْ لَمرْسَلونَ )س. يس‬

Bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz

Demak, balog‘at ilmida ta’kid mavzusi tinglovchining holatidan kelib chiqadi,

nahv ilmidan farqli ravishda lafziy yoki ma’naviy deb ajratilmay o‘ndan ortiq mavzular

doirasida tahlil qilinadi.

Usulu-l-fiqhda esa Qur’on oyatlari asosida hukm chiqarishga urg‘u beriladi.

Buning uchun soha mutaxassislari oyatlarning asl ma’nosini his qilishlari, matnning

lingvistik va nolingvistik qoidalarini hisobga olishlari zarur bo‘ladi. Usulchilarga

Qur’on matni hukm uchun manba bo‘lsa, uning tili hukmning asl asosi bo‘lib qoladi.
Ular “‫ ,”التأسيس أ َْولَى من التأكيد‬ya’ni hukmning asosi uni ta’kidlashdan ustundir deb

hisoblaydilar. Bu masalada Omidiy ham “manfaatli bo‘lish nuqtai nazaridan hukm

asosi ta’kiddan avvalgi o‘rinda turadi”)‫ه‬1375 ،‫ )الآمدي‬deydi. Ta’sis, usulchilar nazdida,

yetkazilishi zarur bo‘lgan ma’noning lingvistik qoidalariga asos bo‘ladi, ammo

tilshunoslar uchun ma’lum bo‘lmaydi. Ta’sis aslligi bilan ustunlik qilsa, ta’kid unga

tobe deb qaraladi.

Olimlar fiqh asoslariga oid darslarni lingvistik masalalarga bog‘lab nahv darslari

bilan birlashtirib olib boradilar. Ammo ma’lum masalalarni o‘rgatishda bu ikki darslar

ajratib o‘tiladi. Ta’kid masalasi ham alohida olib boriladigan masalalardan biridir.

Chunki uning qoidalari bir qarashda navh masalasi deb qaralsa-da, Qur’on matni

mazmuni, oyatlarning tarkibi va mantig‘i jihatidan alohida o‘rganishni talab qiladi.

Usulda ta’kid mavzusi nahv ilmidagi kabi ikki mustaqil qism – lafziy va ma’naviy

ta’kidga ajratiladi. Mazkur mavzu nahv va balog‘at olimlari yondashuviga o‘xshash

bo‘lsa ham alohida fiqhiy yo‘nalishga ega. Ular ta’kidning lafz va shakliga alohida

e’tibor qaratib, nahvda keltiriladigan ayrim fikr va masalalarga raddiya bildirdilar.

Ba’zi masalalarini esa o‘z doira sohasida kengaytirdilar, bu o‘rinda ular mavzuni yaxlit

ko‘rinishda tahlil qiladilar. Usulda ham ma’naviy ta’kid turlari kengroq yoritiladi.

Arab nahvida ‫ - الصفة‬aniqlovchi, ‫ - البدل‬izohlovchi, ‫ - التوكيد‬ta’kid, ‫– العطف‬

bog‘lovchi, ‫ - عطف البيان‬izohlovchi mavzulari “‫ – ”التوابع‬tobe so‘zlar turkumida

o‘rganiladi. Ta’kid mazmunga ta’siri va xususiyatlaridan kelib chiqib ikki turga

ajratiladi:

 ‫ – التوكيد اللفظي‬so‘zlar orqali ifodalanadigan ta’kid

 ‫ – التوكيد المعنوي‬ma’noning ta’kidlanishi

Ta’kidni yana “‫ ”تكرار صريح‬va “‫ ”تكرار غير صريح‬deb nomlashgan (1998 ,‫(الزمخشري‬

Lafziy ta’kid klassik davr olimlarining fikricha, gap tarkibidagi so‘z yoki

iboralarning ta’kidlash zarurati sababli takrorlanishidir. Lafziy ta’kid “gapdagi biror

ism, fe’l yoki harf, shu bilan birga, ismiy yoki fe’liy jumlalarni tinglovchining diqqatini

tortish maqsadida kuchaytirish yoki tinglashga majburlash va aytilgan gapni unutib

qo‘ymaslik maqsadida takrorlanishidir” (1998 ,‫ .(الزمخشري‬Lafziy ta’kidda quyidagi

turlar takrorlanishi mumkin:

1. Ismning takrorlanib ta’kidlanishi: ...‫الله الله‬

2. Fe’lning ta’kidlanishi: ‫صمم صمم الشعب العربي على تحرير أرضه‬

3. Harfning ta’kidlanishi: ‫نعم نعم سأحضر‬
4. Fe’liy jumlaning ta’kidlanishi: ِ‫َومَا أ َْدرَاكَ مَا ي َْوم الدِّينِ ثمَّ مَا أ َْدرَاكَ مَا ي َْوم الدِّين‬

)18-17 ،‫)س. الانفطار‬

Jaloliddin Suyutiy “Biror so‘z izofa birikmasi yoki boshqa turdagi ibora, jumla

yoki kalom bo‘lsa ham, aniq yo noaniq, zohir yoki yashiringan ism, fe’l yoki harf

bo‘lishi bilan gap tarkibida takrorlanib qo‘llanishi, ba’zi hollarda esa hattoki uch

marotabalab takrorlanishi, xuddi shu kabi tanlangan so‘zga sinonimlari qo‘shilib

qo‘llanishi bilan lafziy ta’kid yuzaga keladi”, deydi )1998 ،‫السيوطي‬(.
)22-21‫َكلَّا إِذَا دكَّتِ الْأ َْرض د ًَّكا د ًَّكا وَجَاء رَب َُّك وَالْمَلَك صَفًّا صَفًّا )س. الفجر‬

Olimlar orasida mazkur ta’kid usulini mazmun va shaklda farq mavjud deb

hisoblab, uni qo‘llash yuzasidan turli ixtiloflar yuzaga kelgan. Jumladan, nahv ilmi

olimlari lafziy ta’kidning shakl tomoniga oid izlanishlarini qisqartirmadilar. Bu

tadqiqotlar quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

1. Ta’kidlanishi lozim bo‘lgan so‘zning o‘zi takrorlanishi:
‫َكلَّا إِذَا دكَّتِ الْأ َْرض د ًَّكا د ًَّكا‬

Ibn Molik mazkur ta’kid turida birikma olmoshini ta’kidlashda u o‘zi bilan

bog‘lanib kelgan so‘z bilan birga takrorlanishi kerak, deb hisoblaydi. Mazkur fikrini

isbotlash tariqasida quyidagi gapni tahlil qiladi:

‫أنا أبي أأكد أني أكرمتك أنت ، أبي أأكد أني أكرمتك أنت‬

Mazkur gapdagi ‫ أكرمتك‬birikmasini alohida olsak, “seni hurmat qilaman” deb tarjima

qilamiz. Fe’lga qo‘shilib kelgan birikma olmoshini ta’kidlash joiz bo‘lsa َ‫ أكرمتكَك‬deb

bo‘lmaydi, ammo vaziyat mazkur olmoshni ta’kidlashni talab qilganda, uning shaxsi,

soni va jinsiga teng bo‘lgan kishilik olmoshi qo‘shish zarur deb qaraladi. Natijada

‫ أكرمتك أنت‬deyish mumkin. Ammo ibn Molik lafziy ta’kidda ta’kidlanadigan so‘zning

aynan o‘zi takrorlanishi lozim, deb hisoblagani uchun yuqoridagi ta’kid shart deb

qaraladi. Chunki lafziy ta’kidda ta’kidlanishi lozim bo‘lgan so‘z takrorlanishi lozim,

boshqa so‘z bilan birikib kelishi ta’kidning boshqa turi deb hisoblaydi va bu ta’kidni

‫ أكرمتك أكرمتك‬deyish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaydi va fikrini “‫ ”مررت بك‬iborasidagi

birikma olmoshi ta’kidlanishi zarur bo‘lsa albatta uning ko‘makchisi ham birga

qo‘llanishi kerak deb, uni “‫ ”مررت بك بك‬deyishni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Bu talab barcha
holatlar uchun bir xil, faqat gap takrorlanishida vaziyatga qarab yo‘l tutish mumkin,
deydi )1990 ،‫. )عقيل‬

2. Ta’kidlanishi lozim bo‘lgan so‘zning vazniga yoki mazmuni to‘ldirilishiga
qaraladi. Mazmunni to‘ldirish uchun tanlanayotgan ikkinchi so‘z oxirgi harfi
ta’kidlanayotgan so‘zning harflari bilan bir xil bo‘lishi lozim va ularning biri ajratilsa
ma’no to‘liq bo‘lmay qoladi. Shunga ko‘ra bu tur o‘z doirasida yana uch turkumga
taqsimlanadi:

1. Ikkinchi so‘z tushunarli ma’no ifodalab kelsa - ‫ هنيئا ومريئا‬iborasi tarkibidagi har
ikki so‘z ishtaha ma’nosini ifodalaydi. ‫ مريئا‬so‘zining oxirgi ikki harfi va so‘z qolipi
avvalgi so‘z bilan bir xil. Shuning uchun mavzu doirasida deb hisoblanadi.

2. Ma’nosi aniq ko‘rinmasa – mazkur turda ikkinchi so‘z asl so‘z bilan
ma’nodosh bo‘lmasligi ham mumkin. Ammo so‘z qo‘shaloq ishlatilganida chiroyli
bo‘lishi yoki mazmunan bir-biriga yaqinlashsa kuchaytirish uchun qo‘llanadi. Bu turga
misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

‫ - عبس وبسر‬chimirilib va sirli bo‘lib
‫ – حسن وبسن‬Hasan va Basan
3. G‘ayrioddiy ma’no ifodalasa
‫ - حبيث ونبيث‬chiqarib yubordi, ko‘rsatdi ma’nosida)1378 ،‫)ابن المنظور‬

XULOSA VA TAKLIFLAR
Demak, lafziy ta’kid deyilganda gapdagi biror so‘zning qanday bo‘lak vazifasini
bajarishidan qat’iy nazar takrorlanib qo‘llanishi ko‘zda tutiladi. Ya’ni,
ta’kidlanayotgan bo‘lak ega, kesim yoki ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lishi va takrorlash
orqali lafziy ta’kid hosil qilishi mumkin. Masalan:

Bu Umar, Umar –‫هذا عمر عمر‬
Zaydni, Zaydni ko‘rdim. – ‫َرأيت زيدا زيدا‬
Amrning, Amrning yonidan o‘tdim – .‫مررت بِعمرٍو بعمرٍو‬
Yuqoridagi birinchi gapda xabar – kesim ta’kidlangan, ikkinchi va uchinchi gaplarda
esa maf’ul – to‘ldiruvchilar ta’kidlanmoqda.
Odatda lafziy ta’kid butun jumlaga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
Ta’kidlanayotgan so‘z ism yoki harf yoxud gap bo‘lsa bevosita ketma-ketlik bilan
beriladi.
Masalan:
ismning ta’kidlanishi – ‫علي علي لم يضحك‬
harfning ta’kidlanishi – ‫لا ، لا أبوح بالسر‬
gapning ta’kidlanishi – ‫جاء علي، جاء علي‬
Agar fe’l tarkibidagi yashirin ega ta’kidlansa u bevosita fe’ldan keyin kishilik
olmoshini alohida ajratish bilan ifodalanadi. Masalan:

Sen kelding – َ‫ِجئ َْت أنت‬

biz turdik – ‫قمنا نحن‬
– )35 ،‫يَا آدَم اسْكنْ أَنتَ وَزَوْجكَ الْجَنَّة َ)س. البقرة‬

Ey Odam, Siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting.

Fe’lni lafziy ta’kid yo‘li bilan ta’kidlashda qoidaga ko‘ra ketma-ket, shuningdek fe’liy

jumla tarkibida boshqa gap bo‘laklaridan keyin joylash yo‘li bilan ham ifodalash

mumkin. Masalan:

‫ – قام زيد قام‬boshqa gap bo‘lagidan keyin qo‘yish orqali

‫ – قام قام زيد‬fe’liy jumlada ketma-ket joylash orqali

‫ – زيد قام قام‬ismiy jumlada ketma-ket joylash orqali

Fe’l mayllari ham yuqoridagi qonun-qoidaga bo‘ysunadi:

tur tur – ‫قم قم‬

o‘tir o‘tir – ‫اجلس اجلس‬

‫ثلاث تحياتٍ وإن لمْ ت َْكل ََمي‬ ‫ألا فاسْل َِمي ثمَّ اسلمي ثمتَ اسل َِمي‬

Ta’kidni ifodalashda yana sinonimlardan ham foydalanish mumkin. Bu holatda

ta’kidlanayotgan so‘z ma’nosiga teng sinonim tanlanadi. Masalan:

‫أتى جاء علي‬

“Ali keldi” deyilgan gapni eshitgan odam “balki boshqa odamdir” deb shubhalanishi

mumkin, bu holatda tinglovchini xabarga nisbatan shubhasini yo‘qotib,

ta’kidlanayotgan mazmunga to‘liq ishonchini hosil qilish va kuchaytirish uchun biror

ta’kid vositasini ishlatish zarurati tug‘iladi, lafziy ta’kid shu ishonchni kuchaytirishga

xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, nahv ilmida lafziy ta’kid masalasida turli ixtiloflar mavjud.

Bu ixtiloflarga lafziy ta’kidni hosil qilishdagi shakl va mazmunning mos bo‘lishi,

shuningdek, noodatiy bo‘lishi mumkin degan yondashuvlar sabab bo‘lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Бегматов Э. ва бошқа муаллифлар. (2020) Ўзбек тилининг изоҳли луғати (

Т ҳарфи). – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси.
.‫بيروت: دار صادر‬(Т. 3). ‫ .لسان العرب‬(1378). ‫ ابن المنظور‬.2
.‫ .ه .(اْلحكام في أصول الأحكام .بيروت‬(1375‫ الآمدي‬.3

.‫دار الكتاب العربي .(بيروت: دار الكتاب العربي‬(изд. ‫ .التعريفات‬(1996). ‫ الجرجاني, ع‬.4
.‫ .مختار الصحاح .الجزائر: دار الهدﻯ‬(1990). ‫ الرازي, م. ب‬.5

.‫ .المفصل في علم العربية .بيروت: دار الجيل‬(1998). ‫ الزمخشري, م‬.6
.‫بيروت: دار الكتب العلمية‬(Т. 3). ‫ .همع الهوامع في شرح جمع الجوامع‬(1998). . ‫ السيوطي, ج. ا‬.7

.‫ .اللباب في علل البناء واْلعراب .دمشق: دار الفكر‬(1995). ‫ العكبري, أ. ع‬.8
.‫ .مختصر النحو .جدة: دار الشروق‬(1980). ‫ الفضلي, ع. ا‬.9

.‫دار لبنان .(بيروت: دار لبنان‬(изд. ‫ .المصباح المنير‬(1990). ‫ الفيومي, أ‬.10
.‫ .بيروت: المكتبة العصرية‬(1964). ‫ المهزومي, م‬.11

‫‪FILOLOGIYA‬‬ ‫‪Al-BUXORIY‬‬ ‫‪2-son, 2024-yil‬‬

‫‪ .12‬الهاشمي, أ .‪. (1999)‬جواهر البلاغة في المعاني والبيان والبديع .القاهرة: المكتبة العصرية.‬
‫‪ .13‬عقيل, ا .‪. (1990)‬شرح ابن عقيل .‪(Т. 2)‬بيروت.‬

‫‪ .14‬فياض, س .‪. (1995)‬النحو العصري .القاهرة: مركز الأهرام.‬

‫:‪REFERENCES‬‬
‫.‪1. Begmatov E. va boshqa mualliflar. (2020) O‘zbek tilining izohli lug‘ati (T harfi)‬‬

‫‪– Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. (In Uzbek)‬‬
‫‪. .2‬ابن عقيل. شرح ابن عقيل. – بيروت. ج. ‪ – .2‬ص. ‪214‬‬

‫‪ .3‬ابن المنظور. لسان العرب. – بيروت: دار صادر، ‪ – .1378‬ج. ‪ – .3‬ص. ‪466‬‬
‫‪ .4‬أبوالبقاء عبد الله بن الحسين العكبري. اللباب في علل البناء واْلعراب. – دمشق: دار الفكر، ‪– .1995‬‬

‫ص. ‪225‬‬
‫‪ .5‬أحمد الفيومي. المصباح المنير. – بيروت: دار لبنان، ‪ – .1990‬ص. ‪.7‬‬
‫‪ .6‬الآمدي. اْلحكام في أصول الأحكام. – بيروت: دار الكتب العلمية. ‪.22-3‬‬
‫‪ .7‬المهزومي مهدي. في النحو العربي نقد وتوجيه. – بيروت: المكتبة العصرية، ‪ – .1964‬ص. ‪29‬‬
‫‪ .8‬جلال الدين السيوطي. همع الهوامع في شرح جمع الجوامع. – بيروت: دار الكتب العلمية، ‪ .1998‬ج.‬

‫‪ – .3‬ص. ‪143‬‬
‫‪ .9‬سليمان فياض. النحو العصري. – القاهرة: مركز الأهرام، ‪ – .1995‬ص. ‪165‬‬
‫‪ .10‬عبدالقاهر الجرجاني. التعريفات. – بيروت: دار الكتاب العربي، ‪ – .1996‬ص. ‪71‬‬
‫‪ .11‬عبد الهادي الفضلي. مختصر النحو. – جدة: دار الشروق، ‪ – .1980‬ص. ‪175‬‬
‫‪ .12‬محمد بن أبي بكر الرازي. مختار الصحاح. – الجزائر: دار الهدﻯ، ‪ – .1990‬ص. ‪21‬‬

‫‪ .13‬محمود الزمخشري. المفصل في علم العربية. – بيروت: دار الجيل‬

‫- ‪- 57‬‬ ‫‪ISSN 3030-3273‬‬