ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Madaniyatlararo muloqot” fanining ilmiy asoslanishi va unda “kommunikatsiya” tushunchasining o‘rni

Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“MADANIYATLARARO MULOQOT” FANINING ILMIY ASOSLANISHI
VA UNDA “KOMMUNIKATSIYA” TUSHUNCHASINING O‘RNI

SCIENTIFIC BASIS OF THE DISCIPLINE “INTERCULTURAL
COMMUNICATION” AND THE ROLE OF THE CONCEPT
“COMMUNICATION” IN IT

НАУЧНОЕ ОБОСНОВАНИЕ НАУКИ “МЕЖКУЛЬТУРНАЯ
КОММУНИКАЦИЯ” И МЕСТО В НЕЙ ПОНЯТИЯ
“КОММУНИКАЦИЯ”

Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti,

filologiya fanlari nomzodi
Email: n.saidraximova@iiau.uz

Tel.: +998 99 440-74-18

Annotatsiya: Maʼlumki, xalqlar, turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiyiqtisodiy hamda siyosiy aloqalarning taʼsiri madaniyatlararo muloqot masalasini
dolzarblashtiradi. Sababi, hozirgi kunda bir millat vakilining ikkinchi bir davlatga
o‘qish, ishlash va yashash uchun ko‘chib borishi ortidan ikki millat o‘rtasida muloqot
masalasida ayrim qiyinchiliklar, nutqiy to‘siqlar kabi masalalar yuzaga kelayotganini
o‘rganish kundan-kunga zaruratga aylanib borayotganini ko‘rish mumkin.
Madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasi bu madaniyatlararo jarayonni
tavsiflovchi, uning til orqali reallashishi, ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan to‘siqlar va kommunikativ muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini o‘rganuvchi
mustaqil soha sanaladi. Shu bois, ushbu maqolada “madaniyatlararo muloqot”
tushunchasi, madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasining tayanch xususiyatlari,
fanlararo bog‘liqligi, muammoning o‘rganilish darajasi, tarixi madaniyatlararo
kommunikatsiya sohasida bilimlarni qo‘llash hamda “kommunikatsiya” tushunchasi
va uning madaniyatlararo fandagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: madaniyatlararo muloqot, kommunikatsiya, proverbal vositalar,
axborot uzatuvchi, adresant, natija yoki taʼsir effekti, verbal kanal, vizual (optik) kanal,
proksematik kanal, kinetik kanal, retsipiyent, referent.

Annotation: It is known that the influence of mutual socio-economic and political
relations between peoples and representatives of different nationalities makes the issue
of intercultural communication more urgent. The reason is that it is becoming more
and more necessary to study the problems of communication between the two nations
after the representative of one nation moves to another country to study, work and live.

The theory of intercultural communication is an independent field that describes
intercultural process, its realization through language, the obstacles that may arise in
this process, and the causes of communicative failures. Therefore, in this article, the
concept of "intercultural communication", the basic features of the theory of
intercultural communication, interdisciplinarity, the level of study of the problem, the
history of the application of knowledge in the field of intercultural communication, and
the concept of "communication", as well as its place in intercultural science are
discussed.

Keywords: intercultural communication, communication, preverbal means,
recipient, information transfer, result or effect of influence, verbal channel, visual
(optical) channel, proxemic channel, kinetic channel, recipient, referent.

Аннотация: Известно, что влияние взаимных социально-экономических и
политических отношений между народами и представителями разных
национальностей делает вопрос межкультурной коммуникации более
актуальным. Причина в том, что изучение проблем коммуникации между двумя
нациями после того, как представитель одной нации переезжает в другую страну
для учебы, работы и проживания становится все более необходимым. Теория
межкультурной коммуникации является самостоятельной областью,
описывающей межкультурный процесс, его реализацию посредством языка,
препятствия, которые могут возникнуть в этом процессе, и причины
коммуникативных неудач. Поэтому в данной статье рассматриваются понятие
«межкультурная коммуникация», основные черты теории межкультурной
коммуникации, междисциплинарность, уровень изученности проблемы, история
применения знаний в области межкультурной коммуникации, само понятие
«коммуникация», а также его место в межкультурной науке.

Ключевые слова: межкультурная коммуникация, коммуникация,
довербальные средства, адресат, передача информации, результат или эффект
воздействия, вербальный канал, зрительный (оптический) канал,
проксемический канал, кинетический канал, реципиент, референт.

KIRISH
Madaniyatlararo muloqot turli madaniyatlarni tashuvchilarning o‘zaro taʼsiri
sanaladi. Biologlar va ruhshunoslarning taʼkidlashicha, inson madaniyatning yagona
tashuvchisi emas. Sababi, ayrim hayvonlar, xususan, o‘rgatilgan maymunlar ham
madaniyat tashuvchi sanaladi. Shunday qilib, hayvonlarning turli populyatsiyasi ham
madaniyat tashuvchilari sanaladi va ular madaniyatlararo kommunikatsiya guruhlariga
bevosita taʼsir etadi. Madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasi, albatta, hayvonlar
muloqotini emas, balki turli madaniyat tashuvchilari - insonlar muloqotining o‘zaro
taʼsirini o‘rganadi. Biroq bunda, shuni anglash mumkinki, madaniyatlararo muloqot

juda qadimiy hodisa sanaladi. Sababi u turli madaniyatlarning shakllanishi, taraqqiy
etishi bilan birga shakllangan. Inson o‘zining madaniyatiga o‘xshamagan o‘zga
insonlar madaniyatini kuzatgan va qayd etib borgan. Xalqlar madaniyatidagi
“o‘zgachalik”ni tahlil qilishga urinishlarni antik davr mutafakkirlari asarlarida, o‘rta asrlar
qo‘lyozmalarida, xalqning badiiy adabiyoti va boshqa manbalarda uchratish mumkin.

Biroq, madaniyatlararo muloqot mustaqil soha sifatida yaqindagina, yaʼni XX
asrning o‘rtalarida shakllandi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, madaniyatlararo
kommunikatsiyani o‘rganish jarayoni va uning nazariy asoslanishi, eng avvalo,
globalizatsiyaning taʼsiri ostida amalga oshdi. Ko‘plab milliy korporatsiyalarning
tashkil etilayotgani, turizm sohasining rivojlanayotgani, shuningdek, migratsion
jarayonlarning kuchayayotgani, turli millat vakillarining birga oila qurayotgani,
boshqa mamlakatlardan farzandlar asrab olinayotgani ham madaniyatlararo muloqot
masalasini o‘rganishni dolzarblashtirmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI
XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy fanlarga qiyosiy-tarixiy metodning tatbiq
etilishi madaniyatni maqsadli va sistematik o‘rganish imkonini berdi. Ushbu
metodning asoslari V.fon Gumboldt, aka-uka Grimm, F.Shelling, M.Myuller,
V.Veselovskiy, V.Propp va boshqalarning ishlarida ko‘rinadi (Садохин А., 2005).
XX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy fanlarning alohida masalasi sifatida
madaniyatlararo muloqotning o‘rganilishi va ilmiy-nazariy asoslarining belgilanishiga
sabab bo‘lgan quyidagi omillarni belgilash mumkin. Xususan:
- antropologiya va etnografiya fanlaridagi metodlarning ekspansiyalashuvi;
- yevrosentrizm g‘oyasining yemirilishi;
- gender tadqiqotlarga qiziqishning kuchayishi;
- davlatlardagi ijtimoiy va psixologik rivojlanish;
- lingvistikada kommunikatsiyadagi tildan tashqari omillar va sotsiolingvistikaning rivojlanishi.
Madaniyatlararo muloqot nazariyalarining rivojlanishi esa, AQSHda 1947-yildan
tadbirkorlar, siyosatshunoslar va diplomatlarning amaliy qiziqishi bilan boshlandi.
1947-yili AQSHning hukumat rahbarlari amerikalik fuqarolarni xorijda xizmat
qilishga tayyorlash uchun Xalqaro xizmatlar instituti (Foreign Service Institute –
FSI)ni tashkil etadi. Mazkur institut amerikaliklarni o‘qitishning o‘quv rejalariga
“Madaniyatlararo muloqot” fanini yangi ilmiy fan sifatida kiritgan taniqli olimlar:
antropologlar T.Holl Edvard, Reya Berdvistell va tilshunos Jorj Treytjerlarni jalb
qiladi. Ushbu olimlar, dastlab, o‘z oldlariga quyidagi vazifalarni qo‘ydilar:
- diplomat, yaʼni elchi va siyosatshunoslar, harbiy soha mutaxassislari xorijda
samarali faoliyat yuritishi uchun dunyo ko‘ngillilari jamiyatini tayyorlash;
- xorijiy talaba va stajyorlarning AQSH davlatiga moslashishiga ko‘maklashish;

- AQSH hududida turli etnik va irqlararo mojarolarni hal etishga taʼsir etish.
Dastlab, institutning faoliyati unda ish yuritayotgan xodimlarning bu boradagi
tajribasi va bilimi yetarli bo‘lmaganligi bois, u qadar samarali bo‘lmadi. 1959-yilga
kelib, E.Holl “The Silent Language” (“Ovozsiz til”) nomli asarini nashr etdi (Белик,
А., 2009). Mazkur kitob “Madaniyatlararo muloqot” fanining rivojlanishiga katta taʼsir
ko‘rsatdi. Holl o‘zining mazkur ishida madaniyat va kommunikatsiya o‘rtasidagi uzviy
aloqani ishonarli tarzda isbotlab berdi va olimlar tadqiqot ishlarida asosiy eʼtiborni
madaniyatning alohida quyi sistemasiga emas, balki yaxlit butun sistema sifatidagi
xususiyatiga qaratishlari lozimligiga urg‘u beradi. “U o‘zga xalq madaniyatini
o‘rganish bilan ularning tilini xorijiy til sifatida o‘rganishni, uning quyi sistemasi –
grammatik kategoriyalari: egalik, kelishik, zamon va boshqalarni alohida o‘rganamiz,
so‘ng o‘sha xorijiy til haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lamiz”, - deydi (Hall E.,
1959). Bu bilan E.Holl yangi fan – “Madaniyatlararo muloqot” fanining nazariyasini
belgilab beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada adabiyotlarni ko‘rib chiqish va nazariy tahlilga e’tibor qaratilib,
turli tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Ushbu sohadagi asosiy tushunchalar,
xususiyatlar va muammolarni aniqlash uchun madaniyatlararo muloqot bo‘yicha
mavjud tadqiqotlar tahlil qilindi. Qiyosiy tahlil aloqaning turli modellarini va og‘zaki,
vizual, proksemik va kinetik kabi turli kanallarning rolini o‘rganish uchun ishlatildi.
Bundan tashqari, madaniyatlararo muloqotning fanlararo tabiati sotsiologik, psixologik
va lingvistik nuqtai nazarlarning integratsiyasi orqali o‘rganildi. Tadqiqot, shuningdek,
vaqt o‘tishi bilan madaniyatlararo aloqa nazariyalarining rivojlanishi va qo‘llanilishini
kuzatish uchun tarixiy tahlilni o‘z ichiga oladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Madaniyatlararo muloqot tushunchasini izohlashdan avval madaniyat
tushunchasiga aniqlik kiritish lozim. Madaniyat tushunchasini aniqlashga qaratilgan
ko‘plab taʼriflar mavjud. Sababi madaniyatni turli ijtimoiy fanlar, xususan,
antropologiya, madaniyatshunoslik, jamiyatshunoslik, ruhshunoslik va hokazo,
shuningdek, boshqa sohalar qatori “Madaniyatlararo muloqot” fani ham o‘rganadi. Bu
fanlarning hech birida madaniyat tushunchasining qatʼiy taʼrifi berilmagan. Keng
maʼnoda, madaniyat insoniyat faoliyati davomida yaratiladi, yaratib kelinadi, deya
izoh beriladi. Bu nafaqat moddiy, balki jismoniy obyektlar (turli vositalar, maishiy
buyumlar, sanʼat buyumlari, madaniy obyekt va inshootlar), shuningdek, nomoddiy
qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalar, norma va etiketlar, xulq-atvor va hokazolar sanaladi.
Biroq madaniyat alohida olingan predmet va hodisalarning yig‘indisi sanaladi.
Madaniyat xalqning, millatning qarashlari, unga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimi, xalq
tomonidan belgilangan normalar (birinchi navbatda, xulq-atvor), eʼtiqod, muayyan

jamiyatga xos anʼanalar va bilimlar majmuasidir. Bunda jamiyat etnik guruh bo‘lishi
ham shart emas, balki u kattaroq odamlar guruhi, yaʼni ularning tashuvchilari bir necha
etnik guruhlarning vakillari bo‘lsagina madaniyatlararo qadriyatlar, turli xil diniy
madaniyatlar, ularga xos normalar haqida gapirish mumkin. Etnosga nisbatan “kichik”
ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy sinflar, maʼlum bir jamiyat odamlarining alohida avlodlari
ham madaniyat tashuvchilari bo‘lishi mumkin. Yaʼni siz va sizning ota-onangiz ham,
maʼlum maʼnoda, turli madaniyatlarni tashuvchilar sanaladi.

Kommunikatsiya tushunchasini aniqlashda ham ko‘plab qiyinchiliklar tug‘iladi.
Sababi kommunikatsiya ham madaniyat tushunchasi singari turli fanlarning o‘rganish
obyekti sanaladi. Bu o‘rinda biz kommunikatsiya tushunchasini aniqlashda eng oddiy
tomoni – axborotni almashish jarayoni degan taʼrifdan kelib chiqamiz.

Shunday qilib, madaniyatlararo muloqot bu turli madaniyatlarni tashuvchi
kommunikantlar tomonidan amalga oshiriladigan axborot almashish jarayonidir.
Madaniyatlararo muloqot fani turli sohalar bilan hamkorlikda ish yuritadi.

Madaniyatlararo muloqot fanining o‘ziga xosligini tushunish uchun, uning kelib
chiqish tarixiga nazar tashlash maqsadga muvofiq.

Turli madaniyat vakillarining bir-biridan ajralishi ularning alohida o‘ziga xos
madaniyati shakllanishiga olib kelgan. Bu esa boshqa madaniyatlarning o‘rganilishiga
zamin hozirladi. Madaniyatning dastlabki o‘rganilishi sistemaviy tarzda emas, balki
epizodik xarakterga ega bo‘lib, uning dastlabki ko‘rinishlari qadimgi qaydnoma va
qo‘lyozmalar (O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, Qultegin bitiktoshi)da,
sayohatchilarning kundaliklari va avliyolar hayoti aks etgan memuarlarda aks
etganligini ko‘rish mumkin. Boshqa xalqlarning madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish, ayniqsa, XVI asrga kelib amalga oshirilgan buyuk geografik kashfiyotlar
natijasida ko‘plab xalqlar haqidagi maʼlumotlarning qo‘lga kiritilishi natijasida hamda
Yevropa va unga yaqin bo‘lgan xalqlar madaniyatining keskin farqlanishi
aniqlangandan so‘ng yanada kuchaydi.

Maʼlumki, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning taʼsiri
madaniyatlararo muloqot masalasini dolzarblashtiradi. Sababi, hozirgi kunda bir millat
vakilining ikkinchi bir davlatga o‘qish, ishlash va yashash uchun ko‘chib borishi ikki
millat o‘rtasidagi muloqot masalasidagi ayrim qiyinchiliklar, nutqiy to‘siqlar kabi
masalalarni o‘rganish zaruratini oshiradi. Bu o‘rinda “Madaniyatlararo muloqot”
fanida kommunikatsiya tushunchasiga aniqlik kiritish, uni lingvistik jihatdan
chegaralash lozim.

Kommunikatsiya bu kishilarning umumiy belgilar sistemasi yordamida o‘zaro
axborot almashinish jarayoni sanaladi (Sayidiraximova N., 2024).

Nutqiy muloqotda o‘zaro axborot almashishda biz nafaqat tildan, balki tildan
tashqari bo‘lgan vositalar – jestlar, mimika va xatti-harakatlardan ham foydalanamiz.
Paraverbal vositalar orqali suhbatdoshimizga o‘zimizning holatimiz, kayfiyatimiz va

hokazolar haqida maʼlumot beramiz. Ushbu jarayonda biz, albatta, o‘zimiz va
suhbatdoshimiz uchun umumiy bo‘lgan tizimdan faol foydalanamiz (Sayidiraximova
N., 2024).

Kommunikatsiya jarayonini amalga oshirish, axborotni uzatish va suhbatdoshdan
axborotni olish, hamda uzatmoqchi bo‘lgan axborotimizni kodlashtirish uchun
qandaydir umumiy kod kerak bo‘ladi. Shu sababli kommunikatsiya, qaysidir maʼnoda,
semiotikaning obyekti hisoblanadi. Semiotik planda hatto arxitektura yodgorliklari,
kartinalar, film yoki seriallarni tomosha qilish ham kommunikatsiya tushunchasi ostida
qaraladi. Demak, bu o‘rinda, nafaqat insonlar, balki jonsiz predmetlar ham
kommunikantlar sanalishi mumkin. Hatto smartfonni kompyuterga ulash ham
kommunikatsiya sanaladi. Kommunikatsiya hayvonlar tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, kommunikatsiya – istalgan turdagi
axborot almashish jarayoni.

Verbal kommunikatsiya esa, tabiiy til yordamidagi kommunikativ aloqaga
kirishish sanalib, kommunikatsiyaning boshqa barcha turlaridan tafakkurga
asoslanganligi bilan farqlanadi.

Kommunikatsiyani qanday tahlil qilish mumkin? Kommunikatsiyani tadqiq
etishda bir qancha yondashuvlar mavjud bo‘lib, uning qisqacha tahlili va tavsifi
P.Bullning ishlarida ko‘zga tashlanadi (Якобсон Р., 1975). Olib borilgan aksariyat
tadqiqotlarning kommunikatsiyani qismlarga ajratish, yaʼni kommunikatsiya
modellarini yaratish yetakchilik qiladi.

Kommunikatsiyaning eng mashhur modellaridan biri bu amerikalik tadqiqotchi
va targ‘ibotchi Garold D.Lassvella tomonidan tatbiq etilgan “Kim nimani, kimga,
qanday kanal orqali va qanday effekt bilan gapirmoqda?” ko‘rinishidagi modeli
sanaladi (Hammer M., 2003).

Uning bu modeli mumtoz – klassik model sanalib, mohiyatiga ko‘ra u
kommunikatsiyani beshta komponentga ajratadi:

1) axborotni uzatuvchi, yaʼni adresant (kim?);
2) xabar (nima);
3) qabul qiluvchi yoki adresat (kimga?);
4) axborot uzatilayotgan kanal – vosita (nima orqali?);
5) natija yoki taʼsir effektini tadqiq etish.
O‘tgan asrning 40-yillarida amerikalik matematiklar Uorren Uiver va Klod
Shennonlar tomonidan bu borada taklif etilgan kommunikatsiya modeli ham uzoq
yillar mashhur bo‘ldi (Weaver G., 2000).
Bizningcha, kommunikatsiya modelining besh asosiy elementi mavjud bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat:

1. Kommunikatsiya jarayonida uzatilishi mumkin bo‘lgan turli maʼlumotlar
ichidan saralab olinadigan axborot manbai. Ushbu jarayonda axborotning tasodifan
saralab olinishi entropiya termini bilan yuritiladi;

2. Axborotga maʼlum darajada taʼsir etib, aloqa kanali orqali signal ishlab
chiquvchi - uzatuvchi. Bunda signal tushunchasi ostida o‘zida axborotni uzatishda
material jismlarning axborotni uzatishi va, masalan, svetofor chiroqlari singari,
tovushli ogohlantiruvchi va hokazolarning muayyan jismoniy holat haqida maʼlumot
berishi nazarda tutiladi. Verbal kommunikatsiyada signal – bu adresant nutq aʼzolari
yordamida hosil qilinuvchi va adresatning eshitish aʼzolari tomonidan qabul
qilinadigan tovush tebranishi, yaʼni persepsiya;

3. Signalni qabul qiluvchiga yetkazish vositasi, yaʼni kanali.
Bunda quyidagilar farqlanadi:
1) tabiiy til yordamida kodlashtirilgan va u orqali uzatiladigan
kommunikatsiyaning verbal kanali;
2) intonatsiyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq ovoz modulyatsiyalari yordamida
so‘zlovchining axborot mazmuni va adresatga munosabatini ifodalovchi paraverbal
kanal;
3) kommunikatsiyaning noverbal kanallari:
- vizual (optik) kanali;
- audio (eshitish) kanali;
- hid bilish kanali;
- taktik kanal;
- taʼm bilish kanali;
- proksematik kanal (so‘zlovchilarning bir-biriga nisbatan joylashish masofasi);
- kinetik (mimika, xatti-harakat va jestlar) kanali;
4. Radio-priyomnik orqari qabul qiluvchi kanal. Ushbu kanal signallarni
axborotga aylantirib beradi;
5. Adresat - axborotni qabul qiluvchi retsipiyent.
Tilshunos Shennon o‘z ishlarida ushbu terminlardan tashqari, shovqin va
ortiqchalik tushunchalarini ham qo‘llaydi.
Uning fikricha, shovqin axborotning sifatini pasaytiradi, uzatilayotgan
tovushning to‘liqligi va butunligini buzadi, radio-priyomnik orqali signalni qabul
qilishga to‘sqinlik qiladi. Verbal kommunikatsiyada esa shovqin tushunchasi ostida
nutqda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yish, kuchli aksent bilan gapirish va hokazolar
nazarda tutiladi.
Kommunikatsiyada ortiqchalik esa kommunikativ muvaffaqiyatsizlikni bartaraf
etish maqsadida axborot elementlarini dublikatlash, yaʼni qaytarish sanaladi.
Ortiqchalik, odatda, tabiiy tillar misolida aniq ko‘rinadi. Sababi, barcha tillarning

deyarli, yarim qismi radio chiqishlar, matnlar yordamida saqlangani bois, ortiqchalik
xususiyatiga ega.

Kommunikatsiyani tushunishda tilshunos R. Yakobson taklif etgan model ham
mavjud bo‘lib, ushbu model uning “Tilshunoslik va sheʼriyat” nomli maqolasida
asoslangan bo‘lib, u tilshunoslik kurslarining asosi sifatida ham qaraladi. Uning
fikricha, nutq va kommunikatsiyaning jarayonida adresant va adresat ishtirok etib, kod
orqali birinchisi ikkinchisiga axborotni matn ko‘rinishida yo‘llaydi.
Kommunikatsiyaning har bir komponenti kommunikatsiya jarayonida muayyan
funksiyani bajaradi (Якобсон Р., 1985). Xususan,

Matn (uzatilayotgan axborot)

Adresant (so‘zlovchi) Adresat (tinglovchi)

Aloqa kodi

Kommunikatsiyada so‘zlovchi axborotni tinglovchiga uzatadi. Uzatilayotgan
axborotdan ko‘zlangan maqsadga erishishda quyidagilar muhim sanaladi:

- adresat tomonidan verbalizatsiya qilinishi orqali qabul etilishi lozim bo‘lgan
matn;

- adresant yoki adresat uchun, qisman bo‘lsa-da, umumiy bo‘lgan kod, yaʼni til;
- kommunikatsiya jarayonida adresant va adresat o‘rtasidagi psixologik

bog‘liqlikni taʼminlovchi jismoniy kanal.
Kommunikatsiya jarayonida adresat va adresant o‘ziga xos o‘y-fikri, histuyg‘ulari, munosabatlarini ifodalash maqsadida ekspressivlik va emotiv funksiyani
ham bajaradi (Sayidiraximova N., 2024). Ushbu funksiya o‘zida so‘zlovchining
tinglovchi nima haqida gapirayotganligini to‘g‘ri anglashi uchun xizmat qiladi. Eng
qizig‘i, ushbu funksiya, muayyan his-tuyg‘ularning haqiqiy yoki yolg‘on ekanligi
haqida taassurot uyg‘otishda alohida rol o‘ynaydi. Tilning referent vazifasini bunda
undov so‘zlar bajarib, tilning turli sathlari: fonetik, leksik va grammatik bosqichlariga
bo‘yoq berish vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari, kommunikatsiya jarayonida adresat konnotativ yoki apellyativ
vazifani ham bajaradi. Bunda tilning tinglovchiga mo‘ljallangan konnotativ funksiyasi
to‘liq grammatik tusga ega bo‘lib, taʼkid yoki tasdiq shakllaridagi feʼl grammatik
kategoriyalar asosida shakllantiriladi.
Istalgan kommunikatsiya qaysidir maʼnoda, ifoda mazmuniga ko‘ra poetik
funksiya bajaruvchi xabardan tashkil topadi. Mazkur holat ayniqsa, poetik asarlar
uchun ta’sirli bo‘lib, ularda poetik funksiya ahamiyatini pasaytirishga, ularning nafaqat
badiiyati, balki g‘oyaviy mazmuniga putur yetkazishga olib kelishi mumkin. Shu bois
ham kommunikatsiyaning poetik funksiyasi so‘z badiiy sanʼatining maqsadni birinchi

planga chiqarishdagi o‘ta muhim komponenti sanaladi. Kommunikatsiyaning ushbu
funksiyasi belgining taʼsir kuchini oshiradi hamda belgi va predmetlar o‘rtasidagi
fundamental dixotomiyani chuqurlashtiradi. Shu sababli nutqning poetik funksiyasini
o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tilshunos olimlar nazm va nasr chegarasini belgilashda
qiyinchiliklarga duch keladilar.

Kommunikatsiyaning borliq haqidagi referent (denotativ yoki konnotativ yoki
kommunikativ) – kontekst funksiyasi ham mavjud bo‘lib, ushbu belgi axborotning
referentga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Bunda tadqiqotchi, yaʼni lingvist
uzatilayotgan axborotning barcha – ijobiy va salbiy taʼsirini ham eʼtiborga olishi lozim.

Kommunikatsiyaning yana bir funksiyasi bu fatik (kommunikatsiyani o‘rnatish,
qo‘llab-quvvatlash yoki uni uzish) funksiyasi sanaladi. Shunday axborotlar mavjudki,
ularda kommunikatsiyani o‘rnatish, davom ettirish va to‘xtatish, aloqa kanali ishini
tekshirish (masalan, telefon orqali suhbatlashayotganda, tinglovchining
eshitayotganligini tekshirish maqsadida “Alo, eshitilyaptimi, eshityapsizmi?” singari
so‘zlar qo‘llaniladi) maqsad qilinadi.

Kommunikatsiyaning metatil, yaʼni kodli (adresat va adresantlar kodini qiyoslash,
tahrir qilish) funksiyasi ham mavjud. Agar so‘zlovchi va tinglovchi nutqini, ularning
har ikkalasi bir xil koddan foydalanayotganligi tekshirib aniqlansa, bunda nutqning
predmeti kodning o‘zi bo‘ladi, nutq esa metatil vazifasini bajaradi. Masalan, nutq
jarayonida tinglovchi, baʼzi o‘rinda, “Men sizni tushunmadim, nima demoqchisiz?”
yoki so‘zlovchi “Nima demoqchi ekanligimni angladingizmi?” kabi savollarni berish
orqali o‘rtadagi kommunikatsiyani taʼminlashga harakat qiladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, nutq o‘ta murakkab hodisa sanaladi. Madaniyatlararo
muloqotni to‘g‘ri va aniq taʼminlashda nutqiy jarayon kommunikatsiyaning yuqorida
qayd etilgan funksiyalarini bevosita o‘zi boshqarib turadi. Kommunikatsiyaning
bunday funksiyalarini tadqiq etish esa nafaqat tilshunoslik, balki “Madaniyatlararo
muloqot” fanining ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolaridan biri
sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Sayidiraximova, Nasiba (2024) Madaniyatlararo muloqotda “madaniyat”,
“enkulturatsiya”, “sosializatsiya” va “akkulturatsiya” tushunchalari // Islom tafakkuri.
– Toshkent. - № 2. – B. 91-96.
2. Sayidiraximova, Nasiba (2024) “Madaniyatlararo muloqot” fanining yuzaga
kelishi xususida. Umumiy filologiyaning nazariy masalalari mavzusidagi Xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Andijon. – B. 298-300.
3. Sayidiraximova, Nasiba (2024) Intercultural communication as a theoretical
and practical field of linguistics // International Journal of Education, Social Science 2

Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume 12. Issue 4. – pp.
393-396.

4. Садохин, А.П. (2005) Введение в теорию межкультурной коммуникации.
– Москва: Высш. шк. 310 с.

5. Белик, А.А. (2009) Культурная (социальная) антропология: учеб. пособие.
– Москва: РГГУ.

6. Hall, E.T. (1959) Silent Language. – New York: Doubleday. 240 p.
7. Соколов, С.В. (2002) Социальная конфликтология: учеб. пособие для
вузов. – Москва: Unity-Dana. 327 с.
8. Hammer, M.R. (2003) The Intercultural Conflict Style Inventory: Interpretive
Guide. – Москва. Vol. 1–2.
9. Lather, A.S. (2011) Cross Cultural Conflict Resolution Styles: An Extensive
Literature Review // Asian Journal of Management Research. Is. 1. – pp. 130-146.
10. Weaver, G.R. (2000) Culture, Communication, and Conflict: Readings in
Intercultural Relations. – Boston. – 563 p.
11. Якобсон, Р.О. (1975) Лингвистика и поэтика // Структурализм: «за» и
«против». – Москва: Прогресс.
12. Якобсон, Р.О. (1985) Речевая коммуникация: Язык в отношении к другим
системам коммуникации // Избранные работы. – Москва: Прогресс.

REFERENCES:
1. Sayidiraximova, Nasiba (2024) Madaniyatlararo muloqotda “madaniyat”,
“enkulturatsiya”, “sosializatsiya” va “akkulturatsiya” tushunchalari // Islom tafakkuri.
– Toshkent. - № 2. – B. 91-96. (In Uzbek)
2. Sayidiraximova, Nasiba (2024) “Madaniyatlararo muloqot” fanining yuzaga
kelishi xususida. Umumiy filologiyaning nazariy masalalari mavzusidagi Xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Andijon. – B. 298-300. (In Uzbek)
3. Sayidiraximova, Nasiba (2024) Intercultural communication as a theoretical
and practical field of linguistics // International Journal of Education, Social Science 2
Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume 12. Issue 4. – pp.
393-396.
4. Sadoxin, A.P. (2005) Vvedeniye v teoriyu mejkulturnoy kommunikatsii. –
Moskva: Vissh. shk. 310 s. (In Russian)
5. Belik, A.A. (2009) Kulturnaya (sotsialnaya) antropologiya: ucheb. posobiye. –
Moskva: RGGU. (In Russian)
6. Hall, E.T. (1959) Silent Language. – New York: Doubleday. 240 p.
7. Sokolov, S.V. (2002) Sotsialnaya konfliktologiya: ucheb. posobiye dlya vuzov.
– Moskva: Unity-Dana. 327 s. (In Russian)

8. Hammer, M.R. (2003) The Intercultural Conflict Style Inventory: Interpretive
Guide. – Москва. Vol. 1–2.

9. Lather, A.S. (2011) Cross Cultural Conflict Resolution Styles: An Extensive
Literature Review // Asian Journal of Management Research. Is. 1. – pp. 130-146.

10. Weaver, G.R. (2000) Culture, Communication, and Conflict: Readings in
Intercultural Relations. – Boston. – 563 p.

11. Yakobson, R.O. (1975) Lingvistika i poetika // Strukturalizm: “za” i “protiv”. –
Moskva: Progress. (In Russian)

12. Yakobson, R.O. (1985) Rechevaya kommunikatsiya: Yazik v otnoshenii k
drugim sistemam kommunikatsii // Izbranniye raboti. – Moskva: Progress. (In Russian)