ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ingliz biznes diskursida idiomalarning roli

Kodirova Mukaddas Tog‘ayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INGLIZ BIZNES DISKURSIDA IDIOMALARNING ROLI

THE ROLE OF IDIOMS IN ENGLISH BUSINESS DISCOURSE

РОЛЬ ИДИОМ В АНГЛОЯЗЫЧНОМ ДЕЛОВОМ ДИСКУРСЕ

Kodirova Mukaddas Tog‘ayevna,
Termiz davlat universiteti dotsenti, f.f.f.d. (PhD),

Tel.: +998 91 588-26-27
qmuqaddas@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada idiomatik iboralarning biznes aloqasi dinamikasiga
sezilarli ta’siri o‘rganiladi. “Win-win situation”, “think outside the box” va “hit the
ground running” kabi idiomalarga e’tibor qaratilib, tadqiqotda ushbu iboralar turli
biznes kontekstlarida yanada qiziqarli va samarali kommunikativ almashinuvga
qanday hissa qo‘shishiga e’tibor qaratiladi. Ushbu idiomalarning kasbiy nutqdagi
chastotasi chuqurroq o‘rganilib, ularning semantik xususiyatlari, tub ma’nolari,
qo‘shimcha ma’nolari va aksiologik ahamiyatiga oydinlik kiritiladi.

Idiomalar shunchaki bezakli til elementlari emas, balki ular murakkab fikrlarni
lo‘nda va jonli bayon etishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning metaforik tabiati
ma’ruzachilarga ko‘p qirrali tushunchalarni tinglovchilar bilan rezonanslashadigan
tarzda qamrab olish imkonini beradi va shu bilan hamkasblar va mijozlar o‘rtasida
yaxshiroq tushunish qobiliyatini va hamkorlikni rivojlantiradi. Maqolada
idiomalarning aloqa samaradorligini oshirishdagi roli ta’kidlanib, ulardan to‘g‘ri
foydalanish o‘zaro tushunishdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishi va o‘zaro munosabatlarni
osonlashtirishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, tadqiqotimizda
ishbilarmonlar orasida idiomatik iboralarni bilish zarurligi ta’kidlanadi, chunki ular
ishontirish, jalb qilish va munosabatlarni o‘rnatish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Idiomalarni o‘zlarining muloqot strategiyalariga integratsiyalashtirgan
holda, mutaxassislar xabarlarni yetkazib berishni yaxshilashlari va biznes nutqining
umumiy sifatini yaxshilashlari mumkin.

Kalit so‘zlar: Ingliz biznes diskursi, idiomalar, kommunikativ samaradorlik,
metaforik ifodalar, semantik tahlil, biznes muloqoti, aksiologik xususiyatlar.

Annotation: The article explores the significant impact of idiomatic expressions
on the dynamics of business communication. By focusing on idioms such as "win-win
situation", "think outside the box", and "hit the ground running", the study highlights
how these phrases contribute to a more engaging and effective communicative
exchange within various business contexts. The analysis delves into the frequency of
these idioms in professional discourse and examines their semantic features, shedding
light on their underlying meanings, connotations, and axiological significance.

The article posits that idioms are not merely decorative language elements; rather,
they are instrumental in conveying complex ideas succinctly and vividly. Their
metaphorical nature enables speakers to encapsulate multifaceted concepts in a manner
that resonates with listeners, thereby fostering better understanding and collaboration
among colleagues and clients. The findings underscore the role of idioms in enhancing
communication efficiency, suggesting that their appropriate use can bridge gaps in
mutual understanding and facilitate smoother interactions. Furthermore, the research
emphasizes the need for awareness of idiomatic expressions among business
professionals, as they can serve as critical tools for persuasion, engagement, and
relationship building. By integrating idioms into their communication strategies,
professionals can enhance their message delivery and improve the overall quality of
business discourse.

Keywords: English business discourse, idioms, communicative effectiveness,
metaphorical expressions, semantic analysis, business communication, axiological
features.

Аннотация: В статье рассматривается значительное влияние
идиоматических выражений на динамику деловой коммуникации.
Сосредоточившись на таких идиомах, как «win-win situation», «think out the box»
и «hit the ground running», исследование подчеркивает, как эти фразы
способствуют более увлекательному и эффективному коммуникативному
обмену в различных деловых контекстах. Анализ углубляется в частоту
использования этих идиом в профессиональном дискурсе и изучает их
семантические особенности, проливая свет на их основные значения,
коннотации и аксиологическое значение.

В статье утверждается, что идиомы — это не просто декоративные элементы
языка; скорее, они играют важную роль в передаче сложных идей кратко и
наглядно. Их метафорическая природа позволяет говорящим инкапсулировать
многогранные концепции таким образом, который находит отклик у слушателей,
тем самым способствуя лучшему пониманию и сотрудничеству между
коллегами и клиентами. Результаты подчеркивают роль идиом в повышении
эффективности коммуникации, предполагая, что их правильное использование
может устранить пробелы во взаимопонимании и способствовать более
плавному взаимодействию. Кроме того, исследование подчеркивает
необходимость осведомленности об идиоматических выражениях среди
профессионалов бизнеса, поскольку они могут служить критически важными
инструментами для убеждения, вовлечения и построения отношений.
Интегрируя идиомы в свои коммуникационные стратегии, профессионалы могут

улучшить доставку своих сообщений и повысить общее качество делового
дискурса.

Ключевие слова: английский бизнес дискурс, идиомы, коммуникативная
эффективность, метафорические выражения, семантический анализ, бизнескоммуникация, аксиологические особенности.

KIRISH
Zamonaviy biznes sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat puxta bilim
va tajriba, balki samarali muloqot qilish qobiliyati ham muhim o‘rin tutadi. Ingliz tili
global biznes tili sifatida keng qo‘llanilishi natijasida, bu tilning ko‘p jihatlari,
jumladan, idiomalar, biznes diskursida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Nufuzli
«Лингвистический энциклопедический словарь” (Lingvistik ensiklopedik lug‘at)da
“idioma” frazeologik birliklar sinfi deb belgilanadi hamda unga quyidagicha ta’rif
beriladi: “Idiomalar – so‘z va jumlalarning semantik jihatdan bog‘liq birikmalari. Ular
shakl jihatdan o‘xshash sintaktik tuzilmalardan farqli o‘laroq, gapni tashkil qilishda
so‘zlarni tanlash va birikmaning umumiy qonunlariga muvofiq ishlab chiqilmaydi,
lekin nutqda ma’no tuzilishi va ma’lum bir leksik va grammatik tarkibning qat’iy
nisbatida takrorlanadi”. “Idioma” atamasi ilk bor ingliz tiliga qadimgi lotin tilidan va
o‘rta fransuz tilidan kirib kelgan. Idiomalar birinchi bor XVI asrda qo‘llangan
(Monica-Ariana S., 2015: 173). Demak, idiomalar, o‘ziga xos iboralar sifatida,
muloqotga qo‘shimcha ma’no, hissiy rang-baranglik va ifodalilik baxsh etadi. Ular
nafaqat aloqa samaradorligini oshiradi, balki madaniy kontekstni ham aks ettiradi»
(Лингвистический энциклопедический словарь, 1990: 559).
Shu o‘rinda “biznes diskursi nima?” degan savol tug‘iladi. Biznes diskursi
zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, turli soha va faoliyat turlarini
birlashtiradigan muhim kommunikatsion platformadir. U nafaqat iqtisodiy
jarayonlarni, balki ijtimoiy va madaniy omillarni ham o‘z ichiga oladi. Biznes
diskursini o‘rganish jarayonida, leksik qatlamlar, ya’ni so‘zlarni va iboralar ma’nosini
to‘g‘ri tushunish va ularning samarali ishlatilishi ayniqsa muhimdir.
Ingliz tilida biznes muloqoti leksikasida quyidagi qatlamlar ajratilgan:
- umumiy ingliz tili so‘zlari (General English words);
- umimiy biznes ingliz lug‘ati (General Business English vocabulary);
- umumiy biznes ingliz terminologiyasi (General Business English

terminology);
- ixtisoslashgan terminologiya (Specialized terminology/terminologies).
Maqolada ingliz biznes diskursida idiomalar va ularning muhimligini keng
qamrovli tahlildan o‘tkazish maqsad qilingan. Maqsadga ko‘ra, ingliz biznes
diskursida idiomalarning jarayonlarga ta’siri haqida nazariy asoslarni taqdim etish

bilan birgalikda, ularni turli kontekstlarga moslashtirish yo‘llarini aniqlash ham vazifa
qilib belgilangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Ingliz tilidagi biznes diskursida idiomalarning o‘rni haqida tadqiqotlar keng
ko‘lamda olib borilgan bo‘lsa-da (V.A. Bogoroditskaya, 2010; M.I. Vershinina, 2012,
2014; E.Y. Kabanova, 2000; Z.V. Mankovskaya, 2011; L.P. Tarnayeva, 2009 va
boshqalar), mazkur mavzuga oid chuqur tahliliy yondashuv hali ham dolzarb
hisoblanadi.
V.V. Vinogradov ta’kidlaganidek, idioma – bog‘langan so‘z birikmasi, u
tarkibiga kirgan so‘zlarning ma’nolaridan asl ma’nosini anglatib bo‘lmaydigan, ma’no
jihatdan bo‘linmaydigan iboradir (Виноградов В., 1977: 141). Shu bois, bu kabi leksik
qatlam diskursda, jumladan biznes diskursini jonlantirish va samarali biznes
kommunikatsiyasini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Veronika Koller
(2004) metafora va idiomalarning biznes diskursidagi gender xususiyatini tadqiq etgan
(Veronika K., 2004). Bundan ko‘rinib turibdiki, biznes diskursida idiomalar faqat tilni
jonlantiribgina qolmay, balki muloqot jarayonida ishonch va ta’sir kuchini oshiradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada, ingliz biznes diskursida qo‘llaniladigan idiomalarning
lingvistik xususiyatlarini o‘rganish uchun diskurs tahlili metodlaridan foydalanildi.
Ushbu tahlil biznes sohasiga oid matnlar, hisobotlar va intervyular asosida olib borildi,
bunda idiomalarning muloqotdagi o‘rni, ularning natijalari va ta’siri aniqlandi.
Tadqiqot uchun korpus lingvistikasidan foydalanish orqali ingliz tilidagi biznes
matnlar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, idiomalar qo‘llanilishining miqdoriy va sifat
jihatlari ham o‘rganildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Mazkur tadqiqotning maqsadiga erishish uchun tahlillar amalga oshirildi.
Tahlilga tortilgan materiallar quyidagi manbalardan tanlab olindi:
1) Idiomalarning monolingual korpus lug‘atlaridan (Collins COBUILD Idioms
Dictionary, Longman Idioms Dictionary, Oxford Dictionary of English Idioms);
2) Biznes ingliz tilining monolingual korpus lug‘atlaridan (Longman Business
English Dictionary, Cambridge Business English Dictionary, Collins COBUILD
International Business English Dictionary, Oxford Business English Dictionary);
3) Ingliz tilidagi “Business” ensiklopediyaning lug‘at bo‘limlaridan (The
Ultimate Resource);
4) “Intelligent Business Intermediate” o‘quv kursining “Audioscripts”
(Audioskriptlar) bo‘limi monologlari, dialoglari va poliloglari.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ingliz biznes diskursida idiomalar
kommunikatsiya jarayonini samaraliroq qilishda muhim o‘rin tutadi. Biznes

muloqotlarida ishlatiladigan idiomalar ko‘pincha maqsadli auditoriya bilan yaqinroq
aloqa o‘rnatish va muloqotga ta’sirchanlik qo‘shish uchun qo‘llanadi. Korpus tahlili
shuni ko‘rsatadiki, bunday iboralar biznes matnlarida keng tarqalgan bo‘lib, ular ijobiy
kayfiyat yaratish, ishonch uyg‘otish va tushunarli muloqot o‘rnatishga xizmat qiladi.

Ingliz tili biznes diskursidagi idiomalar ko‘pincha muloqotning mazmunini
boyitadi va samaradorlikni oshiradi. Tasavvur qiling, har bir idioma tilning murakkab
labirintida harakat qiluvchi qahramon kabi bo‘lib, o‘zining ma’nosi va lingvistik
tuzilmasi bilan o‘ziga xos hikoyani keltirib chiqaradi. Bu idiomalar qanday yaratilgan
va qanday ishlatiladi? Keling, buni bir jadvalda berilgan tahlilini ko‘rib chiqaylik: (1-
jadval)

1-jadval. Ingliz tili biznes diskursida qo‘llaniladigan idiomalarning lingvistik tahlili

Idioma Ma’nosi Metaforik kelib Lingvistik tahlil
chiqishi
Think outside An’anaviy Metafora orqali
the box cheklovlarsiz "Box" an’anaviy cheklovlardan chiqish
Hit the ground kreativ yechimlar chegara, "think" esa va innovatsiya talab
running topish fikrlash jarayonini qilinadi
Tez va samarali bildiradi Tezkor harakat
Cutting-edge boshlash Harakatni qilishni ifodalovchi
boshlashda yugurish kinestetik metafora
Win-win Eng zamonaviy sur’ati Innovatsiya va
situation yoki innovatsion zamonaviylikni
"Kesuvchi chet" ta’kidlaydigan
Learn the ropes Ikkala tomon (keskin yangilik) metafora
uchun foydali Ijobiy natija beruvchi
Touch base holat O‘yinlardagi takrorlanadigan
Back to the Yangi g‘alabaga ishora qahramon (g‘alaba)
drawing board ko‘nikmalarni Tajriba va bilim
o‘rganish Dengizchilik olishni bildiruvchi
Up in the air sohasidan olingan kontekstual metafora
Tezkor aloqa Qisqa maslahatlashuv
qilish Baseball sportiga va aloqa o‘rnatishni
Loyihani qayta asoslangan ifodalovchi idioma
ko‘rib chiqish Chizma doskasiga Qayta rejalashtirish
qaytishni bildiradi zaruriyatini aks
Hal qilinmagan ettiruvchi lingvistik
vaziyat Havoda osilgan struktur
noaniq narsalar Noaniqlik va
barqarorlik yo‘qligini
- 52 - bildiruvchi idioma

The ball is in
your court Sizdagi qayta Tennis o‘yinidan Javobgarlik va qaror
qaror qabul qilish kelib chiqqan qabul qilish
Raise the bar imkoniyati majburiyati ifodasi
Sport bilan bog‘liq Talablarni yuqori
Standart yoki bo‘lib, balandlikka darajaga ko‘tarishni
talablarni oshirish sakrash musobaqa- anglatadi.
larida "bar" (to‘siq)
yuqoriga ko‘tarilganida qiyinchilik
oshadi

Bu jadvalda har bir idioma qanday qilib o‘z ma’nosi va metaforik kelib chiqishi
orqali biznes diskursini shakllantirishda ishlatilayotgani ko‘rsatilgan. Tildagi har bir
birlik – idioma – o‘zining lingvistik va semantik vazifasini bajarib, muloqotda aniq va
ta’sirchan ifodalarni yaratishga xizmat qiladi.

Tahlil uchun foydalanilayotgan manbalarga asoslanib, jadvalda namuna uchun
keltirilgan idiomalarning qo‘llanilish dinamikasini aniqladik (1-chizma):

1-chizma. Biznes diskursida idiomalarning qo‘llanilish chastotasi

Yuqorida keltirilgan chizma ingliz biznes diskursida ishlatiladigan idiomalarning
taxminiy tez-tezlik bilan qo‘llanilish ko‘rsatkichini aks ettiradi. Ular orasidan eng ko‘p
ishlatiladigan idiomalar: “Win-win situation” va “Cutting-edge” iboralari biznes
muhitida eng ko‘p qo‘llaniladi. Bu holat har ikki tomon uchun foydali sharoitlarni
ta’kidlash va innovatsiyalarni ko‘rsatishda ushbu iboralar samarali bo‘lishi bilan
bog‘liq.

O‘rtacha foydalaniladigan idiomalar: “Think outside the box”, “Hit the ground
running” kabi iboralar ham keng tarqalgan. Ular kreativlik va tezkorlikka urg‘u beradi,
shuning uchun tez-tez ishlatiladi.

Kamroq qo‘llaniladigan idiomalar: “Up in the air” va “Back to the drawing
board” kabi iboralar biroz kamroq ishlatiladi. Ular odatda noaniqlik yoki qayta
rejalashtirishga ishora qiladi.

Chizmadan ko‘rinib turibdiki, biznes diskursida idiomalar turli maqsadlarda
ishlatiladi va ularning qo‘llanilish chastotasi mazmun yoki muloqot kontekstiga
bog‘liq.

Quyidagi jadvalda esa ushbu idiomalarni ingliz tili biznes diskursida turli biznes
kontekstlarida kelishi bilan qanchalik tez-tez ishlatilishi foizlar bilan statistik tahlil
qilinadi:

Idioma Muzokaralar Prezentatsiyalar E-pochta / Jamoa
(%) (%) Hisobotlar (%) yig‘ilishlari (%)
Think outside 25% 20%
the box 30% 25%
Hit the ground
running 20% 25% 20% 35%
Cutting-edge
Win-win 15% 30% 25% 30%
situation
Learn the 40% 35% 25% 35%
ropes
Touch base 10% 18% 35% 37%
Back to the
drawing board 5% 25% 30% 40%
Up in the air
The ball is in 10% 15% 40% 35%
your court
Raise the bar 8% 12% 25% 55%

15% 20% 30% 35%

12% 25% 20% 43%

Demak, holatni quyidagicha tahlil qilish mumkin:
Muzokaralar: “Win-win situation” (40%) muzokaralarda eng ko‘p ishlatiladi, bu
esa hamkorlik va o‘zaro foyda keltirishga asoslangan muloqotni ko‘rsatadi.
Prezentatsiyalar: “Win-win situation” (35%) va “Cutting-edge” (30%) kabi
innovatsiyalar va hamkorlikni ta’kidlovchi idiomalar ko‘p ishlatiladi.
E-pochta/Hisobotlar: “Back to the drawing board” (40%) kabi qayta ko‘rib
chiqish bilan bog‘liq idiomalar bu turdagi diskursda yetakchi o‘rinda.
Jamoa yig‘ilishlari: “Up in the air” (55%) va “Raise the bar” (43%) kabi
o‘zgaruvchanlik va tezkor maslahatlashuv bilan bog‘liq idiomalar ko‘p ishlatiladi.

Bu jadval biznesda turli kontekstlarda idiomalar qanday ishlatilishini aniq
tasvirlaydi.

Muhokama davomida aniqlangan yana bir muhim jihat shuki, idiomalar
qo‘llanishi biznes diskursida ko‘pincha madaniy kontekstga bog‘liq. Masalan, ba’zi
idiomalar asosan Amerika biznes diskursida ishlatilsa, boshqalari Buyuk Britaniya
yoki boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarning madaniyati va an’analariga
xosdir. Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, idiomalarning to‘g‘ri ishlatilishi
muloqotning ishonchli va samimiy ko‘rinishiga yordam berishi mumkin, ammo
noto‘g‘ri ishlatilganda ular tushunmovchilik yoki kommunikativ qiyinchiliklarga olib
kelish ehtimoli bor.

Ushbu tadqiqot ingliz biznes diskursida idiomalarning funksional ahamiyati
haqida yangi tushunchalar berar ekan, kelgusida yanada ko‘proq til va madaniyatlararo
tadqiqotlar olib borilishi lozimligi haqida xulosa qilish mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ingliz biznes diskursida idiomalarning roli kommunikatsiyaning samaradorligini
oshirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Idiomalar nafaqat muloqotni
jonlantirib, hissiy rang-baranglik kiritadi, balki madaniy va ijtimoiy kontekstda ham
tushunishni osonlashtiradi. Ular biznes muhitida innovatsion fikrlashni
rag‘batlantirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va ta’sirchan muloqot o‘rnatishda
samarali qo‘llaniladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, idiomalar keng madaniy va lingvistik
bilimni talab qiladi, shuning uchun ularni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘llash muvaffaqiyatli
muloqotning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Biznes sohasida idiomalardan to‘g‘ri
foydalanish nafaqat aloqa ishonchliligini oshiradi, balki muvaffaqiyatli muzokaralar va
bitimlar tuzishga ham yordam beradi. Shu sababli, ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqaro
biznes muhitida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun idiomalarni tushunish va
ulardan foydalana olish qobiliyati katta ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida biznes diskursidagi idiomalarning lingvistik va madaniy jihatlarini
chuqurroq o‘rganish orqali xalqaro biznes aloqalarida samaradorlikni oshirishga
qaratilgan tadqiqotlar olib borilishi lozimligini ta’kidlab o‘tamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Богородицкая В.А. (2010) Общеупотребительная бизнес-терминология в
современном аутентичном англоязычном дискурсе. – Дисс. … канд. филол. наук.
– Москва. – 191 с.
2. Вершинина М.И. (2012) Идиомы в одноязычной энциклопедии
“Business: The Ultimate Resource” // Актуальные проблемы лингвистики и
лингводидактики иностранного языка делового и профессионального общения:

материалы в Международной научно-практической конференции. – Москва:
Российский Университет Дружбы Народов. – С. 108–109.

3. Вершинина М.И. (2014) Идиомы в письменном бизнес-дискурсе:
функциональный аспект // Научное мнение. – № 9. – СПб.: ООО "Книжный дом".
– С. 155–159.

4. Виноградов В.В. (1977) Избранные труды. Лексикология и
лексикография. – Москва.

5. Кабанова Е.Ю. (2000) Идиоматическая фразеология в дискурсе (на
материале английской и американской рекламы). Дисс. … канд. филол. наук. –
Москва. – 183 с.

6. Лингвистический энциклопедический словарь. – Москва: Советская
энциклопедия, 1990. – 685 c.

7. Тарнаева Л.П. (2009) Передача идиоматичности делового дискурса при
переводе: лингвометодический аспект проблемы // Фразеология и терминология:
грани пересечения. – Архангельск: Поморский государственный университет. –
С. 108–127.

8. Cambridge Business English Dictionary. – Cambridge University Press, 2011.
– 947 p.

9. Collins COBUILD Idioms Dictionary. – Harper Collins Publishers, 2006. –
511 p.

10. Collins COBUILD International Business English Dictionary. – Harper
Collins Publishers, 2011. – 626 p.

11. Koller, Veronika (2004). Metaphor and Gender in Business Media Discourse:
A Critical Cognitive Study. – Basingstoke & New York: Palgrave Macmillan.

12. Longman Business English Dictionary. – Pearson Education Limited, 2007. –
594 p.

13. Longman Idioms Dictionary. – Pearson Education Limited, 2008. – 398 p.
14. Monica-Ariana S. et al. Idioms in business communication // The Annals of
the University of Oradea. – 2015. – P. 172-178.
15. Oxford Business English Dictionary. – Oxford University Press, 2012. – 616 p.
16. Oxford Dictionary of English Idioms. – Third Edition. – Oxford University
Press, 2010. – 408 p.
17. Business: The Ultimate Resource. – Third Edition. – A&C Black Publishers
Ltd, 2011. – 1607 p.

REFERENCES:
1. Bogorodiskaya V.A. (2010) Obsheupotrebitelnaya biznes-terminologiya v
sovremennom autentichnom angloyazichnom diskurse. – Diss. … kand. filol. nauk. –
Moskva. – 191 s. (In Russian)

2. Vershinina M.I. (2012) Idiomi v odnoyazichnoy ensiklopedii “Business: The
Ultimate Resource” // Aktualniye problemi lingvistiki i lingvodidaktiki inostrannogo
yazika delovogo i professionalnogo obsheniya: materiali v Mejdunarodnoy nauchnoprakticheskoy konferensii. – Moskva: Rossiyskiy Universitet Drujbi Narodov. – S.
108–109. (In Russian)

3. Vershinina M.I. (2014) Idiomi v pismennom biznes-diskurse: funksionalniy
aspekt // Nauchnoye mneniye. – № 9. – SPb.: OOO "Knijniy dom". – S. 155–159. (In
Russian)

4. Vinogradov V.V. (1977) Izbranniye trudi. Leksikologiya i leksikografiya. –
Moskva. (In Russian)

5. Kabanova E.Yu. (2000) Idiomaticheskaya frazeologiya v diskurse (na materiale
angliyskoy i amerikanskoy reklami). Diss. … kand. filol. nauk. – Moskva. – 183 s. (In
Russian)

6. Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar. – Moskva: Sovetskaya
ensiklopediya, 1990. – 685 s. (In Russian)

7. Tarnayeva L.P. (2009) Peredacha idiomatichnosti delovogo diskursa pri
perevode: lingvometodicheskiy aspekt problemi // Frazeologiya i terminologiya: grani
peresecheniya. – Arxangelsk: Pomorskiy gosudarstvenniy universitet. – S. 108–127.
(In Russian)

8. Cambridge Business English Dictionary. – Cambridge University Press, 2011.
– 947 p.

9. Collins COBUILD Idioms Dictionary. – Harper Collins Publishers, 2006. – 511 p.
10. Collins COBUILD International Business English Dictionary. – Harper
Collins Publishers, 2011. – 626 p.
11. Koller, Veronika (2004). Metaphor and Gender in Business Media Discourse:
A Critical Cognitive Study. – Basingstoke & New York: Palgrave Macmillan.
12. Longman Business English Dictionary. – Pearson Education Limited, 2007.
– 594 p.
13. Longman Idioms Dictionary. – Pearson Education Limited, 2008. – 398 p.
14. Monica-Ariana S. et al. Idioms in business communication // The Annals of
the University of Oradea. – 2015. – P. 172-178.
15. Oxford Business English Dictionary. – Oxford University Press, 2012. – 616 p.
16. Oxford Dictionary of English Idioms. – Third Edition. – Oxford University
Press, 2010. – 408 p.
17. Business: The Ultimate Resource. – Third Edition. – A&C Black Publishers
Ltd, 2011. – 1607 p.