ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Boshlang‘ich ta’limda nutqiy masalalarga e’tibor

Karimova Shaxloxon G‘aniyevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA NUTQIY MASALALARGA E’TIBOR

ATTENTION TO SPEECH ISSUES IN PRIMARY EDUCATION

ВНИМАНИЕ К ПРОБЛЕМАМ РЕЧИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Karimova Shaxloxon G‘aniyevna,
Oriental universiteti dotsenti,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Tel: +998 90 185-69-13
shkarimova@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim sohasida ona tilini o‘qitish,
nutq ko‘nikmalarini va uning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishdagi mavjud
muammolar va ularni hal qilishning lingvistik yo‘llari muhokama qilinadi. Til
ta’limida, hamda nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy
mashg‘ulotlarda grammatik mashqlar, interfaol uslublar va samarali usullardan
foydalanish talabalarning lisoniy bilim va malakalarini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot akademik va
ijtimoiy kontekstlarda samarali muloqot qilish ko‘nikmalarining muhimligini
ta’kidlaydi va yosh o‘quvchilar o‘rtasida nutq malakasini oshirish uchun tizimli
yondashuvni taklif qiladi. Og‘zaki muloqotda ishonch va nutq ravonligini rivojlantirish
uchun rolli o‘yinlar, guruh muhokamalari va notiqlik mashqlari kabi turli interfaol
tadbirlarni tavsiya etamiz. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tavsiyalarni amalga
oshirish o‘quvchilarning nutq qobiliyatini sezilarli darajada oshirishi va ularning
umumiy akademik muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishi mumkin. Maqolada o‘quvchilarni
kelajakdagi ilmiy va kasbiy izlanishlariga yaxshiroq tayyorlash uchun boshlang‘ich
ta’lim o‘quv dasturlarida nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish
muhimligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar: yozma nutq, og‘zaki nutq, nutqiy ko‘nikma, til nazariyasi, til
qonuniyatlari, grammatika, morfologiya, interfaol metod, nutqiy kompetensiya, so‘z
turkumlari, sintaktik qurilma, matn.

Annotation: This article discusses the existing problems in teaching the mother
tongue, improving speech skills and its scientific and theoretical foundations in the
field of primary education, and linguistic ways to solve them. Necessary
recommendations are given regarding the importance of using grammar exercises,
interactive methods and effective approaches in language education and practical
training aimed at developing speaking skills in developing students’ linguistic
knowledge and skills. The study highlights the importance of effective communication

skills in academic and social contexts and suggests a systematic approach to improving
speaking skills among young learners. We recommend a variety of interactive activities
such as role plays, group discussions and public speaking exercises to develop
confidence and fluency in oral communication. The results show that implementing
these recommendations can significantly improve students’ speaking skills and
contribute to their overall academic success. The article emphasizes the importance of
prioritizing the development of speaking skills in primary education curricula in order
to better prepare students for their future academic and professional pursuits.

Keywords: written speech, oral speech, language theory, laws, grammar,
morphology, interactive method, speech competence, word categories, syntactic
device, text.

Аннотация: В данной статье рассматриваются существующие проблемы
обучения родному языку, совершенствованию речевых навыков и его научнотеоретических основ в сфере начального образования, а также лингвистические
пути их решения. Даны необходимые рекомендации относительно важности
использования грамматических упражнений, интерактивных методов и
эффективных подходов языковом обучении и практических занятиях,
направленных на развитие навыков говорения, в развитии языковых знаний и
умений учащихся. Исследование подчеркивает важность эффективных
коммуникативных навыков в академическом и социальном контексте и
предлагает систематический подход к совершенствованию разговорных навыков
среди молодых учащихся. Мы рекомендуем различные интерактивные
мероприятия, такие как ролевые игры, групповые дискуссии и упражнения по
публичным выступлениям, чтобы развить уверенность и беглость устного
общения. Результаты показывают, что выполнение этих рекомендаций может
значительно улучшить разговорные навыки учащихся и способствовать их
общим академическим успехам. В статье подчеркивается важность уделения
приоритетного внимания развитию разговорных навыков в учебных программах
начального образования, чтобы лучше подготовить учащихся к их будущей
академической и профессиональной деятельности.

Ключевые слова: письменная речь, устная речь, речевые навыки, теория
языка, законы, грамматика, морфология, интерактивный метод, речевая
компетентность, категории слов, синтаксический прием, текст.

KIRISH
Nutq madaniyatiga erishish, namunali nutq (og‘zaki va yozma) tuzish malakasiga
ega bo‘lish har bir shaxs madaniyatining ajralmas va tarkibiy qismi ekanligi ma’lum.
Til ta’limida asosiy diqqat-e’tiborni o‘zbеk tili birliklarining butun imkoniyatlarini
talabalarga tanishtirish orqali ona tilining naqadar boy, serjilo va qadimiy ekanligini

yanada teran anglashga, ulardan ijtimoiy sharoitda nutqiy vaziyatga mos foydalana
olish malakasini rivojlantirishga qaratish muhimdir.

Talabalarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, ko‘pgina imkoniyatlardan eng
maqbulini tanlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy
qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan
o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har
ikki nutq ko‘rinishida: ham og‘zaki, ham yozma shaklda bemalol xatosiz fikr ifoda eta
olishi zarurdir. Savodxonlikka qadam qo‘yayotgan bolajonlar uchun namunali nutq
egasi, albatta, birinchi muallimdir. Shuningdek, didaktika (mavzuni tushunarli, sodda
tilda bayon qilib bera olish), hissiy-irodaviy ta’sir eta olish, perseptiv – kuzatuvchanlik
asosida o‘quvchi ruhiyatiga ta’sir qilish, ekspressiv – nutqiy, mimika, pantomimika
asosida fikrni tushuntirish, kommunikativ – o‘quvchilar bilan munosabatlarni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish, pedagogik takt, talabchanlik, umuman, barcha pedagogik qobiliyatlar
kommunikativ qobiliyatlar bilan bog‘liq, deya ta’kidlanadi ilmiy adabiyotlarda.
(Mahmudov N., 2007: 56; Muhiddinov A., 1995: 47; G‘ulomov A., 1998: 65)

Bundan ko‘rinadiki, mazkur yo‘nalishda tahsil oluvchi talabalarning grammatik
qonuniyatlarga amal qilgan holda, ayniqsa, adabiy til mе’yorlariga rioya qilgan holda
fikrlarini ham og‘zaki, ham yozma tarzda namunali ifodalab, nutq tuzishga erishuvini
ta’minlash asosiy burchimiz hisoblanadi. Shunday ekan, “Ona tili nazariyasi” va
“O‘qituvchi nutq madaniyati” kabi majburiy va tanlov fanlar dasturida ayni ta’limiy
maqsadlar ko‘zda tutilgan. (Karimova Sh., 2023) Talabalarda ijodkorlikni, mustaqil
fikrlashni rivojlantirish, o‘z shaxsiy fikrini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va
yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalashga o‘rgatish uchun ona tili ta’limining
mazmunini tubdan yangilash, ta’lim jarayoniga o‘qitishning zamonaviy usullarini
tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir.

Ta’lim bosqichlarida ona tili o‘qitilishining talab darajasida emasligiga bosh
sabablardan biri shundaki, ong va tafakkurni rivojlantirishda ona tilining tutgan o‘rniga
noto‘g‘ri baho berishimizdir. Ong va tafakkurni shakllantirish asosan ijtimoiy fanlarga
tegishli deb bilib, ona tilidan ta’lim mazmunini ona tili qurilishining ilmiy talqini,
grammatikani o‘rganishdan iborat deb hisobladik. (To‘xliеv B., Shamsiеva M.,
Ziyadova T., 2006: 106) Natijada talaba-o‘quvchi grammatik qoidalarni quruq yodlash
bilan kifoyalanib, qoidalar asosida turli hajm va murakkablikdagi ko‘plab
topshiriqlarni bajarsa-da, og‘zaki va yozma savodxonligi sezilarli sifat darajasiga
ko‘tarilmadi. Bir so‘z bilan aytganda, savodxonlik “oqsadi”.

Talabalarning ko‘pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon
ifodalash ko‘nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy
sabablarini faqat o‘qituvchiga to‘nkash yoki moddiy-texnikaviy kamchilikni ro‘kach
qilish adolatsizlikdir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiyaning zamon talablari darajasida
takomillashtirilishi yoshlarning ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishida asosiy
omillardan hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik va metodik
tayyorgarligini oshirish, darslarni ilmiy jihatdan takomillashtirish, ilg‘or va zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga to‘liq joriy qilish to‘g‘risida ko‘plab
fikrlar bayon etilmoqda. (Erkaboyeva N., 2020: 36) Zero, boshlang‘ich sinf ona tili
darslarida o‘quvchilarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi dars
maqsadiga erishishida o‘quvchilarning imloviy savodxonligi, uni yanada takomilga
yetkazish usullaridan foydalanish va darslarni tashkil qilish o‘ziga xos ahamiyat kasb
etar ekan, o‘qituvchining o‘zi birinchi galda lingvistik savodxonlikka erishgan bo‘lishi
lozim. Ona tilini o‘rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida
davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan qator vazifalariga moslangan. Bu vazifalar ko‘p
qirrali bo‘lib, ularni bajarish va amaliyotga joriy etish g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy,
estetik va mehnat tarbiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ona tilini o‘rgatish
natijasida talabalarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga
rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Ona tili kursidan hosil qilingan maxsus ko‘nikmalar bilan fanlararo ko‘nikmalar birbiridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Darsda talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til
materialining g‘oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qiymatli bo‘lishiga, tilni o‘rganish
jarayonida ularning dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat
berish zarur. Deylik, “Ot va uning leksik-grammatik xususiyatlari” mavzusiga doir
bilimlarni mustahkamlovchi amaliy mashg‘ulotda quyidagi matnni va shu asosda
bajariladigan topshiriqlardan foydalanishni tavsiya etamiz:

“Halollik gigiyenasi”
Dasturxonimizga tortiladigan taom masalliqlarini xarid qilishdan to uni
tayyorlab, pishirib, suzib keltirguncha ularning ozodaligiga e’tibor qilamiz.
Muzxonada saqlaymiz, chang-g‘ubordan muhofazalash uchun doka-sochiqlar yopib
qo‘yamiz. Nihoyat, ovqatlanishga o‘tirishdan avval qo‘llarimizni yuvamiz. Qoshiq va
sanchqilarni qayta-qayta artishdan erinmaymiz.
Uncha-buncha ozodalik gigiyenasiga odatlanganimiz bois, mikrobdan
qo‘rqamiz. Biroq, ozodalik gigiyenasidan ilgariroq keladigan, ehtimol, mikrobdan
dahshatliroq bo‘lgan halollik gigiyenasini xayolimizga keltirmaymiz.
Dasturxonimizga tortilayotgan masalliqlarni, tanovul qilayotgan nozne’matlarni halollab topdikmi? Qayerdan keldi ular ro‘zg‘orimizga? Qaysi
mehnatlarimiz evaziga qozonimizga solyapmiz ularni? Birovlarning haqidan urib

qolganimiz hisobiga emasmi? Kimlarnidir qon qaqshatish hisobiga orttirmagan
edikmi ularni? Boshiga og‘ir musibat tushgan bechoradan tama yo‘li bilan undirib
olgan poralarimiz hisobiga emasmi?...

Nopok va harom yo‘llar bilan topilgan taomni jig‘ildonga tiqayotib, ozodalik
gigiyenasiga har qancha rioya qilmaylik, bu bilan luqmamiz poklanib qoladimi?

Bozor munosabatlarining tinimsiz toblanishi, o‘tish davrining shiddati va
behalovat turmush tarzi odamlarni shu qadar komiga tortib ketdiki, bunday nozik
savollar haqida o‘ylashga, mulohaza yuritishga fursat yetmayapti. Eng dahshatlisi
shundaki, mana shunday taqchillikka ko‘nika borganimiz sayin, o‘zimizni savolga
tutish, o‘zimizni o‘zimiz tergash odati ham unutilib ketmoqda.

Yaxshiyam, jamiyatimizda ijtimoiy muhofaza siyosati barqaror. Aks holda
shataloq otayotgan, imoniy nafsini bozoriy nafsga ikki qo‘llab almashlab
yuborayotganlar yana qanaqangi “karomatlar” ko‘rsatmas edi! Shuning uchun ham
barchamiz “Halollik gigiyenasi”ga rioya qilaylik!

Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina
zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Ona tili darslarida o‘zbek tiliga muhabbatli va
so‘zga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga alohida e’tibor beriladi. (Karimova
Sh., 2023: 26) Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o‘rganish jarayonida leksikuslubiy ishlarga katta o‘rin beriladi. Har bir talaba yakka holda yoki kichik guruhlarda
ishlashi ham mumkin.

Topshiriq:
1. Tinglab tushunish mashqi
Yuqoridagi matn o‘qib bo‘lingach, quyidagi savollar beriladi:

1. Matnda qaysi insoniy xislatlar haqida so‘z yuritilgan?
2. Ozodalik va halollik gigiyenasi o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
3. Тo‘g‘ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli qanday ekan? Uni amalga
oshiruvchi asosiy shaxslar kim?
4. Bozor munosabatlari avj olgan zamonda har kim ham halollik tushunchasiga
to‘g‘ri yondashyaptimi?
5. Halol kasb orqali mashhurlikka erishgan va xayrli ishlarga qo‘l urgan
shaxslarni bilasizmi?

2. Og‘zaki nutqni o‘stirish mashqi
1. Siz matnga qanday nom topgan bo‘lar edingiz?
2. Halollik tushunchasini qanday izohlaysiz?
3. Halollik haqida qanday o‘zbek maqollarini bilasiz?
4. Halol insonlar jasorati haqida, halollikning foydalari to‘g‘risida yozilgan qaysi
badiiy asarlarni esladingiz?

5. Bu asarlardan siz qanday xulosa chiqargansiz?

3. Yozma nutqni rivojlantiruvchi mashq
1. Matnda aytilishi va yozilishi farqlanadigan so‘zlarni ajrating va ikki ustunga
ajratib yozing.

Talaffuziga ko‘ra: Yozilishiga ko‘ra:
Uncha-muncha Uncha-buncha
Mikrop Mikrob
Dastirxon Dasturxon
Erimmaymiz Erinmaymiz
Taxchillikka Taqchillikka
Pursat Fursat

2. Lug‘at ustida ishlash. Xorijiy tajribada ham til egalarining muayyan til
malakalarini egallashida asosiy yordamchi vosita lug‘atlar ekanligi e’tirof etilib,
savodxonlik borasida amaliy foydalari ko‘p qayd etilgan. (Isabel Beck, Charles
Perfetti, Margaret Mckewon, 1982: 50-57)

4. Grammatik bilimni mustahkamlovchi mashq
1. Matndan so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra, faqat juft so‘zlarni ajratib yozing. Hosil
bo‘lishiga diqqat qiling va so‘z turkumini aniqlang. Juft so‘zni bog‘lanib kelgan so‘z
bilan birga ko‘chiring.
Masalan, ota-ona (ot so‘z turkumi, bir-biriga mazmunan yaqin so‘zlardan
tuzilgan), alang-jalang qaraydilar (ravish so‘z turkumi, har ikki qismi atash ma’nosiga
ega bo‘lmagan so‘zlardan hosil bo‘lgan).
2. Matn tarkibidagi otlarni quyidagicha turkumlarga ajrating:

Shaxs Narsa- Faoliyat- Mavhum O‘rin-joy Sanalmaydigan Aniq ot
otlari buyum jarayon oti ot nomi ot jig‘ildon
inson dasturxon savdo- bozor
sotiq jasorat ozodalik
… …
… … … … …

3. Ot so‘z turkumiga oid so‘z bog‘lanib kelgan birikmalarni jadval bo‘yicha
to‘ldiring:

Ot+ot Sifat + ot Ot+fe’l Ravish+ot Harakat Fe’l+ot Ot
nomi + ot
bozor ijtimoiy fursat uncha- yashash tortiladigan jig‘ildonga
munosabat- muhofaza yetma- buncha zavqi taom urmoq
lari yapti odamlar
… … … …
… … …

Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan
ham foydalaniladi. Ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash
asoslarini shakllantirishga qaratiladi.

5. Xotirani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar

Ona tili darslari har bir inson uchun zarur bo‘lgan xotira va diqqat ustida tinimsiz
ishlashni taqozo etadi, til egasining so‘z boyligi, kengligi yaratilajak matn va nutqning
rang-barangligiga xizmat qiladi. Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash,
orfografik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadlarini o‘z oldiga qo‘ysa, darsning
mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi.
O‘qituvchi slaydga yozilishi qiyin so‘zlardan 20 tasini yozib, bir marta o‘qib olish
imkonini beradi va ekran o‘chgach, talabalar yodda qolgan so‘zlarni qog‘ozga
tushiradilar. 18-20 ta so‘z uchun 5 ball, 15-17 ta so‘z uchun 4 ball, 12-14 ta so‘z uchun
3 ball beriladi:

Talabalar bunday topshiriqni imloviy va grammatik vazifalardan so‘ng bajarishi
samaraliroq hisoblanadi. Biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o‘rganib olishlari uchun
bir-ikki mashq jamoaviy ravishda bajartiriladi. Talabalarning mustaqil ishlash
ko‘nikmasi oshgach, mashqni yakka tartibda bajaradilar. Mashqlar o‘rtasidagi
bog‘lanishni shakllantiradigan ko‘nikmaning xususiyati ham bu borada ahamiyatli
sanaladi. O‘quv materialining mavzu hamda darsning maqsadiga mos bo‘lishi uning
maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o‘quv
materiallari (shu jumladan, til dalillarini kuzatish, imlo va nutqqa oid mashqlarni
bajarish uchun tanlanadigan materiallar ham) darsning maqsadiga juda mos bo‘lishi
zarur.

Ona tili darslari ijtimoiy-ma’rifiy foydali bo‘lishi uchun talabalarda o‘z fikrini
grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va ravon fikrni bera olish ko‘nikmasini
shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi
grammatik materialni o‘rgatishda talabalarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki
gap bo‘lagining o‘rnini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni
talab etadi. Ya’ni, grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini
shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini rivojlantirishga, ularni amalda
tatbiq etishga xoslab o‘rgatiladi.

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va
qo‘llaniladigan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. Ularning yozma va og‘zaki nutqini
rivojlantirish jarayoni ularning tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq. Tafakkurni o‘stirish
ustida ishlash maqsadiga yo‘naltirilganligiga qarab bunda muayyan grammatik va
imloviy materialni o‘rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o‘zlashtirishni
ta’minlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan topshiriqlarni bajarish tushuniladi.

Ona tili darslarida ta’limiy maqsadlarga erishishning foydali bo‘lishiga darsda
og‘zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o‘tkazish, talabalarning o‘quv ishlarini
tekshirib, nazorat qilib borish, xatolarni o‘z vaqtida oldini olish va to‘g‘rilash, texnika
vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir mashg‘ulot
o‘qituvchining sa’y-harakati bilan san’at darajasiga ko‘tariladi. Dars jarayonida qat’iy
andoza bo‘lishi mumkin emas. Biroq darsning bosqichlari: vazifalarni tekshirish,
takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish
bosqichlariga rioya qilish tajribada o‘zini oqlamoqda. Har bir bosqichni mavzuga
muvofiq didaktik jihatdan boyitish esa o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Shunga qaramay, bularga ijobiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan
metodik usullariga asoslangan holda bosqichlar orasidagi ichki bog‘lanish, belgilangan
ishlarning mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmaslik
kerak.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Talabalarda ijodkorlikni, mustaqil fikrlashni o‘stirish, fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga
o‘rgatish uchun ona tili ta’limining mazmunini tubdan yangilash talab qilinadi. Til
egalarida ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, ko‘pgina imkoniyatlardan eng maqbulini
tanlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy
qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan
o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili
ta’limida nutqiy va imloviy savodxonlikka ega bo‘ladigan, o‘z fikrlarini ravon bayon
qila oladigan hamda to‘g‘ri va savodli yoza oladigan bo‘lishi lozim. Shu jihatdan,
boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning imloviy bilimlarini
bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda takomillashtirib borish darkor. Shunga ko‘ra, ona
tili darslarida o‘quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirishning eng samarali
usul va metodlarini qo‘llash bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldida turgan
muhim vazifa hisoblanadi. Bu muhim vazifalarni esa bilim va malakalari yetarli
o‘qituvchilar amalga oshiradi. Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
yozma va og‘zaki nutqini takomillashtirish masalasi birinchi galdagi ustuvor vazifadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Bekmirzayev, N. (2008) Notiqlik san’ati asoslari. – Toshkent: Yangi asr.
2. Маҳмудов, Н. (2007) Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошкент: Алишер
Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти.
3. Муҳиддинов, А. (1995) Ўқув жараёнида нутқ фаолияти. – Тошкент:
Ўқитувчи.
4. Ғуломов, А. (1998) Нутқ ўстириш машғулотлари. – Тошкент: Ўқитувчи.

5. To‘xliеv, B., Shamsiyеva, M., Ziyadova, T. (2010) O‘zbеk tili o‘qitish
mеtodikasi. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi
nashriyoti.

6. Абдуллаева, Қ. (1980) Нутқ ўстириш. – Тошкент: Ўқитувчи.
7. Karimova, V., Sunnatova, R., Tojiboyeva, R. (2000) Mustaqil fikrlash. –
Toshkent: Sharq.
8. Муҳиддинов, А. (1995) Ўқув жараёнида нутқ фаолияти. – Тошкент:
Ўқитувчи.
9. Karimova, Sh. (2023) Ona tili nazariyasi. I qism. Darslik. – Toshkent.
10. Karimova, Sh. (2023) Nutqiy mahorat va o‘qituvchi nutqi. O‘quv qo‘llanma.
– Toshkent.

REFERENCES:
1. Bekmirzayev, N. (2008) Notiqlik san’ati asoslari. – Toshkent: Yangi asr. (In
Uzbek)
2. Mahmudov, N. (2007) O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti. (In Uzbek)
3. Muhiddinov, A. (1995) O‘quv jarayonida nutq faoliyati. – Toshkent:
O‘qituvchi. (In Uzbek)
4. G‘ulomov, A. (1998) Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. – Toshkent: O‘qituvchi. (In
Uzbek)
5. To‘xliyev, B., Shamsiyeva, M., Ziyadova, T. (2010) O‘zbek tili o‘qitish
metodikasi. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi
nashriyoti. (In Uzbek)
6. Abdullayeva, Q. (1980) Nutq o‘stirish. – Toshkent: O‘qituvchi. (In Uzbek)
7. Karimova, V., Sunnatova, R., Tojiboyeva, R. (2000) Mustaqil fikrlash. –
Toshkent: Sharq. (In Uzbek)
8. Muhiddinov, A. (1995) O‘quv jarayonida nutq faoliyati. – Toshkent:
O‘qituvchi. (In Uzbek)
9. Karimova, Sh. (2023) Ona tili nazariyasi. I qism. Darslik. – Toshkent. (In
Uzbek)
10. Karimova, Sh. (2023) Nutqiy mahorat va o‘qituvchi nutqi. O‘quv qo‘llanma.
– Toshkent. (In Uzbek