ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasida etnografik tadqiqot guruhlarining tashkil etilishi

Isaqov Rustamjon O‘ktamjon o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASIDA
ETNOGRAFIK TADQIQOT GURUHLARINING TASHKIL ETILISHI

ORGANIZATION OF ETHNOGRAPHIC RESEARCH GROUPS IN THE
KHORAZM ARCHEOLOGY-ETNOGRAPHY EXPEDITION

ОРГАНИЗАЦИЯ ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ
ГРУПП В ХОРАЗМСКОЙ АРХЕОЛОГО-ЭТНОГРАФИЧЕСКОЙ
ЭКСПЕДИЦИИ

Isaqov Rustamjon O‘ktamjon o‘g‘li,
Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti tayanch doktoranti
Tel: +998 93 492-98-54
kvazarlar1998@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada bir qancha arxeologlar tomonidan Xorazmdagi
qadimgi manzilgohlardagi aholining ijtimoiy tuzumi, xo‘jaligi va madaniyati,
Amudaryoning qadimgi oqimlari tarixi, u bilan bog‘liq bo‘lgan qadimgi O‘rta Osiyo
sug‘orish muammosi, aholining madaniy-maishiy turmush tarzi tadqiq etilgani haqida
ma’lumot beriladi. Xususan, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining XX
asr 50-yillari va undan keyingi davrdagi faoliyati haqida qisqacha fikr yuritiladi.
Ekspeditsiya tarkibida tashkil etilgan etnografik tadqiqot guruhlari va ularning tadqiqot
obyektlari, guruh rahbarlarining ilmiy faoliyati, tadqiqotlar tahlili, natijalari va ular
asosida nashr etilgan ilmiy adabiyotlar tahlili amalga oshiriladi. Tashkil etilgan turli
ilmiy-tadqiqot guruhlari faoliyati natijalarini umumlashtirgan holda qoraqalpoqlarning
qabilaviy tuzilishi, boshqaruv tabiati, soliqqa tortish, yerdan foydalanish, oila va nikoh
munosabatlari, moddiy madaniyatning muhim tarkiblari, turar-joylar,
hunarmandchilik, xalq liboslari va amaliy san’at, xususan, kiyim-kechak masalalari
bo‘yicha ma’lumotlar jamlandi.

Kalit so‘zlar: Etnografiya bo‘limi, Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi,
shimoliy va janubiy o‘zbeklar, Turkman tadqiqot guruhi, S.P.Tolstov, T.A.Jdanko,
K.L.Zadixina, M.V.Sazonova.

Annotation: In this article, the social structure, economy and culture of the
population in the ancient settlements of Khorezm, the history of the ancient streams of
the Amudarya, the ancient Central Asian irrigation problem related to it, the cultural
and household lifestyle of the population are described on the works of the several
archaeologists. In particular, the activities of the Khorezm archeology-ethnography
expedition in the 50s of the 20th century and later are briefly discussed. Ethnographic

research groups and their research objects, scientific activities of group leaders,
research analysis, results and scientific literature published based on them will be
analyzed. Summarizing the results of the activities of various scientific research
groups, the tribal structure of Karakalpaks, the nature of governance, taxation, land
use, family and marriage relations, important elements of material culture, settlements,
handicrafts, folk costumes and applied arts, in particular, information on clothing
matters were collected.

Keywords: Department of Ethnography, Karakalpak Ethnographic Research
Group, Northern and Southern Uzbeks, Turkmen Research Group, S.P. Tolstov, T.A.
Zhdanko, K.L. Zadikhina, M.V. Sazonova.

Аннотация: В данной статье рассмотрена социальная структура, экономика
и культура населения на древних поселениях Хорезма, история древних ручьев
Амударьи, связанная с ней древнецентральноазиатская ирригационная
проблема, культурно-бытовой уклад населения описаны по трудам ряда
археологов. В частности, кратко освещена деятельность Хорезмской археологоэтнографической экспедиции в 50-е годы ХХ века и позднее. Будут
проанализированы этнографические исследовательские группы и объекты их
исследований, научная деятельность руководителей групп, анализ исследований,
изданные результаты и научная литература на их основе. По результатам
деятельности различных научно-исследовательских групп были собраны
сведения о родоплеменном составе каракалпаков, характере управления,
налогообложения, землепользования, семейно-брачных отношениях, важных
элементах материальной культуры, поселениях, ремеслах, прикладном
искусстве, народном костюме и одежде.

Ключевые слова: Отдел этнографии, Каракалпакская этнографическая
исследовательская группа, Северные и южные узбеки, Туркменская
исследовательская группа, С.П. Толстов, Т.А. Жданко, К.Л. Задихина, М.В.
Сазонова.

KIRISH
Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi turli yo‘nalishdagi
tadqiqotchilardan iborat katta guruhdir. Islomgacha bo‘lgan davr Xorazm ijtimoiy
tuzumi, xo‘jaligi va madaniyati, Amudaryoning qadimgi oqimlari tarixi, u bilan bog‘liq
bo‘lgan qadimgi O‘rta Osiyo sug‘orish muammosi, O‘zbekiston aholisining madaniymaishiy turmush tarzi Xorazm ekspeditsiyasida o‘rganilgan masalalar hisoblanadi.
Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tarkibida etnografik tadqiqot
guruhlarining tashkil etilishi Orolbo‘yining etnik tadqiqida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Ushbu jamoalarning tadqiqoti davomidagi so‘rovnomalari tugagandan so‘ng
ular tomonidan nashr etilgan kitoblar, maqolalar va monografiyalari bugungi kunda

ham dolzarbligicha qolmoqda. Ekspeditsiya tarkibida tashkil etilgan “Etnografiya
bo‘limi”ga va “Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi”ga boshchilik qilgan
T.A.Jdanko tomonidan chop etilgan nashrlarda qoraqalpoq xalqi etnografiyasi tadqiqot
obyektiga aylandi.

Xorazm ekspeditsiyasi tarkibida ilk etnografik tadqiqot guruhlaridan biri 1945-
yilda “Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi” tashkil etiladi, 1946-yilda “Shimoliy va
Janubiy o‘zbek”, 1948-yilda “Turkman tadqiqot guruh”lari ish boshladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi ish olib borgan davr mobaynidagi
faoliyati shu qadar keng koʻlamli nashrlarda oʻz aksini topdiki, ularning roʻyxatini
tuzishning oʻzi ancha vaqt olishi mumkin. Bu nashrlar butun bir kutubxonani tashkil
qilgan boʻlar edi. Hozirga qadar Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi
“Asarlar”ining 16 jildi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi
“Materiallar”ining 10 ta juzi, 18 ta tematik toʻplami chop etilgan. Shuningdek, Xorazm
arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlarining maqolalari «Вестник древней
истории», “Вопросы истории”, «Советская археология», «Советская
этнография», «Этнографическое обозрение» va boshqa jurnallarda bosilib chiqqan.
Guruhlarning ishlari haqidagi hisobotlar КСИИМК (Moddiy madaniyat tarixi
institutining qisqa axboroti) hamda КСИЭ (Etnografiya institutining qisqa
axboroti)ning yillik nashrlarida, “Археологические открытия” va boshqa nashrlarda
berib borildi.
Ekspeditsiya xodimlarining maqolalari koʻplab xorijiy jurnal va toʻplamlarda
nashr qilingan. Ularning Encyclopedia (Kolumbiya universiteti nashri) va “History of
civilizations of Central Asia” (YUNESKO nashri) kabi fanning hozirgi rivojini aks
ettiruvchi nufuzli nashrlardagi ishtirokini qayd etish kerak. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining 60 yildan ziyod faoliyati natijalari jamlangan yuqorida
qayd etilgan nashrlar bizning tadqiqot manbayimiz hisoblanadi. Bunda ularning
mazkur ish mavzusiga muvofiqligi nazarda tutilgan. Ushbu nashrlardagi asarlar shartli
ravishda quyidagi guruhlarga boʻlingan.
Birinchi guruh: Xorazmni ilmiy jihatdan oʻrganishga asos solgan Sergey
Tolstovning fundamental ishlari.
Ikkinchi (asosiy) guruh: Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi
“Asarlar”idir. Mazkur guruhdagi manbalarda Xorazm arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasining faoliyati toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar aks etgan.
Uchinchi guruhga yuqorida aytib oʻtilgan ekspeditsiya xodimlarining monografik
tadqiqotlari mansubdir. Toʻplam va davriy nashrlarda, jurnallarda bosib chiqarilgan
ayrim maqolalar, “Археологические открытия” yillik toʻplamidagi materiallar
toʻrtinchi guruhni tashkil etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
“Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasida etnografik tadqiqot
guruhlarining tashkil etilishi” deb nomlangan ushbu maqolada etnografik tadqiqotlarni
xronologik, muammoviy, tarixiy tahlil metodlaridan foydalangan holda islomgacha
bo‘lgan davr Xorazm va uning atrofidagi o‘zbek, turkman va qoraqalpoq xalqlari
ijtimoiy tuzilishi, an’anaviy xo‘jaligi, hunarmandchiligi va urf-odatlarini o‘rgangan
tadqiqotchilarning ilmiy ishlari etnologik tahlil qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ilk boshda tashkil etilgan “Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi”ning ishlari
1945-yildan 1959-yilgacha bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘istonning barcha viloyatlarida
olib borildi. Guruh ishining boshida eng dolzarb deb belgilangan mavzular:
qoraqalpoqlarning qabilaviy tuzilishi, boshqaruv tabiati, soliqqa tortish, yerdan
foydalanish, oila va nikoh munosabatlari, moddiy madaniyatning muhim tarkiblari
turar-joylar, hunarmandchilik, xalq liboslari va amaliy san’at xususan, kiyim-kechak
masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plandi.
Tadqiqotchilarga rahbar etib T.A.Jdanko tayinlanadi. T.A.Jdanko
Qoraqalpogʻiston tarixi va etnografiyasi boʻyicha bir qator ilmiy ishlar yozgan. Uning
shogirdlari orasida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Sobir Kamolov
ham bor edi.
Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining “Qoraqalpoq etnografik
tadqiqot guruhi” 1957-yilda mavsumiy tarzda Kegeyli, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot
viloyatlarida qayta-qayta izlanishlar olib bordi. XIX asr – XX asr boshlarida qabila
guruhlari joylashishi va ularning suvdan foydalanish tizimining sxematik xaritasi
tuzildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ba’zi qabila guruhlari (keneges va mang‘itlar)
o‘rni yaqinligini ko‘rsatadigan yangi materiallar topildi. Ular ba’zi hollarda iqtisodiy
faoliyatda, xususan, suvdan foydalanishda hamkorlik qilishlari haqida ma’lumotlar
aniqlanadi. (Курбанова З., 2013)
Tadqiqotchi guruh ish rejalarida moddiy madaniyat, xususan, kiyim-kechak
masalalarini o‘rganish ham kiritilgan bo‘lib, bu masala bo‘yicha dala materiallari O‘rta
Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklariga oid bir qancha maqolalar uchun asos bo‘ladi.
Mintaqa hududida sodir bo‘lgan va madaniyatning umumiy rivojlanishiga ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatgan murakkab etnik jarayonlar xalqlar libosining shakllanishida
ham katta rol o‘ynaydi.
S.K.Kamolov, R.K.Kosbergenov, U.Shalekenov kabi qoraqalpog‘istonlik
aspirant-tadqiqotchilar ham qoraqalpoq etnografik jamoasi tarkibida ish olib
borishgan. Ular etnografik otryadda to‘plagan dala materiallari keyinchalik ularning
keyingi tadqiqotlari uchun asos bo‘ldi.

“Shimoliy o‘zbek etnografik tadqiqot guruhi”ning boshlig‘i esa K.L.Zadixina edi.
Jamoa ishi 1946, 1947, 1948 va 1952-yillarda asosan Qoraqalpog‘iston hududidagi
Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli va Shumanay viloyatlari hamda Qipchoq viloyatida olib borilgan
(1952-yilda bu viloyat Mang‘it bilan birlashtirilib, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo
viloyati tarkibiga kiritilgan). Ular bilan bir qatorda Amudaryoning quyi oqimidagi
oʻzbeklar, Qarshi va Surxondaryo oʻzbeklari, Fargʻona vodiysi va Toshkent oʻzbeklari
tarixi bilan shugʻullangan. K.L.Zadixina Qashqadaryo havzasida aholining tarqalishi
xaritasini tuzadi. “Qashqadaryo havzasi va Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati
aholisining etnik tarkibini oʻrganishning baʼzi masalalari” maqolasi xuddi shu
mavzuga bagʻishlangan. (Задыхина К., 1952)

1946-1948-yillarda tadqiqotchi guruh tomonidan toʻplangan delta oʻzbeklarining
kiyim-kechaklari haqidagi maʼlumotlar eski zamonlarda oʻzbek ayollari, qoraqalpoq
va qozoq ayollari hozirda ham saukele va kasava kabi bosh kiyimlarini kiyishligini
tasdiqlaydi. (Задыхина К., 1952)

Janubiy o‘zbek etnografik tadqiqot jamoasiga M.V.Sazonova rahbarlik qiladi. Bu
guruh 1946-1949-yillarda O‘zbekistonning Xorazm viloyatida olib borgan dala
tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari Xonkin, Xiva, Xazorasp va Qo‘shko‘pir hududlari
bo‘lgan. Fasllarning birida o‘zbeklar ko‘p bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l va
Shabaz (hozirgi Beruniy) viloyatlarida ham tadqiqot o‘tkaziladi.

M.V. Sazonova Xorazm vohasi tub o‘zbek aholisining xo‘jalik faoliyatiga
diqqatini qaratadi. Birinchi marta Xorazm oʻzbeklari (Oʻzbekiston SSR Xorazm
viloyati doirasida) xoʻjaligining asosiy tarmoqlari tadqiqot obyektiga aylantiriladi.
Dala ekspeditsiya tadqiqotlari natijasida toʻliq boʻlgan katta hajmdagi materiallar ilmiy
muomalaga kiritildi, Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat arxivi (Toshkent) va Markaziy
davlat tarix arxividan olingan arxiv maʼlumotlaridan SSSR (Leningrad) foydalangan
holda monografiyalar chop etiladi. (Сазонова М., 1978)

Xorazm vohasining salmoqli qismini – sug‘oriladigan yerlari bo‘lgan shimolig‘arbiy chekkalarini, Sariqamish havzasini va Qoraqum cho‘lining unga tutash ulkan
shimoliy qismini o‘z ichiga olgan Turkmanistonning Tashauz viloyati turkmanlarining
etnografiyasini o‘rganish ekspeditsiyasi tarkibidagi turkman etnografik otryadining
rahbari G.P. Vasilyeva boshchiligidagi bir guruh olimlar 1948-1966-yillar davomida
qisqa tanaffuslar bilan faoliyat yuritadi.

O‘zbekistonning Xorazm viloyati – Xiva, Xazorasp, Xonqa shaharlari va
viloyatlarida, qisman qo‘shni Shimoliy Turkmaniston (Kunya-Urganch) va
Qoraqalpog‘istonda (Beruniy) dala tadqiqotlarini olib borgan yana bir o‘zbek
etnografik tadqiqot guruhiga G.P.Snesaryov boshchilik qiladi. Ushbu guruh 1954–
1959, 1961, 1966 va 1968-yillarda faoliyat yuritgan. (Снесарев Г., 1983)

Tadqiqot guruhi tomonidan urug‘ va guruhlarning yashash joylari o‘rganilib,
nasabnoma va rivoyatlar to‘plangan. Urug‘larning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar,

rivoyatlar, boshqa qabila va urug‘lar bilan munosabatlari, boshqaruv tabiati, soliqqa
tortish, yerdan foydalanish, oila va nikoh munosabatlari haqida ma’lumotlar yig‘iladi.
Keyingi yillarda qoraqalpoq otryadining vazifalari XIX asr – XX asr boshlaridagi
qoraqalpoqlarning ovul yer-suv munosabatlarini tarixiy-etnografik o‘rganishga
qaratildi. Shu bilan birga, oilaviy hayot, qoraqalpoq oilasi hayoti bilan bog‘liq urf-odat
va marosimlar, qadimiy e’tiqod yodgorliklari haqida ham ma’lumotlar to‘plandi. Dala
tadqiqotlari rejalarida moddiy madaniyatning muhim tarkiblari turar-joylar,
hunarmandchilik, xalq liboslari va amaliy san’at asosiy o‘rinni egalladi (Сазонова М.,
1978). Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining qoraqalpoq etnografik
tadqiqot guruhi 1957-yilda mavsumiy tarzda Kegeyli, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot
viloyatlarida qayta-qayta izlanishlar olib bordi. XIX asr va XX asr boshlarida qabila
guruhlari joylashishi va ularning suvdan foydalanish tizimining sxematik xaritasi
tuzildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ba’zi qabila guruhlari (keneges va mang‘itlar)
o‘rni yaqinligini ko‘rsatadigan yangi materiallar topildi, ular ba’zi hollarda iqtisodiy
faoliyatda, xususan, suvdan foydalanishda hamkorlik qilishlari haqida ma’lumotlar
aniqlanadi.

Qoraqalpoqlar va o‘zbeklarning bir xil nomdagi etnonimlari Qanjig‘ali,
Ashamayli, Balg‘ali, Qang‘li, Qiyot, Tartullar – o‘zbeklar orasida Qo‘ng‘irotlar va
Ashamayli, Balg‘allar, Qiyot kabi urug‘lar qoraqalpoqlar orasida ham borligi, hududiy
birlik va shunga o‘xshash xo‘jalik turlari asosida vujudga kelgan bu xalqlarning
etnogenezi, etnik tarkibi va an’anaviy kundalik madaniyati birligi aniqlanadi. Janubiy
Orolbo‘yi xalqlarining madaniy tarixini, xususan irrigatsiya tizimini o‘rganish natijasi
janubiy Orolbo‘yida irrigatsiya va dehqonchilik tarixiga bag‘ishlangan “Orolbo‘yining
qadimiy irrigatsiya tizimlari” deb nomlangan monografiya shakllantirildi (Жданко Т.,
1959).

Moddiy madaniyat, xususan, kiyim-kechak masalalarini o‘rganish ham etnografik
tadqiqot guruhlari manfaatlari doirasiga kiritilgan bo‘lib, bu masala bo‘yicha dala
materiallari O‘rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklariga oid bir qancha maqolalar
uchun asos bo‘ladi. Mintaqa hududida sodir bo‘lgan va madaniyatning umumiy
rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan murakkab etnik jarayonlar xalqlar
libosining shakllanishida ham katta rol o‘ynaydi.

Qoraqalpoq etnografik tadqiqot guruhi tomonidan o‘z respublikasidan tashqarida,
asosan, O‘zbekiston va unga qo‘shni viloyatlarda istiqomat qiluvchi mahalliy
qoraqalpoqlarning etnik tarixi masalalari ham o‘rganildi.

S.K.Kamolov, R.K.Kosbergenov, U.Shalekenov kabi qoraqalpog‘istonlik
aspirant-tadqiqotchilar ham qoraqalpoq etnografik jamoasi tarkibida ish olib
borishgan. Ular etnografik otryadda to‘plagan dala materiallari keyinchalik ularning
keyingi tadqiqotlari uchun asos bo‘ldi. Dala etnografik materiallari, tarixiy adabiyotlar
va arxiv ma’lumotlari asosida yozilgan bu tadqiqotlarda qoraqalpoqlarning

Sirdaryodagi hayoti davomida ham, Xivada yashagan davrlarida ham qoraqalpoq
xo‘jaligining xususiyatlariga munosib o‘rin berilgan. (Камалов С., 1958) Xorazm
ekspeditsiyasining etnografik tadqiqotlariga Xorazm vohasi o‘zbeklarini o‘rgangan
etnografik tadqiqot jamoalari katta hissa qo‘shdilar. Otryadlar oldida turgan vazifalar
Xorazm o‘zbeklari orasida alohida ajralib turadigan ikki katta guruhning etnografik
xususiyatlaridan kelib chiqib belgilandi.

K.L.Zadixina ta’kidlashicha, shimoliy o‘zbeklarning qabila etnonimlarini
Orolbo‘yining boshqa xalqlari etnonimlari bilan taqqoslash etnogenezning ayrim
xususiyatlarini yoritib beradi. Shimoliy o‘zbeklar orasida etnonimlarning katta qismi
o‘rta asr qabilalari va xalqlari nomlarini takrorlagan holda qo‘llaniladi. Etnonimlarni
tahlil qilganda, shimoliy Xorazm o‘zbeklarining etnogenezi, birinchi navbatda,
qoraqalpoqlar va qozoqlar, shuningdek, no‘g‘aylar bilan bog‘liqligi aniq bo‘ladi.

Xorazm o‘zbeklarining qabilaviy tuzilishi tahlili ko‘plab urug‘-aymoq guruhlari
va ular o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarning yaqinligini ko‘rsatadi. Katta ehtimol
bilan, K.L.Zadixinaning yozishicha, XI – XIII asrlarda qayd etilgan bu mo‘g‘ul (yoki
turkiy-mo‘g‘ul) an’anasi XVII asrda Abulg‘ozi Bahodirxon tomonidan Xorazm
o‘zbeklarining to‘rtta guruhga – har birida ikkita urug‘ga bo‘linishi bilan ham bog‘liq
bo‘lgan. Shunday qilib, Xorazm o‘zbeklari o‘rtasida yaqin-yaqingacha “sovchi”
munosabatlarini saqlab kelgan qang‘li va kanjig‘ali qipchoq urug‘lari o‘rtasidagi juftlik
munosabatlari arxaik xarakterga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini “bir
paytlar bu urug‘lar o‘rtasida mavjud bo‘lgan majburiy nikohning qabilaviy qoldiqlari
deb hisoblash mumkin” (Задыхина К., 1952).

Shimoliy o‘zbek otryadining faoliyati natijasida birinchi marta o‘zbek xalqining
bu yirik, ilgari o‘rganilmagan, noyob etnografik guruhining madaniyati va turmush
tarzida sodir bo‘lgan barcha o‘zgarishlar va saqlanib qolgan an’analari 1940-yillarda
o‘rganib ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi va ularning etnografik tavsifi yaratildi.

Janubiy o‘zbeklar otryadining qiziqish doirasiga janubiy o‘zbeklarning irrigatsiya
va dehqonchiligiga oid tarixiy va etnografik materiallar kiritilgan. Olimlarning
asarlarida to‘plangan sug‘orish haqidagi ma’lumotlar dehqonlarning ko‘p asrlik
tajribasi, bugungi kungacha saqlanib qolgan xo‘jalik va madaniy an’analari asosida
etnografiya ma’lumotlar bilan birga sezilarli darajada boyitildi (Курбанова З., 2013).

G.P.Snesarev boshchiligidagi o‘zbek etnografik guruhining tadqiqotlari asosan
diniy e’tiqodlarni o‘rganishga e’tibor qaratdi. Jamoa Xorazm o‘zbeklarining e’tiqod va
marosimlarida musulmonlardan oldingi yodgorliklarni o‘rgangan. O‘zbekiston
viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududida joylashgan diniy binolar va
mozorlarning kelib chiqishi va vazifalari tahlil qilinadi. Turkmanistonning Tashauz
viloyati, O‘zbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston va boshqa joylardan
dindorlar ziyoratga boradigan Xo‘jayli viloyatidagi Shamun Nabiy va Jumart-Kassab,
Beruniy viloyatidagi Sulton Uvays bobo va boshqa qadamjolar o‘rganiladi. Shu bilan

birga, Sulton Uvays boboga bo‘lgan ixlos turli millatdagi dindorlarni birlashtiradi
(Снесарев Г., 1983).

Jamoa a’zolari demonologiya, sehr, tug‘ilish marosimlari va boshqalar bo‘yicha
yo‘qolib borayotgan ko‘plab ma’lumotlarni yozib olish, tizimlashtirish va
umumlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Dafn marosimlarida eng mustahkam saqlangan
zardushtiylik yodgorliklari topildi, bu din odamlar hayotida chuqur iz qoldirganligini
ko‘rsatdi.

G.P.Snesaryev boshchiligidagi oʻzbek etnografik otryadining Xorazm va unga
tutash hududlarni etnografik o‘rganishi bu sohada juda muhim va ba’zi maxsus, hali
ham bahsli muammolarni hal qilish uchun din tarixi, masalan, zardushtiylikning paydo
bo‘lgan joyi masalasi ham chuqur tadqiq qilinadi (Снесарев Г., 1983).

Turkman etnografik jamoasi aholining etnik tarkibini, ayniqsa turkmanlarning
urug‘ va qabilaga mansubligini o‘z xotiralarida mustahkam saqlagan etnografik
guruhlarni batafsil o‘rganishga oid materiallar to‘play boshladi. Turkman urug‘larining
rivoyatlari va tarixiy an’analari, nasl-nasabi, Xorazm bilan bog‘liq ko‘chish va tarixiy
voqealardagi ishtiroki haqida ma’lumotlar to‘plangan. Hozirgi turar-joy bilan bog‘liq
ma’lumotlarga aniqlik kiritildi. Bu materiallar shimoliy turkmanlarning etnik tarixini
sezilarli darajada boyitdi va etnik xaritalarni tuzish va nashr etish uchun manba bo‘ldi.

Turkman etnografik tadqiqot guruhi tomonidan Turkmanlarning moddiy
madaniyatiga oid materiallar ham to‘plangan. Xususan, uy-joy turlari, kiyim-kechak
va zargarlik buyumlari, gilamdo‘zlik, kashtachilik, naqshli kigiz yasash va boshqalar
haqida ma’lumotlar qayd etilgan. Bu materiallar turkmanlar madaniyati va
turmushining umumiy ko‘rinishi haqida tushuncha beribgina qolmay, balki asosiy
qabila guruhlari - yomutlar, yemrelilar, chovdurlar, qoradashlilar, goklenlar va
boshqalarning o‘ziga xosligini ham ta’kidlaydi. Jamoa ishining yakunida Xorazm
turkmanlarining zamonaviy hayotiga bag‘ishlangan monografiya nashr etildi. Asarda
turkmanlar hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning xususiyatlari bilan bir qatorda
turkmanlarning tarixiy va madaniy an’analari haqida ham batafsil ma’lumotlar
keltirilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha etnografik jamoalarning asosiy maqsadi
voha aholisini muntazam ravishda o‘rganish, mahalliy guruhlarning joylashishini
aniqlashtirish, xalqlarning an’anaviy madaniyati va hayotini tavsiflovchi tarixiy va
etnografik materiallarni to‘plash bo‘lgan. Xorazm arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasi Xorazmning tarixiy ahamiyati, avval paydo bo‘lishi O‘rta Osiyo
tarixining yangi, shu paytgacha tushunarsiz bo‘lgan sahifalarini ochib berishi turli
qarashlardagi olimlarning Xorazmga nisbatan cheksiz qiziqishini yuzaga keltirdi va
arxeologik-etnografik tadqiqotlar natijasida bu masalaga anchagina oydinlik kiritildi.

Qadimgi xorazmliklar hayotining ko‘p jihatlari yozma dalillarning kamligi tufayli
iqtisodiy-siyosiy tarixi, moddiy madaniyati, san’at va diniy e’tiqod masalalari
arxeologik va etnografik tadqiqotlar tufayli tobora ko‘proq aniq bo‘ldi. Yuqorida tilga
olingan etnografik guruhlar, shuningdek, ushbu guruhlardagi ishtirokchilarning
faoliyati nafaqat mintaqa xalqlarini etnik jihatdan o‘rganishga katta hissa qo‘shgan,
balki ilmiy qiziqishlar doirasini kengaytirishga imkon yaratgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Андрианов Б.В. (1952) Ак-джагыз (к истории формирования
современной этнической территории каракалпаков в низовье Амударьи) //
ТХАЭЭ. Т. I. – Москва. – C. 572.
2. Брусина О. И. (2008) Татьяна Александровна Жданко //
Этнографическое обозрение. № 2. – С. 188-191.
3. Жданко Т.А. (1950) Очерки исторической этнографии каракалпаков //
ТИЭ. Т. IX, – Москва. – C. 157-174.
4. Жданко Т.А. (1959) Работы Каракалпакского этнографического отряда в
1956 году // Материалы Хорезмской Экспедиции (далее МХЭ). Вып. I. – Москва.
– C. 190-208.
5. Задыхина К.Л. (1952) Узбеки дельты Амударьи // ТХАЭЭ. Т. I. – Москва.
– C. 326 – 342.
6. Кнорозов Ю.В. (1949) Мазар Шамун-Наби (Некоторые пережитки
домусулъманских верований у народов Хорезмского оазиса). Советская
этнография № 2. – Москва.
7. Курбанова З.И. (2013) Этнографические отряды Хорезмской археологоэтнографической экспедиции // Приаралье на перекрестке культур. – Ташкент.
8. Сазонова М.В. (1978) Традиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма.
– Ленинград: Наука. – 98 с.
9. Снесарев Г.П. (1983) Хорезмские легенды как источник по истории
религиозных культов Средней Азии. – Москва. – 218 c.
10. Толстова Л.С. (1963) Каракалпаки за пределами Хорезмского оазиса в
XIX – нач. XX вв. – Нукус. – C. 223.
11. Камалов С. (1958) Народно-освободительная борьба каракалпаков
против хивинских ханов в XIX в. / Труды Хорезмской археологоэтнографической экспедиции. Т. III. – Москва.

REFERENCES
1. Andrianov B.V. (1952) Ak-djagiz (k istorii formirovaniya sovremennoy
etnicheskoy territorii karakalpakov v nizovye Amudari) // TXAEE. T. I. – Moskva. –
S. 572. (In Russian)

2. Brusina O. I. (2008) Tatyana Aleksandrovna Jdanko // Etnograficheskoye
obozreniye. № 2. – S. 188-191. (In Russian)

3. Jdanko T.A. (1950) Ocherki istoricheskoy etnografii karakalpakov // TIE. T.
IX, – Moskva. – S. 157-174. (In Russian)

4. Jdanko T.A. (1959) Raboti Karakalpakskogo etnograficheskogo otryada v
1956 godu // Materiali Xorezmskoy Ekspeditsii (daleye MXE). Vip. I. – Moskva. – S.
190-208. (In Russian)

5. Zadixina K.L. (1952) Uzbeki delti Amudaryi // TXAEE. T. I. – Moskva. – S.
326 – 342. (In Russian)

6. Knorozov Yu.V. (1949) Mazar Shamun-Nabi (Nekotoriye perejitki
domusul’manskix verovaniy u narodov Xorezmskogo oazisa). Sovetskaya etnografiya
№ 2. – Moskva. (In Russian)

7. Kurbanova Z.I. (2013) Etnograficheskiye otryadi Xorezmskoy arxeologoetnograficheskoy ekspeditsii // Priaralye na perekrestke kultur. – Tashkent. (In
Russian)

8. Sazonova M.V. (1978) Traditsionnoye xozyaystvo uzbekov Yujnogo Xorezma.
– Leningrad: Nauka. – 98 s. (In Russian)

9. Snesarev G.P. (1983) Xorezmskiye legendi kak istochnik po istorii religioznix
kultov Sredney Azii. – Moskva. – 218 s. (In Russian)

10. Tolstova L.S. (1963) Karakalpaki za predelami Xorezmskogo oazisa v XIX –
nach. XX vv. – Nukus. – S. 223. (In Russian)

11. Kamalov S. (1958) Narodno-osvoboditelnaya borba karakalpakov protiv
xivinskix xanov v XIX v. / Trudi Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspeditsii.
T. III. – Moskva. (In Russian)